logo

Yaqin va O‘rta Sharq paleoliti

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

29.3447265625 KB
     Yaqin va O‘rta Sharq paleoliti
 
Reja:
1. Yaqin va O‘rta Sharq  xududining qadimgi davrdagi tabiiy shart-
sharoitlari.
2. Yaqin va O‘rta Sharq  xududida insoniyatning paydo bo‘lishi.
3. Yaqin va O‘rta Sharq  xududida o‘tkazilgan arxeologik tadqiqotlar 
tarixi.
  1.1   O‘rta   Sharq   atamasi   (ingliz   tilida   Middle   East )   Britaniyaning
Hindiston   ishlari   bo‘yicha   qo‘mitasi   tomonidan   1850   yilda   qo‘llanilgan.
Biroq   1902   yilda   amerikalik   xarbiy   dengiz   nazariyotchisi   Alfred   Tayer
Mexen tomonidan Arabiston yarim oroli va Hindiston oralig‘idagi xududlarni
ifodalashi   natijasida   bu   atama   tarix   fanida   keng   qo‘llanila   boshlandi.
Ikkinchi   jaxon   urushiga   qadar   Turkiya   va   O‘rta   yer   dengizining   sharqiy
qirg‘oqlari   oralig‘idagi   hududlar   Yaqin   Sharq   deb   atalgan   bo‘lsa,
Mesopotamiyadan   toki   Birmagacha   bo‘lgan   hududlar   O‘rta   Sharq   deb
nomlangan   edi.   Rus   mualliflari   adabiyotlarida   esa   Yaqin   Sharq   atamasi
qo‘llanilgan   bo‘lib,   bu   atama   asosida   Eron,   Pokiston   va   Afg‘oniston
davlatlari   hududlari   ham   qo‘shib   ifodalanadi.   Yaqin   va   O‘rta   Sharq
davlatlariga   Afg‘oniston,   Baxrayn,   Misr,   Eron,   Ozarbayjon,   Armaniston,
Gruziya,   Iroq,   Turkiya,   Ummon,   Quvayt,   Qatar,   Isroil,   Iordaniya,   Saudiya
Arabistoni va boshqa davlatlarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Yaqin va
O‘rta   Sharq   hududining   paleolit   davri   yodgorliklarining   o‘rganilish   asosan
XX   asrda   amalga   oshirilgan.   1929-1936   yillarda   ingliz   tadqiqotchisi   D.
Garrod   Falastinning   Karmel   tog‘   tizmasida   paleolit   davri   yodgorliklarini
o‘rganishni   boshlab   beradi.   Sharqiy   O‘rta   yer   dengizi   xavzasida   A.Rust,
R.Nevill,   G.   Vatanabelar   tomonidan   o‘kazilgan   tadqiqotlar   natijasida   ochiq
turdagi   va   g‘orsimon   hamda   paleolit   davri   qabrlari   topilgan   bo‘lib.   Bu
o‘tkazilgan   tadqiqotlar   natijasida   tosh   davri   madaniyatlarining   tabiat   bilan
uyg‘unlikda   taraqqiy   etish   dinamikasini   kuzatishimiz   mumkin.
Tadqiqotchilar   I.   Korobkov,   J.   Skinner,   J.Perro,   L.Koplendlar   tomonidan
Sharqiy   O‘rta   yer   dengizi   xavzasi   tosh   davri   qurollari   tiologiyasi   va
klassifikatsiyasi   hamda   madaniyatlarning   o‘zaro   aloqalari   ishlab   chiqilgan.
Paleolit davrida Yaqin va O‘rta Sharq hududi keng miqyosda muzlash davrini
o‘z   boshidan   kechirmagan.   Muzlash   jarayoni   Yaqin   va   O‘rta   Sharq
hududining   shimoliy   rayonlarida   kechgan   bo‘lsa,   janubiy   rayonlarda   esa plyuvial   ya’ni   yog‘ingarchilikdan   iborat   iqlim   hukm   surgan.   2   million   yil
burun Yaqin va O‘rta Sharq hududida issiq iqlimni xush ko‘ruvchi villafrank
fauna   va   florasi   mavjud   bo‘lgan.   Yaqin   va   O‘rta   Sharq   hududi   rel’efi   esa
unchlik katta bo‘lgan tog‘lar va tekistliklardan iborat bo‘lgan. Qirg‘oq bo‘yi
landshafti esa savannaga o‘xshagan. Yaqin va O‘rta Sharq hududida bundan
1.5  million  yil burun  tektonik  xarakatlar  sodir bo‘ladi  va  tog‘lar ko‘tariladi.
Tektonik xarakatlar butun muzlik davrida davom etadi. Erroziyalar natijasida
tabiiy   g‘orlar   paydo   bo‘ladi.   Bu   esa   ibtidoiy   ajdodlarimizining   jon   saqlashi
uchun tabiiy panoxgoh vazifasini bajargan. Umuman olganda plyuvial davri
namgarchilik   yuqori   darajada   bo‘lganligi   bilan   xaraterlanadi.   Xarorat   esa
xozirgiga   nisbatan   4-5   gradus   darajada   farq   qilgan.   Buning   natijasida   esa
bundan   700-600   ming   yil   avval   Falastinda   iliq   iqlimni   xush   ko‘ruvchi
villafrank   flora   va   faunasi   jon   saqlab   qolgan.   Aynan   bunday   iqlimni   xush
ko‘ruvchi xayvonot dunyosining mavjudligi ibtidoiy ajdodlarimizning yashab
qolishi   uchun   zamin   yaratgan.   Yaqin   va   O‘rta   Sharq   hududida   hukmronlik
qilgan   villafrank   faunasi   bu   hududda   dastlabki   ibtidoiy   ajdadlarimizining
paydo   bo‘lishiga   olib   kelgan.   Ibtidoiy   ajdodlarimizga   oid   daastlabki
topilmalar   Suriya   va   Livan   hududlaridan   topilgan   bo‘lib   ulaning   davriy
sanasi   Olduvey   davri   bilan   belgilanadi.     Yaqin   va   O‘rta   Sharq   hududiinng
eng   muhim   yodgorliklaridan   biri   Oronta   va   Iordan   daryosi   oralig‘idagi
xududlarda   joylashgan   Ubeydiya   yodgorligi   xisoblandi.   Uning   davri   sanasi
Ashel davri bilan belgilanadi. 
1.2  Pliotsena  va  neopley stotsenning ilk bosqichida Afrika Yevroosiyo qit’asi
va Arabiston yarim oroli bilan bog‘langan bo‘lgan. Bu davrda sharqiy Afrika,
Yevroosiyoning g‘arbiy rayonlari, Yaqin Shaq va Arabiston yarim oroli bir-
biriga   yaqin   bo‘lgan   tabiiy   shart-sharoitlarga   ega   bo‘lgan.   Dastlabki
ajdodlarimizning   Afrika   xududidan   chiqib   Yevroosiyo   xududiga   migratsiya
qilish   jarayoni   juda   sekin   kechgan.   Biroq   xozirda   Arabiston   yarim   oroli   va Yaqin   Sharq   xududida   ibtidoiy   ajdodlarimizning   dastlabki   migratsiyasi
xaqida guvohlik beruvchi yodgorliklar aniqlanmagan. Yaqin Sharq xududida
ibtidoiy ajdodlarimizga tegishli bo‘lgan dastlabki paleolit davri yodgorliklari
Ubeydiya   va   Gesher-Benot-Yaakov   yodgorliklari   hisoblanadi.   Ushbu
yodgorliklarning   davriy   sanasi   1,4   va     0,9   million   yillar   bilan   belgilangan.
Yaqin   Sharq   xududidagi Ubeydiya   va   Gesher-Benot-Yaakov   yodgorliklari
ibtidoiy   ajdodlarimizning   Afrrika   xududidan   Yevroosiyoga   ikkinchi
migratsiyasi davriga tegishli yodgorliklar hisoblanadi. Bu davrda Yevroosiyoda
ashel   tosh   industriyasi   tarqala   boshlagan   jarayonni   kuzatishimiz   mumkin.
Ubeydiya   yodgorligining   quyi   qatlamlaridan   ikki   tomonlama   ishlov   berilgan
tosh   qurollar   namunalari   kuzatishimiz   mumkin.   Ashel   davriga   qadar   mavjud
bo‘lgan qatlamlar 
1.3  1983-2000 yillar davomida  Al-Guza, Sharxabil,  Al-Amir, Djidfir, Al-Gabr
VI  g‘or makonlarida qayd etilgan.   Geomorfologik  va  stratigrafik  tadqiqotlar
shuni kursatadiki  Pliotsena  va  neopley stotsenning ilk bosqichida yer sharida
iqlim  sovushi  va  aridizatsiya  jarayoni  kuzatiladi.  Dunyo  okeanlari sathi 150
metrga pasayib ketadi. Chuqurligi 100 metr va kenligi 28 metr bo‘lgan   Bab-
el-Mandeb  ko‘rfazi  quriydi va  Afrika qi’asini sharqiy Arabiston xududi  bilan
bog‘lab   turuvchi   quruqlik   yo‘li   vujudga   keladi.   Yaqin   Sharq   xududidan
ajdodlarimizning Kavkazorti va Yevropa xududiga kirib borishini kuzatishimiz
mumkin. Bugunki kunda Yaqin va O‘rta Sharq xududida qadimgi tosh davriga
oid   bir   qancha   yodgorliklar   o‘rganilgan.   El-Masluk     yodgorligi   1969   yilda
Kolumbiya   universiteti   arxeologlari   tomonidan   Livanning   shimoliy   qismida
topib o‘rganilgan.
Isroil   xududida   joylashgan   dastlabki   ibtidoiy   odamlar   neandertal   hisoblanadi.
Isroil   xududida   Homo   Sapienslarning   paydo   bo‘lishi   bundan   75   ming   avval
sodir   bo‘lgan.   Isroil   xududida   Homo   Sapienslar   neandertallar   bir   vaqtning o‘zida   mavjud   bo‘lganlar.   Ubaydiya   yodgorligi   bundan   1,4   mln   yil   avval
ibtidoiy   ajdodlarimizning   Afrikadan   Yevroosiyoga   migratsiyasi   jarayoni
izlarini   kuzatishimiz   mumkin.   Bundan   20   ming   avval   ushbu   xududda
mavsumiy turar joylar va g‘or-makonlar bo‘lgan. Ubeydiya yodgorligidan ilk
ashel tipidagi tosh qurollar topilgan. Bundan tashqari  davriy sanasi 1 400000
—250000   ming   yilliklarin   tashkil   etuvchi   paleolit   davri   yodgorliklari   ham
mavjud   bo‘lib,   ulardan   so‘nggi   ashel   tipidagi   tosh   qurollar   qayd   etilgan.
Iakov   qizlari   mosti   va   Tabun   g‘or   makonlari     so‘nggi   ashel   tipidagi   tosh
qurollar qayd etilgan yodgorliklar hisoblanadi. Ubaydiya,  xududidan ibtidoiy
ajdodlarimizga oid tish namunalari, Iakov qizlari mosti suyak namunalari  va
Zuttie   g‘or   makonidan   esa   ibtidoiy   ajdodimizning   bosh   chanog‘i   (Galiley
odami)   namunalari   topilgan.   Falastin   xududidagi   muste   davri   aniqrog‘i
neandartellarga   oid   yodgorliklarga   biz   Kebara,   Amud   va   Tabun
yodgorliklarini   keltirib   o‘tishimiz   mumkin.   Homo   Sapienslarga   oid
yodgorliklar esa   Djebel-Kafze  va     Sxul  g‘or   makonlari  hisoblanadi.   Falastin
xududida yuqori paleolit davri  48000-20000  ming yilliklarni o‘z ichiga oladi.
Tabun g‘ori paleolit davri arxeologik yodgorligi hisoblanib Isroildagi Karmel
tog‘ida joylashgan. Tabun g‘or makoni bundan 500-40 ming yil avval itidoiy
ajdodlarimiz   tomonidan   o‘zlashtirilgan.   Tabun   g‘orining   yuqori   qatlamlari
muste   davriga   oid   bo‘lib,   yuqori   qatlamlardan   levallua   texnikasi   asosida
tayyorlangan   tosh   qurollar   topilgan.   1962-1972   yillarda   Artur   Yelenek
tomonidan   o‘tkazilgan   tadqiqotlar   natijasida   so‘nggi   ashel   va   yabrud
madaniyatlariga   oid   bo‘lgan   1900   ta   butun   va   siniq   bo‘laklardan   iborat
bo‘lgan   tosh   qurollar   namunalari   topilgan.   Bundan   tashqari   Tabun   g‘or
makonidan davriy sanasi 120 ming yilni tashkil etuvchi ayol jinsiga mansub
neandertal   odamining   tana   suyaklari   topilgan.   Bu   topilma   Isroil   xududidagi
eng qadimgi ibtidoiy odamlar tana suyaklari hisoblanadi. Kebara g‘or makoni
arxeologik yodgorlik xisoblanadigan Kechariya yodgorligidan 10 km masofa uzoqlikda Karmel tog‘ining g‘arbiy yen bag‘rida Vadi Kebara nomli makon
xududida   dengiz   sathidan   60-65   metr   balandlikda   joylashgan.   G‘or   makon
bundan 60-48 ming yil avval ibtidoiy ajdodlarimiz tomonidan o‘zlashtirilgan.
Ushbu   yodgorlik   Bar   Yosef   tomonidan   gominidlar   oilasiga   mansub   bo‘lgan
eng   qadimgi   ibtidoiy   ajdodlarmizning   tana   suyaklari   topilganligi   bilan
mashxurdir.   Ushbu   yodgorlik   dastlab   1930   yilda   Doroti   Garrod   va   Fransis
Tyurvil   Petr   tomonidan   o‘rganilganligiga   qaramasdan   eng   muhim
kashfiyotlar 1982 yilda amalga oshirilgan. 1982 yilda Kebara g‘or makonidan
neandertal   odamining   butunligicha   saklangan   tana   suyaklari   topilgan.   Bu
topilmalar   arxeologlar   orasida   “Moshe”   deb   nomlangan   bo‘lib,   uning   yoshi
60   ming   yilni   tashkil   etadi.   Sxul   yodgorligi   Isroildagi   Karmel   tog‘ida
joylashgan bo‘lib, dastlab  1982 yilda  Doroti  Garrod  tomonidan o‘rganilgan.
Ushbu yodgorlik bir vaqtning o‘zida ham neandertal ham zamonaviy tipidagi
odam   Homo   Sapienslar   tomonidan   o‘zlashtirilgan.   Sxul   yodgorligining
davriy   sanasi   200   ming   -45   ming   yilni   tashkil   etadi.   Bu   davriy   sana
arxeologik   davrlardan   xisoblangan   muste   ya’ni   o‘rta   tosh   davriga   to‘g‘ri
keladi.   Sxul   yodgorligidan   14   ta   ibtidoiy   ajdodlarimizning   tana   suyaklari
topilgan.   Ushbu   topilmalarinng   aksariyat   qismi   1932     yilda   Teodor   Mak
Koun   tomonidan   aniqlangan.   Kafzex   g‘or   makoni   ham   Isroilda   joylashgan
bo‘lib,   ilk   bora   1934   yilda   R.   Nevil   va   M.   Stekelis   tomonidan   o‘rganilgan.
O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida levallua tipidagi tosh qurollar bilan birga 5
ta   ibtidoiy   ajdodimizning   tana   suyaklari   qayd   etilgan.   Yodgorlikda   tadqiqot
ishlari   1965,   1967   va   1971   yilllarda   ham   davom   ettirilgan.   O‘tkazilgan
tadqiqotlar   natijasida   25   ta   ibtidoiy   ajdodimizning   tana   suyaklari   topib
o‘rganilgan. Bu yerdan topilgan qadimgi odamdaorning tana suyaklari taxlili
ularning   rivojlangan   yaqin   sharq   gominidlari   guruhiga   oidligini
ko‘rsatmoqda.   Ba’zi   topimalar   esa   gibrid   ya’ni   neandertal   va   Homo
Sapienslar   chatishmasidan   vujudga   kelgan   eng   qadimgi   odamlar   ekanligini ko‘rsatmoqda.   Muste   qatlamlariga   oid   bo‘lgan   tosh   qurollarning
termolyuminessent   taxlili   92-97   ming   yilliklarni   ko‘rsatsa,   elektron
paramagnit   razonans   taxlil   natijalari   ushbu   yodgorlikning     davriy   sanasini
130-90   ming   yil   deb   ko‘rsatmoqda.   Bundan   tashqari   Isroil   xududida
mikroindustriyali bir nechta qadimgi joy makonlari ham aniqlangan. Bularga
biz Yevron, Bizat Ruxama joy makonlarini misol qilib keltirishimiz mumkin.
Yevron joy makonining davriy sanasi 1.5-2.4 million yilni tashkil etsa, Bizat
Ruxama   joymakonining   davriy   sanasi   1   million   yilni   tashkil   etadi.   Homo
Sapiens tana suyaklari qayd etilgan yodgorliklardan biri bu Kesem yodgorligi
hisoblanadi. Tel-Aviv universiteti arxeolog olimlarining fikriga ko‘ra Kesem
yodgorligining davriy sanasi 382-207 ming yilllarni tashkil etadi.   Foydalanilgan xorijiy adabiyotlar ro‘yxati
1. Potts.D.T.   A   companion   to   the   archaeology   of   the   ancient   Near   East .
West Sussex, PO19 8SQ, UK .
2. Lawrence Guy Straus., Berit Valentin Eriksen.,  Jon Erlandson.,  David
R. Yesner. Humans at the End of the Ice Age: The Archaeology of the
PleistoceneHolocene Transition. 1996. New York. 
3. Martin Hall , Stephen W. Silliman. Historicalarchaeology .  UK .  2006.
4. A. Robers. Evolution: The Human story. New York. 2011.
5. Boriskovskiy P.I. Drevneyshee proshloe chelovechestvo M. 1980.

Yaqin va O‘rta Sharq paleoliti Reja: 1. Yaqin va O‘rta Sharq xududining qadimgi davrdagi tabiiy shart- sharoitlari. 2. Yaqin va O‘rta Sharq xududida insoniyatning paydo bo‘lishi. 3. Yaqin va O‘rta Sharq xududida o‘tkazilgan arxeologik tadqiqotlar tarixi.

1.1 O‘rta Sharq atamasi (ingliz tilida Middle East ) Britaniyaning Hindiston ishlari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan 1850 yilda qo‘llanilgan. Biroq 1902 yilda amerikalik xarbiy dengiz nazariyotchisi Alfred Tayer Mexen tomonidan Arabiston yarim oroli va Hindiston oralig‘idagi xududlarni ifodalashi natijasida bu atama tarix fanida keng qo‘llanila boshlandi. Ikkinchi jaxon urushiga qadar Turkiya va O‘rta yer dengizining sharqiy qirg‘oqlari oralig‘idagi hududlar Yaqin Sharq deb atalgan bo‘lsa, Mesopotamiyadan toki Birmagacha bo‘lgan hududlar O‘rta Sharq deb nomlangan edi. Rus mualliflari adabiyotlarida esa Yaqin Sharq atamasi qo‘llanilgan bo‘lib, bu atama asosida Eron, Pokiston va Afg‘oniston davlatlari hududlari ham qo‘shib ifodalanadi. Yaqin va O‘rta Sharq davlatlariga Afg‘oniston, Baxrayn, Misr, Eron, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Iroq, Turkiya, Ummon, Quvayt, Qatar, Isroil, Iordaniya, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Yaqin va O‘rta Sharq hududining paleolit davri yodgorliklarining o‘rganilish asosan XX asrda amalga oshirilgan. 1929-1936 yillarda ingliz tadqiqotchisi D. Garrod Falastinning Karmel tog‘ tizmasida paleolit davri yodgorliklarini o‘rganishni boshlab beradi. Sharqiy O‘rta yer dengizi xavzasida A.Rust, R.Nevill, G. Vatanabelar tomonidan o‘kazilgan tadqiqotlar natijasida ochiq turdagi va g‘orsimon hamda paleolit davri qabrlari topilgan bo‘lib. Bu o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida tosh davri madaniyatlarining tabiat bilan uyg‘unlikda taraqqiy etish dinamikasini kuzatishimiz mumkin. Tadqiqotchilar I. Korobkov, J. Skinner, J.Perro, L.Koplendlar tomonidan Sharqiy O‘rta yer dengizi xavzasi tosh davri qurollari tiologiyasi va klassifikatsiyasi hamda madaniyatlarning o‘zaro aloqalari ishlab chiqilgan. Paleolit davrida Yaqin va O‘rta Sharq hududi keng miqyosda muzlash davrini o‘z boshidan kechirmagan. Muzlash jarayoni Yaqin va O‘rta Sharq hududining shimoliy rayonlarida kechgan bo‘lsa, janubiy rayonlarda esa

plyuvial ya’ni yog‘ingarchilikdan iborat iqlim hukm surgan. 2 million yil burun Yaqin va O‘rta Sharq hududida issiq iqlimni xush ko‘ruvchi villafrank fauna va florasi mavjud bo‘lgan. Yaqin va O‘rta Sharq hududi rel’efi esa unchlik katta bo‘lgan tog‘lar va tekistliklardan iborat bo‘lgan. Qirg‘oq bo‘yi landshafti esa savannaga o‘xshagan. Yaqin va O‘rta Sharq hududida bundan 1.5 million yil burun tektonik xarakatlar sodir bo‘ladi va tog‘lar ko‘tariladi. Tektonik xarakatlar butun muzlik davrida davom etadi. Erroziyalar natijasida tabiiy g‘orlar paydo bo‘ladi. Bu esa ibtidoiy ajdodlarimizining jon saqlashi uchun tabiiy panoxgoh vazifasini bajargan. Umuman olganda plyuvial davri namgarchilik yuqori darajada bo‘lganligi bilan xaraterlanadi. Xarorat esa xozirgiga nisbatan 4-5 gradus darajada farq qilgan. Buning natijasida esa bundan 700-600 ming yil avval Falastinda iliq iqlimni xush ko‘ruvchi villafrank flora va faunasi jon saqlab qolgan. Aynan bunday iqlimni xush ko‘ruvchi xayvonot dunyosining mavjudligi ibtidoiy ajdodlarimizning yashab qolishi uchun zamin yaratgan. Yaqin va O‘rta Sharq hududida hukmronlik qilgan villafrank faunasi bu hududda dastlabki ibtidoiy ajdadlarimizining paydo bo‘lishiga olib kelgan. Ibtidoiy ajdodlarimizga oid daastlabki topilmalar Suriya va Livan hududlaridan topilgan bo‘lib ulaning davriy sanasi Olduvey davri bilan belgilanadi. Yaqin va O‘rta Sharq hududiinng eng muhim yodgorliklaridan biri Oronta va Iordan daryosi oralig‘idagi xududlarda joylashgan Ubeydiya yodgorligi xisoblandi. Uning davri sanasi Ashel davri bilan belgilanadi. 1.2 Pliotsena va neopley stotsenning ilk bosqichida Afrika Yevroosiyo qit’asi va Arabiston yarim oroli bilan bog‘langan bo‘lgan. Bu davrda sharqiy Afrika, Yevroosiyoning g‘arbiy rayonlari, Yaqin Shaq va Arabiston yarim oroli bir- biriga yaqin bo‘lgan tabiiy shart-sharoitlarga ega bo‘lgan. Dastlabki ajdodlarimizning Afrika xududidan chiqib Yevroosiyo xududiga migratsiya qilish jarayoni juda sekin kechgan. Biroq xozirda Arabiston yarim oroli va

Yaqin Sharq xududida ibtidoiy ajdodlarimizning dastlabki migratsiyasi xaqida guvohlik beruvchi yodgorliklar aniqlanmagan. Yaqin Sharq xududida ibtidoiy ajdodlarimizga tegishli bo‘lgan dastlabki paleolit davri yodgorliklari Ubeydiya va Gesher-Benot-Yaakov yodgorliklari hisoblanadi. Ushbu yodgorliklarning davriy sanasi 1,4 va 0,9 million yillar bilan belgilangan. Yaqin Sharq xududidagi Ubeydiya va Gesher-Benot-Yaakov yodgorliklari ibtidoiy ajdodlarimizning Afrrika xududidan Yevroosiyoga ikkinchi migratsiyasi davriga tegishli yodgorliklar hisoblanadi. Bu davrda Yevroosiyoda ashel tosh industriyasi tarqala boshlagan jarayonni kuzatishimiz mumkin. Ubeydiya yodgorligining quyi qatlamlaridan ikki tomonlama ishlov berilgan tosh qurollar namunalari kuzatishimiz mumkin. Ashel davriga qadar mavjud bo‘lgan qatlamlar 1.3 1983-2000 yillar davomida Al-Guza, Sharxabil, Al-Amir, Djidfir, Al-Gabr VI g‘or makonlarida qayd etilgan. Geomorfologik va stratigrafik tadqiqotlar shuni kursatadiki Pliotsena va neopley stotsenning ilk bosqichida yer sharida iqlim sovushi va aridizatsiya jarayoni kuzatiladi. Dunyo okeanlari sathi 150 metrga pasayib ketadi. Chuqurligi 100 metr va kenligi 28 metr bo‘lgan Bab- el-Mandeb ko‘rfazi quriydi va Afrika qi’asini sharqiy Arabiston xududi bilan bog‘lab turuvchi quruqlik yo‘li vujudga keladi. Yaqin Sharq xududidan ajdodlarimizning Kavkazorti va Yevropa xududiga kirib borishini kuzatishimiz mumkin. Bugunki kunda Yaqin va O‘rta Sharq xududida qadimgi tosh davriga oid bir qancha yodgorliklar o‘rganilgan. El-Masluk yodgorligi 1969 yilda Kolumbiya universiteti arxeologlari tomonidan Livanning shimoliy qismida topib o‘rganilgan. Isroil xududida joylashgan dastlabki ibtidoiy odamlar neandertal hisoblanadi. Isroil xududida Homo Sapienslarning paydo bo‘lishi bundan 75 ming avval sodir bo‘lgan. Isroil xududida Homo Sapienslar neandertallar bir vaqtning

o‘zida mavjud bo‘lganlar. Ubaydiya yodgorligi bundan 1,4 mln yil avval ibtidoiy ajdodlarimizning Afrikadan Yevroosiyoga migratsiyasi jarayoni izlarini kuzatishimiz mumkin. Bundan 20 ming avval ushbu xududda mavsumiy turar joylar va g‘or-makonlar bo‘lgan. Ubeydiya yodgorligidan ilk ashel tipidagi tosh qurollar topilgan. Bundan tashqari davriy sanasi 1 400000 —250000 ming yilliklarin tashkil etuvchi paleolit davri yodgorliklari ham mavjud bo‘lib, ulardan so‘nggi ashel tipidagi tosh qurollar qayd etilgan. Iakov qizlari mosti va Tabun g‘or makonlari so‘nggi ashel tipidagi tosh qurollar qayd etilgan yodgorliklar hisoblanadi. Ubaydiya, xududidan ibtidoiy ajdodlarimizga oid tish namunalari, Iakov qizlari mosti suyak namunalari va Zuttie g‘or makonidan esa ibtidoiy ajdodimizning bosh chanog‘i (Galiley odami) namunalari topilgan. Falastin xududidagi muste davri aniqrog‘i neandartellarga oid yodgorliklarga biz Kebara, Amud va Tabun yodgorliklarini keltirib o‘tishimiz mumkin. Homo Sapienslarga oid yodgorliklar esa Djebel-Kafze va Sxul g‘or makonlari hisoblanadi. Falastin xududida yuqori paleolit davri 48000-20000 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. Tabun g‘ori paleolit davri arxeologik yodgorligi hisoblanib Isroildagi Karmel tog‘ida joylashgan. Tabun g‘or makoni bundan 500-40 ming yil avval itidoiy ajdodlarimiz tomonidan o‘zlashtirilgan. Tabun g‘orining yuqori qatlamlari muste davriga oid bo‘lib, yuqori qatlamlardan levallua texnikasi asosida tayyorlangan tosh qurollar topilgan. 1962-1972 yillarda Artur Yelenek tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida so‘nggi ashel va yabrud madaniyatlariga oid bo‘lgan 1900 ta butun va siniq bo‘laklardan iborat bo‘lgan tosh qurollar namunalari topilgan. Bundan tashqari Tabun g‘or makonidan davriy sanasi 120 ming yilni tashkil etuvchi ayol jinsiga mansub neandertal odamining tana suyaklari topilgan. Bu topilma Isroil xududidagi eng qadimgi ibtidoiy odamlar tana suyaklari hisoblanadi. Kebara g‘or makoni arxeologik yodgorlik xisoblanadigan Kechariya yodgorligidan 10 km masofa