Sharq taronalari musiqa festivali
MAVZU. Sharq taronalari musiqa festivali Reja: 1. Sharq taronalari musiqa festivalining huquqiy asosi. 2. Sharq taronalari musiqa festivalining nishonlanishi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini o‘tkazishga tayyorgarlik chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26- fevraldagi PQ-4214-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” 1997-yil 11-martdagi 132-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2019-yil 25-aprel, 354-son Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi 354-son qaroriga ILOVA “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini (keyingi o‘rinlarda festival deb ataladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Festival quyidagilarni nazarda tutgan holda o‘tkaziladi: festivalning betakror ruhi va qiyofasini, o‘ziga xosligini aks ettirish, xalqlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, dunyo tinchligi, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va ahillikni keng targ‘ib etish, mamlakatimiz musiqa san’atining jahon hamjamiyatidagi nufuzini yanada oshirish, boy tarixiy va betakror madaniyatimizni keng targ‘ib etish; Sharq xalqlari musiqa san’atini rivojlantirish va uning ahamiyatini yanada oshirish, o‘zbek hamda boshqa xalqlarning musiqa san’ati an’analarini qamrab olish, ular bilan yaqindan ilmiy va ijodiy muloqot va hamkorlik qilish; yosh avlodni Sharq xalqlari musiqa san’atiga, ayniqsa, o‘zbek milliy musiqasiga bo‘lgan qiziqishlarini qanoatlantirish; Sharq mamlakatlari musiqa san’atining an’analarini asrash, madaniy muloqotni yanada rivojlantirish, Sharq xalqlarining an’anaviy musiqa san’ati sohasidagi ilmiy o‘rganish va izlanishlarni hamkorlikda amalga oshirish, o‘zaro tajriba almashish, davra suhbatlari, taqdimot va mahorat darslarini tashkil etish. 3. Festival har ikki yilda bir marta avgust oyining uchinchi o‘n kunligida Samarqand shahrida o‘tkaziladi. Festivalni o‘tkazishning aniq sanasi va muddati “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda Tashkiliy qo‘mita deb ataladi) tomonidan belgilanadi. 4. Festival O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi (keyingi o‘rinlarda tashkilotchi deb ataladi) tomonidan tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
2-bob. Festivalni o‘tkazish tartibi va shartlari 5. Festival doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi: ochiq konsertlar, ijodiy uchrashuvlar, ilmiy va matbuot konferensiyalar shaklidagi maxsus dasturlar, davra suhbatlari, taqdimot va mahorat darslari, ilmiy- amaliy konferensiya (keyingi o‘rinlarda konferensiya deb ataladi); “Eng yaxshi milliy qo‘shiq ijrosi uchun” xalqaro tanlovi (keyingi o‘rinlarda tanlov deb ataladi); Tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq tanlov xorijiy ishtirokchilarining Samarqand shahri hamda Samarqand viloyati tumanlaridagi madaniyat maskanlarida konsert dasturlari namoyishi. Festival tanlov g‘oliblari va sovrindorlari ishtirokida Samarqand shahridagi Registon maydonida tantanali taqdirlash marosimi va gala-konsert bilan yakunlanadi. 6. Festivalga Tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlangan Xalqaro hay’at a’zolari, faxriy mehmonlar, shuningdek, ishtirokchi sifatida har bir mamlakatdan 12 nafargacha a’zosi bo‘lgan ijodiy delegatsiya taklif etiladi va ularning mehmonxonada yashashi, ovqatlanishi, O‘zbekistonga kelib-ketishi (uchinchi davlat orqali uchishlari ham), ichki transport xarajatlari tashkilotchi tomonidan qoplanadi. 7. Tanlovda chiqish uchun tarkibi 12 nafar musiqachidan ko‘p bo‘lmagan cholg‘u ansambli jonli tarzda jo‘r bo‘lishiga ruxsat etiladi. Festivalda o‘z hisobidan ishtirok etish istagini bildirgan (ijodiy delegatsiyaning 12 nafargacha a’zolaridan tashqari) san’atkorlar, xorijiy davlatlardan taniqli olimlar, mutaxassislar va faxriy mehmonlar tashkilotchining taklifi asosida qatnashishi mumkin. 8. Tanlovda ishtirok etuvchilarga qo‘yiladigan talablar: konsertlarda chiqish tajribasiga egaligi; o‘z davlatida yoki boshqa davlatlardagi tanlov va festivallarda qatnashganligi; tegishli madaniyat va san’at sohasidagi yuqori tashkilotlar yoki festival direksiyalarining tavsiyanomasiga ega bo‘lishi; yoshi 18 yoshdan yuqori bo‘lishi. 9. Tanlovda ishtirok etishni istagan san’atkorlar va jamoalar festival o‘tkaziladigan yilning 1-iyuniga qadar tashkilotchining info@sharqtaronalari.uz elektron manziliga quyidagilarni taqdim etishlari lozim: ishtirok etish uchun ma’lumotnoma (rezyume); SD yoki DVD diskda ijod namunasidan 30 daqiqalik qo‘shiqlar taqdimoti; qo‘shiq matni va asar notalari; 6 x 9 sm o‘lchamdagi rangli foto suratlar. Taqdim etiladigan barcha hujjatlar davlat, ingliz va rus tillarida tayyorlanishi zarur. 10. Festival doirasida o‘tkaziladigan konferensiyada ishtirok etuvchilar quyidagilarni taqdim etishlari lozim: ishtirokchi ma’ruzasining 4-5 betdan iborat to‘la matnining 300 so‘zdan kam bo‘lmagan tezislari; ishtirok etish uchun ma’lumotnoma (rezyume);
ma’ruza taqdimoti (prezentatsiya); ma’ruzaning davlat, ingliz va rus tillariga tarjima qilingan matni; 3 dona 6 x 9 sm o‘lchamdagi rangli foto suratlar. Konferensiyada ishtirok etishni istagan olim va mutaxassislar tomonidan ushbu hujjatlar festival o‘tkaziladigan yilning 1-iyuniga qadar tashkilotchiga taqdim etilishi zarur. 11. Tanlov va konferensiyada ishtirok etuvchilarning ro‘yxati Tashkiliy qo‘mita tomonidan aniqlanib, festival o‘tkaziladigan yilning 1-iyuliga qadar ishtirokchilarga ma’lum qilinadi. 12. Davlat, ingliz va rus tillari festivalning ishchi tillari etib belgilanadi. 13. Festivalni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar tashkilotchi tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta asosida quyidagi tartibda: 70 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining xarajatlar smetasida madaniy tadbirlari o‘tkazish uchun har yili nazarda tutilgan budjet mablag‘lari doirasida; 30 foizi — Samarqand viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari, homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi. 3-bob. Xalqaro hay’at faoliyatini tashkil etish 14. Tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini baholash uchun Tashkiliy qo‘mita tomonidan yetti kishidan kam bo‘lmagan tarkibda Xalqaro hay’at tuziladi. Xalqaro hay’atga yuqori malakali xorijiy va mahalliy musiqashunos olimlar, taniqli san’atkorlar, kompozitorlar va bastakorlar, xorijiy davlatlardagi xalqaro san’at festivallari tashkilotlarining vakillari taklif etiladi. Xalqaro hay’at a’zolari Xalqaro hay’at raisini saylaydi. Xalqaro hay’at raisiga — 2000 AQSh dollari, hay’at a’zolarining har biriga — 1000 AQSh dollari miqdorida gonorar puli to‘lanadi. 15. Baholash jarayonida qo‘shiqlarning milliyligi, she’rlarning ohang bilan mutanosibligi va mazmundorligi, qatnashchining ijro saviyasi, kiyinish madaniyati va sahna harakati tanlovning asosiy mezonlari hisoblanadi. 16. Xalqaro hay’at tomonidan tanlov ishtirokchilarining chiqishlari ikkita yo‘nalish bo‘yicha baholanadi: professional (klassik) darajadagi xalq musiqasi va qo‘shiq yo‘nalishi; zamonaviy kompozitorlar tomonidan yaratilgan musiqa va qo‘shiq yo‘nalishi. 4-bob. Mukofotlash tartibi 17. Tanlov g‘oliblari Tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, statuetka va quyidagi miqdorlarda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: “Gran-pri” — 10 000 AQSh dollari; I o‘rin (har bir yo‘nalish bo‘yicha) 2 x 5 000 — 10 000 AQSh dollari; II o‘rin (har bir yo‘nalish bo‘yicha ) 2 x 3 500 — 7 000 AQSh dollari; III o‘rin (har bir yo‘nalish bo‘yicha) 3 x 2 000 — 6 000 AQSh dollari; Xalqaro hay’at qaroriga muvofiq munosib nomzod topilmaganda “Gran-pri” berilmaydi. Xalqaro hay’at qaroriga muvofiq faqatgina “Gran-pri” mukofoti bo‘linmaydi, I, II va III o‘rinlar pul mukofotlari bo‘linishi mumkin.
Tanlovda qatnashgan va sovrindor bo‘lmagan ishtirokchilarga “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali” diplomanti diplomi beriladi. Tanlov sovrindorlari “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining tantanali yopilish marosimi konsert dasturida qatnashishlari lozim. Tanlovda sovrindor (laureat) bo‘lgan ishtirokchilar keyingi yillarda o‘tkaziladigan ushbu tanlovda ishtirok etolmaydi, faxriy mehmon sifatida festivalga taklif etilishi mumkin. Tanlovda qatnashib, o‘rin egallamagan ishtirokchi keyingi tanlovda qatnashish huquqiga ega. 18. Tashkilotchi, ijodiy uyushmalar, jamg‘armalar va boshqa tashkilotlarning mustaqil hay’at a’zolari va muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan ishtirokchilar “Eng yosh ishtirokchi”, “Muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan eng yaxshi ishtirokchi”, “Eng yaxshi cholg‘u musiqasi ijrochisi” kabi nominatsiyalar va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha maxsus diplom hamda 500 AQSh dollari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar. Festivalning har bir qatnashchisiga “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali” faol ishtirokchisi sertifikati beriladi. 5-bob. Tashkilotchining huquqlari 19. Tashkilotchi quyidagi huquqlarga ega: festival qatnashchilarining ijrolarini efirga uzatish hamda boshqa tashkilotlarga translatsiya qilishi uchun ruxsatnoma berish; festivalni o‘tkazish va uning yakuni davomida tayyorlangan barcha turdagi audio, video, bosma va boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va tarqatish; festivalda ishtirok etishni istagan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Tashkiliy qo‘mitaga yuboriladigan materiallardan reklama maqsadida foydalanish; festivalga jahondagi yetakchi soha mutaxassislari va san’at namoyandalarini jalb etish. 6-bob. Tanlov ishtirokchisining huquq va majburiyatlari 20. Tanlov ishtirokchisi tanlov haqida barcha ma’lumotlarga ega bo‘lishga, Xalqaro hay’at qaroriga asosan g‘olib deb topilganda g‘oliblik uchun belgilangan mukofotlarni to‘liq olishga haqli. 21. Tanlovning “Gran-pri” yoki I, II, III o‘rin sohibi keyingi yillarda bo‘lib o‘tadigan mazkur festivalga mehmon sifatida ishtirok etishi mumkin. 22. Tanlov ishtirokchisi o‘zi haqida bildirgan ma’lumotlarning to‘g‘ri va haqqoniyligi uchun javobgardir. 23. Tanlov ishtirokchisi festival nizomi bilan tanishib chiqish va undagi talablarga to‘liq rioya etish uchun shaxsan mas’uldir. 6-bob. Yakunlovchi qoidalar 24. Tanlovda Xalqaro hay’atning qarori qat’iy hisoblanadi va qayta ko‘rib chiqilmaydi. 25. Festivalning har bir qatnashchisi o‘z tibbiy sug‘urtasiga ega bo‘lishi lozim. 26. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq Xalqaro hay’at a’zolariga beriladigan gonorar va tanlov g‘oliblariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmaydi,