logo

O’quv faoliyatni tashkil qilish shakllari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

53.171875 KB
O’quv faoliyatni tashkil qilish shakllari
Reja:
1.   Didaktika xakida tushuncha.
2.  Ta’lim jarayoni va uning xususiyatlari.
3. Zamonaviy pedagogikada ta’lim paradigma (modeli)lari 1. Didaktika   haqida   tushuncha.   Didaktikaning   predmeti   va   vazifalari.
Didaktikaning tashkil topishi  va rivojlanishi.   Insonning faoliyatida o’qitish har
doim   juda   muhim   ahamiyatga   ega   bo’lgan.   Ta’lim   tasodifiy,   intuitiv   xususiyatga
ega bo’lganda ham va asosan tasodifan axborotlarni berish hamda taqlid qilishdan
iborat bo’lganda ham shunday bo’lgan; keyinchalik ham, ta’lim maqsadga muvofiq
muntazam va rejalashtirilgan jarayonga aylanganda, maktab paydo bo’lganida ham
shunday   bo’lgan.   Biroq   uzoq   vaqt   davomida   ta’limni   nazariy   tahlil   qilish   va
o’rganish   ishlari   olib   borilmadi,   shuning   uchun   o’z   nazariyasiga   ega   bo’lmadi.
Faqatgina XVII asr  bu sohada muhim o’zgarishlar olib keldi: aynan o’sha paytda
ta’lim alohida nom oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan
tizimiga asos solindi.
Didaktika   so’zi   yunoncha   didaktikos   “o’rgatuvchi”,     didasko   esa   –
“o’rganuvchi” ma’nosini bildiradi.
Bu   so’z   1613   yili   Germaniyada   nemis   pedagogi   Vol ь fgang   Ratke   (1571-
1635 yillar) tomonidan kiritildi. 
Bu   tushunchani   shunga   o’xshash   usulda   buyuk   chex   pedagogi   Yan   Amos
Komenskiy   (1592-1670   yillar)   “Buyuk   didaktika”   nomli   mashhur   asarida     tilga
oladi.   Lekin   Komenskiy   “didaktika   bu   faqat   ta’limgina   emas,   balki   tarbiyalash
ham”,   deb   ta’kidlaydi.   Mazkur   asarda   olim   ta’lim   nazariyasining   muhim
masalalari:   ta’lim   mazmuni,   ta’limning   ko’rgazmaliligi,   ketma-ketligi   kabi
tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida so’z yuritadi.
                  2.   Didaktikaning   predmeti,   funktsiyalari   va   vazifasi.   Pedagogik   fan
o’qitish va tarbiyalashni ularning yaxlitligi va birligida o’rganadi. Ikki faoliyatning
har   birining   mohiyatini   aniq   bayon   etish   uchun   ta’lim   nazariyasi   (didaktika)   va
tarbiya nazariyasini ajratib ko’rsatadilar.
Hozirgi   davrda   didaktika   o’qitishning   mazmuni,   metodlari   va   tashkiliy
shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi. 
Umumiy   didaktikadan   tashqari     xususiy   didaktikalar   yoki   alohida   fanlar
bo’yicha ta’lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud.  Ularning   mazmuni   ta’limning   ma’lum   bosqichlarida   u   yoki   bu   fanlarni
o’rganish va ta’lim berishning nazariy asoslarini belgilaydi. 
Didaktika   –   bu   pedagogik   fan   bo’lib,   u   ta’limning   nazariy   jihatlarini
o’rganadi. Har bir o’qituvchi didaktika asoslarini bilishi zarur. 
Didaktika   predmetini   aniqlash   bo’yicha   turli   qarashlar   ilgari   surilgan.
qarashlarning   turlicha   bo’lishi   didaktikaning   metodologik   kategoriyalarini   aniq
ajratilmaganligi bilan bog’liq. 
Ko’pchilik   olimlar   ta’lim   ob’ekt   deb   o’qitish   jarayonining   maqsadi,
mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko’rsatadilar. 
Didaktika   ta’limni   ijtimoiy   tajribani   berish   vositasi   sifatida   e’tirof   etadi.
Ta’lim   yordamida   yoshlarni   hayotga   tayyorlash   amalga   oshiriladi.   Ta’limiy
faoliyatini   tashkil   etishda     o’qituvchi   -   o’quvchi,   o’quvchi   –   o’quv   materiali,
o’quvchi - boshqa o’quvchilar o’rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi.
Pedagogik   adabiyotlarda   ulardan   qaysi   biri   didaktika   uchun   asosiy
hisoblanishi   kerakligi   borasida   ham   turli   fikrlar   keltiriladi   hamda   o’quvchining
o’quv   materialiga   bo’lgan   munosabati,   ya’ni,   bilimlarni   o’rganish   munosabatini
asosiy deb e’tirof etuvchi qarashlar soni nisbatan ko’p.
Darhaqiqat,   o’qish,   o’rganishi   ta’lim   jarayonining   ajralmas   xususiyatidir.
Ta’limga   psixologiya   nuqtai   nazaridan   yondashilsa,   ushbu   munosabatning
ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq, ta’limga pedagogik, ya’ni, ijtimoiy tajribani
berish,   o’rgatish   nuqtai   nazaridan   qaralsa   faoliyat   uchun   asosiy   sanaluvchi
munosabat –  ikki shaxs (o’quvchi va o’qituvchi) o’rtasidagi munosabatlar  ye takchi
o’rin egallashi lozim ekanligi anglanadi.  
Didaktika predmetini mohiyatini ochishga xizmat qiluvchi  yana bir qarash
ta’lim-tarbiya   jarayonini   yaxlit   o’rganish   zarurligini   ilgari   suradi.   Ta’limning
tarbiyaviy   vazifalari   o’quvchining   bilimni   o’zlashtirishlarini   ta’minlabgina
qolmay,   shaxs   xususiyati,   uning   rivojlanishi,   ma’lum   ma’naviy-axloqiy   sifatlarni
o’zlashtirishi,   fe’l-atvori,   xulqini   tarbiyalash   uchun   zarur   shart-sharoitni
yaratishdan iborat. Didaktikaga   ta’limning   mazmunli   va   protsessual   jihatlarini   birgalikda
o’rganish xosdir. Amaliyotni qayta   tashkil  etish va takomillashtirish masalalarini
nazarda   tutgan   holda   didaktika   ta’limni   faqatgina   o’rganish   ob’ekti   sifatidagina
emas, balki ilmiy asoslangan loyihalashtirish ob’ekti sifatida qaraydi.
Umumiy didaktikaning predmeti dars o’tish (o’qituvchi faoliyati) va bilim
olish   (o’quvchining   o’rganish   faoliyati)ning   o’zaro   bog’liqligi   va   aloqadorligi
hisoblanadi.
Didaktikaning  vazifalari  quyidagilardan iborat:
- ta’lim jarayonlari va ularni amalga oshiri shartlarini ta’riflash va
tushuntirish;
-   ta’lim   jarayonini   yanada   mukammal   tashkil   etish,   ya’ni,   ta’lim   tizimlari   va
texnologiyalarini ishlab chiqish;
-   ta’lim   jarayoni   uchun   xos   bo’lgan   umumiy   qonuniyatlarni   aniqlash,
omillarini tahlil qilish va ta’riflash.
Didaktika   nazariy   va   bir   vaqtning   o’zida   me’yoriy-amaliy   fan.
Didaktikaning   ilmiy-nazariy   vazifasi   ta’limning   mavjud   jarayonlarini   o’rganish,
uning   turli   jihatlari   o’rtasidagi   bog’liqliklar,   ularning   mohiyatini   ochib   berish,
rivojlanish tendentsiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir.
O’zlashtirilgan   nazariy   bilimlar   ta’lim   amaliyotini   yo’naltirish,   ta’limini
jamiyat   tomonidan   qo’yilayotgan   ijtimoiy   talablarga   muvofiq   takomillashtirishga
imkon beradi. Ta’lim mazmunini anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va
vositalarini   qo’llash   me’yorlarini   aniqlash   asosida   didaktika   amaliy-me’yoriy
hamda konstruktiv-texnologiya vazifa ni bajaradi. 
3.   Didaktikaning   tushunchaviy   tizimi   va   asosiy   kategoriyalari.
Muayyan   fanga   xos   bo’lgan   tushunchalarda   insoniyat   tomonidan   ijtimoiy
taraqqiyot jarayonida to’plangan bilimlar aks etadi.  Mavjud ilmiy tushunchalar ikki
asosiy guruhga  ajratiladi: 
1) falsafiy tushunchalar;
2) xususiy ilmiy, ya’ni, muayyan fangagina xos bo’lgan tushunchalar. Didaktika   uchun   “umumiy   va   alohida”,   “mohiyati   va   hodisa”,   “qarama-
qarshilik”,   “bog’liqligi”   kabi   va   boshqa   falsafiy   tushunchalar   ham   muhim
ahamiyatga   ega.   Didaktika   tomonidan   foydalaniladigan   umumfan   tushunchalari
orasida   “tizim”,   “struktura”,   “vazifa”,   “element”   kabilar   aloshida   o’rin   tutadi.
Pedagogikaga   xos   didaktik     tushunchalar   sirasiga   quyidagilar   kiradi:   “ta’lim”,
“dars berish”, “bilim olish”, “ta’lim jarayoni”, “o’quv fani”, “ta’lim mazmuni” va
boshqalar.
Didaktikada   turdosh   fanlarga   xos   bo’lgan   tushunchalar   ham   qo’llaniladi:
“idrok etish”, “o’zlashtirishi”,  “mahorat”, “rivojlanish” va boshqalar (psixologiya)
hamda “boshqarish”, “qayta aloqa” (kibernetika).
Didaktikaning   tushunchali-terminologik   tizimi   muntazam   yangilanib   va
to’ldirilib borilmoqda.
Didaktikaning   asosiy   kategoriyalari   quyidagilardan   iborat:   dars   o’tish,
bilim   olish,   ta’lim,   bilim,   ko’nikma,   malaka,   ta’lim   maqsadi,   mazmuni,   ta’lim
jarayoni,   ta’lim   jarayonini   tashkil   etish,   ta’lim   turlari,   shakllari,   metodlari   va
vositalari, ta’lim natijasi.
So’nggi paytlarda asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta’limning didaktik
tizimi   va   ta’lim   texnologiyasi   kabi   tushunchalarni   ham   kiritish   taklifi   ilgari
surilmoqda.
Bilim   olish   –   idrok   etish,   o’rganish,   mashq   qilish   va   egallangan   tajriba
asosida xulq va faoliyatda yangi shakllarning yuzaga  kelishi, mavjud bilimarining
o’zgarab, takomillashib, boyib borish jarayoni.
Ta’lim   -   qo’yilgan   maqsadga   erishishga   yo’naltirilgan   o’qituvchi   va
o’quvchining   maqsadli   o’zaro   harakatlari.   Ularning   birgalikdagi   faoliyati   ikki
tomonlama aloqani tashkil etish jarayonidir. Ta’lim berish asosida bolani umumiy
rivojlanishi   uchun   qulay   sharoit   yaratiladi.   Ta’lim   -     o’qitish   jarayonida
o’quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko’nikma, malaka, fikrlash tizimi. 
Bilim         –   tizimlashtirilgan   ilmiy   ma’lumotlar   majmui   bo’lib,   ular
o’quvchining ongida borliq tushunchalari, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida
aks etadi. Ko’nikma   – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka   –   muayyan   harakat   yoki   faoliyatni   bajarishning
avtomatlashtirilgan shakli.
Maqsad   (o’qish,   bilim   olish   maqsadi)   –   ta’limning   nimaga   intilayotgani,
uning urinishlari yo’naltirilgan.
Mazmun   (ta’lim,   bilim   olishning   mazmuni)   –   ta’lim   jarayonida   o’quvchi
egallab olishi zarur bo’lgan ilmiy bilimlar, amaliy ko’nikma va malakalar, faoliyat
hamda fikrlash usullarining tizimi.
Tashkil   etish   –   didaktik   jarayonni   aniq   mezonlar   asosida   tartibga   solish,
qo’yilgan maqsadni amalga oshirish uchun unga zarur shaklni berish.
Shakl   (yunoncha, forma - tashqi  ko’rinishi, qobig’i)   –   o’quv jarayonining
mavjudligini ta’minlovchi usul, uning ichki mantig’i, mohiyati va mazmuni uchun
qobig’idir.   SHakl     sinfdagi   o’quvchilarning   soni,   ta’lim   o’rni   hamda   vaqti,   uni
amalga oshirish tartibi va shu kabilarga bog’liq bo’ladi.
Metod   (yunoncha   metodos   –   yo’li,   usuli)-   ta’lim   maqsadi   va   vazifasiga
erishish (uni amalga amalga oshirish) yo’li.
Vosita   -     o’quv   jarayonini   predmetli   ta’minlash   (pedagogning   nutqi,
darslik,   o’quv   qo’llanmalari,   ko’rsatmali   qurollar,   sinfdagi   jihozlar,   texnik
vositalar, o’quv qurollari va boshqalar vosita hisoblanadi).
Natija  (ta’lim mahsuli) – ta’lim nimaga erishishini qayd etuvchi tushuncha,
o’quv jarayonining oqibati, belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi.
4.   Didaktik   nazariya   (kontseptsiya)lar   va   ularning     falsafiy   asoslari.
Ta’lim   jarayoni   psixologik-pedagogik   kontseptsiyalar   (ular   aksariyat   hollarda
didaktik tizimlar  ham deb ataladi) asosida tashkil etiladi. 
Didaktik   tizim   (yunoncha   systema   –   yaxlit,   qismlarda   tashkil   topgan,
birlashtirish)   –   ma’lum   mezonlari   bo’yicha   yaxlit   holatni   belgilash,   ajratib
ko’rsatish demakdir. U ta’limning maqsadi, tamoyillari, mazmuni, shakli, metod va
vositalarining   birligi   asosida   tashkil   etilgan   tuzilmalarning   ichki   yaxlitligini
ifodalaydi. Tadqiqotchilar  mavjud didaktik kontseptsiya (tizim)larni umumlashtirib
quyidagi guruhlarga ajratadilar: 1) an’anaviy;
2) progressiv;
3) zamonaviy.
Ta’lim   nazariyasida   Ya.A.Komenskiy,   I.Pestallotsi   va   I.Gerbartlarning
didaktik kontseptsiyalari muhim ahamiyatga ega. 
An’anaviy   didaktik   tizim ning   yaratilishi   nemis   faylasufi,   psixolog   va
pedagog   I.F.Gerbart   (1776-1841   yillar)   nomi   bilan   bog’liq.   U
Ya.A.Komenskiyning   sinf-dars   an’anaviy   tizimini   tanqidiy   nuqati   nazardan   qayta
asoslab,   etika   va   psixologiyaning   nazariy   yutuqlariga   tayangan   holda   ta’lim
tizimini yaratdi. 
I.F.Gerbart   ta’lim   tizimining   asosiy   belgisi   quyidagilardan   iborat.
o’quvchilarning   intellektual   rivojlanishini   ta’minlash   maktabning   asosiy   vazifasi;
bolani tarbiyalash esa oilaning vazifasidir.
Progressiv (pedotsentrik) tizim  bolaning bilim olishida faoliyatining asosiy
rolь   o’ynashini   e’tirof   etadi.   Mazkur   tizim   asosini   D.Dьyui   tizimi,
G.Kershteynning mehnat maktabi, V.Lay nazariyalari tashkil etadi. 
Zamonaviy   didaktik   tizim .   XX   asrning   50-yillarida   psixolog   va   pedagog
B.Skinner     qismlarga   bo’lingan   axborotlarni   yetkazish,   bu   jarayonni   muntazam
nazorat qilish asosida materialni o’zlashtirishda samaradorlikka erishish g’oyasini
ilgari   suradi.   Mazkur   g’oya   keyinchalik   dasturiy   ta’lim   deb   ataladi.   Keyinchalik
N.Krauder   nazorat   natijalariga   qarab   o’quvchiga   mustaqil   ishlash   uchun   turli
materiallarni taklif etadigan  tarmoqlashtirilgan dastur larni yaratdi. 
D.Dyuining   nazariy   g’oyalari   muammoli   ta’limning   asosi   bo’lib   qoldi.
Bugungi   kunda   muammoli   ta’lim   deb   nomlanuvchi,   ushbu   g’oya   o’qituvchi
rahbarligi   ostida   muammoli   vaziyatni   yaratish   va   ularni   hal   etishda
o’quvchilarning faollik va mustaqilliklarini ta’minlashga erishishni nazarda tutadi.
Muammoli   ta’limning   vazifasi   faol   o’rganish   jarayonini   rag’batlashtirish,
o’quvchilarda fikrlash, tadqiqotchilik ko’nikmalarini shakllantirishdan iboratdir. 
L.V.Zankovning   (1901-1977   yillar)   rivojlantiruvchi   ta’lim   kontseptsiyasi
XX   asrning   50-yillarida   keng   tarqaldi.     Uning   g’oyalarini   amalga   oshirish   ta’lim jarayoniga   insonparvarlik   g’oyasini   singdirish,     shaxsni   barkamol   rivojlanishi
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi.
Psixolog   L.S.Vo’gotskiy   (1896-1934   yillar)   tomonidan   30-yillarda   ilgari
surilgan   “Yaqin   rivojlanish   zonasi”   g’oyasi   ham   muhim   ahamiyatga   ega.   Unga
ko’ra   bola   kattalar   yordamida   bilim   olib,   o’zi   mustaqil   bajara   olmagan   ishlarni
bajara boshlaydi. 
O’zbekiston   Respublikasining   “Ta’lim   to’g’risida”gi   qonunida   ta’lim   va
tarbiyani   insonparvarlik,   demokratik   g’oyalarga   muvofiq   tashkil   etilishi   e’tirof
etilgan.
Ta’limni   insonparvarlashtirish   ta’lim   jarayonida   o’quvchi   shaxsini   hurmat
qilish, uning sha’ni, obro’si, qadr-qimmatini poymol etmaslik, mavjud iste’dodini
rivojlantirishni   nazarda   tutadi.   Demokratlashtirish   esa   pedagogik   jarayonda
rasmiyatchilikka   yo’l   qo’ymaslik,   ta’lim   dasturlarini   tanlashda   o’quvchilarning
fikrlarini inobatga olishni ifodalaydi.
Respublika   uzluksiz   ta’lim   tizimi   ijtimoiy   buyurtmani   bajarishga   xizmat
qiladi, barkamol shaxs va yetuk mutaxassisni tarbiyalash vazifasini bajaradi.  Ta’lim tamoyillari - Ta’lim shakllari metodlari, usullari, vositalari, ta’lim jarayoni
ishtirokchilarining   faoliyat   mazmuniga   qo’yiladigan   talablarni   anglatuvchi   dastlabki
qoidalar tushuniladi.  
Ta’limning ilmiylik tamoyili Ta’limning puxtaligi tamoyili
Ta’limda nazariya bilan 
amaliyotning birligi tamoyili . Ta’limning tushunarligi tamoyili   
Ta’limning ko’rgazmalik tamoyili Ta’limda o’quvchilarining 
mustaqilligi, ijodkorligini tashkil etish 
tamoyili .
Ta’limda o’qitishninig ta’limiy, 
tarbiyaviy, rivojlantiruvchi 
funktsiyalariningyaxlitligi tamoyili. Ta’limda o’quvchilarningyosh va 
individual xususiyatlarini 
hisobgaolish tamoyili . 
Ta’lim tamoyillari
Ta’lim qoidalari  - umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga 
oshirishga qaratilgan o’qish va o’qitish jarayonlarining yo’nalishi, o’quvchilar 
tomonidan ilmiy bilimlarning o’zlashtirilishi, bilim va malakalar hosil qilishining asosiy
qonun va qoidalarining yig’indisiga aytiladi.    
Qonuniyat  – bu barqaror, zaruriy, u yoki bu xodisalar va jarayonlar o’rtasidagi 
mutanosiblik va muhim aloqa.  
Ta’lim qonuniyatlari
Ta’lim jarayoni bola shaxsini xar Ta’lim jarayoni samaradorligi tomonlama rivojlantirish, ularda
ijodiy qobiliyatlar tarkib toptirish
bilan bog’liqligi.   o’qituvchining mahoratiga va
bolalarning bilish imkoniyatlariga
bog’liqligi
Ta’lim o’zi amal qiladigan shart –
sharoitga bog’liqligi. O’qituvchi va o’quvchi
faoliyatining uzviy bog’liqligi.
Talim jarayoni qonuniyatlariga ko’ra ta’lim tamoyillari, vositalari, metodlari, 
tashkiliy shakllari tanlanadi, malumot mazmuni ishlab chiqiladi, ma’lumot mazmunini 
ifodalash yo’llari aniqlanadi. 
Ta’limning mazmuni
Hozirgi zamon maktablarida ta’limning mazmuni umuminsoniy fazilatlarga ega
bo’lgan iymonli,e’tiqodli yoshlarni tarbiyalab voyaga yetishtirishdan iborat . 
Ta’lim mazmuni
DTS O’quv reja O’quv  dastur Darsliklar
O’qitishning barcha
vositalari O’quv predmetlari
O’quv qo’llanmalar               Ta'lim   ijtimoiy   hodisa   bo’lib,   uning   tarixi   juda   uzoqdir.   Ta'lim   insoniyat
jamiyati   rivojining   dastlabki   paytlaridayoq   katta   rol   o’ynagan.   U   to’plangan
tajribalarni,   dunyo     haqidagi   axborotlarni   berish   jarayonini   ta'minlagan,
insoniyatning   faqat   ijtimoiy   rivojlanishiga   emas,   balki   qiyin   sharoitlarda   yashay
olishiga   ham   yordam   bergan.   Uzluksiz   rivojlangan   jamiyatda   ta'limning
mukammal jamoa shakli, ya'ni dars ming yillar mobaynida vujudga kelgan.
Ya.A.Komenskiy   "Buyuk   didaktika   "   asarida   jamoaviy   tarbiyaning
oldingi barcha tajribalarini umumlashtirdi, sinfning dars tizimida ta'limning asosiy
didaktik   prinsiplarini   izchil   ifodaladi.   O’sha   zamondan   buyon   350   yil   o’tdi.
Shuncha   vaqt   mobaynida   darsning   tashkiliy   shakllari   ham,   ta'limning   metodlari
ham uzluksiz takomillashib ketdi. 
O’qituvchining   vazifasi   –   darsda   tafakkur   va   faoliyatning   ana   shu
turlarini   eng   to’g’ri   uyg’unlashtirishdir.   Binobarin,   bunday   uyg’unlik   dars
samaradorligini   oshirishning   muhim   omilidir.   O’qituvchi   dars   muammolariga
to’g’ri   yondashishi   uchun   ta'lim   jarayonining   asosiy   komponentlarini   bilishi,
ularning o’zaro bog’liqligi va bir biriga ta'sirini tushunishi lozim. 
Ob'yektiv   mavjudlikning   mohiyatini   bilishi   -   ta'limning   maqsadlaridan
biridir.
Ta'limda sinf – dars tiziminig vujudga kelishi.
Ta'limni   boshqarishning   asosiy   tashkiliy   shakli   quyidagi   ma'lum
belgilarga ega bo’lgan mashg’ulotlarni guruhiy yo’sinda o’tkaziladi:
- mashg’ulotlarning har yili va har bir o’qish kuni bir paytda boshlanishi;
- mashg’ulotlar va ular orasidagi tanafuslarning ma'lum vaqt davom etishi;
- guruhlardagi bolalarning yoshi va soni jihatdan baravarligi;
- material o’rganish sur'atining bir xilligi;
- o’quv mashg’ulotlarining ma'lum tashkiliy shaklda o’tkazilishi. Guruhli   mashg’ulotlarning   sinf-   dars   tizimi   deb   atalgan   bunday   shakli
keng   tarqaldi,   mustahkamlandi   va   hozir   ham   ancha   takomillashgan   holda
mavjuddir.   Dars   yaxlit   ta'lim   jarayonini   o’quv-tarbiya   ishining   boshqa   tashkiliy
shakllari - uy vazifalarini bajarish, predmet to’garaklarining mashg’ulotlari, sayrlar
va hokazolar bilan uzviy birlikda aks ettiradi. Darsni ikki jihatdan: umuman ta'lim
jarayoni va ta'limni tashkil etish shakli sifatida ta'riflab   uni foydali deb hisoblash
taklifi   bor   (   M.I.Maxmutov   ).   Ta'limning   umumiy   jarayoni   sifatida   qaralsa,   dars
o’qitish harakatining ta'lim mazmuni, prinsiplari va metodlari bilan belgilanadigan,
ma'lum   makon   -   zamon   chegaralarida   o’qituvchi   rejalashtiradigan   hamda
boshqaradigan birgalikdagi ob'yekt   o’qituvchi va o’quvchilar amalga oshiradigan
asosiy shaklidir.
Dars maktabda o’quv ishlarini tashkil qilishning asosiy shakli
Hozirgi   paytda   o’quv   ishlarini   tashkil   etishning   quyidagi   shakllari
qo’llanadi: dars, 
ekskursiya,   o’quv   ustaxonalaridagi   mashg’ulotlar,   mehnat   va     ishlab   chiqarish
ta'limi   shakllari,   uy   ishlari,   sinfdan   tashqari   o’quv   ishlarining   shakllari   (predmet
to’garaklari, studiyalar, olimpiadalar, tanlovlar).
Darsning tashkiliy shakllari
Pedagogik adabiyotlarda va maktab amaliyotida darsdagi ishlarni tashkil
etishning   asosan   uchta:   yakka   tartibdagi,   umumiy   va   guruhiy   shakllari   qabul
qilingan.
O’quvchilar   bilan   olib   boriladigan   yakka   tartibdagi   ishlar   rejasini
quyidagi yo’sinda tuzish mumkin:
- dastlab mustaqil ishlarni o’tkazish hamda o’quvchi yashaydigan va o’qiydigan
sharoitlarni tahlil qilish orqali uning imkoniyatlarini o’rganish;
- o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlashning didaktik vositalarini yaratish; - har   bir   o’quvchi   uchun   eng   maqbul   topshiriqlarni   hamda   bilim   olishi   va
kamol   topishi   nazorat   qilish   sistemasini   belgilash,   o’quvchini   o’z   vaqtida
murakkabroq   masalalarni   hal   qilishga   o’tkazish,   amalga   oshirilgan   ishlarni   tahlil
qilish va umumlashtirish, tuzatish va xulosalar chiqarish.
O’quv ishlarini tashkil etishning umumiy shakli
Umumiy   shakl   darsda,   o’qituvchi   va   o’quvchilar     faoliyatining   shunday
turidirki,   unda   o’quvchilar   hammalari   uchun   umumiy   bitta   ishni   baravar
bajaradilar.   Olingan   natijalar   sinf   bo’yicha   muhokama   qilinadi,   taqqoslanadi   va
umumlashtiriladi.   Ommaviy   ta'lim   sharoitida   o’quv   ishlarini   tashkil   etishning
umumiy   shakli   g’oyat   muhimdir.   U   bolalarda   jamoatchilik   hissini   tarbiyalash,
ularni   mulohaza   yuritishga,   o’quvchilarning   mulohazalaridagi   xatolarni   topishga
o’rgatish   imkonini   beradi.   To’g’ri     rahbarlik   qilinsa,   bolalarning   o’quv
imkoniyatlari   aniqlansa,  sinfda  turli   muammolarni   muhokama  etish  juda  samarali
tadbir   hisoblanadi.   Bu   tadbir   o’qituvchidan   hamma   o’quvchilarning   fikrlashiga
mos ishni topish mahoratini, ularning istaklarini tinglay olishni talab qiladi. 
Darsning   umumiy   shaklida   ko’zlangan   maqsadlar   bo’yicha   va   ayniqsa,
o’quvchilarda   dalillar   bilan   muhokama   yuritish   ko’nikmalarini   rivojlantirishda
ajoyib   natijalarga   erishish   mumkin.   Agar   bolaning   o’quv   imkoniyatlari   to’g’ri
baholansa,   darsni   tashkil   qilishning   umumiy   shakli   o’quvchilarga   yakka   tartibda
yondashishdan   keng   foydalanish   imkonini   ham   beradi.   O’qituvchi   ulardan   o’z
imkoniyatlariga   bog’liq   holda   turli   darajadagi   umumlashmalarni   so’raydi.   Shu
tariqa   o’quvchilarning   tinglashlari   ham,   o’z   bilimlari   va   fikrlarini   o’rtoqlari   bilan
taqqoslashi, tezda to’ldirishi, undagi xatolarni  topish ko’nikmalarini shakllantirishi
juda muhimdir.
Ta'limni tashkil etishning guruhiy shakli
So’ngi   yillarda   darsni   tashkil   etishning   umumiy   va   yakka   tartibdagi
shakllari   bilan   bir   qatorda   ta'limni   tashkil   etishning   guruhiy   shakli   ham   keng
tarqalmoqda. Darsning guruhiy shaklining asosiy belgilari:
- mazkur   darsda   muayyan   o’quv   vazifalarini   hal   qilish   uchun   sinf   bir   necha
guruhlarga bo’linadi;
- har   bir   guruh   ma'lum   topshiriq   oladi   va   uni   birgalashib   o’z   boshlig’i   yoki
o’qituvchining bevosita rahbarligida bajaradi;
- topshiriq guruhning har bir a'zosi  qo’shgan   hissani   hisobga   olish   va
baholash imkonini beradigan yo’sinda bajariladi;
- guruhning tarkibi doimiy bo’lmaydi uni tanlashda guruhdagi har bir a'zoning
o’quv   imkoniyatlari   jamoa   uchun   ko’p   foydali   amalga   oshadigan   bo’lishi
nazarda tutilgan.
Ta'limni tashkil etishning guruhiy shakli
So’nggi   yillarda   darsni   tashkil   etishning   umumiy   va   yakka   tartibdagi
shakllari   bilan   bir   qatorda   ta'limni   tashkil   etishning   guruhiy   shakli   ham   keng
tarqalmoqda. 
Darsning guruhiy shaklining asosiy belgilari:
- mazkur   darsda   muayyan   o’quv   vazifalarini   hal   qilish   uchun   sinf   bir   necha
guruhlarga bo’linadi;
- har   bir   guruh   ma'lum   topshiriq   oladi   va   uni   birgalashib   o’z   boshlig’i   yoki
o’qituvchining bevosita rahbarligida bajaradi;
-  topshiriq guruhning har bir a'zosi qo’shgan hissani hisobga olish va baholash
imkonini beradigan yo’sinda bajariladi;
- guruhning tarkibi doimiy bo’lmaydi, uni tanlashda guruhdagi har bir a'zoning
o’quv   imkoniyatlari   jamoa   uchun   ko’p   foydali   amalga   oshadigan   bo’lishi
nazarda tutiladi.
Darsning strukturasi, elementlari va tiplari Ta'limning strukturasi va tizimi haqida tushuncha. Avvalo, strukturaning
nimaligini   ko’rib   o’tamiz.   Ma'lumki,   strukturasiz   tizim   bo’lmaganidek,   tizimsiz
struktura   ham   bo’lmaydi.   Shunga   ko’ra   strukturani   tizimdagi   o’zaro   bog’liq
elementlarning tartiblari deb ta'riflash mumkin. Biz tizim tushunchasiga nimalarni
kiritamiz?
Tizim     –     o’zining   xossalari   va   bog’lanishlari   bo’yicha   u   yoki   bu
tartibdagi o’zaro bog’liq ko’p elementlardir.
O’quv jarayoni quyidagi zvenolarga ega bo’ladi:
1. O’quvchining   o’quvchilar   diqqati   va   tafakkurini   jalb   qilishi,   shu   orqali   ularni
o’quv materialini faol idrok etishga olib borish maqsadida bilish vazifasini o’rtaga
qo’yishi.
2. O’qituvchi  tomonidan bilimlarning berilishi  jarayoni  va o’quvchilarning yangi
materialni o’zlashtirish. 
3.     Ilmiy   tushunchalarning   umumlashtirilishi   va       shaklantirilishi   jarayoni,
o’quvchilarning   bilim,   ko’nikma   va   malakalarini   mustahkamlash   va
takomillashtirish. 
4.  O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tegishli vaziyatlarda qo’llash.
5.  O’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarini o’zlashtirayotgani  tekshirish.
Darsning tiplari
Dars   strukturasi   o’quvchilar   bilish   faoliyatining   xarakteri   bo’yicha
tasniflanadigan  darslarning  tipiga bog’liq bo’ladi. Ularni   o’tkazish  usullari,  ta'lim
metodlari esa o’quvchilar mustaqil ishining darajasi bo’yicha tasniflanadi. 
Darsning   quyidagi   tiplari   mavjud:   o’quvchilar   yangi   bilimlarni
o’zlashtiradigan,   faktli   materiallar     to’planadigan,   kuzatishlar   o’tkaziladigan,
jarayonlar   va   hodisalar   o’rganiladigan,   ularni   anglanadigan,   tushunchalari
shakllantiriladigan,   ko’nikma   va   malakalar   tarkib   toptiriladigan   darslar,   bilimlar umumlashtiriladigan   va   tizimlashtiriladigan   darslar,   bilimlar,   ko’nikmalar   va
malakalarni   takrorlash,   mustahkamlash,   boshqacha   aytganda,   kompleks   qo’llash
darslari, bilim, ko’nikma va malakalar og’zaki hamda yozma ravishda sinaladigan
nazorat   -   tekshirish   darslari;   bir   necha   didaktik   masalalar   baravar   hal   qilinadigan
kombinatsiyalashgan darslar. 
Hozirgi   zamon   darsining   eng   muhim   xususiyatlari     yangi   o’quv
materialini     va   uni   amalda   qo’llashni   o’zlashtirish   bilan   birga   ilgari   o’rganilgan
narsalarni   o’zlashtirish,   sintez   qilish,   takrorlash   va   mustahkamlash,   nazorat   qilish
kabi   elementlarining   o’zaro   bog’lanishidir.   T.A.Ilina   darsning   o’z   strukturasiga
barcha asosiy elementlarini olgan tipini, ya'ni umumiy yoki aralash darsni tavsiya
etadi. 
Darsning   birinchi   bosqichi   –   tashkiliy   qism.   Odatda   bu   qismga
salomlashish,   o’quvchilarning,  sinf  xonasidagi  jihozlarning darsga  tayyorgarligini
tekshirish, darsda yo’q o’quvchilarni   aniqlash, ishning rejasini e'lon qilish kiradi.
Tashkiliy qismning maqsadi – darsda ish vaziyatini vujudga keltirishdir. 
Ikkinchi bosqich – yozma uy vazifasini qo’yilgan maqsaddan qat'i nazar
turli metodlar bilan tekshirish. 
Darsning   uchinchi   bosqichi   –   o’quvchilarning   bilimlarini   og’zaki
tekshirish ( yoki ulardan  so’rash ). 
Darsning   to’rtinchi   bosqichi   –   o’qituvchining   bayon   etishi   asosida   yoki
o’quvchilarning mustaqil tahlil qilishi orqali yangi materialni tushuntirish. 
Beshinchi bosqich – uyga topshiriq berish. Darsning bu qismiga mazkur
topshiriqning mohiyatini, lozim bo’lsa uni bajarish metodikasini ham tushuntirish,
uni o’qituvchining o’zi doskaga yozishi, o’quvchilarning daftarga yoki kundalikka
ko’chirishi kiradi.  Darsning   oltinchi   bosqichi   –   yangi   materialni   mustahkamlash,   ya'ni
dastlabki   yoki   yo’lakay   –   mazkur   material   bayon   qilinayotganda   amalga
oshiriladigan mustahkamlashdir. 
Darsning   yettinchi   bosqichi   –   uni   tugallashdan   iborat   bo’lib,   bu   ish
tashkiliy   ravishda     amalga   oshirilishi   kerak.   Chunki,   dars   faqat   o’qituvchining
ko’rsatmasi   bo’yicha   mustahkamlanadi.   Muallif   darsning   ana   shu   yettita
elementini nazarda tutib, uning strukturasini quyidagicha ifodalaydi: 
1. Tashkiliy qism.
2. Yozma topshiriqni (bor bo’lsa) tekshirish.
3. So’rash - mustahkamlash.
4. Uyga vazifa berish.
5. Darsni tugallash. 
Bunday darsni bilimlarni mustahkamlash darsi deb atash mumkin.
Yangi murakkab materialni tahlil qilishda uy vazifasi tekshirilmaydi. 
1. Tashkiliy qism.
2. Yangi materialni tushuntirish .
3. Yo’lakay mustahkamlash.
4. Uyga vazifa berish: darsni tugallash.                                        
Muammoli darslar:
1. O’quvchilarni uyushtirish. 2. Muammoni   ifodalash,   taxminni   bayon   qilish   (natija   qanday   bo’lishi
mumkinligini aytish) va yechimning variantlarini bildirish: muammoni amaliy hal
qilishni izlash.
3. Natijalarni muhokama qilish. 
4. O’qituvchining sharhi va umumlashtirishi.
5. Uyga vazifa berish.
6. Darsni tugallash.
Darsning turlari
Darslarning turlari quyidagicha: 
1. a)   dars   -   leksiya,   b)   dars   -   suhbat,   v)   kino   darsi,   g)   nazariy   yoki   amaliy
mustaqil  (tadqiqot tipidagi)  ishlar  darsi, d) aralash dars (bitta darsda darsning har
xil turlari birikmasi).
2. a)   mustaqil   (og’zaki   yoki   yozma   mashqlardan   iborat   reproduktiv   tipdagi)
ishlar darsi, b) dars - laboratoriya ishi, v) amaliy ishlar darsi, g) dars - ekskursiya. 
3. a)   og’zaki   (umumiy,   yakka   tartibda,   guruhiy)   so’rash,   b)   yozma   (yakka
tartibda)   so’rash,   v)   sinov,   g)   sinov   amaliy   (laboratoriya)   ishi,   d)   kontrol   ish,   y)
aralash dars. Oldingi uchta turning birikmasi.            
Darslarning tipi
Tushuntirish   darsi.   Ma'lumki,   maktabdagi   ta'limning   asoslaridan   biri
onglilik   prinspidir.   Shunga   ko’ra,   ko’nikma   va   malakalarning   shakllantirishning
dastlabki  bosqichi  nazariy masalalarni  o’rganishdan  iborat  bo’lishi    kerak.  Bunda
o’qituvchining materialni tushuntirishi eng muhim zveno hisoblanadi. 
Tushuntirish   darsining   strukturasi,   ya'ni   undagi   qismlarning   o’zaro
joylashuvi quyidagicha bo’lishi mumkin:  1. Ilgari   o’rganilgan   materiallarga   doir   bilimlarni     eslash   (o’quvchilardan
so’rash);
2. Materialni tushuntirish;
3. Materialning o’zlashtirilganini tekshirish;
4. Nazariyani  qo’llash namunasini ko’rsatish;
5. Uyga vazifa berish; 
6. Darsni yakunlash.       
Ana shu tipdagi darsning strukturasi elementlariga   dars mavzusini e'lon
qilish,   uning   maqsadini   ifodalash   va   vazifalarning   qo’yilishini   ham   kiritish
mumkin. 
Bilimlar, ko’nikmalar va malakalarni mustahkamlash darslari. Bu tipdagi
darsning strukturasi quyidagi darsning asosiy elementlarini o’z ichiga oladi: 
1. Nazariya bo’yicha bilimlarni eslash;
2. Mavzu bo’yicha ko’nikma va malakalarni  rivojlantirish (mashqlar);
3. Darsni yakunlash;
4. Uyga vazifa berish.         
Takrorlash   darsi.   Mustahkamlash   va   takrorlash   darslari   o’rtasida
anchagina   umumiylik   mavjud.   Bu   umumiylik,   eng   avvalo,   mazkur   darslarning
vazifalari   va   strukturalariga   taalluqlidir.   Shu   bilan   birga   mustahkamlash   va
takrorlash   darslari   orasida   tafovut   ham   bor.   Shuningdek,   takrorlash   darsida
material   to’liq   emas,   balki   tanlab   ko’rib   chiqilgan,   oldingi   darslarda   yetarlicha
o’zlashtirilmagan   masalalar   takrorlanadi.   Materialni   umumlashtirish   va   ko’nikma
hamda malakalarni takomillashtirish darslari. 
Umumlashtirish darsining elementlari quyidagilardan iboratdir: 1. Umumlashtiruvchi materialga doir bilimlarni eslash;
2. Materialni umumlashtirish;
3. Nazariyani  o’zlashtirilganini tekshirish;
4. Umumlashgan qoidani qo’llash namunasini ko’rsatish; 
5. Mavzu bo’yicha ko’nikma va malakalarni  takomillashtirish (mashqlar);
6. Darsning natijalarini yakunlash;
7. Uyga vazifa berish.          
Bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirish darsi (kontrol dars). Kontrol ish
o’tkaziladigan darsning strukturasi murakkab emas: o’qituvchi topshiriqlarni aytib
turadi   (yoki   doskaga  yozadi),  o’quvchilar  ularni  bajaradilar   va dars  oxirida  ishlar
yig’ib   olinadi.   Kontrol   ishning   savollari   va   topshiriqlari   shunday   ifodalanishi
Zamonaviy   pedagogikada   ta’lim   paradigma   (modeli)lari.   Pedagogik
paradigma    (yunoncha paradeigma - misol, namuna) – pedagogika fani rivojining
har bir bosqichida ta’limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish namunasi (modeli,
standarti)   sifatida   ilmiy   pedagogik     hamjamiyat   tomonidan   e’tirof   etilgan   nazariy
hamda metodologik ko’rsatmalar to’plami bo’lib, u ta’limning kontseptual modeli
sifatida   qo’llaniladi.   Bugungi   kunda   ta’limning   quyidagi   paradigmalari   keng
tarqalgan:
1. An’anaviy – konservativ (bilim paradigmasi)
2. Ratsionalistik (bixevioristik)  
3. Fenomenologik (gumanistik) paradigma.
4. Texnokratik.
5. Ezoterik.
Ayni vaqtda ta’lim paradigmalarini belgilashga nisbatan ikki xil yondashuv 
mavjud:
1.   q adriyatli   (aksiologik)   yondashuv   -   madaniyat   inson   hayotining
mazmuni sifatida tushuniladi. 2.   F aoliyatli   yondashuv ga   asosan   madaniyat   moddiy   va   ma’naviy
boyliklarini   yaratishga   yo’naltirilgan   faoliyatning   sinalgan   usullari   sifatida   talqin
etiladi.
3.   SHaxsiy   yondashuv   -   madaniyat   muayyan   shaxs   timsolida   namoyon
bo’ladi.
Madaniyatga   nisbatan   turlicha   yondashuvlarning   mavjudligi   turlicha
paradigmalarning yaratilishiga zamin yaratadi.
Har   bir   paradigma   bir   qator   ta’limiy   muammolarni   hal   etishga
yo’naltiriladi.  Xususan:
- ijtimoiy institut sifatida o’quv muassasalarining vazifalari;
- ta’limning samarali tizimi;
- o’quv yurtlari oldida turgan eng muhim, ustuvor masala;
- ta’limning ijtimoiy ahamiyatli maqsadlari;
- muayyan bilim, ko’nikma va malakalarning qimmatli hisoblanishi.
Ayni vaqtda quyidagi paradigmalar mavjud:
1.  Bilim olishning an’anaviy paradigmasi (modeli)  (J.Majo, L.Kro, J.Kapel ь  va 
boshqalar)
Unga ko’ra ta’limning asosiy maqsadi - “Bilim, qanchalik qiyin bo’lmasin
bilim   olish”.   An’anaviy   paradigma   maktabning   maqsadi   yosh   avlodga   individual
rivojlanishi   hamda   ijtimoiy   tartibni   saqlab   qolishga   yordam   beruvchi   madaniy
meroslarning   muhim   elementlari   –   bilim,   ko’nikma   va   malakalar,   ilg’or   g’oyalar
va qadriyatlarni saqlab qolish hamda ularni yoshlarga yetkazish muhim ekanligini
yoritadi.   Bilim   olish   paradigmasining   asosiy   maqsadi:   ta’lim   olish,   taraqqiyot   va
madaniyatning eng muhim  elementlarini avloddan-avlodga yetkazish.
2.  Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma  (P.Blum, R.Ganьe, B.Skinner va 
boshqalar). Ratsionalistik paradigma diqqat markazida ta’lim mazmuni emas, 
balki o’quvchilar tomonidan turli bilimlarni o’zlashtirilishini ta’minlovchi 
samarali usullari yotadi. Ta’limning ratsionalistik modeli asosini B.Skinerning 
ijtimoiy  injeneriya bixevioristik (inglizcha  behavior  - xulqi) kontseptsiyasi 
tashkil qiladi. Maktabning   maqsadi   –   o’quvchilarda   g’arb   madaniyati   ijtimoiy   qoidalari,
talablari   va   ko’zlagan   maqsadlariga   mos   keladigan   moslashtiruvchi   “xulqiy
repertuar”ni shakllantirishdir. SHu bilan bir vaqtda, “xulqi” atamasi bilan “insonga
xos   hamma   ta’sirlanishlar   –   uning   fikrlari,   sezgi   va   harakatlari”   ifodalanadi
(R.Tayler).
Bunda   ta’limning   asosiy   metodlari,   o’rgatish,   trening,   test   sinovlari,
individual ta’lim, tuzatishlari bo’lib qoladi. Buning oqibatida, ta’limninggina emas,
balki   dars   berishning   ham   ijodiy   xarakterini   aniqlash   muammosi   muhokama
qilinmaydi.
B.Blum   barcha   o’quvchilar   faqat   o’zlashtiribgina   qolmay,   balki
muvaffaqiyatli   o’qishlari   mumkin   deb   hisoblaydi.   O’quvchining   optimal
qobiliyatlari   ma’lum   sharoitlarda,   o’quvchiga   ta’lim   berish   natijasi   uning   sur’ati
bilan   aniqlanadi.   Olimning   firicha,   o’quvchilarning   95   %   i   ta’lim   muddatlariga
bo’lgan   cheklashlar   olib   tashlanganda   o’quv   kursining   butun   muzmunini
o’zlashtirib   olishga   qodirlar.   Ana   shu   nuqtai   nazardan   o’quvchilar   tomonidan
bilimlarning muvaffaqiyatli o’zlashtirishini ta’minlovchi metodika ishlab chiqiladi,
uning mohiyati quyidagichadir: 
1. Butun sinf yoki kurs uchun to’la o’zlashtirish etaloni, mezonnini aniq
belgilab   olish   asosida   o’qituvchi   ta’lim   yakunida   erishilishi   kerak   bo’lgan   aniq
natijalarning ro’yxati va unga muvofiq keluvchi testlarni tuzadi.
2. O’quv   birliklari,   ya’ni,   o’quv   materiallarining   yaxlit   bo’limlari
ko’rsatiladi,   ularni   o’zlashtirish   natijalari   aniqlanadi,   yakuniy   bahoga   ta’sir
ko’rsatmaydigan   navbatdagi   testlar   tuziladi.   Bu   testlarning   vazifalari   –   tuzatish,
korrektsiyalashdan iborat.
3. To’la   o’zlashtirishga   yo’naltirilgan   har   bir   o’quv   kurs   materiallarini
o’zlashtirish darajasini baholash uchun test sinovlarini o’tkazish. Bu o’rinda har bir
o’quvchiga baho va ta’lim maqsadlarining ahamiyatini tushuntirish muhim.
Predmetlarni   bo’sh   va   o’rtacha   o’zlashtiruvchi   o’quvchilarning
qobiliyatlarini   jadal   rivojlantirish   P.Blum   kontseptsiyasining   asosiy   mazmunini
tashkil etadi. Turli   mamlakatlarning   (Avstriya,   Belьgiya,   AqSH   va   boshqalar)   ta’lim
tizimlari   tajribasi   ratsionalistik   (bixevioristik)   paradigma   g’oyalariga   muvofiq   ish
ko’rilganda 70 % o’quvchilar yuqori natijalarni qayd etganliklarini ko’rsatadi.
Yuqorida   qayd   etilgan   ta’lim   yo’nalishlari   o’zida     insonparvarlik
g’oyalarini   ifoda   etmagan,   ular   bola   dunyoqarashining   rivojlanishi,   shaxsning
rivojlanishida   shaxslararo   munosabatlarning   muhim   o’rin   tutishini   nazarda
tutmaydi.
3.   Gumanistik   (fenomenologik)   paradigmada   (A.Maslou,   A.Kombs,
K.Rodjers,   L.S.Vo’godskiy   va   boshqalar)   o’quvchini   erkin   shaxs,   ijtimoiy
munosabatlar sub’ekti sifatida e’tirof etib, uning o’ziga xos rivojlanish talablariga
egaligini   ta’kidlaydi.     .   Ular   bolani   rivojlantirish   maqsadida   uni   shaxslararo
munosabatlar   jarayoniga   yo’naltiradi.   Ta’limning   fenomenologik   (fenomen   –
yunoncha   phainomenon   –   hisoblangan,   ya’ni,   mashhur,   alohida   nodir   odam)
modeli   o’quvchilarning     individual-psixologik   xususiyatlarini   hisobga   olib,
ularning talab va qiziqishlariga hurmat bilan munosabatda bo’lishni ko’zda tutadi.
Uning   vakillari   o’quvchini   nodir   shaxs   deb   hisoblaydilar.   Gumanistik   paradigma
doirasida faoliyat olib boruvchi har bir ta’lim tizimi ijodiy rivojlanadi va o’quvchi
hamda o’qituvchining erkinligi va ijodkorligini yoqlaydi.
Gumanistik   paradigma   g’oyalari   1991   yildan   keyin   respublika   uzluksiz
ta’lim   tizimiga   joriy   etila   boshlandi.   Paradigmaning   diqqat   markazida
o’quvchining   barkamol   rivojlanishi,   uning   intellektual   ehtiyojlari,   “erkin
fikrlaydigan   shaxsni   tarbiyalash”   masalasining   ijobiy   hal   etilishi   yotadi.   Ayni
vaqtda   respublika   ta’lim   muassasalarida   qo’yidagi   g’oyalarga   amal   qilinmoqda:
“Demokratik   jamiyatda   bolalar,   umuman   har   bir   inson   erkin   fikrlaydigan   etib
tarbiyalanadi.   Agar   bolalar   erkin   fikrlashga   o’rganmasa,   berilgan   ta’lim   samarasi
past bo’lishi muqarrar. ... Mustaqil fikrlash – ham katta boylikdir” 1
.
Ezoterik paradigma   (yunoncha esoterikos – ichki, sirli, yashirin, faqatgina
biluvchilar   uchun   mo’ljallangan   insonning   dunyo   bilan   o’zaro   aloqalari     yuksak
1
  Karimov   I . A .  Barkamol   rivojlangan   avlod  –  O ` zbekiston   taraqqiyotining   poydevori .
–  Toshkent ,  Sharq   nashriyot - matbaa   kontserni , 1997, 9- bet darajalarini   aks   ettiradi).   Modelning   mohiyati   haqiqatga     abadiy   va     o’zgarmas,
doimiy sifatida munosabatda bo’lishdan iboratdir. Paradigma tarafdorlari haqiqatni
bilib   bo’lmaydi   deb   ta’kidlaydilar.   Unga   faqatgina   fahmlash   asosida   erishish
mumkin. Pedagogik faoliyatning oliy maqsadi koinot bilan muloqot, o’quvchining
tabiiy   kuchlarini   ozod   etish   va   rivojlantirishdan   iborat.   SHu   bilan   birga,
o’qituvchining   himoyalash   vazifasi   muhimdir,   u   o’quvchining   mavjud
imkoniyatlarini   uni   ma’naviy,   jismoniy,   psixik   jihatdan   rivojlantirishga
yo’naltiradi.
Ilmiy-texnik,   texnokratik   paradigma ning   asosiy   maqsadi     amaliyotni
takomillashtirish asosida o’quvchilarga “aniq”   ilmiy bilimlarni berish va ularning
o’zlashtirishlarini ta’minlash. “Bilim - kuchdir”, shuning uchun insonning qimmati
uning   o’rganish,   bilim   olish,   imkoniyatlari   bilan   belgilanadi.   Odam   o’z-o’zidan
qimmatli emas, u faqatgina ma’lum (o’rtacha, standartlashtirilgan) bilim yoki xulq
egasi sifatida qimmatga ega g’oyalari mazkur paradigmaning asosini tashkil etadi.
So’nggi yillarda   noinstitutsional paradigma   rivojlana   boshladi. U ta’limni
ijtimoiy institutlar, ya’ni, maktab va oliy o’quv yurtlardan tashqarida tashkil etish
g’oyasini   ilgari   suradi.     Bu   ta’lim   “tabiatda”   -   Internet,   “ochiq   maktablar”   –
kompyuterlar  vositasida  ta’lim dasturlariga (masofadan o’qitish) muvofiq o’qitish
samarali deya hisoblaydi.  
Foydalanilgan a dabiyotlar  
1. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni. Barkamol avlod – 
O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa 
kontserni, 1998.
2.  O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» .  Barkamol 
avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, SHarq nashriyot-
matbaa kontserni, 1998.
3. «O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to’g’risida»gi Nizom .Xalq ta’limi j., № 6, 
1999.
4. «Umumiy o’rta ta’lim maktabi Pedagogika Kengashi to’g’risida»gi Nizom. 
Ta’lim taraqqiyoti j., № 3, 2002.
5. «Umumiy o’rta ta’lim maktabi Metodika Kengashi to’g’risida»gi Nizom. Ta’lim
taraqqiyoti j., № 3, 2002.
6. Umumiy o’rta ta’lim maktabi fan Metodika birlashmalari to’g’risida»gi Nizom. 
Ta’lim taraqqiyoti j., № 3, 2002.

O’quv faoliyatni tashkil qilish shakllari Reja: 1. Didaktika xakida tushuncha. 2. Ta’lim jarayoni va uning xususiyatlari. 3. Zamonaviy pedagogikada ta’lim paradigma (modeli)lari

1. Didaktika haqida tushuncha. Didaktikaning predmeti va vazifalari. Didaktikaning tashkil topishi va rivojlanishi. Insonning faoliyatida o’qitish har doim juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Ta’lim tasodifiy, intuitiv xususiyatga ega bo’lganda ham va asosan tasodifan axborotlarni berish hamda taqlid qilishdan iborat bo’lganda ham shunday bo’lgan; keyinchalik ham, ta’lim maqsadga muvofiq muntazam va rejalashtirilgan jarayonga aylanganda, maktab paydo bo’lganida ham shunday bo’lgan. Biroq uzoq vaqt davomida ta’limni nazariy tahlil qilish va o’rganish ishlari olib borilmadi, shuning uchun o’z nazariyasiga ega bo’lmadi. Faqatgina XVII asr bu sohada muhim o’zgarishlar olib keldi: aynan o’sha paytda ta’lim alohida nom oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi. Didaktika so’zi yunoncha didaktikos “o’rgatuvchi”, didasko esa – “o’rganuvchi” ma’nosini bildiradi. Bu so’z 1613 yili Germaniyada nemis pedagogi Vol ь fgang Ratke (1571- 1635 yillar) tomonidan kiritildi. Bu tushunchani shunga o’xshash usulda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670 yillar) “Buyuk didaktika” nomli mashhur asarida tilga oladi. Lekin Komenskiy “didaktika bu faqat ta’limgina emas, balki tarbiyalash ham”, deb ta’kidlaydi. Mazkur asarda olim ta’lim nazariyasining muhim masalalari: ta’lim mazmuni, ta’limning ko’rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida so’z yuritadi. 2. Didaktikaning predmeti, funktsiyalari va vazifasi. Pedagogik fan o’qitish va tarbiyalashni ularning yaxlitligi va birligida o’rganadi. Ikki faoliyatning har birining mohiyatini aniq bayon etish uchun ta’lim nazariyasi (didaktika) va tarbiya nazariyasini ajratib ko’rsatadilar. Hozirgi davrda didaktika o’qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi. Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar bo’yicha ta’lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud.

Ularning mazmuni ta’limning ma’lum bosqichlarida u yoki bu fanlarni o’rganish va ta’lim berishning nazariy asoslarini belgilaydi. Didaktika – bu pedagogik fan bo’lib, u ta’limning nazariy jihatlarini o’rganadi. Har bir o’qituvchi didaktika asoslarini bilishi zarur. Didaktika predmetini aniqlash bo’yicha turli qarashlar ilgari surilgan. qarashlarning turlicha bo’lishi didaktikaning metodologik kategoriyalarini aniq ajratilmaganligi bilan bog’liq. Ko’pchilik olimlar ta’lim ob’ekt deb o’qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko’rsatadilar. Didaktika ta’limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e’tirof etadi. Ta’lim yordamida yoshlarni hayotga tayyorlash amalga oshiriladi. Ta’limiy faoliyatini tashkil etishda o’qituvchi - o’quvchi, o’quvchi – o’quv materiali, o’quvchi - boshqa o’quvchilar o’rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi. Pedagogik adabiyotlarda ulardan qaysi biri didaktika uchun asosiy hisoblanishi kerakligi borasida ham turli fikrlar keltiriladi hamda o’quvchining o’quv materialiga bo’lgan munosabati, ya’ni, bilimlarni o’rganish munosabatini asosiy deb e’tirof etuvchi qarashlar soni nisbatan ko’p. Darhaqiqat, o’qish, o’rganishi ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ta’limga psixologiya nuqtai nazaridan yondashilsa, ushbu munosabatning ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq, ta’limga pedagogik, ya’ni, ijtimoiy tajribani berish, o’rgatish nuqtai nazaridan qaralsa faoliyat uchun asosiy sanaluvchi munosabat – ikki shaxs (o’quvchi va o’qituvchi) o’rtasidagi munosabatlar ye takchi o’rin egallashi lozim ekanligi anglanadi. Didaktika predmetini mohiyatini ochishga xizmat qiluvchi yana bir qarash ta’lim-tarbiya jarayonini yaxlit o’rganish zarurligini ilgari suradi. Ta’limning tarbiyaviy vazifalari o’quvchining bilimni o’zlashtirishlarini ta’minlabgina qolmay, shaxs xususiyati, uning rivojlanishi, ma’lum ma’naviy-axloqiy sifatlarni o’zlashtirishi, fe’l-atvori, xulqini tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitni yaratishdan iborat.

Didaktikaga ta’limning mazmunli va protsessual jihatlarini birgalikda o’rganish xosdir. Amaliyotni qayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini nazarda tutgan holda didaktika ta’limni faqatgina o’rganish ob’ekti sifatidagina emas, balki ilmiy asoslangan loyihalashtirish ob’ekti sifatida qaraydi. Umumiy didaktikaning predmeti dars o’tish (o’qituvchi faoliyati) va bilim olish (o’quvchining o’rganish faoliyati)ning o’zaro bog’liqligi va aloqadorligi hisoblanadi. Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat: - ta’lim jarayonlari va ularni amalga oshiri shartlarini ta’riflash va tushuntirish; - ta’lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya’ni, ta’lim tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish; - ta’lim jarayoni uchun xos bo’lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, omillarini tahlil qilish va ta’riflash. Didaktika nazariy va bir vaqtning o’zida me’yoriy-amaliy fan. Didaktikaning ilmiy-nazariy vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini o’rganish, uning turli jihatlari o’rtasidagi bog’liqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendentsiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir. O’zlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim amaliyotini yo’naltirish, ta’limini jamiyat tomonidan qo’yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon beradi. Ta’lim mazmunini anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va vositalarini qo’llash me’yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-me’yoriy hamda konstruktiv-texnologiya vazifa ni bajaradi. 3. Didaktikaning tushunchaviy tizimi va asosiy kategoriyalari. Muayyan fanga xos bo’lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to’plangan bilimlar aks etadi. Mavjud ilmiy tushunchalar ikki asosiy guruhga ajratiladi: 1) falsafiy tushunchalar; 2) xususiy ilmiy, ya’ni, muayyan fangagina xos bo’lgan tushunchalar.

Didaktika uchun “umumiy va alohida”, “mohiyati va hodisa”, “qarama- qarshilik”, “bog’liqligi” kabi va boshqa falsafiy tushunchalar ham muhim ahamiyatga ega. Didaktika tomonidan foydalaniladigan umumfan tushunchalari orasida “tizim”, “struktura”, “vazifa”, “element” kabilar aloshida o’rin tutadi. Pedagogikaga xos didaktik tushunchalar sirasiga quyidagilar kiradi: “ta’lim”, “dars berish”, “bilim olish”, “ta’lim jarayoni”, “o’quv fani”, “ta’lim mazmuni” va boshqalar. Didaktikada turdosh fanlarga xos bo’lgan tushunchalar ham qo’llaniladi: “idrok etish”, “o’zlashtirishi”, “mahorat”, “rivojlanish” va boshqalar (psixologiya) hamda “boshqarish”, “qayta aloqa” (kibernetika). Didaktikaning tushunchali-terminologik tizimi muntazam yangilanib va to’ldirilib borilmoqda. Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat: dars o’tish, bilim olish, ta’lim, bilim, ko’nikma, malaka, ta’lim maqsadi, mazmuni, ta’lim jarayoni, ta’lim jarayonini tashkil etish, ta’lim turlari, shakllari, metodlari va vositalari, ta’lim natijasi. So’nggi paytlarda asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta’limning didaktik tizimi va ta’lim texnologiyasi kabi tushunchalarni ham kiritish taklifi ilgari surilmoqda. Bilim olish – idrok etish, o’rganish, mashq qilish va egallangan tajriba asosida xulq va faoliyatda yangi shakllarning yuzaga kelishi, mavjud bilimarining o’zgarab, takomillashib, boyib borish jarayoni. Ta’lim - qo’yilgan maqsadga erishishga yo’naltirilgan o’qituvchi va o’quvchining maqsadli o’zaro harakatlari. Ularning birgalikdagi faoliyati ikki tomonlama aloqani tashkil etish jarayonidir. Ta’lim berish asosida bolani umumiy rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Ta’lim - o’qitish jarayonida o’quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko’nikma, malaka, fikrlash tizimi. Bilim – tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui bo’lib, ular o’quvchining ongida borliq tushunchalari, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etadi.