Zamburug‘larning tavsifi
Zamburug‘larning tavsifi Reja: 1.Zamburug‘lar haqida tushuncha 2. Zamburug‘larni morfologik tuzilishi 3 . Zamburg‘larnig vegetativ tanasi va uning shakl o‘zgarishi . 4. Zamburug‘lar hujayrasining tuzilishi 5. Zamburug‘larning oziqlanishi 6. Zamburug‘larning atrof muhit sharoitiga munosabati 7. Zamburug‘larning ko‘payishi va uning turlari 8. Zamburug‘larning rivojlanish tsikllari va tarqalishi 9. Zamburug‘larning parazitik ixtisoslashuvi. Mikozlarda infektsion jarayonning o‘ziga xosligi.
Zamburg‘lar kasallik qo‘zg‘atuvchilarnng eng ko‘p sonli guruxi hisoblanadi. Zamburug‘larning 10000 dan ortiq turi mavjud. Zamburug‘lar vegetativ tanasi ipsimon tuzilishli va haqiqiy yadroga ega bo‘lgan alohida organizmlar guruxidir. Ularnig xujarasida xlorofill yo‘q, o‘zingi yashashi uchun organik modda manbasiga muhtoj, ya’ni zamburug‘lar o‘zining tabiatiga ko‘ra geterotrofdir. Ular spora yordamida ko‘payadi. Zamburug‘lar o‘zinig holati bo‘yicha tirik tabiatda o‘ziga xos joyni egallaydi, ularni tirk organizmlarnig mustaqil olamiga ajaratadi. Bu olam bir qator belgilari bo‘yicha o‘simlkilar olami bilan hayvonlar olami o‘rtasida oraliq holatni egallaydi. Zamburug‘lar o‘simliklardan nafaqat geterotrof usulda oziqlanishi bilan, balki o‘ziga xos xo‘jayraviy tuzilishi bilan ham farq qiladi. Juda ko‘pchilik zamburug‘larda xo‘jayra qavati xitin va gemisellyulozadan tarkib topgan bo‘lib, qavati sellyulozadan tarkib topgan yuksak o‘simliklar xo‘jayrasidan farq qiladi. Zamburug‘larda xjayrani bo‘linish jarayoni o‘simliklardagiga nisbatan oddiy. Zamburug‘larxo‘jayra devorida xitinning bo‘lishi, ular moddalar almashinuvi mahsulotda mochevinani bo‘lishi, hamda glikogen zahira moddasini hosil bo‘lishi va boshqa ayrim narsalar zamburug‘larni hayvonlar olamiga yaqinlashtiradi. Chunki bu xossalar hayvonlarga xos. Lekin zamburug‘lar o‘simlik ham, hayvon ham emas. Bu gurux organizmlarining rivojlanishi ularga bog‘liq bo‘lmagan holda amalga oshadi. Zamburug‘lar oziqlanish manbai sifatida o‘simlik yoki hayvon kelib chiqishiga ega bo‘lagan tayyor organik moddani ishlatadi, shuning uchun, ular yo saprofit yo parazitik hayot tarzini kechiradi. Tabiatda zamburug‘larningg asosiy roli organik moddalarni minerallashdan iborat. O‘simlik yoki hayvon qoldiqlariga borib, ular tabiatda moddalar umumiy aylanishida muhim sanitar funksiyani bajaradi. Ayrim zamburug‘lar hayot faoliyati jarayonida inson uchun foydali moddalar- antibiotiklar va boshqa moddalarni yaratadi. Ayrim zamburg‘larning fermentativ aktivligidan non va pivo tayyorlashda foydalaniladi. Zamburug‘lar ijobiy faoliyati bilan birgalikda xalq xo‘jaligiga kattta zarar keltiradi. Ular o‘simlik
va hayvon mahmulotlarini yemiradi, dalada ham, saqlashda ham, yog‘ochlikni yo‘qotib ko‘p sonli o‘simlik kasalliklarini keltirib chiqaradi. Zamburg‘larning vegetativ tanasi juda mayda va nozik shoxlangan giflardan tuzalgan va u misella deb ataladi. Gif misellaning asosiy elementi bo‘lib, uchidan o‘sish qobiliyatiga ega bo‘lgan cho‘zinchoq ip hisoblanadi. Giflar to‘siqqa ega yuhbo‘lmasliklari ham mumkin, unda misella bita kuchli tarmoqlangan xo‘jayradan tashkil topgan bo‘ladi. Bunday misella xo‘jayrasiz yoki bo‘linmagan deb atalladi. Ko‘ndalang to‘siqqa ega bo‘lgan giflar ko‘p xujayrali yoki bo‘laklarga bo‘lingan (septirli) misella hosil qiladi. Oddiy zamburug‘larning kam sonli vakillarid vegetativ tana sitoplazmaning ochiq uyumi hisoblanadi – bu plazma plozmodiy deyiladi. Vegetativ tanasi plazmodiy yoki a’zolarga bo‘linmagan miseliy bo‘lsa tuban zamburug‘lar deyiladi. A’zolarga (bo‘laklarga) bo‘lingan ko‘p xo‘jarali miseliy bo‘lsa yuksak zamburug‘ deyiladi. Zoosporalardan tashqari boshqa zamburug‘ xo‘jayralari va ayrim tuban zamburug‘lar vegetativ tansi qattiq qavat bilan o‘ralgan. Bu qavat bir, ikki va uch qavatli bo‘lish mumkin. Xo‘jayra qavati kimyoviy tarkibi bo‘yicha asosan uglevodlardan azot saqlaydigan xitin tipidagi birikmalar va yog‘ moddalaridan tashkil topgan. Xo‘jayraning qattiq qavati hisobiga vegetativ giflar va ko‘payish organlari ma’lum bir shaklga ega. Zamburug‘ va ulardan aniqlashda diagnostik belgi sifatida foydalaniladi. Xo‘jayra devori xo‘jayra ichidan organlarni tashqi muhit substrat o‘rtasida, xo‘jayra va tashqi muhit o‘rtasida moddalar almashinuvi boradi. Xo‘jayra devorining tuzilishi, tarkibi va xossasi zamburug‘ turi va xo‘jayraning funksiyasi (vazifasiga) bog‘liq. Ular xo‘jayra yoki o‘tish bilan o‘zgarishi mumkin, oziqlanish sharoiti va boshqa faktorlarga bog‘liq holda zamburug‘ rivojlanishining turli fazalarida o‘zgaradi.odatda yosh xo‘jayralarning devori yupqa, nozik, rangsiz, strukturasi bo‘yicha bir jinsli bo‘ladi. Yosh o‘tishi bilan xo‘jayra qavati qalinlashadi, shilliqlashadi, pigmentlar to‘planishi hisobiga rangini o‘zgartiradi. Xo‘jayra devori tashqi qavati, ayniqsa sporalarda ko‘p yonlik
zamburug‘larda ktinlashgan, ya’ni voks (mo‘m) va yog‘ bilan shimdirilgan bo‘ladi, bu esa ularni tashqi muhitning noqulay sharoiti ta’siriga chidamli qiladi. Xo‘jayraning ichki tuzilish organlari plazmatik membrana yoki plazmolemma bilan o‘ralgan. Plazmolemma xo‘jayraning hayot faoliyati jarayonida bir qatormuhim funksiyalarni bajaradi. Plazmolemma yarim o‘tkazgiya xossasiga ega. Buning evaziga membrana atrof muhitdan xo‘jayraga moddalarning o‘tish jarayonini va ularni xo‘jayradan atrof-muhitga ajralish jarayonini boshqaradi. Bunday boshqarish xo‘jayra uchun kerak bo‘ladigan osmotik bosim drajasini va moddalar almashinuvini ushlab turishga imkon beradi. Xo‘jayra ichida sitoplazma bo‘lib, u mitoxondriya, ribosoma, yadro, vakuola va har xil qo‘shimchalardan tashkil topgan. Xo‘jayraning alohida strukturalari ham yarim o‘tkazich membranalar bilan o‘ralgan. Turli xil sistematik guruh zamburuhlarida va rivojlanishning turli fazalarida xo‘jayradagi yadrolar soni turlicha: ular bita, ikkita va kup bo‘lishi mumkin. Zamburug‘larda yadro aniq ajralgan va xususiy qobiq bilan ta’minlangan. Zamburug‘ xo‘jayralarning asosiy zaxira moddasi glikogen, u mayda granula ko‘rinishida bir me’o‘rda sitoplazma bo‘ylab taqsimlangan. Bundan tashqari, unda moddalar almashinuvida katta rol uynaydigan metaxromatin (volyutin) katta miqdorda salanadi. Zamburug‘ xo‘jayrasida yog‘ qo‘shimchalari ko‘pincha mavjud bo‘lvdi, ayniqsa sporalar meva tanalar, sklerosiylar, miseliyaning qari qismi ularga boy bo‘ladi. Yog‘lar protoplazmada maydav changlangan holatda saqlanadi yoki yirik tomchi hosil qiladi. Zamburug‘larning tinim shakllarining miseliyasi xo‘jayrasi tarkibida pigmentlar, organik kislotalar va ularning tuzlari, vitaminlar, terpenlar, fermentlar, toksinlar, smolalar va boshqa moddalar bo‘ladi. Ulardan ayrimlari zahira modda rolini bajaradi, moddalar almashinuvi jarayonida qatnashadi, himoyaviy funksiyani bajaradi va hakoza. Shunday qilib, zamburug‘ xo‘jayrasi yaxshi tashkillashtirilgan sistemadir va ular organizmning turli xil tashqi muhit sharoitida hao‘tchanligini saqlashini ta’minlaydi. Zamburug‘larda oziqlanish miseliyaning butun yuzasi bilan amalga
oshiriladi, shuning uchun ipsimon tuzilishi maksimal yuzani ta’minlaydi, zamburug‘larni yashashi uchun yaxshi sharoit yaratiladi. Miseliya uchun giflarni radial joylashishi xarakterli. Tuproqda zamburug‘ turli tuzilishli bulgani uchun shapkali (shlyapali) zamburug‘lar (bazidiyamisetlar sinfi) ko‘pincha to‘g‘ri xalqa hosil qilib o‘sadi, masalan muxomarlarning «vedma aylanasi», ko‘p yillik o‘simliklarning so‘lib qolishini chaqiradigan zamburug‘lar, har yili o‘zining miseliyasini (gribnisasini) radius bo‘ylab kengaytiradi, shuning uchun daraxtlarning nobud bo‘lishi aylana bo‘ylab boradi, har yili yangi joylarni qamrab oladi. Gif o‘sishining cho‘qqisimon xarakteri uni eniga o‘sishini istisno qiladi. Shuning uchun miseliya iplari odatda butun hayoti davomida ozmi-ko‘pmi diametrini doimiy holda saqlaydi. Ko‘pchilik hollarda diametr 1 dan 10 mkm gacha, kam hollarda 20 mkm va undan kattani tashkil etadi. Gif qalinligini doimiyligi zamburug‘lar turini aniqlashdadiagnostik belgi sifatida ishlatiladi. Giflar uzunligi bir necha o‘n santimetrga yetishi mumkin. Intensivshoxlanadigan giflar o‘sish jarayonida bir biri bilan uchrashganda (tegishganda) ko‘pincha anastomozlar- o‘simtalar hosil qiladi. O‘simtalar birbiri bilan qo‘shilib, ulanib birlashtiruvchi ko‘priklar hosil qiladi. Anstomozlar orqali ichki organlar va suyuqliklar, jumladan yadro bilan almashinishi ruo‘ beradi. Miseliy xo‘jayin- o‘simlikka nisbatan yuza va ichki bo‘lishi mumkin. Agar miseliy zaralangan o‘simlikning yuzasida rivojlansa yoki boshqa substratning ustida rivojlansa, unda miseliya yuza yoki havo (ekzogen) miseliya deb ataladi. Sustrat ichkarisida rivojlanadigan miseliya ichki (botirilgan) yoki substratli (endogen) miselii deb ataladi. Yuza miseliyalar zaralangan organlar yuzasi bo‘ylab tarqaladi va nozik momiq (pumist ы y) yoki o‘rgamchak paletli yoki nozik pardali, paxtasimon to‘planishga ega bo‘ladi. Miseliyasi yuza rivojlanadigan ya’ni ekzogen bo‘lgan parazit zamburug‘lar ektoparazitlar deb ataladi. Ektoparazitlarning tipik vakili- haqiqiy un shudring zamburug‘lari hisoblanadi. O‘simlik to‘imasi ichidamiseliyasi bo‘ladigan (endogen bo‘ladigan) zamburug‘lar endoparazit deb ataladi. O‘z navbatida endoparazitlar ikkiga