Konstitutsiyaviy huquqining manbalari
Konstitutsiyaviy huquqining manbalari Reja 1. Konstitutsiya, qonunlar (konstitutsiyaviy, organik, oddiy); 2. Ijroiya hokimiyatining normativ aktlari; parlament reglamentlari; 3. Konstitutsiyaviy nazorat organlarining normativ aktlari;; 4. Sud pretsedenti va xokazolar. 5. Konstitutsiyaviy-huquqiy odatlar (konstitutsiyaviy bitim). 6. Halqaro davlatlararo shartnomalar. 7. Konstitutsiyaviy meoyor va qonunlar izohi tartibida berilgan aktlar. 8. Doktrinal manbalar. 9. Diniy manbalar. 10. Tabiiy huquq konstitutsiyaviy huquq manbai sifatida. 11. Siyosiy deklarsiyalar.
Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy (davlat) huquqi fanining manbalari deganda kostitutsiyaviy huquq obyekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalar yig‘indisi tushuniladi. Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy (davlat) huquqi fanining manbalariga quyidagilar kiradi. Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyalari. Ushbu fanning asosiy manbasi xisoblanadi. Qonunlar - konistitutsiyaviy qonunlar ya’ni konstitutsiyaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritadi. Oddiy qonunlar ya’ni konstitutsiyaviy huquq institutlarini tartibga soladi. Favqulotda qonunlar ya’ni aloxida xolatlarda ma’lum bir muddatga qabul qilinadi. Davlat ichidagi ommaviy huquqiy shartnomalar. Masalan 1943 yilda Livanda qabul qilingan milliy pakt, 1993 yil 1 yanvarda Chexoslavakiyaning Chexiya bilan Slovakiyaga bo‘linish xaqidagi kelishuv. 1995 yil Ukraina Oliy Radasi bilan prezident o‘rtasidagi konstitutsiyaviy kelishuv. Bu kelishuv 1996 yil Konstitutsiya qabul qilingandan so‘ng o‘z kuchini yo‘qotgan. 1998 yili Fransiya bilan sobiq koloniyasi Yangi Kalidoniya o‘rtasidagi shartnoma.Ushbu shartnoma 20 yil muddatga to‘zilgan. Parlament va uning palatalarining reglamentlari. Bular parlament va uning organlari faoliyatini tartibga soladi. Ijro etuvchi hokimiyat va davlat boshliqlarining aktlari. Monarx farmonlari prezident dekretlari xukumat qarorlari. Xukumat qarorlari, ministrlarning aktlari, markaziy saylov komissiyasining qarorlari. Konstitutsiviy nazorat organlarining aktlari. Konstitutsiyaviy sud yoki konstitutsiyaviy kengash tomonidan konstitutsiyaga rasman sharx beriladi, mamlakatda qabul qilinayotgan qonunlarni konstitutsiyaga mos ekanligini tekshirib boradi. Sud pretsedentlari (asosan anglo-sakson huquqi mamlakatlarida amal qiladi) - yuqori instansiya sudlari tomonidan qabul qilingan qarorlari quyi instansiya sudlarida xuddi shunday ishlarni qo‘rib chiqishda asos bo‘ladi.
Konstitutsiyaviy odatlar - davlat organlari faoliyatida amal qilib kelayotgan og‘zaki ko‘rsatmalar. Odatlar asosan Buyuk Britanich va Yangi Zellandiya parlamentlarida ko‘proq qo‘llaniladi. Diniy manbalar - ayrim musulmon davlatlarida konstitutsiya o‘rniga muqaddas kitob “Qur’oni Karim” asosida qabul qilinadi. Huquqiy doktrina - ayrim mamlakatlarda sud organlari konstitutsiyaviy nizolarni hal qilishda o‘z qarorlarini buyuk huquqshunoslar va konstitutsiyaviy huquq bo‘yicha fikrlariga tayanishadi. Halqaro huquqiy aktlar - Yevropa Ittifoqining 1992 yilgi shartnomasi. Ushbu shartnomada Yevropa Ittifoqiga kirgan davlatlarda yagona fuqarolik masalasi qo‘yilgan. 1948 yilgi Inson huquqlari umumJahon deklaratsiyasi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 1948 yil 10 dekabr Muqaddima - Insoniyat oilasinining barcha azolariga xos qadriyatlarni va ularning teng va daxlsiz huquqlarini tan olish ozodlik, adolat va yalpi tinchlik asosi ekanligini etiborga olib, va - Inson huquqlarini mensimaslik va undan nafratlanish insoniyat vijdonini qiynadigan vahshiyliklarni sodir qilishga olib kelganligini, odamlar so‘z erkinligi va etiqodlariga ega bo‘ladigan hamda qo‘rquv va muhtojlikdan holi bo‘lib yashaydigan dunyoni yaratish insonlarning intilishidir deb elon qilinganligini etiborga olib, va - bunda insonning huquqlari qonun hukmronligi bilan qo‘riqlanishi zarurki, pirovardida inson, so‘ngi chora sifatida zulm va istibdodga qarshi isyon ko‘tarishga majbur bo‘lishini oldini olishni taminlashni etiborga olib, va - halqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga ko‘maklashish zarurligini etiborga olib, va - Birlashgan Millatlarning halqlari Nizomida insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining qadr-qimmatiga, erkak va ayolning tengligiga ishonchlarini
tasdiqlaganliklari hamda yanada kengroq erkinlikda ijtimoiy taraqqiyot va turmush sharoitlarini yaxshilashga nko‘maklashishga kelishilganini etiborga olib, va - azo bo‘lgan davlatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlik qilishda inson huquqlari va barcha erkinliklarini to‘liq hurmat qilish va unga rioya etish majburiyatlarini olganliklarini etiborga olib, - mazkur huquq va erkinliklarning xususiyatlarini ko‘pchilik tomonidan anglanishi mazkur majburiyatlarning to‘liq bajarilishi uchun katta ahamiyatga ega ekanligini etiborga olib, - Bosh Assambleya mazkur inson huquqlarining Umumiy Deklaratsiyasini barcha halqlar va barcha davlatlar bajarishga intilishi lozim bo‘lgan vazifa sifatida elon qilar ekan, toki har bir inson va jamiyatning har bir tashkiloti doimo ushbu Deklaratsiyani nazarda tutib, marifat va talim yoli bilan bu huquq va erkinliklarning hurmat qilinishi, milliy va halqaro taraqqiyparvar tadbirlar orqali ham uning bajarilishi taminlanishiga, Tashkilotga azo bo‘lgan davlatlar halqlari o‘rtasida va ushbu davlatlarning yurisdiksiyasidagi hududlarda yashayotgan halqlar o‘rtasida yoppasiga va samarali tan olinishiga intilishlari zarur. 1-modda Hamma insonlar o‘z qadr-qimmati hamda huquq jihatdan erkin va teng bo‘lib tug‘iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan va ular bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabat qilishlari kerak. 2-modda Har bir inson irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoxud boshqa etiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy yoxud tabaqaviy yoki boshqa sharoitidan qatiy nazar ushbu Deklaratsiyada elon qilingan barcha huquqlar va erkinliklarga ega bo‘lishi shart. Bundan tashqari, inson mansub bo‘lgan mamlakat yoki hududning siyosiy, huhuqiy yoki halqaro maqomidan, o‘z suverenitetida ushbu hudud mustaqilmi, vasiymi, o‘zini boshqarolmaydimi, yoxud boshqacha tarzda cheklanganligidan qatiy nazar, biror-bir farqlanish Mbo‘lmasligi lozim.
3-modda Har bir inson yashash, erkin bo‘lish va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egadir. 4-modda Hech kim qullikda yoki erksiz holatda saqlanishi mumkin emas; qullik va qullar bilan savdo qilishning barcha ko‘rinishlari taqiqlanadi. 5-modda Hech kim azob-uqubajlarga, shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatini xo‘rlovchi muomala va jazoga duchor etilmasligi kerak. 6-modda Har bir inson, qayyerda bo‘lishidan qatiy nazar, o‘zining huquqiy layoqati tan olinishiga haqlidir. 7-modda Barcha odamlar qonun oldida tengdir va hech bir tafovutsiz qonunning bir xil himoyasiga haqlidir. Barcha odamlar ushbu Deklaratsiyani bo‘zuvchi har qanday kamsitishdan va shunday Mkamsitilishga undaydigan har qanday g‘alamislikdan himoya qilinish huquqiga egadir. 8-modda Har bir inson unga konstitutsiya yohud qonun bilan berilgan asosiy huquqlari oyoq osti kilingan hollarda vakolatli milliy sudlar tomonidan bu huquqlarning tiklanishiga haqlidir. 9-modda Hech kim asossiz qamalishi, ushlanishi yoki quvg‘in qilinishi mumkin emas. 10-modda Har bir inson o‘z huquq va burchlarini belgilash hamda unga qo‘yilgan jinoiy ayblovning asosli ekani aniqlanishi uchun to‘laqonli tenglik asosida uning ishi oshkora va adolat talablariga rioya qilingan holda, mustaqil va xolis sud tomonidan ko‘rib chiqilish huquqiga ega. 11-modda