logo

Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish. Hayvonlar psixik faoliyatining umumiy tavsifi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

47.0791015625 KB
Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish. Hayvonlar psixik faoliyatining
umumiy tavsifi
Ma’ruza rejasi:
1. Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyani predmet va vazifalari
2.  Hayvonlar xatti-harakatini psixologik bilimlar tizimidagi o’rni .
3.  Zopsixologiya va qiyosiy psixologiya usullari
4. Zopsixologiya va qiyosiy psixologiyani rivojlanish tarixi
5.   Zoopsixologiyani tadqiqi qilishni besh usuli
6. Psixikani vujudga kelishi .
7.  Asab tizimigacha bo’lgan davr va asab tizimini paydo bo’lishi .
8.  Instinkt va malakalarni o’rganishni zamonaviy holatlari . Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyani predmet va vazifalari
Qiyosiy   psixologiya   yuqori   darajada   rivojlangan   umurtqalilarni
atropogenetik   holatlarini   o’rganuvchi   sohalardan   biri   xisoblanadi.   Uning   asosiy
holati   hayvonlarni   intellektini   o’rganishdan   iboratdir.   Ba’zi   holatlarda   qiyosiy
psixologiya   fan   sifatida   emas   balki   usul   sifatida   talqin  etilishi   mumkin.  Ba’zi   bir
olimlar esa aksincha tasavvur qiladilar, masalan Vladimir Aleksandrovich Vagner
zoopsixologiyani qiyosiy psixologiyani bir qismi sifatida e’tirof etgan. 
Qiyosiy   psixologiya   hozirgi   kunda   hayvonlar   va   insonlarning   kelib   chiqish
qonuniyati   va   ularning   rivojlanish   holatlarini   o’rganadigan   fanlar   qatoriga
kiritiladi .
Qiyosiy   psixologiyani   predmeti   sifatida   inson   va   hayvonlarning   holatlarini
solishtirishdan   iboratdir.   Shuning   uchun   ham   qiyosiy   psixologiya   zoopsixologik
ma’lumotlar   asosida   tahlil   qilinadi,   inson   va   hayvonlarning   ontogenez   va
filogenezidagi o’zgarishlarni tahlil qilishga yo’naltirilgan bo’ladi. 
Qiyosiy   psixologiya   va   zoopsixologiyani   vazifasi   sifatida   quyidagilarni
kiritishimiz   mumkin.   Zoopsixologiya   fanga   nisbatan   an’anaviy   ishonchsizlik
holatlarining mavjudligi. Hayvonlarning psixikasini o’rganish mumkin emas degan
g’oyalarning   mavjudligi.   Ilmiy   zoopsixologiya   hayvonlarning   xissiyotlarini
o’rganishdan   iborat   emas,   balki   uning   vujudga   kelishi   va   evolyusiya   natijasida
o’zgarishini o’rganadi.
Amaliy   vazifalari   sifatida   hayvonlar   psixikasi   haqidagi   bilimlarni   kerakli
bo’lgan   sohalarda   ishlatishdan   iborat,   bunda   uchta   sohani   keltirib   o’tishimiz
mumkin:
Inson faoliyatining hayotiy va xo’jalik sohasida;
Insonni tabiatni himoya qilish sohasida
Rivojlanayotgan psixoterapevtik maqsadlarda. 
 Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyani muammolari:
- Psixik aks ettirishni vujudga kelishi va uning rivojlanishi;
- Hayvonlarda tug’ma va orttirilgan xatti-harakatlar tavsifi;
- Ontogenezdagi   xatti-harakatlar   qonuniyati,   turli   xil   guruhdagi hayvonlarning psixikasi
-  Hayvonlarning intellektini o’ziga xosligi;
- Hayvonlarning   psixikasi   va   xatti-harakatlarini   antropogenetik
ahamiyatlari.
Hayvonlar xatti-harakatini psixologik bilimlar tizimidagi o’rni
Hayvonlarning   psixologik   jihatdan   o’rganish   bilan   birga,   hozirgi   kunda
hayvonlarni   biologik   tarzda   o’rganish   ham   muhim   ahamiyat   kasb   etmoqda.   Bu
etologiya soxasining tarkibiga kirib ular shu soha bilan shug’illanishadi. Etologlar
birinchi   navbatda   hayvonlarning   xatti-harakatini   ekologik   omil   asosida
o’rganishadi,   bunda   hayvonlarni   ma’lum   bir   sharoitlariga   moslashish   holatlari
o’rganiladi.   Bir   vaqtning   o’zida   etologiya   filogenezdagi   hayvonlarning   xatti-
harakatini   o’zgarish   holatlarini   ham   tadqiq   etadi.   etologik   o’ziga   xoslik   asosida
albatta   hayvonlarning   instinktiv   xulq-atvorlari   yotadi.   Dala   sharoitida   kuzatishlar
natijasida  etologlar  hatti-xarakat   biologiyasi   nazariyasini  yaratdilar.  Bunda  asosiy
o’rinda instinktiv xulq atvor birlamchi o’ringa chiqadi. Ular evolyusion bilimlarga,
funksional   morfologiyaga,   ommaviy   ekologiyaga,   hayvonlar   tizimiga,
googeografiyaga va boshqa sohalarga qimmatli foyda keltirdilar. 
Zoopsixologiya   o’zining   xatti-harakatlarini   hayvonlar   xulq-atvorini
o’rganishga   qaratadi,   etologlar   esa   biologik   holatlarga.   Biroq   psixik   omillarsiz
xayvonlarning biologik holatlarini o’rganish mumkin emas, va aksincha 1
. 
Zoopsixologiyani   fiziologiya   bilan   aloqasi   ham   uzviylik   holati   mavjud.
Ayniqsa   neyrofiziologiya   oliy   nerv   fiziologiyasi   bilan,   zoopsixologdan   farqli
ravishda   fiziolog   psixik   aks   ettirish   holatlarini   o’rganadi.   Fiziologik   tadqiqotlar
xuddi   zoopsixologiya   kabi   o’tkaziladi,   unda   xatti-harakatlar   tahlil   qilinadi,   bunda
albatta   fiziolog   oliy   nerv   faoliyatiga   o’z   e’tiborini   qaratadi.   Uning   birlamchi
vazifasi   faoliyat   tizimlari   va   a’zolarini   o’rganishdan   iborat.   Sodir   bo’layotgan
holatlarni   o’rganayotgan   vaqtda   albatta   psixik   aks   ettirishlarni   ham   kuzatish
mumkin,   biz   organizmni   bir   butun   sifatida   idrok   qilishimiz   zarur   bo’ladi.   Biroq
fiziologik   jarayotnlarda   xatti-harakat   shakli,   fiziologik   mexanizmlarni   anglashga
1
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan     428    yordam   beradi,   demak   fiziologik   mexanizmlar   va   alohida   jarayonlar   orasidagi
chegaralarni   yo’qotadi.   Shuning   uchun   ham   fiziologiyani   o’rganayotgan   vaqtda
etologik   yoki   zoopsixologik   nuqtai   nazarlar   bilan   yondoshish   mumkin   emas.
Fiziologlarni   vazifasi   zoopsixolog   va   etologlarnikidan   farqlidir.   Yuqoridagi   xech
bir fan boshqasining o’rnini bosa olmaydi, ular faqatgina xamkorlikdagi faoliyatni
amalga oshirishlari mumkin. Bu yo’nalishlar orqali hayvonlarni to’liq tahlil qilish
imkoniyatini   yaratishimiz  mumkin.  Hayvonlarni  tadqiq  qilish  asosan  laborotoriya
sharoitida amalga oshiriladi. Zoopsixologiya fanida hayvonlarni  atrof muhit  bilan
munosabatlarini   o’rganish   holatalari   ham   mavjud.   Hayvonlar   o’zlarini   oldingi
tajribalaridan kelib chiqqan holda ularni nazorat qilish oson bo’ladi.  
Zopsixologiya va qiyosiy psixologiya usullari
Zoopsixologiyani o’rganish metodlari ikki asosiy guruhga bo’linadi: 
1)  empirik ma’lumotlar va faktlar asosida olingan metodlar ;
2)  empirik ma’lumotlar va faktlarni tahlil qilish asosidagi metodlar .
Empirik   ma’lumotlar   va   faktlar   asosida   olingan   metodlarbu   faktik
materiallarni   tadqiqot   predmeti   va   holatlari   orqali   olingan   xisoblanadi.   Shuning
uchun   ham   bu   metodlar   fanning   ma’lum   bir   sohasiga   va   tadqiqotni   ma’lum   bir
tadqiqiga   aloqador   hisoblanadi.   Zoopsixologiyada   bu   hayvonlarning   xatti
xarakatlari   xisoblansa,   qiyosiy   psixologiyada   inson   va   hayvonlarning   xatti-
harakatlarni   solishtirish   xisoblanadi.   Bir   biriga   uyqash   bo’lgan   fanlar   bir   biriga
o’xshash   ba’zi   bir   holatlarda   bir   xil   usullardan   foydalanishlari   mumkin 2
.   Bu
zoopsixologiyaga   bilan   bog’liq   bo’lgan   fanlarga   ham   aloqador,   fiziologiya   va
etologiya.   Empirik   ma’lumotlar   va   faktlarni   tahlil   qilish   asosidagi   metodlar   bu
fanlar   metodologiyasi   xisoblanadi.   Bunda   fanlarning   nazariy   holatlari,   kelib
chiqish vaqtlari nazariy va amaliy ahamiyatlarini o’rganish mumkin. Tadqiqotning
predmeti   haqidagi   ma’lumotlar   albatta   nazariy   asoslar   orqali   tahlil   qilinadi.   Shu
tariqa   hayvonlarning   xatti-g’arakatlarini   o’rganib   zoopsixologiya,   etologiya   va
fiziologiya   fanlari   bir   xil   predmetni   o’rganib,   biroq   ularni   turlicha   talqin   etishlari
kerak   bo’ladi.   Psixologiya   subyekt   psixikasining   ichki   holati   bo’lib,   psixik
2
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan     428    9 jarayonlarni tuzilishi, funksiyasi; etologiya hayvonlarning turlarini vujudga kelishi
va moslashish ahamiyatini, fiziologiya insonlar va hayvonlarning psixikasini ichki
mexanizmlarini o’rganishdan iborat. 
Ilmiy tahlil nazariyalari metodlari o’rganiladi, ular tafakkurning mexanimzlari
asosida   shakllanadi.   Buning   uchun   albatta   fanning   metodologiyasi   bo’lishi   shart.
Zoopsixologiya   va   qiyosiy   psixologiya   psixologik   yondoshuvlardan   foylanadi,
bunda   psixikani   evolyusion   jabhada   tahlil   qilish   mumkin.   Evolyusion
yondoshuvda:evolyusion tizimli yondoshuv, faoliyatli yondoshuv, madaniy tarixiy,
qiyosiy psixologik. Bularning nazariy tahlili keyingi bo’limlarda ko’riladi.
Empirik   ma’lumotlar   va   faktlar   asosida   olingan   metodlar   zoopsixologiya   va
qiyosiy   psixologiya   fanida   ikki   asosiy   guruhga   bo’linadi.   Kuzatish   usuli
eksperiment   metodi.   Har   bir   sulning   qo’llanish   holatlari   ma’lumotlarni   tahlil
qilishga doir haolatlar bilan belgilanadi.
Zopsixologiya va qiyosiy psixologiyani rivojlanish tarixi. 
Zopsixologiya   fan   yosh   fanlar   qatoriga   kiradi.   Fanning   paydo   bo’lishi   200
yil atrofida deb tahmin qilinadi. Biroq uning asosi qadimdan o’rganilgan. Birinchi
navbatda etologiya sohasini  ritvojlanishi  bilan bog’liq, ya’ni yovvoyi hayvonlarni
xonakilashtiri,   shuning   asosida   zoopsixologiya   rivojlana   boshlagan.   qo’lga
o’rgatish. Hayvonlarning xatti-harakatlarni empirik jihatdan o’rganish turli xildagi
hayvonlarni   xonakilashtirish   imkoniyatini   yaratdi.   Biroq   bizga   qadar   qadimiy
o’rgatish holatlari yetib kelmagan, biz o’rgatish holatini yaqinroq holati bilan tahlil
qilish imkoniyatiga egamiz. Zoopsixologiya fani rivojlanish holatida mustaqil  fan
sifatida emas,  balki  dunyoqarashning  bir  turi  sifatida shakllangan.  Hayvonlarning
xulq atvorifaylusuflar  tomonidan ko’proq o’rganilgan. Bu esa teologik nazariyani
keltirib chiqardi. Hyech bir olim hayvonlarning xatti-harakatlarini tahlil qilmasdan
boshqa   holatga   o’tmagan.   Shaxs   nazariyalarida   ham   albatta   shu   holatga   murojaat
qilinadi 
Zoopsixologiyada   nazariyalar   klassifikasiyasi.     Umuman   olganda
zoopsixologiya   haqidagi   nazariyalarni   ikkita   katta   guruhga   ajratishimiz   mumkin: kreasion (teologik) va rasional (tabiiy ilmiy) 3
.
Kreasion   harakat   nazariyasi   faraz   sifatida   talqin   qilinadi,   unda   quyidagi
holatlar   tahlil   qilinadi   yuqori   ong   mavjudligi   boshqalar   uchun   qaror   qabul   qilish
imkoniyatining mavjudligi. Ular ikki guruhga bo’linadi :
-  kartezianlik ;
- harakatning metafizik nazariyasi.
Rasional   nazariyaning   asosida   hayvonlarning   hatti   harakati   ong   orqali
boshqarilishi   talqin   qilinadi.   Ularni   instinktlar   deb   e’tirof   qilinadi.   Instinklar   esa
shaxsiy   tajribalar   bilan   umumlashtiriladi,   bunda   albatta   shaxsiy   tajribaning   o’rni
katta deb xisoblanadi. Oxirgi aytilgan holatlarni insonda improvizasiya deb ataladi.
Bu farazlarmaterialistik xisoblanadi. Qattiq rasional xatti-harakat formasini o’rniga
hayvonlarda   instinktiv   xatti   harakat   va   individual   xulq   atvorni   tavsiya   qilishadi,
biroq evolyusion rivojlanish ularda cheklangan 4
. 
Rasional nazariyalarni bir necha guruhga ajratishimiz mumkin: 
- antromorfor yo’nalish nazariyasini ishlatish;
- atomistik nazariyalar (tropizmlar nazariyasi, reflekslar nazariyasi);
- determinat nazariyalar(bixeviorizm, geshtalpsixologiya)
-   tana   tuzilishlari   nazariyasi   (Vagnerni   metodologik   nazariyasi,   Lorensning
obyektiv xarakat nazariyasi 5
) 
Zoopsixologiyada kreasion nazariya.  Kreasionizm  (  lotin tilidan olingan  .
creator   -   yaratuvchi )   –   bu   yo’nalish   tabiiy   fanlarda   nomaterial   dunyoviy   ongni
shakllantirish   imkonini   beradi.   Dunyoni   yaratilish   holatini   xudo   tomonidan
berilgan   deb   e’tirof   etiladi.   Bu   nuqtai   nazardan   hamma   narsa   xudoning   irodasiga
bog’liq   deb   etirof   etiladi.   Zamonaviy   olimlar   ya’ni   bu   nuqtai   nazar   tarafdorlari
kitoblardagi isbotdan tashqari holatlarni izlashadi. Etologiyada esa bu kam tadqiq
qilingan.   Biroq   har   doim   ham   bu   shunday   bo’lmagan.   Teologik   nazariyani   ilmiy
holatini   XVII   asrda   yashab   o’tgan   R.Dekart   ( Rene   Decartes   1596-1650)   tahlil
qildi.   Bu   nazariyaning   asosida   xristianlik   dinidagi   ruhning   abadiyligi   olindi.   Bu
3
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan     391   
4
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan     392   
5
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan     393    g’oya  Yevropaning ko’p  qismida  yetakchilik  qilardi. R.Dekart   tanani   ruhdan  ayri
rivojlanishi qabul qilar edi, tafakkurni esa ruhning xususiyatlariga kiritgan edi. Ruh
uchun   aqliy   jarayonlar   kerak   deb   e’tirof   etar   edi.   Ruhning   rivojlanish   faqat
insonlarda   deb   aytib   o’tgan.   Hayvonlar   uning   fikriga   ko’ra   xissiyotsiz   kimyoviy
mashina sifatida talqin qilgan 6
. 
Zoopsixologiyada   metafizik   qarashlar.   Metafizik   dunyoqarash   teologik
dunyoqarashni rivojlangan holati xisoblanadi. Yangi tarixda teologik nazariyalarni
ilmiy asoslash majburiyati tug’ildi. Metafizikada kreasion hatti harakatlar mustaqil
mavjudot sifatida hayvonlar tahlil qilinadi. Metafizik psixologiyaning asosiy holati
oliy   ongning   mavjudligi   deb   aytib   o’tiladi.   Metafizika   xatti-harakatlarni   tahlili
bilan  shug’illangan.   XIX  asrdagi   Ernest   Gekkelning   asarlarida   zoopsixologiya   va
metafizika tahlil qilingan. 
Zoopsixologiyada   rasional   farazlarning   rivojlanish   tarixi .
Zoopsixologiyada rasional jihatdan o’rganish metafizika va teologiyadan avvalroq
paydo   bo’lgan.   Bizning   qadimgi   ajdodlarimiz   avval   hayvonlarni   qo’lga   o’rgatib,
so’ngra  ijodiy g’oyalarni  talqin  qildilar.  Zoopsixologiyada  rasionalizmni   ilmiy  va
tabiiy   ilmiy   sifatida   e’tirof   qildilar.   Rasionalizm   holatining   asosi   birlamchi
hayvonlarning   xulq   atvorida   ko’rsatilgan.   Birinchi   rasionalistik   yo’nalishning
vakili Arastu bo’lgan.  U turli xil hayvonlarni solishtirib o’zining fikrlarini Iskandar
Zulqarnaynga   jo’natgan.   Hayvonlarning   xulq   atvorini   inson   bilan   solishtirib   u
hayvonlarda   ham   psixik   jarayonlar   mavjudligini   ko’rsatib   o’tgan.   Uning   fikriga
ko’ra   har   bir   hayvon   turlichadir.   Arastuning   fikriga   ko’ra   eng   aqlli   hayvonlar
sifatida   u   fillarni   aytib   o’tgan.   Arastuning   rasional   qarashlari   zoopsixologiyaning
asosiga   kiritilgan.   XVIII   asrda   xuddi   shu   natijaga   keldilar.   XVIII   asr   hayvonlar
o’rtasida turli tajribalarni o’tkazish imkoniyatini berdi. Byuffon, Reomyur, Galler,
Reymarus,   Kondilyak,   Lerua   va   Lamarklarning   tadqiotlari   sababli   turli   xil
xayvonlarda instinkt tshunchasi va evolyusion rivojlanish holatlari o’rganilgan 7
. 
XVIII   asrda   zoopsixologiyadagi   psixologik   nazariyalar.
Zoopsixologiyaning   asoschisi   sifatida   Jorj   Byuffon   (1707-1788)   keltirib   o’tilgan.
6
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan   
7
Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin, 2008     р28    U   44   tomli   havonlarni   xulq   atvori   bo’yicha   ilmiy   ishlar   to’plamini   yaratdi.   Bu
etologiyaning sistemali ravishda shakllanishiga sababi xisoblanadi 8
. 
J.B.Lamarkning   zoopsixologik   nazariyalari.   XIX   asrning   boshlarida
tabiiy fanlar falsafadan ajralib chiqdi. Bu zoopsixologiya fanining paydo bo’lishiga
asos bo’lib xizmat qildi. Biroq zoopsixologiyaning markaziy konsepsiyasi xali ham
mavjud emas edi. XIX asrga qadar hayvonlarning xatti-harakatlarini va darajalarini
xech  kim   tizimlashtirgan  emas   edi.  Bu  vazifani  Jan   Batist   Lamark  bajardi 9
.  1809
yilda   u   o’zining   mashhur   asari   Zoologiya   falsafasi   kitobini   chop   qildi.   Bunda
zoopsixologiya alohida fan sifatida tahlil qilingan. U evolyusiyaning yakunlangan
nazariyasini   yaratdi,   buning   asosida   tashqi   muhit   olgan   reaksiyalarga   tashqi
muhitning   ta’sir   yotadi   deb   talqin   qilingan.   Lamarkning   fikriga   ko’ra
organizmlardagi   o’zgaruvchanlik   tashqi   muhitning   ta’sir   ostida   sodir   bo’ladi   deb
aytib o’tilgan. Asosiy omil sifatida u organizmgi tashqi muhitga javob reaksiyasida
deb tushunadi. Bu holatlar tug’ma va orttirilgan bo’ladi deb tushuntirgan.  Lamark
talqinicha :   «Organizmlar   tashqi   muhit   ta’sir   ko’rsatishi   bo’yicha   o’zgaradi,
muhim   hayvonlarning   psixikasinio’zgartiradi....».   Lamark   zoopsixologiya   faniga
qimmatli   kashfiyotni   berdi.   U   psixikani   asab   tizimiga   tobe’ligini   aniqladi.   U
tomonidan   psixik   aktlar   klassifikasiyasi   tuzildi.   Eng   sodda   akt   sifatida
qvo’zg’atuvchi   xisoblanadi,   murakkasb   sifatida   sezuvchanlik   deb   e’tirof   etdi.
Hayvonot olami uchta guruhga bo’lingan. 
Zoopsixologiyada rasional nazariyalar. 
1. Antropomorfoz  nazariya  asoschilari inson psixikasi va hayvon psixikasi
yagona ekanligini e’tirof etishadi. Bu yo’nalish tarafdorlari insonning tafakkuri va
ong   xech   qanday   o’zgarishlarsiz   hayvonot   olamiga   ko’chirilishi   mumkin.   Inson
psixikasiga aloqador bo’lgan holatlar, hayvonot olamida ham topilishi mumkin. Bu
yo’nalish   Ch.Darvin   tomonidan   tavsiya   qilingan.   Vundtning   nazariyalari   ham
shunga tayanadi 10
.
Zoopsixologiyada   atomistik   nazariya.   Atomistik   guruhga   inson   va
8
Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin, 2008     р28   
9
Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin, 2008     р11   
10
Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin, 2008     р13    hayvonlarning bir xilligini ta’kidlovchi guruhlarni kiritishimiz mumkin. Insonning
psixikasi   hayvonlarning   psixikasidan   bir   muncha   murakkab   deb   aytib   o’tiladi.
Inson   hayvonlarning   xatti-harakatini   qaytaradi   deb   aytib   o’tiladi.   Bu   evolyusion
xulq-atvor   sifatida   aytib   o’tiladi.   Bu   faraz   tarafdorlari   sodda   hayvonlarning   xulq
atvorlari   va   insonning   faoliyatini   bir   biriga   solishtirish   orqali   tahlil   qilganlar.
Atomistik   nazariya   tarafdorlari   laborotoriya   sharoitida   eksperimentlar   o’tkazishni
ma’qul topganlar. Ular aqliy jihatdan tahlil qilmasdan balki eksperimentlar asosida
xulosa   chiqazishni   afzal   bilishgan.   Atomistlar   hayvonlardagi   psixik   xususiyatlar
nima   ekanligini   aniqladilar.   Morfologlar,   gistologlar,   fiziologlar   va   ximiklarning
bu   davrdagi   tadqiqotlarda   xissalari   katta   xisoblanadi.   Ular   tomonidan
eksperimental zoopsixologiya va asab tizimi fiziologiyasi yo’nalishi paydo qilindi.
Bu hozirgi kunga qadar mavjuddir. 
Tropizmlar   nazariyasi   J.Leb.   bu   yo’nalishning   asoschilari   fiziologik
jarayonlarning   tashqi   holatlari   kimyoviy   reaksiyalardan   iborat   deb   xisoblaganlar.
Bu   zoopsixologiyani   shakllanishiga   xissa   qo’shdi.   Biroq   bu   yo’nalish
tarafdorlarining   fikriga   ko’ra   ular   kimyoviy   reaksiyalarni   o’rganib,   psixik
jarayonlarni   ham   o’rganish   mumkin   deb  xisoblanalar.   Bu   yo’nalishning   asoschisi
J.Leb xisoblanadi (1859-1924) amerikalik biolog. Tropizmlar o’simlik va hayvonot
olamining yorug’likka, mexanik ta’sirlarga, kimyoviy ta’sirlarga, haroratga ta’siri
deb tushunilgan. Masalan hayvonlar yorug’likka javob  berishgan, Lebning fikriga
ko’ra   bu   ijobiy   fototropizm   deb   atagan.   Agar   yorug’likdan   qochsa   salbiy
fototropizm   sifatida   talqin   qilgan.   Tropizm   nazariyasi   tarafdorlari   o’simlik
dunyosida   qolib   ketmasdan,   balki   hayvonot   olamiga   ham   shu   holatlarni
qo’llashgan 11
.  
Pavlovning   reflekslar   nazariyasi.   Faol   harakatlarni   o’rganish   bo’yicha
ko’pgina   olimlar   mehnat   qilgan.   Birinchi   bo’lib   fiziologik   mexanizmlarni
o’rgangan   olim   I.M.Sechenov   xisoblanadi.   Uning   ishlari   asosida       Rossiyada
fiziologiya   fani   rivojlandi.   XIX   asrning   oxiriga   kelib   I . P .   Pavlov   hazm   qilish
fiziologiyasi bilan shug’illandi , aynan shu holat asab tizimining faoliyatiga bog’liq
11
Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin, 2008     р15    ekanligini   isbotladi.   Bu   tadqiqotlar   Nobel   mukotiga   tavsiya   qilingan.
Eksperimental   fiziologiya   holatiga   tayangan   holda   I.P.Pavlov   reflekslar
nazariyasini yaratadi: shartli va shartsiz. 
Zoopsixologiyani tadqiq qilishni besh usuli. 
Labirint   usuli.   Bu   usulni   SMOLL   (Small)   Albion   Vudberi   o’ylab   topgan,
amerikalik   sosiolog   sosial   darvinizmning   nomoyondasi   xisoblanadi.   “Amerika
sosiologiya   jurnali”   asoschisi   1895   yilda   tashkil   toptirgan,   1892   yilda   Chikago
universiteti sosiologiya fakultetiga asos solgan. Tajriba xayvonchasiga turli xildagi
yemak qo’yiladi, bunda tajriba hayvonchasi mummoni yechimini topgandan so’ng
mukofot   tariqasida   yemak   berilgan.   Agar   hayvonchalar   noto’g’ri   yo’lni
tanlaganlarbo’lsalar ularga jazo beriladi. Oddiy shakldagi labirint sifatida T obrazli
koridor   yoki   trubka   olinadi.   Bu   holatda   hayvon   to’g’ri   yo’lni   tanlasa   mukofot
oladi,   noto’g’ri   yo’lni   tanlasa   mukofotsiz   qoladi,   xattoki   jazo   olishi   mumkin.
Murakkab   labirintlar   sifatida   T   shaklining   murakkab   turlari   keltirilishi   mumkin.
Natijalar   tahlili   hayvonlarning   xatolari   va   reaksiya   tezligi   orqali   aniqlanadi.
Labirint   usuli   hayvonlarning   ko’nikma   va   malakalarini   o’rganish   holatlari   bilan
bevosita   bog’liqdir.   Bu   usul   orqali   hayvonlarda   ko’nikmalar   xosil   bo’lishi
mumkin.   Ko’nikmalardan   tashqari   hayvonlarda   sezuvchanlik   xususiyatini
oshirishimiz   mumkin.   Labirint   usuli   hayvonlarda   xotira,   diqqat,   idrokni
shakllantirishiga asos bo’lib xizmat qilishi mumkin. 
Aylanib o’tish metodi.   Hayvonlar muammoning mavjudgi orqali yechimni
aylanib o’tish bilan topishlari mumkin. Bunda muammoni yechimiga kelishda bir
qator   to’siqlar   bo’lishi   mumkin.   Labirint   usulidan   farqli   ravishdahayvonlar   bu
holatda   ozuqani   idrok   qilishadi,   unga   qaratilgan   harakatni   amalga   oshirishadi.
Tezlik   inobatga   olinadi   va   baholanadi.   Bu   metod   orqali   yuqorida   keltirilgan
muammolarning barchasi o’rganiladi. 
Bir   paytning   o’zidagi   yoki   ta’qib   qilish   metodi.   (obyektlarni   tanlash
signallar,   tasvirlar   va   boshqalar   ularni   bir   holatlarini   ajratish   usuli   orqali   tahlil
qilinishi  mumkin. Bu metod tajribadagi hayvonchalarning qobiliyatlarini  aniqlash
uchun   mo’ljallangan.   Bunda   ikkita   bir   xil   turdagi   xayvon   ham   ishtirok   etishi mumkin. Bu usul orqali hayvonlarda rangni idrok, shaklni, ko’lamni idrok qilishni
aniqlash   mumkin.   Bu   metod   orqali   hayvonlarning   ko’nikmalarini   shakllanishini
kuzatishimiz   mumkin.   Hayvonlarning   xotiralarini   shu   yo’l   orqali   shakllantirish
imkoniyati   mavjuddir.   Bundan   tashqari   hayvonlarda   muloqotga   kirishish
imkoniyati   ham   paydo   bo’lar   ekan.   Oxirgi   holatda   boshqa   shakllarni   idrok   qilish
holatlari shakllanishi mumkin. 
Namunani tanlash usuli. (obyektlarning orasidan aynan kerakli bo’lgan
namunani   tanlash).   Dressirovka   usulini   varianti   xisoblanadi,   buni   faqat   yuqori
darajada   rivojlangan   hayvonlarga   qo’llash   mumkin.   Hayvonga   obyektlarning
orasidan   tanlash   holati   beriladi.   Bunda   tadqiqotchi   tomonidan   maxsus   apparatda
ko’rsatilishi mumkin. To’g’ri tanlov amalga oshirilsa mukofotlanadi.
Ochiq   maydon   metodi   (hayvonga   erkin   tanlash   imkoniyati   va   erkin   joy
tanlovi imkoniyati beriladi).
Zoopsixologiya metodlarining ba’zi o’ziga xosligi.  Zamonaviy psixologiya
metodlari   ma’lum   bir   muammolarni   yechimini   topishga   qaratilgan   xisoblanadi,
zoopsixologiyaning ma’lum bir qismi himoya qiluvchi metodlar qatoriga kiritilishi
mumkin.   Hayvonlarni asosan kuzatish bilan bog’liq bo’lgan metodlar qo’llanilishi
mumkin. Shuning uchun ham zoopsixologik tadqiqotlarda foto va video syomkalar
keng   qo’llanilishi   mumkin,   boshqa   texnik   vositalardan   ham   samarali
foydalanishimiz   mumkin.   Albatta   texnik   vositalar   tadqiqotchining   o’tkir   nigohini
o’rnini   bosa   olmasligi   mumkin.   Biroq   natijalarni   tahlil   qilish   imkoniyatini   tabiiy
sharoitda   kuzatish   natijalarini   berishi   mumkin.   Umuman   olganda   zoopsixologiya
usullari birlamchi natijalarni tahlil qilishda keng qo’llanilishi mumkin. 
Psixikani vujudga kelishi.
Uzoq   v aqt lar   dav omida   psixologiy a   t abiiy ,   ijt imoiy   fanlardan
ajrat ilib o’rganiladigan  ilm  sohasi  sifat ida  qaralgan. Buning asosiy
sababi  shundak i,  o’sha  pay t larda  psixologiy a,  inson  ruhi  idealist ik
nuqt ai   nazaridan   t alqin   et ilgan.   Psixologiy a   oldida   t urgan   asosiy
v azifa  asosan  inson  ichk i  olamini  o’rganish  bo’lib,  bu  ichk i  olamga t ashqi   duny oga   aloqasiz   rav ishda   lrganizm   ichida   pay do
bo’ladigan   ichk arida   k echadigan   jaray onlar,   holat lar   sifat ida
t alqin   et ilgan.   Masaslan   R.Dek art ning   t a’k idlashicha,   insonning
o’zini   o’zi   anglashi   uning   ruhiy   hay ot iga   xos   bo’lgan   narsa   bo’lib
barcha   psixik   k echinmalarning   murak k abligi   faqat   ana   shu   ichk i
jaray onlargagina bog’liqdir.
O’tgan asrda ana shu ichki olamni tashqi olamga qarshi qo’yib, uni ajratgan
holda talqin etish g’oyalariga qarshi kurash avj olib ketgan edi bundan 100 yilcha
muqaddam   I.M.Sechenov   tomonidan   his   etiladigan   va   amalga   oshiriladigan
psixologik faoliyatlarning o’rganishi kerak deb aytadi.
I.M.Sechenov   tomonidan   taklif   qilingan   oyeflektor   nazariya   konsepsiyasi
dualizm   qarashlarini   psixik   hayotga   tadbiq   etish   bo’yicha   birinchi   ilmiy   qarash
bo’lmagan.
Psixologiyan tabiat va jamiyat haqidagi fan sifatida joriy qilish sobiq sovet
psixologlarining asosiy maqsadlaridan biri bo’lgan.
Sobiq   sovet   psixologlarining   ishida   psixologiya   ichki   dunyo   haqidagi   fan
sifatida emas balki, tashqi ko’rinishlar haqidagi fan deb hisoblangan. Psixologiyani
ruhiy hayotning o’ziga xosligi haqida emas, balki hayot faoliyatining uzoq muddat
rivojlanishi   natijasi   sifatida,   unda   organizmning   atrof   muhit   bilan   faol   o’zaro
aloqaga   kirishadi,   unda   u   o’z   o’rnini   topishga   intiladi.   Bunday   aks   ettirish
jarayonida, atrof muhitning ta’siri ostida miyada psixik jarayonlar vujudga keladi.
Bu   holat   esa   psixikaning   ichki   dunyo   haqidagi   fan   tushunchasini   yo’qotgan   va
buning   natijasida   evolyusion   rivojlanish   vujudga   keladi.   Psixik   jarayonlar   shu
tariqa o’rganish obyekti bo’lib qolgan.  
Sobiq   sovet   psixologlarining   fikriga   ko’ra   psixika   hayot   faoliyatida
vujudga   kelmay,   balki   organizmning   hayot   faoliyatini   ma’lum   shart   sharoitlarda
vujudga   keltiradi.   Masalan:   notirik   tabiatda   alohida   buyumlarning   o’zaro   aloqasi
mavjud.   Biroq   bunday   aloqalar   ularning   yashashi   uchun   sharoit   hisoblanmaydi
qoya suvdan mustaqil ravishda bo’lishi mumkin, suv qirg’oqdan mustaqil ravishda mavjud bo’lishi mumkin. Masalan: kerosinda mavjud bo’lgan kakliy ochiq havoga
qo’yilganda uchib ketishi mumkin. Yerning rivojlanishi jarayonida juda murakkab
qo’shilishlar   vujudga   kelgan.   Bu   katta   molekulalar   konservatlar   deb   atalgan.
Ularning asosiy xususiyatlari ularning qismlarga tez ajrala oladilar, chunki modda
almashinuvi   ko’proq   bo’lar   ekan.   Bu   molekulalar   yangi   moddalarni   qabul   qilib,
o’zlashtirishi   tashqi   olam   maxsulotlarini   sochishi   kerak.   Shu   tariqa   o’sha   katta
molekulalar   atrof   muhitda   moddalar   almashinuvi   uchun   kerak.   Moddalar
almashinuvi   pavssiv   jarayon   hisoblanmaydi.   U   oqsil   molekulalarning   hayotiy
faoliyat   jarayonini   amalga   oshiradi.   Shu   tariqa   tirik   hayot   vujudga   keladi.   Bu
hayotda   mayda   organizmlar   vujudga   keladi.   Bu   to’qimalarning   mavjudligining
o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular moddlarga qo’zg’ovchilarni har doim
topa oladilar. Shu darajada ham tirik moddalarda ehtiyojlar paydo bo’la boshlagan.
Hamma tashqi  olam  ko’rinishidan hayotni  qo’llash uchun biotik ta’sir  va mavjud
bo’lmagan   abiotik   ta’sir   mavjud   edi.   Agar   biz   hayot   evolyusiyasini   diqqat   bilan
kuzatsak, ularni ma’lum bir bosqichlarga ajratishimiz mumkin. Birinchi bosqich bu
o’simliklar olami. Bu forma evolyusiyaning hamma bosqichlarida uchraydi. Sodda
bir to’qimali suv o’tlaridan tortib, to zamonaviy o’simliklarga qadar.
Ko’pgina   tadqiqotchilarning     fikriga   ko’ra   o’simliklar   olamining   o’ziga
xosligi shundan iboratki, ular ma’lum bir joyga bog’langanlar, harakat qilmaydilar.
O’simliklar  olami ma’lum bir moddalar almashinuvida  to’xtaydi. O’simliklarning
xayot   faoliyati   1   biotik   omillarga   bog’liq   holda   amalga   oshiriladi.   O’simliklar
ma’lum   bir   sharoitlarga   nisbatan   sezuvchan   bo’lib   qoladilar.   Demak   o’simliklar
ham o’z ehtiyojlariga egadirlar. O’simliklar ularga ta’sir qilagan omillarga nisbatan
ta’sirlarga javob berish xususiyatlariga egadirlar. O’simliklar ma’lum bir xududga
bog’langandirlar,   undan   ortiqcha   harakat   qilmaydilar.   O’simliklar   yorug’likka,
haroratga,   kimyoviy   ta’sirlarga   nisbatan   ta’sir   berish   xususiyatlariga   egadirlar.
Bunday harakatlar tropizmlar deb ataladi. 
Tropizmlar   fototropizm   (yorug’likka   javob),   termotropizm   (haroratga),
geotropizm   (yer   markaziga   intilishi),   xemotropizm   (kimyoviy   ta’sirlarga)   larga
bo’linadilar. O’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, tropizmlar ijobiy (taassurot kelgan   yo’nalishga   qarab   intilish)   yoki   salbiy   (zararli   taassurotlarga   intilish)
xarakterga ega bo’lishi mumkin. 
O’simliklar   dunyosidan   farq   qiluvchi   bosqich   bu   hayvonot   olami
hisoblanadi.   Hayvonot   olamining   o’simliklar   dunyosidan   farqlanuvchi
xususiyatlari   bu   hayvonlarda   harakatning   mavjudligidir.   Bu   ba’zida   yetarli
xisoblanmaydi,   chunki   ba’zi   bir   o’simliklar   haoakatlanish   xususiyatlariga
eagdirlar.   Masalan   kungaboqar   yoki   pashsha   yutuvchi   o’simlik,   kungaboqar
quyoshga qarab harakatlansa,  pashsha  yutuvchi  pashshalarga  qarab harakatlanadi.
Lekin   bundaay   harakatlar   hayvonlarning   xatti   harakatlaridan   farqlanadi.
Hayvonlarning   xarakati   faol   xarakterga   ega.   O’simliklar   dunyosidan   hayvonot
dunyosiga   o’tishdagi   yangilik   bu   hayvonlarda   yangi   qo’zg’atuvchining   ko’rinishi
vujudga   kelishidir.   Hattoki   eng   sodda   tuzilgan   hayvonlar   ham   biotik
qo’zg’atuvchilarni paydo bo’lishini namoyon qilishlari mumkin. Bu A.N.Leontyev
talqitniga   ko’ra   sezuvchanlik   deb   nomlangan.   Hayvonlarda   sezuvchanlikning
paydo   bo’lishi   yangi   xususiyatlardan   biri   hisoblanadi   va   bu   esa   yangi
organizmlarni   vujudga   keltiradi,   bu   holat   esa   psixikaning   vujudga   kelishining
asosiy omili hisoblanadi.
Asab tizimigacha bo’lgan davr va asab tizimini paydo bo’lishi.
A merik alik  t adqiqot chi J ennigs eng sodda jonzot larda t adqiqot
ishlarini   olib   borgan.   Ma’lumk i   amy obaning   t anasiga   t egilsa,
uning   holat i   o’zgaradi.   Tegilgan   joy da   y olg’on   oy oqlar   pay do
bo’ladi.   Bular   psev dopodiy alar   deb   at aladi,   amy oba   shu   oy oqlari
bilan   oby ek t ni   ushlab   oladi,   agar   bu   oby ek t   ozuqa   bo’lsa   amy oba
uni  o’zlasht iradi,  agar  ozuqadan  t ashqari  narsa  bo’lsa  amy oba  uni
t ashlab   y uboradi.   Bunga   y aqin   jav obni   dist ant   qo’zg’at uv chilar
orqali   t a’sir   qilinganda   k uzat ishimiz   mumk in.   Ba’zi   bir   holat da
amy oba   ma’lum   bir   masofada   t urgan   oby ek t ga   y aqinlasha
boshlay di   v a   uni   ushlab   oladi,   boshqa   hollarda   esa   ular   t esk ari xat t i-harak at larni   amalga   oshira   boshlay dilar.   Ko’pgina
t adqiqot chilarning   fi k riga   k o’ra   buni   quy idagicha   izohlash
mumk in,   zaif   qo’zg’at uv chilar   amy obalarda   faol   reak siy ani
v ujudga   k elt iradi   v a   ak sinchak uchli   qo’zg’at uv chilar   t esk ari
eff ek t ni   v ujudga   k elt irad,   bu   esa   amy obani   qo’zg’at uv chidan
uzoqlashishiga   olib   k eladi.   A my obaning   t anasi   bir   xil   bo’lmagan
qav at lar  prot oplazmasidan  iborat . Tashqi  prot oplazmagel  holat ida
bo’ladi,   ichk i   prot orlazma   zol   (suy uqlik )   holat ida   bo’ladi.
Prot oplazmaning   t ashqi   qav v at i   t ashqi   t a’sirga   qo’zg’aluv chan
bo’ladi, shundan  so’ng u  zol  holat iga  o’t adi. Bu  y olg’onoy oqlarning
shak llanishiga   sabab   bo’ladi,   shundan   so’ng   amy oba
harak at lanadi.
Foterning   tadqiqotlari   shuni   ko’rsatadiki,   amyobaga   20   marta   zaif   mexanik
ta’sirdan  2 tasiga javob qaytaradi, zaif  yorug’likka esa  umuman javob bermagan,
biroq yorug’lik va mexanik stimullarning 20 tasidan, 16 tasiga javob qaytargan.
Mayer   va   Shreyr   taxminlariga   ko’ra   zaif   qo’zg’ovchilarga   nisbatan   ijobiy,
kuchli qo’zg’ovchilarga nisbatan salbiy ta’sirotlar vujudga keladi.
Bless va Leontyevlarning tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, dafniya yorug’likka
nisbatan to’g’ri harakatlanmasdan, balki yoysimon harakatlanar ekan.
Poly ak   olimi   Dembrov sk iy ning   t adqiqot larida   ham   sodda
hay v onlarni   k erak li   harak at larni   amalga   oshirishga   o’rgat ish
mumk inligi  k o’ringan. U bir xujay rali  hay v onlarni  dumaloq idishga
solib   qo’y ib,   ularni   qanday   harak at lanishini   k uzat gan,   ularning
haoak at lari   boshida   xaot ik   xarak t erga   ega   bo’lgan,   ma’lum
muddat  o’t gandan so’ng esa, bu t art iblangan harak at ga ay langan.
Tadqiqot chilar   juda   qiziq   ma’lumot larga   ega   bo’lishgan,   bir xujay rali  hay v onlarning  qo’zg’at uv chilarini  t arqalishi  sek undiga  1-
2   mik rondan   oshmasa,   eng   sodda   asab   t izimiga   ega   bo’lgan
hay v onlarda   t ezlik ni   t arqaligi   k at t a   hisoblanadi,   u   sek undiga   50
smni  t ashk io qiladi,   qurbaqaning asab t izimini  t arqalish  t ezligi  25
met rga,  insonnik i  esa  sek undiga  125 met rni  t ashk il  qilar  ek an.  Bu
holat lar   shuni   k o’rsat adik i,   ma’lum   bir   asab   t izimiga   ega   bo’lgan
hay v onlarda   asab   t izimining   t ezligi   oshar   ek an.   Bu   holat larning
hammasi  asab t izimining pay do bo’lishi  zamin bo’lib hizmat  qilgan.
Eng birinchi  asab t izimi  t o’rsimon  asab t izimi  hisoblanadi. Bu  asab
t izimining   t olalari   t o’rga   o’xshash   bo’lganligi   sababli   u   t o’rsimon
asab   t izimi   deb   y urit ilgan.   Bu   nerv   t olalari   juda   k uchli
sezuv chanlik k a   ega   bo’ladi.   Bu   t o’rsimon   asab   t izimi   y uqori
umurt qalilarda   « ret ik uly ar   formasiy a»   deb   nomlangan   asb
holat larini   eslat adi.   Biroq   ret ik uly ar   formasiy a   y uqori   darajada
riv ojlangan  hay v onlarda  asab  t izimining  past  bosqichi  hisoblansa,
k o’p xujay rali  past  darajadagi  hay v onlarda  asab t izimining y agona
shak li   sifat ida   t alqin   et iladish.   Bu   asab   t izimi   k o’pgina
av zallik larga ega, lek in u harak at ni boshqara olmay di.
To’rsimon asab tizimining sezuvchanligini  ko’tarilishigasabab  bo’lib nafaqat
kontakt   qo’zg’atuvchilar,   distant   qo’zg’atuvchilar   ham   bo’lishi   mumkin.
To’rsimon   asab   tizimi   bir   qator   kamchiliklarga   egan.   To’rsimon   asab   tizimida
asosiy   boshqaruv   holatlari   mavjud   emas.   Nemis   olimi   Bets   dengiz   yulduzlari
o’rtasida   tadqiqot   o’tkazgan.   Tadqiqotlar   shuni   ko’rsatadiki,   dengiz
yulduzchalarining bittasi yetakchiga aylanadi, unga ta’sir qilinganda unga shu tola
orqali hamma a’zolar javob bera yuoshlaydi. Biroq shu yetakchi nur olib tashlansa,
boshqa   nur   uning   funksiyasini   bo’yniga   olishi   mumkindir.   Bu   esa   dengiz
yulduzining   nera   apparati   o’sha   tamoyilda   qolganligini   ko’rsatadi.   Yangi   asab tizimining   paydo   bo’lishiga   sabab   bo’lib,   ular   xatti-harakatini   boshqara   oladilar.
Shu sharoitlar markaziy asab tizimini paydo  bo’lishini ta’minlaydi.
Bu  asab  tizimini   chuvalchanglarda  kuzatish   mumkin.  Bu  nerv  tugunlaridan
iborat   bo’lib,   bular   ganglionar   asb   tizimi   deb   yuritiladi.   Bu   asab   tizimida   oldingi
gangliyaning   paydo   bo’lishi   muhim   ahamiyatga   egadir,   bu   uning   boshqaruv
apparatini   paydo   bo’lganligini   ko’rsatadi.   Chuvalchanglarning   asab   tizimini
yakunlanganligini kuzatishimiz mumkin.
Instinkt va malakalarni o’rganishni zamonaviy holatlari.
Ko’pgina   olimlarning   fikriga   ko’ra   instinktlar   bu   ongdagi   maqsadlarning
yo’qligida   hayvonlarning   maqsadli   xatti-harakatidir.   Demak   instinkt   bu   nasldan
naslga   hyech   qanday   o’zgarishsiz   o’tadigan   tug’ma   xatti-harakat   formasidir.   Bu
xatti-harakat   shakli   umurtqasizlarning   hayotida   yetakchi   ahamiyat   kasb   etadi,
masalan   qusursqalarda   bu   xatti-harakat   formasi   asosiydir,   quyi   darajada
rivojlangan   umurtqalilarda   ham   instinktlar   yetakchi   o’rin   egallaydi   faqat   asta
sekinlik   bilan   individual   o’zgaruvchan   xatti-harakatlarga   o’rnini   bo’shata
boshlaydi.   Agar   yomg’ir   chuvalchangini   bosh   gangliyasini   olib   tashlaganda   u
harakat qilishi ma’lum. Yomg’ir chuvalchangi  uyini qishda issiq  tutishi  uchun va
oziqlanishi   uchun   uyiga   daraxt   bargini   olib   kirar   ekan.   Tadqiqotchilar   shuni
kuzatishdiki yomg’ir chuvalchangi bargni oxiridan tortib uyiga olib kirar ekan. Bu
xatti-harakatni   ko’rganlar   u   aqlli   xatti   harakat   qilayapti   degan   fikrga   borishlari
mumkin.   Shuning   uchun   ham   olimlar   uni   ustidan   tadqiqot   o’tkazib
chuvalchanglarni   harakatini   kuzatganlar.   Ular   chuvalchangda   shaklni   idrok   qilish
formasi bormi yoki yo’qligini kuzatganlar. 
Ular   fargni   shakliga   o’xshash   shaklni   bargdan   kesib   olganlar,   bargni   asosi
hisoblangan   barg   shakli   hozirda   oxiri   hisoblana   boshlagan,   shunda   chuvalchang
oxiri   hisoblangan   tomonidan   uyiga   torta   boshlagan,   demak   chuvalchang   boshqa
omillar orqali xatti-harakatini boshqarishi ma’lum bo’lgan. Demak chuvalchanglar
ma’lum   bir   tug’ma   xatti-harakatni   amalga   oshirishini   kuzatishimiz   mumkin.   Bu
xatti-harakat   formalarining   murakkabligi   nimadan   iboratligini   kuzatganimizda,
shunday   xulosaga   kelishimiz   mumkinki   evolyusiya   jarayonida   qandaydir noma’lum   yo’llar   bilan   hayvonlarning   yashashi   uchun   shart   sharoit   yaratiladi,
bunda   ularning   tana   shakllari,   yashash   sharoitlari   hisobga   olinadi.   Kapalak   yoki
pashshaning   qanoti   uchish   uchun   eng   maqbul   asbob   hisoblanadi.   asalarining
tumshug’i   esa   asal   yig’ish   uchun   eng   maqbulidir.   Har   bir   qumursqalarning
xatti-harakati yashash uchun eng maqbul holatdardan biri hisoblanadi. Darvinning
fikriga ko’ra bu evolyusiyaning natijasida, tabiiy tanlanish vaqtida vujudga kelgan
hisoblanadi.   Ularning   nasl   qoldirishga   bo’lgan   xatti-harakatida   ham   instinkt
formalarini   kuzatishimiz   mumkin,   masalan   chivinlar   o’z   tuxumlarini   suvga
qo’yadilar, agar ular quruq joyga tuxumlarini qo’ysalar tuxumlar nobud bo’lishlari
mumkindir. 
Ipak qurti o’z ipagini katta qilib o’raydi, chunki bunda uning kapalagi o’sha
joyda   harakatlana   olishi   kerakdir.   Oddiy   ari   tuxumini   chuvalchangga   qo’yadi
bunda u chuvalchangni yetakchi gangliyasini zararlab, tuximini qo’yada bu holatda
chuvalchang   halok   bo’lmaydi,   balki   arining   bolasiga   yem   bo’ladi.   Bunday
murakkab   xatti-harakatlar   o’zining   maqsadliligi   jihatidan   hayron   qoldiradi.
Asalarining   in   qurishi   ham   juda   murakkab   hisoblanadi,   u   xuddi   arxitektor   kabi
hamma   qismlarni   hisobga   olgan   holda   in   qurgandek   ko’rinadi.   Masalan   baliqlar,
qushlar ma’lum bir xududda yashab ikkinchi xududga qishlash uchun keladilar. Bu
xolatda   murakkab   xatti-harakat   formalari   programmalashtirilgan   hisoblanadi.
Instinktni   to’rt   asosiy   xususiyatini   ajratishimiz   mumkin,   bular   quyidagilardir:
nasliylik, o’qitishdan mustaqillik, birxillik, bir tomonlamalikdir.
Masalan   asalarilar   140   ga   yaqin   xidlarni   ajratish   xususiyatiga   egadirlar.
Asallarilar   to’lqinlarni   ham   tez   va   oson   ajrata   oladilar.   Inson   tebranishlar
chastotasini   sekundiga   20   dan   20mingga   yaqinini   ajratadi,   qumursqalar   esa   faqat
ultrazvuk   tebranishlariga   javob   beradi.   qumursqalarda   yana   ko’rishi   yaxshi
rivojlangan.   Ularning   ko’zlari   umurtqalilardan   farqli   ravishda   bir   necha   ming
aloxida   bo’limchalardan   iboratdir.   Demak   qumursqalarda   yuqori   darajada
rivojlangan umurtqalilar kabi hamma sezgi organlari mavjuddir. Ularda qo’zg’alish
aynan   shu   organlarda   paydo   bo’ladi   va   so’ngra   oldingi   gangliyaga   yetkaziladi.
Oldingi   gangliyada   uchta   turli   xil   o’ismlar   mavjuddir:   oldingi   qism   ko’rish reseptorining tolalari boradi, o’rta qism xid bilish reseptorlari boradi va orqa qism
og’iz qismining reseptorlari boradi. 
Shu tariqa asalarilarda oldingi gangliyasi tasniflangan hisoblanadi, ularni esa
umurtqalilar   miyasi   bilan   ham   solishtirish   mumkindir.   Asalarilarning   gangliyasi
chuvalchanglarnikiga   o’xshamagan   tarzda   tuzilgan,   ularning   gangliyalari
tartiblangan   tarzda   tuzilgandir.   Bu   xatti-harakatlar   yorug’lik   signallariga   javob
berishga   mo’ljallangandir.   Asalarining   oldingi   gangliyasi   kelgan   ma’lumotlarni
tahlil   qilish   qobiliyatiga   egadir,   bular   murakkab   xatti-harakatlarni   amalga
oshirishga yordam beradi. 
Har   bir   hatti   harakatlar   instinktiv   darajada   tuzilganligi   sababli   ulardagi
ma’lum   o’zgarishlarga   hayvonlar   javob   berishmasligi   mumkin.   Instinktiv   xatti–
harakatning   besh   xil   turi   mavjud.   1)oziqlanish,   2)nasl   qoldirish,   3)   naslga
g’amxo’rlik,   4)ximoyalanish,   5)in   qurish   va   gala   bo’lib   yashash.   Har   bir   xatti
harakatlar shu instinktlar asosida amalga oshiriladi. Ular murakkab holatlarga duch
kelsalar   instinktlar   chegarasidan   chiqib   keta   olmaydilar.   Masalan   o’rgimchak
to’riga pashsha  tushganini  vibrasiya  orqali  sezadi  va  ozuqaga  intiladi. Agar   iniga
boshqa narsa tushsa ham  unga intiladi, chivin suvga tuxum  qo’yadi, lekin oynani
ko’rsa ham tuxum qo’yishi mumkindir. Asosi y  adabiyotlar
1. Evolutionary   Psychology   David   M.   Buss,   third   edition   ,   The   University   of   
Texas at Austin, 2008.
2. Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan    
3. V ы gotskiy L. S. Sobr. soch. v 6 t. M., 1982-1984.
4. Galperin   P.   Ya.   Vvedeniye   v   psixologiyu.   M.,   1976.   Galperin   P.   Ya.   K
ucheniyu ob interiorizasii // Vopr. psixologii.  1966. № 6.
Qo’shimcha :
5. Ananyev B. G. O problemax sovremennogochelovekoznaniya M., 1977
6. Aristotel. Soch. v 4 t. T. 1.  M., 1975
7. Bodrov V.A. Psixologiya professionalnoy deyatelnosti. Teoreticheskiye i 
prikladn ы ye problem ы . M.: Izd-vo «Institut psixologii RAN», 2006.

Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish. Hayvonlar psixik faoliyatining umumiy tavsifi Ma’ruza rejasi: 1. Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyani predmet va vazifalari 2. Hayvonlar xatti-harakatini psixologik bilimlar tizimidagi o’rni . 3. Zopsixologiya va qiyosiy psixologiya usullari 4. Zopsixologiya va qiyosiy psixologiyani rivojlanish tarixi 5. Zoopsixologiyani tadqiqi qilishni besh usuli 6. Psixikani vujudga kelishi . 7. Asab tizimigacha bo’lgan davr va asab tizimini paydo bo’lishi . 8. Instinkt va malakalarni o’rganishni zamonaviy holatlari .

Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyani predmet va vazifalari Qiyosiy psixologiya yuqori darajada rivojlangan umurtqalilarni atropogenetik holatlarini o’rganuvchi sohalardan biri xisoblanadi. Uning asosiy holati hayvonlarni intellektini o’rganishdan iboratdir. Ba’zi holatlarda qiyosiy psixologiya fan sifatida emas balki usul sifatida talqin etilishi mumkin. Ba’zi bir olimlar esa aksincha tasavvur qiladilar, masalan Vladimir Aleksandrovich Vagner zoopsixologiyani qiyosiy psixologiyani bir qismi sifatida e’tirof etgan. Qiyosiy psixologiya hozirgi kunda hayvonlar va insonlarning kelib chiqish qonuniyati va ularning rivojlanish holatlarini o’rganadigan fanlar qatoriga kiritiladi . Qiyosiy psixologiyani predmeti sifatida inson va hayvonlarning holatlarini solishtirishdan iboratdir. Shuning uchun ham qiyosiy psixologiya zoopsixologik ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi, inson va hayvonlarning ontogenez va filogenezidagi o’zgarishlarni tahlil qilishga yo’naltirilgan bo’ladi. Qiyosiy psixologiya va zoopsixologiyani vazifasi sifatida quyidagilarni kiritishimiz mumkin. Zoopsixologiya fanga nisbatan an’anaviy ishonchsizlik holatlarining mavjudligi. Hayvonlarning psixikasini o’rganish mumkin emas degan g’oyalarning mavjudligi. Ilmiy zoopsixologiya hayvonlarning xissiyotlarini o’rganishdan iborat emas, balki uning vujudga kelishi va evolyusiya natijasida o’zgarishini o’rganadi. Amaliy vazifalari sifatida hayvonlar psixikasi haqidagi bilimlarni kerakli bo’lgan sohalarda ishlatishdan iborat, bunda uchta sohani keltirib o’tishimiz mumkin: Inson faoliyatining hayotiy va xo’jalik sohasida; Insonni tabiatni himoya qilish sohasida Rivojlanayotgan psixoterapevtik maqsadlarda. Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyani muammolari: - Psixik aks ettirishni vujudga kelishi va uning rivojlanishi; - Hayvonlarda tug’ma va orttirilgan xatti-harakatlar tavsifi; - Ontogenezdagi xatti-harakatlar qonuniyati, turli xil guruhdagi

hayvonlarning psixikasi - Hayvonlarning intellektini o’ziga xosligi; - Hayvonlarning psixikasi va xatti-harakatlarini antropogenetik ahamiyatlari. Hayvonlar xatti-harakatini psixologik bilimlar tizimidagi o’rni Hayvonlarning psixologik jihatdan o’rganish bilan birga, hozirgi kunda hayvonlarni biologik tarzda o’rganish ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu etologiya soxasining tarkibiga kirib ular shu soha bilan shug’illanishadi. Etologlar birinchi navbatda hayvonlarning xatti-harakatini ekologik omil asosida o’rganishadi, bunda hayvonlarni ma’lum bir sharoitlariga moslashish holatlari o’rganiladi. Bir vaqtning o’zida etologiya filogenezdagi hayvonlarning xatti- harakatini o’zgarish holatlarini ham tadqiq etadi. etologik o’ziga xoslik asosida albatta hayvonlarning instinktiv xulq-atvorlari yotadi. Dala sharoitida kuzatishlar natijasida etologlar hatti-xarakat biologiyasi nazariyasini yaratdilar. Bunda asosiy o’rinda instinktiv xulq atvor birlamchi o’ringa chiqadi. Ular evolyusion bilimlarga, funksional morfologiyaga, ommaviy ekologiyaga, hayvonlar tizimiga, googeografiyaga va boshqa sohalarga qimmatli foyda keltirdilar. Zoopsixologiya o’zining xatti-harakatlarini hayvonlar xulq-atvorini o’rganishga qaratadi, etologlar esa biologik holatlarga. Biroq psixik omillarsiz xayvonlarning biologik holatlarini o’rganish mumkin emas, va aksincha 1 . Zoopsixologiyani fiziologiya bilan aloqasi ham uzviylik holati mavjud. Ayniqsa neyrofiziologiya oliy nerv fiziologiyasi bilan, zoopsixologdan farqli ravishda fiziolog psixik aks ettirish holatlarini o’rganadi. Fiziologik tadqiqotlar xuddi zoopsixologiya kabi o’tkaziladi, unda xatti-harakatlar tahlil qilinadi, bunda albatta fiziolog oliy nerv faoliyatiga o’z e’tiborini qaratadi. Uning birlamchi vazifasi faoliyat tizimlari va a’zolarini o’rganishdan iborat. Sodir bo’layotgan holatlarni o’rganayotgan vaqtda albatta psixik aks ettirishlarni ham kuzatish mumkin, biz organizmni bir butun sifatida idrok qilishimiz zarur bo’ladi. Biroq fiziologik jarayotnlarda xatti-harakat shakli, fiziologik mexanizmlarni anglashga 1 Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan 428

yordam beradi, demak fiziologik mexanizmlar va alohida jarayonlar orasidagi chegaralarni yo’qotadi. Shuning uchun ham fiziologiyani o’rganayotgan vaqtda etologik yoki zoopsixologik nuqtai nazarlar bilan yondoshish mumkin emas. Fiziologlarni vazifasi zoopsixolog va etologlarnikidan farqlidir. Yuqoridagi xech bir fan boshqasining o’rnini bosa olmaydi, ular faqatgina xamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirishlari mumkin. Bu yo’nalishlar orqali hayvonlarni to’liq tahlil qilish imkoniyatini yaratishimiz mumkin. Hayvonlarni tadqiq qilish asosan laborotoriya sharoitida amalga oshiriladi. Zoopsixologiya fanida hayvonlarni atrof muhit bilan munosabatlarini o’rganish holatalari ham mavjud. Hayvonlar o’zlarini oldingi tajribalaridan kelib chiqqan holda ularni nazorat qilish oson bo’ladi. Zopsixologiya va qiyosiy psixologiya usullari Zoopsixologiyani o’rganish metodlari ikki asosiy guruhga bo’linadi: 1) empirik ma’lumotlar va faktlar asosida olingan metodlar ; 2) empirik ma’lumotlar va faktlarni tahlil qilish asosidagi metodlar . Empirik ma’lumotlar va faktlar asosida olingan metodlarbu faktik materiallarni tadqiqot predmeti va holatlari orqali olingan xisoblanadi. Shuning uchun ham bu metodlar fanning ma’lum bir sohasiga va tadqiqotni ma’lum bir tadqiqiga aloqador hisoblanadi. Zoopsixologiyada bu hayvonlarning xatti xarakatlari xisoblansa, qiyosiy psixologiyada inson va hayvonlarning xatti- harakatlarni solishtirish xisoblanadi. Bir biriga uyqash bo’lgan fanlar bir biriga o’xshash ba’zi bir holatlarda bir xil usullardan foydalanishlari mumkin 2 . Bu zoopsixologiyaga bilan bog’liq bo’lgan fanlarga ham aloqador, fiziologiya va etologiya. Empirik ma’lumotlar va faktlarni tahlil qilish asosidagi metodlar bu fanlar metodologiyasi xisoblanadi. Bunda fanlarning nazariy holatlari, kelib chiqish vaqtlari nazariy va amaliy ahamiyatlarini o’rganish mumkin. Tadqiqotning predmeti haqidagi ma’lumotlar albatta nazariy asoslar orqali tahlil qilinadi. Shu tariqa hayvonlarning xatti-g’arakatlarini o’rganib zoopsixologiya, etologiya va fiziologiya fanlari bir xil predmetni o’rganib, biroq ularni turlicha talqin etishlari kerak bo’ladi. Psixologiya subyekt psixikasining ichki holati bo’lib, psixik 2 Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan 428 9

jarayonlarni tuzilishi, funksiyasi; etologiya hayvonlarning turlarini vujudga kelishi va moslashish ahamiyatini, fiziologiya insonlar va hayvonlarning psixikasini ichki mexanizmlarini o’rganishdan iborat. Ilmiy tahlil nazariyalari metodlari o’rganiladi, ular tafakkurning mexanimzlari asosida shakllanadi. Buning uchun albatta fanning metodologiyasi bo’lishi shart. Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiya psixologik yondoshuvlardan foylanadi, bunda psixikani evolyusion jabhada tahlil qilish mumkin. Evolyusion yondoshuvda:evolyusion tizimli yondoshuv, faoliyatli yondoshuv, madaniy tarixiy, qiyosiy psixologik. Bularning nazariy tahlili keyingi bo’limlarda ko’riladi. Empirik ma’lumotlar va faktlar asosida olingan metodlar zoopsixologiya va qiyosiy psixologiya fanida ikki asosiy guruhga bo’linadi. Kuzatish usuli eksperiment metodi. Har bir sulning qo’llanish holatlari ma’lumotlarni tahlil qilishga doir haolatlar bilan belgilanadi. Zopsixologiya va qiyosiy psixologiyani rivojlanish tarixi. Zopsixologiya fan yosh fanlar qatoriga kiradi. Fanning paydo bo’lishi 200 yil atrofida deb tahmin qilinadi. Biroq uning asosi qadimdan o’rganilgan. Birinchi navbatda etologiya sohasini ritvojlanishi bilan bog’liq, ya’ni yovvoyi hayvonlarni xonakilashtiri, shuning asosida zoopsixologiya rivojlana boshlagan. qo’lga o’rgatish. Hayvonlarning xatti-harakatlarni empirik jihatdan o’rganish turli xildagi hayvonlarni xonakilashtirish imkoniyatini yaratdi. Biroq bizga qadar qadimiy o’rgatish holatlari yetib kelmagan, biz o’rgatish holatini yaqinroq holati bilan tahlil qilish imkoniyatiga egamiz. Zoopsixologiya fani rivojlanish holatida mustaqil fan sifatida emas, balki dunyoqarashning bir turi sifatida shakllangan. Hayvonlarning xulq atvorifaylusuflar tomonidan ko’proq o’rganilgan. Bu esa teologik nazariyani keltirib chiqardi. Hyech bir olim hayvonlarning xatti-harakatlarini tahlil qilmasdan boshqa holatga o’tmagan. Shaxs nazariyalarida ham albatta shu holatga murojaat qilinadi Zoopsixologiyada nazariyalar klassifikasiyasi. Umuman olganda zoopsixologiya haqidagi nazariyalarni ikkita katta guruhga ajratishimiz mumkin: