logo

Sharq maorifi tarixi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

37.953125 KB
                            Sharq  maorifi tarixi
                                                  Reja:
1. Sharq ilm-fanining vujudga kelishi.
2. O’rta asrlar Sharq uyg’onish davri madaniyati.
3. Sharq ilm-fanining jahon taraqqiyotiga qo’shgan hissasi. Sharqda ilm-fanning vujudga kelishi  qadim davrlarga  borib taqaladi.
Xususan   qadimgi   Xitoy,   Hindiston   kabi   davlatlar   tarixi   bunga   misol
bola   oladi.   Bundan   tashqari,   Markaziy   Osiyo   tarixida   ham   qadimdan
ilm-fan   rivojlanib   kelganligini   ko’rishimiz   mumkin.   Ilk   o’rta   asrlar
davridayoq   Sharqda   ilm-fan   taraqqiy   eta   boshladi.   Abbosiylar   davrida
Bag'dod   shahriga   asos   solindi.   Bu   joy   xalifalikning   siyosiy   markazi
bo'libgina qolmay, balki saltanatning iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy
markaziga   aylantirilgan   edi.   Abbosiy   xalifalar   Mansur   (754-776),
Xorun   ar-Rashid   (786-809)   va   Ma'mun   (813-833)   davrida   ilm-
ma'rifatga katta e'tibor berildi. Masalan, yirik ilmiy markazga aylangan
"Bayt al-hikma"ga asos solinib, bu joyda o'z davrining mashhur olimu
faylasuflari,   tabib,   munajjim,   musiqachi,   me'mor,   muhandislari
to'plangan   edi.   Bu   davrda   arablar,   yahudiylar,   nasroniylar,   forslar,
movarounnahrlik   va   xurosonliklar   tomonidan   yahudiy,   yunon,
suryoniy,   fors,   hind   va   boshqa   tillardagi   riyoziyot,   falakiyot,   mantiq,
alkimyo,   handasa,   tarix,   tibbiyot   fanlariga   oid   madaniy,   ilmiy-falsafiy
asarlar   arab   tiliga   tarjima   qilingan.   Qadimgi   yunon   faylasuflari
Ptolemeyning   "Almajistiy"   (Almagest),   Yevklidning   handasa
(geometriya),  Aflotun va Arastuning qator asarlari arab tiliga o'girildi.
Ayniqsa,   Arastuning   mantiqqa   oid   asarlarining   tarjima   qilinishi
Bag'dod   ziyolilari   dunyoqarashining   butunlay   o'zgarishiga   olib   kelgan
edi.     Arab xalifaligi, yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, yagona
Islom dinining tarkib topishi madaniy hayotga ham ta’sir etdi. Madaniy
hayotda   yuz   bergan   ko’tarinkilik   ma’naviy   hayotda   ham   o’zgarishlar
bo’lishiga olib keldi. Ana shu ko’tarilish butun Arab xalifaligini, Yaqin
va   o’rta   Sharqni   qamrab   olganligi   uchun   ham   Sharq   uyg’onish   davri deb   ataldi.   Bu   uyg’onish   jarayoni   IX   asrdan   boshlab   XV   asrlargacha
davom etdi. Arab xalifaligida IX asrda vujudga kelgan Uyg’onish davri
xalifalikning Bag’dod, Damashq, Xalab shaharlarida boshlanib, barcha
boshqa xalqlar madaniy hayotiga tarqalgan, bu esa u davlatlarning ham
madaniy   rivojlanishga   zamin   tayyorlagan.   Xalifalik   emirilishi
jarayonida   tashkil   topgan   mustaqil   davlatlardagi   madaniy   rivojlanish
xalifalik   davridagi   madaniy   rivojlanishning   davomi   edi.   Xalifa   Xorun
ar-Rashid   davrida   (786-833   y.y.)   va   uning   o’g’li   al-Ma’mun   davrida
Bag’dodda   ―Bayt–ul-hikma   (―Donishmandlik   uyi )   (hozir‖ ‖
Akademiya   ma’nosida)   tashkil   etiladi.   Mazkur   Akademiya   barcha   ilm
sohiblarining   ilmiy   markaziga   aylanadi.   Uning   qoshida   jahon
kutubxonasi   tashkil   etilgan.   Akademiya   813-833   yillarda   yanada
rivojlangan.   Akademiya   qoshida   rasadxona   ham   bo’lgan,   keyinchalik
yangi   kutubxona   qurilgan.   Bog’doddagi   mazkur   ilm   markazi,   o’z
navbatida   Sharq   va   g’arbda   ilm-fanning   taraqqiy   etishiga,   ma’naviy
hayotning rivojlanishiga ta’sir etgan. Bu o’rinda xalifa al-Ma’munning
ilm-fan ravnaqida ko’rsatgan homiyligini alohida ta’kidlash joiz. Zero,
xalifa   al-Ma’mun   ilm   fanni   juda   qadrlagan.   U   IX   asr   boshlaridan
xalifalikning Xurosondagi noibi bo’lib turganda ham Movarounnahr va
Xurosondagi   olimlarni   to’plab,   ularning   ilmiy   ijodiga   sharoit   yaratib
bergan.   Bular   orasida   al-Xorazmiy,   al-Xuttaliy,   al-Javhariy,   al-
Farg’oniy,   al-Marazviy   kabi   vatandosh   olimlarimiz   ham   bo’lgan.   Al-
Ma’mun xalifalik taxtiga o’tirgach u olimlarning barchasini Bag’dodga
chaqirib   oladi   va   ―Bayt-ul-hikma   -   donishmandlik   uyi   (―Ma’mun	
‖
akademiyasi )da arab olimlari bilan hamkorlikda ilm-fan ravnaq topadi.	
‖
Shuningdek, qadimgi yaratilgan madaniy yodgorliklar, ular xoh yunon, xoh arab, xoh Movarounnahr va Xuroson xalqining eng qadimgi antik
davrlar madaniyati bo’lsin, Uyg’onish davri madaniyatining yaratilishi
va   rivojlanishiga   asos   bo’lib   xizmat   qildi.   Agar   arablar   Markaziy
Osiyoni   bosib   olib,   bu   erda   ilgari   mavjud   bo’lgan   fan   va   madaniyat
o’choqlarini   yo’qotgan   bo’lsalar,   ko’p   o’tmay   qadimiy   ilmiy   an’ana
asta-sekin   tiklanib,   natijada   ilm-fanning   etuk   siymolari   etishib   chiqa
boshlaydi.   Bularning   barchasining   bir-biriga   qo’shiluvi   natijasida
Sharqda   bir   butun   madaniyat   tarkib   topadi   va   rivojlana   boshlaydi.
Yaqin   va   o’rta   Sharqda,   jumladan,   Eron,   Kavkazorti   va
Movarounnahrda   savdo   aloqalarining   rivojlanganligi,   ilm-fan,
hunarmandchilikning  taraqqiy  etishi,  moddiy  va madaniy aloqalarning
barchasi   umumiy   rivojlanishga   ta’sir   etdi.   Yaqin   va   o’rta   Sharq
mamlakatlarida   madaniy   yuksalishga   olib   kelgan   asosiy   sababfeodal
munosabatlarning   yangi   bosqichi   bo’ldi.   Bu   davr   madaniy
taraqqiyotida   arab   xalifaligiga   bo’ysungan   mamlakatlarning   xo’jalik-
iqtisodiy   aloqalarining   kuchayishi   va   buning   oqibatida   turli
madaniyatlar-hind,   Movarounnahr,   Eron,   arab,   Misr,   grek-yunon-rim
madaniyatlarining   yaqindan   o’zaro   aloqasi   va   bir-biriga   ta’sir   etib
borishi   katta   rol   o’ynadi.   Haqiqatdan   ham   bu   davrda   iqtisodiyot
taraqqiy etdi, qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik  rivojlandi. Bu davrda
qishloq   xo’jaligida   foydalaniladigan   er   maydonlari   kengaydi,   ko’plab
sug’oriladigan   erlar   ochildi,   sug’orish   inshootlari   tiklandi,   yangilari
qurildi,   paxta,   zig’ir,   kanop   ekilib,   ularning   tolasidan   mato   to’qildi.
Movarounnahrda, xususan, Xorazm, Urganch, Farg’ona, Samarqand va
Buxoro   to’qimachilik   mahsulotlari,   ayniqsa   Samarqand   va   Buxoro
shoyisi   dunyoga   mashhur   bo’lgan.   Qishloq   xo’jaligi   va hunarmandchilik, sanoat mahsulotlarining ishlab chiqarilishi savdoning
rivojlanishiga   yo’l   ochdi.   Natijada   Yaqin   va   O’rta   Sharq
mamlakatlarining  chet davlatlar: Ispaniya, Hindiston, Xitoy, Vizantiya
bilan savdo ishlari ko’lami ortib bordi. Pireney yarim orolining arablar
tomonidan   bosib   olinishi   insoniyat   tarixining   yangi   sahifalarini   ochib
berdi.   Bu   jarayonning,   ayniqsa,   Ovro’pa   uchun   ahamiyati   beqiyos
bo’ldi. Sharq faqatgina Ovro’po madaniyatining rivojiga ta’sir etibgina
qolmay, balki umuman, Ovro’polik odamning psixologiyasi, tafakkuri,
xarakteri, hayot tarzini tarixiy jarayonni tubdan o’zgartirib yubordi. Bu
esa   o’z   navbatida   matematika,   falsafa,   astronomiya,   tabiiyot,   tibbiyot,
xulq-odob,   turmush   tarzi,   ijtimoiy-iqtisodiy   hayotiga   ta’sir   etdi.   X
asrdan boshlab Movarounnahr va Xurosonda mustaqil feodal davlatlar–
Tohiriylar,   Somoniylar,   Qoraxoniylar,   G’aznaviylar,   Saljuqiylar,
Xorazmshohlar  davlatlarining paydo bo’lishida xalifalikning emirilishi
ham madaniy hayotning yanada ravnaq topishiga olib keldi. Bu davrda
pul muomalasi rivojlandi. Jamiyat siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi
o’zgarishlar,   albatta   madaniy   hayotga   o’z   ta’sirini   o’tkazmasdan
qolmaydi. Somoniylar davlatida Marv, Buxoro, Samarqand va Urganch
o’sha davrning madaniy markazlari sanalardi. Bu davrda arab tili ilmiy
va aloqa tili edi. Maktablarda darslar arab tilida olib borilar edi. Rasmiy
hujjatlar,   shariat   qoidalari   arab   tilida   yuritilar   edi.   Ilmiy   asarlar   ham
arab tilida  yozilar edi. X asr o’rtalariga  kelib,  fors-tojik  tilida  ham ish
yuritila   boshlandi.   Ammo   hujjatlar,   ishlar   fors-tojik   tilida   bo’lsa   ham,
arab imlosida yozilar edi. Bu shaharlardagi maktablarga hatto tevarak-
atrofdagi   qishloqlardan   oddiy   xalq   bolalari   ham   kelib   o’qiganligi
manbalarda   keltiriladi.   O’sha   davrda   Buxoroda   katta   kitob   bozori bo’lgan.   Kitob   do’konlarida   olim   va   fozil   kishilar   uchrashib,   ilmiy
muloqot,   munozaralar   o’tkazganlar.   Abu   Ali   ibn   Sino   kitob
do’konlaridan   birida   Forobiyning   Aristotel   ―Metafizika siga   yozgan‖
sharhlarini sotib olganligini tarjimai holida hikoya qiladi. Buxoro amiri
saroyida esa yirik kutubxona mavjud bo’lgan.
Amir kutubxonasini  o’sha davrdagi  Sheroz kutubxonasi  bilan  bellasha
oladigan   yagona   kutubxona   sifatida   tan   olganlar.   Somoniylar   davrida
Rudakiy,   Firdavsiy,   al-Xorazmiy,   al-Farg’oniy,   Abu   Rayhon   Beruniy
va   Abu   Ali   ibn   Sino   kabi   mutafakkirlar   ijod   etganlar.   X   asrning
ikkinchi   yarmidan   tashkil   topgan   Qoraxoniylar   davlatida   ham   ba’zi
xonlar o’z saroylarida kutubxonalar tashkil  etdilar.  Bu kutubxonalarda
arab   va   hatto   G’arbiy   Yevropa   olimlarining   asarlari   ham   mavjud   edi.
Bu   davrda   turkiy   til   shakllanib   bordi.   Yusuf   Xos   Hojib,   Mahmud
Qoshg’ariy   kabi   olimlar   jahon   ahamiyatiga   ega   bo’lgan   asarlarini
yaratdilar.   XI   asr   boshida   G’aznaviylar   davlati,   keyinroq   Saljuqiylar,
Xorazmshohlar   davlati   tashkil   topdi.   G’aznaviylar   davrida   ham   ilmiy,
ijtimoiy-falsafiy   fikrlar   rivojlandi.   Mahmud   G’aznaviy   o’z   saroyiga
juda   katta   madaniy   boyliklarni   to’playdi,   olimlarni   ilmiy   ishga   taklif
etadi.   Jumladan,   Abu   Rayhon   Beruniyning   mashhur   ―Hindiston	
‖
asarini   shu   erda   yaratgan   edi.   Saljuqiylar   davrida   Alp-Arslon
Muhammad   hokimiyatni   boshqarganda   uning   vaziri   Nizom   ul-Mulk
o’z   davrining   mashhur   siyosiy   arbobi   va   eng   ma’rifatparvar
kishilaridan   bo’lgan.   Saljuqiylar   hokimiyati   harbiylashgan   bo’lib,   bu
hokimiyatning ichki va tashqi siyosatini Nizom ul-Mulk boshqarar edi.
U   g’aznaviylar   ish   uslubiga   biroz   o’zgartirishlar   kiritib,   hokimiyatni
boshqarish   uslubini   ishlab   chiqadi   va   o’zining   Siyosatnoma   asarini	
‖ yaratadi   (1091-1092   y.y.).   Bu   asarda   davlatni   boshqarish   tamoyillari-
prinsiplari bayon etiladi. Nizom ul-Mulk maorifni rivojlantirishda katta
xizmat   qiladi.   1067   yilda   Bag’dodda   o’zining   shaxsiy   jamg’armasiga
o’sha   davrning   eng   mashhur   o’quv   yurti-   ―Nizomiya   madrasasini‖
qurdiradi.   U   olimlar,   din   peshvolari,   so’fiylarga   katta   e’tibor   berib,
g’amxo’rlik  qiladi.  Uning katta xizmatlaridan  yana biri  taqvimni  isloh
qilgani.   U   1074   yili   o’rta   Sharq   mamlakatlari   uchun   kalendar-taqvim
tuzadiki, bu taqvim hozirgacha eng takomillashgan kalendarlardan biri
hisoblanadi.  XI asrda  Xorazmda  ilm-fan  taraqqiy  etadi.  Xorazm  shohi
Ma’mun II o’z saroyiga zabardast olimlarni taklif etadi. U tashkil etgan
Bayt-ul-hikma -Donishmandlar uyi tarixda ―Ma’mun akademiyasi deb
nom qoldirgan. 2.   Movarounnahr va Xurosonda IX asrlarga kelib ma’naviy ko’tarilish
Sharq   Renessansi   –   Uyg’onish   davrining   boshlanishga   olib   keldi.
Movarounnahrda   ilm-fan   va   ma’rifat   sohasida   o’z   xizmatlari   bilan
dunyoga   mashhur   bo’lgan   faylasuf   va   munajjim,   matematika,   fizika,
tibbiyot, tarix, til va adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy merosi bilan
nom   qoldirgan   Muhammad   Muso   al-Xorazmiy,   Abu   Nasr   Forobiy,
Ahmad   al-Farg’oniy,   Abu   Rayhon   Beruniy,   Abu   Ali   ibn   Sino   kabi
qomusiy   olimlar   faoliyat   olib   bordilar.   Qomusiy   olimlar   o’z   ilmiy
merosida ta’limiy-axloqiy asarlar yaratishga ham katta e’tibor berib, bu
asarlarda   ilgari   surilgan   g’oyalar   insonning   ham   aqliy,   ham   axloqiy,
estetik   va   jismoniy   jihatdan   kamol   topishida,   pedagogik   fikr
taraqqiyotida   katta   ahamiyatga   ega   bo’ldi.   Shuningdek,   Sharq
uyg’onish davrida sof pedagogik asarlar ham yaratilib, ta’lim-tarbiyada
inson   takomilining   xususiy   va   umumiy   metodlari   haqida   o’lmas
ta’limoti   bilan   nom   qoldirgan   tarbiyashunos   olimlar   ham   maydonga
chiqdi
Ma muniylar davlati (992—1017) tarixi bilan bevosita bog liq. Siyosiy,ʼ ʻ
iqtisodiy,   harbiy   qudratga   erishgan   xorazmshoxlar   davlati   mamlakatni birlashtirish,   unda   tartib   o rnatish   bo yicha   tadbirlarni   boshlabʻ ʻ
yuborgan. Kun tartibida  davlat ichki  va tashki  siyosatini  olib  borishda
mafkuraviy masalalarni hal qilish turgan. Ali ibn Ma mun (997—1010)	
ʼ
dono va zukko maslahatchilarga muhtoj bo lgan. Uning baxtiga tog asi,	
ʻ ʻ
Abu   Nasr   ibn   Iroq   o z   davrining   o ta   bilimdon   olimi   bo lgan.   1004-	
ʻ ʻ ʻ
yilning boshida Ibn Iroq taklifi bilan Beruniy Gurganjga qaytib kelgan;
Ma mun saroyida ilm ahli uchun yaxshi sharoit  yaratib berilgan. Bu 2	
ʼ
shaxs   Yaqin   va   O rta   Sharkdagi   ko plab   olimlar   bilan   shaxsiy	
ʻ ʻ
yozishmada   bo lganlar.   Ularning   taklifi   bilan   Nishopur,   Balx,   Buxoro	
ʻ
va hatto arab Iroqidan ko plab olimlar Gurganjga kelishgan. 	
ʻ
      Shu tariqa 1004-yildan boshlab Gurganjda "Dorul hikma va maorif"
(ba zi   bir   manbalarda   "Majlisi   ulamo")   nomini   olgan   ilmiy   muassasa	
ʼ
to la   shakllangan.   Bu   ilmiy   muassasada   xuddi   Afinadagi   "Platon",
ʻ
Bag doddagi "Bayt ulhikmat" akademiyasi faoliyatiga o xshab ilmning	
ʻ ʻ
barcha   sohalarida   tadqiqot   va   izlanishlar   olib   borilgan,   juda   ko p	
ʻ
manbalar   to plangan,   tarjimonlik   ishlari   bajarilgan   hind,   yunon,   arab	
ʻ
olimlarining   ishlari   o’rganilgan.   AlXorazmiy,   AlFarg oniylarning	
ʻ
o lmas asarlari, ilmiy ishlaridan foydalanilgan va tadqiq qilingan. 18—	
ʻ
20-asr   tarixchi   olimlari   tomonidan   ilmiy   muassasa   har   tomonlama
o rganilgan   va   o z   faoliyati   nuqtai   nazaridan   bu   dargoh   o z   davrining
ʻ ʻ ʻ
akademiyasi   bo lganligi   isbotlangan   va   unga   "Ma mun   akademiyasi"	
ʻ ʼ
nomi   berilgan.   X.Xorazm   ma mun   akademiyasi   asosini   quyidagi	
ʼ
olimlar tashkil etgan: Abu Nasr Mansur ibn Ali ibn Iroq al Ja diy (10-	
ʼ
asr — 1034), Abulxayr ibn Hammor (941 — 1048), Abu Saxl Iso ibn
Yah yo al Masihiy al Jurjoniy (970—1011), Abu Rayhon Muhammad	
ʼ
ibn Ahmad al Beruniy, Abu Ali al Husayn ibn Abdulloh ibn Sino, Abu Ahmad ibn Muhammad ibn Ya qub ibn Miskavayh (1030-yil v.e.), Abuʼ
Mansur   Abdulmalik   ibn   Muhammad   ibn   Ismoil   as   Saolibiy   al
Naysaburiy   (961   —   1038),   Ahmad   ibn   Muhammad   asSahriy   (1015-
yilv.e.),   Abu   Ali   al   Hasan   ibn   Horis   alHububiy   alXorazmiy   (10—11-
asrlar),   Abu   Abdulloh   Muhammad   ibn   Homid   al   Xorazmiy   (10—11-
asrlar) va boshqa
Xorazm   Ma’mun   akademiyasi   olimlari   Yunoniston,   Yaqin   va   O rta	
ʻ
Sharq,   Hindiston   ilmfan   yutuqlarini   ijodiy,   tanqidiy   o rganib,   uni	
ʻ
yanada   yuksak   bosqichga   ko targanlar.   Akademiya   a zolarining	
ʻ ʼ
aksariyati   olim   sifatida   Markaziy   Osiyoda   shakllanganlar.   Ularning
ilmiy   faoliyati,   asarlari   tufayli   Qadimgi   Xorazm   badiiy   san ati,	
ʼ
adabiyoti,   astronomiyasi,   matematikasi,   sugorish   madaniyati   yutuklari
jahon   tamadduni   xazinasiga   kirgan   va   butun   insoniyat   manfaatlariga
xizmat   qila   boshlagan.     Abu   Nasr   ibn   Irok,   astronomiyaga   doyr   ilmiy
asarlari   tufayli   "Batlimusi   soniy"   ("Ikkinchi   Ptolemey")   degan   faxriy
nom   olgan.   Abulxayr   ibn   Hammor   mantiq,   falsafadan   tashqari
tabobatda ham juda mashhur bo lgani uchun "Buqroti soniy" ("Ikkinchi	
ʻ
Gippokrat")   laqabiga   sazovor   bo lgan.   Abu   Sahl   alMasihiy   tabib,   Ibn
ʻ
Sinoning   ustozi   bo lgan.   Akademiya   rahbari   Abu   Rayhon   Beruniy	
ʻ
fanning deyarli hamma sohalari bilan shug ullangan. Uning geodeziya	
ʻ
va   matematika   sohalari   bo yicha   asarlari   bugun   ham   dolzarbdir.	
ʻ
Beruniy   O rta   Osiyoda   birinchi   bo lib,   tibbiyotga   oid.   "Kitob	
ʻ ʻ
asSaydana   fittib"   ("Tabobatda   dorishunoslik   kitobi")   asarini   yozgan.
Beruniy  Amerika   qit asi   mavjudligini  yevropalik  olimlardan  taxminan	
ʼ
450   yil   oldin   aytib   o tgan.   Uning   "Qadimgi   xalqlardan   qolgan	
ʻ
yodgorliklar"   asarida   qad.   xalklar   (yunonlar,   eroniylar,   sug diylar,	
ʻ xorazmiylar   va   boshqalar)   ning   yil   hisoblari,   bayramlari   va   mashhur
kunlari, urf-odatlariga oid qimmatli ma lumotlar to plangan.ʼ ʻ
Xorazm   ma mun   akademiyasining   yana   bir   zabardast   qomusiy   olimi	
ʼ
Ibn Sino jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo shgan. Xususan, uning	
ʻ
"Tib   qonunlari"   asari   butun   dunyoga   mashhur   bo lgan.   Olimning	
ʻ
Aristotel   ta limoti   xususida   Beruniy   bilan   va   o zining   shogirdi	
ʼ ʻ
Baxmanyor   bilan   yozishmalari   tarixda   mashhurdir.   Bu   yozishmalar
savoljavob   tarzida   bulib,   unda   Beruniy   va   Ibn   Sino   fazo,   issiqlikning
tarqalishi, jismlarning issikdan kengayishi, nurning aks etishi va sinishi
kabi   masalalarda   ilmiy   munozara   olib   borganlar.   Ibn   Sino
xorazmshoxlar   vaziri   Abul   Husayn   as   Sahliy   bilan   do stlashib,   unga	
ʻ
atab   alkimyoga   oid   "Risola   aliksir"   ("Iksir   haqida   risola")   asarini
yozgan.
Xorazm   ma mun   akademiyasi   olimlari   Xorazm   tabiati,   iklimi,	
ʼ
sug orish tizimi, mineralogiyasi, yer osti suvlari, Amudaryo deltasining	
ʻ
tarixi, korizlar qurish orqali tuproqni tozalash yo llarini tadqiq etishgan.	
ʻ
Akademiya   a zolaridan   Abu   Bakr   alXorazmiy,   tabib   AbulFaraj   ibn	
ʼ
Hindu   she riyatda   yuksak   mahoratga   erishganlar.   Xorazm   tarixi,	
ʼ
dinlari,   taqvimi,   bayramlari,   urfodatlari,   yozuvi,   milliy   qadriyatlari
haqidagi qimmatli ma lumotlar ularning faoliyati tufayli bizgacha yetib	
ʼ
kelgan.   Ularning   o zlariga   xos   shiori:   "Ilm   —   insonlar   hojatini
ʻ
chiqarmoqlikka xizmat qilsin", — deya atalgan edi. X.Xorazm ma mun	
ʼ
akademiyasi   olimlariga   ilmda   qat iylik   xos   bo lgan.   Aristotel   yo l	
ʼ ʻ ʻ
qo ygan   ko p   xatolar   tekshirishlar   davomida   tuzatilgan,   qutbdagi	
ʻ ʻ
davomiy   tun   va   kunlar   masalasi   osonlik   bilan   falakiyot   fani   nuqtai
nazaridan   tushuntirilib,   yechilgan.   Beruniy   qayd   etishicha,   qadimda Xorazm   astronomlari   yulduzlar   joylashish   tartibini   arablardan   ko raʻ
yaxshiroq   bilishgan.   Xorazmshoh   Ma mun   ibn   Ma mun   (Ma mun   II)	
ʼ ʼ ʼ
saroyidagi   olimlar   shuhrati   o z   davrida   uzok,   ulkalarga   tarkalgan.   Bu	
ʻ
esa   Mahmud   G aznaviyning   g ashiga   tekkan.   U   uyushtirgan   suiqasd	
ʻ ʻ
natijasida 1017-yilning bahorida Ma mun II uldirilgan va usha yilning	
ʼ
iyunida   kuyovi   uchun   qasos   olish   bahonasi   bilan   Mahmud   G aznaviy	
ʻ
Xorazmga   bostirib   kirgan.   Katta   qirg in   va   talontorojliklar   natijasida	
ʻ
X.Xorazm   ma mun   akademiyasi   faoliyati   tugatilgan   va   bu   yerdagi	
ʼ
olimlarning   kupchiligi   G aznaga   majburan   olib   ketilgan.	
ʻ
O zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   "Xorazm   Ma mun	
ʻ ʼ
akademiyasini   qaytadan   tashkil   etish   to g risida"gi   farmoni   (1997-yil	
ʻ ʻ
11 noyabr) O zbekistonning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, uning jahon	
ʻ
ilmiy   hamjamiyatidagi   o rnini   mustahkamlash,   mintaqalarda   fanni	
ʻ
yanada   rivojlantirish   hamda   iste dodli   va   fidoyi   olimlarni	
ʼ
qo llabquvvatlash,   yuqori   intellektual   muhit   yaratishdagi   milliy	
ʻ
an analarni rivojlantirishda quyilgan muhim qadam buldi.
ʼ
    1997-yil noyabr oyida akademiyaning tarkibida arxeologiya, tarix va
falsafa,   til   va   adabiyot,   biologiya   muammolari   bo limlari   tashkil	
ʻ
qilinib, 9 ilmiy mavzu bo yicha ilmiy tadqiqotlar olib borildi.	
ʻ 3.O rta asrda Sharq olimlari fanga ulkan hissa qo shdilar. Ular qad. fanʻ ʻ
yutuqlarini,   ilmiy   asarlarni   saklash,   tarjima   qilish   va   ularni   tarqatish
masalasiga   katta   e tibor   berdilar.   Ayni   vaqtda   fanni   yangi   yutuklar	
ʼ
bilan   boyitdilar,   yangi   kashfiyotlar   qildilar.   O rta   Osiyoning   buyuk	
ʻ
olimlari   ilmfanning   yangi   tarmoqlarini   yaratdilar   va   yangi
qonunqoidalarni   kashf   etdilar.   Muhammad   alXorazmiy   tenglamalar
haqidagi   fan   sifatida   algebra   va   to ng ich   algoritmparni   yaratdi,	
ʻ ʻ
astronomiya   sohasidagi   bilimlarni   algoritmik   usulda   ifodalab   berdi.
Axmad   al   Farg oniy   astronomiyaga   sistema   tarzini   berdi,   matematik	
ʻ
geogr.   va   geodeziyaga   oid   stereografik   proyeksiyalar   nazariyasini
yaratdi.   Hamid   Xo jandiy   (10-asr)   kub   tenglamalar   nazariyasini	
ʻ
chuqurlashtirdi.   Mahmud   Koshg ariy   o z   davrining   qomusi   bo lgan	
ʻ ʻ ʻ
"Devonu   lug otit   turk"ni   yozdi.   Abu   Rayhon   Beruniy   geodeziya,	
ʻ
mineralogiya, farmakognoziyani yaratdi. Abu Ali Ibn Sino tabobatning
ilmiy   zaminini   qo ydi   (11-asr)   Ulug bek,   G iyosiddin   Koshiy,   Ali	
ʻ ʻ ʻ
Kushchi   sonlar   nazariyasiga   muhim   hissa   qo shdilar   va   kuzatish	
ʻ
astronomiyasini   yuqori   pog onaga   ko tardilar   (15-asr).   IX-XI   asrlar	
ʻ ʻ
musulmon   fani   va   madaniyati   tarixida   katta   yutuqlar   va   muhim   ilmiy
kashfiyotlar   davri   bo'lganligidan,   bu   davrni   ba'zi   tadqiqotchilar   Sharq
fani   va   madaniyatining   "oltin   davri"   deb   e'tirof   etadilar.   O'sha   davrda arab   xalifaligi   tarkibiga   kirgan   Movarounnahr   va   Xuroson   mintaqasi
yuz   bergan   madaniy-ma'rifiy   yuksalishni   ta'minlovchi   va
harakatlantiruvchi   asosiy   kuchlardan   biri   edi.   Bu   xulosa,   birinchi
navbatda, bu ilmiy yuksalishda ishtirok etgan mutafakkirlarning asosiy
qismi ushbu zamin farzandlari bo'lgani bilan izohlanadi. Movarounnahr
zamini   o'rta   asr   musulmon   sharqida   ma'rifat   va   madaniyat   maskani
sifatida dong taratgan o'lka hisoblangan. Yurtimizdan yetishib chiqqan
al -Xorazmiy, al-Farg'oniy, al-Forobiy, ibn Sino, Beruniy, Zamaxshariy
va   boshqa   buyuk   alloma,   qomusiy   olimlarning   ilmiy   merosi   haqli
ravishda   umumbashariy   mulkka   aylangan.   Sobiq   sovet   davrida   ushbu
olimlarning   ilmiy   merosiga   bir   tomonlama   munosabat   shakllangan
bo'lsa, mustaqillik yillariga kelib ushbu buyuk zotlar faoliyati va ilmiy
merosi har tomonlama chuqur o'rganilishi boshlandi.              
            Foydalanilgan adabiyotlar
1.Abduhalimov   B.   A.   "Bayt   al-hikma"   va   O'rta   Osiyo   olimlarining
Bag'doddagi ilmiy faoliyati: (IX-XI asrlarda aniq va tabiiy fanlar). -T., Toshkent  islom   universiteti   nashriyot-matbaa   birlashmasi,   2004. -  236
b.
2.Qodirov   M.   Markaziy   Osiyo,   Yaqin   va   O'rta   Sharqning   falsafiy
tafakkuri. T.: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2010
      3.Bertels   D.   Predislovie   //   Mes   Adam.   Musulmanskiy   Renessans.   -
Moskva: Nauka, 1973.
           4.Abu Rayhon Beruniy, Qadimgi xalklardan qolgan yodgorliklar,
Tanlangan   asarlar,   1j.,   T.,   1968;   Sadullayev   A.,   Xorazm   Ma munʼ
akademiyasi, Xiva, 2000;
             5.Sadullayev A., Sotliqov A., Xorazm Ma mun akademiyasining	
ʼ
tarixiy iddizlari, Urganch, 2003.

Sharq maorifi tarixi Reja: 1. Sharq ilm-fanining vujudga kelishi. 2. O’rta asrlar Sharq uyg’onish davri madaniyati. 3. Sharq ilm-fanining jahon taraqqiyotiga qo’shgan hissasi.

Sharqda ilm-fanning vujudga kelishi qadim davrlarga borib taqaladi. Xususan qadimgi Xitoy, Hindiston kabi davlatlar tarixi bunga misol bola oladi. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo tarixida ham qadimdan ilm-fan rivojlanib kelganligini ko’rishimiz mumkin. Ilk o’rta asrlar davridayoq Sharqda ilm-fan taraqqiy eta boshladi. Abbosiylar davrida Bag'dod shahriga asos solindi. Bu joy xalifalikning siyosiy markazi bo'libgina qolmay, balki saltanatning iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy markaziga aylantirilgan edi. Abbosiy xalifalar Mansur (754-776), Xorun ar-Rashid (786-809) va Ma'mun (813-833) davrida ilm- ma'rifatga katta e'tibor berildi. Masalan, yirik ilmiy markazga aylangan "Bayt al-hikma"ga asos solinib, bu joyda o'z davrining mashhur olimu faylasuflari, tabib, munajjim, musiqachi, me'mor, muhandislari to'plangan edi. Bu davrda arablar, yahudiylar, nasroniylar, forslar, movarounnahrlik va xurosonliklar tomonidan yahudiy, yunon, suryoniy, fors, hind va boshqa tillardagi riyoziyot, falakiyot, mantiq, alkimyo, handasa, tarix, tibbiyot fanlariga oid madaniy, ilmiy-falsafiy asarlar arab tiliga tarjima qilingan. Qadimgi yunon faylasuflari Ptolemeyning "Almajistiy" (Almagest), Yevklidning handasa (geometriya), Aflotun va Arastuning qator asarlari arab tiliga o'girildi. Ayniqsa, Arastuning mantiqqa oid asarlarining tarjima qilinishi Bag'dod ziyolilari dunyoqarashining butunlay o'zgarishiga olib kelgan edi. Arab xalifaligi, yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, yagona Islom dinining tarkib topishi madaniy hayotga ham ta’sir etdi. Madaniy hayotda yuz bergan ko’tarinkilik ma’naviy hayotda ham o’zgarishlar bo’lishiga olib keldi. Ana shu ko’tarilish butun Arab xalifaligini, Yaqin va o’rta Sharqni qamrab olganligi uchun ham Sharq uyg’onish davri

deb ataldi. Bu uyg’onish jarayoni IX asrdan boshlab XV asrlargacha davom etdi. Arab xalifaligida IX asrda vujudga kelgan Uyg’onish davri xalifalikning Bag’dod, Damashq, Xalab shaharlarida boshlanib, barcha boshqa xalqlar madaniy hayotiga tarqalgan, bu esa u davlatlarning ham madaniy rivojlanishga zamin tayyorlagan. Xalifalik emirilishi jarayonida tashkil topgan mustaqil davlatlardagi madaniy rivojlanish xalifalik davridagi madaniy rivojlanishning davomi edi. Xalifa Xorun ar-Rashid davrida (786-833 y.y.) va uning o’g’li al-Ma’mun davrida Bag’dodda ―Bayt–ul-hikma (―Donishmandlik uyi ) (hozir‖ ‖ Akademiya ma’nosida) tashkil etiladi. Mazkur Akademiya barcha ilm sohiblarining ilmiy markaziga aylanadi. Uning qoshida jahon kutubxonasi tashkil etilgan. Akademiya 813-833 yillarda yanada rivojlangan. Akademiya qoshida rasadxona ham bo’lgan, keyinchalik yangi kutubxona qurilgan. Bog’doddagi mazkur ilm markazi, o’z navbatida Sharq va g’arbda ilm-fanning taraqqiy etishiga, ma’naviy hayotning rivojlanishiga ta’sir etgan. Bu o’rinda xalifa al-Ma’munning ilm-fan ravnaqida ko’rsatgan homiyligini alohida ta’kidlash joiz. Zero, xalifa al-Ma’mun ilm fanni juda qadrlagan. U IX asr boshlaridan xalifalikning Xurosondagi noibi bo’lib turganda ham Movarounnahr va Xurosondagi olimlarni to’plab, ularning ilmiy ijodiga sharoit yaratib bergan. Bular orasida al-Xorazmiy, al-Xuttaliy, al-Javhariy, al- Farg’oniy, al-Marazviy kabi vatandosh olimlarimiz ham bo’lgan. Al- Ma’mun xalifalik taxtiga o’tirgach u olimlarning barchasini Bag’dodga chaqirib oladi va ―Bayt-ul-hikma - donishmandlik uyi (―Ma’mun ‖ akademiyasi )da arab olimlari bilan hamkorlikda ilm-fan ravnaq topadi. ‖ Shuningdek, qadimgi yaratilgan madaniy yodgorliklar, ular xoh yunon,

xoh arab, xoh Movarounnahr va Xuroson xalqining eng qadimgi antik davrlar madaniyati bo’lsin, Uyg’onish davri madaniyatining yaratilishi va rivojlanishiga asos bo’lib xizmat qildi. Agar arablar Markaziy Osiyoni bosib olib, bu erda ilgari mavjud bo’lgan fan va madaniyat o’choqlarini yo’qotgan bo’lsalar, ko’p o’tmay qadimiy ilmiy an’ana asta-sekin tiklanib, natijada ilm-fanning etuk siymolari etishib chiqa boshlaydi. Bularning barchasining bir-biriga qo’shiluvi natijasida Sharqda bir butun madaniyat tarkib topadi va rivojlana boshlaydi. Yaqin va o’rta Sharqda, jumladan, Eron, Kavkazorti va Movarounnahrda savdo aloqalarining rivojlanganligi, ilm-fan, hunarmandchilikning taraqqiy etishi, moddiy va madaniy aloqalarning barchasi umumiy rivojlanishga ta’sir etdi. Yaqin va o’rta Sharq mamlakatlarida madaniy yuksalishga olib kelgan asosiy sababfeodal munosabatlarning yangi bosqichi bo’ldi. Bu davr madaniy taraqqiyotida arab xalifaligiga bo’ysungan mamlakatlarning xo’jalik- iqtisodiy aloqalarining kuchayishi va buning oqibatida turli madaniyatlar-hind, Movarounnahr, Eron, arab, Misr, grek-yunon-rim madaniyatlarining yaqindan o’zaro aloqasi va bir-biriga ta’sir etib borishi katta rol o’ynadi. Haqiqatdan ham bu davrda iqtisodiyot taraqqiy etdi, qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik rivojlandi. Bu davrda qishloq xo’jaligida foydalaniladigan er maydonlari kengaydi, ko’plab sug’oriladigan erlar ochildi, sug’orish inshootlari tiklandi, yangilari qurildi, paxta, zig’ir, kanop ekilib, ularning tolasidan mato to’qildi. Movarounnahrda, xususan, Xorazm, Urganch, Farg’ona, Samarqand va Buxoro to’qimachilik mahsulotlari, ayniqsa Samarqand va Buxoro shoyisi dunyoga mashhur bo’lgan. Qishloq xo’jaligi va

hunarmandchilik, sanoat mahsulotlarining ishlab chiqarilishi savdoning rivojlanishiga yo’l ochdi. Natijada Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarining chet davlatlar: Ispaniya, Hindiston, Xitoy, Vizantiya bilan savdo ishlari ko’lami ortib bordi. Pireney yarim orolining arablar tomonidan bosib olinishi insoniyat tarixining yangi sahifalarini ochib berdi. Bu jarayonning, ayniqsa, Ovro’pa uchun ahamiyati beqiyos bo’ldi. Sharq faqatgina Ovro’po madaniyatining rivojiga ta’sir etibgina qolmay, balki umuman, Ovro’polik odamning psixologiyasi, tafakkuri, xarakteri, hayot tarzini tarixiy jarayonni tubdan o’zgartirib yubordi. Bu esa o’z navbatida matematika, falsafa, astronomiya, tabiiyot, tibbiyot, xulq-odob, turmush tarzi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta’sir etdi. X asrdan boshlab Movarounnahr va Xurosonda mustaqil feodal davlatlar– Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlarining paydo bo’lishida xalifalikning emirilishi ham madaniy hayotning yanada ravnaq topishiga olib keldi. Bu davrda pul muomalasi rivojlandi. Jamiyat siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o’zgarishlar, albatta madaniy hayotga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi. Somoniylar davlatida Marv, Buxoro, Samarqand va Urganch o’sha davrning madaniy markazlari sanalardi. Bu davrda arab tili ilmiy va aloqa tili edi. Maktablarda darslar arab tilida olib borilar edi. Rasmiy hujjatlar, shariat qoidalari arab tilida yuritilar edi. Ilmiy asarlar ham arab tilida yozilar edi. X asr o’rtalariga kelib, fors-tojik tilida ham ish yuritila boshlandi. Ammo hujjatlar, ishlar fors-tojik tilida bo’lsa ham, arab imlosida yozilar edi. Bu shaharlardagi maktablarga hatto tevarak- atrofdagi qishloqlardan oddiy xalq bolalari ham kelib o’qiganligi manbalarda keltiriladi. O’sha davrda Buxoroda katta kitob bozori