logo

Kompyuterning qo`shimch qurilmalari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

204.5 KB
Kompyuterning qo`shimch qurilmalari
Reja:
1.1 Kirish.
2.   Asosiy qism.
2.1. Kompyuterning qo`shimcha qurilmalari
2.2.   Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari
2. 3.  Shaxsiy kompyuterning  qo`shimcha qurilmalari
3.      Xulosa.
4.     Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: Kirish
Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat, bular texnikaviy 
ta’minot (hardware) va dasturiy ta`minot (software)lardir.
Texnikaviy ta’minoti — bu kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo’shimcha 
(atrof) qurilmalaridir.
Kompyuterning qo`shimcha qurilmalari
Sichqoncha
Printer
Skaner
Plotte
Tarmoq qurilmasi
Strimmer
Modem
Sichqoncha- boshqaruvchi buyruqlarni jo`natish imkonini beradi.Biror sirt bo`ylab 
harakatlantirilganda ichida joylashgan sharcha harakatga keladi, hosil bo`lgan 
signallar kompyuterga uzatiladi va ekranda yurgichning mos harakatlari yuzaga 
keladi
Sichqoncha xaqida qiziqarli faktlar
9 dekabr kompyuter sichqonchasining “tug‘ilgan kuni” hisoblanadi. 1968 yilning 
aynan shu kuni Stenford tadqiqot instituti xodimi Duglas Engelbart sichqonchani 
San-Frantsiskodagi hisoblash texnikasi bo‘yicha anjumanda taqdim qilgan.
Kompyuter sichqonchasiga NASA tomonidan buyurtma berilgan. Koinot agentligi 
hisoblash tizimlari bilan ishlashni soddalashtirish usulini izlagan. Biroq sichqoncha
agentlik mutaxassislarini qoniqtirmagan, chunki u bilan vaznsizlikda ishlashning 
iloji bo‘lmagan.
Engelbart unda sichqonchani yaratish g‘oyasi paydo bo‘lishidan avval boshning 
harakatlariga monand kursorni harakatlantiruvchi maxsus niqobni qo‘llashni taklif 
qilgan.
Engelbart sichqonchaga patent olgan, biroq patent muddati uning ixtirosi ommaviy
ravishda ishlab chiqarila boshlanishigacha tugab bo‘lgan. Biroq qahramon  mukofotsiz qolib ketmagan. 1997 yilda Engelbart ixtirochilarga beriladigan 
Lemelson mukofoti (500 ming dollar) va “kompyuter sohasidagi Nobel mukofoti” 
deb e'tirof etiluvchi Tyuring mukofotini (250 ming dollar) olgan. 
Engelbart o‘z sichqonchasiga bitta tugmani joylashtirgan, biroq uning o‘zi har bir 
barmoq uchun bittadan tugma joylashtirishni istagan.
Sichqonchani ishlatish mumkin bo‘lgan ilk kompyuter 1970 yilda ishlab 
chiqarilgan Xerox Alto bo‘lgan. Bu kompyuter shuningdek grafik interfeysga ega 
bo‘lgan birinchi kompyuter hisoblanadi.
Sichqoncha kursori nega vertikal yoki gorizontal emas, balki yonboshlatib 
tasvirlangani sababini bilasizmi? Chunki past ko‘rsatish sifatiga ega bo‘lgan ilk 
monitorlarda uni shunday shaklda   topish oson bo‘lgan.
Ilk optik sichqoncha 1980 yilda paydo bo‘lgan, biroq 1999 yilda uning narxi 
cho‘ntakbop ko‘rinishga kelgandan keyingina keng qo‘llana boshlangan.
Printer
Kompyuterda matn yoki grafik(rasm sxema) tarzidagi ma`lumotlarni qog`ozga 
chiqarish 9chop qilish) uchun mo`ljallangan bosish qurilmasi
Skaner va plotter.
Skaner-fotosurat grfik va matn shaklidagi axborotlarni kompyuterga kiritish uchun 
ishlatiladi.
Plotter-bu ma`lumotlarni aks ettirish uchun moljallangan qurilma,
Strimmer va modem
Strimmer-vinchestrdagi katta hajmdagi axborotlarni saqlash qurilmasi.Bu qurilma 
magnitafonlarning kassetalariga o`xshash,ammo ulardan bir oz kattaroq.Eng oddiy 
strimmer 60 Mbayt axborotni saqlay oladi.Bugungi kunda juda katta hajmdagi 
axborotlarni saqlash imkonini beruvchi strimmerlar mavjud.
Modem - bu kompyuterga telefon yoki kabel liniyalari orqali ma'lumotlarni 
yuborish yoki qabul qilish imkoniyatini beradigan qurilma. Kompyuterda 
saqlanadigan ma'lumotlar raqamli, telefon liniyasi yoki kabel simlari faqat analog 
ma'lumotlarni uzatishi mumkin.
Tarmoq qurilmalari, Kompyuterlar, printerlar, faks mashinalari va boshqa elektron qurilmalarni 
tarmoqqa ulash uchun ishlatiladigan apparat qurilmalari   tarmoq qurilmalari 
deyiladi. Ushbu qurilmalar ma'lumotlarni bir xil yoki boshqa tarmoqlar orqali 
tezkor, xavfsiz va to'g'ri tarzda uzatadi. Tarmoq qurilmalari tarmoqlararo yoki 
tarmoq ichi bo'lishi mumkin. Ba'zi qurilmalar qurilmaga o'rnatiladi, masalan NIC 
karta yoki RJ45 ulagichi, ba'zilari esa tarmoqning bir qismi, masalan, yo'riqnoma, 
kalit va boshqalar.  
 Shaxsiy kompyuterning haqida tushuncha.
                    Birinchi shaxsiy kompyuter 1973 yilda Fransiyada Nruohg Trohg Ti 
tomonidan yaratilgan. Dastlab yaratilgan maskur shaxsiy kompyuter elektron 
o`yinchoq sifatida qabul qilindi. Bu kompyuter 1977 yilda amerikalik Stiv Jobs 
boshchiligidagi "Apple Computer" firmasi tomonidan mukammallashtirilib, 
dasturlarning katta majmuini tatbiq etib,
ommaviy ravishda chiqarila boshladi.
Shundan beri kompyuter hayotimizga
mustaxkam joylashib, axborotni qayta
ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi.
                    Kompyuter, deganda turli hajmdagi, har
xil ko`rinishdagi axborotlarni tezlik bilan
ishlab berishni ta`minlovchi universal
avtomatik qurilmani tushunish mumkin.
                    Hozirda hilma-hil zamonaviy
kompyuterlar insonga holis hizmat qilmoqda.  Ularning tashqi ko`rinishi ham 
turlicha. Lekin ularni tashkil etuvchi qurilmalar, (ya`ni apparatli ta`minoti) bilan 
yaqindan tanishsak, turli turkumdagi mashinalardagi qurilmalarda o`xshashlik 
borligini ko`ramiz. Har qanday kompyuter apparatli ta`minoti, asosiy va 
qo`shimcha qurilmalardan tashkil topgan. Asosiy qurilmalar kompyuter ishlashini 
ta`minlasa, qo`shimcha qurilmalar kompyuter bilan ishlash imkoniyatini 
kengaytiradi. 2. Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari
Asosiy qurilmalarga sistema bloki, monitor va klaviatura kiradi. Qo`shimcha 
qurilmalarga "sichqoncha" manipulyatori, printer, plotter, skaner, nurli pero va 
boshqalar misol bo`ladi.
Sistema blokini asosiy xotira, protsessor va elektron sxema tashkil etadi. Asosiy 
xotira o`z navbatida tezkor xotira qurilmasi (TXQ) va doimiy xotira qurilmasidan 
(DXQ) iborat. Tezkor xotira qurilmasida kompyuterga kiritiladigan va uning ish 
jarayoni davomida hosil bo`luvchi barcha axborotlar va ma`lumotlarni ishlash 
uchun zarur bo`ladigan dasturlar vaqtincha saqlanadi. Chunki, tezkor xotira 
qurilmasida saqlanib turgan ma`lumotlar kompyuterlar elektr manba`dan uzilganda
yoki qayta yuklangan vaqtda o`chib ketadi.
                    Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan.
Registr - ma`lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun 
mo`ljallangan qurilma. Har bir registr o`z navbatida triggerlardan tashkil topadi. 
Trigger mitti kondensator bo`lib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda - "1", 
zaryadlanmagan holatda "0" ni ifodalaydi. Registrdagi triggerlarning miqdori 
kompyuterning necha razryadli ekanini belgilaydi. Registrlar uyachalar 
(yacheykalar) deb ham yuritiladi. Uyachalarning har bir razryadida bir bit axborot 
joylashadi, ya`ni 0 yoki 1. 8 bit axborot birlashganda 1 bayt miqdordagi axborotni 
hosil qiladi. Har bir bayt o`z tartib raqamiga, ya`ni adresiga ega bo`ladi. 
Uyachaning sig`imi mashina so`zi uzunligini belgilab beradi. Mashina so`zining 
uzunligi baytlarda o`lchanadi. Mashina so`zining uzunligi 2, 4, 8 baytga teng 
bo`lishi mumkin. Demak, ketma-ket joylashgan ikki, to`rt yoki sakkiz bayt 
birlashib bitta mashina so`zini tashkil etishi mumkin ekan. Har bir xotira uyachasi 
ham o`z adresiga ega, u esa shu uyachadagi boshlang`ich bayt adresi bilan 
ifodalanadi. Tezkor xotira qurilmasining boshqacha
nomi - RAM (Random Access Memory - tanlov
bo`yicha istagan qismiga o`tish mumkin bo`lgan
xotira), chunki undagi bor, istagan adresli uyachaga to`g`ridan-to`g`ri o`tish imkoniyati mavjud.
                     Tezkor xotira qurilmasining bir qismida kompyuter ekranidagi joriy tasvirga
mos keluvchi ma`lumotlar saqlanadi, uni shartli ravishda videoxotira deb 
yuritiladi. Agar tezkor xotirani IBM PC rusumidagi kompyuterlar uchun olsak, u 
quyidagicha taqsimlanadi: dastlabki 640 Kbayti foydalanuvchi dasturlari va 
ma`lumotlar uchun, 1 Mbaytgacha bo`lgan qismi sistemali foydalanish uchun.
                    Doimiy xotira qurilmasida kompyuter ishlagan paytda yozilgan axborot 
o`zgarmasdan doim saqlanadi. Unda odatda, kompyuterning har yoqilishida 
uning barcha asosiy qurilmalarining sozligini tekshiruvchi dasturlar, 
diskyurituvchi, monitor, klaviatura qurilmalarining ishini boshqaruvchi dasturlar, 
operatsion sistema diskning qaysi joyida joylashganligi haqidagi axborotlar 
joylashgan bo`ladi.
                    Protsessor - kompyuterning asosiy qurilmasi. Protsessor arifmetik va 
mantiqiy amallar bajaradi, xotira bilan bog`lanadi va barcha mahalliy 
qurilmalarning ishini boshqaradi. Protsessorning asosiy ishi tezkor xotira 
qurilmasida joylashgan dasturdan navbatdagi buyruqni o`qish va bajarish, natijani 
yozib qo`yish hamda keyingi bajariladigan buyruqni aniqlashdan iborat 
takrorlanuvchi jarayon.
  Dastur - kompyuter bajarishi lozim bo`lgan buyruq va ko`rsatmalarining izchil 
ketma-ketligi. Bundan tashqari protsessor dastur mazmunidagi boshqarishni 
amalga oshirish, ma`lumotlarni zarur joydan o`qish, lozim joyga yozish, kerak 
joyga uzatish boshqa qurilmalarning izlanishini muvofiqlashtirish vazifasini ham 
bajaradi.
Demak, protsessor berilgan dastur va zarur malumotlar asosida odam aralashuvisiz 
kompyuterning avtomatik ishlashini ta`minlovchi qurilma ekan.
                    Zamonaviy kompyuterlarda protsessor vazifasini mikroprotsessor, ya`ni o`ta 
katta integral sxemalar bajarmoqda, u 10 mm kvadratdan ham kichik yuzada 
joylashgan yagona yarim o`tkazgichli kristalda (kremniy yoki germaniy) 
joylashgan millionlab mitti tranzistorlardan tashkil topadi. Misol sifatida  ko`radigan bo`lsak, Intel Pentium Pro mikroprotsessori o`z ichida 5,5 milliondan 
ortiq tranzistorlarni saqlaydi.
                    Protsessorning ish unumdorligi uning tezligi (taktli chastota) va razryadlar 
soni bilan belgilanadi Tezlik protsessorni 1 sekundda bajargan amallar miqdori 
bilan belgilanadi va Gs bilan ifodalanadi. Masalan, i8086 protsessori 10 MGs 
(sekundiga 10 million amal) tezlikka ega bo`lsa Pentium protsessori uchun bu 
ko`rsatkich 850 MGsga teng. Protsessorning razryadlari soni uning bir vaqtning 
o`zida baravariga ishlash mumkin bo`lgan bitlar miqdori bilan aniqlanadi. Hozirgi 
kunda 8, 16, 32, 64, 128 razryadli prssessorlar keng qo`llanmoqda. Protsessorning 
tezligini oshirish uchun hozirgi vaqtda kesh-xotira, turli matematik 
hamprotsessorlar kabi vositalardan foydalanish yo`lga qo`yilgan.
                    Komppyuter qurilmalari orasidagi axborot almashinuvi sistema magistrali - 
shinalar (elektr simlarining bog`lamlari) ko`magida amalga oshiriladi. Shinadagi 
simlar kompyuterning hamma qurilmalariga parallel holda ulanadi. Kompyuter ishi
uchun uch xil shina xizmat ko`rsatadi: berilganlar (berilgan malumotlar) shinasi, 
adreslar shinasi, boshqarish shinasi. Bog`lamdagi simlarning miqdori, shinaning 
razryadlari sonini belgilaydi. Aniq protsessorga mos i80386, 16Ғ32 yozuvi, ushbu 
protsessor 16 razryadli berilganlar shinasi va 32 razryadli adreslar shinasiga ega 
ekanligini, ya`ni bir vaqtning o`zida 16 bit axborot va 2^32қ 4 Gbayt hajmdagi 
adreslar (adreslar sohasi) bilan ishlash imkoniyatini mavjudligini bildiradi.
Protsessor va asosiy xotira kompyuterning sistema bloki ichidagi asosiy platada 
joylashadi. Unga diskyurituvchi, printer kabi qo`shimcha qurilmalarni ulash uchun 
kontrollerlardan, ya`ni maxsus platalardan foydalaniladi. Ular ona platadagi 
maxsus qirqimlarga joylanadi, portlar deb yuritiluvchi ikkinchi uchlariga 
qo`shimcha qurilmalar bevosita ulanadilar. 
                    Ma`lumotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari. Kompyuterga turli shakldagi 
axborotlarni kiritish yoki chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilmalarni 
ma`lumotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari (MKCHQ) deb yuritiladi. Ularni 
ba`zida maxalliy qurilmalar deb xam ataydilar. Eng asosiy ma`lumotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari, safiga monitor (displey), 
klaviatura va diskyurituvchi qurilmalari kiradi.
                    Kompyuterga turli shakldagi axborotlar kiritishning yo`llaridan biri 
klaviaturada joylashgan tugmalar ko`magida amalga oshiriladi. Aniq bir tugmani 
yoki tugmalar birikmasini bosilishiga aynan mos ikkilik kodni kiritilishiga olib 
keladi, Buning boisi shifrlovchi deb yuritiladigan - mikrosxema ma`lum bir tugma 
bosilishida hosil bo`ladigan signalni ikkilik kodga aylantirib beradi.
    Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan
axborotlarning zarur qismini ekranda yoritib berishni 
ta`minlaydi. Monitor matn yoki grafik rejimda ishlaydi. 
Matn rejimida ekran belgi o`rinlari deb yuritiluvchi 
alohida qismlarga bo`linadi. Grafik rejimda ekran piksel 
deb ataluvchi nuqtalar to`plamidan tashkil topadi. Ikkala 
rejimda ham belgi yoki pikselning ranglari, fonning rangi, ravshanligi va boshqa 
parametrlar xaqidagi ma`lumotlar videoxotirada saqlanadi. Monitordagi 
piksellarning umumiy miqdori monitorning imkon darajasi, deb ataladi.
                    Hozirgi davrda keng tarqalgan monitorlarni tavsiflovchi jadvalni keltiramiz. 
Bu erda belgi o`rinlarining miqdori ekrandagi satr va ustunlardagi belgi 
o`rinlarning miqdorlari ko`paytmasi hamda piksellar soni gorizontal va vertikal 
bo`yicha piksellar sonining ko`payt masi shaklida berilgan
  Monitor nomi   Matn rejimi Grafik rejimi
Ranglar miqdori Belgi o`rinlar
miqdori Ranglar miqdori Piksellar miqdori
CGA 16 80x25 2 640x200
    4 620x200
EGA 16 80x25 16 640x350
16 80x43     VGA 16 80x25 16 640x480
16 80x50    
SVGA 16 80x50 256 640x480
    16 800x600
                    Diskyurituvchi - disklarni aylantirishga xizmat qiluvchi motor moslamasi 
hamda ularga ma`lumot yozish va o`qish magnit boshchasidan tashkil topuvchi 
qurilma. Disklar asosan uchga bo`linadi: egiluvchan disk, qattiq disk (vinchester) 
hamda kompakt disk (CD ROM - Compakt - Disk - Read Only Memory).
                    Egiluvchan disk va qattiq disklarga axborotlar sektorlarga bo`lingan 
halqasimon yo`lchalar bo`ylab yoziladi. Disklar temir moddasini saqlovchi 
qotishmadan tayyorlanib ularning magnitlangan qismi birlarni, qolgan qismlari esa 
nollarni ifodalaydi. Sektor va yo`lchalar o`z tartib raqamlariga ega bo`lib, har bir 
sektorning sig`imi 0.5 Kbayt ni tashkil etadi. 
                    Egiluvchan disk asosan ikki xil bo`lib ular diametrlarining uzunliklari bilan 
farqlanadilar (3,5 dyuymli- 98mm, 5,25 dyuymli - 133 mm).
                    Egiluvchan disk uni himoya qiluvchi maxsus qattiq plastik qutilarda 
saqlanadi. Diskning sig`imi yo`lchalarning zichligi va uning ishchi tomonlari 
soniga bog`liq. Zichliklarning bir karrali (SD - Single Density), ikki karrali (DD- 
Double Density), to`rt karrali (QD-Quadruply Density) va yuqori darajali (HD-
High Density) xillari mavjud. Diskning faqat bir tomonidan foydalanish mumkin 
bo`lsa, u - SS - Single Sided belgi bilan va diskning, ikki tomonini ishlatish 
imkoniyati bo`lsa - DS - Double Sided belgilari bilan tamg`alanadi. 
                    Masalan, DSҒHD xildagi 3.5 dyuymli diskning axborot sig`imi 1.44 Mbayt 
ni, 5.25 dyuymli disk uchun esa 1.2 Mbayt ni tashkil etadi. 
                    Vinchesterlar kompyuterning ichida joylashgan bo`lib, uning hajmi bir 
necha Gbaytgacha boradi. Vinchester deganda silindrsimon shaklidagi maxsus 
germetik idishga joylashtirilgan bir o`qqa mustahkamlangan ustma-ust joylashgan 
disklarning majmuini tushuniladi. Kompyuter ichida birdaniga bir necha 
vinchesterlar joylashishi ham mumkin.  Kompakt disklarning axborot sig`imi o`rta hisobda 640
Mbayt ni tashkil etadi. Undagi axborotlarni yozish
yo`lchalari spiralsimon shaklda bo`lib, ma`lumotlarni
o`qish va yozish lazer nuri ko`magida amalga oshiriladi.
Kompakt disklar oltin yoki alyuminiy qotishmalaridan
tayyorlanib, doirasimon plastik ichiga joylangan holatda
bo`ladi. Kompakt disklar bilan ishlashga mo`ljallangan diskdonning vazifasi ham 
oddiy diskdonnikiga o`xshash ammo ish prinsipi magnitlanishga emas, balki lazer 
nuridan foydalanishga asoslangan. Kompakt diskning zarur qismlari nur berib
qizitib bo`rttiriladi. Kompakt disklar bilan ishlashga mo`ljallangan diskdon ichida 
kichik quvvatda berilgan nur kompakt diskning bo`rtib chiqqan qismlariga borib 
urilib akslanadi. Nurning akslanib qaytgani haqidagi signal birlarni, teskarisi esa 
nollarni ifodalaydi. Hozirgi davrda sig`imi 10 Gbaytgacha boradigan kompakt 
disklarni ishlab chiqish yo`lga qo`yilmoqda. Kompakt disklarda axborot saqlash 
qulay bo`lsada, uning ish tezligi vinchesternikiga qaraganda sekindir. Ushbu 
disklarning diametrlari ham 5.25 yoki 3.5 dyuymlik bo`ladi. 
                    Magnit disklarning yangi xillariga misol sifatida magnitooptik disklarni 
keltirishimiz mumkin. Bu disklarni yaratishda magnit va optik texnologiyaning 
yutuqlari birlashgan. Magnitooptik disklarning ustunligi ularning sig`imlarining 
kattaligi, olib yurish mumkinligi, ish tezligining kattaligidir. Demak, xuddi shu 
diametrli egiluvchan disklarga qaraganda o`rtacha olganda ularning sig`imlari 
hajmi 300, axborotlarni o`qish yoki yozish tezligi esa 10 barobardan ham ortiq 
kattadir. 
3.Shaxsiy kompyuterning  qo`shimcha qurilmalari
                    Printer - ma`lumotlarni qog`ozga chiqarish qurilmasi. Printerlarning 
uch xili mavjud: bosma (matritsa-o`yma qolip), purkovchi, lazerli. Bosma 
printerda qog`ozdagi bosilayotgan satr bo`ylab harakatlanadigan maxsus qurilmaga
o`rnatilgan metall ignachalar qog`oz va qurilma orasiga o`rnatilgan rangli tasmaga  tegib qog`ozda iz qoldirib ma`lumotlarni hosil qiladi, shu nuqtalarning to`plami 
esa qog`ozga belgilar yoki shakllarni chiqarilishini ta`minlaydi. Ko`rinib turibdiki, 
bosma printerdan chiqarilayotgan axborotlarning rangi o`rnatilgan tasma rangiga 
mos bo`ladi.
                    Purkovchi printer- qog`ozga chiqariladigan ma`lumotlarni, maxsus idishdagi
suyuqlikni juda kichik naycha teshigidan bosimli purkash yo`li bilan hosil qiladi. 
                    Lazer printeri- ma`lumotlarni chop etishda rang solingan maxsus barabanga 
elektr maydonini ta`sir ettirishdan foydalanadi. Bunday printerlar tez va soz 
ishlaydi, qog`ozga chiqariladigan axborotli mahsulotning sifati yuqoridir. Bosma 
yoki purkovchi printer bir minutda bir bet ma`lumot chop etsa, lazer printerining 
shunday ko`rsatkichi o`n betdan ortiq. Purkovchi va lazer printerlarda 
ma`lumotlarni turli rangli qilib chop etish imkoniyati mavjud. 
Yurgichni boshqarish va qo`shimcha boshqarish vazifalarni bajaruvchi 
qurilmalarning quyidagi xillari mavjud: "sichqoncha", trekbol, joystik. 
"Sichqoncha" - biror sirt bo`ylab surib yurgizilganda ichida joylashgan sharcha 
harakatga keladi, hosil bo`lgan signallar kompyuterga uzatiladi va ekranda 
yurgichning mos harakatlari yuzaga keladi. "Sichqonchada" o`rnatilgan tugmalar 
ko`magida boshqaruvchi buyruqlarni jo`natish mumkin.
       Trekbol - sichqoncha"ning to`nkarib qo`yilgan holatiga o`xshaydi, 
undan asosan notebook xilidagi ko`chma kompyuterlardan foydalaniladi.
         Joystik - tugmali harakatlanuvchi maxsus dastadan iborat qurilma, u 
asosan faqat o`yin yoki mashq bajaruvchi dasturlarni boshqarishda qo`llanadi. 
                Plotter (grafyasagich) - chizmalarni qog`ozga chiqarish uchun xizmat 
qiluvchi qurilma. Qog`ozda tasvirlanadigan chizmalar tushlangan pero bilan hosil 
qilinadi. Chizmalar 300x300 sm o`lchamgacha bo`lgan katta qog`ozlarga ham 
chiqarilishi mumkin.
                     
Skaner - foto rasm, grafik va 
matn shaklidagi axborotlarni 
kompyuterga kiritish uchun  ishlatiladi. Demak, rasm, shakl yoki matnni albatta bevosita kompyuterda hosil 
qilish shart emas, balki uni oldin tashqarida tayyorlab olib kompyuterga kiritish 
sharoitini yaratib, bu rasmdan kompyuterda ko`rsatmali foydalanish imkoniyatini 
beradi. Hozirda stol usti skanerlari va qo`l skanerlari keng tarqalgan. Stol usti 
skanerlari o`z navbatida planshet, rulon, proeksionxillarga bo`linadi. Skanerning 
har bir turi qo`yilgan masalaga mos ravishda bajara oladigan vazifaga qarab o`z 
joyida qo`llanadi. 
  Strimer - vinchesterdagi eng zarur axborotlarni buzmasdan asrash uchun, 
uning nusxasini ko`chirib zahirada saqlash uchun xizmat qiladigan qurilma. 
Strimer ma`lumotlarni magnit tasmalarga juda tez ko`chirishni tashkil etadi. 
Magnit lentalar sifatida audio yoki video tasmalardan foydalaniladi. 
                    Modem - kompyuter signallarini telefon
signallariga aylantiruvchi va aksincha telefon
signallarini kompyuter signallariga aylantirishni
ta`minlovchi maxsus qurilma. Demak, modem
telefon tarmoqlari orqali kompyuterlarni o`zaro
bog`lash imkoniyatini yaratib berar ekan. Modem kompyuterda o`zgarmas tok 
orqali hosil qilingan signallarni turli chastotali tovush signallarining 
kombinatsiyasiga aylantiradi va shu jarayonni teskari tartibda ham bajaradi. Bu esa
yakka kompyuterdan foydalanganga qaraganda, ancha katta hajmdagi axborot 
bilan ishlash imkoniyatlarini ochib beradi.
                    Soundblaster - axborot saqlagichlarga yozilgan raqamli audioaxborotni 
tovushlarga aylantirib beruvchi qurilma. Soundblaster qurilmasining chiqish 
qismiga ovoz kuchaytirgich yoki ovoz kolonkalarini ulash mumkin, bu bilan 
kompyuterning multimedia imkoniyatlarini to`liq namoyon etishga yo`l ochiladi. 
Multimedia - matn, tovushli ma`lumotlarni, tabiiy 
va grafik tasvirlarni birlashtiruvchi axborot 
texnologiyasi. Multimedia uchun zamonaviy CD - 
ROM texnologiyalar taqdimnomasi ilk marta 1987 
yili Sietldagi konferensiyada (Second Microsoft CD  - ROM Conference) bo`lib o`tdi va bu sana video va audioaxborotli to`laqonli 
multimedianing paydo bo`lishining boshlanishi deb hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. Ғуломов С.С., Шермухаммедов А.Т., Бегалов Б.А. Иқтисодий информатика. -
Т.: Ўзбекистон, 1999. 
2. Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар, Т. – Янги аср 
авлоди, 2001 й.
3. Насретдинова Ш.С. Windows 95 Excel 7.0 сахифаларида.-Т.: Ўзбекистон, 
1999.  
4. М.Арипов  Информатика ва хисоблаш техникаси Т.2001й 5. Рахмонқулова С.И. IBM PC  шахсий компьютерида ишлаш.-Т.:Шарқ,1997.
6. А.А. Обидов Информатика.ўқув қўлланма Тошкент 2005й  
7. Холматов Т.Х., Тайлақов Н.И.Амалий математика, дастурлаш ва 
компьютернинг дастурий таъминоти.-Т.: Меҳнат,2000.
8. www.tuit.uz

Kompyuterning qo`shimch qurilmalari Reja: 1.1 Kirish. 2. Asosiy qism. 2.1. Kompyuterning qo`shimcha qurilmalari 2.2. Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari 2. 3. Shaxsiy kompyuterning qo`shimcha qurilmalari 3. Xulosa. 4. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

Kirish Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat, bular texnikaviy ta’minot (hardware) va dasturiy ta`minot (software)lardir. Texnikaviy ta’minoti — bu kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir. Kompyuterning qo`shimcha qurilmalari Sichqoncha Printer Skaner Plotte Tarmoq qurilmasi Strimmer Modem Sichqoncha- boshqaruvchi buyruqlarni jo`natish imkonini beradi.Biror sirt bo`ylab harakatlantirilganda ichida joylashgan sharcha harakatga keladi, hosil bo`lgan signallar kompyuterga uzatiladi va ekranda yurgichning mos harakatlari yuzaga keladi Sichqoncha xaqida qiziqarli faktlar 9 dekabr kompyuter sichqonchasining “tug‘ilgan kuni” hisoblanadi. 1968 yilning aynan shu kuni Stenford tadqiqot instituti xodimi Duglas Engelbart sichqonchani San-Frantsiskodagi hisoblash texnikasi bo‘yicha anjumanda taqdim qilgan. Kompyuter sichqonchasiga NASA tomonidan buyurtma berilgan. Koinot agentligi hisoblash tizimlari bilan ishlashni soddalashtirish usulini izlagan. Biroq sichqoncha agentlik mutaxassislarini qoniqtirmagan, chunki u bilan vaznsizlikda ishlashning iloji bo‘lmagan. Engelbart unda sichqonchani yaratish g‘oyasi paydo bo‘lishidan avval boshning harakatlariga monand kursorni harakatlantiruvchi maxsus niqobni qo‘llashni taklif qilgan. Engelbart sichqonchaga patent olgan, biroq patent muddati uning ixtirosi ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlanishigacha tugab bo‘lgan. Biroq qahramon

mukofotsiz qolib ketmagan. 1997 yilda Engelbart ixtirochilarga beriladigan Lemelson mukofoti (500 ming dollar) va “kompyuter sohasidagi Nobel mukofoti” deb e'tirof etiluvchi Tyuring mukofotini (250 ming dollar) olgan. Engelbart o‘z sichqonchasiga bitta tugmani joylashtirgan, biroq uning o‘zi har bir barmoq uchun bittadan tugma joylashtirishni istagan. Sichqonchani ishlatish mumkin bo‘lgan ilk kompyuter 1970 yilda ishlab chiqarilgan Xerox Alto bo‘lgan. Bu kompyuter shuningdek grafik interfeysga ega bo‘lgan birinchi kompyuter hisoblanadi. Sichqoncha kursori nega vertikal yoki gorizontal emas, balki yonboshlatib tasvirlangani sababini bilasizmi? Chunki past ko‘rsatish sifatiga ega bo‘lgan ilk monitorlarda uni shunday shaklda topish oson bo‘lgan. Ilk optik sichqoncha 1980 yilda paydo bo‘lgan, biroq 1999 yilda uning narxi cho‘ntakbop ko‘rinishga kelgandan keyingina keng qo‘llana boshlangan. Printer Kompyuterda matn yoki grafik(rasm sxema) tarzidagi ma`lumotlarni qog`ozga chiqarish 9chop qilish) uchun mo`ljallangan bosish qurilmasi Skaner va plotter. Skaner-fotosurat grfik va matn shaklidagi axborotlarni kompyuterga kiritish uchun ishlatiladi. Plotter-bu ma`lumotlarni aks ettirish uchun moljallangan qurilma, Strimmer va modem Strimmer-vinchestrdagi katta hajmdagi axborotlarni saqlash qurilmasi.Bu qurilma magnitafonlarning kassetalariga o`xshash,ammo ulardan bir oz kattaroq.Eng oddiy strimmer 60 Mbayt axborotni saqlay oladi.Bugungi kunda juda katta hajmdagi axborotlarni saqlash imkonini beruvchi strimmerlar mavjud. Modem - bu kompyuterga telefon yoki kabel liniyalari orqali ma'lumotlarni yuborish yoki qabul qilish imkoniyatini beradigan qurilma. Kompyuterda saqlanadigan ma'lumotlar raqamli, telefon liniyasi yoki kabel simlari faqat analog ma'lumotlarni uzatishi mumkin. Tarmoq qurilmalari,

Kompyuterlar, printerlar, faks mashinalari va boshqa elektron qurilmalarni tarmoqqa ulash uchun ishlatiladigan apparat qurilmalari tarmoq qurilmalari deyiladi. Ushbu qurilmalar ma'lumotlarni bir xil yoki boshqa tarmoqlar orqali tezkor, xavfsiz va to'g'ri tarzda uzatadi. Tarmoq qurilmalari tarmoqlararo yoki tarmoq ichi bo'lishi mumkin. Ba'zi qurilmalar qurilmaga o'rnatiladi, masalan NIC karta yoki RJ45 ulagichi, ba'zilari esa tarmoqning bir qismi, masalan, yo'riqnoma, kalit va boshqalar. Shaxsiy kompyuterning haqida tushuncha. Birinchi shaxsiy kompyuter 1973 yilda Fransiyada Nruohg Trohg Ti tomonidan yaratilgan. Dastlab yaratilgan maskur shaxsiy kompyuter elektron o`yinchoq sifatida qabul qilindi. Bu kompyuter 1977 yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi "Apple Computer" firmasi tomonidan mukammallashtirilib, dasturlarning katta majmuini tatbiq etib, ommaviy ravishda chiqarila boshladi. Shundan beri kompyuter hayotimizga mustaxkam joylashib, axborotni qayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi. Kompyuter, deganda turli hajmdagi, har xil ko`rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta`minlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin. Hozirda hilma-hil zamonaviy kompyuterlar insonga holis hizmat qilmoqda. Ularning tashqi ko`rinishi ham turlicha. Lekin ularni tashkil etuvchi qurilmalar, (ya`ni apparatli ta`minoti) bilan yaqindan tanishsak, turli turkumdagi mashinalardagi qurilmalarda o`xshashlik borligini ko`ramiz. Har qanday kompyuter apparatli ta`minoti, asosiy va qo`shimcha qurilmalardan tashkil topgan. Asosiy qurilmalar kompyuter ishlashini ta`minlasa, qo`shimcha qurilmalar kompyuter bilan ishlash imkoniyatini kengaytiradi.

2. Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari Asosiy qurilmalarga sistema bloki, monitor va klaviatura kiradi. Qo`shimcha qurilmalarga "sichqoncha" manipulyatori, printer, plotter, skaner, nurli pero va boshqalar misol bo`ladi. Sistema blokini asosiy xotira, protsessor va elektron sxema tashkil etadi. Asosiy xotira o`z navbatida tezkor xotira qurilmasi (TXQ) va doimiy xotira qurilmasidan (DXQ) iborat. Tezkor xotira qurilmasida kompyuterga kiritiladigan va uning ish jarayoni davomida hosil bo`luvchi barcha axborotlar va ma`lumotlarni ishlash uchun zarur bo`ladigan dasturlar vaqtincha saqlanadi. Chunki, tezkor xotira qurilmasida saqlanib turgan ma`lumotlar kompyuterlar elektr manba`dan uzilganda yoki qayta yuklangan vaqtda o`chib ketadi. Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan. Registr - ma`lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun mo`ljallangan qurilma. Har bir registr o`z navbatida triggerlardan tashkil topadi. Trigger mitti kondensator bo`lib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda - "1", zaryadlanmagan holatda "0" ni ifodalaydi. Registrdagi triggerlarning miqdori kompyuterning necha razryadli ekanini belgilaydi. Registrlar uyachalar (yacheykalar) deb ham yuritiladi. Uyachalarning har bir razryadida bir bit axborot joylashadi, ya`ni 0 yoki 1. 8 bit axborot birlashganda 1 bayt miqdordagi axborotni hosil qiladi. Har bir bayt o`z tartib raqamiga, ya`ni adresiga ega bo`ladi. Uyachaning sig`imi mashina so`zi uzunligini belgilab beradi. Mashina so`zining uzunligi baytlarda o`lchanadi. Mashina so`zining uzunligi 2, 4, 8 baytga teng bo`lishi mumkin. Demak, ketma-ket joylashgan ikki, to`rt yoki sakkiz bayt birlashib bitta mashina so`zini tashkil etishi mumkin ekan. Har bir xotira uyachasi ham o`z adresiga ega, u esa shu uyachadagi boshlang`ich bayt adresi bilan ifodalanadi. Tezkor xotira qurilmasining boshqacha nomi - RAM (Random Access Memory - tanlov bo`yicha istagan qismiga o`tish mumkin bo`lgan xotira), chunki undagi bor, istagan adresli uyachaga