logo

PARRANDALAR YUQUMLI BRONXITI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

272.703125 KB
Mavzu: PARRANDALAR YUQUMLI BRONXITI
Reja:
1. Yuqumli bronxitga  ta’rif , qo’zg’atuvchisi, epizootologiyasi. 
2. Klinik belgilari?   
3. Patologoanatomik   o’zgarishlar,   tashxisi,   qiyosiy   tashxisi,   oldini   olish
chora – tadbirlari. Bronchitis   infectiosa   –   yuqori   kontagiozli   virus   kasalligi   bo’lib,
yoshlarda   nafas   olish   va   tovuqlarda   ko’payish   a’zolarini   jarohatlanishi   va
tuxum berishni keskin pasayishi bilan xarakterlanadi.
Qo’zg’atuvchisi -   Coronavirus  avian-   koronovirus   avlodi,   koronaviridi
oilasiga   mansub.   Virion   polimorf,   80-100   nm,   RNK   saqlovchi,   usti   lipid
qobig’i   bilan   o’ralgan.   20   dan   ortiq   serologik   turlari   mavjud.   Virus   8-10
kunlik   tovuq   embrionida   o’sadi.   Virus   embrionga   ta’sir   etib,   uni
rivojlantirmaydi-karlik bo’lib qoladi. 
Tovuq   embrion allantois suyuqligida 37 0
  S 10 kun, 20-30 0  
da 24 kun,
to’qimada   4 0
  S   da   80   kun   virus   faol   saqlanadi.   Bino   ichidagi   obyektda   17-
23 0
S da 7 kun, go’ngda 50 -90 kun,  -30 0
S da 17 yil faol turadi.  2-5%   karbol
k islo ta,   form alin ,   3%   li   uyuvchi   natriy   bir   necha   daqiqada   faolsiz lantira di .
G o’ ngni  b iotermik  zararsizlantirishda virus 20 kundan keyin  faolsiz lana di .
Epizootologiyasi.   Kasallikka   tovuqning   barcha   yosh   guruhlari   moyil.
Kaftar, quyon   va ko’rshapalakni tajribada zararlab   kasallanti-rish mumkin.
Bedanani   kontakt   yo’li   bilan   tovuqdan   yuqtirish   mumkin.   Kasallikni
qo’zg’atuvchi manba bo’lib, kasal va kasaldan tuzalgan virustashuvchilar (3
oy)   hisoblanadi.   Virus   ko’z     yoshi,   burun   suyuqligi,     axlat   va   tuxum   bilan
kasal   parrandadan   ajraladi.   YuB   juda   kontagioz   kasallik.     Tuzalgan
parrandalarda   12   oy   davomida   virusni   neytrallovchi   antitelolar   kuzatiladi.
Virusni   tarqatuvchi   omil   bo’lib   1-   havo   hisoblanadi,   kasal   parranda   yangi
joyga keltirilganda tezgina aerogen  barcha parrandalarga yuqtiradi va odatda
epizootik   o’choq   yil   davomida   stasionar   nosog’lom   bo’lib   qoladi.   Chunki
usha  joyda  virus  tashuvchi,  kasallik  latent  o’tuvchi  parrandalar  bo’ladi,  ular
tuxum   orqali   virusni   keyingi   avlodga   qoldirad.   Tuxumdan   kasal
boshlangandan 2-43 kun davomi- da virus ajratish mumkin. 
Patogenezi   Yashirin davr 36 soatdan -10 kungacha. U parrandalarning
yoshiga,   saqlash   sharoitiga,   chidamligiga,   virusning   miqdoriga   va virulentligiga   bog’liq.     Virus   organizmga     respirator   a’zolar   epiteliyasiga
kirib   ko’payadi   va   u   yerda   distrofik   o’zgarish-lar   hamda   ularni   to’qimadan
ajralishiga   olib   keladi.   Keyin   virus  qonga   o’tib   butun   organizmga   tarqaladi.
RIF usulida virusni traxeya, o’pka, jigar, buyrak, taloq va fabresevo xaltasida
ko’rish   mumkin.   Ko’pincha   tuxum   yo’li   jarohatlanib,   tuxumni   shakllanish
jarayoni   izdan   chiqadi.   Qon   tomirlarining   o’tkazuvchanligini   oshishi
natijasida   traxeya,   bronx   shilliq   pardalarida   shish   va   yallig’lanish   kuzatiladi
va  ushbu   jarayonlar      natijasida  nafas  olish  tizimi  a’zolarida  shartli  patogen
mikrofloralarni   ko’payishiga   imkon   yaratiladi.   Virusni   respirator   a’zolar
epiteliyasida va buyrakda klinik sog’aygan parrandalarda bir necha haftadan
keyin   ham   aniqlasa   bo’ladi.   Nosog’lom   xo’jalikda   parrandalar   boshqa
kasallik   qo’z-g’atuvchilariga   (laringotraxeit,   kolibakterioz,   respir.
mikoplazmoz va boshq.) ham juda moyil bo’lib qoladi.
Kasallikni   tarqalishiga   parrandalarni   zoogigiyenik   talablar   asosida
joylashtirish,   ularni   yoshi,   oziqlan-tirish   sifati,   mikroklimat   holati,   tirik
vaksina bilan emlash kabi omillar katta rol o’ynaydi. Kasallik odatda tuxum
olishni,   parrandalarning   tug’ish   bosqichidan   qat’iy   nazar,     keskin
kamaytiradi.
Klinik   belgilari-   shakllari   Yuqumli   bronxitda   3   ta   klinik   sindrom:
Respiratorli,ko’payish azolari  va  Nefritli-nefroz kuzatiladi. 
Respiratorli   sindrom     asosan   jujalarda   bo’lib,   ularda   yo’tal,   qiynalib
nafas   olish,   kekirdak   xirillashi,   burundan   suyuqlik     oqish,   ayrim   hollarda
kon’yunktivit,   ,   rinit,   sinusit   (burun   devori   sh.p.)   belgilari   kuzatiladi.
Jujalarda   anoreksiya,   kam   harakatlik,   issiq   joyga   yaqin-lashish   holatlari
namoyon bo’ladi. Kasallik asosan o’tkir(1-3 hafta) kechadi va o’lim 1-3 oylik
jujalarda   5-33%   gacha   bo’ladi.   1   oylikdan   katta   jujalarda   aks   o’rish,   yo’tal,
quruq   xiril-lash   va   ozroq   burundan   suyuqlik   oqish   kuzatiladi   va   5-10   kun
davom etadi. Jujalar o’sish va rivojlanishdan orqada qoladi. Ko’payish   a’zolarining   jarhatlanish   sindromi   –   Voyaga   yetgan
tovuqlarga   rinit,   kon’yunktivit,   ayrimlaridagi     qiyin   nafas   olish   klinik
belgilari   xarakterli   emas.   7-   14   kunlari   kasallikning   bosqichlaridan   qa’tiy
nazar   tuxum   tug’ish   keskin   (50%gacha)   kamayadi,   tuxumdan   juja   chiqish
ham pasayadi.
Nefrito-nefroz sindromida   –   Virusning   ayrim shtamm-lari kasallikning
1-2   haftalarida   buyrak   va   siydik   yo’lini   jarohatlashi   va   uratlar   (siydik
toshlari) hosil qilishi mumkin.Bunday holatda kasallarda depressiya va uratli
diareya   kuzatiladi.   Virusni   birlamchi   sirkulyasiya-sida   o’lim   57-70%   ni
tashkil etadi.
Patologoanatomik   o’zgarishlar   Jujalarda   burun   va   traxeyani   qonga
to’lishi va serozli yo serozli shilliq ekssudatni to’planishi kuzatiladi.
O’pka  ozroq  kattargan,  qizargan,  pufakli   suyuqlik   bilan  to’lgan.  Havo
xaltalari   o’choqli   yoki   diffuzli   yallig’langan.   Buyrak   va   jigarda   donali
distrofiya   kuzatiladi.   Voyaga   yetgan   parrandalarda   tuxumdon,   tuxum   yo’li
to’la shakllanmagan, tuxum follikulalari atrofiyaga uchragan. Tuxum yo’lida
kistalar,   tuxumdon   qobig’ida   qon   quyulishlar   ko’zga   tashlanadi.   Jigar   -   qon
harakati susayib (zastoy) giperemiyaga uchragan, uning uchlari o’tmas.  
Nefrito-nefroz   sindromida   buyrak   ko’rinishi   ola-bula   va   shishgan.
Siydik   kanallari   uratlarga   to’la,   ular   ichki   a’zolarning   seroz   pardasida   ham
ko’zga   tashlanadi.   O’lgan   tovuq   embrionlarida   serozli   pnevmoniya,   nefroz, allantois   suyuqligida     uratlar   to’planishi,   embrionni   o’rab   turgan   qobig’da
shish va giperemiya kuzatiladi. Eng xarakterli belgi-zararlangandan 6-9 kun
so’ng   embrion-larni   rivojlanmasligi   -   karlik   embrion.   Kasallikka   klinik,
epizootologik   ma’lumotlar,   patologo-   anatomik   o’zgarishlar     asosida
dastlabki   va   laboratoriya-viy   tekshirish   asosida   yakuniy   diagnoz   qo’yiladi.
Bularga:   a)   kekirdak,burun,   tovuq   embrioni   va   hujayralar   kulturasi
suyuqligidan virus ajratish; b) 8-10 kunlik embrionda biologik sinov (traxeya,
o’pka  va  bronx suspenziyasini  yuborish)  yoki 10-20 kunlik jujalarga 0,5 ml
suspenziyani   traxeyaga   yubriladi.   Ularda   18-36   soatda   klinik   belgilar
ko’rinadi;   v)   parrandaning   juft     qon   zardobida   antitelolarni   4   barobar
oshishini   kuzatish;   g)   neytralizasiya,   BGAR,   RDPva   RIF  reaksiyalar   kiradi.
VN   antitelolari   11-36   kun   orasida   shakllanib,   483   kungacha   saqlanadi.
BGARda   187   kun   antitelo   aniqlanadi.   RDP   da   juda   tez   diagnoz   qo’ysa
bo’ladi,ammo sezgirligi 10-50%.
Ajratma   diagnoz   -     YuLT,   NB,   gipovitaminoz   A,   respirator
mikoplazmoz, chechak, gripp va yuqumli tumovdan farqlash kerak.
Davolash-  maxsus vosita   yaratilmagan.
Immunitet   Kasaldan   tuzalgan   tovuqlarda   keyingi   virus   bilan
zararlanishga   immunitet   hosil   bo’ladi.   Maxsus   oldini   olish   uchun   xorijiy
mamlakatlarda   tirik   attenuiasiya   shtammlaridan   va   faolsizlantiilgan
vaksinalar mavjud.
Oldini   olish  tadbirlari   Virusni  fermaga   kiritmaslik  uchun  inkubasion
tuxum  va  1  kunlik  jujalar  faqat  sog’lom  xo’jalikdan  olinishi  zarur.  1  kunlik
jujalarni   asosiy   parrandalar   binosidan   uzoqroq   alohida   joylashtirilishi   zarur.
Sog’lom   (inkub.tuxum   beruvchi)   xo’jalikda   barcha   transport   va   taralarni
muntazam issiq 3%li kaustik soda, 40%li formalin,kaliy permanganat   bilan
aerozol holda (15-20ml/m 3
) hisobda dezinfeksiya qilish  nazorat etilishi, vet.-
san.   qoidalar   bajarilishi   talab   etiladi.   Navbatdagi   parrandalar   guruhini joylashtirishdan   oldin   bino   tozalanishi,1%   li   formaldegid,2%li   uyuvchi
natriy, dezinfeksiya va kamida 10 kun (kletkali) 14 kun (polda saqlanuvchi)
sanasiya qilinishi talab etiladi. Bino 1 yilda kamida 27 kun sanasiyada turishi
kerak.   Har   kuni   havo   almashtirish   va   mikroklimat   nazorat   etiladi:
ammiak   miqdori   0,01mg/l,vodorod   sulfid   –   0,006mg/l,   karbonat
angidrit -0,2% va nisbiy namlik 60-70% dan oshmasligi zarur.
  Qarshi   kurash   chora   tadbirlari.   YuB   aniqlansa,   cheklov   tadbirlari
o’tkaziladi.   Nosog’lom   xo’jalikdan   tuxum,   embrion,   voyaga   yetgan   tirik
parranda;ularning   guruhlarini   aralashtirish,   ozuqa   va   inventarlarni   chiqarish
taqiqlanadi;   Boshqa   xo’jalikdan     parranda   yoki   boshqa   narsa   irgizish   ham
taqiqlanadi. Alohida bir tovuqxonada kasal chiqsa,barcha kasal va kasallikka
gumon   qilingan   parrandalar   o’ldiriladi,   qolgan   parrandalar     so’yishga
yuboriladi. Agar kasallik bir necha tovuqxonada chiqsa, barchasi so’yiladi va
ulardan   suyak-go’sht   uni   tayyorlanadi.   Tuxumlari   formaldegid   bug’i   bilan
dezinfeksiya   qilingandan   so’ng   savdoga   chiqariladi.   Go’shtga   termik   ishlov
berib   savdoga     yoki   umumiy   ovqatlanishga     yuboriladi.   Axlati     biotermik
zararsizlantiriladi.     Tovuqxona, inkubatoriyalar, asbob-uskuna va inventarlar
2%li   issiq   uyuvchi   natriy   bilan   2   soat   davomida,   hudud   esa   3%lisiga   1%   li
formalin   qo’shib     ishlov   beriladi.   Binolar   har   2-3   kunda,   hudud   esa   har
haftada dezinfeksiya qilinadi. 
Dezinfeksiya uchun 2-3%li formalin, 3% li 45 0
 issiq uyuvchi natriy, 2-
3%   faol   xlorli   ohak   ishlatiladi.     Parrandalarni   binodan   chiqarmasdan
dezinfeksiya   qilish   uchun   2%   faol   xlorli   natriy   gipoxlorid   (0,5   ml/m 3
)   15
daqiqa   davomida   1   gr   xlorli   ohak,   0,1   ml   skipidar   7   daqiqa   davomida   yoki
voyaga   yetgan   tovuqlar   uchun   2   gr   xlorli   ohak,   0,2   ml   skipidar   15   daqiqa
davomida dezinfeksiya qilinadi.
  Xo’jalikdan     oxirgi   kasal   yo’qotilgandan   3   oy   keyin,   barcha
sog’lomlashtirish tadbirlari  yakuniy dezinfeksiya o’tkazilib cheklov olinadi.  Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Asosiy adabiyotlar
1.Salimov X.S., Qambarov A. “Epizootologiya” darslik Toshkent-2016y.
2.Bakulin V.A. “Bolezni ptis”, darslik, Sankt-Peterburg. VNIVIP 2006g.
3.Bessarobov   i   dr.   “Bolezni   ptis”,   uchebnoye   posobiye   dlya   VUZ   ov.
Moskva, izdatelstvo “Lan” 2007 g.
Xorijiy adabiyotlar
1 .David E. Swayne, John R. Glisson, Larry R. McDougald, Lisa K. Nolan,
David   L.   Suarez,   Venugopal   L.   Nair,   «Diseases   of   Poultry»,   Wiley-
Blackwell; 13 edition, USA, 2013.
Qo’shimcha adabiyotlar
1.Bessarobov   B.F.,   Baydevlatov   A.B.   “Resepturnыy   spravochnik   po
boleznyam ptis”, uchebnoye posobiye, MKIPP “Mariya” 1992 g.
2.Korovin   R.N.   “Spravochnik   veterinarnogo   vracha   ptisevodcheskogo
predpriyatiya” tom-1,2. Sankt-Peterburg. 1995 g.
Internet  sayt lari :
1. www. Ziyo.net.uz.
2. email: zooveterinarya@ mail.ru
           3. email:  sea@mail.net21.ru
           4. email:  veterinary@actavis.ru
5. email:  fvat@academy.uzsci.net
       6. Zooveterinariya  jurnal i .  Toshkent,  200 8
1.  http: //www//infect/ru

Mavzu: PARRANDALAR YUQUMLI BRONXITI Reja: 1. Yuqumli bronxitga ta’rif , qo’zg’atuvchisi, epizootologiyasi. 2. Klinik belgilari? 3. Patologoanatomik o’zgarishlar, tashxisi, qiyosiy tashxisi, oldini olish chora – tadbirlari.

Bronchitis infectiosa – yuqori kontagiozli virus kasalligi bo’lib, yoshlarda nafas olish va tovuqlarda ko’payish a’zolarini jarohatlanishi va tuxum berishni keskin pasayishi bilan xarakterlanadi. Qo’zg’atuvchisi - Coronavirus avian- koronovirus avlodi, koronaviridi oilasiga mansub. Virion polimorf, 80-100 nm, RNK saqlovchi, usti lipid qobig’i bilan o’ralgan. 20 dan ortiq serologik turlari mavjud. Virus 8-10 kunlik tovuq embrionida o’sadi. Virus embrionga ta’sir etib, uni rivojlantirmaydi-karlik bo’lib qoladi. Tovuq embrion allantois suyuqligida 37 0 S 10 kun, 20-30 0 da 24 kun, to’qimada 4 0 S da 80 kun virus faol saqlanadi. Bino ichidagi obyektda 17- 23 0 S da 7 kun, go’ngda 50 -90 kun, -30 0 S da 17 yil faol turadi. 2-5% karbol k islo ta, form alin , 3% li uyuvchi natriy bir necha daqiqada faolsiz lantira di . G o’ ngni b iotermik zararsizlantirishda virus 20 kundan keyin faolsiz lana di . Epizootologiyasi. Kasallikka tovuqning barcha yosh guruhlari moyil. Kaftar, quyon va ko’rshapalakni tajribada zararlab kasallanti-rish mumkin. Bedanani kontakt yo’li bilan tovuqdan yuqtirish mumkin. Kasallikni qo’zg’atuvchi manba bo’lib, kasal va kasaldan tuzalgan virustashuvchilar (3 oy) hisoblanadi. Virus ko’z yoshi, burun suyuqligi, axlat va tuxum bilan kasal parrandadan ajraladi. YuB juda kontagioz kasallik. Tuzalgan parrandalarda 12 oy davomida virusni neytrallovchi antitelolar kuzatiladi. Virusni tarqatuvchi omil bo’lib 1- havo hisoblanadi, kasal parranda yangi joyga keltirilganda tezgina aerogen barcha parrandalarga yuqtiradi va odatda epizootik o’choq yil davomida stasionar nosog’lom bo’lib qoladi. Chunki usha joyda virus tashuvchi, kasallik latent o’tuvchi parrandalar bo’ladi, ular tuxum orqali virusni keyingi avlodga qoldirad. Tuxumdan kasal boshlangandan 2-43 kun davomi- da virus ajratish mumkin. Patogenezi Yashirin davr 36 soatdan -10 kungacha. U parrandalarning yoshiga, saqlash sharoitiga, chidamligiga, virusning miqdoriga va

virulentligiga bog’liq. Virus organizmga respirator a’zolar epiteliyasiga kirib ko’payadi va u yerda distrofik o’zgarish-lar hamda ularni to’qimadan ajralishiga olib keladi. Keyin virus qonga o’tib butun organizmga tarqaladi. RIF usulida virusni traxeya, o’pka, jigar, buyrak, taloq va fabresevo xaltasida ko’rish mumkin. Ko’pincha tuxum yo’li jarohatlanib, tuxumni shakllanish jarayoni izdan chiqadi. Qon tomirlarining o’tkazuvchanligini oshishi natijasida traxeya, bronx shilliq pardalarida shish va yallig’lanish kuzatiladi va ushbu jarayonlar natijasida nafas olish tizimi a’zolarida shartli patogen mikrofloralarni ko’payishiga imkon yaratiladi. Virusni respirator a’zolar epiteliyasida va buyrakda klinik sog’aygan parrandalarda bir necha haftadan keyin ham aniqlasa bo’ladi. Nosog’lom xo’jalikda parrandalar boshqa kasallik qo’z-g’atuvchilariga (laringotraxeit, kolibakterioz, respir. mikoplazmoz va boshq.) ham juda moyil bo’lib qoladi. Kasallikni tarqalishiga parrandalarni zoogigiyenik talablar asosida joylashtirish, ularni yoshi, oziqlan-tirish sifati, mikroklimat holati, tirik vaksina bilan emlash kabi omillar katta rol o’ynaydi. Kasallik odatda tuxum olishni, parrandalarning tug’ish bosqichidan qat’iy nazar, keskin kamaytiradi. Klinik belgilari- shakllari Yuqumli bronxitda 3 ta klinik sindrom: Respiratorli,ko’payish azolari va Nefritli-nefroz kuzatiladi. Respiratorli sindrom asosan jujalarda bo’lib, ularda yo’tal, qiynalib nafas olish, kekirdak xirillashi, burundan suyuqlik oqish, ayrim hollarda kon’yunktivit, , rinit, sinusit (burun devori sh.p.) belgilari kuzatiladi. Jujalarda anoreksiya, kam harakatlik, issiq joyga yaqin-lashish holatlari namoyon bo’ladi. Kasallik asosan o’tkir(1-3 hafta) kechadi va o’lim 1-3 oylik jujalarda 5-33% gacha bo’ladi. 1 oylikdan katta jujalarda aks o’rish, yo’tal, quruq xiril-lash va ozroq burundan suyuqlik oqish kuzatiladi va 5-10 kun davom etadi. Jujalar o’sish va rivojlanishdan orqada qoladi.

Ko’payish a’zolarining jarhatlanish sindromi – Voyaga yetgan tovuqlarga rinit, kon’yunktivit, ayrimlaridagi qiyin nafas olish klinik belgilari xarakterli emas. 7- 14 kunlari kasallikning bosqichlaridan qa’tiy nazar tuxum tug’ish keskin (50%gacha) kamayadi, tuxumdan juja chiqish ham pasayadi. Nefrito-nefroz sindromida – Virusning ayrim shtamm-lari kasallikning 1-2 haftalarida buyrak va siydik yo’lini jarohatlashi va uratlar (siydik toshlari) hosil qilishi mumkin.Bunday holatda kasallarda depressiya va uratli diareya kuzatiladi. Virusni birlamchi sirkulyasiya-sida o’lim 57-70% ni tashkil etadi. Patologoanatomik o’zgarishlar Jujalarda burun va traxeyani qonga to’lishi va serozli yo serozli shilliq ekssudatni to’planishi kuzatiladi. O’pka ozroq kattargan, qizargan, pufakli suyuqlik bilan to’lgan. Havo xaltalari o’choqli yoki diffuzli yallig’langan. Buyrak va jigarda donali distrofiya kuzatiladi. Voyaga yetgan parrandalarda tuxumdon, tuxum yo’li to’la shakllanmagan, tuxum follikulalari atrofiyaga uchragan. Tuxum yo’lida kistalar, tuxumdon qobig’ida qon quyulishlar ko’zga tashlanadi. Jigar - qon harakati susayib (zastoy) giperemiyaga uchragan, uning uchlari o’tmas. Nefrito-nefroz sindromida buyrak ko’rinishi ola-bula va shishgan. Siydik kanallari uratlarga to’la, ular ichki a’zolarning seroz pardasida ham ko’zga tashlanadi. O’lgan tovuq embrionlarida serozli pnevmoniya, nefroz,

allantois suyuqligida uratlar to’planishi, embrionni o’rab turgan qobig’da shish va giperemiya kuzatiladi. Eng xarakterli belgi-zararlangandan 6-9 kun so’ng embrion-larni rivojlanmasligi - karlik embrion. Kasallikka klinik, epizootologik ma’lumotlar, patologo- anatomik o’zgarishlar asosida dastlabki va laboratoriya-viy tekshirish asosida yakuniy diagnoz qo’yiladi. Bularga: a) kekirdak,burun, tovuq embrioni va hujayralar kulturasi suyuqligidan virus ajratish; b) 8-10 kunlik embrionda biologik sinov (traxeya, o’pka va bronx suspenziyasini yuborish) yoki 10-20 kunlik jujalarga 0,5 ml suspenziyani traxeyaga yubriladi. Ularda 18-36 soatda klinik belgilar ko’rinadi; v) parrandaning juft qon zardobida antitelolarni 4 barobar oshishini kuzatish; g) neytralizasiya, BGAR, RDPva RIF reaksiyalar kiradi. VN antitelolari 11-36 kun orasida shakllanib, 483 kungacha saqlanadi. BGARda 187 kun antitelo aniqlanadi. RDP da juda tez diagnoz qo’ysa bo’ladi,ammo sezgirligi 10-50%. Ajratma diagnoz - YuLT, NB, gipovitaminoz A, respirator mikoplazmoz, chechak, gripp va yuqumli tumovdan farqlash kerak. Davolash- maxsus vosita yaratilmagan. Immunitet Kasaldan tuzalgan tovuqlarda keyingi virus bilan zararlanishga immunitet hosil bo’ladi. Maxsus oldini olish uchun xorijiy mamlakatlarda tirik attenuiasiya shtammlaridan va faolsizlantiilgan vaksinalar mavjud. Oldini olish tadbirlari Virusni fermaga kiritmaslik uchun inkubasion tuxum va 1 kunlik jujalar faqat sog’lom xo’jalikdan olinishi zarur. 1 kunlik jujalarni asosiy parrandalar binosidan uzoqroq alohida joylashtirilishi zarur. Sog’lom (inkub.tuxum beruvchi) xo’jalikda barcha transport va taralarni muntazam issiq 3%li kaustik soda, 40%li formalin,kaliy permanganat bilan aerozol holda (15-20ml/m 3 ) hisobda dezinfeksiya qilish nazorat etilishi, vet.- san. qoidalar bajarilishi talab etiladi. Navbatdagi parrandalar guruhini