Psixologiyaga evolyusion kirish
Ma’ruza . Psixologiyaga evolyusion kirish 1. Psixologiya predmeti haqidagi tasavvurlar rivojlanishining asosiy bosqichlari 2. Psixologiya tarixi 3. Psixologiyaning fanlar tizimidagi o’rni va boshqa fanlar bilan aloqasi 4. Psixologik fanlar tizimi va tamoyillari
Psixologiya predmeti haqidagi tasavvurlar rivojlanishining asosiy bosqichlari Psixologiya bu psixika, qonuniyatlar, ularning ko’rinishi, shakllanishi va rivojlanishi haqidagi fandir. Psixologiya bu psixik ko’rinishlar haqidagi fandir bunda biz quyidagi holatlarni tahlil qilishimiz mumkin: - Psixik jarayonlar: bilish jarayonlari (sezgi, idrok, tasavvur, xayol, diqqat, xotira, tafakkur, nutq); emosional (xissiyotlarni paydo bo’lishi, ularni ehtiyojlarga ta’siri) va irodaviy jarayonlar (ehtiyoj, motiv, iroda, qaror qabul qilish, maqsad va boshqalar); - Psixik xususiyatlar (temperament, xarakter, qobiliyat, iayllar, yo’nalganlik va boshqalar) - Psixik holatlar (stress, affekt, anduh, monotonlik, o’rganilgan yordamga muhtojlik, tush, uyg’oqlik, holatlarning o’zgarishi va boshqalar) Predmeti: psixika Obyekti: inson va hayvonlar (zoopsixologiya), kichik va katta guruhlar (sosial psixologiya) 1. Psixologiya haqida tushuncha Jahon fanlarining muayyan qonuniyatlarga asoslanib turkumlarga kiritilishiga ko’ra, psixologiya fani bu tizimda nufuzli o’rin egallashiga barcha obektiv hart va haroitlar yetarlidir. Qat’iy ishonch bilan aytilgan fikrning zamirida bir qator muhim ham tabiiy, ham ijtimoiy omillar yotishi shak-shubshasizdir. Chunki, psixologiya fani insoniyat tomonidan kashf qilingan fanlarning ichida eng murakkabi bo’lib, biosferik ta'limotdan kelib chiqqan holda psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyatini aks ettiruvchi kategoriya sifatida o’rganilib kelingan. Lekin bugungi kunda neosferik ta'limotga binoan fazoviy munosabatlar, sayyoralararo aloqalar, o’zaro ta'sirlar, moddalar, zarrachalar, nurlar harakati, almashinishi, qo’shilishi to’g’risida mulohazalar, faraziy asosda bo’lsa ham, yuritilmoqda.
Ayniqsa, biosferaga kirib kelayotgan moddalarning o’zaro birikuvi, muayyan fazoviy maydonning hosil qilishi, to’planishi inson tana a'zolariga ijodiy ta'sir ko’rsatishi, natijada favquloddagi holatlar sodir bo’lishi, kashfiyotlar yuz berishi, intuitiv (lotincha “intueri” sinchkovlik, diqqat bilan qaramoq yoki ichki sezgirlik demakdir) shakldagi ruhiy holatlarning kuchayishi namoyon bo’lishi mumkin. Bular qato-riga telepatik (yunoncha “tele” uzoqni “pathos” sezaman degan ma'no anglatadi) samaralar, o’ta sezgirlik, ekstrasenzitivlik (lotincha “extra” o’ta, “sensus” sezgirlik degani), ekstrasenslik (lotincha “extra” o’ta, “sensus” his qilaman ma'nosini bildiradi) kabi psixologik holatlarning kechishi sabablarini kiritsa bo’ladi. Shuningdek, omadsizlik, ichikishlik, kasalning intizor kutishi, nasib etmaslik, ishqiy kechinmalar, tushda ayon bo’lish kabi ruhiy holatlar, hodisalar hanuzgacha ishonchli dalillar bilan tushuntirib berilgani yo’q. Ammo bu borada bilish ob'ekti (lotin. “objectum” jism demakdir) bilan sub'ektining (lotin. “subjectum” tashqi olamni biluvchi inson) birikuvida psixologiyaning qulay imkoniyatga ega ekanligini ta'kidlab o’tish o’rinlidir. Ushbu fikrni yaqqollashtirish maqsadida ayrim misollar va talqinlarni qaytadan tahlil qilib o’tamiz. Jumladan, chaqaloq dunyo yuzini ko’rishdan e'tiboran idrokida tevarak- atrofni va unga mehrigiyosi bilan termilayotgan kishilar muhitini aks ettira boshlaydi, dastavval ob'ektiv (tashqi) va sub'ektiv (ichki, odamlar o’rtasidagi) muhitga moslaHish sodda instinktlar (lot.”instinctus” tabiiy qo’zg’atuvchi, tug’ma xususiyat demakdir), hartsiz reflekslar (lot.”reflexus” aks ettirish) yordamida oddiy ta'sirlanish va taassurot tarzida namoyon bo’ladi. Taraqqiyotning mazkur davrida u o’zligini tushuna va anglay olmaydi, hatto buning yuzaga kelishi haqida mulohaza yuritishi ham aslo mumkin emas. Bola bir yoshgacha davrda tez sur'atlar bilan rivojlanadi, yil davomida uning jismoniy a'zolari 50 foizgacha takomillaHishi mumkin. Jismoniy o’sish-psixik (ruhiy) taraqqiyotni tezlashtirishga puxta zamin hozirlaydi, natijada ko’rish, ushlash, yurish, talpinish, g’azablanish va quvonish, samimiylik ham beg’uborlik singari insoniy tuyg’ulari vujudga keladi, nutq faoliyati paydo bo’lishi uning tushunish darajasini yangi bir sifat bosqichiga
ko’taradi. Psixikaning muayyan xususiyatlari, holatlari, hodisalari, xossalari, sifatlari, fazilatlari, qonuniyatlari orqali moddiy dunyoni tushuna boradi va unda o’z faoliyatining mazmunida barcha ob'ektlarni amalga oshira boshlaydi. Bolalik dunyosining ichki murakkab qatlamlaridan asta-sekin " o’zlik" ni, shaxsiy "men" likni tushunish tuyg’usi, sezish, his qilish jarayonlari shakllana boshlaydi hamda u yoki bu har xil xususiyatli to’siqlarni yengish imkoniyati ro’yobga chiqadi. Mazkur taraqqiyot bosqichi psixologiya fanida "men" davri yoki " o’zlik"ni anglash davri deb yuritiladi, u bolada nutq paydo bo’lganidan boshlanib, bir necha rivojlanish bosqichlarini o’z ichiga qamrab oladi. "Men" davrining anglashilgan shakllari va ko’rinishlarining namoyon bo’lishi o’smirlik davriga to’g’ri keladi. O’smirlik davrida o’g’il va qizlarning ruhiyatida o’zlikni anglashga bog’liq bir talay muammoli savollar va ularning turmushda qaror toptirish tuyg’ulari, istaklari, orzulari paydo bo’lib, ko’pincha bu narsalar yakka shaxsning "kimligi", "qandayligi", "kimga va nima uchun kerakligi "ga yo’naltiriladi. Bolaning psixik xususiyatlari, funktsiyalari (lot.”function” ijro etish, bajarish degan ma'no anglatadi) uni qurshab turgan jonli va jonsiz tabiat ajoyibotlarini jismoniy va ijtimoiy vositalar orqali egallash uchun xizmat qiladi. Xuddi shunga o’xshash o’zligini anglash jarayoni insoniyatning barcha tarixiy va evolyutsion (lot. “evolution” tabiiy ravishda o’zgarish) taraqqiyoti davrlariga xos xususiyat sanaladi. Ibtidoiy jamiyatda kishilarning kuch-quvvati yashash uchun kurashga va tashqi dunyoni egallashga sarflangan, ana shu tariqa tabiat haqidagi dastlabki bilimlar, tajriba saboqlari orqali o’zlashtirilgan. Yarim yirtqich holatdagi ajdodlarimiz olovni kashf qilganlar, yovvoyi hayvonlarni ovlaganlar, tabiat ne'matlaridan bahramand bo’lganlar va xuddi shu qabilda tabiat bilan tanisha boshlaganlar, moddiy dunyoning saxiyligi, tabiatning ehsonlari va ofatlari, hayvonot olamini madaniylashtirish (xonakilashtirish), yer ilmini o’rganish bo’yicha bilimlarning to’planishi natijasida inson tabiatning qulligidan qutila borgan soniyadan e'tiboran o’zligini (kimligini) anglash imkoniyati tug’ila boshlagan.
Lekin u davrning odamlari bolaga o’xshab o’zligini oqilona, odilona, omilkorlik bilan tasavvur eta olmaganlar. Insoniyat taraqqiyotining tarixiy davrlarida kishilarda ichki ruhiy imkoniyatlar yuzaga chiqa boshlagan, tug’ma mayl va layoqatlar alomatlari asta-sekin iste'dodga, qobiliyatga aylana borgan. Ammo bu jarayon birining o’rniga ikkinchisini mexanik (yunoncha “mechanike” qurol yoki sodda tarzda demakdir) ravishda yuzaga kelganligini bildirmaydi, balki, aksincha, murakkab sifat o’zgarishlari, organlarning takomillashuvi, tajribalarda to’plangan tatbiqiy bilimlar tartibga solinayotganligini ifodalaydi. Insonning jismoniy (biologik), ruhiy (psixik), ijtimoiy (sotsial) rivojlanishi natijasida yer kurrasida moddiy dunyo, ma'naviyat, yozuv, san'at, adabiyot, fan, texnika yaratilgan. Bularning zamirida inson tafakkuri, ongi, aql-zakovati, kuchli irodasi, mustahkam xarakteri (yunoncha “character” qiyofa, xislat degani), ijodiyoti, xayolati yotadi. Insoniyat taraqqiyotining muayyan bosqichida odam o’zini hayajonlantirgan, taajjubga solgan savollariga javob izlash imkoniyati vujudga kelgan. Buning natijasida "Inson qanday fikrlaydi?", "Odam qanday yangilik yaratishi mumkin?", " Ijod qilish qay yo’sinda paydo bo’ladi?", "Moddiy dunyoni qay tariqa bo’ysundirish mumkin?", "Aql-zakovatning o’zi nima?", "Insonga uning ichki ruhiy dunyosi qaysi qonunlar asosida bo’ysunadi?", "Inson o’ziga-o’zi ta'sir o’tkaza oladimi?", "O’zgalarga-chi?" kabi turli-tuman muammolar yechimini qidirishga harakat qiladi. Mana buning barchasi psixologik bilimlar tug’ilish nuqtasini vujudga keltiradi va ana shu daqiqadan boshlab inson o’zini o’zi anglaydi. Binobarin, psixologik bilimlar namoyon bo’lishi o’zini o’zi anglashni omiliga aylanadi, ular borgan sari tobora uyg’unlashib, mutanosiblashib borib, izchil, uzluksiz aloqaga o’sib o’tadi. Bebaho ahamiyatga ega bo’lgan insoniyatning buyuk yutug’I - bu tafakkurning kashf qilinishiga olib keldi. Avvallari uning fikri, xayoli tashqi dunyoni egallashga qaratilgan bo’lsa, tafakkur kashf qilingan davrdan boshlab sub'ekt-ob'ekt (inson fikrlashi tashqi olamga qaratilgan) munosabati o’rnini sub'ekt (insonning fikri o’zini o’zi anglashga yo’naltirilgan) munosabati egallay boradi.