logo

ISHLAB CHIQARISH SIKLLARI VA VAQT LAGLARI MODELLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

151.685546875 KB
MAVZU. ISHLAB CHIQARISH SIKLLARI VA VAQT LAGLARI
MODELLARI
 
1. Takror ishlab chiqarish sikllari va ularning muddatlari. 
2. Makroiqtisodiy beqarorlik va sikllarning vujudga kelishi. 
3. Makroiqtisodiy beqarorlikni tartibga solish usullari. 
4. Vaqt laglari va lag modellari. 
5. Lag turlari. 
6. Investitsiyalashda laglar. Davriy tebranishlar. 
 
1  
  1. Takror ishlab chiqarish sikllari va muddatlari 
 
Mamlakatlarning   iqtisodiy   rivojlanish   tarixini   o‗rganish   shuni   ko‗rsatadiki,
ulardan   hech   biri   uzoq   muddatda   bir   tekis   rivojlanmagan,   aksincha,   barcha
mamlakatlar uchun ham davriy rivojlanish xosdir. 
Ishlab   chiqarish,   bandlik   va   inflyatsiya   darajasining   davriy   tebranishga
iqtisodiy   davrlar   deyiladi.   Ayrim   iqtisodiy   davrlar   boshqalaridan   o‗tish   davrining
davomiyligi va faolligi bilan farq qiladi. Shunga qaramasdan ularning barchasi bir xil
bosqichlardan tashkil topadi (1-rasm). 
1-rasm. Iqtisodiyotning davriy rivojlanishi 
 
Iqtisodiy davrlar to‗rtta bosqichni o‗z ichiga oladi. Birinchi bosqich iqtisodiy
rivojlanishning   eng   yuqori   darajasiga   erishilgan   bosqich   bo‗lib,   u   «cho‗qqi»   deb
yuritiladi.   Bunda   iqtisodiyotda   ish   bilan   to‗liq   bandlik,   ishlab   chiqarishning   to‗la
quvvatda   ishlayotganligi,   shuningdek,   mahsulotlar   baho   darajasining   o‗sish   holati
kuzatiladi.  
Keyingi   bosqich   pasayish   (retsessiya)   bosqichidir.   Bunda   ishlab   chiqarish   va
bandlik darajalari kamayadi, ammo bahoning o‗sish darajasi pasaymaydi. Bu bosqich
faol   va   uzoq   davom   etsagina   bahoning   o‗sish   darajasi   sustlashishi   mumkin.
Pasayishning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik eng quyi darajaga tushadi va
turg‗unlik davri boshlanadi.  
2  
   
 
 
 
 
 
 
  C
ho‗qqi  C
ho‗qqi  YIM  
Vaqt, t  Retsessiya  
Potensial YIM 
trendi  
K
o‗ tarilish  
Pasayishning quyi nuqtasi  
Iqtisodiy davr   Ko‗tarilish   bosqichida   ishlab   chiqarish   va   bandlik   darajasi   asta-sekin   oshib,
ishlab   chiqarish   quvvatlaridan   to‗liq   foydalanish   va   to‗liq   bandlik   darajasiga
erishiladi. 
Yuqorida   ta‘kidlaganimizdek,   iqtisodiy   davrlar   bir   xil   bosqichlarga   ega
bo‗lsada,   ammo   ular   davomiyligi   va   faolligiga   ko‗ra   o‗zaro   farq   qilib   turadi.
Shuning   uchun   ham   iqtisodchilar   bu   jarayonlarni   iqtisodiy   davrlar   deb   emas,   balki
iqtisodiy   tebranishlar   deb   atash   to‗g‗ri   bo‗ladi   deb   hisoblashadi.   Iqtisodiy
tebranishlarning asosiy sababi sifatida esa ular uch omilni ko‗rsatishadi.  
Bir   guruh   olimlar   iqtisodiy   tebranishlarning   asosiy   sababi   -   texnika   va
texnologiyalarda   ro‗y   beradigan   o‗zgarishlar   deb   hisoblaydilar.   Ularning   fikricha,
fan-texnika yutuqlarini qo‗llash natijasida iqtisodiyotda o‗sish ro‗y beradi. Masalan,
avtomobilning yaratilishi yoqilg‗i sanoati, neft qazib chiqarish, kimyo, yo‗l qurilishi
materiallari   sanoatlarining   jadal   rivojlanishiga   sabab   bo‗ldi.   Yangi   texnologiyalar
ishlab chiqarish unumdorligini bir necha baravar oshirish esa, ilgari foydalanilmagan
resurslarni   ishga   tushirish   imkonini   beradi.   Ammo,   texnik   va   texnologik
yangiliklarning   doim   ham   yaratilavermasligi,   iqtisodiyotdagi   tebranishlarga   sabab
bo‗ladi. 
Olimlarning   yana   bir   guruhi   iqtisodiy   bosqichlarni   siyosiy   va   tasodifiy
vaziyatlarga bog‗lashadi. Bu jarayonni monetar siyosatga bog‗laydigan olimlar ham
mavjud.   Ya‘ni,   davlat   qanchalik   ko‗p   pul   bosib   chiqarsa,   uning   qadri   shunchalik
kamayib   boradi   va   aksincha,   pul   miqdori   qanchalik   kam   bo‗lsa,   ishlab   chiqarish
ko‗lamining pasayishi va ishsizlar sonining ortishi shunchalik tezlashadi.  
Xullas,   iqtisodiy   bosqichlarni   baholashga   turli   xil   yondashuvlar   mavjud.
Ammo,   barcha   iqtisodchilar   ishlab   chiqarish   va   bandlik   darajalarining   yalpi   talab;
boshqacha   aytganda,   yalpi   xarajatlar   miqdoriga   bog‗liqligi   haqidagi   fikrni   qo‗llab-
quvvatlaydilar. Chunki, korxonalar o‗z tovar va xizmatlarini ularga talab bo‗lsagina
ishlab  chiqaradi. Ya‘ni, talab  katta  bo‗lmaganda,  korxonalarda  tovar   va  xizmatlarni
katta   miqdorda   ishlab   chiqarish   foydali   emas.   O‗z   navbatida,   ishlab   chiqarishda
bandlik va daromadlar darajasi ham, aynan shu sababli, past bo‗ladi. Yalpi xarajatlar
3  
  miqdori   qanchalik  ko‗p   bo‗lsa,   ishlab   chiqarishning   o‗sishi   katta   foyda   olib  keladi
hamda ishlab chiqarish, bandlik va daromadlar darajasi ortib boradi.  
Iqtisodiy   tebranishlar   sabablarini,   ularga   ta‘sir   etuvchi   omillarni   o‗rganish,
iqtisodiy   tebranishlar   amplitudasini   qisqartirish   barcha   hukumatlar   makroiqtisodiy
siyosatining muhim maqsadlaridan biridir. 
 
2. Makroiqtisodiy beqarorlik va sikllarning vujudga kelishi 
 
Bozor iqtisodiyotida siklli rivojlanish, ishsizlik, narxlarning inflyatsion o‗sishi
bilan ifodalanuvchi iqtisodiy beqarorlik holatlari mavjud bo‗ladi. 
Iqtisodiy sikl, qoidaga muvofiq yuksalish, tushkunlik, turg‗unlik va jonlanish
fazalaridan   iborat   bo‗lsada,   biroq   uning   shiddatligi,   davomiyligi   u   rivojlanayotgan
aniq shart sharoitlarga bog‗liq bo‗ladi. 
Iqtisodiyotning siklli rivojlanishini tavsiflash uchun ishlab chiqarish hajmining
o‗zgarishini ifoda etuvchi ko‗rsatkichlardan foydalaniladi. Ishlab chiqarishning ortda
qolishi, ishlab chiqarishning imkon darajasi bilan haqiqatdagi ishlab chiqarish hajmi
o‗rtasidagi   farq   sifatida   baholanadi.   Ishlab   chiqarish   hajmlarining   o‗zgarishi
inflyatsiya va ishsizlik darajalarining o‗zgarishi bilan uzviy bog‗liq. 
Odatda, iqtisodiy sikllarning quyidagi ko‗rinishlari farqlanadi: 
- Kondratevning katta sikllari (48-55 yil); 
- Katta sikllar (8-10 yil); 
- Kitchinning kichik sikllari (2-3 yil); -   Mavsumiy (yarim yil) va hokazo. 
Odatda barcha iqtisodiy ko‗rsatkichlar quyidagi turlarga ajratiladi: 
  ilgarilovchi,   ya‘ni   sikl   fazasi   kirib   kelguncha   o‗zgaruvchi   ko‗rsatkichlar;
kechikuvchi   yoki   ortda   qoluvchi,   ya‘ni   sikl   fazasidan   so‗ng   o‗zgaruvchi
ko‗rsatkichlar;     mos   tushuvchi   ko‗rsatkichlar,   ya‘ni   o‗zgarish   sikl   fazasiga   mos
tarzda yuzaga 
chiqadi;    prosiklik, ya‘ni yuksalish fazasida o‗suvchi, tushkunlik fazasida pasayuvchi
ko‗rsatkichlar (mahsulot ishlab chiqarish hajmi, narxlar darajasi, pul aylanish tezligi);
kontrsiklik,  ya‘ni  tushkunlikda  o‗suvchi,  yuksalishda  pasayuvchi 
4  
  ko‗rsatkichlar (ishsizlik darajasi);    asiklik,  sikl  fazalariga  (yuksalish, 
tushkunlik)  bog‗liq  bo‗lmagan 
ko‗rsatkichlar (eksport hajmi). 
Iqtisodiy sikllar:  
- yangi texnik ishlanmalar va ilmiy ixtirolar; 
- urushlar; 
- aholi ko‗chishi kabi omillar natijasida yuzaga chiqadi. 
Ishsizlik   siklik,   friktsion,   tuzilmaviy   shakllarda   rivojlanadi.   Friktsion   va
tuzilmaviy  ishsizlik   bozor   tizimining   amal   qilish   nuqtai   nazaridan   ma‘qul   ko‗rinish
hisoblanadi. 
Shuning   uchun   to‗la   bandlikni   hisoblashda   friktsion   va   tuzilmaviy   ishsizlik
hisobga olinuvchi ishsizlikning tabiiy darajasi bilan mos tushadi. Ishsizlikning tabiiy
darajasi odatda 5-6 % ni tashkil etadi. 
To‗la   bandlik   sharoitida   mumkin   bo‗lgan   ishlab   chiqarish   hajmi,
mamlakatning   ishlab   chiqarish   salohiyatini   ifoda   etadi.   Tsiklik   ishsizlikning
rivojlanishi   uning   ishsizlikning   tabiiy   darajasidan   ortiq   bo‗lishiga   va   o‗z   navbatida
YaMM haqiqiy hajmining YaMMning imkon darajasidan ortda qolishiga olib keladi.
Uning   o‗lchamlari   Ouken   qonuni   asosida   hisoblanadi.   Ouken   qonuniga   ko‗ra
ishsizlikning   o‗z   tabiiy   darajasidan   1   %   yuqori   bo‗lishi,   YaMMning   o‗z   potensial
hajmidan 2-2,5 % ortda qolishiga olib keladi. 
Inflyatsiya   narxlar   darajasining   o‗sishida   namoyon   bo‗ladi.   Inflyatsiya
darajasi, uning rivojlanish vaqti davrlari - inflyatsion jarayonning asosiy tavsiflaridir. 
Inflyatsiya sabablarini aniqlay borib, ayrim iqtisodchilar uni birinchi navbatda
ortiqcha   talabning   paydo   bo‗lishi   bilan   bog‗lasalar,   boshqa   bir   iqtisodchilar   esa   -
mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining o‗sishi bilan bog‗laydilar. 
Odatda, iqtisodiyotda qisqa, o‗rta va uzoq muddatli vaqt oraliqlari farqlanadi.
Vaqt omili yordamida inflyatsiya va ishsizlik o‗rtasidagi  bog‗liqlik tahlil etilganda,
qisqa   muddatli   davrda   ishsizlik   va   inflyatsiya   o‗rtasida   teskari   bog‗liqlik,   uzoq
5  
  muddatli davrda esa to‗g‗ri  bog‗liqlik mavjudligi ko‗zga tashlanadi. Inflyatsiya  va
ishsizlik o‗rtasidagi bog‗liqlikni tahlil etishda Filips egri chizig‗idan foydalaniladi. 
Iqtisodchilar   inflyatsiyaning   ishlab   chiqarishga   ta‘sirini   turlicha   baholaydilar.
Talab   inflyatsiyasi   tarafdorlari   me‘yoriy   ravishda   bo‗ladigan   inflyatsiya   iqtisodiyot
o‗sish   su‘ratlarining   o‗sishini   yuzaga   chiqaradi   deb   ta‘kidlasalar,   xarajatlar
inflyatsiyasi tarafdorlari, bunga teskari tarzda uning rivojlanishi ishlab chiqarishning
qisqarishiga olib keladi deb ta‘kidlashadi.  
 
3. Makroiqtisodiy beqarorlikni tartibga solish usullari 
 
Jamiyatda   qanday   tizim   hukmron   bo‗lmasin,   unda   davlatning   iqtisodiyotga
aralashuvi   sezilib   turadi,   ammo   bu   aralashuv   ma‘lum   doirada   amal   qilishi   lozim,
xususan   bozor   iqtisodiyoti   sharoitida.   Bunda   quyidagi   masalalarga   alohida   e‘tiborni
qaratish   lozim.   Birinchidan,   bozorning   tartibga   solish   usullari   orqali   (davlat
aralashuvi cheklangan). Ikkinchidan, iqtisodiyotni faqatgina yagona markazdan ongli
ravishda   markazlashgan   boshqarish   yo‗li,   uchinchidan,   iqtisodiy   jarayonlardagi
aralashuvi va bozor mexanizmlarini birgalikda uyg‗unlashtirib ish yuritish. 
Davlatning   iqtisodiy   jarayonlarga   aralashuvi   va   aralashmasligi   to‗g‗risidagi
bir   qancha   nazariyalar   mavjud.   Birinchi   bo‗lib,   davlatning   iqtisodiyotdagi   rolini
cheklash   va   uni   tartiblashda   bozor   mexanizmidan   foydalanish   masalasini   A.Smit
bayon   etgan   edi.   A.Smit   nazariyasini   ayrim   iqtisodchilar   qo‗llab-quvvatlasalar,
boshqalari unga qarshi edilar, ular fikricha bozor iqtisodiyoti o‗zini-o‗zi tartiblash va
boshqarishga qobil desalar, boshqalari bunga qarshi edilar. Bunday ko‗zga ko‗ringan
iqtisodchilardan   biri   Dj.Keyns   edi.   Uning   fikricha,   iqtisodiyotni   boshqarish   va
tartiblashda davlat ishtiroki zarurdir, ammo u cheklangan bo‗lishi lozim degan fikrni
olg‗a surdi. Chunki uning fikricha, bozor iqtisodiyoti ayrim muammolarni hal etishga
qodir  emas  deb qaradi. Masalan,  ijtimoiy muammolar, mudofaa, ilm-fan taraqqiyoti
va boshqalar. Bu masalalarni hal qilishda davlatning roli katta deb qaradi. Uning fikri
to‗g‗ri ekanligi vaqt o‗tishi bilan o‗z isbotini topdi. 
6  
  Bozor   munosabatlari   rivojlangan   mamlakatlarda   iqtisodiyotni   boshqarish   va
tartibga   solishda   davlatning   roli   kattadir.   Davlat   iqtisodiyotga   faol   aralashib,   bozor
mexanizmining amal qilishiga ko‗maklashadi, raqobatchilik muhitini yaratib, aholini
bozorning salbiy oqibatlaridan himoyalash chora-tadbirlarini ko‗radi.  
Bozor   iqtisodiyotini   davlat   tomonidan   boshqarib,   tartibga   solishdan   asosiy
maqsad   –   bozor   munosabatlarini   muayyan   va   ma‘lum   yo‗nalishlar   asosida
rivojlantirib,   iqtisodiy   tanglik   va   qiyinchiliklarning   oldini   olish,   ishlab   chiqarish
samaradorligini oshirish, aholi turmush darajasining pasayishiga yo‗l qo‗ymaslikdan
iborat.   Bozor   iqtisodiyoti   asosida   rivojlanayotgan   O‗zbekistonda   davlat   tomonidan
tartibga   solinadigan   va   boshqariladigan,   ijtimoiy   yo‗naltirilgan   bozor   iqtisodiyotini
shakllantirish   maqsadida   o‗tkazilayotgan   iqtisodiy   islohotlar   o‗z   natijalarini
bermoqda.   Bu   eng   avvalo   mulk   shakllarining   o‗zgarib   borishi,   mulkka   munosabat,
davlat mulki asosida ko‗plab nodavlat mulklarning paydo bo‗lishi, sanoat va qishloq
xo‗jaligiga   investitsiyalarining,   xususan   chet   el   investitsiyalarining   kirib   kelishi,
milliy   iqtisodiyot   modernizatsiyasini   amalga   oshirish,   yangi   texnika   va
texnologiyalarni   joriy   etish,   shu   asosda   xalq   turmush   darajasining   yuksalib   borishi
misol bo‗la oladi. 
Iqtisodiyotni   davlat   tomonidan   tartibga   solish   va   boshqarish   g‗oyalari
g‗oyatda murakkab va keng qirralidir.  Ularning eng asosiylari quyidagilardir: 
1. Har   qanday   jamiyatda   nima   ishlab   chiqarish,   qanday   ishlab   chiqarish,
kimlarga   ishlab   chiqarish,   kim   foydalanadi   degan   savol   qo‗yish   va   unga   javob
topish   lozim   bo‗ladi.   Bu   savolga   javob   berishga   qarab   iqtisodiy   tizimlar   bir-
biridan farq qiladi. 
2. Boshqaruvda   yakka   hokimlikdan   bozor   tizimiga   o‗tish,   davlatning
iqtisodiyotga aralashuvini cheklash. 
3. Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish. 
4. Mavjud bozor mexanizmlaridan samarali foydalanish; 
Bozor   iqtisodiyoti   sharoitida  baho,  narxlar   iqtisodiyotni   tartiblashning   muhim
vositasi   hisoblanadi.   Bunda   davlat   narxlarning   oshib   ketmasligi   va   boshqalarni
7  
  hisobga   olib   iqtisodiyotga   aralashib   turadi   va   bozor   iqtisodiyoti   mexanizmlari   to‗la
bajara olmagan vazifalarni o‗z zimmasiga oladi. 
Bozor   mexanizmining   samarali   ishlash   uchun   sharoit   yaratib   beradi.   Bunda
davlat quyidagilardan foydalanadi. 
  iqtisodiy   subyektlarning   faoliyat   qoidalarini   belgilashdan;     aholini   bozor
sharotilari, iqtisodiyotning holati borasidagi axborotlardan 
boxabar qiladi;    iqtisodiyot subyektlari o‗rtasidagi munozara, bahs, ziddiyatlarni hal
qilishga 
ko‗maklashish chora-tadbirlarini ko‗radi. 
Bozor   iqtisodiyotida   davlat   o‗z   mulkiga   asoslanib,   tadbirkorlik   bilan
shug‗ullanadi. U hech qachon yuqori mavqega ega bo‗lmasligi kerak. 
Iqtisodiyotni   davlat   tomonidan   boshqarish   va   tartibga   solishning   eng   muhim
shakllaridan   biri   dasturlash   va   rejalashtirishdir.   Rejalashtirish   va   prognozlashtirish
qisqa   muddatga   (1-2   yil),   o‗rta   muddatga   (5   yil),   uzoq   muddatga   (20   yil)
mo‗ljallanishi mumkin. 
Davlat   bozor   iqtisodiyotini   tartibga   solish   va   boshqarishda   turli   usullardan
foydalanadi,   undan   asosiy   maqsad   iqtisodiyotni   rivojlantirish   va   aholi   turmush
darajasini yuksaltirish, farovonlik va tinchlikni saqlashdan iborat. 
Iqtisodiyotni tartiblashda asosan 2 usuldan foydalaniladi: 
  ma‘muriy   usul;  
iqtisodiy usul 
Ikkala   usul   ham   bir-birini   to‗ldirish   va   yagona   mexanizm   kabi   harakat   qilish
lozim, aks holda ko‗zlangan maqsadga erishib bo‗lmaydi. Bozorni tartibga solishda
qo‗l   keladigan   bir   necha   ma‘muriy   usullar   mavjud.   Bulardan   biri   monopoliyaga
qarshi   qo‗llaniladigan   usul   hamda   ayrim   faoliyat   turlarini   cheklash,   atrof-muhitni
mahofazalash,   resurslardan   foydalanish   milliy   standartlarini   ishlab   chiqish,   ijrosini
qattiq   nazorat   qilish,   aholi   turmush   darajasini   yaxshilash   chora-tadbirlarini
ko‗rishdan iborat. 
8  
  Aytilganlar   asosida   davlat   kerakli   ma‘muriy-iqtisodiy   chora-tadbirlarni
ko‗radi.   Bundan   tashqari   davlat   pul-kredit,   bank   tizimi   sistemasining   qay   darajada
rivojlanayotganligi,   iqtisodiyotni   rivojlantirishda   ularning   rolini   oshirish,   bank
faoliyatini   kengaytirish,   ular   ko‗rsatayotgan   faoliyat   turlarini   ko‗paytirish
choratadbirlarini ko‗radi.  
Bozor   iqtisodiyotini   tartiblash   va   boshqarishdan   asosiy   maqsad   mamlakat
iqtisodiy   rivojlanishini   ta‘minlashdan   iborat.   Bunda   davlat   kadrlar   tayyorlash   va
yangi yo‗nalishlarga asosiy e‘tiborni qaratishini ham yoddan chiqarmaydi.  
Davlat  iqtisodiyotni  tartiblashda  ta‘kidlaganimizdek, baholar, raqobat kurashi,
qiymat qonuni, talab va taklif, pul muomalasi  va boshqa qonun va mexanizmlardan
keng foydalanadi. 
 
4. Vaqt laglari va lag modellari  
 
Keyns o‗z tahlilida investitsiyalarnig yalpi talabga ta‘sirini o‗rgangani holda,
yalpi   taklifga   ta‘sirini   ko‗rib   chiqmaydi.   Undan   farqli   tarzda   Domar   modelida
mehnat bozorida ortiqcha taklif mavjud, bu baholarni barqaror holatida ushlab turadi,
nvestitsion   lag   «0»   ga   teng,   kapital   quyilmalarning   chegaraviy   unumdorligi   doimiy
deb olinadi. 
E.Domar   investitsiyalarni   ham   talab   ham   taklif   omili   deb   qaraydi.   Ya‘ni,
investitsiyalar nafaqat multiplikativ ta‘sir ko‗rsatib yalpi talabni oshiradi, balki ishlab
chiqarish   quvvatlarini   yuzaga   keltirib,   ishlab   chiqarishni   rivojlantiradi,   tovarlar
taklifini   oshiradi.   Shunday   ekan,   yalpi   talabning   o‗sishi   yalpi   taklifning   o‗sishiga
teng bo‗lishi uchun investitsiyalar qanday o‗sishi kerak, degan savol paydo bo‗ladi.
Bu savolga javob topish uchun Domar uch tenglamani o‗z ichiga olgan tenglamalar
sistemasini tuzdi: 
1) taklif tenglamasi; 
2) talab tenglamasi; 
3) talab va taklif tengligini ifodalovchi tenglama. 
9  
  1. Taklif   tenglamasida   investitsiyalar   ishlab   chiqarish   omillarining
qanchaga qo‗shimcha o‗sishini ko‗rsatadi. Agar berilgan sharoitda investitsiyalar ( I  )
oshsa, yalpi ishlab chiqarish (  K  ) miqdorga o‗sadi: 
Ys K  ,  K  investitsiyalar hisobiga ta‘minlanganligi uchun tenglikni: 
 
deb   yozish   mumkin.   Bu   yerda:     –   kapital   quyilmalar   (investitsiyalar)ning   chekli
unumdorligi. Agar bir yilda yalpi ishlab chiqarishni 1 mlrd. so‗mga oshirish uchun 4
mlrd. so‗m investitsiya talab etilsa,  0,25  bo‗ladi. 
Ys /  I  - bir so‗mlik investitsiya hisobiga yaratilgan yangi mahsulot 
miqdorini ko‗rsatadi. 
2. Talab tenglamasi quyidagi ko‗rinishga ega 
Yd I  (1/ ) , 
bu yerda:  1/  - xarajatlar multiplikatori, 
 - jamg‗arishga chegaralangan moyillik. 
Bu   tenglama   milliy   daromad   Yd   ,   yoki   yalpi   talab   qo‗shimcha
investitsiyalarning multiplikativ ko‗payishiga teng miqdorda o‗sishini ko‗rsatadi. 
Ishlab   chiqarish   to‗plangan   jami   kapital   bilan   ta‘minlanishi,   milliy   daromad
esa   qo‗shimcha   investitsiyalarning   multiplikativ   ta‘siri   ostida   ko‗payishi   sababli
taklif   tenglamasida   jami   investitsiyalar,   talab   tenglamasida   esa   qo‗shimcha
investitsiyalargina ko‗rib chiqiladi. 
3. Daromadlar   va   ishlab   chiqarish   quvvatlarining   qo‗shimcha   o‗sish   sur‘atlari
tengligi tenglamasi: 
5. Lag turlari 
 
Ijtimoiy-iqtisodiy   jarayonlar   elementlari   o‗rtasidagi   o‗zaro   bog‗lanishlar
qoidagi   ko‗ra   oniy   bo‗lmaydi.   Sabab   va   oqibatlar   o‗rtasida,   mahsulot   ishlab
chiqarish   va   resurslar   qo‗yilmalari   o‗rtasida   vaqt   oralig‗i   bo‗ladi   vqa   u   vaqt   lagi
yoki vaqt bo‗yicha kechikish deb ataladi. 
Oddiy lag modeli quyidagi ko‗rinishga ega: 
10  
  IYs y
t ) . 
Yana   bir   neoklassik   nazariyasining   tushunchalaridan   biri   konvergentsiya
hisoblanadi.   Faraz   qilaylik,   ikki   davlatda   ishlab   chikarish   funksiyasi   o‗zaro   teng.
Ammo,   bir   davlatda   boshqa   davlatga   nisbatan   kapital   kamroq.   Bu   jarayonda   ishlab
chiqarishning o‗sish sur‘atlari boy davlatlarga nisbatan yuqori bo‗ladi, ammo xuddi
shu   jarayonni   biz   boy   davlatda   o‗tkazgan   bo‗lganimizda,   o‗sish   sur‘atlari   past
bo‗ladi.   Shuning   uchun   boy   bo‗lmagan   davlatda   iqtisodiy   o‗sish   sur‘ati,   boy
davlatga   nisbatan   yuqori   bo‗ladi.   Bu   nazariya   absolyut   konvergentsiya   gipotezasi
bilan tanilgan. Bu gipoteza ma‘lumotlar orqali isbotlanishi mumkin. 
Ishlab   chiqarish   hajmini   ko‗paytirishga,   vositalarning   bir-biriga   kiritilgan
investitsiya   ko‗rsatkichi   xos   bo‗lgan   davlatda   maqsadga   muvofiq   bo‗ladi.   Lekin,
o‗sish   sur‘ati   nafaqat   qo‗shimcha   ishlab   chiqarish   vositalari   bilan,   balki   real
kiritilgan   investitsiyalar   bilan   ham   ifodalanadi.   Iqtisodiy   o‗sish   past   bo‗lgan
davlatlarda, iqtisodiy o‗sish yuqori bo‗lgan davlatlarga nisbatan investitsiya kiritilsa,
o‗sish   sur‘atlari   yuqori   bo‗ladi.   Ammo,   rivojlangan   mamlakatlarda   buning   o‗rniga
ko‗proq investitsiya kiritilishi mumkin va natijada xuddi shu jarayon rivojlanishi past
bo‗lgan   davlatlarda   bo‗lsa,   rivojlangan   davlatlarda   o‗sish   sur‘atlari   yuqori   bo‗lib
qolaveradi.  Shuning  uchun   boy   davlatlar,   qashshoq   davlatlarga   nisbatan   investitsiya
ko‗paytirish imkoniyati yuqoriroq bo‗ladi. Bu vaziyatlardan biri hisoblanib – bu erda
boy   davlatlarda   mablag‗ni   to‗plash   normasi   yuqoriligi   sababidir.   Shu   sababdan
absolyut   konvergentsiyaning   dastlabki   gipotezalaridan   biri   –   bu   ikkala   davlatlarda
ham   mablag‗ni   to‗plash   normasi   bir   xilligidir.   Agar   biz   ikkala   davlatlardagi
mablag‗ni   to‗plash   normasini   bir-biridan   farq   qilganligini   inobatga   olsak,   u   holda
neoklassik nazariyasiga ko‗ra buni taxminiy konvergentsiya deb atashimiz mumkin. 
6. Investitsiyalashda laglar. Davriy tebranishlar 
Bizga   davlatdagi   iqtisodiy   o‗sish   omili   bo‗lib,   nima   hisoblanishi   qiziqtiradi,
chunki ba‘zi davlatlardagi iqtisodiy o‗sish yuqori bo‗ladi, ba‘zilarda esa past. 
Masalan,   iqtisodiyot   yuqori   o‗sish   sur‘atlari   bilan   rivojlanishi   mumkin.   Ammo
investitsiyani oshirib borayotgan davlat iqtisodiy o‗sishi kamayib borishi ehtimoldan
11  
  (
txf holi   emas.   Ammo,   boshqa   tomondan   iqtisodiyot   rivojlanishni   davom   ettiraveradi,
agar ishlab chiqarish unumdorligi ortsa, chunki bilim cheksizligi bunga yana bir isbot
bo‗lishi mumkin. 
Buni ko‗rsatishimiz uchun bizga, texnologiya rivojlanishining o‗sish sur‘atini
hisoblab chiqishimiz kerak. Ammo texnologiyani hisoblash qiyin bo‗lganligi uchun,
biz   u   holda   texnik   taraqqiyot   o‗sish   sur‘atlarini   hisoblab   chiqamiz.   Buning   uchun
YaIMning o‗sish sur‘atini quyidagi tenglama orqali hisoblab chiqamiz: 
Au/u = AA/A + aAk/k + ( 1  -a)Ae/e.                   (1) 
(1)   tenglama   shuni   bildiradiki,   YaIMni   o‗zgarishi   uchta   asosiy   qismlarga
bog‗liq,   ya‘ni   texnologiya   rivojlanishi,   bir   ishchiga   to‗g‗ri   keladigan   kapitalning
o‗sish sur‘atlari va malaka yoki ta‘lim darajasini oshirishning o‗sish sur‘atlaridir. Biz
uchrayotgan   muammo   shundan   iboratki,   A   o‗sish   sur‘atlari   ko‗rsatkichini   o‗lchash
imkoniyati   yo‗qligidir.   Boshqa   tenglamalar   esa   juda   oddiy:   Au/u   –   bu   bir   ishchiga
to‗g‗ri   keladigan   yalpi   o‗sish   sur‘atlari   ko‗rsatkichi   (milliy   hisoblar   tizimida
hisoblanadi),   Ak/k   –   kapital   o‗sish   sur‘ati   ko‗rsatkichi   (bu   ham   milliy   hisoblar
tizimida hisoblanadi) hamda   Ae/e   — ishchi kuchi malakasi  (bilimi) o‗sish sur‘atlari
ko‗rsatkichi   (yoki  malakasini  bildiradigan   boshqa  ko‗rsatkich),  buni  ham  hisoblash
mumkin.   Yuqorida   aytib   o‗tilganidek   a   koeffitsienti,   ishchilar   tomonidan   daromad
bo‗lib, bu milliy daromadning bir qismi hisoblanadi va u ish haqi fondi ko‗rsatkichi
bo‗lingan   shuning   uchun   a   -   bu   milliy   daromad   bir   qismi   hisoblanadi.   (1)
tenglamadagi   biz  hisoblay   olmaydigan   birdan   bir   o‗zgaruvchi   ko‗rsatkich   A   o‗sish
sur‘atlar ko‗rsatkichidir. R.Solouning asosiy fikrlaridan biri bu -  AA/A  ko‗rsatkichini
qiyosiy   hisoblash   imkoniyatiga   ega   bo‗lamiz,   agar   tenglamadagi   ko‗rsatkichlarni
quyidagicha tuzib chiksak: 
AA/A = Au/u-aAk/k-(1 -a) Ae/e.                         (2) 
Shunday  qilib,   ishlab   chiqarish   ko‗rsatkichi   quyidagicha   hisoblanishi   mumkin,
ya‘ni   YaIM   o‗sish   sur‘atidan   ayrilgan   ishlab   chiqarish   omilining   ikki   omili   o‗sish
sur‘atlarini. 
12  
  mumkin, chunki   u mavjud  resurslar  bilan  so‗zsiz  qarshilikka  duchor  bo‗ladi.
k <1   da   eksponensial   trend   tobora   pasayib   borayotgan   jarayon   tendensiyasini
ko‗rsatadi   (mahsulot   ishlab   chiqarish   ko‗p   mehnat   talab   qilishi,   yoqilg‗i
salmog‗ining kamayib borishi). 
Trendning logarifmik shakli  
Y   b   ln t  limitli mumkin bo‗lgan qiymat yo‗q
bo‗lgan holatda tendensiyaning o‗sishi  pasayib borayotganligini akslantiradi.   t   ning
katta qiymatlarida logarifmik egri chiziq to‗g‗ri  chiziqdan kam farq qiladi. Bunday
shaklli xususiyatlar o‗sib borishi tobora qiyinlashib boruvchi (sport rekordlari, sifatni
yaxshilash   imkoniyati   bo‗lmagan   holda   jarayonning   unumdorligini   o‗sishi)
ko‗rsatkichlarning o‗sishiga xosdir. 
Trendning darajali shakli   Y a t b
 ko‗rinishida bo‗ladi, bu erda:  b  – bu trendning
o‗zgarmas   miqdori.   b =1   da   darajali   trend   chiziqli   trendga,   b =2   da   esa   parabolik
trendga   aylanadi.   Darajali   trend   jarayonlarning   vaqti   bo‗yicha   har   xil   o‗lchovda
proportsional   o‗zgarib   borishini   akslantirishda   qulay   bo‗ladi.   Darajali   trendning
chizmasi koordinata bosh nuqtasidan o‗tishi shart. 
b
Trendning giperbola shakli  Y   ko‗rinishda bo‗ladi.  b 0  da  a- limitga  t
intilayotgan   tendensiyaning   asta-sekin   pasayish   darajasini   ifodalaydi,   lekin   b <0   da
trend   limitida   a   ga   intilayotgan   va   o‗sish   darajalarining   pasayib   borayotgan
tendensiyasini ifodalaydi. Umuman, giperbolik trend darajasining limit qiymati bilan
cheklangan   (aholining   qo‗imishli   bo‗lishi,   dvigatelning   foydali   ish   koeffitsienti   va
h.k.) jarayonlarning tendensiyalarini akslantirish uchun mosdir. 
Trendning   logistik   shakli   rivojlanishni   uning   barcha   fazalarida   uzoq   davr
mobaynida   (iste‘molchilarni   boshlanishda   asta-sekin   mollar   bilan   ta‘minlash,   undan
keyin   ta‘minlashni   tezlatish,   muntazam   ravishda,   pasaytirish   kabi   hollarda)
akslantirishda mos keladi. Logistik trend ushbu shaklda bo‗ladi; 
Y max  Y Y
min  ,  
13  
  a
a
1min
Y
e bta bu yerda:   e   - natural  logarifmning asosi;   Y
max   ,   Y
min   - darajaning maksimal  va minimal
qiymatlari;  a ,  b  - trend parametrlari. 
                 
               FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.cs. 7th Edition. –N.Y.: Irwin/McGraw-Hill. 2015. – 852 pp. 
2.David Romer. Advanced Macroeconomics. –N.Y.: Irwin/McGraw-Hill, 2015. – 678
pp. 
3.Stephen D. Williamson. Macroeconomics. 6th Edition. –N.Y.: Pearson, 2015. – 543
pp. 
   
14  
                                                             XULOSA   
Men   xulosa   qilib   shuni   tushundimki   bizga   davlatdagi   iqtisodiy   o‗sish   omili
bo‗lib,   nima   hisoblanishi   qiziqtiradi,   chunki   ba‘zi   davlatlardagi   iqtisodiy   o‗sish
yuqori bo‗ladi, ba‘zilarda esa past. 
Masalan,   iqtisodiyot   yuqori   o‗sish   sur‘atlari   bilan   rivojlanishi   mumkin.   Ammo
investitsiyani oshirib borayotgan davlat iqtisodiy o‗sishi kamayib borishi ehtimoldan
holi   emas.   Ammo,   boshqa   tomondan   iqtisodiyot   rivojlanishni   davom   ettiraveradi,
agar ishlab chiqarish unumdorligi ortsa, chunki bilim cheksizligi bunga yana bir isbot
bo‗lishi mumkin. 
15

MAVZU. ISHLAB CHIQARISH SIKLLARI VA VAQT LAGLARI MODELLARI 1. Takror ishlab chiqarish sikllari va ularning muddatlari. 2. Makroiqtisodiy beqarorlik va sikllarning vujudga kelishi. 3. Makroiqtisodiy beqarorlikni tartibga solish usullari. 4. Vaqt laglari va lag modellari. 5. Lag turlari. 6. Investitsiyalashda laglar. Davriy tebranishlar. 1

1. Takror ishlab chiqarish sikllari va muddatlari Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixini o‗rganish shuni ko‗rsatadiki, ulardan hech biri uzoq muddatda bir tekis rivojlanmagan, aksincha, barcha mamlakatlar uchun ham davriy rivojlanish xosdir. Ishlab chiqarish, bandlik va inflyatsiya darajasining davriy tebranishga iqtisodiy davrlar deyiladi. Ayrim iqtisodiy davrlar boshqalaridan o‗tish davrining davomiyligi va faolligi bilan farq qiladi. Shunga qaramasdan ularning barchasi bir xil bosqichlardan tashkil topadi (1-rasm). 1-rasm. Iqtisodiyotning davriy rivojlanishi Iqtisodiy davrlar to‗rtta bosqichni o‗z ichiga oladi. Birinchi bosqich iqtisodiy rivojlanishning eng yuqori darajasiga erishilgan bosqich bo‗lib, u «cho‗qqi» deb yuritiladi. Bunda iqtisodiyotda ish bilan to‗liq bandlik, ishlab chiqarishning to‗la quvvatda ishlayotganligi, shuningdek, mahsulotlar baho darajasining o‗sish holati kuzatiladi. Keyingi bosqich pasayish (retsessiya) bosqichidir. Bunda ishlab chiqarish va bandlik darajalari kamayadi, ammo bahoning o‗sish darajasi pasaymaydi. Bu bosqich faol va uzoq davom etsagina bahoning o‗sish darajasi sustlashishi mumkin. Pasayishning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik eng quyi darajaga tushadi va turg‗unlik davri boshlanadi. 2 C ho‗qqi C ho‗qqi YIM Vaqt, t Retsessiya Potensial YIM trendi K o‗ tarilish Pasayishning quyi nuqtasi Iqtisodiy davr

Ko‗tarilish bosqichida ishlab chiqarish va bandlik darajasi asta-sekin oshib, ishlab chiqarish quvvatlaridan to‗liq foydalanish va to‗liq bandlik darajasiga erishiladi. Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, iqtisodiy davrlar bir xil bosqichlarga ega bo‗lsada, ammo ular davomiyligi va faolligiga ko‗ra o‗zaro farq qilib turadi. Shuning uchun ham iqtisodchilar bu jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balki iqtisodiy tebranishlar deb atash to‗g‗ri bo‗ladi deb hisoblashadi. Iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi sifatida esa ular uch omilni ko‗rsatishadi. Bir guruh olimlar iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi - texnika va texnologiyalarda ro‗y beradigan o‗zgarishlar deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, fan-texnika yutuqlarini qo‗llash natijasida iqtisodiyotda o‗sish ro‗y beradi. Masalan, avtomobilning yaratilishi yoqilg‗i sanoati, neft qazib chiqarish, kimyo, yo‗l qurilishi materiallari sanoatlarining jadal rivojlanishiga sabab bo‗ldi. Yangi texnologiyalar ishlab chiqarish unumdorligini bir necha baravar oshirish esa, ilgari foydalanilmagan resurslarni ishga tushirish imkonini beradi. Ammo, texnik va texnologik yangiliklarning doim ham yaratilavermasligi, iqtisodiyotdagi tebranishlarga sabab bo‗ladi. Olimlarning yana bir guruhi iqtisodiy bosqichlarni siyosiy va tasodifiy vaziyatlarga bog‗lashadi. Bu jarayonni monetar siyosatga bog‗laydigan olimlar ham mavjud. Ya‘ni, davlat qanchalik ko‗p pul bosib chiqarsa, uning qadri shunchalik kamayib boradi va aksincha, pul miqdori qanchalik kam bo‗lsa, ishlab chiqarish ko‗lamining pasayishi va ishsizlar sonining ortishi shunchalik tezlashadi. Xullas, iqtisodiy bosqichlarni baholashga turli xil yondashuvlar mavjud. Ammo, barcha iqtisodchilar ishlab chiqarish va bandlik darajalarining yalpi talab; boshqacha aytganda, yalpi xarajatlar miqdoriga bog‗liqligi haqidagi fikrni qo‗llab- quvvatlaydilar. Chunki, korxonalar o‗z tovar va xizmatlarini ularga talab bo‗lsagina ishlab chiqaradi. Ya‘ni, talab katta bo‗lmaganda, korxonalarda tovar va xizmatlarni katta miqdorda ishlab chiqarish foydali emas. O‗z navbatida, ishlab chiqarishda bandlik va daromadlar darajasi ham, aynan shu sababli, past bo‗ladi. Yalpi xarajatlar 3

miqdori qanchalik ko‗p bo‗lsa, ishlab chiqarishning o‗sishi katta foyda olib keladi hamda ishlab chiqarish, bandlik va daromadlar darajasi ortib boradi. Iqtisodiy tebranishlar sabablarini, ularga ta‘sir etuvchi omillarni o‗rganish, iqtisodiy tebranishlar amplitudasini qisqartirish barcha hukumatlar makroiqtisodiy siyosatining muhim maqsadlaridan biridir. 2. Makroiqtisodiy beqarorlik va sikllarning vujudga kelishi Bozor iqtisodiyotida siklli rivojlanish, ishsizlik, narxlarning inflyatsion o‗sishi bilan ifodalanuvchi iqtisodiy beqarorlik holatlari mavjud bo‗ladi. Iqtisodiy sikl, qoidaga muvofiq yuksalish, tushkunlik, turg‗unlik va jonlanish fazalaridan iborat bo‗lsada, biroq uning shiddatligi, davomiyligi u rivojlanayotgan aniq shart sharoitlarga bog‗liq bo‗ladi. Iqtisodiyotning siklli rivojlanishini tavsiflash uchun ishlab chiqarish hajmining o‗zgarishini ifoda etuvchi ko‗rsatkichlardan foydalaniladi. Ishlab chiqarishning ortda qolishi, ishlab chiqarishning imkon darajasi bilan haqiqatdagi ishlab chiqarish hajmi o‗rtasidagi farq sifatida baholanadi. Ishlab chiqarish hajmlarining o‗zgarishi inflyatsiya va ishsizlik darajalarining o‗zgarishi bilan uzviy bog‗liq. Odatda, iqtisodiy sikllarning quyidagi ko‗rinishlari farqlanadi: - Kondratevning katta sikllari (48-55 yil); - Katta sikllar (8-10 yil); - Kitchinning kichik sikllari (2-3 yil); - Mavsumiy (yarim yil) va hokazo. Odatda barcha iqtisodiy ko‗rsatkichlar quyidagi turlarga ajratiladi: ilgarilovchi, ya‘ni sikl fazasi kirib kelguncha o‗zgaruvchi ko‗rsatkichlar; kechikuvchi yoki ortda qoluvchi, ya‘ni sikl fazasidan so‗ng o‗zgaruvchi ko‗rsatkichlar; mos tushuvchi ko‗rsatkichlar, ya‘ni o‗zgarish sikl fazasiga mos tarzda yuzaga chiqadi; prosiklik, ya‘ni yuksalish fazasida o‗suvchi, tushkunlik fazasida pasayuvchi ko‗rsatkichlar (mahsulot ishlab chiqarish hajmi, narxlar darajasi, pul aylanish tezligi); kontrsiklik, ya‘ni tushkunlikda o‗suvchi, yuksalishda pasayuvchi 4

ko‗rsatkichlar (ishsizlik darajasi); asiklik, sikl fazalariga (yuksalish, tushkunlik) bog‗liq bo‗lmagan ko‗rsatkichlar (eksport hajmi). Iqtisodiy sikllar: - yangi texnik ishlanmalar va ilmiy ixtirolar; - urushlar; - aholi ko‗chishi kabi omillar natijasida yuzaga chiqadi. Ishsizlik siklik, friktsion, tuzilmaviy shakllarda rivojlanadi. Friktsion va tuzilmaviy ishsizlik bozor tizimining amal qilish nuqtai nazaridan ma‘qul ko‗rinish hisoblanadi. Shuning uchun to‗la bandlikni hisoblashda friktsion va tuzilmaviy ishsizlik hisobga olinuvchi ishsizlikning tabiiy darajasi bilan mos tushadi. Ishsizlikning tabiiy darajasi odatda 5-6 % ni tashkil etadi. To‗la bandlik sharoitida mumkin bo‗lgan ishlab chiqarish hajmi, mamlakatning ishlab chiqarish salohiyatini ifoda etadi. Tsiklik ishsizlikning rivojlanishi uning ishsizlikning tabiiy darajasidan ortiq bo‗lishiga va o‗z navbatida YaMM haqiqiy hajmining YaMMning imkon darajasidan ortda qolishiga olib keladi. Uning o‗lchamlari Ouken qonuni asosida hisoblanadi. Ouken qonuniga ko‗ra ishsizlikning o‗z tabiiy darajasidan 1 % yuqori bo‗lishi, YaMMning o‗z potensial hajmidan 2-2,5 % ortda qolishiga olib keladi. Inflyatsiya narxlar darajasining o‗sishida namoyon bo‗ladi. Inflyatsiya darajasi, uning rivojlanish vaqti davrlari - inflyatsion jarayonning asosiy tavsiflaridir. Inflyatsiya sabablarini aniqlay borib, ayrim iqtisodchilar uni birinchi navbatda ortiqcha talabning paydo bo‗lishi bilan bog‗lasalar, boshqa bir iqtisodchilar esa - mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining o‗sishi bilan bog‗laydilar. Odatda, iqtisodiyotda qisqa, o‗rta va uzoq muddatli vaqt oraliqlari farqlanadi. Vaqt omili yordamida inflyatsiya va ishsizlik o‗rtasidagi bog‗liqlik tahlil etilganda, qisqa muddatli davrda ishsizlik va inflyatsiya o‗rtasida teskari bog‗liqlik, uzoq 5