logo

MTMgacha ta’lim muassasalari musiqiy tarbiya ishini tashkil qilishda, diagnostik tahlil va baholashning reyting tizimi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

142.5 KB
MTMgacha ta’lim muassasalari musiqiy tarbiya ishini tashkil
qilishda, diagnostik tahlil va baholashning reyting tizimi
1 .   MTMda musiqiy tarbiya ishini tashkil etish.
2.   MTMda diagnostik tahlil.
3.   MTMda ta’lim-tarbiyani tashkil etish.
1 MTMgacha   ta’lim   muassasalarida   musiqa   ta’limi   va   tarbiya sining
asosiy   maqsadi   bog‘cha   yoshidan   boshlab   bolalarning   dunyo qarashini
shakllantirish   hamda   musiqiy   didini   o‘stirib,   bolalarga   musiqani   o‘rgatish
jarayonida   unda   hayot   o‘z   aksini   topishini   anglatishdir.   Shuni   qayd   etish
lozimki,   musiqa   mashg‘ulotlari   oldiga   qo‘yilgan   pedagogik   maqsad   va
vazifalarni   amalga   oshirish   uchun,   avvalo,   bolalarning   musiqiy   uquvi   va
qobiliyatlarini   muntazam   ravishda   o‘stirib   borish   lozim.   Kichkintoylarning
musiqiy uquv va qobiliyatlari quyidagi faoliyatlardan iborat:
-musiqiy   uquvi   (musiqiy   tovushlar   baland-pastligini   his   etish
qobiliyati);
-tembr uquvi (musiqiy tovushlarni bir-biridan farq qilish);
-ritm tuyg‘usi (musiqaga mos harakat bajarish, qadam tashlab, chapak
chalib musiqani xotirada saqlab, his etish va ifodalash).
Bolalarning   musiqiy   qobiliyatlari   musiqiy   mashg‘ulotlarning   barcha
elementlarini   amalga   oshirish   jarayonida   muntazam   ravishda   rivojlanib
boradi.   Bolalar   bog‘chalarida   olib   boriladigan   musiqa   ta’lim-tarbiyasining
asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-kichkintoylarning musiqaga bo‘lgan qiziqishlarini o‘stirish;
-musiqiy asarlar bilan tanishtirish jarayonida bolalarda emotsio nal his-
tuyg‘ularni   hosil   qilish   yo‘li   bilan   ularning   musiqa   haqidagi   tasavvurlarini
boyitish;
-bolalarni   musiqa   tinglash,   qo‘shiq   kuylash,   musiqa   ostida   ritmik
harakatlarni   bajarish,   bolalar   cholg‘u   asboblarida   jo‘r   bo‘lish   faoliyatlari
yordamida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirib borish;
-bolalar   ovozini   asrab   tarbiyalash,   qo‘shiqlarni   sodda,   ravon,   erkin,
tabiiy va ifodali kuylashga o‘rgatish va odatlantirish;
-musiqiy asarlardan zavq olishni, shu asosda musiqiy did va badiiy fikr
yuritishni rivojlantirish;
2 -musiqa   mashg‘ulotlari   jarayonida   musiqiy   asardagi   badiiy   obrazlarni
o‘yin va raqs shaklida ifoda etishga o‘rgatish;
-musiqa   mashg‘ulotlarida   bolalarni   milliy   qadriyatlarimiz   bilan
tanishtirish,   milliy   cholg‘u   sozlarimiz   jo‘rligida   milliy   musiqiy-ritmik
harakatlarni bajarishga o‘rgatish;
-musiqa   mashg‘ulotlari   mazmunini   bog‘cha   hayoti   bilan   bog‘lash,
bog‘chada   o‘tkaziladigan   tadbirlarda   o‘rganilgan   kuy   va   qo‘shiqlar   bilan
ishtirok etish. Turli ertaliklar, konsertlar tashkil etish.
Musiqa mashg‘ulotlarida bola hayotni, tevarak-atrofni musiqiy obrazlar
orqali idrok etib boradi. Bog‘chada musiqiy tarbiya ishlari badiiy adabiyot va
tasviriy san’at   bilan uzviy ravishda bog‘langan holda amalga oshiriladi. Turli
metodlardan   foydalanib   o‘tkaziladigan   har   bir   musiqa   mashg‘uloti
kichkintoylarda   badiiy-estetik   zavq   uyg‘otadi,   ularning   his-tuyg‘ularini
shakllantiradi, ijodiy flkrlash qobiliyati va nutqini o‘stiradi. Bundan tashqari
musiqiy   o‘yinlar   va   raqslar   bolalarda   ritm   tuyg‘usi,   chaqqonlik   va
harakatchanlik malakalarini shakllantirib, qomatning to‘g‘ri o‘sishiga yordam
beradi.   Bu   bolaning   aqliy   va   jismoniy   rivojlanishida   muhim   ahamiyat   kasb
etadi.   MTMgacha   ta’lim   muassasalarida   olib   boriladigan   barcha   musiqiy
ta’limiy, tarbiyaviy ishlar yosh avlodda olijanob fazilatlarni bog‘cha yoshidan
shakllan tirishda   nafosat   tarbiyasining   tarkibiy   qismi   bo‘lib   hisoblanadi.
Qo‘shiq   har   tomonlama   bolani   kamolga   yetaklaydi.   Bolalardagi   musiqiy
qobi lyatni   rivojlantirishga   hamda   bolaning   barkamol   yetuk   avlod   kishisi
sifatida   o‘sishiga   yordam   beradi.   Bolalar   bog‘chasida   o‘rgatiladigan   har   bir
qo‘shiq   mazmuni   va   xarakterini   ongli   tushunishga   o‘rgatish   kerak   bo‘ladi.
Avvalambor,   tarbiyachi   biror   bir   she’rni   yod   olishni   dasturdan   foydalangan
holda   o‘rgatadi.   Har   bir   tanlangan   she’r   bolaning   qiziqishlari,   bolaning
ishlari,   guruhlari   hamda   fasllarga   qarab   bayramlarning   turlariga   qarab
o‘rgatiladi.   Qo‘shiq   bolaning   hayotida   muhim   rol   o‘ynaydi.   Qo‘shiq   inson
3 tafakkurini va ongini rivojlantiradi. Biz qo‘shiqni bolalarga o‘rgatayotganda
avval   qo‘shiq   kuyini,   keyin   she’rini   misrama-misra   o‘rgatamiz.   Qo‘shiq
kuyini   o‘rgatganda   to‘rt   xil   musiqa   asboblari   orqali   chalib   yoki   bo‘lmasa,
biror-bir   jonivorning   ovozlarini   berib,   o‘rgatishimiz   mumkin.   She’rni   esa
bo‘g‘inlarga   ajratib   yoki   chapaklar   orqali   yod   oldiradi.   Bolalar   she’rlarni
tezroq   yod   olishlari   uchun   she’r   matnlarini   takror   aytishimiz   kerak.   Agar
bolaning   xayoli   bir   joyda   bo‘lmasa,   musiqa   tovushlarini   va   she’rni   tez   yod
olishlari   murakkab   bo‘ladi.   MTM   yoshidagi   bolalarning   ongi   hali
rivojlanmagan   bo‘ladi.   Shuning   uchun   ular   kuyni   sekin   va   uzoq   muddatda
yod olishadi. Bolalarga musiqa tovushlarini tushuntirib o‘rgatish zarur.
Bolalar   tarbiyasida   qo‘shiqning   roli   katta.   Qo‘shiq   lirikaning   eng
qadimgi turlaridan bo‘lib, kuylashga mo‘ljallangan bir necha modeli she’rdir.
Qo‘shiqlar kuy va ohang bilan aytiladi. Ba’zan qo‘shiq o‘yin bilan birga ijro
etiladi.   Demak,   qo‘shiq   uchun   she’r   va   kuy   kerak.   Qo‘shiq   xalq   og‘zaki
ijodining   eng   ko‘p   tarqalgan   va   ommalashib   ketgan   janrlaridan   biridir.
Qo‘shiqlar xalq turmushi va mehnatning ijodiy mahsuli bo‘lib, unda xalqning
orzu-tilaklari,   qalb   sadolari,   turli-tuman   hayotiy   tuyg‘ulari   ifodalangan.
Qo‘shiqlar o‘quvchilarning nafosatini o‘rgatishga, ularni hayot va mehnatga,
muhabbat,   vatanparvarlik,   do‘stlik,   qahramonlik,   baynalmilallik,
insonparvarlik kabi oliyjanob fazilatlar ruhida tarbiyalshga yordam beradi. 
Musiqalar   mavzu   jihatidan   mehnat,   ishqiy,   lirik   qahramonlik
qo‘shiqlariga   va   shu   kabi   boshqa   turlarga   bo‘lishimiz   mumkin.   Hayot
tajribalariga   asoslangan   rang-barang   qo‘shiqlar   orqali   xalqning   g‘am-hasrat,
dushmanga nisbatan g‘azab va nafrat kabi his-tuyg‘ulari izhor etiladi.
Qo‘shiq   bolani   erkalatadi,   o‘yinga   boshlaydi,   uning   his   qilish
qobilyatini o‘stiradi, fikrlashga o‘rgatadi.
Bola tug‘ilgan kunidanoq onaning mehr to‘la allasini tinglaydi. Bunda
onaning bolaga bo‘lgan samimiy chuqur muhabbati bilan birga, farzandning
4 jamiyatga   mos,   yaxshi   farzandlar   egasi   bo‘lib   tarbiya lanishini   ta’sirli,
ohangdor qo‘shiq orqali ifodalaydi:
Alla, bolam, alla, 
Jonim bolam, alla.
Ikki ko‘zim, alla,
Shirin so‘zim, alla.
Alla bolam, baxti bor,
Har narsaning vaqti bor.
Jonim bolam, alla, 
Shirin so‘zim, alla. 
Ikki ko‘zim, alla, 
Jonim bolam, alla,
Allada yaxshi tarbiya ko‘rgan bola jamoa o‘rtasida, to‘y tomoshalarda,
ota-onaning   obro‘si,   uning   shuhrati   sifatida   ta’riflanadi.   Alla   bolani
chaqaloqlik   davridanoq   ohanglar   vositasida   ezgulikka   chorlaydi.   Musiqani
tinglay   bilish   va   undan   estetik   zavqlana   olish   ham   katta   san’at   hisoblanadi.
Kishida   musiqa   tinglash   madaniyati   yoshli gidan   rivojlana   boshlaydi.
Bog‘chada   amalga   oshiriladigan   musiqa   tinglash   esa   uning   poydevoridir.
Zotan   bola   musiqa   mashg‘ulotlarining   barcha   elementlari   jarayonida   ham
musiqa   tinglab,   uni   idrok   etadi.     Ammo   mashg‘ulotning   musiqa   tinglash
qismi oldida o‘ziga xos jiddiy vazifalar turadi. Avvalo shuni eslatish lozimki,
kishining   kuylash   imkoniyatidan   ko‘ra   tinglash   imkoniyati   ancha   keng
bo‘ladi.   Masalan:   orkestr,   xor,   yakka   cholg‘u   ijrosidagi   asarlarni   kuylab
emas, balki faqat tinglab, idrok etish mumkin, xolos. Shuning uchun olimlar
musiqaviy   tarbiya   jarayonida   musiqa   tinglashga   alohida   e’tibor   qaratishadi.
Chunki   kishi   musiqa   madaniyatining   shakllanishi   va   rivojlanishida   musiqa
tinglash,   malaka,   ko‘nikmalari   katta   rol   o‘ynaydi.   Musiqa   tinglashda
5 bolalarning   badiiy   idroki   yaxshi   rivojlanib   boradi.   Mashg‘u lotning   musiqa
tinglash qismi oldida quyidagi vazifalar turadi:
1)   bolalarni   o‘z   idrokiga   mos   xalq   klassik   va   zamonaviy   musiqa
namunalari bilan tanishtirib borish;
2) bolalarning musiqani idrok qilish qobilyatlarini rivojlantirib borish.
Musiqa haqida  boshlang‘ich  ma’lumotlar  berishni o‘rgatadigan  asarlar
nomlarini   eslashga,   ularning   mazmuni,   xarakteri   va   ifoda   vositalarining
farqiga   borishga   hamda   tinglagan   asarlariga   ma’lum   miqdorda   badiiy   baho
bera   olishga   o‘rgatish.   Kichik   guruh   bolalarning   diqqati   uncha   barqaror
bo‘lmaganligi   tufayli   ular   yorqin   yangraydigan   kichik-kichik   musiqa
asarlarini   idrok   etishga   qodir   bo‘ladilar.   Ular   ayniqsa,   kichik   qo‘shiqlarni
yaxshi  idrok  etadilar.  Chunki  so‘z va ohang birligi musiqa mazmunini  oson
idrok   etishga   yordam   beradi.   Xususan,   tarbiyachi   ashula   aytganda   uning
tanish ovozi va ifodalash intonatsiya mimikasi va ishoralari bolalarni maftun
etadi. Shu vaqtda bolalarda hosil bo‘ladigan zavqlanish, ajablanish, quvonish
holatlarini kuzatish mumkin. Ammo bu holatlar tez uyg‘onib, tez so‘nadi.
4-5   yoshli   bolalarda   diqqat-e’tiborning   bir   muncha   emotsional
turg‘unligi vujudga keladi. Ular raqs tipidagi kuylarni jonli, ba’zan jo‘shqin
holatda idrok etadilar. Yengil, kuychan musiqalarni birmuncha xotirjam idrok
etadilar.   Bu   yoshdagi   bolalarda   musiqa   mazmuni   va   xarakterini   bilishga
ayniqsa,  unda  nima  haqida  hikoya  etilishini  bilishga  qiziqish   paydo  bo‘ladi.
Shuning   uchun   ularda   musiqa   xotirasi   ancha   faol   rivojlana   borib,   tinglagan
musiqa haqida o‘z ta’surotlarini hikoya qilib berish ishtiyoqi paydo bo‘ladi.
5-6   yoshli   bolalarda   esa   erkin,   ixtiyoriy   tarzdagi   diqqat-e’tibor
shakllanib, musiqani diqqatni yig‘ib tinglash, uning ayrim detallarini anglab
olish qobilyati rivojlangan bo‘ladi. Ularda musiqaga qiziqish ko‘proq sevimli
asarlarni takror-takror tinglash jarayonini yaxshi rivojlanadi. Ular musiqadagi
umumiy kayfiyatni yaxshi sezib, asarda badiiy obrazning rivojlanib borishini
6 kuzatishni   o‘rganib   boradilar.   Yangi   asar   bilan   ilk   bor   tanishtirishga
tarbiyachining qisqa va qiziqarli tushuntiruv so‘zi katta rol o‘ynaydi. Cholg‘u
kuylari xarakteri va badiiy mazmuni haqida bolalarga tushuncha berilsa, ular
asarni   yaxshi   idrok   etadilar.   Asarni   2–3   mashg‘ulot   davomida   takroran
tinglash   shart.   Chunki   har   bir   tinglashda   bola   uchun   asarning   yangi-yangi
qirralari   namoyon   bo‘ladi   va   asarga   nisbatan   ularning   muhabbati   oshib
boradi. Bog‘chaning tayyorlov guruhlarida bola o‘z yoshiga muvofiq musiqa
asarini to‘la idrok etishga qodir bo‘ladi. Bog‘chada olingan bilim zaxirasida
malaka   va   ko‘nikmasi,   musiqa   turlari   va   uning   xarakteri   farqiga   borishga
yordam   beradi.Shunday   qilib,   dasturda   ko‘zda   tutilgan   va   bolaning   musiqa
madaniyati rivojlanishida kelajakda asosiy rol o‘ynaydigan uch faktor amalga
oshadi.
1. Musiqaga qiziqish, musiqa asarlarini ishtiyoq bilan tinglash va ularni
eslash, olingan ta’surotlarni o‘ylash.
2.   Musiqa   tinglashga   turg‘un   diqqat-e’tibor   va   tinglash   madaniyati
boshlang‘ich elementlarining shakllanishi.
3.   Musiqiy   didning   shakllanishi,   musiqa   asarlariga   badiiy   baho   bera
olish.
Turli guruhlarda musiqa tinglashning nazariy uslubiy vazifalari:
1. Musiqa tinglash orqali bolalarda his-tuyg‘ularini rivojlantirish.
2.  Boshlang‘ich musiqa  tinglash  tushunchalarini rivojlantirish. Musiqa
tinglash alohida metodlar orqali o‘tkaziladi:
-musiqa orqali bog‘lash;
-musiqa jarayonini mustahkamlash;
-musiqa orqali kayfiyat oshirish;
-musiqiy his-tuyg‘ularni rivojlantirish.
Musiqa   madaniyati   darslarida   bu   faoliyat   turi   eng   qiziqarli
mashg‘ulotdir.   Bolalar   cholg‘u   asboblari   jonli   tovushli   o‘yinchoqlar   sifatida
7 har   bir   o‘quvchini  qiziqtiradi.   Chapak  va  bolalar  cholg‘u  asboblarida   ritmik
jo‘r bo‘lish, musiqaning xarakteri va obrazlarni chuqurroq his etishda, ularga
xos emotsional tuyg‘ular hosil etish, ayniqsa bolalarning ijodiy qobilyatlarini
rivojlnatirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
8 Adabiyotlar:
1. G.SHaripova, Sh. Yakubova. MTMgacha ta’lim  muassasalarda musiqa o`qitish 
metodikasi.Toshkent. 2007
2.D.Soipova “Musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi”
3..B.Boltayev “MTMgacha ta’lim muassasalarida musiqa mash’gulotlari”
4. .“Bolajon” tayanch dasturi :Toshkent.-2016
1. A.   Zimina   Osnova   muzыkalnogo   vospitaniya   i   razvitiya   ditey   mladщego
vozrosta. M., 2000 g.
2. M.S.Osenneva”Teoriya   i   metodika   muzikalnogo   vospitaniya”:”Akademiya”
Moskva. 2012 . 
3. Gogoberidze   A.G.   “Teoriya   i   metodika   muzыkalnogo   vospitaniya   detey
doshkolnogo vozrasta”: 
4. И. Ю.  Дьяченко.   “ Теория и методика музыкального вос питания”
5. RadыnovaO. Nastroyeniya, chustva v muzыke. M;2009
9

MTMgacha ta’lim muassasalari musiqiy tarbiya ishini tashkil qilishda, diagnostik tahlil va baholashning reyting tizimi 1 . MTMda musiqiy tarbiya ishini tashkil etish. 2. MTMda diagnostik tahlil. 3. MTMda ta’lim-tarbiyani tashkil etish. 1

MTMgacha ta’lim muassasalarida musiqa ta’limi va tarbiya sining asosiy maqsadi bog‘cha yoshidan boshlab bolalarning dunyo qarashini shakllantirish hamda musiqiy didini o‘stirib, bolalarga musiqani o‘rgatish jarayonida unda hayot o‘z aksini topishini anglatishdir. Shuni qayd etish lozimki, musiqa mashg‘ulotlari oldiga qo‘yilgan pedagogik maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun, avvalo, bolalarning musiqiy uquvi va qobiliyatlarini muntazam ravishda o‘stirib borish lozim. Kichkintoylarning musiqiy uquv va qobiliyatlari quyidagi faoliyatlardan iborat: -musiqiy uquvi (musiqiy tovushlar baland-pastligini his etish qobiliyati); -tembr uquvi (musiqiy tovushlarni bir-biridan farq qilish); -ritm tuyg‘usi (musiqaga mos harakat bajarish, qadam tashlab, chapak chalib musiqani xotirada saqlab, his etish va ifodalash). Bolalarning musiqiy qobiliyatlari musiqiy mashg‘ulotlarning barcha elementlarini amalga oshirish jarayonida muntazam ravishda rivojlanib boradi. Bolalar bog‘chalarida olib boriladigan musiqa ta’lim-tarbiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: -kichkintoylarning musiqaga bo‘lgan qiziqishlarini o‘stirish; -musiqiy asarlar bilan tanishtirish jarayonida bolalarda emotsio nal his- tuyg‘ularni hosil qilish yo‘li bilan ularning musiqa haqidagi tasavvurlarini boyitish; -bolalarni musiqa tinglash, qo‘shiq kuylash, musiqa ostida ritmik harakatlarni bajarish, bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish faoliyatlari yordamida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirib borish; -bolalar ovozini asrab tarbiyalash, qo‘shiqlarni sodda, ravon, erkin, tabiiy va ifodali kuylashga o‘rgatish va odatlantirish; -musiqiy asarlardan zavq olishni, shu asosda musiqiy did va badiiy fikr yuritishni rivojlantirish; 2

-musiqa mashg‘ulotlari jarayonida musiqiy asardagi badiiy obrazlarni o‘yin va raqs shaklida ifoda etishga o‘rgatish; -musiqa mashg‘ulotlarida bolalarni milliy qadriyatlarimiz bilan tanishtirish, milliy cholg‘u sozlarimiz jo‘rligida milliy musiqiy-ritmik harakatlarni bajarishga o‘rgatish; -musiqa mashg‘ulotlari mazmunini bog‘cha hayoti bilan bog‘lash, bog‘chada o‘tkaziladigan tadbirlarda o‘rganilgan kuy va qo‘shiqlar bilan ishtirok etish. Turli ertaliklar, konsertlar tashkil etish. Musiqa mashg‘ulotlarida bola hayotni, tevarak-atrofni musiqiy obrazlar orqali idrok etib boradi. Bog‘chada musiqiy tarbiya ishlari badiiy adabiyot va tasviriy san’at bilan uzviy ravishda bog‘langan holda amalga oshiriladi. Turli metodlardan foydalanib o‘tkaziladigan har bir musiqa mashg‘uloti kichkintoylarda badiiy-estetik zavq uyg‘otadi, ularning his-tuyg‘ularini shakllantiradi, ijodiy flkrlash qobiliyati va nutqini o‘stiradi. Bundan tashqari musiqiy o‘yinlar va raqslar bolalarda ritm tuyg‘usi, chaqqonlik va harakatchanlik malakalarini shakllantirib, qomatning to‘g‘ri o‘sishiga yordam beradi. Bu bolaning aqliy va jismoniy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. MTMgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan barcha musiqiy ta’limiy, tarbiyaviy ishlar yosh avlodda olijanob fazilatlarni bog‘cha yoshidan shakllan tirishda nafosat tarbiyasining tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Qo‘shiq har tomonlama bolani kamolga yetaklaydi. Bolalardagi musiqiy qobi lyatni rivojlantirishga hamda bolaning barkamol yetuk avlod kishisi sifatida o‘sishiga yordam beradi. Bolalar bog‘chasida o‘rgatiladigan har bir qo‘shiq mazmuni va xarakterini ongli tushunishga o‘rgatish kerak bo‘ladi. Avvalambor, tarbiyachi biror bir she’rni yod olishni dasturdan foydalangan holda o‘rgatadi. Har bir tanlangan she’r bolaning qiziqishlari, bolaning ishlari, guruhlari hamda fasllarga qarab bayramlarning turlariga qarab o‘rgatiladi. Qo‘shiq bolaning hayotida muhim rol o‘ynaydi. Qo‘shiq inson 3

tafakkurini va ongini rivojlantiradi. Biz qo‘shiqni bolalarga o‘rgatayotganda avval qo‘shiq kuyini, keyin she’rini misrama-misra o‘rgatamiz. Qo‘shiq kuyini o‘rgatganda to‘rt xil musiqa asboblari orqali chalib yoki bo‘lmasa, biror-bir jonivorning ovozlarini berib, o‘rgatishimiz mumkin. She’rni esa bo‘g‘inlarga ajratib yoki chapaklar orqali yod oldiradi. Bolalar she’rlarni tezroq yod olishlari uchun she’r matnlarini takror aytishimiz kerak. Agar bolaning xayoli bir joyda bo‘lmasa, musiqa tovushlarini va she’rni tez yod olishlari murakkab bo‘ladi. MTM yoshidagi bolalarning ongi hali rivojlanmagan bo‘ladi. Shuning uchun ular kuyni sekin va uzoq muddatda yod olishadi. Bolalarga musiqa tovushlarini tushuntirib o‘rgatish zarur. Bolalar tarbiyasida qo‘shiqning roli katta. Qo‘shiq lirikaning eng qadimgi turlaridan bo‘lib, kuylashga mo‘ljallangan bir necha modeli she’rdir. Qo‘shiqlar kuy va ohang bilan aytiladi. Ba’zan qo‘shiq o‘yin bilan birga ijro etiladi. Demak, qo‘shiq uchun she’r va kuy kerak. Qo‘shiq xalq og‘zaki ijodining eng ko‘p tarqalgan va ommalashib ketgan janrlaridan biridir. Qo‘shiqlar xalq turmushi va mehnatning ijodiy mahsuli bo‘lib, unda xalqning orzu-tilaklari, qalb sadolari, turli-tuman hayotiy tuyg‘ulari ifodalangan. Qo‘shiqlar o‘quvchilarning nafosatini o‘rgatishga, ularni hayot va mehnatga, muhabbat, vatanparvarlik, do‘stlik, qahramonlik, baynalmilallik, insonparvarlik kabi oliyjanob fazilatlar ruhida tarbiyalshga yordam beradi. Musiqalar mavzu jihatidan mehnat, ishqiy, lirik qahramonlik qo‘shiqlariga va shu kabi boshqa turlarga bo‘lishimiz mumkin. Hayot tajribalariga asoslangan rang-barang qo‘shiqlar orqali xalqning g‘am-hasrat, dushmanga nisbatan g‘azab va nafrat kabi his-tuyg‘ulari izhor etiladi. Qo‘shiq bolani erkalatadi, o‘yinga boshlaydi, uning his qilish qobilyatini o‘stiradi, fikrlashga o‘rgatadi. Bola tug‘ilgan kunidanoq onaning mehr to‘la allasini tinglaydi. Bunda onaning bolaga bo‘lgan samimiy chuqur muhabbati bilan birga, farzandning 4

jamiyatga mos, yaxshi farzandlar egasi bo‘lib tarbiya lanishini ta’sirli, ohangdor qo‘shiq orqali ifodalaydi: Alla, bolam, alla, Jonim bolam, alla. Ikki ko‘zim, alla, Shirin so‘zim, alla. Alla bolam, baxti bor, Har narsaning vaqti bor. Jonim bolam, alla, Shirin so‘zim, alla. Ikki ko‘zim, alla, Jonim bolam, alla, Allada yaxshi tarbiya ko‘rgan bola jamoa o‘rtasida, to‘y tomoshalarda, ota-onaning obro‘si, uning shuhrati sifatida ta’riflanadi. Alla bolani chaqaloqlik davridanoq ohanglar vositasida ezgulikka chorlaydi. Musiqani tinglay bilish va undan estetik zavqlana olish ham katta san’at hisoblanadi. Kishida musiqa tinglash madaniyati yoshli gidan rivojlana boshlaydi. Bog‘chada amalga oshiriladigan musiqa tinglash esa uning poydevoridir. Zotan bola musiqa mashg‘ulotlarining barcha elementlari jarayonida ham musiqa tinglab, uni idrok etadi. Ammo mashg‘ulotning musiqa tinglash qismi oldida o‘ziga xos jiddiy vazifalar turadi. Avvalo shuni eslatish lozimki, kishining kuylash imkoniyatidan ko‘ra tinglash imkoniyati ancha keng bo‘ladi. Masalan: orkestr, xor, yakka cholg‘u ijrosidagi asarlarni kuylab emas, balki faqat tinglab, idrok etish mumkin, xolos. Shuning uchun olimlar musiqaviy tarbiya jarayonida musiqa tinglashga alohida e’tibor qaratishadi. Chunki kishi musiqa madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida musiqa tinglash, malaka, ko‘nikmalari katta rol o‘ynaydi. Musiqa tinglashda 5