logo

MTMgacha ta’lim muassasalarida musiqa mash-g’ulotlarning maqsad va vazifalari.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

26.7578125 KB
MTMgacha ta’lim muassasalarida musiqa mash-g’ulotlarning  maqsad
va vazifalari.
Reja
1 .  Musiqa san’atining hayotdagi o‘rni va roli.
2. MTMgacha  ta’lim  muassasalaridagi   musiqa   ta’lim-tarbiyasining   maqsad
va vazifalarining ahamiyati
3.   Bolada musiqiy qobilyatni rivojlantirish.
4.   MTM da  bolalarni musiqaga o‘rgatish bosqichlari. Musiqa   madaniy   hayotimizda   keng   o'rin   tutgan,   inson   shaxsiyatini
rivojlantirishda   muhim   ahamiyat   kasb   etadigan   san’at   turidir.   Musiqa   tarbiyasi,
nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo‘lib, atrofdagi go‘zal
narsalarni to‘g‘ri idrok etishga va qadrlashga urgatadi.   Musiqa insonni yuksak did
bilan   qurollantiradi   va   ma’naviy   dunyoqarashini   shakllantiradi.   Musiqa   inson
hissiyotiga   kuchli   ta’sir   kursatish   imkoniyatiga   ega   bo‘lib,   o‘quvchilarni   nafosat
olamiga   olib   kirish   va   goyaviy-axloqiy   tarbiyalashning   muhim   vositasidir.   Milliy
madaniyatimiz   bobokaloni   Abu-Nosir   al-Forobiy   «Bu   fan   tanning   sogligi   uchun
foydalidir», degan edi. Bobomiz Shayx Sa’diy aytgan edi: «Musiqa odam ruhining
yo‘ldoshidir».   Musiqa   insonga   tez   ta’sir   etuvchi   emotsional   hissiyotni   faol
rivojlantiruvchi   vositadir.   Inson   musiqa   bilan   ona   allasi   orqali   tanishib,   umrbod
musiqadan zavq topadi va madad oladi. Musiqa inson ruhiyatining ajralmas qismi
bo‘lib   hisoblanadi.   Musiqadan   turli   ozuqa   olish   uchun   inson   yuksak   mada niyatli,
sof   qalb   egasi,   go‘zallikni   his   eta   oladigan,   o‘z   kasbiga,   ona   Vataniga   mehr
qo‘ygan   bo‘lishi   kerak.   Shu   bois   o‘quvchilarda   inson   ma’naviyatining   tarkibiy
qismi bo‘lgan musiqa madaniyatini tarbiya lash, musiqa tarbiyasining bosh maqsadi
bo‘lib turadi. Bu oliy maqsadni amalga oshirish uchun musiqa rahbarsining oldiga
qo‘yilgan vazifalari quyidagilardir:
1. Musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqish va muhabbatni oshirish.
2. Musiqiy   faoliyatlar   jarayoni   badiiy   ijodkorlik   va   his-tuygularni
rivojlantirish.
3. Asarlarning   badiiy-g‘oyaviy   mazmuni   vositasida   axloqiy-estetik
tarbiyalash.
4. Musiqa   darslarida   kasb-hunar   va   mehnatga   nisbatan   o‘quvchi larda
ishtiyoq uyg‘otish kabi ishlarni amalga oshirish kerak.
Mazkur   maqsad   va   vazifalarni   amalga   oshirish   rahbarning   professional   va
axloqiy   qiyofasiga   bog‘liq.   Har   qanday   san’atkor   ham   MTMda   musiqa   darslarni
olib   borolmaydi.   Buning   uchun,   musiqa   rahbari   o'z   kasbiga   va   bolalarga   mehr
qo‘ygan   yuksak   madaniyatli,   keng   dunyoqarashga   ega   bo‘lgan   shaxs   bo‘lmog‘i
lozim.   U   pedagogika,   psixologiya,   bolalar   fiziologiyasi,   etika   va   estetika nazariyasi, musiqa nazariyasinning amaliy sohalaridan, musiqa o‘qitish metodikasi
fan laridan chuqur bilimga ega bo‘lmogi kerak. Musiqa rahbari musiqa san’atining
nazariy   va   amaliy   sohalaridan   yetarli   darajada   bilim,   ko‘nikma   va   tajribaga   ega
bo‘lishi   lozim.   Ya’ni   u   ham   cholg‘uchi,   xonanda,   xor   dirijyori,   jurnavozchi,
musiqa   nazariyotchisi   va   amaliyot chisi   sifatida   ish   ko‘rmogi   lozim.   Musiqa
rahbarsining   ijodkorligi   shundaki,   u   bir   soatlik   darsga   senariy   muallifi,   uning
ijrochisi   va   rejissyori   sifatida   ish   tutadi.   Shu   bois   musiqa   darsi   san’at   darsi
deyiladi.   MTM   hayotida   musiqa   rahbarining   faoliyat   miqyosi   kengdir.   Sinfdan
tashqari   musiqa   tarbiyasi   turlarini   tashkil   etish   va   boshqarish,   MTMda   musiqa
tarbiyasining   ommaviy   shakllarini   (san’atkorlar   bilan   uchrashuvlar,   leksiya-
konsertlar, shoirlar bilan uchrashuvlar, «Navruz» bayramlari, «Alifbe» bayramlari,
«Musiqa   haftaliklari»,   «O'zbekiston   –   vatanim   manim»,   «Ilhom   chashmalari»
ko‘rik tanlovlari, bayramlarni) uyushtirish musiqa rahbarizimmasida vazifadir. Shu
bilan   birga,   MTMdan   tashqari   musiqa   tarbiyasi   markazlari   (bolalar   musiqa
MTMlari,   o‘quvchilar   saroylari,   bolalar   teatri)   bilan   aloqada   bo‘lib,   iqtidorli
o‘quvchilarni ularga jalb etish va ularning faoliyatini MTM hayotida qo‘llash ham
musiqa   rahbarsining   zimmasidadir.   Istiqlol   sharofati   bilan   yurtimizda   «Ozod   va
obod   vatan,   erkin   va   farovon   hayot   barpo   etish»   yo‘lidan   borar   ekanmiz,
jamiyatimizning   barcha   sohalari da   tu b   o‘zgarishlar   amalga   oshirilmoqda.   O‘sib
kelayotgan yosh avlodni har tomonlama mukammal inson qilib tarbiyalash hozirgi
kunning   eng   dolzarb   muammolaridan   biri   bo‘lib   turgan   bir   paytda,   xususan,
talantlarga pedagogik mahorat sirlarini o‘rgatib borish o‘ta zarurligini hayot taqozo
etadi.   Bo‘lajak   musiqa   mutaxassislari   yosh   avlod   ongiga   yuksak   tuyg‘ularni
singdirish, ularda ona-Vatanga muhabbat, go‘zal likga intilib yashash, uni asrash va
yaratishga   bo‘lgan   ishtiyoq   uyg‘otuvchi   kasb   egalari   hisoblanadilar.
Respublikamiz   Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov   bu   noyob   kasb   egalarining
imkoniyatlarini   chuqur   his   qilgan   holda,   yosh   avlodga   musiqiy   ta’lim   berish
zarurligiga   alohida   e’tibor   qaratib,   ularga   zarur   shart-sharoitlar   yaratib   berish
haqida maxsus farmon chiqardi. Unda ta’kidlanganidek, «Bolalar musiqa va san’at
MTMlarini zamonaviy o‘quv va musiqa anjomlari bilan ta’minlash» bugungi kun talablaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bolalar musiqa va san’at MTMlarining moddiy
va texnik bazasini mustahkamlash, ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha
2009–2014   hamda   2016-2021-yillarga   mo‘ljallangan   davlat   dasturini   tayyorlash
chora tadbirlari  rejalashtirildi. Bu vazifalarni  O‘zbekiston Respublikasi  prezidenti
farmoyishidan   kelib   chiqqan   holda   amalga   oshirish   lozimligi   ta’kidlab   o‘tildi.
Umumta’lim   hamda   MTMda   musiqa   fani   bo‘yicha   davlat   o‘quv   standartlari   va
dasturlarini,   darslik   va   metodik,   o‘quv   qo‘llanmalarini   zamonaviy   mezonlar
asosida   takomil lash tirish   zarurligi   ta’kidlanadi.   Musiqa   savodining   ahamiyati   va
vazifalari   MTMgacha   ta’lim   muassasasida   va   oilada   olib   boriladigan   barcha
tarbiyaviy ishlar, bu oliyjanob fazilatlarni yosh avlodda bog‘cha yoshidan boshlab
shakllantirishga bog‘liq. Darhaqiqat, musiqa savodini  o‘rganish bog‘cha yoshidan
boshlanadi.   Ko‘pgina   bolalar   MTMgacha   tarbiya   davrida   bog‘chaga   qatnab,
bog‘chadagi   musiqa   mashg‘ulotlarida   dastlabki   musiqaviy   malakalarni   hosil
qiladilar.   Ko‘pgina   qo‘shiqlar   va   o‘yinlarni   o‘rganib   olgan   hamda   ritm   va   raqs
harakatlari   bilan   tanishgan   bo‘ladilar.   Uyda   tarbiyalangan   bolalar   ham   muayyan
musiqaviy   tasavvurga   ega   bo‘ladilar:   radio   va   televideniya   orqali   eshittiriladigan
bir   qancha   musiqa   asarlari   ularga   tanish   bo‘ladi.   Garchi   ana   shu   bilimlar   bir
tizimga   solinmagan   bo‘lsa-da,   musiqa   rahbaribolalarda   musiqadan   nazariy
tushunchalar hosil  qilishda o‘sha bilimlarga ma’lum darajada suyanib ish ko‘rishi
mumkin.   Bolalar   muassasalarida   musiqa   ta’limiga   asos   solinadi,   shuning   uchun
musiqa   rahbari   ayniqsa   o‘qitish   metodikasini   yaxshi   bilishi,   bog‘cha   yoshidagi
kichik   bolalarning   yosh   va   individual   xususiyatlarini,   ularning   musiqa   va
qo‘shiqchilik imkoniyatlarini chuqur bilishi zarur. Musiqa ta’limini shartli ravishda
ikki   bosqichga   bo‘lish   mumkin.   Birinchisi,   tayyorlov   bosqichi.   Bundan
ko‘zlanadigan asosiy maqsad – bolalarning musiqa o‘quvini o‘stirishdir. Shu vaqt
mobaynida  bolalar   musiqa  tovushlarining  baland-pastligi  va  cho‘zimi  kabi  o‘ziga
xos   xusussiyatlarni   ajrata   bilishga   o‘rganishlari   va   nota   yozuvini   o‘rganishga
tayyorlanishlari   kerak.   Ikkinchi   bosqichda   nota   savodi,   ya’ni   bevosita   musiqa
tovushlarining   grafik   usulda   ifodalanishi   –   nota   yozuvini   o‘rganishga   kirishiladi.
Musiqa   mashg‘ulotlari   jarayonida   bola   hayotiy   voqelikni   musiqiy   obrazlar   orqali idrok  etib  boradi.  Bolalar  yoshiga   mos  musiqa   asarlari   kichkintoylarda  unutilmas
taassurot   qoldiradi,   ularning   ruhiy   dunyosini   boyitadi.   Bog‘cha   sharoitidagi
musiqaviy tarbiya badiiy adabiyot va tasviriy san’at bilan uzviy bog‘langan holda
amalga   oshiriladi.   Ashula   aytish   usuli,   janrdagi   musiqa   asarlari,   xususan,   syujetli
cholg‘u   pyesalarini   tinglash,   musiqaviy   o‘yinlar   bilan   shug‘ullanish   va   raqsga
tushish jarayonida musiqa  mashg‘ulotlari  ko‘pincha badiiy so‘z bilan belgilanadi.
Bola   badiiy   obrazlarni   yorqin   tasavvur   etishi   va   chuqur   idrok   qila   olishi   uchun
tasviriy   san’at   asarlaridan   unumli   foydalaniladi.   Turli   metodlardan   foydalanib
o‘tkaziladigan   har   bir   musiqa   mashg‘ulotlari   kichkintoylarda   badiiy   estetik   zavq
uyg‘otadi,   ularning   his-tuyg‘ularini   rivojlantiradi,   ijodiy  fikri   va  nutqini   o‘stiradi.
Bundan   tashqari,   musiqaviy   o‘yin   va   postanovkalar,   raqslar   bolalarda   ritm
tuyg‘usi,   chaqqonlik   va   harakatchanlik   malakalarini   rivojlantiradi   hamda
qomatning   to‘g‘ri   o‘sishiga   yordam   beradi.   Musiqa   uquv   qobiliyati   asosan
quyidagi   musiqa   uquv   turlaridan   iborat   bo‘ladi:   musiqaviy   uquvi,   musiqaviy
tovushlarning   baland-pastligini   his   etish   qobiliyati,   tembr   uquvi   (musiqa
tovushlarining   bir-biridan   farq   qiladigan,   o‘ziga   xos   jihatlarini   ajrata   bilish
qobilyati),   ritm   tuyg‘usi   va   musiqa   xotirasi.   Bolalar   bog‘chasida   olib   boriladigan
musiqa tarbiyasining asosiy maqsad va vazifalarini quyidagicha belgilash mumkin:
1.   Bolalarning musiqaga qiziqishini oshirish va uni sevishga o‘rgatish. 
2.   Musiqa   asarlari   bilan   tanishtirish   jarayonida   bolalarda   emotsional   his-
tuyg‘ularini hosil etish yo‘li bilan ularning musiqa haqidagi tasavvurlarini boyitib
borish. 
3.   Bolalarni  oddiy  musiqa  tushunchalari   bilan  tanishtirish,  musiqa  tinglash,
ashula   aytish,   musiqa   bilan   harakat   qilish,   raqsga   tushish   va   bolalarning   oddiy
musiqa asboblarida kuy chalish ko‘nikmalarini shakllantirish va ijodiy qobilyatini
o‘stirib borish. 
4.   Bolalar   ovozini   asrab   tarbiyalash,   ashula   aytishning   dastlabki
ko‘nikmalarini   hosil   etish,   qo‘shiqlarni   sodda,   ravon,   erkin,   tabiiy   va   ifodali
kuylashga o‘rgatish.  5.   Musiqa   asaralaridan   ta’sirlanish,   shu   asosda   bolalarda   musiqaviy   did   va
badiiy muhokama yuritish malakalarini rivojlantirish.    
6.   Turli   musiqa   mashg‘ulotlari   jarayonida   improvizatsiya   qilish   musiqadagi
badiiy   obrazni   o‘yin   va   xor   ovozlari   vositasida   ifoda   etish,   ma’lum   musiqaviy
mavzuga yangi o‘yin o‘ylab topish. 
7.   Musiqaviy   tarbiya   mashg‘ulotlarini   bog‘cha   hayoti   bilan   bog‘lash,
bog‘chada   o‘tkaziladigan   turli   mashg‘ulotlarda   va   marosimlarda   o‘rganilgan   kuy
va qo‘shiqlardan keng foydalanish, turli ertaliklar, konsertlar uyushtirish vositasida
musiqa   kundalik   hayotimizning   ajralmas   yo‘ldoshi   ekanligi   haqida   bolalarda
tushuncha hosil qilish. Musiqa bolaga har tomonlama yordam berib, tevarak atrofni
obrazli, emotsional idrok etish va bola xarakterning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatish
uchun musiqa tarbiyasining maqsadidan kelib chiqib, quyidagi vazifalar qo‘yiladi: 
1. Bolada musiqiy qobilyatni rivojlantirish.
2.   Bolalarni   ashula   aytish   va   musiqaviy   ritmik   malakalarga   o‘rgatilib,
ularda musiqani qabul qilishni his etish va tushunish qobilyatlarini tarbiyalash.
3. Bolada badiiy ijodiy qobilyatlarni rivojlantirish.
Musiqiylikning   rivojlanishi   tufayli   bolalar   musiqa   obrazlarini,   ularning
atrofdagi   qo‘shimcha,   obrazlarni   bolalar   yorqin   his   e ta   boshlaydilar.   Bu   esa,   o‘z
navbatida ularning tevarak-atrofni   bilishda, estetik baholanishni tarbiyalashda katta
ahamiyatga   ega.   Bolalarni   musiqa   bilan     shug‘ullantirishning   sababi   bola   musiqa
bilan shug‘ul lanmas dan, qo‘shiq aytish va musiqa – ritmik harakatlar qilish ko‘nik -
malarini   yuzaga   keltirib,   shu   soha   bilan  bog‘liq  bilimlarni   o‘zlashtirishi   mumkin.
MTMgacha   yoshdagi   bolalarga   va   tarbiya   berishning   o‘zaro   uzviy   bog‘langan
uchta metodi bor: 
1. Ko‘rgazmali metod.
2. So‘zlab berish metodi.
3. Amaliy faoliyat metodi.
Ko‘rgazmali metod.
1.   Eshitishga   asoslangan   ko‘rgazmali   metod.   Bunda   bolaga   o‘rga tish
bevosita   musiqa   bilan   bo‘ladi.   Musiqa   eshitish   maxsus   mashg‘ulot   paytida   yoki bola   tomonidan   qo‘shiq   va   musiqaviy   ritmik   harakat larning   ijro   etilishi.   2.
Ko‘rishga  asoslangan  ko‘rgazmalilik. Musiqa  sadolari  bilan  qo‘shib  olib boriladi.
Turli o‘yin, raqs, mashq harakat laridan namunalar ko‘rsatiladi.
So‘zlab berish metodi.
Bu   metod   bola   ongiga   mo‘ljallangan   bo‘lib,   uning   faoliyatini   ma’noli   va
mazmundor   qilishga   qaratiladi.   Bunda   pedagogning   so‘zi   musiqa   asarining
dasturini tushunib olishda bolaga yordam beradi. Uning tassavvurini jonlantiradi.
So‘zlab berish metodining quyidagi usullari bor: 
1.   Tushuntirish   –   yangi   asarni   tinglash,   qo‘shiq   aytish,   o‘yin   va   raqslarni
qo‘shib, mashq qilish davomida o'ynalaniladi. 
2.   Izohlash –  izohlar ijro, raqs, mashq harakatlarini, qo‘shiq aytishning turli
yo‘llarini ko‘rsatishda qisqa va aniq shaklda beriladi. 
3.   Ko‘rsatma   berish   –   bolalar   o‘yini   raqs   va   mashqlarni   bajarayotgan
paytda beriladi. Masalan: o‘ng yelka tomondan aylanish kerak, oyoq barmoqlarini
pastga cho‘zish kabi. 
Amaliy faoliyat metodi.  Bu faoliyatda bolalarga qo‘shiq aytish va musiqali
ritmik   harakatlarni   bajarishda   shunday   rahbarlik   qilish   kerakki,   ular   topshiriqni
mumkin qadar ta’sirli va ifodali bajarishga intilsin. Bolalarni o‘rgatish jarayonida
yosh   xususiyatlarini   hisobga   olib   topshiriqlarni   asta-sekin   murakkablashtirish
mumkin.
Bolalar bog‘chasida bolalarni musiqaga o‘rgatish bosqichlari 
1-bosqich:   Musiqa   asari   bilan   dastlabki   tanishtirish;   Yangi   qo‘shiqni   o‘rgatish
jarayonida pedagog turli musiqa asboblarda chaldirib, kuyni o‘zaro taqqoslaydi va
shu yo‘l bilan uni xotirasida qoldiradi.
2-bosqich:   Qo‘shiq   va   musiqa   ritmik   harakatlarini   ijro   eta   olish   ko‘nikmalari
bo‘lishini shakllantirish. 
3-bosqich:   Ko‘nikmalar   hosil   qilish   va   mustahkamlash.   Bunda   topshi riqni
avtomatik ravishda bajara oladigan qo‘shiq, o‘yin va raqsni mustaqil ijro etadigan
darajada   musiqa   ta’limini   berish,   turli   metodik   usullarning   barchasidan
foydalanishni taqozo etadi. Musiqani   tinglay   bilish   va   undan   estetik   zavqlana   olish   ham   katta   san’at
hisoblanadi.   Kishida   musiqa   tinglash   madaniyati   yoshligidan   rivojlana   boshlaydi.
Bog‘chada   amalga   oshiriladigan   musiqa   tinglash   esa   uning   poydevoridir.   Zotan
bola musiqa mashg‘ulotlarining barcha elementlari jarayonida ham musiqa tinglab,
uni   idrok   etadi.   Ammo   mashg‘ulotning   musiqa   tinglash   qismi   oldida   o‘ziga   xos
jiddiy   vazifalar   turadi.   Avvalo   shuni   eslatish   lozimki,   kishining   kuylash
imkoniyatidan ko‘ra tinglash imkoniyati ancha keng bo‘ladi. Masalan: orkestr, xor,
yakka   cholg‘u   ijrosidagi   asarlarni   kuylab   emas,   balki   faqat   tinglab,   idrok   etish
mumkin,   xolos.   Shuning   uchun   olimlar   musiqaviy   tarbiya   jara yonida   musiqa
tinglashga   alohida   e’tibor   qaratishadi.   Chunki   kishi   musiqa   madaniyatining
shakllanishi   va   rivojlanishida   musiqa   tinglash,   malaka,   ko‘nikmalari   katta   rol
o‘ynaydi.   Musiqa   tinglashda   bolalarning   badiiy   idroki   yaxshi   rivojlanib   boradi.
Mashg‘ulotning musiqa tinglash qismi oldida quyidagi vazifalar turadi:
1) bolalarni o‘z idrokiga mos xalq klassik va zamonaviy musiqa namunalari
bilan   tanishtirib   borish;   2)   bolalarning   musiqani   idrok   qilish   qobilyatlarini
rivojlantirib borish; Musiqa haqida boshlang‘ich ma’lumotlar berishni o‘rgatadigan
asarlar   nomlarini   eslashga,   ularning   mazmuni,   xarakteri   va   ifoda   vositalarining
farqiga   borishga   hamda   tinglagan   asarlariga   ma’lum   miqdorda   badiiy   baho   bera
olishga   o‘rga tish.   Kichik   guruh   bolalarning   diqqati   uncha   barqaror   bo‘lmaganligi
tufayli   ular   yorqin   yangraydigan   kichik-kichik   musiqa   asarlarini   idrok   etishga
qobil   bo‘ladilar.   Ular   ayniqsa,   kichik   qo‘shiqlarni   yaxshi   idrok   etadilar.   Chunki,
so‘z   va   ohang   birligi   musiqa   mazmunini   oson   idrok   etishga   yordam   beradi.
Xususan,   tarbiyachi   ashula   aytganda   uning   tanish   ovozi   va   ifodalash   intonatsiya
mimikasi   va   ishoralari   bolalarni   maftun   etadi.   Shu   vaqtda   bolalarda   hosil
bo‘ladigan   zavqlanish,   ajablanish,   quvonish   holatlarini   kuzatish   mumkin.   Ammo
bu   holatlar   tez   uyg‘onib,   tez   so‘nadi.   4–5   yoshli   bolalarda   diqqat   e’tiborning   bir
muncha   emotsional   turg‘unligi   vujudga   keladi.   Ular   raqs   tipidagi   kuylarni   jonli,
ba’zan   jo‘shqin   holatda   idrok   etadilar.   Yengil,   kuychan   musiqalarni   birmuncha
xotirjam   idrok   etadilar.   Bu   yoshdagi   bolalarda   musiqa   mazmuni   va   xarakterini
bilishga   ayniqsa,   unda   nima   haqida   hikoya   etilishini   bilishga   qiziqish   paydo bo‘ladi. Shuning uchun ularda musiqa xotirasi ancha faol rivojlana borib, tinglagan
musiqa haqida o‘z taassurotlarini hikoya qilib berish ishtiyoqi paydo bo‘ladi.
5–6   yoshli   bolalarda   esa   erkin,   ixtiyoriy   tarzdagi   diqqat   e’tibor   shakllanib,
musiqani   diqqatni   yig‘ib   tinglash,   uning   ayrim   detallarini   anglab   olish   qobilyati
rivojlangan   bo‘ladi.   Ularda   musiqaga   qiziqish   ko‘proq   sevimli   asarlarni   takror-
takror   tinglash  jarayonini   yaxshi   rivojlanadi.  Ular  musiqadagi  umumiy kayfiyatni
yaxshi   sezib,   asarda   badiiy   obrazning   rivojlanib   borishini   kuzatishni   o‘rganib
boradilar.  Yangi  asar  bilan  ilk bor  tanishtirishga  tarbiyachining qisqa  va  qiziqarli
tushuntiruv so‘zi katta rol o‘ynaydi. Cholg‘u kuylari xarakteri va badiiy mazmuni
haqida bolalarga tushuncha berilsa, ular asarni yaxshi idrok etadilar. Asarni 2 – 3
mashg‘ulot   davomida   takroran   tinglash   shart.   Chunki,   har   bir   tinglashda   bola
uchun asarning yangi-yangi qirralari namoyon bo‘ladi va asarga nisbatan ularning
muhabbati   oshib   boradi.   Bog‘chaning   tayyorlov   guruhlarida   bola   o‘z   yoshiga
muvofiq musiqa asarini to‘la idrok etishga qodir bo‘ladi. Bog‘chada olingan bilim
zaxirasida   malaka   va   ko‘nikmasi,   musiqa   turlari   va   uning   xarakteri   farqiga
borishga   yordam   beradi.   Shunday   qilib,   dasturda   ko‘zda   tutilgan   va   bolaning
musiqa   madaniyati   rivojlanishida   kelajakda   asosiy   rol   o‘ynaydigan   uch   faktor
amalga oshadi.
1.   Musiqaga   qiziqish   musiqa   asarlarini   ishtiyoq   bilan   tinglash   va   ularni
eslash, olingan taassurotlarni o‘ylash. 2. Musiqa tinglashga turg‘un diqqat-e’tiborni
va   tinglash   madaniyati   boshlang‘ich   elemental rining   shakllanishi.   3.   Musiqiy
didining   shakllanishi,   musiqa   asarlariga   badiiy   baho   bera   olish.   Turli   guruhlarda
musiqa tinglashning nazariy uslubiy vazifalari:
1. Musiqa tinglash orqali bolalarda his-tuyg‘ularini rivojlantirish.
2. Boshlang‘ich musiqa tinglash tushunchalarini rivojlantirish.
Musiqa   darsida   qo‘llaniladigan   bolalar   cholg‘u   asboblari   ikki   turga
bo‘linadi:   kuychan   va   kuychan   bo‘lmagan   cholg‘u   asboblar.   Kuychan   cholg‘u
asboblarga:   metallafon   va   ksilafon;   kuychan   bo‘lmagan   cholg‘u   asboblarga:
doirachalar,   rumbalar,   marakasalar,   uchburchaklar,   qo‘g‘ir choq chalar,
shaqildoqlar,   barabanchalar,   yog‘och   qoshiqlar   kiradi.   Mana   shu   musiqa asboblardan tuzilgan: 1. Orkestr – turli cholg‘ularda chaluvchi ko‘p sozandalardan
tuziladi.
2.   Dirij yo r   –   orkestrga   rahbarlik   qiladi   3.   Ansambl   –   turli   cholg‘ularda
chaluvchi   sozandalardan   tuziladi   4.   Solist   –   yakkaxon   sozanda   yoki   yakkaxon
xonanda bo‘lishi   mumkin.   Adabiyotlar:
1. G.SHaripova, Sh. Yakubova. MTMgacha ta’lim  muassasalarda musiqa o`qitish 
metodikasi.Toshkent. 2007
2.D.Soipova “Musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi”
3..B.Boltayev “MTMgacha ta’lim muassasalarida musiqa mash’gulotlari”
4. .“Bolajon” tayanch dasturi :Toshkent.-2016
1. A.   Zimina   Osnova   muzыkalnogo   vospitaniya   i   razvitiya   ditey   mladщego
vozrosta. M., 2000 g.
2. M.S.Osenneva”Teoriya   i   metodika   muzikalnogo   vospitaniya”:”Akademiya”
Moskva. 2012 . 
3. Gogoberidze   A.G.   “Teoriya   i   metodika   muzыkalnogo   vospitaniya   detey
doshkolnogo vozrasta”: 
4. И. Ю.  Дьяченко.   “ Теория и методика музыкального вос питания”
5. RadыnovaO. Nastroyeniya, chustva v muzыke. M;2009

MTMgacha ta’lim muassasalarida musiqa mash-g’ulotlarning maqsad va vazifalari. Reja 1 . Musiqa san’atining hayotdagi o‘rni va roli. 2. MTMgacha ta’lim muassasalaridagi musiqa ta’lim-tarbiyasining maqsad va vazifalarining ahamiyati 3. Bolada musiqiy qobilyatni rivojlantirish. 4. MTM da bolalarni musiqaga o‘rgatish bosqichlari.

Musiqa madaniy hayotimizda keng o'rin tutgan, inson shaxsiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san’at turidir. Musiqa tarbiyasi, nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo‘lib, atrofdagi go‘zal narsalarni to‘g‘ri idrok etishga va qadrlashga urgatadi. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiradi va ma’naviy dunyoqarashini shakllantiradi. Musiqa inson hissiyotiga kuchli ta’sir kursatish imkoniyatiga ega bo‘lib, o‘quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va goyaviy-axloqiy tarbiyalashning muhim vositasidir. Milliy madaniyatimiz bobokaloni Abu-Nosir al-Forobiy «Bu fan tanning sogligi uchun foydalidir», degan edi. Bobomiz Shayx Sa’diy aytgan edi: «Musiqa odam ruhining yo‘ldoshidir». Musiqa insonga tez ta’sir etuvchi emotsional hissiyotni faol rivojlantiruvchi vositadir. Inson musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, umrbod musiqadan zavq topadi va madad oladi. Musiqa inson ruhiyatining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Musiqadan turli ozuqa olish uchun inson yuksak mada niyatli, sof qalb egasi, go‘zallikni his eta oladigan, o‘z kasbiga, ona Vataniga mehr qo‘ygan bo‘lishi kerak. Shu bois o‘quvchilarda inson ma’naviyatining tarkibiy qismi bo‘lgan musiqa madaniyatini tarbiya lash, musiqa tarbiyasining bosh maqsadi bo‘lib turadi. Bu oliy maqsadni amalga oshirish uchun musiqa rahbarsining oldiga qo‘yilgan vazifalari quyidagilardir: 1. Musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqish va muhabbatni oshirish. 2. Musiqiy faoliyatlar jarayoni badiiy ijodkorlik va his-tuygularni rivojlantirish. 3. Asarlarning badiiy-g‘oyaviy mazmuni vositasida axloqiy-estetik tarbiyalash. 4. Musiqa darslarida kasb-hunar va mehnatga nisbatan o‘quvchi larda ishtiyoq uyg‘otish kabi ishlarni amalga oshirish kerak. Mazkur maqsad va vazifalarni amalga oshirish rahbarning professional va axloqiy qiyofasiga bog‘liq. Har qanday san’atkor ham MTMda musiqa darslarni olib borolmaydi. Buning uchun, musiqa rahbari o'z kasbiga va bolalarga mehr qo‘ygan yuksak madaniyatli, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan shaxs bo‘lmog‘i lozim. U pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi, etika va estetika

nazariyasi, musiqa nazariyasinning amaliy sohalaridan, musiqa o‘qitish metodikasi fan laridan chuqur bilimga ega bo‘lmogi kerak. Musiqa rahbari musiqa san’atining nazariy va amaliy sohalaridan yetarli darajada bilim, ko‘nikma va tajribaga ega bo‘lishi lozim. Ya’ni u ham cholg‘uchi, xonanda, xor dirijyori, jurnavozchi, musiqa nazariyotchisi va amaliyot chisi sifatida ish ko‘rmogi lozim. Musiqa rahbarsining ijodkorligi shundaki, u bir soatlik darsga senariy muallifi, uning ijrochisi va rejissyori sifatida ish tutadi. Shu bois musiqa darsi san’at darsi deyiladi. MTM hayotida musiqa rahbarining faoliyat miqyosi kengdir. Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasi turlarini tashkil etish va boshqarish, MTMda musiqa tarbiyasining ommaviy shakllarini (san’atkorlar bilan uchrashuvlar, leksiya- konsertlar, shoirlar bilan uchrashuvlar, «Navruz» bayramlari, «Alifbe» bayramlari, «Musiqa haftaliklari», «O'zbekiston – vatanim manim», «Ilhom chashmalari» ko‘rik tanlovlari, bayramlarni) uyushtirish musiqa rahbarizimmasida vazifadir. Shu bilan birga, MTMdan tashqari musiqa tarbiyasi markazlari (bolalar musiqa MTMlari, o‘quvchilar saroylari, bolalar teatri) bilan aloqada bo‘lib, iqtidorli o‘quvchilarni ularga jalb etish va ularning faoliyatini MTM hayotida qo‘llash ham musiqa rahbarsining zimmasidadir. Istiqlol sharofati bilan yurtimizda «Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot barpo etish» yo‘lidan borar ekanmiz, jamiyatimizning barcha sohalari da tu b o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. O‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama mukammal inson qilib tarbiyalash hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib turgan bir paytda, xususan, talantlarga pedagogik mahorat sirlarini o‘rgatib borish o‘ta zarurligini hayot taqozo etadi. Bo‘lajak musiqa mutaxassislari yosh avlod ongiga yuksak tuyg‘ularni singdirish, ularda ona-Vatanga muhabbat, go‘zal likga intilib yashash, uni asrash va yaratishga bo‘lgan ishtiyoq uyg‘otuvchi kasb egalari hisoblanadilar. Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov bu noyob kasb egalarining imkoniyatlarini chuqur his qilgan holda, yosh avlodga musiqiy ta’lim berish zarurligiga alohida e’tibor qaratib, ularga zarur shart-sharoitlar yaratib berish haqida maxsus farmon chiqardi. Unda ta’kidlanganidek, «Bolalar musiqa va san’at MTMlarini zamonaviy o‘quv va musiqa anjomlari bilan ta’minlash» bugungi kun

talablaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bolalar musiqa va san’at MTMlarining moddiy va texnik bazasini mustahkamlash, ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009–2014 hamda 2016-2021-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturini tayyorlash chora tadbirlari rejalashtirildi. Bu vazifalarni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti farmoyishidan kelib chiqqan holda amalga oshirish lozimligi ta’kidlab o‘tildi. Umumta’lim hamda MTMda musiqa fani bo‘yicha davlat o‘quv standartlari va dasturlarini, darslik va metodik, o‘quv qo‘llanmalarini zamonaviy mezonlar asosida takomil lash tirish zarurligi ta’kidlanadi. Musiqa savodining ahamiyati va vazifalari MTMgacha ta’lim muassasasida va oilada olib boriladigan barcha tarbiyaviy ishlar, bu oliyjanob fazilatlarni yosh avlodda bog‘cha yoshidan boshlab shakllantirishga bog‘liq. Darhaqiqat, musiqa savodini o‘rganish bog‘cha yoshidan boshlanadi. Ko‘pgina bolalar MTMgacha tarbiya davrida bog‘chaga qatnab, bog‘chadagi musiqa mashg‘ulotlarida dastlabki musiqaviy malakalarni hosil qiladilar. Ko‘pgina qo‘shiqlar va o‘yinlarni o‘rganib olgan hamda ritm va raqs harakatlari bilan tanishgan bo‘ladilar. Uyda tarbiyalangan bolalar ham muayyan musiqaviy tasavvurga ega bo‘ladilar: radio va televideniya orqali eshittiriladigan bir qancha musiqa asarlari ularga tanish bo‘ladi. Garchi ana shu bilimlar bir tizimga solinmagan bo‘lsa-da, musiqa rahbaribolalarda musiqadan nazariy tushunchalar hosil qilishda o‘sha bilimlarga ma’lum darajada suyanib ish ko‘rishi mumkin. Bolalar muassasalarida musiqa ta’limiga asos solinadi, shuning uchun musiqa rahbari ayniqsa o‘qitish metodikasini yaxshi bilishi, bog‘cha yoshidagi kichik bolalarning yosh va individual xususiyatlarini, ularning musiqa va qo‘shiqchilik imkoniyatlarini chuqur bilishi zarur. Musiqa ta’limini shartli ravishda ikki bosqichga bo‘lish mumkin. Birinchisi, tayyorlov bosqichi. Bundan ko‘zlanadigan asosiy maqsad – bolalarning musiqa o‘quvini o‘stirishdir. Shu vaqt mobaynida bolalar musiqa tovushlarining baland-pastligi va cho‘zimi kabi o‘ziga xos xusussiyatlarni ajrata bilishga o‘rganishlari va nota yozuvini o‘rganishga tayyorlanishlari kerak. Ikkinchi bosqichda nota savodi, ya’ni bevosita musiqa tovushlarining grafik usulda ifodalanishi – nota yozuvini o‘rganishga kirishiladi. Musiqa mashg‘ulotlari jarayonida bola hayotiy voqelikni musiqiy obrazlar orqali

idrok etib boradi. Bolalar yoshiga mos musiqa asarlari kichkintoylarda unutilmas taassurot qoldiradi, ularning ruhiy dunyosini boyitadi. Bog‘cha sharoitidagi musiqaviy tarbiya badiiy adabiyot va tasviriy san’at bilan uzviy bog‘langan holda amalga oshiriladi. Ashula aytish usuli, janrdagi musiqa asarlari, xususan, syujetli cholg‘u pyesalarini tinglash, musiqaviy o‘yinlar bilan shug‘ullanish va raqsga tushish jarayonida musiqa mashg‘ulotlari ko‘pincha badiiy so‘z bilan belgilanadi. Bola badiiy obrazlarni yorqin tasavvur etishi va chuqur idrok qila olishi uchun tasviriy san’at asarlaridan unumli foydalaniladi. Turli metodlardan foydalanib o‘tkaziladigan har bir musiqa mashg‘ulotlari kichkintoylarda badiiy estetik zavq uyg‘otadi, ularning his-tuyg‘ularini rivojlantiradi, ijodiy fikri va nutqini o‘stiradi. Bundan tashqari, musiqaviy o‘yin va postanovkalar, raqslar bolalarda ritm tuyg‘usi, chaqqonlik va harakatchanlik malakalarini rivojlantiradi hamda qomatning to‘g‘ri o‘sishiga yordam beradi. Musiqa uquv qobiliyati asosan quyidagi musiqa uquv turlaridan iborat bo‘ladi: musiqaviy uquvi, musiqaviy tovushlarning baland-pastligini his etish qobiliyati, tembr uquvi (musiqa tovushlarining bir-biridan farq qiladigan, o‘ziga xos jihatlarini ajrata bilish qobilyati), ritm tuyg‘usi va musiqa xotirasi. Bolalar bog‘chasida olib boriladigan musiqa tarbiyasining asosiy maqsad va vazifalarini quyidagicha belgilash mumkin: 1. Bolalarning musiqaga qiziqishini oshirish va uni sevishga o‘rgatish. 2. Musiqa asarlari bilan tanishtirish jarayonida bolalarda emotsional his- tuyg‘ularini hosil etish yo‘li bilan ularning musiqa haqidagi tasavvurlarini boyitib borish. 3. Bolalarni oddiy musiqa tushunchalari bilan tanishtirish, musiqa tinglash, ashula aytish, musiqa bilan harakat qilish, raqsga tushish va bolalarning oddiy musiqa asboblarida kuy chalish ko‘nikmalarini shakllantirish va ijodiy qobilyatini o‘stirib borish. 4. Bolalar ovozini asrab tarbiyalash, ashula aytishning dastlabki ko‘nikmalarini hosil etish, qo‘shiqlarni sodda, ravon, erkin, tabiiy va ifodali kuylashga o‘rgatish.