SHIMOLIY AFRIKA VA YAQIN SHARQ DAVLATLARI RIVOJLANGAN O‘RTA ASRIARDA
MAVZU: SHIMOLIY AFRIKA VA YAQIN SHARQ DAVLATLARI RIVOJLANGAN O‘RTA ASRIARDA Reja: 1. Suriya va Misr Fotimiylar hokimiyati ostida. 2. Fotimiyiar xalifaliginirtg qulashi. 3. Salohuddin Ayyubiy. Suriya va salibchiiar. 4. Mamluklar boshqaruvi davrida Misr va Yaqin Sharq. 5. XIII-XV asrlarda Misrda ijtimoiy-iqtisodiy hayot. 6. XI-XV asrlarda Misrda madaniy hayot.
Tayanch atama va iboralar: Tuluniyiar, Fotimiylar, ismoiiiyiik imom, berber,fallohlar, Ayyublar, Mamluklar, Bahriylar, Burjiylar. Suriya va Misr Fotimiylar hokimiyati ostida Misr Tuluniylar boshqaruvi davrida (868-905) amalda Abbosiylar xalifaligidan mustaqil edi. Sulola asoschisi Ahmad ibri Tulun (868-884) bo‘lib, uning davrida turklar, berberlar va zanjilardan iborat muntazam qo‘shin tuzildi. U o‘z nomidan tanga zarb qildirdi, 905-yiIga kelib Abbosiylar Fustat (Qohira) da hukmronligini tikladi. Ammo tez fursatda bu yerda Abbosiylar noibi Abu Bakr Muhammad ibn Tug‘j Ixshid* (935-946) mustaqil lxshidlar sulolasiga (953-969) asos soldi. Shu bilan birga Mag‘ribda ismoiliyiarning Fotimiylar xaiifaligi (910- 1171) ham yuzaga kelib, Misming katta qismini egallab oldi. X asr boshlarida hozirgi Tunis hududida ro‘y bergan tartibsizliklardan foydalangan Abu Abdulloh hamda o‘zini Ali va Fotima avlodi deya da'vo qilgan Ubaydulloh boshliq kishilar isyon ko‘tarishdi, 909-yilda isyonchilar Qayruvon shahrini bosib olishdi. Ubaydulloh Mahdiy nomi bilan taxtga o‘tirdi. Fotimiylar o‘zlarini Ali ibn Abu Tolib va uning xotini Fotima avlodlari deb da'vo qilganlar. Ularga muxolif bo‘Iganlar mazkur da'voni inkor etib, ularni sulola asoschisi nomi bilan ubaydiylar deb nomlashadi. Fotimiylar shialikning ismoiliy oqimi tarafdori bo‘lib, taxtga Ali avlodlarigina munosib deb hisoblagan. Ubaydiylar taxtga kelgandan so‘ng, Misrni abbosiylardan tortib olishga harakat boshladi. 914-yilda Iskandariya egallandi. Ammo tezda abbosiylar qaytarib egallab oldi. 969-yilda Fotimiy xalifa Mu'iz (Ma'ad) (953-975) ning Javhar boshchiligidagi qo‘shini Misrga bostirib kirdi. Giza jangida g‘alaba qozongan qo‘shin Fustatni egalladi. Xalifa poytaxtni Nil bo‘yida joylashgan Fustat shahriga ko‘chirdi. Shahar al Qohira (Maftunkor) deb nomlandi. Tezda u Yaqin Sharqdagi katta shaharga aylandi. 972-yilda Xalifa Ma'ad Qohiraga ko‘chib keldi. X asr oxiriga kelib, Falastinni hamda Suriyaning katta qismini bosib oldi. Fotimiylar boshqaruvi g‘arbda Marokko chegaralarigacha, sharqda Suriya cho‘llarigacha bo‘lgan hududda tarqaldi.
Fotimiylarda ismoiliylik davlat dini bo‘isada, ammo barcha dinlarning tengligi ta'minlangandi. Diniy e'tiqod tengligi siyosatini xalifa Hokim (Xakim) (996-1021) buzdi. Uning musulmon jamoalarini kuchsizlantirish uchun qilgan soliq siyosati musulmonlarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Shu bilan birga u musulmonlarga qul saqlashni taqiqladi, xristianlar va yahudiylarni ta'qibga oldi. Oxir oqibatda unga qarshi bo‘lganiar tomonidan 1021-yilda xalifa sirli tarzda yo‘q qilinadi. Shu boisdan ham Livan tog‘larida yashovchi druzlar* orasida xalifa Xakimning osmondan tushishi haqida tushuncha shakllangan. Xalifaning vorisi Zoxir (1021-1036) diniy tenglikni tiklab, cherkov faoliyatiga ruxsat beradi, tortib olingan mulklarni egalariga qaytaradi. X-XI asrlarda Suriya va Falastinda iqtisodiy o‘sish ro‘y berdi. Suriya va Falastin shaharlari hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish markazlariga aylandi. Ayniqsa Damashq rivoj topdi. XI asrga kelib, Fotimiylar Suriyaning Tripoli. Bayrut, Sidon, Tir, Akra, Qaysariya, G ‘ azo shaharlari hamda Shimoliy Afrika, Vizantiya, Sitsiliya va Italiya bilan dengiz savdosini jadal olib bordi. Fotimiylar xalifaligining qulashi X asrning oxirigacha harbiylar ichida yetakchilik berber hamda asosan fotimiyiarni hokimiyatga olib kelgan ketam qabilasiga tegishli edi. Ammo keyinchalik asosiy rolni quliardan tashkil topgan g‘ulomlar (boshqacha nomi mamluklar) egalladi. Ularning soni 60 mintagacha yetib, asosan qora tanli (sudanlik) va turklardan iborat cdi. Mavqeyi oshib borgan mamluklar XI asrning o‘rtalariga kelganda katta iqto yerlari olish huquqiga ega bo‘ldi. Xalifa Mustansir (1036-1094) davrida ular nihoyatda kuchaydi. Oxir oqibatda uning davrida berber, turk va Sudan mamluklarining o‘zaro qonli urushlari boshlanib ketdi. Urushda g‘olib bo‘lgan turklar 1062-yilda davlat xazinasini talaydi. Kuchsizlanib qolgan Fotimiyiar Jazoir va Tunisni qo‘ldan boy berdi. 1071- yilda normannlar tomonidan Sitsiliya bosib olindi. Suriyaga esa saljuqiylar bostirib kirdi. Fotimiylar xalifaligi parchalanish arafasiga kelib qoldi. Bunday og‘ir vaziyatda xalifa Mustansir suriyalik harbiy yetakchi Badr al Jamol (kelib chiqishi arman bo‘lib, Suriya amirlaridan birining quli edi) dan yordam so‘raydi. Badr al
Jamoi 1073-yilda Qohiraga kirib keladi, birlashgan arman va suriyalik qo‘shinlar yordamida ahvolni o‘nglab, bir kechada boshqaruvni o‘z qoiiga oldi. Badr nafaqat bosh qo‘mondon, shu bilan birga bosh vazir va imom- xatiblikni ham egalladi. U xalifalikda yarim hokimiyatni qo‘lga oldi. Xalifa qo‘lida faqat tashqi ishlar qoldi. 20 yillik boshqaruvdan so‘ng xalifaning roziligi bilan Badr barcha huquqlarini o‘g‘li Shohanshohga berdi. Fotimiylar xalifaligida diniy jamoaga imom boshchilik qilgan, Xalifa Mustansir Badr al Jamoining maslahati bilan boshqaruvining so‘nggi yillarida imom - xalifa etib katta o‘gii Nizorni emas, kichik o‘gii Mustalni tayinlaydi. Bu esa Fotimiy ismoiliyiaming ikki guruhga-mustaliylar va nizoriylarga bo‘linishga sabab bo‘lib, amalda bu xalifalikning diniy mavqeyiga salbiy ta'sir etdi. Badr al Jamolning mamlakatni mustahkamlashi va iqtisodiy faoliyati vaqtinchalik xarakterga ega bo‘ldi. Doimiy ravishda armiyani pul bilan ta'minlab turishga ehtiyoj moliya devonini muntazam soliqlar yig‘ishga majbur qilardi. Bu esa mamlakat iqtisodini va oddiy xalq ahvolini battar og‘irlashtirib yubordi. XII asr o‘rtalariga kelib salibchilar Askalon va G ‘ azo ni egallashdi. Endi Misrga yoi ochildi. 1163-yil Quddus qiroli Amalrix (Amori) Suvaysh hududlariga kirib keladi. Misrga hujum boshlaydi. Magiub bo‘lgan fotimiylar unga har yili o‘lpon to‘lash majburiyatini oldi. Ammo uni bajarmaydi. Shu boisdan 1167-yilda Amalrix Misrga yana yurish qildi. U Qohira ostonalarigacha yetib bordi. Tinchlik kelishuvi tuzilib, oipon toiash majburiyati yana yuklatiladi. Suriyaning qolgan hududlari alohida arab saljuq feodallari qo‘lida edi. Ulaming oxirgi qudratlaridan biri Mosul hukmdori Zangiylar hisoblanadi. Salibchilarga qarshi muvaffaqiyatli kurashni otabek Imomiddin Zangi (1127- 1146) amalga oshirdi. XI asr o‘rtalarida amir Imomiddin Zangi Iroq va Shimoliy Suriyani o‘z qo‘i ostiga oldi. Uning armiyasi 1144-yilda Edessa grafligining katta qismini bosib olib, 1146-yilda Edessani egailadi. Bu ikkinchi salib yurishi (1147-1149) ni keltirib chiqardi. Damashqni qamal qilish to‘liq muvaffaqiyatsiz tugadi. 1146-yili Suriyani birlashtirish siyosatini amalga oshirgan Imomiddin Zangi vafot etadi. Uning o‘gii va vorisi Nuriddin (1146-1174) "e'tiqod
uchun muqaddas urush" (jihot) eion qildi. Salibchilarga qarshi kuchli armiya luzib, muvaffaqiyatli janglar olib bordi. 1154-yili Damashqni egalladi. Uning mohir lashkarboshilari ichida ikkita aka-uka- Asaddin Shirkux vaNajmiddin Ayyublar (kelib chiqishi kurdlardan bo‘lgan) bor edi. U lashkarboshilariga yuqori iavozimlar berdi. Xususan, Ayyubni Damashq amiri etib tayinladi. Nuriddin Zangi Shirkux va uning vorisi Salohuddin Ayyubni Fotimiylarning o‘zaro urushlariga chek qo‘yish va Quddus qiroli Amalrixga qarshi kurashda yordam berish uchun yubordi. Misrga salibchiiarning tazyiqini yo‘qota olgan Shirkuxning dono siyosati uning Qohira saroyida ta'sirini oshirdi. Nuriddinga vassal sifatida tobe boigan fotimiylarning oxirgi xalifasi Odid 1168-yilda Shirkuxni vazir etib tayinladi. Kelgusi yili taomdan tasodifiy (sirli) zaharlanishdan Shirkux vafot etdi. Vazirlik Shirkuhning oxirgi yurishlarida ishtirok etgan Salohuddinga o‘tdi. Salohuddin uzoq vaqt vazirlikni qo‘lida tutib turolmaydigandek tuyuldi. U fotimiylar vaziri sifatida Nuriddin xizmatida bo‘lgan. Salohuddin real qo‘shinlarga ega emas edi, binobarin fotimiy qo‘shinlari 40 ming otliq askarlarga, 30 ming qora tanli piyodalarga ega bo‘lsa ham, unga bo‘ysunmagan. Salohuddin o‘zining shaxsiy "salohiya" otryadini tuza boshlaydi. Ularni ta'minlash uchun Misr amirliklari yeriarini musodara qiladi. Bu esa qora tanli qo‘shin boshliqlarining noroziligiga olib keldi. 1169-yili ularning otryadi qo‘zg‘olon ko‘tardi, Salohuddin uni bartaraf etdi, qo‘shinlarning qolgan qismi Yuqori Misrga ketdi. Nuriddin Zangi Saiohuddinning yuksalishini qo‘rquv bilan kuzatib turdi. o‘z ukalari tomonidan qoilab quwatlangan Salohuddin Misr boshqaruvini toialigicha qoiga olishga harakat qildi. Nuriddin o‘z vassalining rejalaridan xabar topib, unga ishonmay qo‘ydi. Salohuddinning Misrdagi pozitsiyasini zaiflantirish uchun Suriyaga o‘z otryadi "nuriya"ni chaqirib oldi. Salohuddinning Suriya iqtolarini musodara qildi. Undan tashqari o‘z vassalini kuzatish uchun Nuriddin Misrga Salohuddinning otasi Ayyubiylar urug‘ining boshlig‘i, unga sodiq bo‘lgan Najmiddin Ayyubni jo‘natadi. Najmiddin Nuriddin ya Salohuddin o‘rtasidagi sovuqlikni bartaraf qildi. Salohuddin otasiga iqto sifatida Aleksandriya va Dometta portlaridan tushgan daromadlarni in'om ctdi.