Oʻzbekiston Respublikasidagi ijtimoiy oʻzgarishlar.
O zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o zgarishlar. ʻ ʻ Reja: 1.Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi. 2. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo naltirilgan davlat siyosatini ʻ takomillashtirish . 3. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki. 4. O zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ʻ to g risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati. ʻ ʻ
O‘zbekiston Mustaqillikka yerishgandan so‘ng, jamiyatda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida aholini ijtimoiy himoya-sini ta’minlash davlat siyosatining bosh yo‘nalishi bo‘lib qoldi. Binobarin, mamlakatda o‘tkazilayotgan barcha islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush sharoitlarini vu-judga keltirishdir. Birinchi p rezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, jahon tan olgan besh tamoyilning muhim qismi aqolini kuchli ijtimoiy himoyalash yekanligi ham shu bilan bog‘liqdir. O‘zbekiston hukumati ana shu besh tamoyil asosida o‘tish davrida aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan zarur choralar ko‘rdi. Bu choralar odamlarning turmush darajasini keskin pasayib ketishining oldini olishda muhim rol o‘ynadi hamda respublikada osoyishtalik va barqarorlikni saklash omili bo‘ldi. Masalan, mustaqillikning dastlabki murakkab, iqtisodiy tanglik yillarida odamlarning turmush darajasini normallashtirish maqsadida davlat yo‘li bilan boshqarishning ko‘pdan-ko‘p usullari va uslublaridan foydalanildi. Jumladan, miqdori doimo o‘zgartirib turilgan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, turli nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari tarzidagi be-vosita pul to‘lovlari, imtiyozlar va turli dotatsiyalar tarzida-gi to‘lovlarni joriy qilish usuli keng qo‘llanildi. 1991-1996 yillarda yeng kam ish haqi va gtensiyalardan soliq olinmaydigan bo‘ldi. Korxonalarning o‘z xodimlariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish sohasidagi xarajatlaridan bir qismi budjet mablag‘lari hisobidan qoplanib turildi. Keng iste’mol mollari va xizmatlarning ko‘pgina qismi bo‘yicha narxlardagi tafovutlarning o‘rni qoplandi. Shu bilan birga qo‘shimcha ijtimoiy imtiyozlar ham joriy qilindi. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va yolg‘iz pensionerlar uchun bepul nonushtalar, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bepul ovqat, maktab o‘quvchilari va talabalar uchun ovqatning arzonlashtirilishi kabi imtiyozlar berildi. Shuningdek, kupgina toifadagi fuqarolarga turarjoyi shaxsiy mulk qilib bepul berildi, ba’zi turdagi kommunal xizmatlar haqini to‘lashda yengilliklar joriy yetildi va hokazo.
Aholining ijtimoiy ximoyalanishiga muntazam ye’tibor berar yekan, respublika hukumati islohotlarning birinchi bos-qichidagi tajriba asosida inson va oila hayotining barcha so halarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarning butun bir tizimini shakllantirishga yerishdi. Aytish mumkinki, musta-qillik yillarida narxlar yerkinlashtirilishi va pulning qadr-sizlanish darajasi keskin ortib borishi munosabati bilan daromadlarning yeng kam va o‘rtacha darajasini muntazam oshi- rish ijtimoiy qimoyalash chora-tadbirlari tizimidagi yeng ustun yo‘nalishlardan biri bo‘lib keldi va hozirgi kunda ham shunday bo‘lib qolmoqda. Bu yo‘nalish aholining barcha tabaqalarini istisnosiz qamrab oldi va islohotlarning lastlabki davrida keng miqyosda qo‘llanildi. Boshqa mamlakatlardan farq-li o‘laroq, O‘zbekistonda daromadlar nisbatini o‘zgartirish ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamgarma banklaridagi aholi omonatlari stavkalarining yeng oz miqdorlarini bir vaqtning o‘zida markazlashtirilgan tarzda qayta ko‘rib chiqish yo‘li bilan amalga oshirildi. 1995 yilda Respublika davlat budjetining 29,3 foizi ijtimoiy-madaniy tadbirlarga, 21,8 foizi yesa ijtimoiy himoyaga ajratildi. 1992-1998 yillar mobaynida ish haqi va pensiyalarning yeng kam miqsori bir necha bor oshirildi. Masalan: yeng kam ish haqi 1995 yilda 1994 yilga nisbatan 2,5 marta ortdi, 1996 yilning 1-yarmida yesa 1995 yil 1-yarmiga nisbatan 2,7 marta ko‘paydi. Nafaqaxo‘rlarning ijtimoiy ahvolini ye’tiborga olib, yeng kam pensiyaning mutlaq miqsori ish haqining yeng kam miqdoridan oshiqroq bo‘lishi muttasil ta’minlanib kelindi. Bu yo‘l ijtimoiy adolat tamoyillariga to‘la mos kelar yedi. Masalan, 1998 yil, 1 iyuldan ish haqining yeng oz miqsori 1100 so‘m bo‘lgani holda, qarilik pensiyasining yeng kam miqdori 2100 so‘mni tashkil yetadi, nogironlik pensiyasi yesa bundan ham ortiqsir. Shuni aloxida ta’kidlash kerakki, istiklol yillarida yeng kam ish haqi va boshqa to‘lovlar odatda, oldindan ko‘paytirib kelindi, narx-navo o‘zgarishi bilan boglab olib borildi, bu yesa aholining to‘lov qobiliyati saqlanib qolishini ta’minla- di va turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymadi.
Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha ishchi va xizmatchilarning oylik o‘rtacha ish haqi birgina 1996 yil dekabriga kelib, 1995 yil dekabriga nisbatan 2,6 barobarga o‘sdi. Daromadlar mikdorini o‘zgartirish orqali aholini ijtimoiy himoyalash chora- tadbirlari tizimida 1993 yilda joriy yetilgan yangi Yagona tarif setkasi ham axrli ijtimoiy qimoyasida katta ahamiyatga yega bo‘ldi. Bu chora barcha toifadagi xodimlarning ish haqi miqdorlarini tarif koeffitsientlari orqali yeng kam ish haqi vositasi bilan bevosita o‘zaro boglash imkonini berdi. Natijada ish haqini oshirish yo‘li bilan aholining o‘rtacha ish haqi, pul daromadlari o‘z-o‘zidan osha bordi. Shu bilan birga respublikaning ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari is-te’molini muayyan darajada sakdab turish chora-tadbirlari ko‘rilganligi ham aholini ijtimoiy jihatdan qimoyalashning ikkinchi yeng muhim yo‘nalishi bo‘ldi. Respublikada narx-navoni yerkinlashtirish sohasida qo‘shni mamlakatlarga nisbatan bir muncha mo‘tadil siyosat o‘tkazilganligi iste’mol bozorini himoyalash zaruratini keltirib chiqardi. Bu O‘zbekiston rubl mintaqasida turgan bir paytda niqoyatda muhim yedi. Aksariyat rsspublika yehtiyojlari uchun valyutaga xarid qilingan un, o‘simlik moyi, qand-shakar va boshqa taqchil mahsulotlar respublika tashqarisiga olib chi-qib ketilishi hollari yuz berdi. Iste’mol bozori barbod bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun O‘zbekistonda ishlab chiqarish yaxlit tizimini vujudga keltirishga hayotiy muqim masala sifatida qaraldi, maqsulotlarni tashqariga olib chiqib ketilishini bojxonalar orqali qatiy nazorat qilish va yuqori boj to‘lovlari joriy yetish yo‘li bilan amalga oshirildi. Dastlab. murakkab bir paytda iste’-mol mollarini sotib olish uchun bir marta, so‘ngra yesa ko‘p marta ishlatiladigan kuponlarni muomalaga kiritish, kunda-lik zarur tovarlarning cheklangan turlarini meyorlangan tarzda sotishni tashkil yetish ko‘zda tutilgan yedi. Bu tizim o‘zini to‘la oqladi. U bozorni pishiq-puxta himoya qilibgina qolmay, savdo tarmog‘iga barcha zarur oziq-ovqat maxsulotlarini va kunda-lik xarid mollarini muntazam ravishda chiqarib turishni ta’-minlash, ularni iste’mol qilish hajmlarini kamaytirmaslik imkonini berdi.
O‘tish davri qanchalik murakkab bo‘lmasin, bu tizim res-publikaning barcha aholisiga qayotiy muhim mahsulotlarni is-te’mol qilish va xizmatlardan baxramand bo‘lish sohasida ishonchli ijtimoiy kafolatlarni ta’minlab berdi. 1992-1996 yillarda non va go‘sht mahsulotlari, sut, qand-shakar, o‘simlik moyi, kir sovun, bolalarga kerakli ayrim mollar, kommunal va transnort xizmatlari uchun dotatsiyalar qisman sautab qolindi. Shu tufayli daromad darajasi turli-cha bo‘lgan oilalar bulardan bir qadar foydalanish imkoniya-tiga yega bo‘ldi. Islohotlarning dastlabki bosqichida sobiq Ittifoqning ko‘pgina mamlakatlarida aholining asosiy qis-mi yoppasiga qashshoqdashgan bir paytda O‘zbekistonda amalga oshirilgan tadbirlar muhim ijtimoiy axamiyatga yega bo‘ldi. Odamlarning islohotlarni jadallik bilan olib borishga ishonchini kuchaytirdi. Ayni vaqtda respublikada iste’molchilarning manfaatla-rini himoya qilishning mutlaqo yangi tizimiga o‘tishga tayyor-garlik ishlari olib borildi. Yangi tizimning mohiyati ichki narxlarni jahon narxlari darajasiga tez tenglashtirib olish va aholining daromadlarini shunga muvofiq ravishda oshi-rishni ko‘zda tutadi. Bunday islohot sharoitida ijtimoiy himoyaning yangidan-yangi shakllarini qidirib topishni taqo-zo yetadi. Jumladan, milliy valyutani muomalaga kiritish, uning ichki almashuvini ta’minlash sohasida amalga oshiril-gan tashkshshy va iqtisodiy chora- tadbirlarning ko‘rilishi ay-niqsa katta ahamiyatga yega bo‘ldi. Mamlakatda ichki bozorni, xalqimiz manfaatlarini faqat baquvvat milliy valyutagina himoya qilishi mumkin, degan qat-iy xulosaga kelindi. Buning uchun milliy valyutamiz, asosan, o‘zimizda ishlab chiqarilgan zarur miqdordagi tovar bilan, keng yeksport faoliyati hisobiga to‘plangan salmoqli valyuta-zaxiralari bilan mustahkamlangan bo‘lishi kerak yedi. Milliy valyuta joriy yetilgach, islohotlar birinchi bos-qichining oxirlariga kelib (1995 yil), oziq-ovqat mahsulotla-rini meyorlangan tarzda sotishdan butunlay voz kechish va yer-kin narxlarga o‘tish imkoniyati tugildi. Meyorlash tizimiga barham berish tadbirlari aholi ta’-minotini yomonlashtirmasdan, unchalik qiyinchiliklarga yo‘l quymasdan o‘tkazildi. Yerkin