PARRANDALAR GIGIYENASI
PARRANDALAR GIGIYENASI Reja: 1. Parrandalarni saqlash usullari va parrandaxonalar qurish gigiyenasi. 2. Tovuqlarni oziqlantirish, boqish, go‘sht va tuxum etkazishda gigiyena talablari. 3. Inkubatsiya va jo‘jalarni o‘stirish gigiyenasi 4. Kurka, o‘rdak va g‘ozlarni saqlashda gigiyena talablari.
XX asr oxirlarida O‘zbekistonda 29 mln bosh parranda bo‘lib, 770 mln dona tuxum etkazilgan. Vazirlar mahkamasining yig‘ilishlarida parrandachilikni rivojlantirish, bosh sonini ko‘paytirish, xalqimizni parhez go‘sht va tuxumga bo‘lgan talabini qondirish borasida qator qarorlar qabul qilindi. Bir yilda jon boshiga Amerikada - 247, Fransiyada - 262, Vengriyada - 315 va Rossiyada - 240 dona tuxum ishlab chiqariladi. Bizda esa bu ko‘rsatkich 112 donani tashkil etadi. SHundan ko‘rinib turibdiki, parrandachilikni rivojlantirish va mahsuldorligini ko‘paytirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Parrandalar uchun quriladigan parrandaxonalar saqlash usuliga qarab moslashtiriladi. Parrandalar asosan polda va katakli batareyalarda saqlanadi. Erkin holda almashtiriladigan yoki almashtirilmaydigan qalin to‘shamalarda saqlansa ichiga qo‘noqlar qilinadi yoki qo‘noqsiz bo‘ladi. Alohida yoki guruh holida kataklarda saqlansa boshqa parrandaxona, lager sharoitida saqlansa boshqa binolar quriladi. Parrandalardan asosan tuxum, go‘sht va qo‘shimcha ravishda pat olinadi. SHuning uchun veterinariya-sanitariya va gigiyena talablarini hammasini inkubatsiyaga, jo‘jalarni o‘stirish, katta yoshdagi parrandalarni parvarish qilish, broyler jo‘ja go‘shtini etishtirishga qaratish lozim. Parrandalarni erkin holda va kataklarda saqlashni o‘ziga xos afzalliklari hamda kamchiliklari bor. Erkin holda saqlanganda bemalol harakat qiladi, toza havo va quyosh nuridan foydalanadi, modda almashish yaxshilanib, kasalliklarga chidamliligi ortadi, ammo hamma qilinadigan ishlar qo‘l kuchi bilan bajariladi. Kataklarda saqlansa hamma texnologik jarayonlar mexanizatsiyalashtirilib mehnat engillashadi, mahsulot tannarxi arzonlashadi. Lekin bir bosh parranda uchun ajratilgan joy maydoni kengayadi, ya’ni 1 m 2 joyga erkin holida boqilsa 5 - 6 bosh joylashtiriladi.
Hozirgi vaqtda parrandaxonalar kurishda TLM 4 - 83 talabiga javob beradigan yangi loyihalardan foydalanilmokda. Parranda fermalari va fabrikalari qurishda joyni to‘g‘ri tanlash, binolarni joylashtirish, bosh sonini ko‘paytirish, mahsuldorligini oshirish, sog‘lom parranda etkazish asosiy vazifadir. Parrandaxonalar o‘rtasida yo‘lak qo‘yilib ikkiga bo‘linadi. Har tomoni ham yana bir nechta seksiyalarga bo‘linib, alohida eshiklar qo‘yiladi. Ferma atrofi 2 metr balandlikda devor o‘ralib, yagona kirish chiqish yo‘li qilinadi. Tovuqxonaning janubiy tomonidan yayratish maydoni qilinib, qo‘noqlar o‘rnatiladi. Qo‘noqlar har 250-500 bosh tovuq, 100 o‘rdak, 60 g‘oz va 150 ko‘rkaga bitta o‘rnatiladi. Parrandaxonalarning poli er, sement, asfaltdan bo‘lishi mumkin. Tovuqxona ichida kataklar, oxur, sug‘orish idishi (avtosug‘orgich), kul solingan yashikchalar o‘rnatiladi, Kul solingan yashikchalar o‘lchami 1,2 x 1,2 m va balandligi 18 - 20 sm bo‘ladi. Parrandaxonalarda 1 m 2 joyga 1 kunlik jo‘jalardan 25 bosh, 2 oyligida 16 bosh, 2-3 oyligida 12 bosh, 5 - 6 oyligida 9 bosh, katta tovuqlardan 4 - 5 bosh joylashtiriladi. Parranda fabrikalarini qurishda ayniqsa o‘sayotgan jo‘jalar uchun ajratilgan binolar shamol esish tomoniga qaratib quriladi. Veterinariya jihozlari, sanitariya so‘yish va o‘til qilish sexlari shamol yo‘nalishiga qarab quriladi. Parrandachilik fermalari har xil yuqumli kasalliklar tarqalmasligi uchun alohida sektorlarga bo‘linadi: Bunda tuxum tug‘adigan tovuqlar, inkubatsiya, so‘yish, patlash, xo‘jalik – boshqaruv bo‘limlariga bo‘linadi. Bu binolar bir biridan alohida ajratilib, maxsus eshiklar orqali kiriladi. Har bir bo‘limga kirish joyida sanitariya ijozat xonasi, dezobarer, dezomat va boshqalar qurilishi kerak. Tovuqlarni oziqlantirish, boqish, go‘sht va tuxum etkazishda gigiyena talablari - Parrandalarni oziqlantirishda ozuqa ratsionining tuyimliligi talab darajasida bo‘lishi va ratsiondagi hazmlanuvchi protein, aminakislotalar,
mineral moddalar va vitaminlar organizmning talabini qondirishi kerak. Ozuqa ratsionining tuyimlilie darajasi, mikroiqlim ko‘rsatgichlarini me’yor darajasida bo‘lishi turli yuqumsiz, yuqumli va parazitar kasaalliklarni oldini olish hamda organizm chidamliligini oshirishning asosiy omillaridan hisoblanadi. Jo‘jalarni 60 kunligigacha kuniga 4 - 5 marta oziqlantirilib, oziqa doimo oxurdan uzilmasligi kerak. Parrandachilik xo‘jaliklari uchun maxsus omuxta em tayyorlanib, uning tarkibida kalsiy, fosfor, natriy, aminokislotalar, vitaminlar va makro - mikroelementlar bo‘ladi. Parrandalarga beriladigan ozuqalarni sifati past, sanitariya- gigiyena talablariga javob bermasa parrandalarning mahsuldorligi pasayadi va turli yuqumli kasalliklarga chalinadi. Jumladan aspergillyoz, kandidomikoz; avitaminoz, mineral va oqsil almashinishini buzilishi kasalliklarini keltirib chikaradi. Parrandalarda vitamin etishish - etishmasligini aniqlash uchun ulardan namuna suyilib, jigarida vitamin A ni bor yo‘qligini qaraladi. Masalan, bir kunlik jo‘ja jigarida 15 - 20 mkg, 10 kunligida 25 - 30, 1 oyligida - 40; 2 - 4 oyligida 80 - 100 va kattalarida 300-350 mkg karotin bo‘ladi. Yirik xo‘jaliklarda broyler jo‘jalarining bosh soni 3 mln. gacha etadi. Bunday xo‘jaliklarda yil davomida jo‘jalar 56 - 63 kun boqilib tirik vazni 1,5 kg ga etkazib suyiladi. Bunda jo‘jalarni bosh sonini saqlab qolish - 97% bo‘lib, 1 kg tirik vaznga 2,5 - 3 kg omuxta em sarf bo‘ladi. «Broyler-20» parrandaxonalarida asosiy ish mexanizatsiyalashgan. Bunda jo‘jalar to‘rt xaftalik yoshigacha +18 - 20 0 S da saqlanib, nisbiy namlik 60-70%, havo harakati 0,5 - 1m/sek, SO 2 gazi 0,15 – 0,20%, ammiak 0,01-0,015 mg/l dan oshmasligi kerak. Ular uchun alohida yoritish tizimi bo‘lib, 20 kunligigacha 24 soat, 21 - 40 kunligida 24 - 17 soat va 41 - 70 kunligida 17 soat davomida yoritilib turiladi. 1 m 2 joyga broyler jo‘jalari 14 - 15 bosh joylashtiriladi.
Jo‘jalar go‘sht uchun kataklarda ham o‘stiriladi. Umuman veternariya- sanitariya gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish kerak, Ozuqalarning sifati, to‘yimliligi, ratsion tarkibi, mikroiqlim ko‘rsatgichlari, sifatli suv bilan ta’minlash va boshqalar nazorat qilinishi zarur. Yirik ferma va fabrikalarda tovuqlar kataklarda saqlangan jo‘jalar erkin yurganga qaraganda tez etiladi, hatto 15 kun oldin tulaydi. 1 - 60 kunlik jo‘jalar uchun KBE-1 katakli batareyalar ishlatilib, uning uzunligi 31 m, eni 9 m bo‘ladi. Unda elektr isitish batareyasi, sug‘orish sistemasi, oziqlantirish, tozalash kabi ishlar mexanizatsiyalashgan bo‘ladi. Keyingi yoshdagilar KBM-2, KBM-2A, KBM-25 batareyalarida saqlanib ular uzunligi va ko‘p qavatligi bilan farq qiladi. Katta yoshdagi tovuqlar alohida yoki guruh holida kataklarda saqlanadi. Ko‘pincha kataklar yoni va poli panjarali yoki turdan qilinadi. Polni oldingi tomoni pastrok qiya qilinadi, ya’ni tuxumni namlab kelishi uchun eng ko‘p tarqalgan, tuxum tug‘adigan tovuqlar KBM-1 markali 4 qavatli katakli batareyalarda saqlanib, ozuqa tarqatish, tagini tozalash, tuxum terish kabi ishlar birdaniga bir harakat bilan bajariladi. Ixtisoslashgan fabrikalar 100-250 ming bosh tug‘adigan tovuqqa muljallanib quriladi. Jo‘jalar saqlanadigan binolarda nisbiy namlik 65-70 %, keyinchalik 55-60% bo‘lishi va yoritishni 17 soatgacha etkazish kerak. Uzoq yoritish jo‘jalarni tuxumga kirishini tezlashtiradi, ammo o‘sishni sekinlatib, tuxumni puchog‘i ham qattiq bo‘lmaydi. Tug‘adigan tovuqlar uchun havo harorati +16 0 - 18 0 S, nisbiy namlik 60-70 % bo‘lishi kerak. I nkubatsiya va jo‘jalarni o‘stirish gigiyenasi – P arrandachilik xo‘jaliklarida bir kunlik jo‘ja olish uchun inkubatsiya keng qo‘llaniladi. Ayniqsa «Universal» inkubatori keng qullanilib, unda tuxumlarni joylashtirish, havo almashish, harorat, namlik me’yori avtomatik boshqariladi. «Universal»-45 va «Universal»-50 inkubatorlari 45 yoki 50 ming tuxumga muljallanib 3 ta inkubatsiya, 1 ta chiqish shkafi, eshigi va