logo

Mezolit davri umumiy tavsifi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

30.2099609375 KB
    Mezolit davri umumiy tavsifi
 
Reja:
1. Mezolit davriga umumiy tavsif.Mezolit davrida flora va faunadagi 
o‘zgarishlar.
2. Yaqin va O‘rta Sharq mezolit davrida.
3. O‘rta Osiyo mezolit davrida.
  1.1  Mezolit davriga kelib tabiiy-geografik muhit keskin o‘zgaradi. So‘nggi
paleolit   va   mezolit   davrining   ilk   bosqichlarida   hukmron   bo‘lgan   oxirgi
Vyurm   muzligi   erib,   yer   yuzida   global   isish   boshlanadi   va   pleystotsen
golotsen bilan almashadi. Ko‘pchillik olimlarning ilmiy farazlariga ko‘ra bu
tabiiy   jarayon   mil.   av.   8300   yillarda   sodir   bo‘lagan.   Natijada   yer   yuzining
shimoliy hududlarida hayvanot va o‘simlik dunyosi keskin o‘zgaradi. Muzlik
oldi     hududlarida   yashovchi   hayvolarning   ayrimlari,   xususan   jundor
karkidon,   mamont,   ho‘kizqo‘y   so‘nggi   paleolit   davrining   oxirlaridayoq     va
keyinchalik esa boshqalari qirilib ketadi, qolgan qismi esa shimolga ko‘chadi.
Hayvanot   olamidagi   o‘zgarishlar,   ya’ni     yirik   hayvonlarning   o‘rniga   tez
chopar,   ziyrak   va   yolg‘iz   yashovchi   hayvonlar   turining   ko‘payishi   paleolit
davri ovchilik an’analarining qiyinlashtirdi. Natijada bu turdagi hayvonlarga
ov   qilish   uchun   yangi   vosita   o‘q-yoydan   foydalanish   va   yakka   ovchilik
mavqeining   oshishiga   olib   keldi.   Mazkur   hududlarda   va   janubiy
mintaqalarning   tog‘li   hududlarida   ot,   ho‘kiz,   sayga,   yovvoyi   eshak   o‘rmon
hududlarida   esa   los,   bug‘u,   cho‘chqa,   bo‘ri,   tulki   va   boshqalar   yashashgan.
Yer   yuzining   janubiy   mintaqalarida   mazkur   davr   tabiiy-geografik   jihatdan
keskin   o‘zgarishlar   sezilmaydi   va   fauna   va   florada   tub   o‘zgarishlar
kuzatilmaydi. 
1.2 Yaqin   Sharq   hududida   mezolit   davri   Falastin   va   Suriya   hududlarida
tarqalgan   Natufiy   (mil.   av.   X-IX   m.y.)   madaniyatida   namoyon   bo‘ladi.
Natufiyliklar   madaniyatiga   o‘yiq     qilib   chaqmoqtoshdan   ishlangan   kamon
o‘qlarining   uchlari   va   geometrik,   asosan,   sigment   shakldagi   ko‘psonli
mikrolitlarning keng tarqalishi xos. Ular yovvoyi o‘simliklarning boshog‘ini
doimiy   yig‘ish   va   baliqchilikga   asoslangan   o‘zlashtiruvchi   xo‘jalik   shakli
bilan   kun   kechirishgan.   Ko‘pgina   yodgorliklarda   olib   borilgan   arxeologik
qazish  ishlari  natijasida  ko‘psonli  baliq  suyaklari  topib  o‘rganilgan.  Mazkur
madaniyat   egalari   g‘orlarda,   shuningdek,   tekisliklardagi   makonlarda istiqomat   qilishgan.   Xuli   ko‘li   bo‘yidagi   Enan   manzilgohidan   50   dan     oval
(cho‘ziq)   shaklidagi   uylarning   o‘rni   ochib   o‘rganilgan.   Uylarning   bir   qismi
yer   sathidan   past   joylashgan.   Uy   devorlari   mayda   qum   va   tosh   aralash
loysuvoq   qilingan.   Uylar   poliga   qisman   tosh   plitalar   yotqizilgan.
Chaqmoqtoshdan   yasalgan   qurollarning   ilmiy   tahliliga   ko‘ra   bu   madaniyat
so‘nggi paleolit davri mahalliy Kebara madaniyati asosida shakllanganligidan
dalolat beradi. Boshqa bir yodgorlik Yefratda Aleppodan 80 km chaqirimda
joylashgan   Muraybit   makoni   (mil.   av.IX-VIIIm.   y.-VIII   m.y.   boshlari)
sanaladi.     Makondagi   uylar   oval   shaklida   bo‘lib,   Enannikidan   farqli   o‘laroq
yer ustida   qurilgan. Ularning devorlari toshdan ko‘tarilgan va   ular   loy bilan
suvoq   qilingan.   Bu   yerda   aholi   pasttekisliklarda   yashovchi   tuyoli   yovvoyi
hayvonlarni   ov   qilish   va   boshoqli   o‘simliklar-bug‘doy   va   arpa   donlarini
yig‘ish bilan kun kechirishgan. Bu turdagi o‘simliklarning donlari qoldiqlari
manzilgohlardagi   madaniy   qatlamlaridan   ko‘plab   topilgan.   Bu   esa
dehqonchilik xo‘jaligiga o‘tishning muhim bosqichi hisoblanadi.
Old Osiyoning boshqa bir hududida Iroqning shimolida Zagros tog‘larida
ham mana shunga o‘xshash jarayonlar kechgan. Bu yerdagi paleolit davriga
oid Shanidar g‘or-makoning yuqori qatlamidan mil.av. X-IX ming yilliklarga
oid kichik jamoa a’zolari qish faslida yashagan manzilning o‘rni aniqlangan.
Vodiyning   pastrog‘ida   Zevi-Chemi-Shanidar   makoni   joylashgan.   Bu   makon
zagrosliklarning   yoz   mavsumida   istiqomat   qiladigan   manzilli   hisoblangan.
Makondan   yirik   tuyoqli   yavvoyi   hayvonlar   suyaklari   va   boshoqli
o‘simliklarning   don   qoldiqlari   aniqlangan.   To‘plangan   kremen
(chaqmoqtosh)   qurollarning   ko‘pchiligi   geometrik   shakllar   (sigment,
trapesiya)     ham   da   to‘liq   va   qisman   silliqlangan   tosh   boltalar   tashkil   etadi.
Jamoa a’zolari ko‘rinishdan bo‘yra va savatlardan foydalanganligini ularning
loylarda   qolgan   izlari   tashkil   etadi.   Zagrosdagi   mezolit   davriga   oid   boshqa yodgorliklardan   Karimshaxir   va   Tellmelefaatlarda   yashovchi   aholi   oval
shakldagi yerto‘la uylarda istiqomat qilganliklarini ko‘rsatadi.
1.2 O‘rta   Osiyo   hududidagi   o‘rganilgan   mezolit   davriga   yodgorliklar   past
tekistliklardan     tortib,   baland   tog‘-tizmalarigacha   bo‘lgan   hududlarda   keng
tarqalgan   ochiq   turdagi   joy   makonlar,   g‘or-makonlar   va   mavsumiy
manzillardan   iborat.   Mazkur   yodgorliklar   stratigrafiyasi   va   radiokarbon
tahlillariga ko‘ra O‘rta Osiyoning mezolit davri mil. av. X-VI ming yilliklar
doirasida   sanalanadi.   O‘rta   Osiyodagi   mezolit   davriga   oid   yodgorliklari
hududlar yoki madaniyatlar ajralib turadi. 
Sharqiy   Kaspiybo‘yi   (mil.   av.   X-VIII   m.   y)ning   mezolit   davri
yodgorliklari   Krasnavodsk   yarim   oroli,   Balxanbo‘yi,   Qorabo‘g‘iz   va   Quyi
O‘zboy   hududlarida   tarqalgan.   Bu   yerda   aniqlangan   o‘ttizdan   ortiq
manzilgohlar   va   to‘rtta   g‘or-makonlar   (Jebel,   Qayli   va   Damdamchashma   I,
II)   larda   arxeologik   tadqiqot   ishlari   amalga   oshirilgan.   Ularning   quyi
qatlamida   hayot   mezolit   davrida   boshlanib,   neolit   davrida   davom   etgan,
ayrimlari   bronza   davrida   ham   kishilar   yashashgan.   Mazkur   hududdagi
yodgorliklarning   mezolit   davriga   oid     tosh   qurollari   tahlili   va   qiyosiy
tavsifiga   ko‘ra   Balxanbo‘yi   (ilk,   o‘rta   va   so‘nggi   bosqichlari)   va   Sharqiy
Kaspiybo‘yi   (ilk   va   so‘nggi   bosqichlari)   lardan   iborat   ikki   kompleks   yoki
guruhga ajratish mumkin. Ularning har ikkalasi uchun toshlarni tekis yorish
va   ulardan   silliqlab   mehnat   qurollari   yasash   usuli   xos.   Sharqiy   Kaspiybo‘yi
gurihidagi yodgorliklarda mikrolitlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Ustyurt (mil. av. VIII-VI ming yilliklar) Ustyurtda mezolit davriga oid
20dan   ortiq   manzilgohlar   o‘rganilgan.   Ular     asosan   Aydabolquduq   va
Jayronquduqlar   atrofida   to‘p-to‘p   holda   joylashgan   ochiq   turdagi   doimiy,
qisqa   muddatli   va   vaqtincha   yoki   mavsumiy   makonlardan   iborat.
Yodgorliklarning   ma’lum   hududda   to‘p   bo‘lib   joylashishiga   ko‘ra ustyurtliklar   aholisi ovchilari guruhi yoki ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan bog‘liq
bo‘lgan sodda ichki tuzilmadagi jamoaga. Arxeolog Ye.B.Bijanovning ilmiy
farazlariga   ko‘ra   Ustyurt   manzilgohlari   mahalliy   sharoitda   Sharqiy
Kaspiybo‘yi   va   Janubiy   Ural   hududlarining   mezolit   davri   madaniyatlarning
ma’lum   ta’sirida   shakllangan.   Bu   yerda   olib   borilgan   tadqiqot   ishlarini
natijasida   o‘rganilgan   topilmalar   xususiyatlariga   ko‘ra   quyidagi   xronologik
guruhlarga   ajratishga   harakatlari   mavjud:   ilk   (rivojlangan   mezolit)   -   mil.
av.VIII-VII   ming   yilliklar   va   so‘nggi   (so‘nggi   mezolit   va   ilk   neolit)   mil.
av.VII-VI   ming   yilliklar.   Aholi   ovchilik   va   baliqchilikga   asoslangan
o‘zlashtiruvchi   xo‘jalik   shakli   bilan   shug‘ullanishgan.   Shuningdek   uy
sharoitida   suyak   va   yog‘ochlarga   ishlov   berish   ishlari   ham   asosiy
mashg‘ulotlaridan sanalgan. 
O‘rta   Osiyoning   sharqiy   viloyatlarining   mezolit   davri   nisbatan   yaxshi
o‘rganilgan.  Toshkent viloyatidagi yodgorliklar (mil.av. X-IX ming yilliklar)
alohida o‘rin tutadi. Toshkentning g‘arbida qadimgi Bo‘zsuv anhorining chap
sohilida  joylashgan   Qo‘shilish   makonining     madaniy   qatlamlaridan   200  dan
ortiq   chaqmoqtoshdan   yasalgan   (nukleus,   mayda   parakchalar,   qirg‘ichlar,
pichoqlar,   boshqa   turdagi   silliqlangan   qurollar   va   uchrindilar)   qurollar
majmuasi topilgan. Yodgorlikning madaniy qatlamlaridan qora mol, qo‘y va
echki   suyaklari   topilishiga   ko‘ra   ularning   asosiy   mashg‘uloti   ovchilikdan
iborat bo‘lgan.
Farg‘ona, Surxondaryo-Machay (VIII), Janubiy Tojikiston: Kofirnigon,
Vaxsh,   Panj   vodiylari,   Sharqiy   Pomir   (XI-VII)   madaniyatlari   tosh   qurollar,
xo‘jaligi   va   boshqa   xususiyatlariga   ko‘ra   umumiy   va   o‘ziga   xos   tamonlari
bilan ajralib turadi. 
Farg‘ona   vodiysining   ham   mezolit   davri   alohida   madaniyatni   tashkil
etadi. Bu yerda mezolit davriga oid 40 dan ortiq yodgorliklar o‘rganilgan. Bu yerning   mezolit   davri   Obishir   madaniyat   (IX-VIII),   nomi   bilan   ham
nomlanib, uni ikki variantga yoki kompleks: Obishir (g‘or-makon iborat) ilk
bosqichi,   Farg‘ona   so‘nggi   (tekislik).   G‘or-makonlar   guruhiga   tog‘li
hududlarda   joylashgan   Obishir   va   Toshko‘mir   guruhidagi   manzilgohlar
kiradi.   Ulardan   Obishir   I,   V   yodgorliklari   yaxshi   o‘rganilgan.   Tekislikdagi
guruo‘iga   Sirdaryo   yoqasidagi   ko‘llar   bo‘yida   joylashgan   bir   necha   o‘nlab
yodgorliklarni   kiritish   mumkin.   Ularning   har   ikkalasi   uchun   ham
plastinkasimon   shaklda   yasalgan   tosh   qurollar   xos.   Ilk   bosqichida   kishilar
g‘orlarda yashab xo‘jalikning ovchilik va termachilik turi bilan shug‘ullangan
bo‘lsalar,   keyingi   bosqichda,   tekislikga   tushib,   termachilik   va   baliqchilik
bilan kun kechirishgan.
Machay   g‘or   makoni   Surxondaryo   viloyati   Boysun   tog‘ining   janubiy-
g‘arbida   shu   nomdagi     qishloqda   Turkandaryo   (Sheraboddaryoning   yuqori
oqimi)ning   o‘ng   sohilila   joylashgan.   Yodgorlikning   madaniy   qatlamlaridan
tosh va suyakdan yasalgan mehnat qurollari, hayvon va odam suyaklari topib
o‘rganilgan.   Toshdan   yasalgan   qurollar   nukleuslar,   pichoqlar,   kesgichlar
geometrik  shakldadi   (trapesiya,   sigment)  mikrolit  qurolla,   nayza  o‘qi  uchlar
va   boshqalardan   iborat.   Yodgorlikdan   topilgan   hayvon   suyaklarining   asosiy
qismini   xonakilashtirilgan   hayvonlarniki   tashkil   etadi.   Odam   suyaklari
yevropioid irqiga mansub kishilarga tegishli.  Radiouglerod tahlillariga ko‘ra
yodgorlik mil. av 7550 yilliklarga oid. 
Obishir   madaniyati.   Bu   madaniyatga   Farg‘ona   vodiysidagi   bir   necha
mezolit   davri   yodgorliklari   (40   dan   ortiq)   kiradi.   Ularning   ko‘pchilik   qismi
ochiq   Sharqgi   makonlar,   kamchilik   qismi   bir   va   bir   necha   qatlamga   ega
bo‘lgan   g‘or-makonlar   (Obishir   1,2,3,4,5   va   Toshko‘mir)dan   iborat.   Ular
ichida   Obishir   1   va   Obishir   5   yaxshi   o‘rganilgan.   Ularning   madaniy
qatlamlaridan   tosh   qurollar   (mikrolitlar,   qirg‘ichlar,   pichoq   qadamalari, keskich   va   teshkichlar,   o‘roq-randalar   hamda   nukleuslar)   suyak   buyumlari,
chig‘anoq,   suyak   va   toshdan   yasalgan   taqinchoqlar   shular   bilan   birgalikda
hayvon   suyaklari   ham   topilgan.   Toshko‘mir   g‘or-makonida   Obishir
makoniga   o‘xshash,   silliqlash   texnikasi   ancha   dag‘al   chaqmoqtoshdan
yasalgan buyumlar mavjud. 
Oshxona makoni. Bu yerda  bir davrga oid uchta madaniy qatlam aniqlangan.
Yirik   dag‘al   ishlangan   mehnat   qurollari   va   kichik   nafis   mehnat   qurollari
ajralib   turadi.   Bu   yerda   silliq   toshdan   yasalgan   ikkita   o‘choq   va   atrofida
yashash maydonchasi aniqlangan. 
Issiq g‘or-makoni. Madaniy qatlami bir yarim metr. U yerdan kichik va
O‘rta hajmdagi toshlardan aylana qilib terilgan o‘choq topilgan. 
Markansuv   madaniyati   sohiblari   ovchilik   va   terimchilik   bilan   kun
kechirganlar. Makon mavsumiy foydalaniladigan joy bo‘lib, undan o‘lja izlab
ovga   chiqqan   vaqtda   yashash   uchun   foydalanilgan.   Oshxonadagi   topilgan
yashash maydonchasi yengil turdagi chaylasimon uylarning qoldig‘i bo‘lishi
mumkin. 
O‘rt Osiyodagi mezolit davri madaniyatlari va komplekslari o‘ziga xos
va turli xilda. Bu yerda mezolit davrining shakllanishida avvalambor so‘nggi
paleolit davri mamahalliy madaniyati asosiy o‘rin tutgan bo‘lsada, shu bilan
birgalikda   tosh   asrining   yirik   madaniy   markazi   hisoblangan   Yaqin   Sharq
qabilalarining ham sezilarli ta’siri bor. Shunday qilib, mezolit davrida O‘rta
Osiyoda xo‘jaligi va madaniy xususiyatlari bilan ajralib turadigan bir qancha
qabilalar yashashgan. 
O‘rta   Osiyoda   mezolit   davri   san’ati.   San’at   namunalari   tog‘li
rayonlarda qoyatoshlarga bo‘yoq bilan yoki urib, o‘yib, ishlash, chizish usuli
bilan   ishlangan   tasvirlardir.   (Zarautkamar   Surxondaryoda,   Shaxta   g‘ori Tojikistonda).   Zarautkamar   qoyatoshlarida   ov   manzaralari   (yovvoyi   buqa,
jayron   va   tik   shoxli   echkilarga   qilinayotgan   ov)   tasvirlangan.   Rasmlar   qizil
bo‘yoqda   ishlangan.   Tasvirdagi   hayvonlarning   shakli   aniq   harakat
qilayotganga o‘xshaydi. Odamlar shakli esa shartli va harakatsiz tasvirlangan.
Zarautkamarda   madaniy   qatlam   uchramaydi.   Tasvirlar   borish   noqulay
bo‘lgan   joylarda   chizilgan.   Bunga   o‘xshash   uslubdagi   tasvirlar   Shaxta
kamarida ham chizilgan. Saqlangan to‘rtta tasvirda odam, yovvoyi cho‘chqa,
ayiq   tasvirlangan.   Ular   qizil   bo‘yoqda   ishlangan.   Zarautkamar   va   Shaxta
kamaridagi   rasmlari   o‘zida  mezolit  davri  tog‘  ovchilarining  qarashlarini   aks
ettiradi va ular rassom tomonidan zo‘r mahorat bilan berilgan.
Zarautkamar   (Surxondaryo)   va   Shaxta     (Sharqiy   Pomir   Zarautkamar
Sherobod   shaxridan   taxmin   30   km   Shimoliy-G‘arbda   Kuxitang   tog‘ining
Janubiy   Sharqiy   yonbag‘irlarida   Zarutsoy     sogtida   joylashgan   .   Kamarda
madaniy qatlamlar uchramaydi.   Tasviriy san’at na’munalari qoyashiftlari va
yon   devorlarida     joylashgan.   Tasvirlar   qizil   bo‘yoqlarda   bo‘yalgan   bo‘lib
mezolitning so‘ngi bosqichi va eng qadimgi neolit davriga oid. Ulardan uchta
ov   manzarasi   tasvirlangan   uchta   komnozitsiyasi   diqqatga   sazovor.   Birinchi
tasvir   19   kishidan   iborat   ovchilarning   yovvoyi     buqalar   xalqa   bo‘lib   ov
qilayotgani   tasvirlangan.   Ulardan   ikkitasi   qochishga   urinmoqda.   Ikinchi
tasvirda ovchilar oldida jayronlarning qochayotgan va ulardan jaroxatlangan
xolati tasvirlangan. Uchinchi tasvirda esa yovvoyi echkilarga qilinayotgan ov
manzarasi   aks   ettirilgan.   Bu   yerda   mezolit   davri   jamoasining   real   xayoti
tasvirlangan   bo‘lib,   ulrning   asosida   g‘oyaviy     qarashlar   o‘z   aksini   topgan.
Qoyadagi   kishilar   tasviri   sxematik   tarzda   berilgan.   Bu   yerda   Kamarda
madaniy qatlamning uchramasligiga ko‘ra mezolit davri kishilarining ov oldi
g‘oyaviy qarashlari,  ya’ni ov kulti o‘z aksini topganligini ko‘rish mumkin.  Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Potts.D.T.   A   companion   to   the   archaeology   of   the   ancient   Near   East .
West Sussex, PO19 8SQ, UK .2012.
2. Arxeologiya Zarubejnoy Azii. Moskva. Vыsshaya shkola. 1986.
3. Ian Shaw, Rober Jameson. A Dictionary of Archaeology.UK.1999.
4. Peter Bogucki, Pam J. Crabtree. Acient Europe. NY. 2004.
5. Boriskovskiy P.I. Drevneyshee proshloe chelovechestvo M. 1980. 
6. Boriskovskiy P.I. Grigorev G.P. Paleolit Afriki.  Leningrad. 1977.
7. Korobkov   I.I.   Ranov   V.A.   Paleolit   Blijnego   i   Srednego   Vostoka   .
Leningrad 1978. 
8. Boriskovskiy  P.I. Kamennыy  vek  Yujnoy i Yuga  – Vostochnaya  Azii
Leningrad. 1971 
9. Derevyanko   A.P.   Kamenn ы y   vek   Severnoy   Vostochnoy   Sentralnoy
Azii.  Novosibirsk 1975

Mezolit davri umumiy tavsifi Reja: 1. Mezolit davriga umumiy tavsif.Mezolit davrida flora va faunadagi o‘zgarishlar. 2. Yaqin va O‘rta Sharq mezolit davrida. 3. O‘rta Osiyo mezolit davrida.

1.1 Mezolit davriga kelib tabiiy-geografik muhit keskin o‘zgaradi. So‘nggi paleolit va mezolit davrining ilk bosqichlarida hukmron bo‘lgan oxirgi Vyurm muzligi erib, yer yuzida global isish boshlanadi va pleystotsen golotsen bilan almashadi. Ko‘pchillik olimlarning ilmiy farazlariga ko‘ra bu tabiiy jarayon mil. av. 8300 yillarda sodir bo‘lagan. Natijada yer yuzining shimoliy hududlarida hayvanot va o‘simlik dunyosi keskin o‘zgaradi. Muzlik oldi hududlarida yashovchi hayvolarning ayrimlari, xususan jundor karkidon, mamont, ho‘kizqo‘y so‘nggi paleolit davrining oxirlaridayoq va keyinchalik esa boshqalari qirilib ketadi, qolgan qismi esa shimolga ko‘chadi. Hayvanot olamidagi o‘zgarishlar, ya’ni yirik hayvonlarning o‘rniga tez chopar, ziyrak va yolg‘iz yashovchi hayvonlar turining ko‘payishi paleolit davri ovchilik an’analarining qiyinlashtirdi. Natijada bu turdagi hayvonlarga ov qilish uchun yangi vosita o‘q-yoydan foydalanish va yakka ovchilik mavqeining oshishiga olib keldi. Mazkur hududlarda va janubiy mintaqalarning tog‘li hududlarida ot, ho‘kiz, sayga, yovvoyi eshak o‘rmon hududlarida esa los, bug‘u, cho‘chqa, bo‘ri, tulki va boshqalar yashashgan. Yer yuzining janubiy mintaqalarida mazkur davr tabiiy-geografik jihatdan keskin o‘zgarishlar sezilmaydi va fauna va florada tub o‘zgarishlar kuzatilmaydi. 1.2 Yaqin Sharq hududida mezolit davri Falastin va Suriya hududlarida tarqalgan Natufiy (mil. av. X-IX m.y.) madaniyatida namoyon bo‘ladi. Natufiyliklar madaniyatiga o‘yiq qilib chaqmoqtoshdan ishlangan kamon o‘qlarining uchlari va geometrik, asosan, sigment shakldagi ko‘psonli mikrolitlarning keng tarqalishi xos. Ular yovvoyi o‘simliklarning boshog‘ini doimiy yig‘ish va baliqchilikga asoslangan o‘zlashtiruvchi xo‘jalik shakli bilan kun kechirishgan. Ko‘pgina yodgorliklarda olib borilgan arxeologik qazish ishlari natijasida ko‘psonli baliq suyaklari topib o‘rganilgan. Mazkur madaniyat egalari g‘orlarda, shuningdek, tekisliklardagi makonlarda

istiqomat qilishgan. Xuli ko‘li bo‘yidagi Enan manzilgohidan 50 dan oval (cho‘ziq) shaklidagi uylarning o‘rni ochib o‘rganilgan. Uylarning bir qismi yer sathidan past joylashgan. Uy devorlari mayda qum va tosh aralash loysuvoq qilingan. Uylar poliga qisman tosh plitalar yotqizilgan. Chaqmoqtoshdan yasalgan qurollarning ilmiy tahliliga ko‘ra bu madaniyat so‘nggi paleolit davri mahalliy Kebara madaniyati asosida shakllanganligidan dalolat beradi. Boshqa bir yodgorlik Yefratda Aleppodan 80 km chaqirimda joylashgan Muraybit makoni (mil. av.IX-VIIIm. y.-VIII m.y. boshlari) sanaladi. Makondagi uylar oval shaklida bo‘lib, Enannikidan farqli o‘laroq yer ustida qurilgan. Ularning devorlari toshdan ko‘tarilgan va ular loy bilan suvoq qilingan. Bu yerda aholi pasttekisliklarda yashovchi tuyoli yovvoyi hayvonlarni ov qilish va boshoqli o‘simliklar-bug‘doy va arpa donlarini yig‘ish bilan kun kechirishgan. Bu turdagi o‘simliklarning donlari qoldiqlari manzilgohlardagi madaniy qatlamlaridan ko‘plab topilgan. Bu esa dehqonchilik xo‘jaligiga o‘tishning muhim bosqichi hisoblanadi. Old Osiyoning boshqa bir hududida Iroqning shimolida Zagros tog‘larida ham mana shunga o‘xshash jarayonlar kechgan. Bu yerdagi paleolit davriga oid Shanidar g‘or-makoning yuqori qatlamidan mil.av. X-IX ming yilliklarga oid kichik jamoa a’zolari qish faslida yashagan manzilning o‘rni aniqlangan. Vodiyning pastrog‘ida Zevi-Chemi-Shanidar makoni joylashgan. Bu makon zagrosliklarning yoz mavsumida istiqomat qiladigan manzilli hisoblangan. Makondan yirik tuyoqli yavvoyi hayvonlar suyaklari va boshoqli o‘simliklarning don qoldiqlari aniqlangan. To‘plangan kremen (chaqmoqtosh) qurollarning ko‘pchiligi geometrik shakllar (sigment, trapesiya) ham da to‘liq va qisman silliqlangan tosh boltalar tashkil etadi. Jamoa a’zolari ko‘rinishdan bo‘yra va savatlardan foydalanganligini ularning loylarda qolgan izlari tashkil etadi. Zagrosdagi mezolit davriga oid boshqa

yodgorliklardan Karimshaxir va Tellmelefaatlarda yashovchi aholi oval shakldagi yerto‘la uylarda istiqomat qilganliklarini ko‘rsatadi. 1.2 O‘rta Osiyo hududidagi o‘rganilgan mezolit davriga yodgorliklar past tekistliklardan tortib, baland tog‘-tizmalarigacha bo‘lgan hududlarda keng tarqalgan ochiq turdagi joy makonlar, g‘or-makonlar va mavsumiy manzillardan iborat. Mazkur yodgorliklar stratigrafiyasi va radiokarbon tahlillariga ko‘ra O‘rta Osiyoning mezolit davri mil. av. X-VI ming yilliklar doirasida sanalanadi. O‘rta Osiyodagi mezolit davriga oid yodgorliklari hududlar yoki madaniyatlar ajralib turadi. Sharqiy Kaspiybo‘yi (mil. av. X-VIII m. y)ning mezolit davri yodgorliklari Krasnavodsk yarim oroli, Balxanbo‘yi, Qorabo‘g‘iz va Quyi O‘zboy hududlarida tarqalgan. Bu yerda aniqlangan o‘ttizdan ortiq manzilgohlar va to‘rtta g‘or-makonlar (Jebel, Qayli va Damdamchashma I, II) larda arxeologik tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Ularning quyi qatlamida hayot mezolit davrida boshlanib, neolit davrida davom etgan, ayrimlari bronza davrida ham kishilar yashashgan. Mazkur hududdagi yodgorliklarning mezolit davriga oid tosh qurollari tahlili va qiyosiy tavsifiga ko‘ra Balxanbo‘yi (ilk, o‘rta va so‘nggi bosqichlari) va Sharqiy Kaspiybo‘yi (ilk va so‘nggi bosqichlari) lardan iborat ikki kompleks yoki guruhga ajratish mumkin. Ularning har ikkalasi uchun toshlarni tekis yorish va ulardan silliqlab mehnat qurollari yasash usuli xos. Sharqiy Kaspiybo‘yi gurihidagi yodgorliklarda mikrolitlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ustyurt (mil. av. VIII-VI ming yilliklar) Ustyurtda mezolit davriga oid 20dan ortiq manzilgohlar o‘rganilgan. Ular asosan Aydabolquduq va Jayronquduqlar atrofida to‘p-to‘p holda joylashgan ochiq turdagi doimiy, qisqa muddatli va vaqtincha yoki mavsumiy makonlardan iborat. Yodgorliklarning ma’lum hududda to‘p bo‘lib joylashishiga ko‘ra

ustyurtliklar aholisi ovchilari guruhi yoki ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan bog‘liq bo‘lgan sodda ichki tuzilmadagi jamoaga. Arxeolog Ye.B.Bijanovning ilmiy farazlariga ko‘ra Ustyurt manzilgohlari mahalliy sharoitda Sharqiy Kaspiybo‘yi va Janubiy Ural hududlarining mezolit davri madaniyatlarning ma’lum ta’sirida shakllangan. Bu yerda olib borilgan tadqiqot ishlarini natijasida o‘rganilgan topilmalar xususiyatlariga ko‘ra quyidagi xronologik guruhlarga ajratishga harakatlari mavjud: ilk (rivojlangan mezolit) - mil. av.VIII-VII ming yilliklar va so‘nggi (so‘nggi mezolit va ilk neolit) mil. av.VII-VI ming yilliklar. Aholi ovchilik va baliqchilikga asoslangan o‘zlashtiruvchi xo‘jalik shakli bilan shug‘ullanishgan. Shuningdek uy sharoitida suyak va yog‘ochlarga ishlov berish ishlari ham asosiy mashg‘ulotlaridan sanalgan. O‘rta Osiyoning sharqiy viloyatlarining mezolit davri nisbatan yaxshi o‘rganilgan. Toshkent viloyatidagi yodgorliklar (mil.av. X-IX ming yilliklar) alohida o‘rin tutadi. Toshkentning g‘arbida qadimgi Bo‘zsuv anhorining chap sohilida joylashgan Qo‘shilish makonining madaniy qatlamlaridan 200 dan ortiq chaqmoqtoshdan yasalgan (nukleus, mayda parakchalar, qirg‘ichlar, pichoqlar, boshqa turdagi silliqlangan qurollar va uchrindilar) qurollar majmuasi topilgan. Yodgorlikning madaniy qatlamlaridan qora mol, qo‘y va echki suyaklari topilishiga ko‘ra ularning asosiy mashg‘uloti ovchilikdan iborat bo‘lgan. Farg‘ona, Surxondaryo-Machay (VIII), Janubiy Tojikiston: Kofirnigon, Vaxsh, Panj vodiylari, Sharqiy Pomir (XI-VII) madaniyatlari tosh qurollar, xo‘jaligi va boshqa xususiyatlariga ko‘ra umumiy va o‘ziga xos tamonlari bilan ajralib turadi. Farg‘ona vodiysining ham mezolit davri alohida madaniyatni tashkil etadi. Bu yerda mezolit davriga oid 40 dan ortiq yodgorliklar o‘rganilgan. Bu