logo

Maktabgacha ta’lim muassasalari va ularni tashkil etish.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

24.4287109375 KB
Maktabgacha ta’lim muassasalari va ularni tashkil etish.
1.
Maktabgacha ta’lim muassasasi- maktabgacha yoshdagi bollar ijtimoiy 
tarbiya maskani.
2.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayoni 
qatnashchilari.
3.
Nodavlat maktabgacha ta ’lim   muassasasini tashkil etish
Tayanch tushunchalar:   jamoat muassasalari,	 tarmoq	 normativlari,   istiqbol	 reja ,	 
smeta,	
 Maktabgacha	 ta’lim,	 maktabdan	 tashqari	 ta’lim,	 metodik	 qo’llanma,	 
meyoriy	
 hujjat.
Maktabgacha ta’lim muassasasi uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bosqichi, 
jamiyatning eng muhim ijtimoiy zaminidir. Maktabgacha ta’lim muassasi bolalarni
tarbiyalash va rivojlantirish, ularni maktabga tayyorlashda yetakchi o‘rin tutadi.
Barcha turdagi maktabgach ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining «2017 — 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-
son   qaroriga   muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga 
qo‘yiladigan davlat talablariga   asosan ishlab chiqilib , O‘zbekiston Respublikasi 
Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan 
dasturlar bilan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va bolalarning ushbu 
muassasada bo‘lish vaqti davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ustavi va 
muassisning qarori bilan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida besh kunlik ish haftasi uchun, qoida 
tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
12 soatli;
10,5 soatli;
9 soatli;
4 soatli. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan 
aholi   talablaridan kelib chiqib , davlat maktabgacha ta’lim muassasasida yoki uning
alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ovqatlanishni tashkil etish ushbu 
muassasa zimmasiga yuklatiladi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiena 
normativlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish davlat maktabgacha ta’lim muassasasining 
tibbiyot xodimlari va ushbu muassasaga belgilangan tartibda biriktirilgan hududiy 
sog‘liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari bilan 
birgalikda bolalarning hayoti, sog‘lig‘i   va jismoniy rivojlanishi , davolash-
profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena 
normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun mas’uldirlar.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayotini muhofaza qilish va
sog‘lig‘ini mustahkamlashni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi 
Maktabgacha ta’limvazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat 
qilish hududiy sog‘liqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimining 
faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (alohida   xizmat xonasi , mebel va 
tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan dori-
darmonlar) yaratib beriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish 
sog‘liqni saqlash tizimidagi malaka oshirish muassasalarida har uch yilda kamida 
bir marta bepul amalga oshiriladi.
Muassislari mahalliy davlat hokimiyati organlari bo‘lgan davlat maktabgacha 
ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish qabul komissiyasining qaroriga binoan 
maktabgacha ta’limmuassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish 
tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan mazkur Nizomning   1-ilovasida   keltirilgan 
shaklda beriladigan yo‘llanmalari asosida amalga oshiriladi.
Muassislari boshqa tashkilotlar bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga 
bolalarni qabul qilish ularning muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda 
amalga oshiriladi. Bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu davlat 
maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarni maktabgacha ta’limmuassasalari 
faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlarining 
yo‘llanmalari bo‘yicha shartnoma asosida qabul qilishi mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilishda quyidagilar:

I va II guruh nogironlari ;

ko‘p bolali oilalarning bolalari;

harbiy xizmatchilarning bolalari;

talabalar   va pedagoglarning bolalari ;

chin etim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat 
maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilishda imtiyozlardan navbatsiz 
foydalanadilar.
Imtiyozlardan foydalanuvchi bolalarning ota-onalari imtiyoz berilishi uchun asos 
bo‘ladigan hujjatlarni qabul komissiyasiga taqdim etadilar.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining mudirlari tomonidan davlat 
maktabgacha ta’lim muassasasidagi mavjud bo‘sh o‘rinlar haqida qabul 
komissiyasiga har oyning birinchi sanasidan kechikmay yozma ma’lumot kiritiladi.
Bo‘sh o‘rinlar haqidagi ma’lumot davlat maktabgacha ta’lim muassasasining 
mudirlari tomonidan imzolanadi va ularning to‘g‘riligi va o‘z muddatida kiritilishi 
uchun davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri shaxsan javob beradi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining har bir guruhidagi bola soni me’yori 
kamida 20 nafar bo‘lishi, biroq 25 nafardan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Guruhlarni boshqa yoshdagi guruhdan o‘tgan bolalar bilan to‘ldirish o‘quv yili 
oxiridan yangi o‘quv yiliga qadar (iyun, iyul, avgust oyida), yangi qabul 
qilinayotganlar bilan to‘ldirilishi o‘rinlar bo‘shashiga qarab amalga oshiriladi.
2.Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida o‘quv yili har yili 2 sentyabrdan 
boshlanadi, keyingi yilning 1 iyunida tugallanadi va yangi o‘quv yili boshlangunga
qadar sog‘lomlashtirish davri davom ettiriladi.
Tarbiyalanuvchilar soni davlat maktabgacha ta’lim muassasasi quvvatidan ortiq 
bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilishni 
vaqtincha to‘xtatish hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi 
tomonidan berilgan xulosaga ko‘ra maktabgacha ta’limmuassasalari faoliyatini 
metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari huzuridagi qabul 
komissiyasining qarori asosida amalga oshiriladi. Tarbiyalanuvchilar soni belgilangan me’yordan kamaygan yoki bolalarni qabul 
qilish uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq 
shart-sharoit   yaratilgan taqdirda , hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati
markaziga xabar bergan holda maktabgacha ta’limmuassasalari faoliyatini metodik
ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari huzuridagi qabul 
komissiyasining roziligi bilan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalar 
qabul qilinadi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya   jarayoni 
qatnashchilari
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar, ota-onalar, pedagog xodimlar va 
vasiylik kengashi a’zolari ta’lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida vasiylik   kengashlari tashkil etiladi , ularni
saylash tartibi va ularning vakolatlari davlat maktabgacha ta’lim muassasasining 
ustavida belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi vasiylik kengashining faoliyati O‘zbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta’limvazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy 
nizom asosida amalga oshiriladi.
Bolalarni qabul qilishda davlat maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalarni o‘z 
ustavi, kun tartibi, ta’lim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi 
shart.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi bilan ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlar shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan 
shartnoma bolalarning davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lishi vaqtini, 
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari 
hamda javobgarligini o‘z ichiga oladi.
Ota-onalar:
o‘z bolalari uchun ta’lim-tarbiya   shakllarini , davlat maktabgacha ta’lim 
muassasasida ta’lim berish tilini tanlash;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga ta’lim-tarbiya berish uchun 
zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan 
munosabatda bo‘lishni talab qilish; muassasa bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida 
o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasasidan 
olib ketish huquqiga ega.
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham 
ega bo‘lishlari mumkin.
Ota-onalar quyidagilarga majbur:
belgilangan normativlarga muvofiq bolaning davlat maktabgacha ta’lim 
muassasasida bo‘lgan davri uchun badal to‘lovini o‘z vaqtida to‘lash;
bolalarning to‘laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiena ko‘nikmalari 
shakllantirilishini qat’iy   kuzatib borish , bolani davlat maktabgacha ta’lim 
muassasasiga ozoda kiyingan holda olib kelish.
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham 
olishlari mumkin.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimlari o‘rtasidagi 
munosabatlar o‘zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy 
xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga xodimlarni ishga qabul qilish belgilangan
tartibda tasdiqlanadigan namunaviy shtatlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
Tegishli pedagogik ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy 
sifatlarga ega bo‘lgan shaxslar davlat maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik 
faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Sud hukmi bilan yoki tibbiy xulosaga muvofiq pedagogik faoliyat bilan 
shug‘ullanishi taqiqlangan shaxslarning ushbu faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarining huquqlari, majburiyatlari 
va   imtiyozlari qonun hujjatlarida , davlat maktabgacha ta’lim muassasasi ustavida, 
shuningdek mehnat shartnomasida belgilanadi.
Xodimlarning vazifalari lavozim yo‘riqnomasi va tarmoq tarif-malaka 
ma’lumotnomasida belgilab qo‘yiladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagi 
huquqlarga ega:
davlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarishda o‘z ustavida belgilanadigan 
tartibda qatnashish; o‘z kasbiy sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi
mumkin.
Pedagog xodimlar quyidagilarga majbur:
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim   dasturlarini tatbiq etish ;
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, 
axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish bo‘yicha o‘ziga yuklatilgan vazifalar 
doirasida shart-sharoitlar yaratish;
bolalarga yuqori professional darajada ta’lim-tarbiya berish orqali maktabgacha 
ta’lim   sifatini oshirish ;
pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimmatini hurmat qilish, 
bolalarni   tazyiqdan himoya qilish , ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-
muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish   ruhida tarbiyalash ;
o‘zining kasbiy ko‘nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda 
takomillashtirish hamda belgilangan muddatlarda o‘z malakasini oshirib borish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi 
mumkin.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlariga ish haqi miqdorlari (lavozim 
maoshlari) qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Muassasa rahbari pedagog 
xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida ustamalar, qo‘shimcha haq hamda boshqa 
to‘lovlar turi va miqdorlarini ish haqiga yo‘naltiriladigan mavjud mablag‘lar 
doirasida belgilaydi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasidagi pedagog xodimlar belgilangan tartibda 
sog‘liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
4.3 Nodavlat maktabgacha ta’lim   muassasasini tashkil etish
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining maqsadi va vazifalarini, uning 
faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va nodavlat maktabgacha ta’lim 
muassasasini boshqarish faoliyatini tartibga soladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston 
Respublikasi   Konstitutsiyasi   va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi   palatalarining qarorlariga , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar  Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga,   boshqa qonun hujjatlariga , 
shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z 
ustaviga, mustaqil balansiga, bank hisob raqamlariga, o‘z nomi ko‘rsatilgan 
muhrga ega bo‘ladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining   maqsadi va vazifalari
Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi hisoblanadi:
maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi o‘rinlarda bolalar deb ataladi)   har 
tomonlama intellektual , axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash;
bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish.
Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining vazifalari hisoblanadi:
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va   texnologiyalarini joriy 
etish ;
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;
bola shaxsini sog‘lom va etuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda 
shakllantirish;
bolaning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko‘rishida, eshitishida) engil nuqsonlarni 
korreksiyalashni   amalga oshirish ;
bolalarda xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat 
tuyg‘ularini shakllantirish.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etish
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq muassasa 
shaklida tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining muassislari toifasiga kirmaydigan 
barcha yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining 
muassislari bo‘lishi mumkin. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan 
tartibda litsenziya olgan vaqtdan boshlab ta’lim faoliyatini amalga oshirish 
huquqiga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi   Qonuniga   muvofiq, nodavlat 
maktabgacha ta’lim muassasasini akkreditatsiya qilish vakolatli davlat organi 
tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga
qo‘yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi 
Maktabgacha ta’limvazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan 
dasturlar bilan belgilanadi.
Muassasa o‘z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni 
tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limvazirligi tomonidan
belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va bolalarning muassasada
bo‘lish vaqti muassasa ustavi hamda muassisning qarori bilan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida 5 kunlik ish haftasi uchun,   qoida 
tariqasida , quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
12 soatli;
10,5 soatli;
9 soatli;
4 soatli.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi 
talablaridan kelib chiqib, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida yoki uning 
alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning ovqatlanishi O‘zbekiston 
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya 
qoidalari, normalari va gigiena normativlari asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilariga tibbiy yordam 
ko‘rsatish shtatdagi yoki sog‘liqni saqlash organlarining shartnoma asosida maxsus
biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari bilan 
birgalikda bolalarning hayoti, sog‘lig‘i   va jismoniy rivojlanishi , davolash-
profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena  normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar. 
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish 
shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi ta’limning uzluksizligini ta’minlash 
maqsadida shartnoma asosida o‘z faoliyatini umumiy o‘rta ta’lim muassasalari 
bilan birgalikda amalga oshirishi mumkin.
Maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash, 
ularni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish 
maqsadida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar 
tashkil etiladi.

Maktabgacha ta’lim muassasalari va ularni tashkil etish. 1. Maktabgacha ta’lim muassasasi- maktabgacha yoshdagi bollar ijtimoiy tarbiya maskani. 2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari. 3. Nodavlat maktabgacha ta ’lim muassasasini tashkil etish Tayanch tushunchalar:   jamoat muassasalari,  tarmoq  normativlari,   istiqbol  reja ,   smeta,  Maktabgacha  ta’lim,  maktabdan  tashqari  ta’lim,  metodik  qo’llanma,   meyoriy  hujjat. Maktabgacha ta’lim muassasasi uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bosqichi, jamiyatning eng muhim ijtimoiy zaminidir. Maktabgacha ta’lim muassasi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirish, ularni maktabga tayyorlashda yetakchi o‘rin tutadi. Barcha turdagi maktabgach ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 — 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707- son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tashkil etiladi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib , O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va bolalarning ushbu muassasada bo‘lish vaqti davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida besh kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi: 12 soatli; 10,5 soatli; 9 soatli; 4 soatli.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib , davlat maktabgacha ta’lim muassasasida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ovqatlanishni tashkil etish ushbu muassasa zimmasiga yuklatiladi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish davlat maktabgacha ta’lim muassasasining tibbiyot xodimlari va ushbu muassasaga belgilangan tartibda biriktirilgan hududiy sog‘liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiyot xodimlari davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi , davolash- profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun mas’uldirlar. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlashni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limvazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish hududiy sog‘liqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (alohida xizmat xonasi , mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan dori- darmonlar) yaratib beriladi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish sog‘liqni saqlash tizimidagi malaka oshirish muassasalarida har uch yilda kamida bir marta bepul amalga oshiriladi. Muassislari mahalliy davlat hokimiyati organlari bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish qabul komissiyasining qaroriga binoan maktabgacha ta’limmuassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda beriladigan yo‘llanmalari asosida amalga oshiriladi. Muassislari boshqa tashkilotlar bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish ularning muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu davlat maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarni maktabgacha ta’limmuassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlarining yo‘llanmalari bo‘yicha shartnoma asosida qabul qilishi mumkin.

Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilishda quyidagilar:  I va II guruh nogironlari ;  ko‘p bolali oilalarning bolalari;  harbiy xizmatchilarning bolalari;  talabalar va pedagoglarning bolalari ;  chin etim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilishda imtiyozlardan navbatsiz foydalanadilar. Imtiyozlardan foydalanuvchi bolalarning ota-onalari imtiyoz berilishi uchun asos bo‘ladigan hujjatlarni qabul komissiyasiga taqdim etadilar. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining mudirlari tomonidan davlat maktabgacha ta’lim muassasasidagi mavjud bo‘sh o‘rinlar haqida qabul komissiyasiga har oyning birinchi sanasidan kechikmay yozma ma’lumot kiritiladi. Bo‘sh o‘rinlar haqidagi ma’lumot davlat maktabgacha ta’lim muassasasining mudirlari tomonidan imzolanadi va ularning to‘g‘riligi va o‘z muddatida kiritilishi uchun davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri shaxsan javob beradi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining har bir guruhidagi bola soni me’yori kamida 20 nafar bo‘lishi, biroq 25 nafardan ortiq bo‘lmasligi lozim. Guruhlarni boshqa yoshdagi guruhdan o‘tgan bolalar bilan to‘ldirish o‘quv yili oxiridan yangi o‘quv yiliga qadar (iyun, iyul, avgust oyida), yangi qabul qilinayotganlar bilan to‘ldirilishi o‘rinlar bo‘shashiga qarab amalga oshiriladi. 2.Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida o‘quv yili har yili 2 sentyabrdan boshlanadi, keyingi yilning 1 iyunida tugallanadi va yangi o‘quv yili boshlangunga qadar sog‘lomlashtirish davri davom ettiriladi. Tarbiyalanuvchilar soni davlat maktabgacha ta’lim muassasasi quvvatidan ortiq bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatish hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan berilgan xulosaga ko‘ra maktabgacha ta’limmuassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari huzuridagi qabul komissiyasining qarori asosida amalga oshiriladi.

Tarbiyalanuvchilar soni belgilangan me’yordan kamaygan yoki bolalarni qabul qilish uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq shart-sharoit yaratilgan taqdirda , hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga xabar bergan holda maktabgacha ta’limmuassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari huzuridagi qabul komissiyasining roziligi bilan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalar qabul qilinadi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar, ota-onalar, pedagog xodimlar va vasiylik kengashi a’zolari ta’lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida vasiylik kengashlari tashkil etiladi , ularni saylash tartibi va ularning vakolatlari davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ustavida belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi vasiylik kengashining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limvazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy nizom asosida amalga oshiriladi. Bolalarni qabul qilishda davlat maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalarni o‘z ustavi, kun tartibi, ta’lim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi bilan ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan shartnoma bolalarning davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lishi vaqtini, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini o‘z ichiga oladi. Ota-onalar: o‘z bolalari uchun ta’lim-tarbiya shakllarini , davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim berish tilini tanlash; davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga ta’lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish;

muassasa bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasasidan olib ketish huquqiga ega. Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. Ota-onalar quyidagilarga majbur: belgilangan normativlarga muvofiq bolaning davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lgan davri uchun badal to‘lovini o‘z vaqtida to‘lash; bolalarning to‘laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiena ko‘nikmalari shakllantirilishini qat’iy kuzatib borish , bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga ozoda kiyingan holda olib kelish. Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishlari mumkin. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimlari o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga xodimlarni ishga qabul qilish belgilangan tartibda tasdiqlanadigan namunaviy shtatlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. Tegishli pedagogik ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan shaxslar davlat maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Sud hukmi bilan yoki tibbiy xulosaga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlangan shaxslarning ushbu faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarining huquqlari, majburiyatlari va imtiyozlari qonun hujjatlarida , davlat maktabgacha ta’lim muassasasi ustavida, shuningdek mehnat shartnomasida belgilanadi. Xodimlarning vazifalari lavozim yo‘riqnomasi va tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasida belgilab qo‘yiladi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega: davlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarishda o‘z ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish;