logo

Jahon iqtisodiy inqirozi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

17.6044921875 KB
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning
O‘zbekistonga ta’siri mavzusini o‘rganishning
uslublari
Prezident   I.A.Karimovning   "Jahon   moliyaviy-iqtisodiy   inqirozi,
O‘zbekiston   sharoitida   uni   bartaraf   etishning   yo‘llari   va   choralari"   deb
nomlangan   asarida   2008   yilda   boshlangan   jahon   moliyaviy   inqirozi,
uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish
yo‘llarini   izlash   bugungi   kunning   dolzarb   muammosi   ekanligi
ta’kidlangan.   O‘qituvchi   2008   yilning   boshlarida   boshlangan   inqiroz
jarayonining   miqyosi   asta-sekin   kengayib,   yirik   banklar   va   moliyaviy
tuzilmalarning   likvidlik,   ya’ni   to‘lov   qobiliyati   zaiflashib,   moliyaviy
inqirozga   aylanib   ketganligiga   o‘quvchilar   e’tiborini   qaratib,   ko‘plab
mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin
pasayib   ketishi   bilan   bog‘liq   ishsizlik   va   boshqa   salbiy   oqibatlarni
keltirib chiqarganligini aytadi.
Hozirgi   vaqtda   bir   qator   yetakchi   tahlil   va   ekspertlik   markazlari
global   moliyaviy   inqiroz   holati     va   uning   yuz   berishi   mumkin   bo‘lgan
oqibatlariga   doir   materiallarni   o‘rganish   va   umumlashtirish   natijasida
quyidagi   xulosalarga   kelganligi   ham   kitobda   ko‘rsatilganligini
o‘qituvchi   o‘quvchilarga   aytib,   ko‘rgazmali   vositalardan   foydalanib,
darsni olib boradi (1-jadval).
-   Moliya-bank   tizimidagi   inqiroz   jarayonlari   deyarli   butun   dunyoni
qamrab   olayotgani,   retsessiya   va   iqtisodiy   pasayishning   muqarrarligi,
investitsiyaviy   faollik   ko‘lamining   cheklanishi,   talab   va   xalqaro   savdo
hajmining kamayishi; -   Avj   olib   borayotgan   global   moliyaviy   inqiroz   jahon   moliya-bank
tizimida     jiddiy   nuqsonlar   mavjudligini   va   ushbu   tizimni   tubdan   isloh
qilish zarurligini ko‘rsatdi; 
Moliyaviy-iqgisodiy   inqirozning   har   qaysi   davlatdagi     miqyosi,
ko‘lami   va   oqibatlari   ana   shu   davlatning   moliya-valyuta   tizimi
nechog‘liq     mustahkam   ekaniga,   milliy   kredit   institutlarining   qay
darajada kapitallashuvi va likvidligi (to‘lov imkoni)ga bog‘liq.
Jahon   moliyaviy   inqirozining   har   bir   mamlakatga   ta’siri,   undan
ko‘riladigan zararning   ko‘lami     shu davlatning moliyaviy-iqtisodiy va
bank   tizimlarining   nechog‘liq   barqaror   va   ishonchli   ekaniga,   ularning
himoya mexanizmlari qanchalik kuchli ekaniga bog‘liq.
Kitobda   ta’kidlanganidek,   O‘zbekistonda   qabul   qilingan   o‘ziga   xos
islohot   va   modernizatsiya   modeli   orqali   biz   o‘z   oldimizga   uzoq   va
davomli   milliy   manfaatlarimizni   amalga   oshirish   vazifasini   qo‘yar
ekanmiz,   bozor   iqtisodiyoti   o‘zini-   o‘zi   tartibga   soladi,   degan
tasavvurlardan voz kechdik.
Shu   bilan   birga   Prezidentimiz   tomonidan   o‘rtaga   tashlangan   “Yangi
uy   qurmasdan   turib,   eskisini   buzmang»   degan   hayotiy   tamoyilga
tayangan   holda     islohotlarni   izchil   va   bosqichma-bosqich   amalga
oshirish   yo‘li     tanlanganligiga   o‘qituvchi   o‘quvchilar   diqqatini   jalb
qilish lozim.
Binobarin, o‘tish davrida   aynan   davlat   bosh   islohotchi   sifatida
mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi zarurligini biz o‘zimizga aniq belgilab
oldik.
O‘qituvchi   o‘quvchilarga   O‘zbekistonda   moliyaviy-iqtisodiy,   budjet,
bank-kredit   tizimi,   shuningdek,   iqtisodiyotning   real   sektori   korxonalari va tarmoqlarini barqaror   ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam
zaxiralar   yaratilgan   va   zarur   resurslar   bazasi   mavjudligi   kitobda
ko‘rsatilganligiga e’tibor qilishni so‘raydi.
Kitobda   respublikamizdagi   banklarning   faoliyati   chuqur   va   keng
tahlil qilingan. Mamlakatimizda esa birgina tijorat banklarining aktivlari
miqdori «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari
to‘g‘risida»gi   qonunga   muvofiq   shakllangan   zaxiralarni   hisobga   olgan
holda     13   trillion   360   milliard   so‘mdan   oshadi.   Bu   aholi   va   xo‘jalik
yurituvchi   subyektlarning   jalb   qilingan   depozitlari   hajmidan   taxminan
2,4 barobar ko‘p demakdir (2-jadval).       
Prezident   2006   yilda   tashkil   etilgan   «Mikrokreditbank»ning
faoliyatiga   alohida   to‘xtaldi.   78   ta   filiali   va   270   dan   ziyod   minibanki
bo‘lgan   bu   bank   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik   tarmog‘ini
kreditlar   bilan   ta’minlashga   xizmat   qilmoqda.     2007-2008   yillar
davomida   ushbu   bank   aktivlari   miqdori   3,5   barobar,   kichik   biznes   va
xususiy   tadbirkorlikni   kreditlash   hajmi   4   barobarga   oshdi   va   bu
maqsadlarga 150 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. 
Davlatlarning   qarzlari   haqida   gapira   turib   Prezident   ko‘plab
davlatlarning   tashqi   qarz   masalasidagi   siyosati   ularning   iqtisodiyotini
zaif,   tashqi   omillarga   qaram   va   nochor   ahvolga   solib   qo‘yganligini
ta’kidladi.   O‘zbekiston   esa   o‘zining   mustaqil   taraqqiyoti   davrida   qisqa
muddatli   spekulyativ   kreditlardan   voz   kechib,   chet   el   investitsiyalarini
uzoq       muddatli   va   imtiyozli   foiz   stavkalari   bo‘yicha   jalb   etish
tamoyiliga  amal qilib kelmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston o‘zining  to‘lov qobiliyatiga ega hamkor
ekanini,   mamlakatimizda   chet   el   sarmoyasini   jalb   etish   bo‘yicha   har
tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratilganini amalda isbotlamoqda.
2007-2008   yillar   davomida   o‘zlashtirilgan   chet   el   investitsiyalari
hajmi   2,5   barobardan   ko‘proq   oshganining   o‘zi   ham   buni   tasdiqlab
turibdi.   Umuman,   2009   yidda   mamlakat   iqtisodiyotiga   kiritiladigan
xorijiy   va   ichki   investitsiyalarni   hisobga   olganda   kapital
qo‘yilmalarning   umumiy   hajmi   mamlakatimiz   yalpi   ichki
mahsulotining kamida 25 foizini tashkil etadi. 
Aholining   ish   haqi   va   daromadlarini   izchil     oshirib   borish   hamda
iste’mol bozorida narxlar indeksi   o‘sishining oldini olishga doir chora-
tadbirlar   ham   amalga   oshirilmoqda.   Bu   esa   el-yurtimiz   farovonligini
yuksaltirish,   aholining   xarid   qobiliyatini   oshirishni   ko‘zda   tutadigan
ustuvor maqsadlarimizga mos keladi. 
O‘qituvchi   darslarda   o‘quvchilar   e’tiborini   Prezidentimizning
yuqoridagi misol va raqamlardan tobora chuqurlashib borayotgan jahon
moliyaviy   inqirozi   mamlakatimizga   ta’sir   ko‘rsatmaydi,   bizni   chetlab
o‘tadi,   degan   xulosa   chiqarmaslik   kerak,   deb   aytgan   fikriga   qaratadi.
O‘zbekiston   bugun   xalqaro   hamjamiyatning   va   global   moliyaviy-
iqtisodiy   bozorning   ajralmas   tarkibiy   qismi   hisoblanadi.                 Buning
tasdig‘i tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora kengayib borayotganida,
taraqqiy   topgan   yetakchi   davlatlar   ko‘magida   iqtisodiyot   tarmoqlarini
rivojlantirish,   modernizatsiya   qilish,   texnik   va   texnologik   qayta
jihozlash   bo‘yicha   dasturlarning   amalga   oshirilayotganida,
O‘zbekistonning   xalqaro   savdo   tizimiga   integ-ratsiyalashuvida,
mahsulot va tovarlar importi va eksportining o‘sib borishida ko‘rinadi. Shu   bois   global   moliyaviy   inqiroz   va   birinchi   navbatda   uning
oqibatlari   iqtisodiyotimizning   rivojlanishi   va   samaradorlik   holatlariga
ta’sir   etayotganidan   ko‘z   yumib   bo‘lmaydi.   Zero,   inqirozning
O‘zbekistonga ta’siri natijasida hamda jahon bozorida talabning pasayib
borishi   oqibatida   respublika   eksport   qiladigan   qimmatbaho   va   rangli
metallar,   paxta,   uran,   neft   mahsulotlari,   mineral   o‘g‘itlar   va   boshqa
mahsulotlarning   narxi   tushib   bormoqda.   Bu   esa,     xo‘jalik   yurituvchi
subyektlar   va   investorlarning   eksportdan   oladigan   tushumlari
kamayishiga   olib   keladi.   Ularning   foyda   ko‘rishiga   va   ishlab   chiqarish
rentabelligiga, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarimizning o‘sish sur’atlariga
salbiy ta’sir etadi.
Prezidentning   fikriga   ko‘ra,   jahon   moliyaviy   inqirozining   ta’sirini
kamaytirish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun bizda barcha zarur
shart-sharoitlar   mavjud.   Mamlakatimizning   iqgisodiy   va   moliyaviy
salohiyatining   puxta   poydevorini,   moliya-bank   tizimining   ishonchli
boshqaruv   mexanizmlarini   o‘z   vaqtida   shakllantirib   va   mustahkamlab
olganimiz bunga kafolat bo‘lib xizmat     qiladi. Bir so‘z bilan aytganda,
mamlakatimizda   global   inqirozning   oqibatlarini,   bugungi   va   ertangi
kutiladigan   ta’sirini   hisobga   olgan   holda     har   tomonlama   o‘ylangan
loyihalar bugun amalga oshirilmoqda.
Jahon   moliyaviy-iqtisodiy   inqirozining   O‘zbekistonga   ta’siri   va   bu
ta’sir   oqibatlarini   bartaraf   etish   yuzasidan   davlatimiz   rahbariyatining
olib borayotgan chora-tadbirlarini malaka oshirish kurslari tinglovchilari
va   umumta’lim   maktablarining   o‘quvchilari   yaxshi   tushunib   olishlari
kerak.   O‘qituvchilar   esa   kitobdagi   asosiy   masalalarni   o‘quvchilar   qalbi
va   ongiga   yetkazishda   o‘qitishning   turli   usullaridan   foydalanishlari lozim bo‘ladi. Har bir sinf o‘quvchilari yoshi va bilim darajasiga qarab
guruhlarga ajratilishi  mumkin. Dars - o‘quv ishlarining  asosiy tashkiliy
shakli   bo‘lib,   dars   o‘qituvchi   va   o‘quvchilarning   faoliyat   birligiga
asoslanadi,   bevosita   o‘qituvchi   rahbarligida   jamoa,   guruhli   va   yakka
tartibda olib boriladi.
  Dars   mashg‘uloti   o‘tilayotgan   va   o‘zlashtirilayotgan   mavzuning
mazmuniga   qarab   turli   xil   metodlar   yordamida   olib   boriladi   hamda
umumiy   ta’lim   tizimining   bir   qismi   sifatida,   albatta,   tugallangan   bilim
beradi   va   navbatdagi   bilimlarni   o‘zlashtirish   uchun   zamin   yaratishga
xizmat qiladi.
Kitobni   o‘rganishda   darslarni   tashkil   etishga   nisbatan   quyidagi
didaktik   talablarni   qo‘yish   mumkin.   Jumladan,   kitobni   o‘rganishdan
ko‘zlangan   asosiy     maqsad   va   vazifalar   aniq   belgilanishi   hamda
pedagogik     jihatdan   to‘g‘ri   tashkil   etilishi   lozim.     Darsning   ta’limiy,
tarbiyaviy va shaxsni rivojlantiruvchi   vazifalarining birligi va uzviyligi
aniqlanadi.     O‘qituvchi   kitobni   o‘rganishda   o‘qitishning   yaxlit   dars   va
uning   ma’lum   qismlari,   vazifalari   hamda   mazmuniga   muvofiq
keladigan,   o‘quvchilarning   bilish   faolliklari   va   mustaqil   faoliyatlarini
ta’minlashga   xizmat   qiluvchi   maqbul   metodlarini   tanlaydi.
Mashg‘ulotlarning   turli   shakllari:   jamoa,   guruhli   va   yakka   tartibdagi
shakllarini maqbul ravishda qo‘shib olib borish, o‘qituvchining rahbarlik
roli   bilan   o‘quvchilarning   faol   bilish   faoliyatini   birga   olib   borish   juda
muhim  hisoblanadi.    Darslarning  o‘zaro uzviy  va dialektik  xususiyatga
ega   bo‘lishiga   erishish   hamda   o‘quvchilarning   yosh   va   psixologik
xususiyatlarini   inobatga   olish   zarur.   Darsda   o‘quvchilar   tomonidan
kitobdagi   asosiy   g‘oyalarni   to‘liq   o‘qitish   va   tarbiyalash   uchun   qulay shart-sharoitlarni   yaratish   hamda   darslarni   demokratik   tamoyillar
asosida   tashkil   etish,   darsda   o‘quvchi   erkinligini   ta’minlash   mavzuni
chuqur o‘rganishga  olib keladi.
Kitobni   dars   jarayonida   o‘rganishda   o‘qituvchi   tomonidan
qo‘llaniladigan og‘zaki bayon qilish metodi maktab ta’lim tizimida eng
ko‘p   foydalaniladigan   metodlardan   biri   bo‘lib,   mazkur   metodga
kitobdagi barcha mavzularni o‘rganishda murojaat qilish mumkin.
Ushbu   metod   bayon   qilinayotgan   ma’lumotlarning   to‘g‘ridan-to‘g‘ri
o‘qituvchining   jonli   nutqi   orqali   idrok   qilinishi   bilan   tavsiyalanadi   va
ana   shu   xususiyatiga   ko‘ra   ta’limning   boshqa   metodlaridan   farq   qiladi
hamda   hikoya   qilish,   o‘quv   materialini   tushuntirish,   maktab   ma’ruzasi,
suhbat, darslik va kitob bilan ishlash kabi shakllarda olib boriladi   
Kitobni   o‘rganish   davomida   o‘qituvchi   qo‘llaydigan   suhbat   metodi
aksariyat   holatlarda   savol-javob   metodi   deb   ham   yuritiladi.   Chunki,
ushbu   metod   asosida   ta’lim   jarayonini   tashkil   etish   asosan   savol-javob
tarzida   olib   boriladi.   Suhbat   metodi   o‘quvchilarda   muayyan   faollikni
yuzaga   keltiradi,   shuningdek,   berilgan   savolga   javob   topish   jarayonida
o‘quvchi   fikr   yuritadi,   shaxsiy   fikrlarini   bayon   etadi,   uni   dalillashga
urinadi.   Bu   esa   ularda   fikrlash   ko‘nikmalarini   takomillashtiradi.
Mavzudagi asosiy jihatlarning o‘quvchilar tomonidan egallab olinishida
savol-javob   metodini   qo‘llash   maqsadga   muvofiq   bo‘ladi.   Shu   bilan
birga   kitobdagi   o‘rganilayotgan   mavzu   yuzasidan   kirish,   asosiy   va
yakunlovchi   suhbatlarni  ham   qo‘llash  mumkin.  O‘quvchilar  tomonidan
kitobdagi   asosiy   materiallarning   qay   darajada   o‘zlashtirilganligini
aniqlash maqsadida ham suhbat tashkil etish mumkin. Prezident   asarini   o‘rganish   jarayonida   o‘qituvchi   suhbat   metodidan
foydalanganda quyidagi shartlarga amal qilishi  kerak bo‘ladi:
-   o‘qituvchining   kitob   yuzasidan   suhbat   uchun   tayyorlab   kelgan
savollari   sinf   o‘quvchilarining   barchasiga   taalluqli   bo‘lib,   savol   o‘rtaga
umumiy tarzda tashlanadi;
-   berilgan   savolga   javob   to‘g‘ri   yoki   to‘la   bo‘lmasa,   shu   savol
navbatdagi 2- yoki 3- o‘quvchidan so‘ralishi mumkin;
-   sinfning   barcha   o‘quvchilari   javob   berayotgan   o‘quvchini   qunt
bilan   tinglashlari,   uning   javobini   to‘ldirishlari,   tuzatishlari,
oydinlashtirishga yordam berishlari lozim;
-   agar   asar   yuzasidan   berilgan   savolga   javob   bermoqchi   bo‘lgan
o‘quvchilar soni ko‘payib ketsa, u holda o‘qituvchi va sinf o‘quvchilari
javobdan   qanoat   hosil   qilganlaridan   so‘ng   navbatdagi   savol   o‘rtaga
tashlanadi; 
- o‘quvchilarning javoblari  to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lishidan qat’iy
nazar,   o‘qituvchi   tomonidan   izohlanishi,   yakunlanishi   va   baholanishi
zarur.  
Shunday   qilib,   mavzuni   o‘rganishda   turli   usullardan   foydalanish
kitobning   mazmun-mohiyati   o‘quvchilar   tomonidan   tez   o‘zlashtirib
olinishiga yordam beradi.

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning O‘zbekistonga ta’siri mavzusini o‘rganishning uslublari Prezident I.A.Karimovning "Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari" deb nomlangan asarida 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlash bugungi kunning dolzarb muammosi ekanligi ta’kidlangan. O‘qituvchi 2008 yilning boshlarida boshlangan inqiroz jarayonining miqyosi asta-sekin kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketganligiga o‘quvchilar e’tiborini qaratib, ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqarganligini aytadi. Hozirgi vaqtda bir qator yetakchi tahlil va ekspertlik markazlari global moliyaviy inqiroz holati va uning yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlariga doir materiallarni o‘rganish va umumlashtirish natijasida quyidagi xulosalarga kelganligi ham kitobda ko‘rsatilganligini o‘qituvchi o‘quvchilarga aytib, ko‘rgazmali vositalardan foydalanib, darsni olib boradi (1-jadval). - Moliya-bank tizimidagi inqiroz jarayonlari deyarli butun dunyoni qamrab olayotgani, retsessiya va iqtisodiy pasayishning muqarrarligi, investitsiyaviy faollik ko‘lamining cheklanishi, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi;

- Avj olib borayotgan global moliyaviy inqiroz jahon moliya-bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligini va ushbu tizimni tubdan isloh qilish zarurligini ko‘rsatdi; Moliyaviy-iqgisodiy inqirozning har qaysi davlatdagi miqyosi, ko‘lami va oqibatlari ana shu davlatning moliya-valyuta tizimi nechog‘liq mustahkam ekaniga, milliy kredit institutlarining qay darajada kapitallashuvi va likvidligi (to‘lov imkoni)ga bog‘liq. Jahon moliyaviy inqirozining har bir mamlakatga ta’siri, undan ko‘riladigan zararning ko‘lami shu davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog‘liq barqaror va ishonchli ekaniga, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchli ekaniga bog‘liq. Kitobda ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohot va modernizatsiya modeli orqali biz o‘z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo‘yar ekanmiz, bozor iqtisodiyoti o‘zini- o‘zi tartibga soladi, degan tasavvurlardan voz kechdik. Shu bilan birga Prezidentimiz tomonidan o‘rtaga tashlangan “Yangi uy qurmasdan turib, eskisini buzmang» degan hayotiy tamoyilga tayangan holda islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘li tanlanganligiga o‘qituvchi o‘quvchilar diqqatini jalb qilish lozim. Binobarin, o‘tish davrida aynan davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi zarurligini biz o‘zimizga aniq belgilab oldik. O‘qituvchi o‘quvchilarga O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari

va tarmoqlarini barqaror ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilgan va zarur resurslar bazasi mavjudligi kitobda ko‘rsatilganligiga e’tibor qilishni so‘raydi. Kitobda respublikamizdagi banklarning faoliyati chuqur va keng tahlil qilingan. Mamlakatimizda esa birgina tijorat banklarining aktivlari miqdori «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq shakllangan zaxiralarni hisobga olgan holda 13 trillion 360 milliard so‘mdan oshadi. Bu aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning jalb qilingan depozitlari hajmidan taxminan 2,4 barobar ko‘p demakdir (2-jadval). Prezident 2006 yilda tashkil etilgan «Mikrokreditbank»ning faoliyatiga alohida to‘xtaldi. 78 ta filiali va 270 dan ziyod minibanki bo‘lgan bu bank kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tarmog‘ini kreditlar bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda. 2007-2008 yillar davomida ushbu bank aktivlari miqdori 3,5 barobar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash hajmi 4 barobarga oshdi va bu maqsadlarga 150 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. Davlatlarning qarzlari haqida gapira turib Prezident ko‘plab davlatlarning tashqi qarz masalasidagi siyosati ularning iqtisodiyotini zaif, tashqi omillarga qaram va nochor ahvolga solib qo‘yganligini ta’kidladi. O‘zbekiston esa o‘zining mustaqil taraqqiyoti davrida qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalarini uzoq muddatli va imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha jalb etish tamoyiliga amal qilib kelmoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekiston o‘zining to‘lov qobiliyatiga ega hamkor ekanini, mamlakatimizda chet el sarmoyasini jalb etish bo‘yicha har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratilganini amalda isbotlamoqda. 2007-2008 yillar davomida o‘zlashtirilgan chet el investitsiyalari hajmi 2,5 barobardan ko‘proq oshganining o‘zi ham buni tasdiqlab turibdi. Umuman, 2009 yidda mamlakat iqtisodiyotiga kiritiladigan xorijiy va ichki investitsiyalarni hisobga olganda kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmi mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining kamida 25 foizini tashkil etadi. Aholining ish haqi va daromadlarini izchil oshirib borish hamda iste’mol bozorida narxlar indeksi o‘sishining oldini olishga doir chora- tadbirlar ham amalga oshirilmoqda. Bu esa el-yurtimiz farovonligini yuksaltirish, aholining xarid qobiliyatini oshirishni ko‘zda tutadigan ustuvor maqsadlarimizga mos keladi. O‘qituvchi darslarda o‘quvchilar e’tiborini Prezidentimizning yuqoridagi misol va raqamlardan tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir ko‘rsatmaydi, bizni chetlab o‘tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak, deb aytgan fikriga qaratadi. O‘zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy- iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Buning tasdig‘i tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora kengayib borayotganida, taraqqiy topgan yetakchi davlatlar ko‘magida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha dasturlarning amalga oshirilayotganida, O‘zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integ-ratsiyalashuvida, mahsulot va tovarlar importi va eksportining o‘sib borishida ko‘rinadi.

Shu bois global moliyaviy inqiroz va birinchi navbatda uning oqibatlari iqtisodiyotimizning rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta’sir etayotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Zero, inqirozning O‘zbekistonga ta’siri natijasida hamda jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida respublika eksport qiladigan qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar va boshqa mahsulotlarning narxi tushib bormoqda. Bu esa, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va investorlarning eksportdan oladigan tushumlari kamayishiga olib keladi. Ularning foyda ko‘rishiga va ishlab chiqarish rentabelligiga, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarimizning o‘sish sur’atlariga salbiy ta’sir etadi. Prezidentning fikriga ko‘ra, jahon moliyaviy inqirozining ta’sirini kamaytirish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun bizda barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Mamlakatimizning iqgisodiy va moliyaviy salohiyatining puxta poydevorini, moliya-bank tizimining ishonchli boshqaruv mexanizmlarini o‘z vaqtida shakllantirib va mustahkamlab olganimiz bunga kafolat bo‘lib xizmat qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda global inqirozning oqibatlarini, bugungi va ertangi kutiladigan ta’sirini hisobga olgan holda har tomonlama o‘ylangan loyihalar bugun amalga oshirilmoqda. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O‘zbekistonga ta’siri va bu ta’sir oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan davlatimiz rahbariyatining olib borayotgan chora-tadbirlarini malaka oshirish kurslari tinglovchilari va umumta’lim maktablarining o‘quvchilari yaxshi tushunib olishlari kerak. O‘qituvchilar esa kitobdagi asosiy masalalarni o‘quvchilar qalbi va ongiga yetkazishda o‘qitishning turli usullaridan foydalanishlari