Huquq ontologiyasi “huquq”ning tabiati va tuzilishi.
Mavzu: Huquq ontologiyasi: “huquq”ning tabiati va tuzilishi. Reja: 1. Huquqning ontologik mohiyati. Huquqiy haqiqat. 2. Tabiiy va pozitiv huquq huquqiy voqelikning asosiy tarkibiy elementlari sifatida, ularning ma’nosi va o’zaro bog’liqligi. 3. Huquq borlig’i shakllari: huquqiy g’oya, qonun, huquqiy hayot.
«Ontologiya» atamasi yunoncha ikki so’zdan «borliq» hamda «fan», yoki «ta’limot» so’zlaridan tashkil topgan bo’lib, borliq haqidagi ta’limot ma’nosini anglatadi . Umuman, «ontologiya» tushunchasi falsafiy atama sifatida XVII asrda Goklenius va keyinchalik, X.Volf tomonidan ilk bor qo’llanilgan. Garchand borliq haqidagi falsafiy ta’limotga esa qadimgi Sharq, qadimgi Yunon falsafiy manbalarida keng o’rin berilgan bo’lsada, alohida ta’limot, falsafiy yo’nalish sifatida ontologiya yuqorida qayd etilgan davrga kelib rivojlandi. Falsafada ontologiya ta’limotiga buyuk hissa qo’shgan Markaziy Osiyo mutafakkirlarining asarlari jahon faniga ma’lum va mashhur. Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulugbek, Navoiy va boshqalarning falsafiy, ijtimoiy- siyosiy ta’limotlarida borliq haqidagi ilmiy-falsafiy g’oyalar ilgari surilgan. Mazkur muammo, alohida ilmiy tadqiqot mavzusi hisoblanadi, shuning uchun ham biz quyida huquqiy ontologiyaga oid ba’zi fikrlarni keltirishni lozim deb topdik. Ontologiya falsafiy fanning ajralmas qismi hisoblanadi. Ontologiya ta’limotining quyidagi yo’nalishlarini alohida qayd etish mumkin . Birinchidan , abstrakt umumiylik asosida borliqning «sof» shakllari haqidagi ontologik ta’limot. Ikkinchidan esa, obyektiv olamni bir butun moddiy asosi haqidagi ta’limot. Uchinchidan, ontognoseologik ta’limot, ya’ni borliq va uni bilish jarayonini bir butun, yaxlit hodisa deb tushunishdan iborat bo’lgan yo’nalishlar. Ontologiya ta’limotini bu yo’nalishlarini tahlil etish falsafa fanining asosiy vazifalaridandir. Huquqiy ontologiya, ontologiyani falsafiy tushunishga asoslansada, lekin mohiyatiga ko’ra, undan farq qiladi. Falsafiy ta’limotning asosini ontologiya (borliq haqidagi ta’limot), gnoseologiya (bilish haqidagi ta’limot), aksiologiya ( q adriyatlar haqidagi ta’limot) va sosiologiya (jamiyat haqidagi ta’limotni) tashkil etadi. Fan tarixidan bizga ma’lumki, faylasuflarni ontologlarga va gnoseologlarga ajratish, va ularni bir- birlariga qarama-qarshi qo’ yish hollari ko’p uchraydi. Bu hol ayni q sa marksistik falsafada q iz g’ in tortishuvlarga sabab bo’lgan. Amerikalik tadqiqotchi L.Grexemning ta’kidlashicha, ontologiya va epistemologiya ta’limotlari ilmiy, akademik ta’limotlar hisoblansada, 70-80 yillar sovet falsafiy fanida ular o’rtasida
tafovut asosan siyosiy sabablar bilan izohlanishi mumkin. Ontologlarning tabiiy- ilmiy fanlar yutu q laridan foydalangan holda dialektik materializm g’oyalarining naqadar to’g’ri va hayotiy ekanligini isbotlashi–bu o’sha davrda siyosiy zaruriyat edi. Ontologiya borliq haqidagi ta’limot sifatida tabiat falsafasidir. Falsafaning yuqorida qayd etilgan mumtoz tarkibiy qismlari, ya’ni ontologiya, gnoseologiya va aksiologiya huquq falsafasida ham o’z ifodasini topadi. Zero, ilmiy falsafa mazkur asoslarning dialektik birligidan kelib chikadi va ularni qarama-qarshi kuymaydi. Bu esa o’z navbatida huquq falsafasi uchun o’ziga xos metodologik asos bo’lib xizmat qiladi. Demak, falsafiy ontologiya mavjud ekan, huquq falsafasida huquqiy ontologiya ham mavjud bo’ladi. Huquqiy ontologiya deb, huquq va uning qonunchilik amaliyoti bilan bog’liqligi va tafovuti haqidagi ta’limotga aytiladi. Huquqning mohiyat e’tibori bilan obyektiv xarakteri, uning borligi ijtimoiy hayotda insonlarning teng huquqliligi, erkinligi, ularga nisbatan adolatlilik tamoyili jamiyat hayotining umumiy va zaruriy ehtiyoji hisoblanadi. «Huquqiy ontologiya» va «huquq ontologiyasi» birikmalari mazmun jihatidan bir-birlari bilan juda ya q in bo’lganligi tufayli ularni sinonim iboralar sifatida qo’llashni maqsadga muvofiq deb hisobladik. Ammo, ular o’rtasidagi muayyan tafovutning mavjudligini ham e’tirof etish lozim. Huquq ijtimoiy ongning alohida shakli sifatida falsafa, din, axloq, san’at va madaniyat kabi tarixiydir. Huquqning tarixiyligi esa bevosita huquq borligiga, huquqiy ontologiyaga daxldordir. Huquqiy ontologiya huquq falsafasining umumiy tushunchasi bo’lib, uning namoyon bo’lish shakllari turlicha bo’ladi. Yuqorida qayd etilgan tarixiylik tamoyili esa, huquqiy borliq namoyon bo’lishining alohida olingan xususiy hollariga ham tegishli bo’ladi. Dialektikaning asosiy kategoriyalaridan biri alohidalik, xususiylik va umumiylik kategoriyalari huquqiy ontologiyaning nazariy va falsafiy mazmunini tashkil etadi. Huquq, umuman, ijtimoiy-tarixiy tajriba bilan uzviy bog’liq bo’lib, qandaydir ijtimoiy-siyosiy amaliyotdan tashqarida, ya’ni apriori undan oldin mavjud bo’lmaydi. Shuning uchun ham, huquqning tabiati huquq borligining
ijtimoiy-tarixiy mohiyati, tabiiy huquq hamda, falsafiy, huquqiy bilimlar rivoji bilan bog’liq bo’ladi. Huquqiy ontologiya va ijtimoiy-tarixiy amaliyot tushunchalari bir-birlari bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Huquqiy ontologiyada huquqning kelib chiqishi va uning tarixiy rivojlanishida insonning tabiat bilan munosabati alohida ahamiyatga egadir. Ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning elementlaridan biri bu jamiyatdagi siyosiy va huquqiy munosabalar hisoblanadi. Demak, inson o’z mohiyati va e’tiboriga ko’ra faqatgina siyosiy mavjudot bo’lmay, balki u ayni paytda huquqiy mavjudotdir. Bu degan so’z inson borlig’i bilan mavjud muhim jihatlar, ya’ni uning siyosiy va huquqiy mohiyati, yuqorida qayd etganimizdek, azaldan tug’ma sifatlar bo’lmay, balki muayyan tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda shakllanadi va rivojlanadi. Insonning huquqiy qarashlari, uning erki, tengligi adolatlilik bular inson bilan birga tugilmaydi. Tabiiy huquq asoschilari inson tug’ilishidan erkin tug’iladi deb hisoblagan. Agar inson haqiqatan ham teng, ozod bo’lib tug’ilganda edi, xalqlarning ozodlik, mustaqillik uchun kurashiga hojat qolmagan bo’lar edi. Inson va insoniyat har doim ozodlikka, mustaqillikka, tenglikka, adolatga, haq- huquqiga intilib yashaydi. Har bir xalq, millat o’z salohiyatiga ko’ra takomillashish jihatidan, rivojlanish jarayonida ijtimoiy hayotning siyosiy va huquqiy shakllarni takomillashtirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Huquqning borligi va uning rivojlanishini ijtimoiy-tarixiy jarayon sifatida o’zining obyektiv qonuniyatlariga ega. Shuning uchun ham huquqiy ontologiya ta’limotiga ko’ra, ularni tabiatdan tashqarida mavjud bo’lgan kuchlar tomonidan huquqning tayyor tamoyillari bilan birgalikda g’oyibona paydo bo’lish g’oyasi noilmiy g’oyalar sirasiga kiradi. Chunki, huquq borligini mazkur konsepsiyasi huquqshunoslar, faylasuflar, siyosatshunoslar orasida keng tarqalganligi tarixdan bizga ma’lum. «Tug’ma g’oyalar» konsepsiyasi falsafa fanida tanqid ostiga olingan nazariyalardan hisoblanadi. Bu ta’limotning noizchilligi huquqiy borliq masalasining taxlilida yanada yaqqolroq ko’zga tashlanadi. Boshqacha so’zlar bilan aytganda, huquq borligining umumiy mohiyatidan huquqiy hodisalarning epirik turlarini keltirib chiqarishga intiluvchilar ham bo’lgan. Ana shunday usullar
yordamida o’z vaqtida legistlar qonun va hayotning o’zaro bog’liqligi muammosini hal etishga uringan edilar. Huquqiy ontologiya huquq borligi va huquqning mazmuni, mohiyatini huquqning o’zidan ajratib o’rganmaydi. Aksincha huquqiy g’oyalar va huquqning mohiyati bir-birlari bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Huquq faqatgina ijtimoiy-siyosiy hodisa bo’libgina kolmay, balki madaniy hodisa, madaniyatning muhim belgilaridan hisoblanadi. Shuningdek, huquq borlig’ining asosiy xususiyatlaridan biri, uning umumbashariy madaniyatining bir qismi ekanligidadir. Shunday qilib, huquqiy ontologiya va huquqiy madaniyat tushunchalar mazmunan yaqin tushunchalar hisoblanadi. Chunki huquq borligini asosini huquqiy madaniyat tashkil etadi. Huquqiy madaniyat darajasi faqatgina qonunlarni bilish, huquqiy ma’lumotlardan xabardor bo’lishdangina iborat emas, balki qonunlarga amal qilish va ularga buysunish madaniyati demakdir. «Huquqiy madaniyatning, - deb ta’kidlaydi I.Karimov, - yuqori darajada bo’lishi huquqiy davlatning o’ziga xos xususiyatidir. Shu bilan birga huquqiy madaniyat saviyasi qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki ushbu qonunlarning barcha darajalarda ijro etilishi bilan belgilanadi». Huquqiy madaniyat siyosiy madaniyatning ajralmas qismi bo’lib, mustaqil davlatchilikni mustaxkamlash jarayonida muhim ahamiyatga molik bo’lgan muammolardandir. Huquqiy madaniyat tushunchasi huquqiy ontologiyaning, ya’ni huquq borligining ifodalovchi tushunchalardan biridir. Mazkur muammoni alohida tadqiq etib, U.Tadjixonov va A.Saidovlar shunday deydi: “Jamiyat huquqiy madaniyatining mohiyatini huquqiy qadriyatlarni o’zlashtirish va ulardan foydalanish darajasi deb tushunish uni huquqiy ong va xulq-atvorining muayan darajada rivojlanishi bilan bog’laydi. Huquqiy madaniyatni oshirish shunchaki qonuniy xulq-atvornigina emas, balki bu sohada ijtimoiy faol xulq-atvorni ham ta’minlashni taqozo etadi. Qonunga xilof xulq-atvorni, qonunga xilof faoliyatni jamiyat huquqiy madaniyati tushunchasiga kiritish asossizdir”.