KOLIBAKTERIOZ
Mavzu: KOLIBAKTERIOZ Reja: 1. Kolibakteriozga ta’rif, kelib chiqish sabablari, epizootologiyasi. 2. Patogenezi, klinik belgilari. Patologoanatomik o’zgarishlari, tashhisi, qiyosiy tashxisi. 3. Davolash, oldini olish va unga qarshi kurashish tadbirlari.
Kolibakterioz - (koliseptisemiya, koliinfeksiya, kolienterit, koliperitonit, esherixioz) – parrandalarning infeksion kasalligi bo’lib, O – antigenli qatoriga mansub, (0,1, 0,2, 078, 0111 va boshq.) ichak tayoqchalari keltirib chiqaradi. Kolibakterioz kasalligi bilan qishloq xo’jalik parrandalarining hamma yoshdagilari (tovuqlar, o’rdaklar, kurkalar) va shu bilan bir qatorda yovvoyi, xonaki, hattoki ularning embrionlari ham kasallanadi. Asosan 1-120 kunlik tovuqlar organizmida kasallik o’tkir va surunkali ravishda shu bilan birga toksikoseptik ko’rinishlarda kechadi. Katta yoshdagi tovuqlar organizmida kasallik kechishining xarakterli tomonlaridan biri yashirin ravishda surunkali o’tishidir. Dunyoda birinchi bo’lib 1885 yil, yosh bolalar kasalliklarining professori Gresiyalik olim T.Escherih axlat tarkibidan ajratib olib aniqlagan. Keyinchalik yosh o’smirlar hamda katta yoshdagi odamlarning ichaklar suyuqligi tarkibidan ajratib olishga erishgan va uni Bacterium coli commune deb nomlagan. Keyinchalik aniqlanishicha ichak tayoqchalari turlarining har xilligi va patogenlik xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turishi aniqlangan. Ichak tayoqchalarining tabiiy yashash joyi odamlarda, parrandalarda, baliqlarda, bo’g’im oyoqlilarda va mayda hayvonlarda to’g’ri ichak suyuqligi bo’lib hisoblanadi. Ichak tayoqchalari tashqi muhitga axlat bilan chiqib yangi muhitda va t u proqda, suvda uzoq muddat yashash qobiliyatiga ega. A.A.Orlovskiy, A.G.Rodziyevskiylar tomonidan ta’riflashlaricha patogen mikroorganizmlar odamlar va hayvonlarda kasallik chaqirishi mumkinligini isbotlab berganlar. M.Lingnieres ichak tayoqchalarini kasal tovuqlar organizmidan ajratib olib sog’lom jo’jalar organizmiga kasallik qo’zg’atuvchilarining kulturasini jo’natib eksperimental ravishda kasallik chaqirishga erishgan. Ochi J. Ta’riflashicha ichaklarning patogen tayoqchalari parrandalarda kon’yuktivit va perikarditlarni hosil qilishini izohlab bergan. Kolibakterioz (ko li septisemiya) parrandachilik rivojlangan mamlakatlarning hammasida uchraydi.
Uy parrandalari organizmida kasallik chaqiruvchi agentlar bo’lib septisemiya, peritonit, salpingit, sinovit, koligranulema kasalliklarning sababchisidir. Ayniqsa jo’jalarning 40 dan 90 kunlikgacha bo’lgan davrlarida ko’p o’lim kolibakterioz kasalligi sababli sodir bo’ladi. Bu vaqtda ularning organizmida fiziologik o’zgarishlar intensiv kechayotgan va davri hisoblanadi. Tovuqlar kolibakterioz kasalligining xo’jalikga keltiradigan iqtisodiy zarari quyidagilardan iborat. Ko’p bosh sonining nobudgarchiligi, tirik vaznning pasayishi natijasida foydalanishdan chetlanishi, majburiy so’yish, tuxumdorlik darajasining hamda inkubasiyadan ochib chiqayotgan jo’jalar foyizining pasayishi va nihoyat davolash va profilaktika ishlari uchun dori darmonlar sarfining oshishi, veterinariya chora-tadbirlari uchun sarf h arajatlar ko’payadi. Katta tovuqlar podasida kolibakterioz kasalligi surunkali kechganida 2-3 %, ba’zan 10 % gacha nobud bo’ladi. Bu vaqtda tovuqlarning tuxumdorligi 8-23 % gacha pasayadi va nasldor tovuqlardan olingan inkubasion tuxumlarning 75 % otalanmagan bo’lib, inkubasiyadan jo’jalarning ochib chiqish muddati 12-36 soatga kechikadi. Ulardan ochib chiqqan jo’jalarning 11 % gachasi kolibakterioz kasaligi bilan kasallanishga moyildir. O’zbekistonda 25 ta tekshirilgan tovuqchilik xo’jaliklarida kolibakterioz bilan kasallangan tovuqlar 10-30 % larni tashkil etgan. Agar kolibakterioz boshqa kasalliklar bilan jumladan: eymerioz bilan birga kechganda 80-100 % gacha nobud bo’ladi D.Ibragimov (2004), R.B.Davlatov (2006). Parrandalar kolibakterioz kasalligining kelib chiqishiga turli xil omillar sababchidir va eng asosiysi patogen ichak tayoqchalari hisoblanadi. Ichak tayoqchalari aniqlangan vaqtlarida turli xil nomlar bilan nomlangan. Epizootologiyasi. Tovuqlarning kolibakterioz kasalligining epizootologiyasi bilan ko’pgina o’zimizning va xorijiy mamlakatlarning olimlari shug’ullangan va o’rganilib kelinmoqda.
Kolibakterioz kasalligining kelib chiqishga tovuqlarni zoogigiyenik miyorlarga javob bermaydigan xonalarda ya’ni havo yaxshi almashmasligi, ko’p bosh sonining cheklangan joylarda saqlanishi va boshqalardir. Tovuqlarni zoogigiyenik miyorlariga to’g’ri kelmaydigan xonalarda saqlangan vaqtda kasallik septik ko’rinishda o’tib, intoksikasiya holatlari mavjud bo’ladi. Patogenezi. Parrandalar kolibakterioz kasalligi bilan aerogen, alimentar yoki tuxum po’chog’i orqali yuqadi. Lekin kasallikning organizmda hosil bo’lishiga ko’pgina omillar sababchidir. Jumladan: organizmning umumiy rezistentligi pasayishi sababli kelib chiqadi. Jo’jalar kasallik qo’zg’atuvchilari bilan aerogen yuqqanlarida septik jarayonlar hosil bo’lib o’lim bilan tugaydi. Alimentar holatda yuqqanida ingichka bo’lim ichaklarda qo’zg’atuvchilar rivojlanib oldin toksinlar ishlab chiqarishi hisobiga enterit, keyin shilliq pardalar nekrozi vaqtida qo’zg’atuvchilar shilliq parda orqali qonga o’tib septisemiyaga olib keladi. Kolibakterioz kasalligining qo’zg’atuvchilari ishlab chiqargan toksinlar nerv hujayralariga salbiy ta’sir etib muskullar va bronxlar tonusini o’zgartiradi. Qon tomirlar devorining o’tkazuvchanlik qobiliyatini oshiradi, oqibatda shilliq osti, seroz osti qavatlarida istisqolar paydo bo’ladi. Keyin ingichka va yo’g’on bo’lim ichaklarining shilliq pardalarida yarachalar hosil bo’ladi. Endotoksinlar qonning ivishiga ta’sir qiladi. Toksemiya qonning fibrinlar eksudasiyasi qon tomirlar devorida o’tib, cho’kmaga tushadi. Endotoksinlar qon tarkibidagi Sa++ ionlarining konsentrasiyasini pasaytiradi, bu esa qonning ivish jarayonini sekinlashtiradi. Birgalikda qon tomirlar devorining o’tkazuvchanligining oshishi hisobi ichak shilliq pardalarida, jigar va taloqda gemorragik holatlari kuzatiladi. Olimlarning ta’kidlashicha qonda bakteriyalar hamda zaharli moddalarning to’planishi hisobiga qon tomirlar devorining o’tkazuvchanligi ayniqsa seroz qoplamidagi tomirlarda yaxshi kuzatiladi deb bayon qiladi. Shuning uchun keng
serozli istiho, qon tarkibidagi shaklli elementlarning chiqishi va yuqori molekulali fibrin oqsillari kuzatiladi. V.A.Shubin va boshqa olgan tajribalaridan xulosa qilishlaricha patomorfologik tekshiruvlar natijasiga asoslanib koliseptisemiya organizmda organlar va to’qimalarda septiko-toksik jarayonlarning rivojlanishi ayniqsa perikard va epikardda, havo xaltachalarida, jigar kapsulasida, seroz qoplamalarda, markaziy va periferik nerv sistemasida va organlar parenximasida distrofik jarayonlar borligi bilan xarakterlanadi. A.A.Ibragimov va boshqalar parrandalarning kolibakterioz kasalligi mikoplazmoz bilan birga kechganidagi kasallik patogenezini o’rganganlar. O’lgan jo’jalarda patologoanatomik tekshiruvlar o’tkazganlarida fibrinozli aerosakulit, peri va epikardit, perigepatit va pnevmoniyalarni kuzatganlar. Bu organlarni gistologik tekshirganlarida o’pkada giperemiya, ayrim joylarida stazlar, diapedezli qon qo’yilishlar va fibrinoidli qon tomirlar devorining qalinlanish holatlari kuzatilgan. O’zgarish bo’lgan qon tomirlar tevaragida tarqalgan gemorragiya va seroz suyulishning to’planganligi kuringan. Qon tomirlarning ko’pchiligida qon hujayralarining obturasion jarayonlari, ularning o’rtasida kolibakterioz qo’zg’atuvchilari kuzatildi. O’pkaning bronxlari va parabronxlari serozli, fibrinozli eksudat bilan to’lganligi kuzatildi. Jo’jalarni kasallik qo’zg’atuvchilari bilan yuqtirgandan 7 va 10-chi kunlari o’lgan hamda so’yilganlarining o’pkasida, havo xaltachalarida, peri va epikrdida nekrozning demarkasion zonasi ko’ringan. Ular bir qavatli ko’p yadroli gigant hujayralar bilan o’rganilganligi isbotlangan. Kolibakterioz kasalligining umumiy klinik alomatlaridan biri jo’jalarning nimjonligi, sust harakatchanligi, tashqi muhit ta’surotlarini sezgirligi darajasining pasayishi, ishtaxaning kamayishi va chanqoqlik kabilar kuzatiladi. Keyin ich ketish va asab tizimining buzilishi simtomlari paydo bo’ladi. Badan harorati 1-1,5 o S oshadi.