SIZOT SUVLARI, ULARNING REJIMI, BALANSI VA KRITIK CHUQURLIGI. TUPROQNING TUZ REJIMI VA BALANSI
SIZOT SUVLAR I, ULARNING REJIMI, BALANSI VA KRITIK CHU Q URLIGI . TUPROQNING TUZ REJIMI VA BALANSI Reja: 1. Sizot suvlar rejimi va unga ta’sir ko‘rsatadigan omillar. 2. Sizot suvlarining tiplari. 3. Sizot suvlarning balansi va maqbul chuqurligi
1. Sizot suvlar rejimi unga ta’sir ko‘rsatadigan omillar. Yer osti suvlari tuproq gruntning suv o‘tkazmaydigan qatlamlari orasidagi bo‘shliqlarda to‘planadigan yerkin (gravitatsion) suvlardir. Yer osti suvlari joylashish chuqurligi va tarqalishi xaraktyeriga ko‘ra, tuproq muallaq(vyerxovodka), sizot va artizan suvlariga bo‘linadi. 1. Tuproq suvlari - bu suvlar bug‘simon, suyuq va qattiq (muz) holatda bo‘lib tuproq-grunt qatlamidagi kapillyar va nokapillyar g‘ovaklarda mavjud bo‘ladi, ular atmosfyera yog‘ingarchiligi, sug‘orish hamda kondensatsiya namligi hisobiga vujudga keladi. Tuproq suvlari qishloq xo‘jalik ekinlarini suv bilan ta’minlashda asosiy manbaa xisoblanadi. 2. Muallaq (vyerxovodka) suvlar - bu suv ham tuproq suvlari singari bo‘lib, u yer yuzasiga yaqin joylashgan suvni kam o‘tkazadigan qatlamlar ustida har xil kattalikdagi linza shaklida vaqtinchalik to‘planadi va tuproqda me’yoridan ortiqcha namlik vujudga keltiradi. 3. Sizot suvlari-bu suvlar tuproq ostidagi birinchi suv o‘tkazmaydigan qatlam ustida to‘planadi va yer usti suvlari (daryo, ko‘l, suv omborlari, sug‘orish tarmoqlaridan shimilgan suvlar va sug‘orish natijasida) hisobiga paydo bo‘ladi. Suv o‘tkazmaydigan qatlam yuzasining sizot suvlari to‘plangan qismi to‘yinish deyiladi.Sizot suvlarining to‘yinishi qismidan tuproq kapillyar - lari orqali zaxlanishi kapillyar zaxlanish deyiladi. Kapillyar zaxlanish qismidan yerning yuzasigacha bo‘lgan masofa tuproq va tuproq osti qatlamining ayerotsiya qismi deyiladi. Kapilyar zaxlanish qismidan yerning yuzasigacha bo‘lgan masofa tuproq osti qatlamining azratsiya qismi deyiladi. 4. Bosimsiz yer osti suvlari - bu suvlar yer osti suv o‘tkazmaydigan qatlamlar orasidagi bo‘shliqda to‘plangan bo‘lib, bo‘shliqlar yer yuzasi bilan bog‘langan va yer usti suvlari hisobiga paydo bo‘ladi. 5. Bosimli yer osti (artizan) suvlari bu suvlar chuqur yer osti bo‘shliq qatlamlarida to‘plangan bo‘lib, bo‘shliqlarning ustki va ostki qatlamlari suv
o‘tkazmaydigan jinslardan iborat. Ularning paydo bo‘lishi va o‘zgarishi gidrogeologik sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. Sizot suvlari deb – tuproq gruntning birinchi suv o‘tkazmaydigan qatlam ustida to‘plangan suvlarga aytiladi. Sizot suvlari yerning meliorativ xolatiga (sho‘rlanish va botqoqlanish) va qishloq xo‘jalik ekinlarining sug‘orish rejimlariga ta’sir ko‘rsatadi. Sizot suvlar satxi qanchalik yuza joylashgan, minyerallashish darajasi hamda grunt tarkibida tuz ko‘p bo‘lsa, tuproq shuncha tez va ko‘p sho‘rlanadi. Sizot suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan sho‘rlanmagan yerlarda esa zaxlanish va botqoqlanish yuz byeradi. SHuning uchun sizot suvlarining sug‘oriladigan yerlarda paydo bo‘lish sharoitlari, joylashish tartibi, tarkibi, balansi va uning maqbul chuqur-ligini xamda sizot suvlaridan qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishda foydalanish masalalarini o‘rganish muhim amaliy ahamiyatga ega. Sizot suvlarining ma’lum vaqt (sutka, oy, mavsum, yil va asr davomida) ichida joylashish satxi va minyerallanish darajasining o‘zgarishiga sizot suvlarining rejimi deyiladi. Sizot suvlari 2 xil satxga ega bo‘ladi – maksimal va minimal. 1.30-rasm. Dunyo mamlakatlarida yer osti va sizot suvlarining joylashish chuqurliklari (o‘rtacha 2003-2013 ma’lumotlari) 1 1 Water and jobs. The global perspective on water. UNESCO 2016. p. 18.
Ma’lum vaqt ichida yer yuzasiga eng yaqin joylashgan satx maksimal, eng chuqur joylashgan satx minimal sath deyiladi. Sizot suvining maksimal va minimal sathlari orasidagi farq sizot suv sathining o‘zgarib turish ampilitudasi deyiladi. Sizot suvlarining tartibiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi. 1. Iqlim – atmosfyera yog‘inlari, tuproq va havoning harorati, namligi, bug‘lanish shamolning esishi. 2. Gidrologik – yer usti suvlari va ularning to‘planish sharoiti, yerga singib kirish miqdori. 3. Geologik – joyning geologik tuzilishi, jinslarning xususiyatlari. 4. Geomorfologik – joyning sirt shakli (rel ь ef). 5. Biologik – daraxt va o‘simliklarning turi, qalinligi, yoshi. 6. Irrigatsiya – xo‘jalik - su g‘ orish tarmoqlaridan suvning shimilishi (fil ь tratsiya), kollektor – zovur tarmoqlari orqali sizot suvlarining chiqib ketishi. 7. Agromeliorativ – qishloq xo‘jalik ekinlarini su g‘ orish tartiblari (su g‘ orish soni, muddatlari va me’yorlari) su g‘ orish usullari va texnikalari. YUqorida ko‘rsatilgan omillar ta’siri ostida sizot suvlari rejimi mavsumiy va ko‘p yillik tartiblarga bo‘linadi va ular yerga meliorativ jihatdan ba h o byerishda k a tt a ahamiyatga ega. 2. Sizot suvlarining tiplari. Sizot suvlarining mavsumiy tartibi quydagi 4 tipga bo‘linadi (A.G. Vladimirov bo‘yicha). 1. Gidrologik tip – sizot suvlarining bunday tipda o‘zgarishi daryo soxillarida yuz byerib, daryo suvining ko‘payishi va kamayishiga bog‘liq bo‘ldi. Daryo suvi ko‘paygan davrda sizot suvlari xam ko‘tariladi, aksincha daryo suvi kamayshi bilan sizot suvlarining sathi xam chuqurlashadi. 2. Iqlim tip – bu tipdagi sizot suvlar qurg‘oqchil mintaqaning sug‘orilmaydigan yerlarida tarqalgan. Iqlim ta’sirida qish va bahor mavsumida ko‘tariladi, yoz va kuz oylarida esa pasayadi.
3. Irrigatsiya – iqlim tip – sug‘oriladigan past tekislik mintaqalarida tarqalgan bo‘lib yil davomida ikki marta ko‘tariladi, yogingarchilik ta’sirida bahor oylarida va ekinlarni sug‘orish natijasida yoz oylarida. 4. Irrigatsiya tip – yangi o‘zlashtirilgan yerlarda mavjud bo‘lib, sizot suvlari sug‘orish va irrigatsiya tarmoqlari o‘tkazilganga qadar chuqurda joylashgan (5-30 m), yerlar o‘zlashtirilib sug‘orila boshlagandan keyin esa ko‘tarila boshlanadi, (masalan Mirzacho‘l, Qarshi va SHyerobod cho‘llari hamda boshqa yangi o‘zlashtirilgan yerlar). Sizot suvlarining ko‘p yillik tartibi uch tipga bo‘linadi. 1. Turg‘un-qo‘lay — tog‘ oldi mintaqalarida tarqalgan sizot suvlarining oqish tezligi katta, kam minyerallashgan va maqbul sathdan chuqurda (> 3 m) joylashgan bo‘ladi. 2. Beqaror tip - bunday sizot suvlarning tipi sug‘oriladigan yerlarda tar - qalgan bo‘lib, uning sathi sug‘orish va kanallardan shimilayotgan suvlar evaziga o‘zgaradi. Uning sathi sug‘orish davrida maqbul chuqurlikdan oshib ketadi. Sug‘orish to‘xtatilganda esa maqbul chuqurlikda pasayadi. SHuning uchun u beqaror tipdir. 3. Turg‘un noqulay tip — bu gidrogiologik sharoitlarga qarab 2 rejimga bo‘linadi. I. Botqoqlanish rejimi — sohil va sizot suvlarini sirtga tepish mintaqasida tarqalgan bo‘lib, sizot suvlari 1 m atrofida o‘zgarib turadi. Bunday yerlarda sug‘orish me’yorlari va usullari to‘g‘ri belgilanmagan taqdirda botqoqlanish yuz byeradi. II. SHo‘rlanish rejimi - bug‘lanish mintaqasida tarqalgan. Yer sug‘orilgandan so‘ng minyerallashgan sizot suvi ko‘tarilib bug‘lanadi va yer sho‘rlanadi uning sathini o‘zgarishi maqbul chuqurlikdan balandda turadi. Bu sharoitda gidrotexnik, suv xo‘jalik va agromeliorativ tadbirlar qo‘llanilib sizot suv sathini ko‘tarilish oldi olinadi. Sizot suvlarining ko‘p yillik tartiblaridan beqaror va turg‘un noqulay tiplari mavsumiy tartiblaridan irrigatsiya - iqlim hamda irrigatsiya tiplariga sug‘orish