MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHGA OID MASHG‘ULOTLAMI REJALASHTIRISH VA TASHKIL ETISH.
MAVZU: MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHGA OID MASHG‘ULOTLAMI REJALASHTIRISH VA TASHKIL ETISH. Reja: 1. Katta yoshdagi bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari. 2. Katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning metodik masalalari. 3. Katta yoshdagi bolalarda nutqiy muloqotni rivojlantirish.
Bola tilining grammatik tizimini o‘z vaqtida shakllanti rish – uni to‘laqonli nutqiy va umumiy psixologik rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Tilning grammatik tizimini bola predmetli harakatlarni o‘zlashtirish bilan uzviy bog‘liqlikda bilishni rivojlantirish asosida egallaydi. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik tizimini shakllantirish morfologiya (so‘zlarni sonlar, kelishiklarga qarab o‘zgartirish), so‘z hosil qilish (maxsus vositalar yordamida bir so‘z negizida boshqa so‘zni hosil qilish), sintaksis (oddiy va qo‘shma gaplarni tuzish) ustidagi ishlarni o‘z ichiga oladi. Bolalarning grammatik rivojlanishi boshqarishni pedagog eng avvalo ham bolaning o‘zi bilan (dialog shaklida), ham boshqa bolalar bilan birgalikdagi muloqot faoliyati vositasida amalga oshirishi lozim. Bolalarda grammatik tizimni – sintaksis, morfologiya, so‘z hosil qilishni shakllantirish o‘zining alohida xususiyatlariga ega bo‘lib, ularni rivojlantirish uchun pedagog turli vositalarni qo‘llashi darkor. Morfologiya va so‘z hosil qilishni o‘zlashtirish uchun rag‘batlantiruvchi til o‘yinlari; sintaksisni rivojlantirish uchun esa keng fikr bildirish, motivatsiyani yaratish muhim. Ma’lumki, bolalar o‘z iqtidoriga qarab turlicha darajada rivojlanadi va o‘z navbatida pedagogning rahbarligi ham bosqichli xususiyatga ega bo‘ladi. Bola hayotining beshinchi yilida pedagog rag‘batlantirishga (gap so‘z hosil qilish va so‘z ijodkorligi xususida bormoqda); oltinchi yilda – gap tarkibini eng oddiy tahlil qilish, nutqning grammatik to‘g‘riligini shakllantirishga (so‘z o‘zgartirishda); ettinchi yilda – hosila so‘zlar o‘rtasidagi rasmiy-semantik munosabatlarni oddiy tahlil qilishga, nutqiy ijodkorlikka, murakkab sintaktik tuzilmalarni ixtiyoriy tuzishga alohida e’tibor berishi lozim. Didaktik o‘yinlar va grammatik mazmundagi mashqlar bolalarning tilga oid o‘yinlarini, ularning grammatika sohasidagi faolligini rag‘batlantirishning muhim vositasidir. Pedagog bolalarga so‘z birikmasini o‘ylab ko‘rish, so‘ngra gapda so‘zlarni bir-biri bilan to‘g‘ri bog‘lash qobiliyatini o‘rgatishi zarur.
Bolalar fikrlarida murakkab sintaktik tuzilmalarni shakllantirishni yozma nutq vaziyatida, ya’ni bola matnni aytib turadigan, katta yoshli kishi esa, uni yozib boradigan vaziyatda amalga oshirish tavsiya etiladi. Bolaga bir turdagi tuzilmalardan foydalanmagan holda so‘zlarning to‘g‘ri tartibini qo‘llashni o‘rganishda yordam beradigan mashqlarga alohida e’tiborni qaratish zarur. Muhimi, bolada gap tarkibi haqida va har xil turdagi gaplarda leksikadan to‘g‘ri foydalanish haqida oddiy tasavvurlar shakllansin. Buning uchun bolalarga gapda so‘zlarni biriktirishning turli usullarini, so‘zlar o‘rtasidagi ayrim mazmunli va grammatik bog‘liqliklardan foydalanishni hamda gapni intonatsion jihatdan rasmiylashtirishni o‘rgatish zarur. SHunday qilib, nutqning grammatik tizimini shakllantirish jarayonida sintaktik birliklar bilan amallar bajarish ko‘nikmasi shakllanadi, muayyan muloqot sharoitida va ravon monologik fikrlarni tuzish jarayonida til vositalarini ongli ravishda tanlash ta’minlanadi. Bola tilining grammatik tizimini shakllantirish uning nutqi (tili) rivojlanishining umumiy oqimida ro‘y berishi lozim; pedagogik rahbarlik shakllari va metodlari umumiy nutqiy rivojlanishning bosqichma-bosqich xususiyatga egaligini, eng avvalo, dialog va monologni, so‘zgacha bo‘lgan mazmunli-semantik tizimdan vaziyatga oid ixtiyoriy iborali nutqqa o‘tish (undan keyinchalik dialog va monolog rivojlanadi), bolalarning nutqiy havaskorligi sohasi sifatida tengdoshlar bilan muloqotning dialogik shakllarini o‘zlashtirishni hisobga olishi lozim. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish murakkab psixologik jarayon bo‘lib, u faqat bolaning eshitgan nutqiga taqlid qilishidan iborat emas. Bu jarayon bolalarda muloqot faoliyatini rivojlantirish va birinchi navbatda, muloqotga ehtiyoj mavjudligi bilan bog‘liqdir. Nutqni rivojlantirish nafaqat bolani atrof-muhit bilan tanishtirish, balki uni umumiy ruhiy rivojlantirish uchun ham zarur. Oilada bola nutqini o‘stirishdan maqsad og‘zaki nutqni adabiy til me’yorlariga muvofiq holda egallashi, faol nutqqa kirishishini ta’minlashdan iborat. Farzand nutqini shakllantirish va rivojlantirishda ota-ona o‘zi oldiga quyidagi vazifalarni qo‘ygani ma’qul:
farzandida so‘zlashish odobini tarbiyalash; lug‘at boyligini shakllantirish, boyitish, mustahkamlash va faollashtirish; nutqni grammatik jihatdan shakllantirish va rivojlantirish; ravon nutqni takomillashtirish; badiiy asarlar bilan tanishtirish; savod o‘rganishga tayyorlash. Go‘dak nutqini shakllantirishning asosiy genetik vazifasi – kichkintoylarda katta odam bilan muloqotga kirishish qobiliyati va vositalarini vujudga keltirishdan iboratdir. Emotsional - erkin muloqot ushbu yoshda etakchi faoliyat turi hisoblanadi. Kichkintoy 2-2,5 oyligidan boshlab xatti-harakatlari bilan kattalardan o‘zi bilan muloqotga kirishishni “talab qila» boshlaydi. Muloqotning birinchi shakli – hissiy-erkin bo‘lib, go‘dakning atrofidagilarga nisbatan qiziqishi uning his-tuyg‘ularga boy munosabati orqali tavsiflanadi. Muloqotning bunday shakli bola hayotining birinchi yarim yilligiga xosdir. Muloqotning yanada rivojlangan ikkinchi shakli – ya’ni, hissiy-vositali (vaziyatli-amaliy) shakli bola hayotining ikkinchi yarim yilligida ro‘y beradi. Bu muloqot predmetlar orqali vositali muloqotga aylantiriladi. Ushbu yoshda bolaning qiziqishlari atrof muhitga yo‘naltiriladi. Unda yangi taassurotlarga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bu yoshda nutqni shakllantirish va rivojlantirishning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: bolada kattalarga nisbatan emotsional bog‘liqlik va ishonch hissini tarbiyalash; uning o‘ziga nisbatan atrofidagilarning ijobiy diqqat-e’tibor talab qilishini qondirish; kichkintoyning qiziqishlarini rivojlantirishga ko‘maklashish. Masalan: «Qo‘ling qani? Qo‘lingni ko‘rsat! Kim keldi? Akang keldimi?“ Ushbu davrda bola kattalar ko‘magida narsa-buyumlardan foydalanish usullarini o‘rganadi (qoshiq bilan ovqatlanish, piyoladan choy ichish,
qalamda rasm chizish, stulchaga o‘tirish va boshqalar). Narsa-buyumlardan foydalanish ehtiyoji nutqiy muloqotni talab etadi. Ilk yoshda bola oldida turgan asosiy vazifa narsalardan foydalanish usullarini o‘zlashtirish asosida nutqni egallashdan iborat bo‘ladi. 4. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot. Katta yoshli kishi ta’sirida bolada muloqotning yangi – vaziyatdan tashqari-shaxsli shakli vujudga keladi, unda bola «odamlar olami»ga qarab ish tutadi. Bola odamni jamiyatning vakili deb biladi, ijtimoiy olamdagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘zlashtiradi. Muloqotning ushbu shakli vujudga kelishi va rivojlanishi ko‘p jihatdan bolalar kattalarning o‘zaro munosabatlari, jamiyatda o‘zining tutish qoidalari bilan qiziqadigan o‘yinlarning rivojlanishi bilan uzviy darajada bog‘liqdir. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar faqat kattalarning xayrixoh diqqat- e’tiborlariga va ular bilan hamkorlik qilishga emas, balki kattalarning ularni hurmat qilishlariga, o‘zaro bir-birini tushunish va hamdard bo‘lishilariga intiladi. Besh yosh chegarasida bolaning tengdoshlari bilan muloqotga kirishish, o‘zini boshqalar bilan taqqoslash, taqlid qilishga ehtiyoji keskin ortadi. Faoliyatning o‘ziga va tengdosh sheriklariga bo‘lgan qiziqishdan kelib chiqqan holda, biron-bir ishda (o‘yinda, mahsuldor faoliyatda) ishtirok etishga intilish ancha barqaror bo‘lib qoladi. Tengdoshlar bilan muloqotda, o‘yinda va faoliyatning boshqa turlarida axborot almashish, funksiyani rejalashtirish, ajratish va muvofiqlashtirish, ya’ni birgalikda faoliyat yurituvchi bolalarning umumlashuviga ko‘maklashuvchi harakatlarning barchasi amalga oshiriladi. YOsh ulg‘aygani sayin muloqot mustaqil ahamiyat kasb etib boradi, bu hol bolaning tengdoshlariga hamdardlik bildirishi, ularni tushunishi, emotsional yaqinligida namoyon bo‘ladi. Etti yoshga kelib bola tengdoshining shaxsga oid xususiyatlarini ajrata boshlaydi («qiziqarli o‘yinlar o‘ylab topadi», «YAxshi yuguradi», «Juda