logo

Umumta'lim maktablarda “Umid nihollari” sport musobaqasini tashkil qilish, siniflar kesimida

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

182.3671875 KB
Umumta'lim maktablarda “Umid nihollari” sport musobaqasini tashkil qilish, siniflar
kesimida
Reja
1. “Umid nihollari” sport musobaqasini tashkil qilish  
2. “Umid nihollari” sport musobaqasi turlari. 
3. O’zbekiston respublikasi vazirlar maxkamasining qarori.   "UMID   NIHOLLARI"   SPORT   O‘YINLARI   -   O‘zbekistonning   umumiy   o‘rta   ta lim   vaʼ
bolalar-o‘smirlar   sport   maktablari   o‘quvchilari   o‘rtasida   o‘tkaziladigan   ommaviy   sport
musobaqalari.
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   "O‘zbekiston   Respublikasi
mustaqilligining 10 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida"gi (2001-
y.   19-yanvar)   qarori   asosida   tashkil   etilgan   hamda   "O‘quvchi   va   talaba   yoshlarni   sportga   jalb
qilishga  qaratilgan  uzluk-siz sport musobaqalari  tizimini  tashkil  etish to‘g‘risida"gi  (2003-y. 3-
iyun) qaroriga binoan bu o‘yinlarning respublika final bosqichlari 3 yilda bir marta  o‘tkazilishi
belgilangan.
Maqsadi   —   umumiy   o‘rta   ta lim   va   bolalar-o‘smirlar   sport   maktablari   o‘quvchilarini	
ʼ
jismonan yetuk, axloqan  barkamol  hamda  vatanga  sadoqat ruhida tarbiyalash, iqtidorli  sportchi
yoshlarni nufuzli musobaqalarga tayyorlash, yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni yana-
da ommalashtirish.
"Umid nihollari  sport o‘yinlari" s.o‘.da badiiy gimnastika, basketbol. voleybol, gandbol,
yengil   atletika,   sport   gimnastikasi.   stol   tennisi,   suzish,   tennis,   futbol   kabi   olimpi-ada   o‘yinlari
dasturiga   kirgan   va   shax-mat,   belbog‘li   kurash,   kurash   singari   ommalashgan   sport   turlari
bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi.
Saralash   muso-baqalari   umumiy   o‘rta   ta lim   va   bolalar-o‘smirdar   sport   maktablari,	
ʼ
tuman, shahar va viloyatlarda, respublika final bosqichi bitta hududda tantanali ravishda tashkil
etiladi.
Birinchi   "Umid   nihollari   sport   o‘yinlari"   s.o‘.ning   respublika   final   bosqichi   Farg‘ona
(2002),   ikkinchisi   Xorazm   (2003)   viloyatlarida   bo‘lib   o‘tdi.   Ikkinchi   "Umid   nihollari   sport
o‘yinlari"   s.o‘.   saralash   musobaqalarida   4   mln.dan   ziyod,   uning   final   bosqichida   2114   nafar
o‘quvchi qatnashdi (2003).
–   “Umid nihollari”   sport musobaqasi 7-18 yoshgacha, ya’ni umumiy o‘rta ta’lim maktablari va
akademik litseylarning I-II kurslari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi 
-   Jumladan,   1-bosqich   sentyabr   oyida   bo‘lib,   har   bir   sinf   va   kursning   sport   turlari   bo‘yicha
jamoasini   shakllantirish,   sentyabr-oktyabr   oylarida   sinf   va   kurs   jamoalari   o‘rtasida
musobaqaning   ta’lim   muassasasi   bosqichini   o‘tkazish   hamda   g‘olib   jamoalardan   ta’lim
muassasasining   sport   turlari   bo‘yicha   terma   jamoasini   shakllantirishdan   boshlanadi.
Musobaqaning   quyi   bosqichini   o‘tkazishga   ta’lim   muassasasi   direktori   va   tuman,   shahar   xalq
ta’limi bo‘limi, jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari mas’ul etib belgilangan.
2-bosqich   noyabr   oyida   tashkil   etilib,   ta’lim   muassasalarining   terma   jamoalari   o‘rtasida
musobaqaning tuman,  shahar, bosqichini  o‘tkazish va g‘olib jamoalarni  aniqlash  hamda shahar
va tumanlarning sport turlari bo‘yicha terma jamoasini shakllantirishdan iborat.
3-bosqich   mart-aprel   oylarida   o‘tkaziladi.   Unda   musobaqaning   2-bosqichida   g‘olib   bo‘lgan
terma   jamoalar   o‘rtasida   musobaqaning   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi,   viloyatlar   va   Toshkent
shahar   bosqichi   o‘tkaziladi.   Folib   jamoalardan   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi,   viloyatlar   va
Toshkent shahrining sport turlari bo‘yicha terma jamoasi shakllantiriladi.
4-bosqich   may   oyida   bo‘lib   o‘tadi.   Unda   musobaqaning   3-bosqichida   g‘olib   bo‘lgan   terma
jamoalar   o‘rtasida   musobaqaning   respublika   final   bosqichi   o‘tkaziladi   va   g‘olib   jamoalar
aniqlanadi .
2019   yilda   bo‘lib   o‘tadigan   “Barkamol   avlod”   va   “Universiada”   sport   musobaqasining   futbol,
gandbol, suzish hamda stol tennisi final bosqichiga viloyatimizdagi “Dinamo” stadioni, SamDU
qoshidagi   akademik   litsey   sport   zali,   “Delfin”   suv   sport   saroyi   va   yengil   atletikaga
ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi tayyor holga keltirilmoqda. Unda sportning 12 ta turi stol tennisi, basketbol, stritbol, voleybol, gandbol, futbol, kurash,    
shaxmat, badminton, badiiy va sport gimnastikasi uzoq va yaqin masofaga yugurish, balandlikka
va uzunlikka sakrash bo‘yicha yigit-qizlar o‘zaro estafetalarda bellashdi.
  864 25.10.2018   O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
O‘QUVCHI VA TALABA YOSHLAR O‘RTASIDA O‘TKAZILADIGAN RESPUBLIKA
SPORT   MUSOBAQALARI   TIZIMINI   YANADA   TAKOMILLASHTIRISH
TO‘G‘RISIDA
Yoshlarda   sportga   bo‘lgan   havas   va   intilishni,   jamiyatda   sog‘lom   turmush   tarzi
tamoyillarini   yanada   kuchaytirish,   yosh   iqtidorli   sportchilarni   tanlab   olish,   ularda   professional
mahorat va ko‘nikmalarni rivojlantirish, sport turlari bo‘yicha mamlakat terma jamoalariga sport
zaxirasini   tayyorlash,   o‘quvchi   va   talabalarni   sport   mashg‘ulotlariga   uzluksiz   jalb   etishga
qaratilgan  sport musobaqalari tizimini  yanada takomillashtirish maqsadida  Vazirlar Mahkamasi
qaror qiladi:
1. O‘zbekiston  Respublikasi  Jismoniy tarbiya  va sport vazirligi,  Xalq ta’limi  vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim  vazirligi,  O‘zbekiston Milliy olimpiya  qo‘mitasi,  Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:
a)   umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablari   hamda   akademik   litseylar   o‘quvchilari   o‘rtasida
“Umid   nihollari”   sport   musobaqalarining   final   bosqichini   har   uch   yilda   bir   marta
Qoraqalpog‘iston   Respublikasining   Nukus   shahrida,   viloyat   markazlarida   hamda   Toshkent
shahrida o‘tkazish;
a)   “Umid   nihollari”   sport   musobaqalari   O‘zbekiston   Respublikasi   Xalq   ta’limi   vazirligi
hamda   Jismoniy   tarbiya   va   sport   vazirligi,   O‘zbekiston   “Yoshlik”   jismoniy   tarbiya   va   sport
jamiyati   Markaziy   kengashiga   jismoniy   tarbiya   va   sport   tadbirlariga   ajratiladigan   budjet
mablag‘lari doirasida, shuningdek xomiylik xayriyalari va budjetdan tashqari mablag‘larini jalb
etgan   holda   o‘tkazilishi,   g‘oliblikni   ko‘lga   kiritgan   ishtirokchilarni   1,   2   va   3-darajali   diplom,
medal, kubok, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlash hamda musobaqalarning final bosqichida g‘olib
bo‘lgan   jamoalarga   “Prezident   sovg‘asi”   sifatida   respublikada   ishlab   chiqarilgan   yengil
avtomobil sovg‘a qilish; Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-oktabrdagi 864-son   qaroriga
1-ILOVA
 “Umid nihollari” sport musobaqalarini o‘tkazish
SXEMASI
“Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” sport musobaqalarida o‘tkaziladigan
sport turlari
RO‘YXATI
T/r “Umid nihollari”
sport musobaqalariga
kiritilgan sport turlari nomi “Barkamol avlod” sport
musobaqalariga
kiritilgan sport turlari
nomi “Universiada”
sport musobaqalariga
kiritilgan sport turlari
nomi
1 ― 4
sinflar 5 ― 11 sinflar
1. Mini-futbol Badminton Badminton Badminton
2. Yengil
atletika Basketbol Basketbol Basketbol
3. Shaxmat Voleybol Voleybol Voleybol
4. Shashka Gandbol Gandbol Gandbol
5. Badiiy
gimnastika Futbol Futbol Futbol
6. Yengil atletika Yengil atletika Yengil atletika
7. Stol tennisi Stol tennisi Stol tennisi
8. Shaxmat Shaxmat Shaxmat
9. Shashka Shashka Shashka
10. Kurash Kurash Kurash
11. Sport gimnastikasi Belbog‘li kurash Belbog‘li kurash
12. Badiiy gimnastika Dzyudo Dzyudo Tayanch iboralar:  davlat dasturi, soatlar setkasi, choraklarga tasdiklash, yillik reja, har bir
darsga   tuziladigan   o’quv   ishchi   reja   kengaytirlgan   dars   konspekt,   kambutlangan   maktablarda
o’quv   ishlarini   rejalashtirish,   Prezidentimizning   2002   yil   24   oktyabrdagi   «Bolalar   sportini
rivojlantirish va jamgarmasini tuzish to’g’risida»gi farmoish maqsadi.
Maktab   oldida   turgan   jismoniy   tarbiya   soxasidagi   vazifalarni   muvafakiyatli   hal   etishda
mazkur ishni to’g’ri rejalashtirish va hisobga olish muhim ahamiyatga ega. To’g’ri rejalashtirish
barchao’quv   ishlarni,   maktabning   ommaviy   jismoniy   tarbiya   va   sport   ishlarlni   anik   tashkil
etishga yordam beradi.
Maktabda quydagi rejalar tuziladi:
a) maktabning   bir   yilga   mo’ljallangan   jismoniy   tarbiya   va
sportga oid umumiy ish rejasi.
b) har   bir   sinf   uchun   jismoniy   tarbiya   bo’yicha   o’quv   ishlari   rejasi.
Bir   yilga   mo’ljallangan   umumiy   ishreja   jismoniy   tarbiya   o’qituvchisi,   u   bo’lmaganida   maktab
o’qituvchilarining biri tomonidan tuziladi.
Ish reja pedagogik kengashda muxokama qilinadi, va tasdiqlanadi.
Ilmiy yillik reja maktabdagi jismoniy tarbiya ishi bilan bog’lik bo’lgan barcha masalalar
ko’zda   tutiladi:   o’quv   ishlari,   o’quv   kuni   rejimidagi   jismoniy   tarbiya   tadbirlari   sinfdan
tashkari   ish   va   jismoniy   tarbiya   tadbirlarini   o’tkazish   shifokor   nazorati,   moddiy   ta’minlash
jismoniy tarbiya  va sportni targ’ib qilish.
Umumiy yillik ish rejada o’quv ishi masalalari faqat umumiy tarzda aks etadi.
O’quv   ishi   dars   olib   boruvchi   o’qituvchi   tomonidan   har   bir   sinf   uchun   alohida
tuzilganda, batafsil rejalashtiriladi. Maktabning umumiy yillik rejasida o’quv kuni rejimidagi
jismoniy   tarbiya   tadbirlari   aks   ettiriladi.   Masalan:   gimnastika   mashg’uloti   o’tkaziladigan
bo’lsa,  mashg’ulotlarigacha   o’tkazish  o’rni   davom  etish   vaqti   o’tkazish   tartibi  mashg’ulotni
boshqarish  kompleksi,   tuzuvchi  shaxs  bu  tadbirda   maktab  pedagogika   jamoasining   ishtiroki
ko’zda tutiladi.
Tanafuslarni tashkil etishda dam olish bolalarning ovqatlanishi tartibi ommaviy  jismoniy
tarbiya   tadbirlari   belgilanadi,   tanafuslarni   tashkil   etish   va   o’tkazishga   javobgar   shaxslar
tayinlanadi, rejada shuningdek darslarda  jismoniy tarbiya  minutlarini tashkil etish va o’tkazish
tartibi ko’zda tutiladi va nomunali dasturlarni kim tayyorlashi ko’rsatiladi.
Sinfdan   tashqari   ish   bo’yicha   rejada   avvalo   tugarak   yoki   jismoniy   tarbiya   jamoasiga
aloqodor   bo’lgan   barcha   narsa   sinflarda   jismoniy   tarbiya   tashkilotchisi   va   maktab   kengashi
qachon saylanishi jismoniy tarbiya to’garagini kim boshqarish qanday to’garaklar tashkil etishi,
to’garak mashg’ulotlari qayerda va qachon bo’lishi aks etadi, rejada sport musobaqalari sayrlar,
ekskursiyalar,   o’yinlar   ko’zda   tutiladi.   Ularni   o’tkazish   muddati   va   bu   tadbirlarni   o’tkazishga
javobgar   shaxslar   ko’rsatiladi.   Rejada   turistik   poxodlarning   mashg’ulotlari   va   muddati   ularga
tayyorgarlik ishlari ham aks etgan bo’ladi. Maktabning jismoniy tarbiyaga oid yillik ish rejaida
o’quvchilarni medisina ko’rigidan o’tkazish muddati va tartibi belgilab kuyiladi.
Ko’rikdan dastlab birinchi sinf o’quvchilari sung esa utgan o’quv yilida jismonan zaif deb
topilgan bolalar hamma sinfda utadilar.
Keyin   ikkinchi   va   uchinchi   sinf   o’quvchilari   tekshiriladi.   Mazkur   rejada   sog’ligining
yomonligi   tufayli   maxsus   medisina   gruppaga   o’tkazgan   bolalarni   qayta   ko’rikdan   o’tkazish
muddatlari   belgilangan   bo’lishi   kerak.   Shifokor   medisina   ko’rigi   natijalari   haqida   maktab
pedagogika soveti va ota-onalar majlisida maruza qiladi.
Maktabdagi to’laqonli jismoniy tarbiya ishi mashg’ulot o’rnining yaxshi jihozlanishi zarur.
Sport   jixozlarini   sotib   olish   va   tayyorlashni   talab   qilada.   Shuning   uchun   ish   rejaida   byudjet
mablag’i   hisobiga   sport   sport   jixozlari   va   jihozlar   sotib   olib,   ularni   o’quvchilar,   ota-onalar   va
otaliqqa oluvchilar kuchi bilan tayyorlash ko’zda tutilgan.
Maktabning   yillik   umumiy   rejasida  jismoniy  tarbiya  va  sportni   targ’ibot  tashviqot   qilishi
ham aks etadi. Maktabning yangi o’quv yili uchun jismoniy tarbiya bo’yicha umumiy ish rejasi o’quv   yili   tugashi   arafasida   ishlab   chiqiladi.   Yozgi   tatil   paytida   maktabni   ishlab   chiqilgan
rejasiga muvofik yangi o’quv yiliga tayyorlash ishlari amalga oshiriladi.
O’quv   ishi   rejasini   o’qituvchi   o’quv   yili   oldidan   tuzada,   rejalashtirishda   zarur   bo’ladigan
asosiy hujjatlar quyidagilar hisoblanadi. 
Rejani   ishlab   chiqishda   o’qituvchi   turli   metodlar   qo’llanmalardan   maktabning   konkret
sharoitiga   qarab  foydalanishi   mumkin.   Chunonchi  mashg’ulot  o’rni  jihoz  va   sport   jixozlarning
mavjudligi va albatta bolalarning jismoniy tayyorgarligi darajasini hisobga oladi.
«Jismoniy   tarbiya»   predmeti   o’ziga   xos   xususiyatlariga   ega   programma   materiali
o’quvchilar   bilan   o’rganiladigan   tartibda   o’tadi,   balki   jismoniy   mashqlar   bo’limlari   va   turlari
bo’ycha   bayon   yetilgan.   Bundan   tashqari   materialni   rejalashtirishda   mavsumiylikka   ham   ta’sir
qiladi.   Shuning   uchun   o’qituvchi   rejalashtirishda   chorak   davomida   o’rganiladigan   ta’limni
yetakchi   vazifalari   va   jismoniy   mashqlar   turlarini   aniqlab   olishi   va   har   bir   dars   uchun   reja
tuzilishi zarur.
Ta’lim vazifalari va o’quv choragiga mo’ljallangan o’quv reja materialni aniklash xolatlar
ko’zda tutiladi.
1. Har   bir   chorakda   mashqlar   yig’idisi   bolalar   organizmiga   har
tomonlama   ta’sir   qilishi   ta’minlash   zarur   iloji   boricha   ko’proq
mashq turlardan kirish lozim.
2. U yoki bu chorakka mo’ljallangan programma materiali mavsumiga muvofik bo’lishi
kerak.
Birinchi   chorak   davomida   ko’pchilik   darslar   ochik   havoda   o’tkaziladi.   Shuning   uchun
rejada yugurish, uzunlikka sakrash uzoqqa otish argamchi bilan bajariladigan mashqlar, kengroq
maydon talab qiladigan o’yinlar (yuguradigan otiladigan mashqlarni ko’zda tutish zarur).
Ikkinchi   chorakda   ko’pgina   darslar   binoda   o’tkaziladi.   Bu   vaqt   uchun   o’qituvchi   to’plar,
tayoqlar   bilan   bajariladigan   mashqlar   tirmashish   muvozanat   saqrash,   nishonga   urish   uzoqlikka
va   balandlikka   sakrash,   akrobatik   mashqlari,   to’p   va   argamchi   bilan   bajariladigan   mashqlar
o’tkazilish uncha ko’p joy talab qilmaydi. Shu kabilar rejalashtiriladi.
Uchunchi mavsum qishki paytga to’g’ri keladi. Bu paytda ko’pchilik darslar ochik havoda
o’tkaziladi. Shuning uchun changida yurish, kor otish chanada yurish kabi o’yinlar rejalashtiradi.
Uncha chorak oxirida oraliq nazorati bo’ladi.
To’rtinchi   chorokni   birinchi   oy   darslari   ko’pchiligi   binoda   o’tkaziladi.   Bu   oyda   ikkinchi
chorakda  qo’llanilgan  mashqlar  aktorbatik,  tirmashish,  uloqtirish,  muvozanat  saklash, nishonga
otish, argamchida sakrash, balandlikka sakrash o’yinlari va boshqalar.
To’rtinchi chorakni yarimida kupchyushk darslar maydonda o’tkaziladi. Bu paytda birinchi
va   uchunchi   chorakda   o’tilgan   quyidagi   mashq   turlarini   o’rganish   davom   ettiriladi.   Yugurish,
uzunlikka sakrash balandlikka sakrash uzoqqa shu kabi murakkab o’yinlar. Gimnastik saflanish
va   kayta   saflanish   va   predmetdarsiz   bajariladigan   mashqlar   va   qomatni   shakillantiruvchi
mashqlar o’quv yilini har bir choragi uchun rejalashtirish lozimdir.
Shuningdek   har   bir   chorakda   yurish   yugurish   bilan   almashtirib   bajariladigan   yugurish
mashqlari ham ko’zda tushish kerak. Raqs elementlarini to’rtinchi chorakda rejalashtirish zarur.
Butun   programma   materiallash   har   bir   maqsh   turida   qiyinchilik   ortib   boradigan   qilib
taqsimlash   lozim.   Birinchi   sinfda   muvozanat   saqlash   mashqlari   birinchi   chorakda   yerda   yoki
polda   bajariladi,   ikkinchi   chorakda   skameykada   bajarkladigan   mashqlar,   uchunchi   chorakni
ohirida – yog’och ustida muvozanat saqlash.
Birinchi   sinfda   sakrashlar   birinchi   chorakda   ichkariga   oshira,   bir   oyoqda   arg’amchida
oddiy   sakrash   kabilar   ikkinchi   chorakda   balandlikdan   sakrab   yumshok   tushish.   Uchinchi
chorakda   o’tganda   balandlikka   sakrab   qo’lni   tekkizish,   to’g’ridan   yugurib   kelib   balanlikka
sakrash. To’rtinchi chorakda esa yugurib kelib balandlikka va uzunlikka sakrash.
Shuni ham hisobga  olish kerakki  mashqlarni  ba’zi  turlari  o’rganish uchun  ko’p, ba’zmlar
oz vaqt talab qiladi.  Misol uchun I-sinfda sakrash programma  o’tish programmasiga qaraganda
ancha   keng   predmetlar   bajariladigan   mashqlar   programmasi   esa   to’plar   bilan   bajaridadigan
mashqlarligiga qaraganda kengroq. O’quv   chorakli   vaqtiga   ko’ra   har   xil   shunday   darslar   miqdori   va   programma
materialiyaning hajmi ham turiga bo’ladi. Odatda birinchi yarim yillikda o’rganiladigan material
ikkinchi   yarim   yillikda   takrorlananadi   va   takomillashtirish   maqsadida   programma   materjalini
choraklar bo’yicha taxminan taqsimlab chiqilgach birinchi chorak uchun dars rejai tuziladi.
Bunda   siniksa   o’quvchilarning   o’zlashtirshi   hisobga   olish   imkonini   beruvchi   chorakda
asosiy xisoblanadigan  mashq turlarini darsga bir necha (5-8) marta to’g’ri bo’lsa turkum holda
ketma-ket   kiritish   zarur:   bu   materialni   o’quvchilar   yaxshirok   va   tezroq   o’zlashtirishga   yordam
beradi.
Organizmga   iloji   boricha   har   tomonlama   ta’sir   qilishni   taminlash   maqsadida   har   dars
rejaiga jismoniy mashqlarni bir necha turini kiritish kerak. Barcha o’quv choraklari uchun dars
rejalarini   badaniga   tuzish   joiz   emas,   chunki   belgilangan   rejalarni   albatta   bajarilishni   oldindan
bilib bo’lmaydi.
Navbatdagi   o’quv   choragiga   mo’ljallangan   dars   rejai   avvalgi   choraklar   ohirida   tuziladi.
Programma materialini choraklarga darslar bo’yicha rejalashtirish tuzishni ikki usuli mavjud:
- birinchi   usuli   bilan   reja   tuzilganda   navbatdagi   o’quv   kuniga   barcha   o’ljallangan   barcha
predmetlyarga   oid   gshanlar   kagta   daftarga   dars   jadvalida   belgilangan   tartibda   tuziladi.
O’qituvchi   bunday   reja   tuzganda   1U-bobda   keltirilgan   jismoniy   tarbiya   darslari   rejalari
farmalaridan foydalanish zarur,
- Ikkinchi   usul   bilan   reja   tuzganda   har   bir   predmet   uchun   dars   rejalari   uchun   aloxida   daftar
yuritiladi. Bunday holda jismoniy tarbiya darslarni rejalapggarish uchun quyidagi formani taklif
etish mumkin.
Tajriba almashinish maqsadida dars rejalarini metodik birlashmalar muhokama etish zarur.
Maktabda jismoniy tarbiyani to’g’ri amalga oshirishda, Yaxshi uyushtirilgan hisobga olish katta
ahamyata   ega   hisobga   olish   o’quv   va   sinfdan   tashqari   ishlarni   rejalashtirish   va   o’tkazishning
to’g’riligini   o’quvchilarning   o’zlashtirishiga   yordam   beradi,   Maktab   tajribasida   hisobga
olishning   uch   turi   mavjud,   bular   dastlabki   hisobga   olish,   kundaligi   yakuniy   hisobga   olishdir.
Daslabki hisobga olishda  o’ q uvchilarning   sog’ligi va jismoniy tayyorgarligi qayd etiladi. Bunda
shaxsni   delodagi   hujjatlari   ota-onalardan   olingan   ma’lumotlarga   medisina   ko’rigi   natijalari   va
o’ qituvchilarning   ko’zatishlariga   asoslanadi.   Bu   ma’lumotlarga   o’qituvchiga   bolalarning   turli
o’quv va sinfdan tashkari ishlarda qatnashish darajasi shifokor bilan kelishilgan holda belgilash
imkonini beradi.
O’quvchilarni   jismoniy   tayyorgarligini   hisobga   olish   yiliga   ikki   marotaba   o’tkaziladi.
O’quv   yili   boshida   va   oxirida,   qontril   sinovlar-quyidagi   mashq   turlari   bo’yicha   o’tqazilishi,
yuqori  standart   30  metrga  yugurish,  joyidan  turib   uzunlikka   sakrash  2  kg  to’ldirma  to’pni   ikki
kudlab   utirgan   holda   boshdan   oshirib,   otish   kichik   to’pni   uzoqqa   otish,   kichik   to’pni   nishonga
otish,   Bundan   tashkari   Sh-sinf   o’quvchilari   uchun   o’zunlikka   va   yugurib   kelib   balandlikka
sakrash bo’yicha sinovlar ham o’tkaziladi.
Yuqori   stanlart   30   metrga   yugurishning   kurish   yo’lagida   va   yopik   binoda   ham   o’tkazish
mumkin.   Vaqt   sekundamer   bo’yicha   hisoblanadi.   Joyidan   turib   uzunlikka   sakrash   sport
maydonida   sakrash   xandagida   o’tkaziladi.   Bu   mashqni   yopiq   binoda   ham   o’tkazish   mumkin.
Bunday   holda   sarkash   chizikdan   gimnastika   gilami   tomon   amalga   oshiriladi   Natijada
santimetrlar  hisobga olinadi. Har bir o’quvchi uch martadan sakragach, eng yaxshi ko’rsatkich
qayd etiladi.
To’ldirma   to’pni   ikki   qo’llab   boshdan   oshirib   otish   mashqi   ochiq   va   yopiq   binoda   ham
o’tkazilishi mumkin. O’quvchi to’pni oyoqlarini oldinga yuqoriga uzatadi. Kichik to’pni uzoqqa
otish maydonda 10 metr  kenglikdagi  yo’lakdan o’tkaziladi.  Tennis  to’pi turgan joydan otiladi.
Uch urinishdan eng yaxshisi hisobga olinadi. Natijalar 50 sm gacha aniqlikda belgilab chiqilgan
yo’lakda   o’lchanadi.   Kichik   to’pni   nishonga   otishda   tennis   to’rlaridan   va   2   metr   shit   markazi
balandlikka joylashgan shitdan foydalaniladi, shitda diometri 100, 80, 60, 40 20 smli ichkarima
ichkari joylashgan aylanmalar belgilangan. Har bir o’quvchi 3 metr masofadan bitta to’p otadi.
Natijalar   ochkolar   bo’yicha   hisobga   olinadi,   eng   kichkina   aylanaga   teqqizilsa   5   ochko,   undan
kattaroqlari uchun esa 4, 3, 2, 1 tartibida ochko beriladi. Yugurib kelib uzunlikka sakrash sport maydonchasiga   sakrash   sektorida   o’tkaziladi.   Uch   urinishdan   eng   yaxshisi   hisobga   olinadi.
Natija 1 sm gacha aniqlikdagi ruletka bilan o’lchanadi.
Yugurib   kelib   balandlikka   sakrash   sport   maydoni   va   binoda   sport   maydonida   sakrash
sektorida   binoda   esa   gimnastika   zalida   o’tkazidadi.   Sakrash   ustunlariga   rejaga   o’rnatish   zarur,
dastlabki balandlik 60 sm. Har bir balandlikdan oshib o’tish uchun o’quvchiga uch marta sakrash
huquqi beriladi. Eng yaxshi natija hisobga olinadi.
Barcha   sinov   natijalari   o’zida   o’quvchilarning   jismoniy   tayyorgarligi   ko’rsatkichlarini
uning   dinamikasini   aks   ettiruvchi   vedomost   qayd   etiladi.   Jismoniy   tayyorgarlikni   sinash
o’quvchilar o’zlashtirishini hisobga olish metodi emas.
Hisobga   olingan   asosiy   turi   kundalik   hisobga   olishdir.   Buncha   jismoniy   tarbiyaga   oid
umumiy ish rejasini bojarilishi hisobga olish va o’quv ishni hisobga olish kiradi. O’zlashtirishni
hisobga olish dars paytida o’tkaziladi. U bolalarning darslarga, doimiy mustaqil mashg’ulotlarga
yaxshi munosabatda bo’lishlariga o’quvchilarning malaka va ko’nikmalarni egallash sohasidagi
yutuqlarini  oshirishga   yordam  beradi.  Bahoning   tasiri   katta   muvoffakiyatlardan  darak   beruvchi
yuqori   ball   o’quvchilarni   xursand   tetik   qiladi   ularni   rag’batlantiradi.   Quyi   ball   bolalarni   xafa
qiladi, ularni yomon o’zlashtirishni  hisobga olish bolalarni  o’qitishning amaliy vositasi bo’lishi
uchun   ham   uni   sistemali   ravishda   va   metodik   jihatdan   to’g’ri   o’tkazish   lozim.   O’zlashtirishni
hisobga   olishni   izchil   rejalashtirgan   holda   o’quvchilarning   bilimi   malaka   va   ko’nikmalarini
sinfdayoq muntazam boholab borishi zarur.
O’zlashtirishda   hisobga   olish   darslarda   kuzatish   va   so’rash   metodlari   bilan   o’tkaziladi.
O’qituvchi o’quvchilarni kuzatishi amalga oshirib borib ayniqsa  mashqning  uch-to’rtta o’quvchi
bajarishni   diqqat   bilan   kuzatadi.   U   o’quvchilarga   buni   ma’lum   qiladi.   Dars   ohirida   esa   yakun
chiqarayotganda   kuzatish   natijalarini   e’lon   qiladi   va   o’zi   alohida   diqqat   bilan   kuzatgan
o’quvchilarni baholaydi. Butun dars davomida uch-to’rt o’quvchini kuzatish va ularga umumiy
bahoni e’lon qilish mumkin.
Ayrim   o’quvchilarni   mashqlarni   biror   turini   bajarayotganda   boshqa   bir   gruppa   bolalarni
esa   boshqa   mashq   turi   bilan   shug’ullanayotganda   kuzatish   mumkin.   Maktabning   konkret
sharoitidan   kelib   chiqqan   holda   jismoniy   mashqlarning   boshqa   turlari   ham   ko’zda   tutilishi
mumkin.
O’qituvchi   so’rash   metodidan   foydalanib   talabalarning   darslarga   javob   berishini   to`g`ri
baholay   olishi   lozim.   Darslarni   1-sinfning   birinchi   choragidan   tashkari   barcha   choraklar   va
sinflarda o’tkaziladi. Iloji bo’lsa, hisobga olinadigan mashqlar boshqa mashq turlari ichida 5, 8-
darsda   takrorlangani   ma’qul.   O’qituvchi   hisobga   olishning   bu   formasiga   faqat   o’quvchilarni
o’zlashtirishni   aniqlash   vositasi emas balki o’z ishini tekshirish imkoniyati sifatida ham qarash
lozim.
Har-bir   chorakda   ikki,   to’rt   mashq   bo’yicha   ikki   to’rt   hisobga   olish   darslari   o’tkaziladi.
Agar   har   bir   chorakda   ikkita   hisobga   amiq   mashqlari   rejalashtirilsa   unda   hisobga   olish
darslarning   soni   uchta   bo’ladi.   Har   bir   mashq   uchun   bittadan   hisobga   olish   darsi   o’tkaziladi.
Keyin birinchilardan bo’lmagan yoki past baho olgan o’quvchilardan takror surash uchun yana
bir   dars   uyushtiriladi.   Bolalar   bunday   darslarda   hisobga   olish   mashqlarini   indiv i dual   tarzda
bajaradilar.
Quyidagilar   hisobga   olish   mashqlari   sifatida   ko’proq   qo`llaniladi.   Yugurish,   sakrash,
uloqtirish   va   muvozanat   saqlash,   tirmashish   va   oshib   o`tish   akrobatik   mashqlari   va   ko`tarilish,
katta   va   kichik   to’plar   bilan   bajariladigan   mashqlar,   umumrivojlantiruvchi   mashqlar   va
boshqalar.   Hisobga   olishni   asosiy   talablaridan   biri   bu   o’quvchilarning   javob   berishi   va
mashqlarni   bajarish   uchun   qulay   sharoit   yaratishdan   iboratdir.   Bu   yerda   o’qituvchining   jiddiy
talablariga   qaratish   va   albatga   yaxshi   texnik   sharoit   maydonga   hal   interval   mavjud   bo’lishi
lozim.
Bolalar   faolligini   oshirish   uchun   quyidagilardan   foydalanish   mumkin,   o’quvchilarga   o’z
o`rtoqlari   bajaradigan   mashqlar   xa q idagi   fikrni   aytish   taklif   etiladi.   Bolalar   bunday
topshiriqlarga   qattiyan   ma’suliyat   bilan   karashadi.   Sinfdoshlari   bergan   javoblar   va   bajargan
mashqlarni   xolol   va   abektiv   baholaydi.   Bu   esa   l-II-III-sinflarda   muvoffaqiyat   bilan yakunlaniladi.   Bu   usul   o’quvchilarga   mashqlarni   bajarishga   qo`yiladigan   baholar   mezonini
tushuntirishdan oldin qo`llash lozim. Bunda ularning diqqati mashqlarni bajarish sifati va qanday
baholanishiga qaratish lozim.
O’quvchilar   har   bir   chorak   so’ngida   jismoniy   tarbiyadan   Baho   olishlari   kerak.   Choraklik
Baho har bir  o’quvchiga kundalik  hisobga  olish natijalariga  qarab qo’yiladi.  Imkoni  bo’lsa har
bir o’quvchi chorak davomida besh olti marta baholansin. Bu baholar hisobga olish mashqlarini
bajarish   ikki   uchta   baho   individual   topshiriklar   bunda   ham   ikki-uchta   Baho   qo’yiladi.   Chorak
davomida egallangan bilimlar biri ikkita Baho uchun qo’shiladi. Chorak davomida o’quvchilarga
qo’yilgan   Baholar   chorak   yakuniy   Baholar   chikarishda   e’tiborga   olinadi.   Lekin   bunda   avvalo
asosiy   hisobga   olish   mashqlarini   bajarish   uchun   qo’yilgan   Baholar   asos   bo’ladi.   Barcha
Baholarni   qo’shib,   o’rtachasini   chiqarishga   yo’l   qo’yilmaydi.   yillik   Baho   choraklik   Baholar
asosida   umumpedagogik   talablarga   muvofik   kuyiladi.   Baholar   o’quvchilar   uchun   tushunarli
bo’lishi   kerak.   Bolalar   o’z   oldilariga   kuyiladigan   talablardan   xabardor   bo’lishlari   lozim.   Shu
maksadda o’qituvchi materiali o’rganish paytda bolalarni ular nimani kaysi vaqtda o’rganishlari
bilan tanishtiradi. Baholar mezonini va yuqori o’zlashtirishga erishish usullarini ma’lum  qiladi

Umumta'lim maktablarda “Umid nihollari” sport musobaqasini tashkil qilish, siniflar kesimida Reja 1. “Umid nihollari” sport musobaqasini tashkil qilish 2. “Umid nihollari” sport musobaqasi turlari. 3. O’zbekiston respublikasi vazirlar maxkamasining qarori.

"UMID NIHOLLARI" SPORT O‘YINLARI - O‘zbekistonning umumiy o‘rta ta lim vaʼ bolalar-o‘smirlar sport maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan ommaviy sport musobaqalari. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida"gi (2001- y. 19-yanvar) qarori asosida tashkil etilgan hamda "O‘quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluk-siz sport musobaqalari tizimini tashkil etish to‘g‘risida"gi (2003-y. 3- iyun) qaroriga binoan bu o‘yinlarning respublika final bosqichlari 3 yilda bir marta o‘tkazilishi belgilangan. Maqsadi — umumiy o‘rta ta lim va bolalar-o‘smirlar sport maktablari o‘quvchilarini ʼ jismonan yetuk, axloqan barkamol hamda vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, iqtidorli sportchi yoshlarni nufuzli musobaqalarga tayyorlash, yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni yana- da ommalashtirish. "Umid nihollari sport o‘yinlari" s.o‘.da badiiy gimnastika, basketbol. voleybol, gandbol, yengil atletika, sport gimnastikasi. stol tennisi, suzish, tennis, futbol kabi olimpi-ada o‘yinlari dasturiga kirgan va shax-mat, belbog‘li kurash, kurash singari ommalashgan sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi. Saralash muso-baqalari umumiy o‘rta ta lim va bolalar-o‘smirdar sport maktablari, ʼ tuman, shahar va viloyatlarda, respublika final bosqichi bitta hududda tantanali ravishda tashkil etiladi. Birinchi "Umid nihollari sport o‘yinlari" s.o‘.ning respublika final bosqichi Farg‘ona (2002), ikkinchisi Xorazm (2003) viloyatlarida bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi "Umid nihollari sport o‘yinlari" s.o‘. saralash musobaqalarida 4 mln.dan ziyod, uning final bosqichida 2114 nafar o‘quvchi qatnashdi (2003). – “Umid nihollari” sport musobaqasi 7-18 yoshgacha, ya’ni umumiy o‘rta ta’lim maktablari va akademik litseylarning I-II kurslari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi - Jumladan, 1-bosqich sentyabr oyida bo‘lib, har bir sinf va kursning sport turlari bo‘yicha jamoasini shakllantirish, sentyabr-oktyabr oylarida sinf va kurs jamoalari o‘rtasida musobaqaning ta’lim muassasasi bosqichini o‘tkazish hamda g‘olib jamoalardan ta’lim muassasasining sport turlari bo‘yicha terma jamoasini shakllantirishdan boshlanadi. Musobaqaning quyi bosqichini o‘tkazishga ta’lim muassasasi direktori va tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limi, jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari mas’ul etib belgilangan. 2-bosqich noyabr oyida tashkil etilib, ta’lim muassasalarining terma jamoalari o‘rtasida musobaqaning tuman, shahar, bosqichini o‘tkazish va g‘olib jamoalarni aniqlash hamda shahar va tumanlarning sport turlari bo‘yicha terma jamoasini shakllantirishdan iborat. 3-bosqich mart-aprel oylarida o‘tkaziladi. Unda musobaqaning 2-bosqichida g‘olib bo‘lgan terma jamoalar o‘rtasida musobaqaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi o‘tkaziladi. Folib jamoalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining sport turlari bo‘yicha terma jamoasi shakllantiriladi. 4-bosqich may oyida bo‘lib o‘tadi. Unda musobaqaning 3-bosqichida g‘olib bo‘lgan terma jamoalar o‘rtasida musobaqaning respublika final bosqichi o‘tkaziladi va g‘olib jamoalar aniqlanadi . 2019 yilda bo‘lib o‘tadigan “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqasining futbol, gandbol, suzish hamda stol tennisi final bosqichiga viloyatimizdagi “Dinamo” stadioni, SamDU qoshidagi akademik litsey sport zali, “Delfin” suv sport saroyi va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi tayyor holga keltirilmoqda.

Unda sportning 12 ta turi stol tennisi, basketbol, stritbol, voleybol, gandbol, futbol, kurash, shaxmat, badminton, badiiy va sport gimnastikasi uzoq va yaqin masofaga yugurish, balandlikka va uzunlikka sakrash bo‘yicha yigit-qizlar o‘zaro estafetalarda bellashdi.   864 25.10.2018 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI O‘QUVCHI VA TALABA YOSHLAR O‘RTASIDA O‘TKAZILADIGAN RESPUBLIKA SPORT MUSOBAQALARI TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA Yoshlarda sportga bo‘lgan havas va intilishni, jamiyatda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, yosh iqtidorli sportchilarni tanlab olish, ularda professional mahorat va ko‘nikmalarni rivojlantirish, sport turlari bo‘yicha mamlakat terma jamoalariga sport zaxirasini tayyorlash, o‘quvchi va talabalarni sport mashg‘ulotlariga uzluksiz jalb etishga qaratilgan sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining: a) umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda akademik litseylar o‘quvchilari o‘rtasida “Umid nihollari” sport musobaqalarining final bosqichini har uch yilda bir marta Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida, viloyat markazlarida hamda Toshkent shahrida o‘tkazish; a) “Umid nihollari” sport musobaqalari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashiga jismoniy tarbiya va sport tadbirlariga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida, shuningdek xomiylik xayriyalari va budjetdan tashqari mablag‘larini jalb etgan holda o‘tkazilishi, g‘oliblikni ko‘lga kiritgan ishtirokchilarni 1, 2 va 3-darajali diplom, medal, kubok, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlash hamda musobaqalarning final bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalarga “Prezident sovg‘asi” sifatida respublikada ishlab chiqarilgan yengil avtomobil sovg‘a qilish;

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-oktabrdagi 864-son qaroriga 1-ILOVA “Umid nihollari” sport musobaqalarini o‘tkazish SXEMASI “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” sport musobaqalarida o‘tkaziladigan sport turlari RO‘YXATI T/r “Umid nihollari” sport musobaqalariga kiritilgan sport turlari nomi “Barkamol avlod” sport musobaqalariga kiritilgan sport turlari nomi “Universiada” sport musobaqalariga kiritilgan sport turlari nomi 1 ― 4 sinflar 5 ― 11 sinflar 1. Mini-futbol Badminton Badminton Badminton 2. Yengil atletika Basketbol Basketbol Basketbol 3. Shaxmat Voleybol Voleybol Voleybol 4. Shashka Gandbol Gandbol Gandbol 5. Badiiy gimnastika Futbol Futbol Futbol 6. Yengil atletika Yengil atletika Yengil atletika 7. Stol tennisi Stol tennisi Stol tennisi 8. Shaxmat Shaxmat Shaxmat 9. Shashka Shashka Shashka 10. Kurash Kurash Kurash 11. Sport gimnastikasi Belbog‘li kurash Belbog‘li kurash 12. Badiiy gimnastika Dzyudo Dzyudo

Tayanch iboralar: davlat dasturi, soatlar setkasi, choraklarga tasdiklash, yillik reja, har bir darsga tuziladigan o’quv ishchi reja kengaytirlgan dars konspekt, kambutlangan maktablarda o’quv ishlarini rejalashtirish, Prezidentimizning 2002 yil 24 oktyabrdagi «Bolalar sportini rivojlantirish va jamgarmasini tuzish to’g’risida»gi farmoish maqsadi. Maktab oldida turgan jismoniy tarbiya soxasidagi vazifalarni muvafakiyatli hal etishda mazkur ishni to’g’ri rejalashtirish va hisobga olish muhim ahamiyatga ega. To’g’ri rejalashtirish barchao’quv ishlarni, maktabning ommaviy jismoniy tarbiya va sport ishlarlni anik tashkil etishga yordam beradi. Maktabda quydagi rejalar tuziladi: a) maktabning bir yilga mo’ljallangan jismoniy tarbiya va sportga oid umumiy ish rejasi. b) har bir sinf uchun jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv ishlari rejasi. Bir yilga mo’ljallangan umumiy ishreja jismoniy tarbiya o’qituvchisi, u bo’lmaganida maktab o’qituvchilarining biri tomonidan tuziladi. Ish reja pedagogik kengashda muxokama qilinadi, va tasdiqlanadi. Ilmiy yillik reja maktabdagi jismoniy tarbiya ishi bilan bog’lik bo’lgan barcha masalalar ko’zda tutiladi: o’quv ishlari, o’quv kuni rejimidagi jismoniy tarbiya tadbirlari sinfdan tashkari ish va jismoniy tarbiya tadbirlarini o’tkazish shifokor nazorati, moddiy ta’minlash jismoniy tarbiya va sportni targ’ib qilish. Umumiy yillik ish rejada o’quv ishi masalalari faqat umumiy tarzda aks etadi. O’quv ishi dars olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har bir sinf uchun alohida tuzilganda, batafsil rejalashtiriladi. Maktabning umumiy yillik rejasida o’quv kuni rejimidagi jismoniy tarbiya tadbirlari aks ettiriladi. Masalan: gimnastika mashg’uloti o’tkaziladigan bo’lsa, mashg’ulotlarigacha o’tkazish o’rni davom etish vaqti o’tkazish tartibi mashg’ulotni boshqarish kompleksi, tuzuvchi shaxs bu tadbirda maktab pedagogika jamoasining ishtiroki ko’zda tutiladi. Tanafuslarni tashkil etishda dam olish bolalarning ovqatlanishi tartibi ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari belgilanadi, tanafuslarni tashkil etish va o’tkazishga javobgar shaxslar tayinlanadi, rejada shuningdek darslarda jismoniy tarbiya minutlarini tashkil etish va o’tkazish tartibi ko’zda tutiladi va nomunali dasturlarni kim tayyorlashi ko’rsatiladi. Sinfdan tashqari ish bo’yicha rejada avvalo tugarak yoki jismoniy tarbiya jamoasiga aloqodor bo’lgan barcha narsa sinflarda jismoniy tarbiya tashkilotchisi va maktab kengashi qachon saylanishi jismoniy tarbiya to’garagini kim boshqarish qanday to’garaklar tashkil etishi, to’garak mashg’ulotlari qayerda va qachon bo’lishi aks etadi, rejada sport musobaqalari sayrlar, ekskursiyalar, o’yinlar ko’zda tutiladi. Ularni o’tkazish muddati va bu tadbirlarni o’tkazishga javobgar shaxslar ko’rsatiladi. Rejada turistik poxodlarning mashg’ulotlari va muddati ularga tayyorgarlik ishlari ham aks etgan bo’ladi. Maktabning jismoniy tarbiyaga oid yillik ish rejaida o’quvchilarni medisina ko’rigidan o’tkazish muddati va tartibi belgilab kuyiladi. Ko’rikdan dastlab birinchi sinf o’quvchilari sung esa utgan o’quv yilida jismonan zaif deb topilgan bolalar hamma sinfda utadilar. Keyin ikkinchi va uchinchi sinf o’quvchilari tekshiriladi. Mazkur rejada sog’ligining yomonligi tufayli maxsus medisina gruppaga o’tkazgan bolalarni qayta ko’rikdan o’tkazish muddatlari belgilangan bo’lishi kerak. Shifokor medisina ko’rigi natijalari haqida maktab pedagogika soveti va ota-onalar majlisida maruza qiladi. Maktabdagi to’laqonli jismoniy tarbiya ishi mashg’ulot o’rnining yaxshi jihozlanishi zarur. Sport jixozlarini sotib olish va tayyorlashni talab qilada. Shuning uchun ish rejaida byudjet mablag’i hisobiga sport sport jixozlari va jihozlar sotib olib, ularni o’quvchilar, ota-onalar va otaliqqa oluvchilar kuchi bilan tayyorlash ko’zda tutilgan. Maktabning yillik umumiy rejasida jismoniy tarbiya va sportni targ’ibot tashviqot qilishi ham aks etadi. Maktabning yangi o’quv yili uchun jismoniy tarbiya bo’yicha umumiy ish rejasi