QO‘YLAR GIGIYENASI
QO‘YLAR GIGIYENASI Reja: 1. Qo‘ylarni saqlash usullari va qo‘yxonalar qurish gigiyenasi. 2. Qo‘ylarni oziqlantirish va sug‘orish gigiyenasi 3. Qo‘ylarni junini qirqish va sog‘ish gigiyenasi 4. Qo‘zilarni o‘stirish, qo‘chqorlarni saqlash va burdoqiga boqish.
Qo‘ychilik chorvachilikning asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, xalqimizga go‘sht, jun, teri, sut va boshqa mahsulotlar etkaazib beradi. Sobiq ittifoqda 150 mln bosh qo‘y bo‘lib, shundan 12 millioni qorakul qo‘y bo‘lgan, O‘zbekistonda esa 6,5 mln qo‘y bo‘lgan. Hozirgi kunda mustaqil davlatimizda 1 2 ,5 mln bosh qo‘y-echki bo‘lib, 20 ming tonna jun etkaziladi hamda go‘shtni 20 % ko‘paytirish kuzda tutilgan. Bundan tashqari dunyo bo‘yicha 7-8 mln bosh qo‘y sog‘iladi. Jumladan Fransiyada 670 ming, Bolgariyada 300 ming, Italiyada 500 ming, Ruminiyada 400 ming bosh qo‘y sog‘ilib, Bolgariyada 15 ming tonna pishloq tayyorlanadi. SHundan ko‘rinib turibdiki, qo‘ychilikni rivojlantirish, mahsuldorligini ko‘paytirish yo‘llarini izlash hozirgi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Qo‘ychilik fermalari texnologiyani loyihalash me’yorlari (TLM) 5-85 asosida quriladi. Qo‘yxonalar katta yoshdagi qo‘chqorlar, sovliqlar, onasidan ajratilgan erkak va urg‘ochi qo‘zilar, bichilgan qo‘zilar, qari qo‘chqor va sovliqlar, katta yoshdagi erkak va urg‘ochi qo‘zilar (tusok va dag‘al) uchun va boshqalarga moslab quriladi. Iqlim sharoiti, keladigan foyda va tabiiy yaylovlardan foydalanish yo‘liga qarab qo‘ylar yaylov, yaylov – qo‘yxona, qo‘yxona-yaylov, qo‘yxona va yil davomida yaylov usullarida boqiladi. Qo‘yxona - yaylov usulidan asosan shimoliy hududlarda, bizda esa yaylov - qo‘yxona va yil davomida yaylov usulida boqilib, bunda qo‘ylar ko‘proq yaylovda boqilib, qishning sovuq va namgarchilik paytlari qo‘tonlarga qamaladi. YOzning issiq paytlari issiqdan, qon - parazitar kasalliklaridan saqlash, yaxshi ozuqalardan foydalanish maqsadida tog‘li yaylovlarda boqiladi. YOzgi yaylovlarda cho‘ponlar uchun vaqtinchalik binolar, chaylalar, ayvrnlar, qo‘ylarni sug‘orish va oziqlantirish maydonlari tayyorlanadi. Qishki yaylovlarda esa sovliq va qo‘zilar uchun qo‘tonlar, qo‘zilatish uchun issiqxona, qo‘chqorlar uchun alohida joylar qilinadi.
Qo‘ychilik o‘zining yo‘nalishiga qarab naslchilik va tovar xo‘jaliklariga bo‘linadi. Jun va jun - go‘sht etishtiradigan tovar fermalarda 3 - 15 ming, yarim mayin junli fermada 2 - 8 ming, mayin junli fermada 2-10 ming, po‘stinbop teri fermalari 0,5 - 3 ming boshga, go‘sht – sut - jun etkazadigan fermalar esa 0,5 - 8 ming boshga muljallab quriladi. Hozirgi vaqtda qo‘ychilik fermalari maxsus binolarda joylashtirilib, unda qishki va erta bahorda qo‘zilaydigan sovliqlar uchun joy issiqxonasi bilan, dagar va to‘qlilar uchun, naslli qo‘chqorlar uchun joy, har xil yoshdagi va jinsdagi qo‘ylar uchun qo‘tonlar, sun’iy qochirish punkti, jun qirqish joyi, veterinariya punkti, kanalizatsiya, isitish jihozlari, sanitariya so‘yish punkti, sog‘ish punkti, terixona, emxona, to‘shama uchun xona, tarozixona, xo‘jalik uskunalarini saqlash joyi, yuvish va cho‘miltirish joylari, maishiy xizmat xonasi, boshqaruv va boshqa binolar bo‘ladi. Janubiy mintaqalarda arzon mahalliy qurilish materiallari - tosh, paxsa, somon, buyra, chim, xom g‘isht va boshqalardan foydalanib engil qo‘yxonalar quriladi. Qirg‘izistonda N.I.Ferapontov tavsiya etgan ko‘chma qo‘tonlar ko‘p ishlatiladi. Bu qo‘ton 600-700 bosh qo‘yga muljallangan bo‘lib, uzunligi 32 m va eni 8 m bo‘ladi. Qo‘tonning ustunlari temir trubadan usti taxta, atrofi zichlangan poxol yoki yontoq bilan uralgan, usti poxol bilan yopiladi. Bu qo‘tonni 2 kishi 2 ta yuk avtomashinasi bilan bir joydan ikkinchi joyga 8 soatda ko‘chirishi mumkin. Qo‘yxonalar 500 - 1000 boshga muljallanib G, P-simon va aylanma qo‘ton shaklida quriladi. Qo‘yxonada jami 20% sovliqqa mo‘ljallangan issiqxona ajratiladi. Har bir qo‘yga o‘rtacha 0,8 - 1,0 m 2 , qo‘ziga 0,5 m 2 joy hisoblanadi. Har xil turdagi qo‘ylar uchun qo‘yxonalarda qo‘yidagicha joy ajratiladi ya’ni sovliqlar uchun 1 - 1,2 m 2 , alohida saqlansa 3 - 4 m 2 , bir yoshgacha bo‘lgan qo‘zilarga 0,7 - 0,8 m 2 joy ajratiladi. Poli er bo‘lib, kanalizatsiya bo‘lmaydi, Qo‘yxonada 2 - 4 bosh sovliq sig‘adigan 2,5 x 1,75
m o‘lchamda izolyator qilinadi. Sun’iy qochirish punkti TLM № 0715 loyihasi asosida qurilib, 16 m 2 manej, 7,6 m 2 laboratoriya, 8 m 2 qo‘chqorlar uchun joy, qochirilgan va qochirilmagan sovliqlar uchun 16,2 m 2 dan 2 xona ajratiladi. Qo‘ylarni cho‘miltirish uchun 8 - 10 suruv hisobiga bir vanna qurilib, uning uzunligi 15-20m, yuqori eni 0,9 va pastki eni 0,6 m, kirish tomon chuqurligi 1,25 m va chiqish tomon chuqurligi 0,95m va chekka tomon devori 25-30 sm balandlikda quriladi. Teri va qon parazitar kasalliklariga qarshi cho‘miltirishda ko‘chma dezinfeksiyalovchi ustanovkalar, vanna va dush qurilmalaridan ham foydalaniladi. Qo‘ylarni oziqlantirish va sug‘orish gigiyenasi - Qo‘ylarni sifatli to‘la qiymatli ozuqalar bilan ta’minlash ularni tirik vaznini oshishiga, qo‘zi olish, sut va go‘sht mahsulotlarini ko‘paytirishda asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Qo‘ylarga tabiiy o‘tlar pichani, beda, pichan, somon, qand lavlagi, kunjara, kepak va boshqalar berilsa qo‘ylar yaxshi semirib, sog‘ligi mustahkamlanadi va tuyoq sonini ko‘payishining asosiy manbaidir. Masalan: V.Golovin ma’lumotiga ko‘ra merinos qo‘ylarni semizligi o‘rtacha bo‘lganda 2,8 %, o‘rtachadan past bo‘lganda 9 % i qisir qolgan yoki semiz qo‘ylardan tug‘ilgan qo‘zilardan 3 oylik yoshida 7 %, orriq qo‘y qo‘zilaridan 35 % i nobud bo‘lgan. «Askaniya-nova» ilmiy tadqiqot institutining ilmiy tekshirishlar yakuniga asosan, ozuqa tarkibida protein etishmasa jun 20-25% ga kamaygan, zich tekis saqlansa jun tolalari 20% ingichkalashib, 10% ga kalta bo‘lgan. Ratsionda protein tarkibidagi aminokislotalarni ko‘paytirsak (sistin, metionin, lizin) bir yoshlik qo‘zilarda junning qalinligi 15-24% ga ortgan. SHuning uchun qo‘zilarga 6 oyligidan boshlab proteinga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida har bir boshiga 13-16 g karbamid berib boriladi. Bug‘oz qo‘ylar organizmida bug‘ozlikning birinchi yarmida mineral moddalardan
kunlik talab kalsiyga - 0,2 va fosforga 0,02 g bo‘lsa, bug‘ozlikning 2 - yarmida esa kalsiy - 3,8 g (19 marta), fosfor 1,46 g (73 marta) ga ortadi. Ozuqa tarkibida kalsiy, fosfor, vitamin A, D va boshqalar etishmasa qo‘zilar nochor va kam yashovchan bo‘lib tug‘iladi, onasini suti kam bo‘ladi. SHirali ozuqalar bug‘oz sovliqlarga berib borilsa sovliqlarning suti 15-20 % ga, juni 22 % ga ko‘payadi. Qo‘ylarni oziqlanishi uchun 0,3 m kenglikdagi oxurlarni orasi 3,5 m qilib joylashtiriladi. YOz paytlari 2 marta va qishda 1 marta sug‘oriladi. Qo‘ylarga mog‘orlagan, muzlagan, chirigan va ifloslangan ozuqalar berish tavsiya etilmaydi. CHunki bular ta’sirida sovliqlar bola tashlaydi va oshqozon-ichak kasalliklariga yo‘liqishi mumkin. Qo‘yxonalarda qish payti havo harorati +5 0 S dan past va nisbiy namlik 80% dan oshmasligi kerak. Pustinbop Romanov zotli qo‘ylar uchun havo harorati - 5 0 S ham xavfli emas. Sovliqlar tug‘ishga 3-4 hafta qolganda vaqtinchalik guruhlarga egiz tug‘adigan qo‘ylar 5-10 va boshqalari 15-20 boshdan issiqxonaga qo‘yiladi. Tug‘ishga bir hafta qolganda dag‘al ozuqa miqdori 1/3 ga kamaytirilib, silos berilmaydi, kuchli em ozuqa ko‘paytiriladi. Bu esa ovqat hazm qilish organlari faoliyatini engillashtirib, tug‘ishni osonlashtiradi, mastit kasalligini oldini oladi. Qo‘ylar tuqqandan keyin 1-3 kun yaxshi pichan, keyinchalik shirali va em ozuqalar asta-sekin berilib boriladi. Sovliqlar oziqasi doimo nazorat qilib boriladi, qorda, sovuq erda yotib qolmasligi va tuyog‘i o‘sgan bo‘lsa tozalanib kesib qo‘yiladi. Q o‘ylarni junini qirqish va sog‘ish gigiyenasi – Qo‘ylar juni yiliga ikki marta ya’ni bahor va kuzda qirqiladi. Mayin junli qo‘ylarni juni esa yiliga bir marotaba bahorda qirqiladi. Qo‘ylarning juni vaqtida olinmasa havoning issiq paytlari oziqa is’temol qilishi buziladi, orriqlaydi va suti kamayadi. Jun qirqish maxsus binolarda, ayvon tagida o‘tkaziladi, Agar juni juda kir bo‘lsa qirqishdan 7 - 8 kun oldin cho‘miltiriladi. Qirqishdan oldin qo‘ylar