logo

O`simliklarning yuqumli va yuqumsiz kasalliklari.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

28.4775390625 KB
O`simliklarning yuqumli va yuqumsiz kasalliklari.
R е j а :
1. Yuqumli k а s а llikl а r kuzg а tuvchil а rni bi о l о gik  х ususiyatl а ri.
2. Pаtоgеnlik jаrаyonning kеlib chikishi.
3. Yuqumli kаsаlliklаr ekоlоgiyasi vа diаgnоstikаsi.
4. Y u kumsiz kаsаlliklаr vа ulаrning kеlib chikish sаbаblаri.
             O ‘ simliklarning   kasalliklari   to ‘ g ‘ risida   tushuncha   O ‘ simliklarning
kasalligi   tushunchasi   Dekandol   (1832)   tomonidan   aytilgan   bo ‘ lib ,   uning
fikricha ,   o ‘ simlikdagi   normal   fiziologik   jarayonlarning   buzilishiga
kasallik   deyiladi .  O‘simlik kasalliklari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish
uchun   quyidagi   tushunchalarga   ega   bo‘lishimiz   kerak.   Birinchidan,
kasallik   —   bu   patologik   jarayon   hisoblanib,   uni   kasallikni   keltirib
chiqaruvchi   mikroorganizmlar   va   noqulay   sharoit   vujudga   keltiradi.
Ikkinchidan,   kasallik   tufayli   o‘simlikdagi   fiziologik   va   biokimyoviy,
anotomo-morfologik  xususiyatlar o‘zgarib, hosildorlik sifati va miqdori
keskin   kamayib   ketadi.   O‘simliklar   kasalliklari   tushunchasiga   olimlar
tomonidan   turlicha   ta’rif   berilgan.   N.A.   Naumov   (1952)   fikricha,   —
“o‘simlik kasalligi uning filogenez jarayonida tashqi muhit bilan bo‘lgan
munosabatida   yuzaga   keladigan   a’zolar   funksiyasi   va   tuzilishining
o‘zgarishidir”.
T.D. Straxov (1962) o‘simlik  kasalligi  uchta omil:  o‘simlik  — patogen
—   tashqi   muhit   orasidagi   muntazam   tizimning   o‘zaro   munosabatidir.
Ya’ni,   o‘simlik  salbiy   ta’sir   etuvchi  pathogen  mikroorganizm   va tashqi
muhitning   ta’sirida   fiziologik   jarayonlar   buzilib,   uning   morfologik
tuzilishi va hosildorligi keskin kamayib
ketadi.   T.D.   Straxov   o‘simlikdagi   patologik   jarayon   o‘simlikning,
patogenning   xususiyati   va   tashqi   muhit   munosabatlarining   namoyon
bo‘lishidir deydi. Shuning uchun kasallik qo‘zg‘atuvchisini, kasallikning
kelib   chiqishini,   kasallangan   o‘simlik   holatini   kompleks   o‘rganishni
tavsiya   qiladi.N.A.   Cheremisinov   fikricha,   “Yuqoridagi   holatlar
o‘simlikninig   xususiyati,   kasallik   qo‘zg‘atuvchilarning   agressivligi   va
tashqi muhitning qulay yoki noqulay bo‘lishiga bog‘liq” ekan. Shunday   qilib,   o‘simlik   kasalligi   undagi   patologik   jarayonning
boshlanishidir.
   Patologik jarayon o‘zgaruvchan bo‘lsa-da, uni nazorat qilish mumkin.
Ya’ni,   xo‘jayin   o‘simliklarning   biologik   xususiyatlarini,   patogenning
irsiy   belgilarini   tashqi   muhit   sharoitini   muntazam   o‘zgartirish
qonuniyatlarini bilish asosida o‘simlikning chidamliligini oshirish, hosil
sifatini yaxshilash mumkin.
E.   Goyman   fikricha,   har   qanday   infeksion   kasallikda   patogen   va
o‘simlik   orasida   mukammal   munosabatlar   yuzaga   kelib,   ular
o‘simlikning   morfologik,   anatomik,   biokimyoviy   jarayonlari
o‘zgarishiga   sabab   bo‘ladi.   Tashqi   muhit   sharoiti   esa   kasallik
qo‘zg‘atuvchisining   hayotchanligiga,   xo‘jayin   o‘simlikning   kasallikka
chidamlilik   darajasiga   ham   ta’sir   ko‘rsatadi.   Patogen   kasallangan
o‘simlikning   oziq   moddalarini   o‘zlashtiradi,   uning   hujayrasiga   zaharli
moddalar   ajratib   chiqarib   hujayralarini   nobud   qiladi,   o‘tkazuvchi
to‘qimalarini   mitseliy   va   sporalar   yordamida   to‘sib   qo‘yadi,   epidermik
to‘qimalarini   parchalab,   suv   bug‘latishini   kuchaytiradi   va   nihoyat,
o‘simlik   bargining   so‘lishiga   yoki   chirib   qolishiga   sabab   bo‘ladi.
Kasallik   tufayli   o‘simlikdagi   patomorfologik   o‘zgarishlar   uning   o‘sish
tezligi   va   shaklini,   to‘qima   va   hujayralarining   o‘zgarishiga   olib   keladi.
Patofiziologik   —   biokimyoviy   o‘zgarishlar   suv   rejimining   buzilishida,
sitoplazmaning   o‘tkazuvchanlik   xususiyatini,   osmotik   bosim   kuchini,
fotosintez aktivligini, nafas olish va oqsil sintezini, fermentlar faoliyati,
nukelein   kislotalari   miqdori   va   tarkibining   keskin   o‘zgarishiga   sabab
bo‘ladi.   Inson   qishloq   xo‘jaligidagi   faoliyatida   kasallik
qo‘zg‘atuvchilarining   ekinlarga   ta’sirini   ular   keltiradigan   zarar   bilan belgilaydi.   Bu   ko‘rsatkich   kasallik   tufayli   nobud   bo‘lgan   hosil
miqdorida   namoyon   bo‘ladi.   Zarar   qishloq   xo‘jaligiga   keltirilgan
moddiy   manfaatdorlik   miqdorining   kamayishidir   yoki   xo‘jalikning
iqtisodiy ko‘rsatkichidir. O‘simlik kasalliklari, deganda undagi patologik
jarayon   tushunilib,   uning   kasallik   qo‘zg‘atuvchi   mikroorganizmlar   va
noqulay   sharoit   ta’sirida   vujudga   keladigan   anatomo-morfologik,
fiziologik,   biokimyoviy   o‘zgarishlarga   javob   reaksiyasi   tushiniladi.
Natijada   o‘simlik   o‘sish   va   rivojlanishdan   orqada   qolib,   hosildorligi
kamayadi,   mahsulot   sifati   keskin   yomonlashadi.   Kasallik   deb   patogen
mikroorganizmlar   va   noqulay   ekologik   sharoit   tufayli   o‘simlikdagi
normal   fiziologik   jarayonlarning   buzilishi   tushuniladi.Fiziologik
jarayonlarning   buzilishi   fotosintez,   ferment   xususiyati,   hujayraning
o‘tkazuvchanligi,   osmatik   bosimi,   nafas   olishi,   uglerod   yoki   oqsil
sintezi,   suv   balansi,   o‘stiruvchi   moddalari   sintezining   buzulishida
namoyon   bo‘ladi.   Bu   o‘z   navbatida   o‘simlikning   anatomo-morfologik
xususiyatlarining   o‘zgarishiga,   o‘sish   va   rivojlanishiga   ta’sir   qiladi.
Patogen   mikroorganizmlar   ta’siri   tufayli   o‘simlik   hujayralari   shakli
kattalashishi yoki kichiklashishi, soni ortishi, halok bo‘lishi (nekroz) va
ularning   chirishiga   olib   keladi.   Anatomo-morfologik   o‘zgarishlar
o‘simlik a’zolarida dog‘lar paydo bo‘lishiga, buralishiga, o‘smalar hosil
qilishiga sabab bo‘ladi.
O‘simliklar yuqumli kasalliklarining belgilari
O‘simlikdagi   kasallik   belgilari   biologik   ma’noda   o‘simlik   hujayrasida
himoya   reaksiyasining   boshlanishi   hisoblanadi.   Klinik   nuqtai   nazardan
esa,   kasallik   tashqi   belgilari   namoyon   bo‘lgan   davrdir.   O‘simlikdagi
patologik   jarayonning   namoyon   bo‘lishiga   kasallik   belgilari   deyiladi. Agar   kasallangan   o‘simlikda   kasallikning   tashqi   belgilari   namoyon
bo‘lmasa,   bunday   kasalliklar   belgisiz   kasalliklar   deyiladi.   Kasallik
belgisining   namoyon   bo‘lmasligiga   patologik   jarayonlarning
bilinmasligi,   kasallik   qo‘zg‘atuvchisi   inkubatsion   davrni   boshidan
kechirayotgan   bo‘lishi,   fiziologik   va   biokimyoviy   jarayonlar   o‘zgarishi
sezilmasligi   yoki   patogenning   agressivlik   xususiyati   to‘liq   namoyon
bo‘lmaganligi,   o‘simlikning   tabiiy   chidamliligi   sabab   bo‘ladi.
Kasalliklarning   tashqi   belgilarining   namoyon   bo‘lishi   uning
qo‘zg‘atuvchisining   turiga   va   o‘simliklarning   kasallikka   chidamlilik
darajasiga   bog‘liqdir.   O‘simliklarning   o‘tkazuvchi   to‘qimalarini
zamburug‘   mitseliysining   to‘sib   qo‘yishi   natijasida,   ular   hosil   qilgan
metobolitlar ta’sirida o‘tkazuvchi naylar to‘qimalari nobud bo‘lib nekroz
hosil   qiladi.   Nekrozning   intensivlik   darajasiga   qarab   o‘simlikda   so‘lish
belgilari   turlicha   namoyon   bo‘ladi.   Kasallikning   tashqi   belgilari   barg,
meva   yuzasida   har   xil   shakldagi   dog‘lar   tarzida   namoyon   bo‘lib,
o‘simliklarning   ayrim   a’zolarida   yoki   butun   tanasini   qoplab   oladi.
Nekrozli   dog‘larga   bodring   bargida   burchakli,   olma   bargida   qo‘ng‘ir
dog‘lar,  nok  bargida  oq dog‘lanish,  qulupnayning   qo‘ng‘ir,  oq  qo‘ng‘ir
dog‘lanishi misol bo‘la oladi. Nekrozli dog‘lar bargda, mevada, poyada
hosil   bo‘ladi.   O‘simlik   kasalliklari   belgilarning   hosil   bo‘lish   darajasiga
qarab   tiplarga   ajratiladi.   O‘simliklarda   uchraydigan   asosiy   kasalliklarni
quyidagi tiplarga bo‘lish  mumkin.
Chirish. Bu     tipdagi     kasalliklar     suv     vazapas   oziq   moddalarga   boy
(meva,   ildizmeva,   boshpiyoz)   a’zolarda   va   poyada   kuzatiladi.   Chirish
bilan   kasallangan   a’zolar   to‘qima   va   hujayralarni   birlashtirib   turgan
hujayralararo   moddalar   patogenning   fermentlari   ta’sirida   parchalanib, ular bir-biridan ajralib ketadi. Natijada, bo‘tqaga o‘xshash suyuq massa
hosil bo‘lib, turli xil rangga va xidga ega bo‘ladi. Chirish rangining kelib
chiqishi   kasallik   qo‘zg‘atuvchisining   turiga   qarab   oq   chirish   —   sabzi,
kungaboqar,   lavlagida   (Sclerotinia   sclerotiorum),   qizg‘ish   chirish   —
bodring,   g‘o‘za   ko‘sagida   (Trichothecium   roseum   Fr.),   karamda
(Fusarium   oxysporum     Schl.f   conglutinans);   qo‘ng‘ir   chirish   —
qulupnay,   karamda   (Botrutis   cinerea   Pers.);   qora   chirish—kartoshkada
(Pectobacterium   phytophthorum   Appel.),   pomidorda   (Diplodina
destructiva Plowr.) kabi turlarga bo‘linadi. Chirishning kelib chiqishiga
qarab:   suvlik   chirish   —   pomidor   mevasining   chirishi   (Pectobacterium
carotovorum Waldee), nam chirish (Pseudomonas xanthochlora Stapp.),
quruq chirish  — kartoshka  tuganagining  chirishi  (Fusarium  oxysporum
Schl.f.solani),   makkajo‘xori   so‘tasining   chirishi   (Diplodia   zeae   Lev.)
kabilar kiradi.
O‘simliklarning   so‘lishi (inglizcha   —wilt   —   so‘lish)   kasallangan
o‘simlik   ildizi,   poyasi   to‘qimalarining   zamburug‘   mitseliy   va   sporalari
bilan to‘silib qo‘yishi natijasida hosil bo‘ladi. To‘qimalarda nekrozning
hosil   bo‘lishi   mikroorganizmlar   hosil   qilgan   zaharli   moddalar   ta’sirida
vujudga keladi. O‘simliklarda so‘lish kasalligi novdaning eng yuqorisida
joylashgan barglarga suv yetishmasligi tufayli turgor holatining buzilishi
natijasida   vujudga   keladi.   Bunday   o‘simliklar   poya   va   novdalari
ko‘ndalang kesib ko‘rilganda halqasimon  shaklda yog‘ochlik qismining
qorayib ketganligi ko‘rinadi. So‘lishni zamburug‘lar keltirib chiqarsa —
traxeomikoz,   bakteriyalar   —   traxeobakterioz,   viruslar   —   mozaika   deb
nomlanadi.   Ko‘pincha   o‘simliklardagi   so‘lish   kasalligini   Fusariumva
Verticilliumturkumiga mansub zamburug‘lar keltirib chiqaradi. Nekroz- qorayish.O‘simlik   vegetativ   a’zolaridagi   to‘qimalarning   ayrim
hujayralarining   xalok   bo‘lishi   natijasida   qorayib   qoladi.   Qorayish
o‘simlik   a’zolarining   parenxima   to‘qimalarida,   po‘stloq,   kambiy,   barg
tomirlarida kuzatiladi.
Dog‘lanish. O‘simlik parenxima hujayralari ma’lum qismining
rangini o‘zgarishidan hosil bo‘ladi. Ular zamburug‘lar, bakteriyalar,
viruslar va abiotik omillar ta’sirida vujudga keladi. Hosil bo‘lgan
dog‘lar o‘lchami va rangi bilan bir-biridan farq qiladi. Uning yuzasida
zamburug‘lar yoki bakteriya meva tanalarida hosil bo‘lgan sporalar
to‘plami ko‘zga tashlanadi.
Kuyish   o‘simlik   bargida ,   navdasida   va   to‘p   gullarida   hosil   bo‘ladi.
Monilioz   kuyish   olmada   (Monilia   cinerea   Bonord   .f.   mali),   danakli
daraxtlarda   (M.laxa   Ehr.)   kuzatiladi.   Kasallangan   barg   va   navda   olov
yoki sovuq urganga o‘xshab qisqa muddat ichida qurib qoladi.
Xloroz —kasallik   qo‘zg‘atuvchi   patogen   mikroorganizmlarning   salbiy
ta’siri   natijasida   o‘simlik   bargidagi   xloroplastlar   miqdorining   keskin
kamayib   ketishiga   sabab   bo‘lib,   barg   rangsizlanadi.   Xloroz   kelib
chiqishiga ko‘ra tuproqda temir, marganes yetishmasligidan va viruslar,
mikoplazmalar   ta’sirida   vujudga   kelishi   mumkin.   Ko‘rsatib   o‘tilgan
kasallik   belgilarini   ularga   diagnoz   qo‘yishda   e’tiborga   olish   kerak,
chunki   kasallikni   to‘g‘ri   aniqlamasdan   unga   qarshi   kurash   chorasini
to‘g‘ri   belgilash   mumkin   emas.   O‘simlik   a’zolari   rangining   o‘zgarishi
unda   ro‘y   bergan   patologik   jarayon   natijasida   hosil   bo‘ladi.   Bular
qatoriga   abiotik   omillar   ta’sirida   vujudga   kelgan   sarg‘ayish,   mozaika,
ituzumdoshlardagi   stolbur,   uzumning   qizarishi   (Pseudopeziza
tracheiphila   Mull.Thurg.),   qarag‘ay   ilotesi   (Lophodermium   pinastri Chev.) misol bo‘ladi.
O‘smalar   (rak)   hosil   bo‘lishi .O‘sma   —   o‘simlik   a’zolaridagi
hujayralarning   tinimsiz   bo‘linib,   shish   hosil   qilishidan   yuzaga   keladi.
Ular yuqumli va yuqumsiz bo‘lishi mumkin. Yuqumli rak kasalligi virus
va   bakteriyalar   tomonidan   keltirib   chiqariladi.   Shishning   hosil   bo‘lishi
patogenning   o‘simlik   hujayralarining   shaklini   yiriklashishi   yoki   uning
hayot davomida hosil qilgan moddalarining ta’sirida yuzaga keladi.
Gallar —   o‘simlik   to‘qimasi   tuzilishida   qatnashgan   hujayralarning
patogen mikroorganizmlar  ishlab  chiqargan toksinlar  ishtirokida  mayda
bo‘lakchalarga bo‘linishi natijasida hosil bo‘ladi.
G‘uborlarning   hosil   bo‘lishi .O‘simlik   kasalligining   bu   turi
zamburug‘lar   uchun   xos   bo‘lib,   zararlangan   barg,   poya   va   mevalarda
zamburug‘ning mitseliysi va sporalarning to‘plami yuzaga keladi.
Bu g‘uborlar turli rangda bo‘lib, zararlangan o‘simlik yuzasidan osonlik
bilan   sidiriladi.   Ayrim   hollarda   g‘uborlar   to‘qimalarda   o‘zgarishlarni
vujudga   keltirib,   kuchli   zararlanganda   barglar   quriydi.   G‘uborlarning
hosil bo‘lishiga yaqqol misol qilib un shudring kasalligini olish mumkin.
Bodring un shudring bilan kasallanganda uning bargida oq yoki kul rang
g‘uborlar paydo bo‘ladi. Shu bilan
birga   tokning   oidium,   g‘alla   ekinlarning   un   shudring   kasalligi,
pomidorning qo‘ng‘ir dog‘lanish kasalligida ham g‘uborlar hosil bo‘ladi
Yastiqchalarning   hosil   bo‘lishi. Yastiqchalar   zararlangan   o‘simlik
sirtida   zamburug‘ning   sporalar  to‘plami   tufayli  yuzaga  keladi.  Sporalar
yetilgunga   qadar   sirtidan   epidermis   bilan   qoplanib   turadi,   epidermis
yorilib,   tashqariga   chiqqan   yetuk   sporalar   shamol   va   yomg‘ir   orqali
atrofga   tarqaladi.   Yastiqchalarning   shakli   xo‘jayin   o‘simlikning xususiyatiga   bog‘liqdir.   Yastiqchalar   bilan   tanishish   uchun   g‘alla
ekinlarining zang kasalliklari namunalarini kuzatish kerak.
O‘simlik   a’zolarining   o‘zgarishi   (deformatsiya).Xaltali   zamburug‘lar,
viruslar   va   boshqa   sabablar   tufayli   yuzaga   keladigan   o‘simlik
a’zolaridagi   (barg,   poya,   mevada)   o‘zgarishlarni   olish   mumkin.   Uning
quyidagi turlari mavjud:
Bujmayish   (tirishish,   burishish,   buralish)   barglarning   parenxima
hujayralarining   barg   tomirlariga   nisbatan   tez   rivojlanishi   tufayli
bularning   oraliq   qismi   bo‘rtib   chiqadi,   masalan,   shaftoli   bargining
bujmayish kasalligi.
Danaksizlanishdanakli   meva   daraxtlarining   gul   tugunchasining
zararlanishi   natijasida   noto‘g‘ri   rivojlanishi   tufayli   danaksiz   meva
qopchasi yuzaga keladi (olxo‘ri mevasining danaksizlanishi).
Supurgining   hosil   bo‘lishi   o‘simlik   poyalarining   noto‘g‘ri   rivojlanishi
oqibatida yuzaga keladi. Buni zamburug‘ning ayrim avlodlari (olchada-
Tarhrinaavlodiga   mansub   zamburug‘lar)   yoki   mikoplazmalar   (tolda)
yuzaga   keltiradi.   Kasallik   tufayli   poyalar   mayda   va   to‘planib   o‘sib,
ko‘rinishi   supurgini   eslatadi.Barg   va   mevalarningshaklini   o‘zgarishi
viruslar   keltirib   chiqaradigan   kasalliklar   tufayli   hosil   bo‘ladi   (g‘o‘za
bargaining   bujmayishi,   kartoshka   va   pamidorning   stolbur,   barglarning
paportniksimon shaklda bo‘lishi).
Yelimlarning   hosil   bo‘lishidaraxt   va   butalarning   poya,   navda   va
mevalarida   tashqi   muhitning   noqulay   sharoiti   yoki   mikroorganizmlar
ta’sirida   yuzaga   keladi.   Zararlangan   o‘simlikn   a’zosining   hujayrasi   va
hujayra   devorlarining   gidrolizlanishi   tufayli   sarg‘ish   yoki   qo‘ng‘ir
rangli,   ayrim   holda   qotib   qoladigan   yelimsimon   modda   ajralib   chiqadi. Ekinlar   kasalliklari   tufayli   ayrim   davlatlarning   qishloq   xo‘jaliklari
yo‘nalishlari o‘zgargan. Kofe daraxtining zang kasalligi tufayli Osiyoda
kofe   yetishtirish   tugatilgan.   G‘arbiy   yarim   sharda   yetishtirilayotgan
shakarqamishning   virusli   mozaika   kasalligi   tufayli   nobud   bo‘lishi
kasallikka chidamli navlarni yaratgungacha saqlanib qolgan. Ekinlarning
bunday   kasalliklari   keng   tarqalishi   turli   sharoitlarda   takrorlanib   turadi.
Avstraliyada   1890-yil   tamakida   keng   tarqalgan   soxta   un   shudring
kasalligi,   1958-yilda   dastlab   G‘arbiy,   keyin   Sharqiy   Yevropada,   1960-
yilda   Rossiyada   va   Kavkazortida   kuzatilgan.   Kasallik   tufayli   tamaki
ko‘chatlari   to‘liq   qurib   qoladi.   1953—1954-yillarda   bug‘doy   hosilining
70—80%   ni   nobud   qilgan   bug‘doyning   qattiq   qora   kuya   va   zang
kasalligi   AQSH,   Kanadada   keng   tarqalgan.   Kasallikka   qarshi
kurashishning   asosiy   yo‘li   chidamli   navlarni   yaratishdir.   Qishloq
xo‘jalik   ekinlarining   kasalliklardan   kelib   chiqadigan   zararlari   bevosita
va   bilvosita   turlarga   bo‘linadi.   Kasalliklar   tufayli   ekinlar   hosilining
nobud bo‘lishi sog‘lom o‘simlik hosilidan kasallangan o‘simlik hosilini
ayirish   asosida   hisoblanadi.   Masalan,   chang   qorakuya   kasalligi   tufayli
bug‘doy   boshog‘ining   to‘liq   nobud   bo‘lishi   kasallangan   o‘simliklar
hosilining 1 ga yerdagi kamayishining foizdagi miqdoriga teng bo‘ladi.
Ba’zan   kasallik   tufayli   hosil   miqdori   kamaymasdan,   uning   sifati
yomonlashadi.   Kartoshka   va   olmaning   kalmaraz,   o‘rikning   teshikli
dog‘lanish   kasalliklari   hosilning   tashqi   ko‘rinishini   va   mazasini
yomonlashtiradi.   Demak,   ekinlar   hosili   narxining   pasayishi   hisobiga
ko‘rilgan bunday zarar bevosita zarar deyiladi.
Bilvosita   zarar   miqdori   kartoshkaning   fitoftoroz   kasalligidan   uning
poyasi   yoki   tuganagining   miqdori   kamayishida   ifodalanmasdan, keyinchalik   tuganaklarini   saqlash   jarayonida   boshqa   tuganaklarning
chirishiga olib kelishida namoyon bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining
kasalliklarga   chidamli   navlarni   yaratish,   kasalliklarga   qarshi   kurash
bo‘yicha   sarf   qilingan   xarajatlar,ilmiy-tadqiqot   institutlari,   firmalar   va
xo‘jaliklarning xarajatlari  birgalikda juda katta iqtisodiy zararni keltirib
chiqaradi.   Masalan,   AQSHda   qishloq   xo‘jaligi   ekinlarining
kasalliklaridan ko‘radigan zarari yiliga 3 mlrd dollarni tashkil qiladi yoki
yillik mahsulotlarning 10%i nobud bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik ekinlarining
kasalliklari   xo‘jaliklarga   nafaqat   iqtisodiy   zarar   yetkazadi,   ularning
ta’sirida   ko‘pgina   qishloq   xo‘jalik   mahsulotlari   insonlar   va   hayvonlar
uchun zaharlilik xususiyatlarini namoyon qiladi. Bunday mahsulotlardan
tayyorlangan   oziq-ovqatlar   insonlarning   zaharlanishini   keltirib
chiqaradi.   Ko‘pgina   g‘alla   ekinlarini   kasallantiruvchi   Fusarium,
Stachyobotrys,   Aspergilluszamburug‘larining   toksinlari   inson   va
hayvonlar uchun katta xavf tug‘dirib, ko‘pincha o‘limga olib keladi.
O‘simliklar kasalliklarini klassifikatsiya qilish
O‘simliklarning   kasalliklarini   klassifikatsiyaga   solish   ularning   tabiatini
to‘g‘ri   tushunish   va   uni   o‘rganishni   osonlashtiradi.   Tabiatda
kasalliklarning   ko‘rinishi   va   kelib   chiqishi   har   xil   bo‘lganidan   ularni
sistemaga   solish   talab   etiladi.   O‘simliklar   kasalliklarini   dastlab
klassifikatsiyaga   solish   borasidagi   ishlar   Kulter   (1914)   ijodiga   oid
bo‘lib,   u   patogenlarning   hujayrani   nobud   qiluvchi   va   uning   hisobiga
yashovchi,   pathogen   hujayrani   nobud   qilmasdan   uning   hisobiga
yashovchi   va   tabiiy   nobud   bo‘lgan   o‘simlik   qismlarida,   qoldiqlarida
hayot   kechiruvchi   turlarga   ajratgan.   O‘simlik   kasalliklarini   mukammal
o‘rganish,   uning   kelib   chiqishi   va   xususiyatlarini   to‘g‘ri umumlashtirishda   quyidagi   prinsiplarga   amal     qiladigan
klassifikatsiyalar   yaratilgan.   Tashqi   ko‘rinishiga   ko‘ra   klassifikatsiya
qilish.   Kasalliklar   o‘simliklarning   kasallangan   a’zolarida   hosil   qilgan
tashqi   belgilariga   qarab   umumiy   prinsip   asosida   bir   guruhga
birlashtirilgan.   Kasallikning   hosil   bo‘lish   o‘rniga   qarab   klassifikatsiya
qilish.   O‘simlikning   ayrim   a’zolarini   kasallantiruvchi   va   o‘simlikning
butun   faoliyatini   o‘zgartiradigan   kasalliklarga   bo‘linadi.   Birinchi
guruhga olxo‘rining danaksizlanish, makkajo‘xorining pufakli qorakuya,
dog‘lanish   kasalliklari,   ikkinchi   guruhga   tuproqda   hayot   kechiruvchi
zamburug‘lar   yoki   ob-havo   sharoitining   o‘zgarishidan   vujudga
keladigan xloroz, sovuq urish, so‘lish, ildiz chirish kasalliklari kiradi.
Kasallikning   davom   etish   muddatlariga   qarab   klassifikatsiya   qilish.
Kasalliklar   qisqa   muddatli   va   surunkali   o‘tishi   bilan   bir-biridan   farq
qiladi. Qisqa muddatli kasalliklar tez o‘tib bir vegetatsiya davrida davom
etsa,   surunkali   kasalliklar   yildan   yilga   o‘tib   boradi.   Masalan,
kartoshkaning fitoftoroz, donli ekinlarning zang kasalliklari keltiradigan
zarari   ko‘pligi   tufayli   milliy   zarar   doirasidan   chiqib,   dunyo   miqyosida
zarar keltiruvchi kasallikka aylangan.
Surunkali   kasalliklarni   keltirib   chiqaruvchi   zamburug‘lar   sporalari,
mitseliysi tuproqda, o‘simlik qoldiqlarida uzoq yillar davomida saqlanib
qoladi. Masalan, ko‘k no‘xatning zang, g‘o‘zaning gommoz, vilt, tutning
fuzarioz   vilti   va   yuqumsiz   kasalliklardan   xloroz   uzoq   yillardan   buyon
davom etib kelmoqda. O‘simlik yoshiga qarab kalassifikatsiya qilish.Har
qanday   kasallik   o‘simlikning   ma’lum   yoshida   unga   kuchli   xavf
tug‘diradi.   Masalan,   ayrim   kasalliklar   ekinlar   urug‘dan   ungan
ko‘chatlarini   zararlasa,   ayrimlari   pitomniklarni,   ayrimlari   mevali bog‘larni zararlaydi.
O‘simlik   a’zolariga   qarab   klassifikatsiya   qilish .   Ko‘pgina   kasalliklar
o‘simliklarning urug‘iga, tuganagiga, ildiziga, poyasiga, bargiga, guliga,
mevasiga, boshpiyoziga moslashgan bo‘ladi.
Etologik klassifikatsiya .Bu klassifikatsiyaga asosan o‘simlik
kasalliklari   ikkita   guruhga   bo‘linadi.   1.   Yuqumsiz   kasalliklar.   2.
Yuqumli
kasalliklar.
Yuqumsiz   kasalliklar   o‘simliklarda   ekologik   muhitning   abiotik
omillari,   harorat,   namlik,   zaharli   moddalar   natijasida   vujudga   keladi.
Yuqumsiz   kasalliklar   o‘simliklarga   abiotik   omillarning   ta’siriga   qarab
quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. O‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan sharoit yoki
tuproqdagi   oziq   moddalar   yetishmasligi   yoki   ko‘pligidan   kelib
chiqadigan kasalliklar.
2. Metereologik omillarning ta’siridan vujudga keladigan kasalliklar.
3. Mexanik ta’sirdan vujudga keladigan kasalliklar.
4.   Havoning   tarkibidagi   zararli   moddalar   ta’sirida   vujudga   keladigan
kasalliklar.
5. Ion nurlari ta’sirida vujudga keladigan kasalliklar.
Yuqumli   kasalliklar   o‘simliklarga   patogen   mikroorganizmlar   ta’siri
natijasida   vujudga   keladi.   Yuqumli   kasalliklar   biotik   omillar   ta’siri
natijasida vujudga kelib, quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
1. Zamburug‘ kasalliklari.
2. Bakterial kasalliklar.
3. Aktinomitsitlar keltirib chiqaradigan kasalliklar. 4. Virus kasalliklari.
5.Mikoplazma kasalliklari.
6. Nemetodalar keltirib chiqaradigan kasalliklar.
7. Gulli parazitlar keltirib chiqaradigan kasalliklar.
O‘simliklarning yuqumsiz kasalliklari
Yuqumsiz kasalliklarni keltirib chiqaruvchi abiotik omillarga
noqulay sharoit (oziqlanish, suv balansi) va metrologik faktorlar
(harorat, yorug‘lik) kiradi.
O‘simliklarning tuproqda oziq moddalar yetishmasligidan
kelib chiqadigan kasalliklari
Me’yorida oziqlanish barcha tirik organizmlarning o‘sish va rivojlanishi
uchun   zarur.   Tuproqda   oziq   moddalarning   yetishmasligi   o‘simlikdagi
muhim   jarayonlarning   buzulishiga   olib   kelib,   turli   patalogik   holatlarni
keltirib chiqaradi.
O‘simliklarning normal rivojlanishi uchun asosiy elementlar (azot, kaliy,
fosfor, kalsiy, temir va h.k.) va mikroelementlar — marganes, bor, mis,
rux   kabilar   asosiy   rol   o‘ynaydi.   Tuproqdagi   oziq   moddalar,   hatto
ularning bir turi yetishmasa, uning o‘rnini boshqalari bosa olmaganidan
ular   tabiatda   zarur   miqdorda   boshqa   moddalar   bilan   muvozanatda
bo‘lishi   kerak.   Tuproq   tarkibida   uchraydigan   azot   aminokislotalar
tarkibiga   kirib,   ulardan   oqsil   hosil   bo‘ladi.O‘simlikka   tuproqdan   azot
yetishmasa,   u   o‘sishdan   orqada   qoladi.   Natijada   uning   poyasi,   navdasi
yaxshi   rivojlanmay   qisqa,   nimjon   bo‘lib   qoladi.   Mevali   daraxtlar
hujayrasida   uglevod   va   antotsion   moddalarining   ko‘p   to‘planishi
navdalarning   egiluvchanlik   xususiyatining   yo‘qolishi,   qizg‘ish-qo‘ng‘ir
rangga   kirishiga   sabab   bo‘ladi.   Danak   mevali   daraxtlarda   esa   navdalar buralib o‘sib, qisqa, qattiq  bo‘lib qoladi. G‘alla ekinlarida  boshoq hosil
qilish   sustlashadi.   Barcha   ekinlarda   gullash   jarayoni   kamayib,   ildizlari
yaxshi   rivojlanmaydi.   O‘simlik   barglari   och   yashil,   sarg‘ish   rangga
kiradi.   Qulupnayda   tanoblar   hosil   bo‘lishi   sekinlashadi,   meva  tugunlari
sekin-asta tushib ketib, qolganlari mayda bo‘lib qoladi. O‘simlik barglari
erta   to‘kilib,yon   novdalar   vertikal   holda   joylashadi.   Ekinlarda   azot
yetishmasligidan   yuzaga   keladigan   kasalliklar   tinimsiz
yog‘ingarchilikdan   keyin   tuproq   qatlamida   azotning   pastki   qatlamlarga
yuvilib ketishi yoki sovuq, quruq iqlim sharoitida
tuproqda nitrifikatsiya jarayoni ro‘y berganda kuzatiladi. Ekinlarga azot
yetishmasa   bargninig   quyosh   energiyasidan   foydalanish     koeffitsiyenti
va   fotosintez   intensivligi   pasayishiga,   hosildorlik   kamayishiga   olib
keladi.
Tuproq   tarkibidagi   kaliyni   o‘simlik   o‘zlashtirishi   silikat   bakteriyalari
parchalanishi oqibatida kelib chiqadi. Kaliy o‘simliklarning kasalliklarga
chidamliligini orttiradi.
Kaliy   yetishmasa,   o‘simlik   o‘sishdan   orqada   qoladi,   navdalari   sust
rivojlanib,   buralib   ketadi,   ichki   qismi   quriydi,   bo‘g‘in   oraliqlari
qisqaradi.   G‘alla   ekinlari   ko‘p   to‘plansa-da,   boshoq   kam   hosil   qiladi.
Meva tugunchalari tushib ketib, urug‘lar mayda bo‘lib qoladi. O‘simlik
barglari   to‘q   yashil,   ko‘kish,   bronzasimon   rangga   kiradi.   Barg
plastinkasida   turgor   holati   yo‘qolib,   o‘simlik   so‘liydi.   Bunday
o‘simliklarning   yer   osti   a’zolari   (ildiz   tuganak   va   ildiz   meva)   yaxshi
rivojlanmay,   yer   usti   a’zolari   taraqqiy   etib   ketadi.   Olma,   pomidor,
smorodina   mevalari   bir   vaqtda   yetilmaydi.   Fosfor   yetishmasa,   o‘simlik
o‘sishdan orqada qoladi. Navda, poya   va   ildiz   sust   rivojlanib,   barg   to‘q   yashil-ko‘kish,   binafsha
(makkajo‘xori,   jo‘xori,   pomidor)   rangda   bo‘ladi.   Poyaning   pastki
yarusida   joylashgan   barglarda   nobud   bo‘lgan   hujayralar   hisobiga
qo‘ng‘ir   qora   rangdagi   dog‘lar   paydo   bo‘ladi.   Yosh   barglar   va   mevasi
mayda, tezda tushib ketadi. O‘simlikda fosfor yetishmasa,
unda   qand   moddasining   to‘planishi   va   nafas   olish   metabolizmi
o‘zgaradi.   O‘simlik   hujayra   po‘sti   tarkibiga   kiradigan   moddalardan
kalsiy yetishmas, o‘simlik ildiz tizimi tez rivojlanib, uchki kurtakchalari
nobud   bo‘ladi,   barglari   maydalashadi.   Barglar   qirralarida   oq   chiziqli
dog‘lar (sholg‘om, turp, karamda) paydo bo‘lib,
yuqoriga qarab buralib ketadi (lavlagi, kartoshkada), barglari so‘liydi.
Temir o‘simlikning normal rivojlanishi uchun zarur elementlar qatoriga
kiradi.   U   barg   tarkibida   ko‘p   uchrab,   xlorofillning   hosil   bo‘lishida   va
nafas   olish   fermentlari   tarkibida   asosiy   rol   o‘ynaydi.   O‘simlikda   temir
yetishmasa — xloroz kasalligi vujudga keladi. Natijada o‘simlik barglari
muntazam sarg‘ayib (olma, malina)
xlorofill hosil bo‘lmay qoladi. Muntazam sarg‘ayib boradigan barglarda
azot,   kaliy,   fosfor   va   boshqa   qoldiq   elementlar   to‘planib   qoladi.
O‘simlikda   temir   yosh   a’zolarga   harakatdagi   element   sifatida   kelib
turishi   lozim.   Xlorozli   barglarda   fotosintez   intensivligi   pasayib,
hujayraning osmotik bosim kuchi ortib suv bug‘latish kamayadi. Xloroz
Qrim,   Ukraina,   Volga   bo‘yi,   Moldaviyada   keng   tarqalgan   bo‘lib,   u
yerlarda hosildorlik keskin kamayib, ekinlar qurib qoladi.
Marganes   tuproq   tarkibida   ko‘p   uchraydigan   mikroelementdir.   U
o‘simlik   uchun   xlorofillni   sintez   qilish   uchun   zarur.   Marganes
yetishmaganda   o‘simlik   barg   tomiri   orasida   xloroz   kelib   chiqadi. Tarkibida   marganes   yetishmagan   suli   barglari   qo‘ng‘ir-yashil   va   jigar,
kartoshkada jigar, lavlagida och qizg‘ish rangda ko‘rinadi.
Bunday barglar qirrasidagi hujayralar nobud bo‘lib, barg yuzasiga qarab
buralib   ketadi.   Marganes   yetishmasligidan   o‘simlikdagi   nafas   olish   va
fotosintez   jarayoni   2   marta   sustlashadi.   Natijada   hujayra   xlorofillidagi
foto fosfor reaksiyasi buziladi.
Tuproq   tarkibidagi   bor   va   kalsiy   miqdorining   o‘zgarishi   o‘simlikning
normal   o‘sishiga   ta’sir   qiladi.   Natijada,   o‘simlik   novdasining   uchki
kurtaklari   nobud   bo‘lib,   yon   novdalar   tez   rivojlanadi,   barg   plastinkasi
buralib,   gullash   kamayadi,   meva   hosil   qilmaydi.   O‘simliklarga   bor
yetishmasa, ildiz quruq chiryidi, yon ildiz
po‘stloq   parenximalari   yorilib,   kalsiy   to‘qimalari   nobud   bo‘ladi.   Eng
muhimi,   bunday   o‘simliklar   o‘sish   konusidagi   meristema   hujayralari
bo‘linish   xususiyatini   yo‘qotganligidan,   floema   va   ksilema
to‘qimalarining hosil bo‘lishi o‘zgarib ketadi. 
Bor   yetishmagan   o‘simlik   hujayralarida   tirozi   nozaga   o‘xshash
oksidazalar   va   ATF   sintezi   miqdorining   keskin   kamayib   ketishi
kuzatiladi.   O‘simliklarga   mis   yetishmasligi   natijasida   o‘sish   sustlashib,
yosh barglarda xloroz tufayli turgor holati yo‘qoladi va urug‘ hosil qilish
kamayadi.   O‘simliklarning   suv   rejimi   buziladi,   turgor   holati
tiklanmaydi,   hujayraning   shimish   kuchi   ko‘payib,   tranperatsiya
intensivligi   ortadi.   O‘simlik   sitoplazmasi   tarkibida   azot,   organik   fosfor
miqdori   keskin   kamayib   ketadi,   hujayraning   nafas   olish   intensivligi
ortib,   uning   issiq   va   sovuq   havoga   chidamliligi   kamayib   ketadi.
O‘simliklar   uchun   rux   elementi   hujayrada   ferment   faoliyatini
tezlashtirish   uchun   va   geteroauksinni   hosil   qilish   uchun   zarur.   Rux yetishmagan o‘simlikning bo‘g‘in oralig‘i qisqarib ketadi, burglar shakli
o‘zgarib,   sarg‘ayib,   mevasi   maydalashadi.   Tuproq   tarkibida   rux
yetishmasligi   mikologik   usul   yordamida   —   Aspergillus   niger   Link
zamburug‘ini miqdoriga qarab aniqlanadi. O‘simlik hujayrasi tarkibidagi
rux miqdori 1 kg quruq moddaga 25—100 mg/kg ni tashkil qilishi zarur.

O`simliklarning yuqumli va yuqumsiz kasalliklari. R е j а : 1. Yuqumli k а s а llikl а r kuzg а tuvchil а rni bi о l о gik х ususiyatl а ri. 2. Pаtоgеnlik jаrаyonning kеlib chikishi. 3. Yuqumli kаsаlliklаr ekоlоgiyasi vа diаgnоstikаsi. 4. Y u kumsiz kаsаlliklаr vа ulаrning kеlib chikish sаbаblаri.

O ‘ simliklarning kasalliklari to ‘ g ‘ risida tushuncha O ‘ simliklarning kasalligi tushunchasi Dekandol (1832) tomonidan aytilgan bo ‘ lib , uning fikricha , o ‘ simlikdagi normal fiziologik jarayonlarning buzilishiga kasallik deyiladi . O‘simlik kasalliklari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish uchun quyidagi tushunchalarga ega bo‘lishimiz kerak. Birinchidan, kasallik — bu patologik jarayon hisoblanib, uni kasallikni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar va noqulay sharoit vujudga keltiradi. Ikkinchidan, kasallik tufayli o‘simlikdagi fiziologik va biokimyoviy, anotomo-morfologik xususiyatlar o‘zgarib, hosildorlik sifati va miqdori keskin kamayib ketadi. O‘simliklar kasalliklari tushunchasiga olimlar tomonidan turlicha ta’rif berilgan. N.A. Naumov (1952) fikricha, — “o‘simlik kasalligi uning filogenez jarayonida tashqi muhit bilan bo‘lgan munosabatida yuzaga keladigan a’zolar funksiyasi va tuzilishining o‘zgarishidir”. T.D. Straxov (1962) o‘simlik kasalligi uchta omil: o‘simlik — patogen — tashqi muhit orasidagi muntazam tizimning o‘zaro munosabatidir. Ya’ni, o‘simlik salbiy ta’sir etuvchi pathogen mikroorganizm va tashqi muhitning ta’sirida fiziologik jarayonlar buzilib, uning morfologik tuzilishi va hosildorligi keskin kamayib ketadi. T.D. Straxov o‘simlikdagi patologik jarayon o‘simlikning, patogenning xususiyati va tashqi muhit munosabatlarining namoyon bo‘lishidir deydi. Shuning uchun kasallik qo‘zg‘atuvchisini, kasallikning kelib chiqishini, kasallangan o‘simlik holatini kompleks o‘rganishni tavsiya qiladi.N.A. Cheremisinov fikricha, “Yuqoridagi holatlar o‘simlikninig xususiyati, kasallik qo‘zg‘atuvchilarning agressivligi va tashqi muhitning qulay yoki noqulay bo‘lishiga bog‘liq” ekan.

Shunday qilib, o‘simlik kasalligi undagi patologik jarayonning boshlanishidir. Patologik jarayon o‘zgaruvchan bo‘lsa-da, uni nazorat qilish mumkin. Ya’ni, xo‘jayin o‘simliklarning biologik xususiyatlarini, patogenning irsiy belgilarini tashqi muhit sharoitini muntazam o‘zgartirish qonuniyatlarini bilish asosida o‘simlikning chidamliligini oshirish, hosil sifatini yaxshilash mumkin. E. Goyman fikricha, har qanday infeksion kasallikda patogen va o‘simlik orasida mukammal munosabatlar yuzaga kelib, ular o‘simlikning morfologik, anatomik, biokimyoviy jarayonlari o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Tashqi muhit sharoiti esa kasallik qo‘zg‘atuvchisining hayotchanligiga, xo‘jayin o‘simlikning kasallikka chidamlilik darajasiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Patogen kasallangan o‘simlikning oziq moddalarini o‘zlashtiradi, uning hujayrasiga zaharli moddalar ajratib chiqarib hujayralarini nobud qiladi, o‘tkazuvchi to‘qimalarini mitseliy va sporalar yordamida to‘sib qo‘yadi, epidermik to‘qimalarini parchalab, suv bug‘latishini kuchaytiradi va nihoyat, o‘simlik bargining so‘lishiga yoki chirib qolishiga sabab bo‘ladi. Kasallik tufayli o‘simlikdagi patomorfologik o‘zgarishlar uning o‘sish tezligi va shaklini, to‘qima va hujayralarining o‘zgarishiga olib keladi. Patofiziologik — biokimyoviy o‘zgarishlar suv rejimining buzilishida, sitoplazmaning o‘tkazuvchanlik xususiyatini, osmotik bosim kuchini, fotosintez aktivligini, nafas olish va oqsil sintezini, fermentlar faoliyati, nukelein kislotalari miqdori va tarkibining keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Inson qishloq xo‘jaligidagi faoliyatida kasallik qo‘zg‘atuvchilarining ekinlarga ta’sirini ular keltiradigan zarar bilan

belgilaydi. Bu ko‘rsatkich kasallik tufayli nobud bo‘lgan hosil miqdorida namoyon bo‘ladi. Zarar qishloq xo‘jaligiga keltirilgan moddiy manfaatdorlik miqdorining kamayishidir yoki xo‘jalikning iqtisodiy ko‘rsatkichidir. O‘simlik kasalliklari, deganda undagi patologik jarayon tushunilib, uning kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar va noqulay sharoit ta’sirida vujudga keladigan anatomo-morfologik, fiziologik, biokimyoviy o‘zgarishlarga javob reaksiyasi tushiniladi. Natijada o‘simlik o‘sish va rivojlanishdan orqada qolib, hosildorligi kamayadi, mahsulot sifati keskin yomonlashadi. Kasallik deb patogen mikroorganizmlar va noqulay ekologik sharoit tufayli o‘simlikdagi normal fiziologik jarayonlarning buzilishi tushuniladi.Fiziologik jarayonlarning buzilishi fotosintez, ferment xususiyati, hujayraning o‘tkazuvchanligi, osmatik bosimi, nafas olishi, uglerod yoki oqsil sintezi, suv balansi, o‘stiruvchi moddalari sintezining buzulishida namoyon bo‘ladi. Bu o‘z navbatida o‘simlikning anatomo-morfologik xususiyatlarining o‘zgarishiga, o‘sish va rivojlanishiga ta’sir qiladi. Patogen mikroorganizmlar ta’siri tufayli o‘simlik hujayralari shakli kattalashishi yoki kichiklashishi, soni ortishi, halok bo‘lishi (nekroz) va ularning chirishiga olib keladi. Anatomo-morfologik o‘zgarishlar o‘simlik a’zolarida dog‘lar paydo bo‘lishiga, buralishiga, o‘smalar hosil qilishiga sabab bo‘ladi. O‘simliklar yuqumli kasalliklarining belgilari O‘simlikdagi kasallik belgilari biologik ma’noda o‘simlik hujayrasida himoya reaksiyasining boshlanishi hisoblanadi. Klinik nuqtai nazardan esa, kasallik tashqi belgilari namoyon bo‘lgan davrdir. O‘simlikdagi patologik jarayonning namoyon bo‘lishiga kasallik belgilari deyiladi.

Agar kasallangan o‘simlikda kasallikning tashqi belgilari namoyon bo‘lmasa, bunday kasalliklar belgisiz kasalliklar deyiladi. Kasallik belgisining namoyon bo‘lmasligiga patologik jarayonlarning bilinmasligi, kasallik qo‘zg‘atuvchisi inkubatsion davrni boshidan kechirayotgan bo‘lishi, fiziologik va biokimyoviy jarayonlar o‘zgarishi sezilmasligi yoki patogenning agressivlik xususiyati to‘liq namoyon bo‘lmaganligi, o‘simlikning tabiiy chidamliligi sabab bo‘ladi. Kasalliklarning tashqi belgilarining namoyon bo‘lishi uning qo‘zg‘atuvchisining turiga va o‘simliklarning kasallikka chidamlilik darajasiga bog‘liqdir. O‘simliklarning o‘tkazuvchi to‘qimalarini zamburug‘ mitseliysining to‘sib qo‘yishi natijasida, ular hosil qilgan metobolitlar ta’sirida o‘tkazuvchi naylar to‘qimalari nobud bo‘lib nekroz hosil qiladi. Nekrozning intensivlik darajasiga qarab o‘simlikda so‘lish belgilari turlicha namoyon bo‘ladi. Kasallikning tashqi belgilari barg, meva yuzasida har xil shakldagi dog‘lar tarzida namoyon bo‘lib, o‘simliklarning ayrim a’zolarida yoki butun tanasini qoplab oladi. Nekrozli dog‘larga bodring bargida burchakli, olma bargida qo‘ng‘ir dog‘lar, nok bargida oq dog‘lanish, qulupnayning qo‘ng‘ir, oq qo‘ng‘ir dog‘lanishi misol bo‘la oladi. Nekrozli dog‘lar bargda, mevada, poyada hosil bo‘ladi. O‘simlik kasalliklari belgilarning hosil bo‘lish darajasiga qarab tiplarga ajratiladi. O‘simliklarda uchraydigan asosiy kasalliklarni quyidagi tiplarga bo‘lish mumkin. Chirish. Bu tipdagi kasalliklar suv vazapas oziq moddalarga boy (meva, ildizmeva, boshpiyoz) a’zolarda va poyada kuzatiladi. Chirish bilan kasallangan a’zolar to‘qima va hujayralarni birlashtirib turgan hujayralararo moddalar patogenning fermentlari ta’sirida parchalanib,