MANBALARI. SUVLARNING SIFATI SUG‘ORISH UCHUN YAROQLILIGI
MAVZU: O‘ZBEKISTONNING SUV RESURSLARI VA SUG‘ORISH SUVI MANBALARI. SUVLARNING SIFATI SUG‘ORISH UCHUN YAROQLILIGI Reja: 1. Suv resurslari 2. Suv manbalari 3. Suvlarning sifati va ularning sug‘orish uchun yaroqliligi 4. Suv sifatini yaxshilash
1. Suv resurslari. Suv resurslari - bu doimiy va gidrosfyerada suv zahiralarini aylanishi jarayonida yangilanib turuvchi resurslar bo‘lib, ular okean, dengiz, ko‘l, daryo, muzliklar, yer osti va atmosfyera suvlaridir. Barcha suv resurslarini ikki turga – yer usti va yer osti suvlariga bo‘lish mumkin. Yer usti suvlari tarkibiga daryolar, ko‘llar, suv omborlari, hovuzlar, kanallardagi suvlar, muzliklar, quruqlik ichidagi dengizlar, hududiy suvlar kiradi. Yer osti suvlari Yer po‘stining yuqori qismidagi suv saqlovchi tog‘ jinslari qatlamlarining g‘ovak bo‘shliqlaridagi barcha holatdagi suvlardir. Tabiatdagi suv aylanishi jarayonida suvlar bir turdan ikkinchi turga o‘tib turadi. Okean va quruqlikdagi suvlarning bug‘lanishi tabiatda suv aylanishining dastlabki bosqichi bo‘lib, keyinchalik ular atmosfyera yog‘inlari sifatida daryolar, ko‘llar va muzliklarni suv bilan ta’minlaydi. Har bir tabiiy suv turi doimiy ravishda sarflanib va qayta tiklanib turadi. Masalan, daryo suvlari yiliga 20 martagacha qayta tiklanadi, dengiz, yer osti suvlari va muzliklar, aksincha, juda uzoq vaqt mobaynida qayta tiklanadi. Markaziy Osiyodagi daryolarni to‘yinish tavsifiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: - muz-qor yerishi hisobiga to‘yinuvchi – Amudaryo, Zarafshon, So‘x, Isfayram, Isfara, Qashqadaryoning irmog‘i Oqsuv, Oqbo‘ra, Panj, Vaxsh, Bartang va boshqalar; - qor-muz yerishi hisobiga to‘yinuvchi – Norin, Qoradaryo, Sirdaryo, Qurshob, CHirchiq, Surxondaryo va boshqalar; - qor yerishi hisobiga to‘yinuvchi Ohangaron, Qashqadaryo, Podshoota, G‘ovasoy, Kosonsoy va boshqalar; - qor yerishi-yomg‘ir hisobiga to‘yinuvchi – G‘uzor, Keles, Jinnidaryo, Murg‘ob, Tajang va boshqalar.
1.21-rasm. Orol suv havzasi mamlakatlari. Markaziy Osiyoda umumiy suv zahirasi 136,5 km 3 . Asosiy suv manbai - bu tog‘liklarga tushadigan yog‘ingarchilik hisobiga shakllanayotgan yer sathi suvlaridir. Suv balansi atmosfyera yog‘inlari, qor va muzliklarni yerishi hisobiga vujudga keladi. Asosiy suv manbalari bo‘lib Amudaryo va Sirdaryo hamda ularning irmoqlari hisoblanadi. Markaziy Osiyoda yirik daryolar sifatida Vaxsh, Panj, Kofirnigon, Surxondaryo, Zaraf - shon, Qoradaryo, Qashqadaryo, CHirchiq, Ohangaron, So‘x kabi daryolarni ko‘rsatish mumkin. Daryolarni suv sarfi yog‘ingarchilik miqdori bilan aniqlanadi. Ularni to‘yinishiga ko‘ra muz-qor yerishi, (Amudaryo, Oqbo‘ra, So‘x, Panj, Vaxsh, Bartang) qor-muz yerishi (Sirdaryo, Norin, CHirchiq, Qoradaryo, Qurshob), qor yerishi (Podshoota, G‘ovasoy, Kosonsoy) va qor yerishi-yomg‘ir hisobiga (Murg‘ob, Tajang) shakllanuvchi turlarga bo‘lish mumkin. Muz-qor yerishi hisobiga to‘yinuvchi daryolar qishloq xo‘jaligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Agar daryolarning suv sarfi 1 km 2 maydonga 10-20 l/s dan to‘g‘ri kelsa, bu daryolar mavzeni suv bilan to‘liq ta’minlay oladi.
Markaziy Osiyodagi daryolarni to‘yinish tavsifiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin : - muz-qor yerishi hisobiga to‘yinuvchi – Amudaryo, Zarafshon, So‘x, Isfayram, Isfara, Qashqadaryoning irmog‘i Oqsuv, Oqbo‘ra, Panj, Vaxsh, Bartang va boshqalar; - qor-muz yerishi hisobiga to‘yinuvchi – Norin, Qoradaryo, Sirdaryo, Qurshob, CHirchiq, Surxondaryo va boshqalar; - qor yerishi hisobiga to‘yinuvchi Ohangaron, Qashqadaryo, Podshoota, G‘ovasoy, Kosonsoy va boshqalar; - qor yerishi-yomg‘ir hisobiga to‘yinuvchi – G‘uzor, Keles, Jinnidaryo, Murg‘ob, Tajang va boshqalar. 1.61- jadval Jahondagi eng yirik daryolar va ularning tavsifi Daryolar Yillik o‘rtacha suv sarfi, ming m 3 /sek. Suv yig‘ish maydoni, ming km 2 Uzunligi, km Amazonka 120 7000 5500 Kongo 40 3690 4320 Gang va Braxmaputra 39 2000 2900 YAnsitszyan 31 1808 5800 Enisey 19,9 2580 5950 Missisipi 19 3220 3220 Lena 16,8 2490 4270 Zambezi 16 1330 2660 Paran 14,8 4250 4380 Orinoko 14 1085 2400 Mekenzi 14 1760 1700 Iravadi 13 430 2150 Obь 12,8 2990 5570 Mekong 12 810 4500 Nigyer 12 2090 4160
Volga 8,04 1380 3090 Dunay 6,43 817 2850 2. Suv manbalari Daryolarni suv sarfi iyulь-avgust oylarida kamayib ketadi. Ularni suv oqimini rostlash uchun suv omborlaridan (23 ta) keng foydalanilmoqdaki, ular daryo oqimini 20% gacha rostlash imkonini byeradi. Irrigatsiya suvni daryo, ko‘l va o kean va atm o sfyeralardan ajratib olinadi. Tahminan 188Mga yer (sug‘oriladigan maydonlarni 62%) yer sathi suvlaridan va 113 Mga (38%) yer osti suvlaridan ta’minlanadi. Quvurlash texnologiyasining kirishi va arzon enyergiya bilan ishlashi tufayli yer osti suvlarining iste’moli so‘n g gi yillarda juda o‘sdi, ayniqsa, Osiyo, SHimoliy Afrika va O‘rta Osiyoda. Hindistonda irrigatsiya datalarini olishlar ro‘yxati shuni ko‘rsatadiki, dala maydonlarini su g‘o rish tizimlari 1960-yildagi 10Mga dan 2010 – yilda 40Mga gacha o‘sdi. Janubiy Osiyoda yer osti suv iste’moli umumiy suv iste’moli - ning 57% Arabiston yarim orolida esa 88% ni tashkil etadi. Ikkilamch i suv resurslari jumladan qayta ishlangan (shahar suvlari) va chuchuklashtirilgan suvlarning ulushi esa atigi 1 foizdir. Qayta ishlangan sarflangan suvlar iste’moli shahar zonalarida o‘sib bormoqda, hamda shahar bog‘dorchiligida ul a rning foydalanishi juda keng qo‘llanilmoqda. CHuchuklashtirilgan suvlar su g‘o rish uchun faqat suvning boshqa ko‘rinishi bo‘lmagan va yuqori-qiymatga ega o‘simliklarga ishlatiladi va bunday xollar istisno bo‘ladi. 1 Noan’anaviy suv manbalari Bu turdagi suv manbalarining chuchuk suvga muqobil sifatida qo‘llanishi, ularning hozirda uncha katta bo‘lmagan manbaligiga qaramay, aniq bir davlatlar va regionlarda o‘sib borayotganligi kuzatilmoqda. Umumiy olganda, sug‘orish 1 The state of the world’s land and water resources for food and agriculture , Managing systems at risk . FAO 2011. p. 39.