logo

YILQILAR GIGIYENASI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23.6376953125 KB
YILQILAR GIGIYENASI
Reja:
1. Otlarni saqlash usulari va otxonalar qurish gigiyenasi.
2. Otlarni oziqlantirish, sug‘orish va sog‘ish gigiyenasi.
3. Yosh qulunlarni o‘stirish gigiyenasi.
4. Ishchi otlar va ularning egar-jabduqlariga bo‘lgan gigiyena talablari. Yilqichilik   chorvachilikni   muhim   tarmog‘i   bo‘lib,   otlardan   qishloq
jo‘jaligida,   sport   uyinlarida,   chegara   qo‘shinlarida,   ichki   ishlar   vazirligi
sohasida,   er   osti   konlarida   ishchi   kuchi   sifatida   foydalaniladi   va     mahsulot
olinadi.   Xalq   xo‘jaligida   2,2   mln   dan   ko‘p   ot   ishlatiladi,   bu   15     ot   kuchiga
ega bo‘lgan 150 mingta traktorga teng demakdir.
  Statistik ma’lumotlarga qaraganda ikkinchi jahon urushigacha dunyoda
90 mln ot bo‘lgan. 1980 yilga kelib dunyoda 66 mln, O‘zbekistonda 89 ming
bosh ot bo‘lgan. Mustaqil O‘zbekistonda yilqichilikni rivojlantirishga bo‘lgan
e’tibor kuchaytirildi.  Otlar   otxona   va   yaylovda   uyur   usulida   boqilib,
otxonalarda   alohida   dennik,   stoylalarda   yoki   guruh   holida   saqlanadi.   Ishchi
otlar   alohida   stoylalarda   bog‘lanib,   naslli   ayg‘irlar,   qulinli   biyalar   va
chopadigan   sport   otlari   maxsus   denniklarda   saqlanadi.   Otchilik   fermalari
uchun TLM 9-83 bo‘lib, xo‘jaliklar yo‘nalishiga qarab; naslchilik, ishchi va
tovar fermalariga bo‘linadi. Naslchilik xo‘jaliklarida otxonalar 20, 40, 60, 80,
va   120   bosh   biyaga   mo‘ljalab   quriladi.   YAylovda   esa   100,   200,   300
boshgacha   biyalar   birga   boqiladi.   Go‘sht   etishtirishga   mo‘ljallangan   tovar
fermalarida 150 - 900 boshga, qimiz etishtirishda 50 - 150 boshga muljallab
quriladi.
Naslchilik   xo‘jaligida   otxona   40   boshga   mo‘ljallab   qurilsa,   unda
biyalar, ayg‘ir va axtalangan ayg‘irlar saqlanadi. Onasidan ajratilgan toylarni
80   boshiga   alohida   bino   quriladi.   Nasllik   otlar   uchun   qurilgan   otxonalarda
dennik,   manej   (qochirish   joyi),   emxona,   asbob-anjomlar,   egar-jabduqlar,
navbatchilar,   dag‘al   ozuqa   va   to‘shamalar,   sun’iy   qochirish   xonasi   va
boshqalar   bo‘ladi.   Ishchi   otlar   uchun   qurilgan   otxonalarda   yuqoridagilardan
tashqari   stoyla,   egar-jabduqlarni   ta’mirlash   va   taqalash   ustaxonasi   bo‘lishi
kerak.   Qimiz ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tovar xo‘jaligida   esa sog‘ish
xonasi   bo‘ladi.   YOsh   nasllik   toylarni   saqlash   binolarida   dennik,   manej (egarlash),   o‘rgatish   va   chiniqtirish   maydoni,   dush   xonalari,   dennik   va
guruhda saqlash uchun alohida bo‘limlar (seksiya) bo‘ladi.
Yaylovlarda har bir ot uchun 0,3 - 0,5 ga er ajratilib iloji bo‘lsa to‘siqlar bilan
o‘raladi.   SHamol   va   noqulay   ob-havodan   saqlash   uchun   shiyponlar   qurilib
ichida   oxurlari   bo‘ladi.   Hamma   turdagi   otchilik   fermalarida   veterinariya
bo‘limi, tortish joyi, sug‘orish qurilmasi, temirchilik, egar jabduq ustaxonasi,
ozuqa   ombori,   go‘ngxona,   idora,   maishiy   xizmat   xonalari   quriladi.   YOsh
toylar   uchun   qurilgan   binolar   boshqa   otxonalarga   qaraganda   balandroq
shamol esadigan tomondan quriladi.
  Otxona   va   uning   ichki   jihozlari     texnologiyani   loyihalash   me’yoriga
(TLM   9-83)   to‘g‘ri   kelishi   zarur.   Otxonalar   asosan   G   va   P   shaklda   qurilib,
stoyla   va   denniklar   2   qator   qilib   joylashtiriladi.   Ularning   orasidan   kengligi
2,6   -   3   m   bo‘lgan   ozuqa   -   go‘ng   yo‘li   qilinadi.   Ot   zavodlarida,   otxonalarda
ozuqa - go‘ng yo‘li 2 m kenglikda, devor tomonidan quriladi. Otxonaning bir
qatorida   12   tagacha   dennik,   30   tagacha   stoyla   joylashtirilib,   binoning
o‘rtasida boshqa qo‘shimcha xonalar qilinadi.             Nasllik otlar otxonasining
balandligi   3   m,   ishchi   otlar   uchun   2,4   m   va   tovar   xo‘jaligidagi   otxonalar
uchun     2,7   m   va   manejning   balandligi   4,5   m   bo‘ladi.   Binolar   issiq,   yorug‘,
quruq bo‘lishi va ventilyasiya yaxshi ishlashi kerak.
Bir bosh ot uchun stoyla yuzasi 5 - 5,5 m 2
, dennik esa 10,5 - 12 m 2
, toy
guruhlari   uchun   kataklar   5   -   7   m 2
  yuzaga   ega   bo‘lishi   kerak.   Ishchi   otlar
saqlanadigan   joylar   (stoyla)   da   otlar   orasi   yog‘och-bolor   yoki   devor   bilan
ajratiladi.   Uning   balandligi   oxur   tomondan   1   m,   orqa   tomondan   65   sm
bo‘ladi. Denniklarni ajratib turadigan to‘siqlar pishgan g‘ishtdan, panjaradan
yoki yaxshi tekislangan qalinligi 5 sm lik taxtadan 1,4 m balandlikda qilinadi.
                  Oxurlar   stoylaning   kengligiga   teng   uzunlikda   qurilib,   otlar   dag‘al
ozuqalarni   titib   chiqarmasligi   uchun   ustiga   olinuvchi   panjara   qo‘yiladi. Oxurning   bir   uchidan   40   sm   qismi   em   uchun   ajratiladi.   Oxurning   ustki
kengligi 60 sm, pastki kengligi 40 sm va chuqurligi 30 sm bo‘ladi.
         Otlar guruh holida saqlansa binoning bor bo‘yiga har bir ot uchun 1 m
va yoshlariga 0,6 m hisobidan oxur qilinadi. Denniklarda 2,1 m uzunlikdagi
oxur   bir   burchagiga   o‘rnatiladi.   Avtosug‘orgichlar   denniklarda   bitta,   guruh
holida   saqlansa   har   bir   ot   uchun   0,6   m   hisobidan   suv   oxuri   qilinadi.   Suv
oxurining erdagi balandligi 0,9 - 1 m bo‘ladi.
O tlarni   oziqlantirish,   sug‘orish   va   sog‘ish   gigiyenasi   -   Otlarni
oziqlantirishda   gigiyena   talablariga   rioya   qilish   ularning   sog‘ligini,
mahsuldorligini,   ishchanligini   oshirish   omili   hisoblanadi.   Ozuqa   ratsionini
tuzishda   ozuqaning   to‘yimliligiga,   tarkibida   protein,   mineral   moddalar,
mikroelementlar va vitaminlar (karotin, vitamin D, V, S) ning etarli darajada
bo‘lishiga   e’tibor   berish   kerak.   Qochirishdan   oldin   va   qochirish   davrida
ayg‘irlarni  har  100  kg  vazniga  2  oz.  birligi,  boshqa  vaqtlarda  1,6  oz.  birligi
beriladi.   Og‘ir   yuk   tashuvchi   otlarga   1,6   -   1,8   oz.   birligi   berilib,   tarkibida
hazm bo‘ladigan protein 130 g, kalsiy - 6 g, fosfor - 5 g va karotin 30 - 35 mg
bo‘lishi kerak.
Qulunli   biyalar   sut   davrida   100   kg   tirik   vaznga   2   oz.   birligi   berilib,
unda   100   g   protein,   6   -   7   g   kalsiy,   5   g   fosfor,   20   -   25   mg   karotin   bo‘lishi
lozim.
Otlar   ratsionida   ko‘proq   beda,   em   ozuqa   bo‘lib,   donli   o‘simliklarni
poxoli   maydalanib,   bug‘lab   emga   qo‘shib   beriladi.   Ildizmevali   ozuqalar
yuvilib,   maydalanib,   pishirib   berilsa   yaxshi   bo‘ladi.   Botulizm   kasalligini
oldini   olish   maqsadida   makkajo‘xori   va   kungaboqar   silosi   beriladi.   Silosni
tayyorlashda   ifloslanishiga   va   tuproq   aralashishiga   yo‘l   qo‘ymaslik   kerak.
Otlar   uchun   eng   yaxshi   em-     ozuqalar   bo‘lib   suli,   arpa,   maydalangan
makkajo‘xori,  kepak,  kunjara  va  no‘xat  hisoblanadi.  Amerikada  otlar  uchun eng   yaxshi   ozuqa   bo‘lib     12   hissa   makka,   4   hissa   suli   va   1   hissa   kunjara
qo‘shilgan ratsion hisoblanadi.
Og‘ir ish bajaruvchi otlarga choshgohda 1 - 1,5 soat, tushda 2 - 3 soat,
peshinda   1   -   1,5   soat   dam   beriladi.   Kechasidan   tonggacha   ozuqa   berib
boqiladi. Otlarni ishtaxasini oshirish uchun birinchi dag‘al ozuqa, keyin suvli,
undan   keyin   em   va   oxirida   yana   dag‘al   ozuqa   beriladi.   Ovqat   hazm   qilish
organlarini   kasallikdan   saqlash   uchun,   otlarni   ishga   chiqarishdan   oldin   va
dam   berishdan   keyin   tezda   ozuqa   berilmaydi,   ya’ni   oziqlantirilgandan   50
daqiqadan   keyin   ishga   chiqariladi   va   ishdan   keyin   1   soat   o‘tgach
oziqlantiriladi. Bundan tashqari 1 tur ozuqadan 2-turga o‘tishida ham ehtiyot
bo‘lish  zarur.  O‘rganmagan  ozuqa  ta’sirida hazm  qilish  buziladi,  ich  ketadi,
qotadi,   sanchiq   va   meteorizm   paydo   bo‘ladi..   CHirigan,   mog‘orlagan,
hidlangan, muzlagan, zaharli o‘tlar, qum-tuproq aralashgan ozuqalarni berish
qatiyan ma’n qilinadi.
                Otlarni  sug‘orish   -  Otlar  ko‘pincha  3  marta,  yoz  paytlari  5  -  6  marta
sug‘oriladi.   Issiqlagan   vaqtda   sug‘orilsa   sanchiq   belgilari   va   tuyoqda
revmatik   shamollash   paydo   bo‘ladi.   Ishdan   keyin   teri   qotishi   uchun   dam
beriladi. Ot badani sovigandan yarim soat o‘tgach yarim chelak, yana yarim
soatdan   so‘ng   to‘yganicha   suv   beriladi.   Agar   ish   vaqtida   sug‘orilib   ishini
darrov   davom   etkazishi   mumkin.   Ish   tugashdan   30-40   daqiqa   oldin
sug‘orilsa,   ot   ishtaha   bilan   oziqlanadi.   Em   ozuqalardan   keyin   sug‘orilsa
damlaydi,   ya’ni   arpa,   suli,   javdarlar   shishadi   va   achish   jarayoni   kechadi.
SHuning   uchun   emdan   40   -   50   daqiqa   oldin   yoki   emdan   2   soat   keyin
sug‘oriladi.
           Har xil kasalliklar bo‘lmasligi uchun to‘g‘ri kelgan suvdan berilmaydi,
yoki muzlagan suvni muzini yorib ichirilmaydi. Bu  esa shamollash yoki bola
tashlashga sabab bo‘ladi. Bug‘oz biya uchun suvning harorati +10 0
S dan kam
bo‘lmasligi kerak.  B iyalarni   sog‘ish     -   Biyalarni   sog‘ib,   shifobaxsh   qimiz   qilish   qadim
zamondan   ma’lum.   Hozirgi   kunda   yil   davomida   qimiz   bilan   ta’minlash
maqsadida quritilgan sut kukunlari  ham tayyorlanmoqda.
Biyalarning   eng   ko‘p   sut   berish   davri   7   -   12   yoshi   bo‘lib,   qimizni
yaxshi   bo‘lishi   yaylov   sharoiti,   tayyorlash   texnologiyasi   va   ozuqani
to‘yimliligiga   bog‘liqdir.   Sog‘ish   joylarida   alohida   shiypon   va   qulunlarni
ajratadigan joylar tayyorlanadi. Biyalar kun davomida yaylovda boqilib, yana
qo‘shimcha 2-3   kg dan em beriladi. YAxshi sut beradigan biya kuniga 10 -
24   litrgacha,   yil   davomida   1000   litrgacha   sut   berib,   shuning   50   -   70%   ini
qulunlar   emadi.   Sog‘iladigan   biyaning   suti   ko‘payib   o‘zi   oriqlab   borsa
ratsioni   12   -   13   oz.   birligiga   etkazilib,   shirali,   ildizmevali   ozuqalar   mikdori
oshiriladi. Qishda esa doimo senaj va  o‘t unlari berib boriladi.
Biyalarni   sog‘ish   davrida   qulunlar   2   -   3   soat,   keyinchalik   asta   -   sekin
vaqt ko‘paytirilb 14-18 soat biya bilan saqlanadi. Qulun tug‘ilganidan 30 - 40
kun   keyin   biyalar   kuniga   5   -   6   marta   sog‘iladi.   Biyalarning   sut   berish
mikdorini   kamayishiga   -   sog‘ish   joylarini   tez   o‘zgartirish,   shovqin-suron,
begona   odamlarni   kelishi,   halat   almashtirish   va   boshqalar   sabab   bo‘ladi.
Qulunlarni   sutga   qo‘yish   har   doim   bir   vaqtda   bo‘ladi.   Agar   biya   bezovta
bo‘lsa yoki oxurni kamira boshlasa sog‘ishni tez to‘xtatish kerak.
Q ulunlarni   o‘stirish   gigiyenasi   -   Biyalarni   tug‘ishi   ko‘pincha   mart,
aprel   oylariga,   ba’zan   havoning   nam   va   sovuq   vaqtiga   to‘g‘ri   kelishi
mumkin.   SHuning   uchun   otxonalar   isitilishi,   elvizaklar   yopilishi   va   havo
haroratini   otxonada   +6   +   10 0
S   atrofida   saqlash   lozim.   Ayniqsa   biyalar
tug‘adigan joylar sanitariya-gigiyena talabiga javob berishi kerak.
              Sog‘lom   tug‘ilgan   qulun   tezda   oyoqqa   turib,   onasini     elinini   izlay
boshlaydi,   eng   asosiysi   tug‘ilgandan   0,5-1   soat   keyin   og‘iz   suti   berishdir.
Agar   ba’zi   sabablarga   ko‘ra   quluncha   ema   olmasa   har   1-1,5   saotda   onasini
sutidan emizik orqali emiziladi. Qulun kuchga kirgandan keyin onasini emib ketadi.  Agar  biya  bolasini  olmasa,    u  holda  qulunchani  o‘zi  bilan  bir  kunda
tug‘ilgan   biyani   emizib   o‘rgatiladi.   Y ф ngi   tug‘ilgan   qulunchalar   ko‘pincha
birinchi   tezagi   chiqmay   qolishi   mumkin,   bunday   holatda   tezda   klizma
qilinadi.   Ba’zan   qulunlarni   orqa   chiqaruv   teshigi   yopiq   tug‘iladi,   bunday
holda   veterinariya   vrachi   yordam     ko‘rsatadi.   Ishlab   chiqarish   amaliyotida
qulunlar   sigir   suti   bilan   ham   boqiladi.   Ot   sutidan   sigir   sutining   farqi   shuki,
sigir   sutida   yog‘   va   oqsil   ko‘p,   ammo   shakar   kam   bo‘ladi.   SHuning   uchun
issiq   suvda   eritilgan   shakardan   1   l   sutga   bir   qoshiq   solinadi.   Sut   yangi   va
harorati  36 -  38 0
S bo‘lishi lozim. Qulunlarga birinchi 2  oyligida  har  1,5  - 2
soatda, keyinchalik kuniga 4 - 5 soatda beriladi. Qulunlar 1 yoshgacha juda
tez   va   yaxshi   o‘sadi.   SHuning   uchun   biyalarga   yaxshi,   sifatli   va   to‘yimli
ozuqalar   berib   boriladi.   Agar   qulunlar   kuchsiz,   zaif   tug‘ilsa   sovuqga,
namlikga   va   havoning   haroratiga   sezuvchan   bo‘ladi,   qaltiraydi.   Bunday
vaqtda ularning tanasini, oyoqlarini uqalash, issiq va mayin to‘shama solish
zarur.   Tug‘ilgandan   3   -   5   kun   keyin   onasi   bilan   birga   30   -   40   daqiqaga
tashqariga chiqariladi va asta-sekin vaqt uzaytirib o‘rgatib boriladi. Ayniqsa
qulunlarni zax, sovuq erda yotib qolmasligiga e’tibor berish lozim.
Qulunlar   kuniga   20-30   marotaba   onasini   emganligi   uchun   ularni   uzoq
ajratmaslik,   aravaga   qo‘shilagan   biyalarni   tez   haydamaslik   kerak.   Qulunlar
onasidan erta ajratilsa yaxshi o‘smaydi. Ishlatiladigan biyalarning quluni 5-6
oyligida,   nasllik   biyalarniki   -   8   oyligida   ajratiladi.   Erkak   toylar   2   boshdan
dennikda  saqlanib  tozalashga,  qashishga,  tuyog‘ini  tozalashga,  nuqta,  yugan
urishga o‘rgatilib beriladi va har kuni yayratishga chiqariladi. Ochiq havoda
harakat   qilishi   o‘sishiga,   suyaklarini   mustahkamlanishiga   va   har   xil
kasalliklarga   chidamli   bo‘lishiga   yordam   beradi.   Ularga   sifatli,   to‘yimli
xilma-xil   ozuqalar   beriladi.   Kunlik   ozuqa   ratsionida   dukkakli,   donli
o‘simliklar pichani, senaj, sabzi va boshqalar bo‘lishi lozim. Sabzini tarkibida
karotiin   ko‘p   bo‘lganligi   uchun   organizmni   chidamliligini   oshiradi,   ovqat hazm   qilish   organlarini   ishini   yaxshilaydi.   Uyurda   boqilayotgan   biyalarni
qulunlari   kuz   va   ko‘klamda   ajratiladi.   Kuzda   ajratilganlari   zoogigienik
talablarga javob beradigan boqiladi, ko‘klamda ajratilganlari ser o‘t yaylovga
o‘tkaziladi.   Toylar   ikki   yoshga   kirgandan   boshlab   nuqta,   egar   -   jabduq,
yurish,   engil   yuk   va   boshqalarga   o‘rgatib   boriladi.   Ularni   yaxshi   ot   qilib
tayyorlashda   o‘rgatuvchining   ilmi   va   tajribasi,   takroriy   va   doimiy
mashg‘uloti, otga bo‘lgan mehri, chidamiga, zarur bo‘lganida otni jazolash va
erkalatish   yo‘lini   bilishi,   xarakteriga   qarab   muomala   qilish   va   boshqalarga
bog‘liq bo‘ladi.
I shchi   otlar   va   ularning   egar-jabduqlariga   bo‘lgan   gigiyena   talablari   -
Otlarning   sog‘ligini   saqlash   va   ish   unumini   oshirishda   ulardan   ishchi   kuchi
sifatida  to‘g‘ri  foydalanish  muhim  ahamiyatga  ega.  Bajariladigan  ish  otning
kuchiga qarab bo‘linadi. Ish haddan tashqari ko‘p ishlatmaslik kerak, chunki
bu     ish   unumdorligini   pasaytiradi   va   ularni   turli   kasalliklarga   yo‘liqtiradi.
Otlar   4-5   yoshida   to‘liq   kuchga   kiradi.   Otlar   sog‘ligiga   zarar   etkazmay,
maksimal darajada ishlashi kuyidagiomillarga bog‘liqdir:
1. Otning semizligi, yoshi va vazniga
2. Otni ishga tayyorlash va mashg‘ulotlar o‘tkazishga
3. Otga  mos egar-jabduqlarni tanlashga
4. Otni vaqtida oziqlantirish, sug‘orish va dam berishga
5. Iqlim sharoiti, er tuzilishi, yo‘lning ahvoliga
6. Otning fiziologik holati  va h.k. bog‘liq bo‘ladi.
Otning   ishi   yukni   qancha   masofaga   tortib   borishi   bilan   o‘lchanadi
(kg/m, kg/km, tonna/km). Ishchi otlar kuniga 10 - 12 soat, mavsum vaqtlarida
12-14   soatgacha   ishlatiladi.   Issiq   havoda,   namlik   ko‘payganda   ular   tez
charchaydi.   SHuning   uchun   soya   salqin   joylarda   dam   beriladi,   otxonalarga
kiritiladi.   Ishdan   keyin   oyoq   -   tuyoqlariga,   egar   -   jabduqlar   tagiga   diqqat
bilan qaralib tozalanadi.         Egar-jabduqlariga - yugan, bo‘yinturuq, egar, ayil, o‘zangi, to‘xtatuvchi
tasma,   shoti   tasmasi,   egarchani   ko‘tarib   turadigan   tasma,   shoti   zanjirchasi,
tomoqbov,   quloqbov,   chirgi,   jobuv,   tomoq   tasma,   qo‘shqoq   va   boshqalar
kiradi.   Bu   egar-jabduqlar   har   bir   otning   o‘ziga   mos,   o‘lchamiga   to‘g‘ri
bo‘lishi   zarur.   Bu   otlarni   boshqarish,   ishlatish   va   minishda   yordam   beradi,
tortish   kuchini   oshiradi.   Agar   egar-jabduqlar   mos   kelmasa   muskullarni
bosadi, nafas olish, qon aylanish qiyinlashadi, ish unumi pasayadi. Ko‘pincha
otlarning   bo‘ynida,   elkasida,   belida,   sag‘risida   yallig‘lanish   paydo   bo‘ladi.
Ularni egar-jabduqlari mahkam, engil, mustahkam, oddiy bo‘lib, zarur vaqtda
tez   almashtiriladigan,   ot   gavdasiga   mos   va   tanasiga   botmaydigan   bo‘lishi
kerak.     Adabiyotlar
1. Suvonqulov Y.A. «Qishloq xo‘jaligi  hayvonlari gigiyenasi»  Toshkent,
1994
Qo‘shimcha adabiyotlar.
      1.   Kochish I.I., Kalyujnыy N.S., Volchkova L.A., Nesterov V.V. 
          «Zoogigiyena», Moskva, 2008 
2. Xolmirzaev D. «Yilqichilik», Toshkent, «Mexnat», 1990

YILQILAR GIGIYENASI Reja: 1. Otlarni saqlash usulari va otxonalar qurish gigiyenasi. 2. Otlarni oziqlantirish, sug‘orish va sog‘ish gigiyenasi. 3. Yosh qulunlarni o‘stirish gigiyenasi. 4. Ishchi otlar va ularning egar-jabduqlariga bo‘lgan gigiyena talablari.

Yilqichilik chorvachilikni muhim tarmog‘i bo‘lib, otlardan qishloq jo‘jaligida, sport uyinlarida, chegara qo‘shinlarida, ichki ishlar vazirligi sohasida, er osti konlarida ishchi kuchi sifatida foydalaniladi va mahsulot olinadi. Xalq xo‘jaligida 2,2 mln dan ko‘p ot ishlatiladi, bu 15 ot kuchiga ega bo‘lgan 150 mingta traktorga teng demakdir. Statistik ma’lumotlarga qaraganda ikkinchi jahon urushigacha dunyoda 90 mln ot bo‘lgan. 1980 yilga kelib dunyoda 66 mln, O‘zbekistonda 89 ming bosh ot bo‘lgan. Mustaqil O‘zbekistonda yilqichilikni rivojlantirishga bo‘lgan e’tibor kuchaytirildi. Otlar otxona va yaylovda uyur usulida boqilib, otxonalarda alohida dennik, stoylalarda yoki guruh holida saqlanadi. Ishchi otlar alohida stoylalarda bog‘lanib, naslli ayg‘irlar, qulinli biyalar va chopadigan sport otlari maxsus denniklarda saqlanadi. Otchilik fermalari uchun TLM 9-83 bo‘lib, xo‘jaliklar yo‘nalishiga qarab; naslchilik, ishchi va tovar fermalariga bo‘linadi. Naslchilik xo‘jaliklarida otxonalar 20, 40, 60, 80, va 120 bosh biyaga mo‘ljalab quriladi. YAylovda esa 100, 200, 300 boshgacha biyalar birga boqiladi. Go‘sht etishtirishga mo‘ljallangan tovar fermalarida 150 - 900 boshga, qimiz etishtirishda 50 - 150 boshga muljallab quriladi. Naslchilik xo‘jaligida otxona 40 boshga mo‘ljallab qurilsa, unda biyalar, ayg‘ir va axtalangan ayg‘irlar saqlanadi. Onasidan ajratilgan toylarni 80 boshiga alohida bino quriladi. Nasllik otlar uchun qurilgan otxonalarda dennik, manej (qochirish joyi), emxona, asbob-anjomlar, egar-jabduqlar, navbatchilar, dag‘al ozuqa va to‘shamalar, sun’iy qochirish xonasi va boshqalar bo‘ladi. Ishchi otlar uchun qurilgan otxonalarda yuqoridagilardan tashqari stoyla, egar-jabduqlarni ta’mirlash va taqalash ustaxonasi bo‘lishi kerak. Qimiz ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tovar xo‘jaligida esa sog‘ish xonasi bo‘ladi. YOsh nasllik toylarni saqlash binolarida dennik, manej

(egarlash), o‘rgatish va chiniqtirish maydoni, dush xonalari, dennik va guruhda saqlash uchun alohida bo‘limlar (seksiya) bo‘ladi. Yaylovlarda har bir ot uchun 0,3 - 0,5 ga er ajratilib iloji bo‘lsa to‘siqlar bilan o‘raladi. SHamol va noqulay ob-havodan saqlash uchun shiyponlar qurilib ichida oxurlari bo‘ladi. Hamma turdagi otchilik fermalarida veterinariya bo‘limi, tortish joyi, sug‘orish qurilmasi, temirchilik, egar jabduq ustaxonasi, ozuqa ombori, go‘ngxona, idora, maishiy xizmat xonalari quriladi. YOsh toylar uchun qurilgan binolar boshqa otxonalarga qaraganda balandroq shamol esadigan tomondan quriladi. Otxona va uning ichki jihozlari texnologiyani loyihalash me’yoriga (TLM 9-83) to‘g‘ri kelishi zarur. Otxonalar asosan G va P shaklda qurilib, stoyla va denniklar 2 qator qilib joylashtiriladi. Ularning orasidan kengligi 2,6 - 3 m bo‘lgan ozuqa - go‘ng yo‘li qilinadi. Ot zavodlarida, otxonalarda ozuqa - go‘ng yo‘li 2 m kenglikda, devor tomonidan quriladi. Otxonaning bir qatorida 12 tagacha dennik, 30 tagacha stoyla joylashtirilib, binoning o‘rtasida boshqa qo‘shimcha xonalar qilinadi. Nasllik otlar otxonasining balandligi 3 m, ishchi otlar uchun 2,4 m va tovar xo‘jaligidagi otxonalar uchun 2,7 m va manejning balandligi 4,5 m bo‘ladi. Binolar issiq, yorug‘, quruq bo‘lishi va ventilyasiya yaxshi ishlashi kerak. Bir bosh ot uchun stoyla yuzasi 5 - 5,5 m 2 , dennik esa 10,5 - 12 m 2 , toy guruhlari uchun kataklar 5 - 7 m 2 yuzaga ega bo‘lishi kerak. Ishchi otlar saqlanadigan joylar (stoyla) da otlar orasi yog‘och-bolor yoki devor bilan ajratiladi. Uning balandligi oxur tomondan 1 m, orqa tomondan 65 sm bo‘ladi. Denniklarni ajratib turadigan to‘siqlar pishgan g‘ishtdan, panjaradan yoki yaxshi tekislangan qalinligi 5 sm lik taxtadan 1,4 m balandlikda qilinadi. Oxurlar stoylaning kengligiga teng uzunlikda qurilib, otlar dag‘al ozuqalarni titib chiqarmasligi uchun ustiga olinuvchi panjara qo‘yiladi.

Oxurning bir uchidan 40 sm qismi em uchun ajratiladi. Oxurning ustki kengligi 60 sm, pastki kengligi 40 sm va chuqurligi 30 sm bo‘ladi. Otlar guruh holida saqlansa binoning bor bo‘yiga har bir ot uchun 1 m va yoshlariga 0,6 m hisobidan oxur qilinadi. Denniklarda 2,1 m uzunlikdagi oxur bir burchagiga o‘rnatiladi. Avtosug‘orgichlar denniklarda bitta, guruh holida saqlansa har bir ot uchun 0,6 m hisobidan suv oxuri qilinadi. Suv oxurining erdagi balandligi 0,9 - 1 m bo‘ladi. O tlarni oziqlantirish, sug‘orish va sog‘ish gigiyenasi - Otlarni oziqlantirishda gigiyena talablariga rioya qilish ularning sog‘ligini, mahsuldorligini, ishchanligini oshirish omili hisoblanadi. Ozuqa ratsionini tuzishda ozuqaning to‘yimliligiga, tarkibida protein, mineral moddalar, mikroelementlar va vitaminlar (karotin, vitamin D, V, S) ning etarli darajada bo‘lishiga e’tibor berish kerak. Qochirishdan oldin va qochirish davrida ayg‘irlarni har 100 kg vazniga 2 oz. birligi, boshqa vaqtlarda 1,6 oz. birligi beriladi. Og‘ir yuk tashuvchi otlarga 1,6 - 1,8 oz. birligi berilib, tarkibida hazm bo‘ladigan protein 130 g, kalsiy - 6 g, fosfor - 5 g va karotin 30 - 35 mg bo‘lishi kerak. Qulunli biyalar sut davrida 100 kg tirik vaznga 2 oz. birligi berilib, unda 100 g protein, 6 - 7 g kalsiy, 5 g fosfor, 20 - 25 mg karotin bo‘lishi lozim. Otlar ratsionida ko‘proq beda, em ozuqa bo‘lib, donli o‘simliklarni poxoli maydalanib, bug‘lab emga qo‘shib beriladi. Ildizmevali ozuqalar yuvilib, maydalanib, pishirib berilsa yaxshi bo‘ladi. Botulizm kasalligini oldini olish maqsadida makkajo‘xori va kungaboqar silosi beriladi. Silosni tayyorlashda ifloslanishiga va tuproq aralashishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Otlar uchun eng yaxshi em- ozuqalar bo‘lib suli, arpa, maydalangan makkajo‘xori, kepak, kunjara va no‘xat hisoblanadi. Amerikada otlar uchun

eng yaxshi ozuqa bo‘lib 12 hissa makka, 4 hissa suli va 1 hissa kunjara qo‘shilgan ratsion hisoblanadi. Og‘ir ish bajaruvchi otlarga choshgohda 1 - 1,5 soat, tushda 2 - 3 soat, peshinda 1 - 1,5 soat dam beriladi. Kechasidan tonggacha ozuqa berib boqiladi. Otlarni ishtaxasini oshirish uchun birinchi dag‘al ozuqa, keyin suvli, undan keyin em va oxirida yana dag‘al ozuqa beriladi. Ovqat hazm qilish organlarini kasallikdan saqlash uchun, otlarni ishga chiqarishdan oldin va dam berishdan keyin tezda ozuqa berilmaydi, ya’ni oziqlantirilgandan 50 daqiqadan keyin ishga chiqariladi va ishdan keyin 1 soat o‘tgach oziqlantiriladi. Bundan tashqari 1 tur ozuqadan 2-turga o‘tishida ham ehtiyot bo‘lish zarur. O‘rganmagan ozuqa ta’sirida hazm qilish buziladi, ich ketadi, qotadi, sanchiq va meteorizm paydo bo‘ladi.. CHirigan, mog‘orlagan, hidlangan, muzlagan, zaharli o‘tlar, qum-tuproq aralashgan ozuqalarni berish qatiyan ma’n qilinadi. Otlarni sug‘orish - Otlar ko‘pincha 3 marta, yoz paytlari 5 - 6 marta sug‘oriladi. Issiqlagan vaqtda sug‘orilsa sanchiq belgilari va tuyoqda revmatik shamollash paydo bo‘ladi. Ishdan keyin teri qotishi uchun dam beriladi. Ot badani sovigandan yarim soat o‘tgach yarim chelak, yana yarim soatdan so‘ng to‘yganicha suv beriladi. Agar ish vaqtida sug‘orilib ishini darrov davom etkazishi mumkin. Ish tugashdan 30-40 daqiqa oldin sug‘orilsa, ot ishtaha bilan oziqlanadi. Em ozuqalardan keyin sug‘orilsa damlaydi, ya’ni arpa, suli, javdarlar shishadi va achish jarayoni kechadi. SHuning uchun emdan 40 - 50 daqiqa oldin yoki emdan 2 soat keyin sug‘oriladi. Har xil kasalliklar bo‘lmasligi uchun to‘g‘ri kelgan suvdan berilmaydi, yoki muzlagan suvni muzini yorib ichirilmaydi. Bu esa shamollash yoki bola tashlashga sabab bo‘ladi. Bug‘oz biya uchun suvning harorati +10 0 S dan kam bo‘lmasligi kerak.