logo

QUYONLAR GIGIYENASI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

22.7802734375 KB
QUYONLAR GIGIYENASI
Reja:
1. Quyonlarni saqlash va oziqlantirishda gigiyena talablari
2. Quyon bolalarini o‘stirish gigiyenasi
3. Mo ‘ ynali   hayvonlarni   saqlash   va   boqish   gigiyenasi . Quyon   va   mo ‘ ynali   hayvonlar   fermalari   quriladigan   joylar   baland ,
yomg ‘ ir   -   qor   suvlari   oqib   kirmaydigan   joylardan   tanlanishi   lozim .   Ferma
atrofi   shamol   esishidan   saqlaydigan   2   m   balandlikdagi   devor   bilan   o‘ralib
daraxtlar   ekiladi.   Kirish   -   chiqish   uchun   bitta   darvoza   qilinib,   dezobarer
jihozlanadi,   dezomat   qilinadi   va   veterinariya   sanitariya   kuzatuv   punkti
quriladi.   Ferma   hududida   isitish   qurilmasi,   kanalizatsiya,   elektr   tarmog‘i,
vodoprovod   bo‘ladi.   Quyonchilik   fermasi   aholi   yashash   joylaridan   300   m
uzoqlikda, yirik ixtisoslashgan fermalar esa 1,5 km uzoqlikda quriladi.
Quyon   asosan   kataklarda   boqilib,   asosiy   ish   jarayonlarida
mexanizatsiyani   keng   joriy   etish   sohaning   samaradorlik   darajasini   oshiradi.
Quyonchilik   fermalari   3   -   86   raqamli   TLM   buyicha   qurilib,     mo‘ynachilik
ilmiy   tekshirish   institutining   tavsiyasiga   asosan     2   qatorli   kataklar   qilinib,
quyosh   nurlari   va   yog‘in-sochindan   saqlash   uchun     ayvon   tagiga
joylashtiriladi.
Quyonlar uchun qilingan kataklar uzunligi 120 - 140 sm, kengligi 65-
70 sm bo‘lib, katakning oldindan balandligi 55 sm, orqadan 40 sm qilinadi.
Kataklar   orasidan   120-140   sm   kenglikda   xizmat   qilish   yo‘li   qilinadi.   Agar
yosh   quyonlar   guruh   holida   ham   kataklarda   saqlanadi.   Kataklar   ichida   osib
qo‘yilgan suv idishi bo‘ladi. Quyonxona poli sim to‘rdan yoki oraliq yorig‘i 2
sm bo‘lgan panjaradan qilinadi.
Quyonchilik fermasida asosiy binolardan tashqari xizmatchilar, asbob-
uskunalar   uchun   bino,   ozuqa   sexi,   ozuqa   ombori,   so‘yish   va   terini   shilish,
quritish xonasi bo‘lishi lozim.   Kasallangan quyonlar uchun izolyator bo‘lib,
u   erda   quyonlarni   alohida-alohida   saqlash   uchun   kataklar   bo‘ladi.   Kataklar
doimo   10   %   li   issiq   ishqor   eritmasi   yoki   1   %   li   formalin   eritmasi   bilan
dezinfeksiya   qilib   turiladi.   Kataklarni   metaldan   qilingan   qismi   olov
yordamida zararsizlantiriladi. Tug‘adigan   ona   quyonlar   uchun   kataklar   mexanik   tozalanib,
dezinfeksiya qilib ichi moslashtiriladi. Katak ichiga uzunligi 50 sm, kengligi
40 sm va balandligi 25 sm lik yashikcha o‘rnatilib ichiga to‘shama solinadi.
YAshikning bir devoridan diametri 25 sm lik teshikcha qo‘yiladi. YAshikni
ichiga   sug‘orish   va   oziqlantirish   idishlari   o‘rnatiladi.   Quyonchilik
xo‘jaliklarida yozda katakchalar ochiq havoda o‘rnatiladi. Qishda esa maxsus
binolarga ko‘chirilib, quyonxonada haroratni +3 +6 0
S da saqlash lozim.
YOsh   quyonlar   katagining   pol   yoriqlari   2   x   2   sm   li   zanglamaydigan   sim
to‘rdan   qilinib,   har   6   -   7   kunda   to‘shamasi   almashtirilib   turiladi.   Fermada
o‘sishdagi   quyonlar   guruh   holida   uzunligi   -   2,5   m,   kengligi   –   1   m,   oldidan
balandligi 60  - 80  sm,  va  orqadan balandligi  30 - 50  sm bo‘lgan kataklarda
saqlanadi.   Qo‘zg‘atilmaydigan   1   -   2   o‘rinli   kataklar   uzunligi   2   -   2,4   m,
kengligi 60 - 75 sm, balandligi 50 sm qilib yog‘ochdan yoki g‘ishtdan qilinib
erdan   80   sm   balandlikda   o‘rnatiladi.   Ichki   tomondan   metall   to‘r   bilan   o‘rab
chiqiladi. Katta yoshdagii pat olish uchun mo‘ljallangan quyonlar katakda 1
boshdan saqlanib, yosh quyonlar esa 3 - 4 boshdan yoki 14 - 15 boshdan poli
sim to‘r bilan qoplangan yopiq xonalarda saqlanadi.
Quyonlarni pati  bir  yilda 4  - 6  marta  maxsus taroq  bilan taraladi yoki
qirqib olinadi. Patni uzunligi 6 sm dan kam bo‘lsa quyonlar pati olinmaydi.
Quyonlarni   oziqlantirishda     gigiyena   talablari   -   Quyonlar   ko‘k   o‘t,
ildizmevali   ozuqalar   va   ularning   poyalari,   silos,   shox,   novda,   poliz
chiqindilari, daraxt tagiga tushgan mevalar, donli ozuqalar va boshqalar bilan
oziqlantiriladi. Donli ozuqalardan suli, no‘xat, soya hamda suli, kungaboqar,
kanop   kunjaralari   berilsa   yaxshi   foydali   hisoblanadi.   Quyonlar   ratsioniga
bug‘doy   kepagi,   suyak-go‘sht   uni,   baliq   uni,   omuxta   em,   yog‘i   olingan   sut,
qarag‘ay,   archa,   lipa   kabi   daraxtlar   shoxi   ham   qo‘shiladi.   Bug‘oz   va
emizadigan   quyonlarga   beriladigan   ozuqalar   sifatli,   mog‘orlamagan,
chirimagan   va   achimagan   bo‘lishi   kerak.   Ildizmevali   ozuqalar   tuprog‘i tozalanib, maydalab beriladi. Makkajo‘xori, arpa, no‘xat, kunjara va mineral
moddalar eziladi. Agar ozuqa muzlagan bo‘lsa pishirib beriladi. Har bir yangi
beriladigan ozuqa oz - ozdan 5 - 7 kun davomida o‘rgatib boriladi. Kunjara,
shrot, hayvonot olamidan olinadigan ozuqalar, mineral moddalar, pishirilgan
kartoshka, ivitilgan omuxta em  yoki kepak bilan aralashtirilib beriladi.
Qishki   va   bahorgi   ratsioniga   vitaminlangan   baliq   yog‘lariga   yosh
quyonlarga    0,3-0,5  g,  kattalariga  1-1,5  g,  bug‘oziga  2-2,5  g  va  emizadigan
ona   quyonlarga   3-3,5   g   kepakga   qo‘shib   berib   boriladi.   Kuniga   osh   tuzidan
yoshlariga   0,5-1   g   va   kattalariga   1-1,5   g   beriladi.   Quyonlarning   tug‘ishiga
20-30 kun qolganida qo‘shimcha protein va mineral moddalarga boy ozuqalar
berish   boshlanadi.   Bug‘oz   quyonning   qishki   ratsionida   60   g   don,   15   g
bug‘doy kepagi, 10 g kunjara, 100 g pishirilgan kartoshka, 200 g sabzi, 150-
170 g pichan bo‘ladi,  YOzgi ratsionida esa 50 g don, 15-20 g no‘xat va 700
grammgacha ko‘k o‘t beriladi.
Bug‘ozlikning   birinchi   yarmida   quyonlarga   ko‘proq   dag‘al   ozuqa   va
kamroq em ozuqalar, ikkinchi yarmida esa   aksincha berilishi zarur. Emizish
davrida  suvli  va  em  ozuqalar   ko‘p  beriladi.  Ona   quyon  tuqqandan   keyin  20
kungacha 110-120 g har xil emlar va 1 kg ko‘k o‘t, qish mavsumida esa 140
g   don   va   400-600   g   silos   va   ildizmevali   oziqalar   hamda   150-200   g   pichan
beriladi.
Quyon   bolalarini   20   -   45   kunligida   har   bir   boshi   hisobiga   ratsionga
qo‘shimcha 25 g dan em, 70-100 g ko‘k o‘t, qish mavsumida esa 30 g em, 30
g   kartoshka   yoki   sabzi   va   20   g   pichan   qo‘shiladi.   Bug‘oz   va   emizadigan
quyonlar   hamda   yosh   quyonlar   kuniga   3   marta,   boshqalari   2   marta
oziqlantiriladi.   Ozuqa   tarqatishdan   oldin   oxurlari   tozalanadi   va   yangi   suv
qo‘yiladi.   SHudring   yoki   yomg‘irda   hullangan   ozuqalar   quritilib   keyin
beriladi. Quyon   bolalarini   o‘stirish   gigiyenasi   -   Quyonlar   isitilmaydigan   yopiq
binolarda   tug‘diriladi.   Birinchi   tug‘adigan   quyonlarni   pati   yulinib,
quyonchalar uchun qilingan uyalarga to‘shaladi. Katta yoshdagi ona quyonlar
buni o‘zlari bajaradi. Quyonlar tuqqangacha va tuqqandan keyin doimo toza
suv bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Agar suv etishmasa mineral moddalar
va vitamin bilan oziqlanishi bo‘zilib, ular o‘z bolalarini eb qo‘yadilar. YAngi
tug‘ilgan quyonchalar 40-90 g bo‘lib, 6 - kunida 2 baravar, 1 oyligida esa 10
baravarga ortadi. Bunga sabab ona   quyon sutida foydali moddalardan 15 %
gacha oqsil, 10-20 % yog‘, 2% shakar va 2,5 % mineral moddalarni borligi
hisoblanadi. Mana shunday sutni quyonchalarni 20 kunligigacha hech qanday
ozuqa bilan almashtirib bo‘lmaydi.
Quyonchalar ko‘r tug‘ilib, ko‘zi 10 - 11 kunligida ochiladi va 16 - 20
kunligida   inidan   chiqib   oziqlanishni   boshlaydi.   Qish   paytlari   1   bosh
quyonchaga   10-20   g   dan   o‘stirilgan   don,   antibiotiklardan   biomitsin   yoki
terramitsindan   0,5   mg   gacha   beriladi.   Antibiotiklar   parchalanib   ketmasligi
uchun   silosga   yoki   issiq   oziqaga   qo‘shib   berilmaydi.   Quyonchalar   30
kunligida, nochorlari 40-50 kunligida onasidan ajratiladi. Agar quyon bolalari
soni  ko‘p   bo‘lsa   yaxshi   ona   quyonga   8  -   9  bosh,   yosh   quyonlarga   5-6  bosh
qoldirilib,   qolganlari   boshqa   emizadigan   quyonlarga   o‘tkaziladi.   Ugay   ona
qabul qiladigan quyonchalar shu ona quyon pati bilan artilib, keyin boquvchi
ona   quyon   chiqindilari   o‘rtasiga   qo‘yiladi.   Quyonchalar   va   ugay   bolalari
yoshi orasidagi farq 3 - 4 kundan oshmasin.
Quyon   go‘shtini   ko‘paytirish   uchun   quyonchilikda     broyler   usuli   ham
qullaniladi. Bu usulda saqlaganda quyonchalar   56-60 kunligida tirik vazni 2
kg ga etganda onasidan ajratiladi va jadal boqiladi. Ajratilagn quyonchalar 10
- 20 bosh, naslchilik xo‘jaligida 3 - 4 boshdan kataklarda har biriga 0,12 va
0,17   m 2
  hisobidan   joy   ajratilib   saqlanadi.   Erkak   quyonlar   bichilishi   ham
mumkin.   Uch   oyligida   erkak   quyonlar   1   boshdan,   urg‘ochilari   2   boshdan katakda   qoldiriladi.   YOsh   quyonlarni   yaxshi   o‘sishi   uchun   yoz   paytlari   har
biriga 0,4 m 2
 hisobidan yayratish maydoni qilinadi.
Mo‘ynali hayvonlarni saqlash va boqish gigiyenasi - dunyoda 120 dan
ortiq   har   xil   mo‘ynali   hayvonlar   bo‘lib,   shudan   kumushrang   qora   tulki,
zangori   shimol   tulkisi,   sassiq   ko‘zan   (norka),   suv   kalamushi   (ondatra),
nutriya,   qunduz   va   boshqalar   madaniy   yo‘llar   bilan   ko‘paytirilmoqda.   Ular
uchun   eng   asosiy   bino   ayvon   (shed)   lar   hisoblanib,   usti   ikki   tomondan   suv
oqadigan   ariqcha   qilinib,   pasti   taxta   bilan   o‘ralgan   bo‘ladi.   Ayvon   tagiga
kataklar   2,   4   va   6   qatorli   qilib   qurilib,   ko‘pincha   bir   qavat   joylashtiriladi.
Kataklar oralig‘ida 120 sm kenglikda xizmatchilar uchun yurish yo‘li bo‘ladi.
Ayvon   hayvonlarni   qor   –   yomg‘irdan,   quyosh   nuri   issig‘idan   va   mo‘yna
rangini   o‘zgarishdan   saqlaydi.   Quyonxonada   kataklarni   tozalash,   ozuqa
tarqatishda   mexanizatsiyani   joriy   qilish   uchun   qulay   bo‘ladi.   Mo‘ynali
yirtqichlar uchun kataklar zanglamaydigan, mo‘ynani buzmaydigan, diametri
2,2   mm   li   metall   sim   to‘rdang   qilinadi.   Katak   yonida   ona   yirtqichlar   uchun
uychalar  qilinadi.  Uychalar  katak  ichida  yoki  tashqarida  ham  qilinib,  ularga
maxsus teshik yoki  egilgan yog‘och truba orqali yo‘l qilinadi.
Sassiq   ko‘zan   (norkalar)uchun   katak   o‘lchami   40x40x80   yoki
45x45x90 sm bo‘ladi. Urg‘ochi tulki va bolalari uchun uzunligi 3 m, eni 1m
va   balandligi   70   sm   bo‘ladi.   Erkak   tulkilar   uchun   har   biriga   alohida   katak
qilinadi.   Nutriyalar   -   katagida   uycha,   yayratish   maydoni   va   suv   solingan
hovuzcha (basseyni) bo‘ladi. Bolali nutriyalar uchun uycha pishiq g‘isht yoki
betondan   qilinadi.   Agar   yog‘ochdan   qilinsa   ichki   tomondan   metall   to‘r
qoqiladi. Uychalarni uzunligi 1 m, eni 0,7 m va oldingi balandligi 0,7 m va
keyingisi   0,8   m   bo‘ladi.   Uycha   yayratish   maydoni   bilan   22x22   sm
o‘lchamdagi teshik orqali ulanadi. Yayratish maydoni 1,4 x 2 m bo‘lib g‘isht
yoki betondan balandligi 90 sm qilib o‘raladi. Havuzchaning uzunligi 1,4 m,
eni 0,6 m va chuqurligi 0,3 m bo‘ladi. Fermada mo‘ynali hayvonlar turadigan binolardan   tashqari   yirtqichlar   oshxonasi,   mo‘ynaga   birinchi   ishlov   berish
punkti,   inventarlar   saqlash   saroyi,   to‘shama   saqlash   xonasi,   veterinariya
punkti,   izolyator,   xizmatchilar   xonasi,   isitish,   yuvish,   quritish   xonalari   va
hojatxona bo‘ladi.
Ozuqalarni   saqlash   uchun   har   1000   bosh   urg‘ochi   sassiq   ko‘zan   yoki
500 bosh urg‘ochi tulki hisobiga kamida 100 t ozuqa sig‘adigan muzlatkich
bo‘lishi   kerak.   Ferma   atrofi   devor   bilan   o‘raladi.   Devorni   ichki   tomonidan
mayda   teshikli   sim   to‘r   tortilib,   to‘rning   pastki   qismi   60-100   sm   gacha
chuqurlikka   ko‘miladi.   Agar   chuqur   kam   qilinsa   sim   to‘r   ferma   tomonga
qaratib   erga   yoyib   ko‘miladi.   Bu   mo‘ynali   hayvonlarning     devorni
teshmasligi va qochmasligiga yordam beradi.
Tulki,   sassiq   ko‘zan   va   qunduzlar     hayvonot   olamidan   olinadigan
ozuqalar   bilan,   nutriya   esa   o‘simliklardan   tayyorlangan   ozuqalar   bilan
oziqlanadi.   Yirtqich   go‘shthur   hayvonlar   uchun   eng   qimmatli   va   to‘yimli
ozuqa   bo‘lib   ot   va   bug‘i   go‘shti   hisoblanadi.   Ular   uchun   baliq   xo‘jaligi
chiqindilari, sut - go‘sht va baliq kombinatlari, inkubatsiya chiqindilari ham
keng ishlatiladi.
Donli   ozuqalardan   arpa,   suli,   makka,   bug‘doy   va   omuxta   em   beriladi.
Mo‘ynali   hayvonlar   ratsioniga   sifatli   lavlagi,   sabzi,   piyoz,   ko‘k   o‘t,
ildizmevali   ozuqalar   poyasi,   har   xil   poliz     mahsulotlari   silosi   va   boshqalar
kiritaladi.   Kunjara   maydalab   uvitilib,   zigirniki   esa   pishirib   beriladi.   Baliq
kombinatlari   chiqindilari   berilganda   ehtiyot   bo‘lish   zarur,   chunki   ba’zi
baliqlarda   tiaminoza   fermenti   bo‘lib   V   vitaminni   parchalaydi.   Natijada
mo‘ynali hayvon uzoq vaqt davomida qayt qiladi. SHuning uchun har 2 - 3
kunda   baliq   pishirilib   turiladi.   Baliq   bilan   uzoq   muddat   boqilsa   yosh
mo‘ynali   hayvon   bolalarida   anemiya   kasalligi   uchraydi   va   hatto   nobud
bo‘lishi   ham   kuzatiladi.   Hayvonlar   uzoq   vaqt   uglevodli   ozuqa   bilan
boqilmasa   yomon   o‘sadi,   mo‘yna   sifati   pasayadi.   Vitamin   S   etishmasa   suti juda kamayib ketadi. Norka va tulkilar osh tuzidan ko‘p kasallanadi. SHuning
uchun sho‘r  ozuqalar bo‘lsa, uni yaxshilab chayqab yuvib beriladi. Muynali
hayvonlarga beriladigan ozuqa tarkibida osh tuzi 0,5% dan oshmasligi kerak.
Nutriyalar   yil   davomida   katakda   yoki   maxsus   tayyorlangan   suv
havzalariga   qo‘yib   yuborilib,   kuzda   maxsus   ushlagichlar   bilan   ushlanadi.
Bug‘oz   tulkilar,   nutriyalar   alohida   uychali   kataklarda   saqlanadi.   Uycha   va
inlar   tug‘ishdan   oldin   tozalanib,   olov   yordamida   kuydirilib,   keyin   1-2   %   li
issiq uyuvchi natriy eritmasi bilan yuvib quritiladi. Bug‘oz yirtqich hayvonlar
ini   doimo   kuzatilib,   haftasiga   3   marta   to‘shamasi   almashtiriladi.   YOmon
tug‘adigan  urg‘ochi  yirtqichlar  maxsus  bino  - issiqxonaga  yig‘iladi.  Nimjon
bolalari onasini ema olmaganlari - yashik inkubatorga (25x25 sm) to‘rli pol
ustiga   paxta   solib   joylashtiriladi   va   har   4   soatda   emizadigan   yirtqichni   stol
ustiga   yotqizib   bolalari     emiziladi.   Kam   sut   va   ko‘p   bolasi   bo‘lsa   qisman
bolalari boshqa onaga o‘tkaziladi. Sassiq ko‘zanda 7 - 8 bosh va tulkida 12 -
14 bosh bolasi o‘ziga qoldiriladi. Norka bolalari onasidan 35 - 45 kunligida,
tulkilar   40   -   50   kunligida   ajratiladi.   Nutriyalar   1,5   -   2   oyligida   ajratilib,   3
oyligida  suvga  qo‘yiladi.  Sentyabar  va  oktyabr  oylarida  mo‘ynali  hayvonlar
pati uchi o‘tkir taroqlar yordamida tarab olinadi. Adabiyotlar
1. Suvonqulov Y.A. "Qishloq xo‘jaligi  hayvonlari gigiyenasi"  
Toshkent, 1994 y.
Qo‘shimcha adabiyotlar. 
1. Kuznetsov A.F., Demchuk M.V. – «Gigiyena selskoxozyaystvenn ы x 
jivotnыx» Moskva, 1991
2. Medvedskiy V.I. «Soderjanie, kormlenie i uxod za jivotn ы mi».  Minsk,
2007
3. Kochish   I.I.,   Kolyujnыy   N.S.,   Volchkova   L.A.,   Nesterov   V.V.
«Zoogigiyena», Moskva, 2008
4. Xabibulov M.A. «Gigiyena v prom ы shlennom krolikovodstvo» 
     Moskva, 1989 g.

QUYONLAR GIGIYENASI Reja: 1. Quyonlarni saqlash va oziqlantirishda gigiyena talablari 2. Quyon bolalarini o‘stirish gigiyenasi 3. Mo ‘ ynali hayvonlarni saqlash va boqish gigiyenasi .

Quyon va mo ‘ ynali hayvonlar fermalari quriladigan joylar baland , yomg ‘ ir - qor suvlari oqib kirmaydigan joylardan tanlanishi lozim . Ferma atrofi shamol esishidan saqlaydigan 2 m balandlikdagi devor bilan o‘ralib daraxtlar ekiladi. Kirish - chiqish uchun bitta darvoza qilinib, dezobarer jihozlanadi, dezomat qilinadi va veterinariya sanitariya kuzatuv punkti quriladi. Ferma hududida isitish qurilmasi, kanalizatsiya, elektr tarmog‘i, vodoprovod bo‘ladi. Quyonchilik fermasi aholi yashash joylaridan 300 m uzoqlikda, yirik ixtisoslashgan fermalar esa 1,5 km uzoqlikda quriladi. Quyon asosan kataklarda boqilib, asosiy ish jarayonlarida mexanizatsiyani keng joriy etish sohaning samaradorlik darajasini oshiradi. Quyonchilik fermalari 3 - 86 raqamli TLM buyicha qurilib, mo‘ynachilik ilmiy tekshirish institutining tavsiyasiga asosan 2 qatorli kataklar qilinib, quyosh nurlari va yog‘in-sochindan saqlash uchun ayvon tagiga joylashtiriladi. Quyonlar uchun qilingan kataklar uzunligi 120 - 140 sm, kengligi 65- 70 sm bo‘lib, katakning oldindan balandligi 55 sm, orqadan 40 sm qilinadi. Kataklar orasidan 120-140 sm kenglikda xizmat qilish yo‘li qilinadi. Agar yosh quyonlar guruh holida ham kataklarda saqlanadi. Kataklar ichida osib qo‘yilgan suv idishi bo‘ladi. Quyonxona poli sim to‘rdan yoki oraliq yorig‘i 2 sm bo‘lgan panjaradan qilinadi. Quyonchilik fermasida asosiy binolardan tashqari xizmatchilar, asbob- uskunalar uchun bino, ozuqa sexi, ozuqa ombori, so‘yish va terini shilish, quritish xonasi bo‘lishi lozim. Kasallangan quyonlar uchun izolyator bo‘lib, u erda quyonlarni alohida-alohida saqlash uchun kataklar bo‘ladi. Kataklar doimo 10 % li issiq ishqor eritmasi yoki 1 % li formalin eritmasi bilan dezinfeksiya qilib turiladi. Kataklarni metaldan qilingan qismi olov yordamida zararsizlantiriladi.

Tug‘adigan ona quyonlar uchun kataklar mexanik tozalanib, dezinfeksiya qilib ichi moslashtiriladi. Katak ichiga uzunligi 50 sm, kengligi 40 sm va balandligi 25 sm lik yashikcha o‘rnatilib ichiga to‘shama solinadi. YAshikning bir devoridan diametri 25 sm lik teshikcha qo‘yiladi. YAshikni ichiga sug‘orish va oziqlantirish idishlari o‘rnatiladi. Quyonchilik xo‘jaliklarida yozda katakchalar ochiq havoda o‘rnatiladi. Qishda esa maxsus binolarga ko‘chirilib, quyonxonada haroratni +3 +6 0 S da saqlash lozim. YOsh quyonlar katagining pol yoriqlari 2 x 2 sm li zanglamaydigan sim to‘rdan qilinib, har 6 - 7 kunda to‘shamasi almashtirilib turiladi. Fermada o‘sishdagi quyonlar guruh holida uzunligi - 2,5 m, kengligi – 1 m, oldidan balandligi 60 - 80 sm, va orqadan balandligi 30 - 50 sm bo‘lgan kataklarda saqlanadi. Qo‘zg‘atilmaydigan 1 - 2 o‘rinli kataklar uzunligi 2 - 2,4 m, kengligi 60 - 75 sm, balandligi 50 sm qilib yog‘ochdan yoki g‘ishtdan qilinib erdan 80 sm balandlikda o‘rnatiladi. Ichki tomondan metall to‘r bilan o‘rab chiqiladi. Katta yoshdagii pat olish uchun mo‘ljallangan quyonlar katakda 1 boshdan saqlanib, yosh quyonlar esa 3 - 4 boshdan yoki 14 - 15 boshdan poli sim to‘r bilan qoplangan yopiq xonalarda saqlanadi. Quyonlarni pati bir yilda 4 - 6 marta maxsus taroq bilan taraladi yoki qirqib olinadi. Patni uzunligi 6 sm dan kam bo‘lsa quyonlar pati olinmaydi. Quyonlarni oziqlantirishda gigiyena talablari - Quyonlar ko‘k o‘t, ildizmevali ozuqalar va ularning poyalari, silos, shox, novda, poliz chiqindilari, daraxt tagiga tushgan mevalar, donli ozuqalar va boshqalar bilan oziqlantiriladi. Donli ozuqalardan suli, no‘xat, soya hamda suli, kungaboqar, kanop kunjaralari berilsa yaxshi foydali hisoblanadi. Quyonlar ratsioniga bug‘doy kepagi, suyak-go‘sht uni, baliq uni, omuxta em, yog‘i olingan sut, qarag‘ay, archa, lipa kabi daraxtlar shoxi ham qo‘shiladi. Bug‘oz va emizadigan quyonlarga beriladigan ozuqalar sifatli, mog‘orlamagan, chirimagan va achimagan bo‘lishi kerak. Ildizmevali ozuqalar tuprog‘i

tozalanib, maydalab beriladi. Makkajo‘xori, arpa, no‘xat, kunjara va mineral moddalar eziladi. Agar ozuqa muzlagan bo‘lsa pishirib beriladi. Har bir yangi beriladigan ozuqa oz - ozdan 5 - 7 kun davomida o‘rgatib boriladi. Kunjara, shrot, hayvonot olamidan olinadigan ozuqalar, mineral moddalar, pishirilgan kartoshka, ivitilgan omuxta em yoki kepak bilan aralashtirilib beriladi. Qishki va bahorgi ratsioniga vitaminlangan baliq yog‘lariga yosh quyonlarga 0,3-0,5 g, kattalariga 1-1,5 g, bug‘oziga 2-2,5 g va emizadigan ona quyonlarga 3-3,5 g kepakga qo‘shib berib boriladi. Kuniga osh tuzidan yoshlariga 0,5-1 g va kattalariga 1-1,5 g beriladi. Quyonlarning tug‘ishiga 20-30 kun qolganida qo‘shimcha protein va mineral moddalarga boy ozuqalar berish boshlanadi. Bug‘oz quyonning qishki ratsionida 60 g don, 15 g bug‘doy kepagi, 10 g kunjara, 100 g pishirilgan kartoshka, 200 g sabzi, 150- 170 g pichan bo‘ladi, YOzgi ratsionida esa 50 g don, 15-20 g no‘xat va 700 grammgacha ko‘k o‘t beriladi. Bug‘ozlikning birinchi yarmida quyonlarga ko‘proq dag‘al ozuqa va kamroq em ozuqalar, ikkinchi yarmida esa aksincha berilishi zarur. Emizish davrida suvli va em ozuqalar ko‘p beriladi. Ona quyon tuqqandan keyin 20 kungacha 110-120 g har xil emlar va 1 kg ko‘k o‘t, qish mavsumida esa 140 g don va 400-600 g silos va ildizmevali oziqalar hamda 150-200 g pichan beriladi. Quyon bolalarini 20 - 45 kunligida har bir boshi hisobiga ratsionga qo‘shimcha 25 g dan em, 70-100 g ko‘k o‘t, qish mavsumida esa 30 g em, 30 g kartoshka yoki sabzi va 20 g pichan qo‘shiladi. Bug‘oz va emizadigan quyonlar hamda yosh quyonlar kuniga 3 marta, boshqalari 2 marta oziqlantiriladi. Ozuqa tarqatishdan oldin oxurlari tozalanadi va yangi suv qo‘yiladi. SHudring yoki yomg‘irda hullangan ozuqalar quritilib keyin beriladi.

Quyon bolalarini o‘stirish gigiyenasi - Quyonlar isitilmaydigan yopiq binolarda tug‘diriladi. Birinchi tug‘adigan quyonlarni pati yulinib, quyonchalar uchun qilingan uyalarga to‘shaladi. Katta yoshdagi ona quyonlar buni o‘zlari bajaradi. Quyonlar tuqqangacha va tuqqandan keyin doimo toza suv bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Agar suv etishmasa mineral moddalar va vitamin bilan oziqlanishi bo‘zilib, ular o‘z bolalarini eb qo‘yadilar. YAngi tug‘ilgan quyonchalar 40-90 g bo‘lib, 6 - kunida 2 baravar, 1 oyligida esa 10 baravarga ortadi. Bunga sabab ona quyon sutida foydali moddalardan 15 % gacha oqsil, 10-20 % yog‘, 2% shakar va 2,5 % mineral moddalarni borligi hisoblanadi. Mana shunday sutni quyonchalarni 20 kunligigacha hech qanday ozuqa bilan almashtirib bo‘lmaydi. Quyonchalar ko‘r tug‘ilib, ko‘zi 10 - 11 kunligida ochiladi va 16 - 20 kunligida inidan chiqib oziqlanishni boshlaydi. Qish paytlari 1 bosh quyonchaga 10-20 g dan o‘stirilgan don, antibiotiklardan biomitsin yoki terramitsindan 0,5 mg gacha beriladi. Antibiotiklar parchalanib ketmasligi uchun silosga yoki issiq oziqaga qo‘shib berilmaydi. Quyonchalar 30 kunligida, nochorlari 40-50 kunligida onasidan ajratiladi. Agar quyon bolalari soni ko‘p bo‘lsa yaxshi ona quyonga 8 - 9 bosh, yosh quyonlarga 5-6 bosh qoldirilib, qolganlari boshqa emizadigan quyonlarga o‘tkaziladi. Ugay ona qabul qiladigan quyonchalar shu ona quyon pati bilan artilib, keyin boquvchi ona quyon chiqindilari o‘rtasiga qo‘yiladi. Quyonchalar va ugay bolalari yoshi orasidagi farq 3 - 4 kundan oshmasin. Quyon go‘shtini ko‘paytirish uchun quyonchilikda broyler usuli ham qullaniladi. Bu usulda saqlaganda quyonchalar 56-60 kunligida tirik vazni 2 kg ga etganda onasidan ajratiladi va jadal boqiladi. Ajratilagn quyonchalar 10 - 20 bosh, naslchilik xo‘jaligida 3 - 4 boshdan kataklarda har biriga 0,12 va 0,17 m 2 hisobidan joy ajratilib saqlanadi. Erkak quyonlar bichilishi ham mumkin. Uch oyligida erkak quyonlar 1 boshdan, urg‘ochilari 2 boshdan