ASALARILAR GIGIYENASI
ASALAR ILAR GIGI Y ENASI REJA: 1. Asalarioilalariningbiologikxususiyatlari 2. Asalariuyalarinijoylashtirishgigienasi. 3. Asalari kasalliklarini oldini olish choralari.
Arxeologik tekshirishlarga qaraganda asalarilar eramizdan 60-80 mln. yil oldin paydo bulishgan. Asal slavyanlarning hayotida muhim rol o‘ynagan. Shuning uchun Rossiya guberniyalarda bunga juda katta e’tibor berilgan. Asal eng ko‘p tarqalgan shirinlik bo‘lib undan turli xil shirinlik ichimliklari tayyorlangan. Mumidan esa shamlar ishlab chiqarilgan. XVII - XVIII kelib asalarilarni o‘rmonlardan qishloqlarga k o‘ chib (uchib) kelishi boshlangan natijada aholi o‘rtasida ularni saqlash uchun oddiy uyalar qurila boshlangan. Hozirgi vaqtda asalarilarni boqish va saqlash uchun bir qismli 2- derazali (435x300 mm), 2 - qismli 10-20 derazali (ramkali) uyalar ishlatiladi. Asalari uyalariga asosan qo‘yidagi talablar qo‘yiladi: ular aniq o‘lchamli bo‘lib issiqlikni yaxshi saqlashi, mikroiqlim ko‘rsatkichlarini me’yorida tashkil etishi kerak. Uyaning hajmi yilning fasliga qarab nazoart qilinishi kerak. Bunday usul ozuqani iqtisod qilishga, kuchini to‘plashga, tashishiga qulaylik yaratib, ishlash engil va oson bo‘ladi. Asalarilar oilasiga: ishchi asalarilar va ona asalari kiradi. Ona asalari oilada asosiy rolni egallaydi. Ona asalari bo‘lmasa oila yo‘q deganidir. Ona asalarining tuxum qo‘yishi bir yilda 8-9 oy davom etadi. Tuxumdan lichinka chiqib, g‘umbak va yosh asalarini tashkil qiladi. Ona va ishchi asalarilar – bular urg‘ochi asalarilar hisoblanadi. Ularning urtasidagi farq jinsiy etilishiga qarab aniqlanadi. Ular alohida o‘z funksiyasini bajaradi. Asalarilarni mahsuldorligiga va hayotchanligiga ichki va tashqi ta’sirotlar ta’sir qiladi. Tashqi ta’sirotlarga – iqlim sharoitlari, yilning fasli, obu-havo, asal beruvchi o‘simliklar, suv havzalari, mineral moddalar, hayvonot olami, atmosfera havosining ifloslanishi, kimyoviy moddalar bilan zaharlanishlar va hakozalar kiradi. Ichki ta’sirotlarga - asalari uyasining shakli, hajmi, mikroiqlim (harorat, namlik, yorug‘lik, ventilyasiya) uyaning joylashgan joyi, uchib
kiradigan teshiklarning katta-kichikligi, uyani kengaytirish, yangilash, asalari kasalliklari, ozuqa zaxirasi va ularni bir joydan ikkinchi joyga kuchirish misol bo‘ladi. Asalari uyalarini joylashtirish - uchun ularning biologik talablari, mikroiqlim, ser o‘t yaylovlar, asalari normal hayot kechirishi uchun erta bahorda uzoq muddat gullaydigan asal beruvchi o‘simlikli yaylovlar tanlanadi. Uya tashqi tomondan o‘sib turgan usimliklar bilan himoya qilingan joylarda saqlanib yoki kirish tuynuklari propolis bilan yopilib 2-3 asalari kiradigan bo‘lishi kerak. Asalarichini asosiy vazifasi asal olingandan keyin – har bir asalari uyasini qish fasliga yaxshi tayyorlashi kerak ya’ni uyalarni issik saqlash, ularni hayotini saqlab qolish uchun haroratni +34 0 -35 o C holida saqlashi zarur. Yaxshi isitilgan uyalarda asalarilar qishdan tulig‘iga sog‘lom chiqadi. Qishda – asalarilar yozdagidek aktiv bo‘lmaydi, bir-biri bilan ozuqa almashmaydi. Ular alohida o‘zining ishlatgan ozukasiga qarab oziqlanadi. Asalari 3-16 mg asal is’temol qilib harorat +15 0 -20 o C bo‘lganda ushbu ozuqa 24-36 soatga etadi. Asalari uyalari noyabr oylarida tozalanib doimo ventilyasiyasi nazorat qilinib harorat 0 0 + 3 o C, nisbiy namlik 75 – 58holatida saqlanadi. Yil fasliga qarab asalari uyalarida mikroiqlim qo‘rsatkichlari o‘zgarib turadi. Optimal mikroiqlim ko‘rsatkichlari uyadagi asalari soniga, fiziologik holatiga, yoshiga, yosh asalarini chiqishiga, ozuqa miqdori va sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Mikroiqlim ko‘rsatkichlarini me’yorda saqlash asalarilarni ko‘payishiga, yosh asalari hamda ona asalarini normal rivojlanishiga ta’sir qiladi. Harorat rejimi – uyaning ichidagi harorat asalari oilasining fiziologik holatiga bog‘liq bo‘ladi. Ichki harorat asosan kuz-qish faslida hamda bahor – yoz fasllarida ishchi asalarilar va ona asalarilar ko‘payishi vaqtida o‘zgarib turadi.
Asalarining optimal tana harorati +34 0 - 36 o C, ko‘krak bulimining harorati qorin bo‘shlig‘iga nisbatan yuqori bo‘ladi. Asalarilarni tana harorati tashqi muhitda +14 o C ga ishchi asalarilarni tana harorati +16 o S tashqi haroratga nisbatan yuqori bo‘lishi mumkin. Asalarilarni tana harorati tinch holatda turganda +10 o C bo‘ladi. Bu asosan oziqaga bog‘liq bo‘ladi. Havoning namligi – asalari uyalarida havoning nisbiy namligi 25-100 % bo‘ladi. Bu holat oilaning tarkibiga, kunning vaqti, yilning fasli, obu- havoga bog‘liq bo‘ladi. Eng yuqori nisbiy namlik 85 - 95% asalari tuxumlari, tuxumdan chiqayotgan yosh asalarilar saqlangan uyada bo‘ladi. Nisbiy namlik 50% bo‘lganda tuxumlar quriydi, 70% da ko‘pchiligi o‘ladi. Shuning uchun tuxumlan chiqayotgan asalarilar uchun nisbiy namlik 90% bo‘lishi kerak. Nisbiy namlikni yuqori bo‘lishi asalarilar o‘rtasida nezematoz, akarapidoz, varroatoz, Evropa chirishi kasalligi va boshqa kasallaklarni kelib chiqishiga sababchi bo‘ladi. Namlikni ko‘payishini oldini olish maqsadida asalari uyalarini namlik yuqori bo‘lgan dalalar, suv havzalaridan uzoqda erdan 40-50 sm balandlikda joylashtirish kerak. Namlik kirishini oldini olish maqsadida asalari uyalarini pastki qismi yog‘li buyoqlar bilan buyalgan bo‘lishi kerak. Atmosfera havosining isishi bilan uya ichidagi ventilyasiyani kuchaytirish kerak. Pestitsidlar ishlayotgan vaqtlari asalarilar uchib chiqadigan teshiklarni 2-3 kungacha yopish kerak. Asalarilar suv ichadigan joylari uyadan kamida 88 m, maksimal 2387 m gacha bo‘lishi kerak. Olib kelingan suv tomchilarini yosh asalarilar uyachalariga tomchilab qo‘yadi. Ularning harakati yosh asalarilarni suvga bo‘lgan talabiga bog‘liq. Yosh asalarilar bir kunda 10-20 ml suv is’temol qiladi. Suv ta’minotini yaxshilash uchun uyaga yaqin joyda suvdonlar o‘rnatiladi. Karbonat angidrid gazi - asalarilar uchun tashqi atmosfera havosida kislorod gazi, asalari uyasi ichida esa CO 2 gazi ko‘p uchraydi.Yil davomida
karbonat angidrid va kislorod gazining miqdori doimo o‘zgarib turadi. CO 2 gazining miqdori kamayadi va 0,05-0,15% bo‘ladi. Agar asalarilar uchmay uyada qolganda uning miqdori 1,6-2,2% gacha ko‘paysa , kislorod miqdori 19,9-20,3% atrofida saqlanadi. Yoz va kuz oylarida CO 2 i O 2 gazining miqdori oshib boradi uyaning o‘rtasida CO 2 gazi 0,9-2,5%, uchib kirish tomonida 0,4-1,2%, O 2 10 - 16% va 19% atrofida saqlanadi. Bu gazlarning miqdori qish faslining oxiriga kelib karbonat angidrid miqdori 3,5-4,5% ga, kislorod esa 14 – 16% gacha ko‘payadi. Yorug‘lik asalarilar uchishiga ta’sir ko‘rsatadi. Tong vaqti yorug‘lik 0,05 lk bo‘lganda asalarilar uchishga harakat qiladi. Asalarilar asosan uyalaridan 25-50 m uzoqlikda qo‘yilgan saxarozaga yorug‘lik 0,1-0,2 lk bo‘lganda uchib borishadi. Yorug‘lik 3 lk bo‘lganda uyadan 1000 m uzoqlikdagi ozuqa oxurlariga uchib borishadi. 875 metrgacha yorug‘lik 15 lk kam bo‘lmaganda harakatlanadi. Kechqurun yorug‘lik 4 lk bo‘lganda 50 metrgacha, 16 lk bo‘lganda 1000m gacha va 216 lk bo‘lganda 3375 m gacha uchib boradi. Asalarilar ko‘pgina kasalliklarga uchraydi va bu ularning umrini qisqarishiga, mahsuldorligini kamayishiga va o‘limiga sababchi bo‘ladi. Asalari kasalliklari qishqi, bahorgi va yozgi kasalliklarga bo‘linadi. Klinik belgilariga qarab ich ketish, chirish, qotib qolishi, falajlanish va zaharlanish xarakteriga hamda kelib chiqishiga qarab bo‘linadi. Asalarining kasalliklari - asalarilar ko’pgina kasalliklarga uchraydi va bu ularning umrini qisqarishiga, mahsuldorligini kamayishiga va o’limiga sababchi bo’ladi. Asalari kasalliklari qishqi, bahorgi va yozgi kasalliklarga bo’linadi. Klinik belgilariga qarab ich ketish, chirish, qotib qolishi, falajlanish va zaharlanish xarakteriga hamda kelib chiqishiga qarab bo’linadi. Asalarilarning kasalliklari yuqumsiz, yuqumli va invazion turlarga