TUPROQNING OZIQ REJIMI VA UNI BOSHQARISH USULLARI
MAVZU. TUPROQNING OZIQ REJIMI VA UNI BOSHQARISH USULLARI Reja : 1. Tuproqdagi oziq elementlari va ularni o‘simlik hayotidagi ahamiyati. 2. O‘simliklar tomonidan oziq elementlarini o‘zlashtirilishi. 3. Dehqonchilikda azot, fosfor va kaliy elementlarining dinamikasi 4.Tuproq oziq rejimini boshqarishda organik moddalar, mikroorganizmlar va tuproq xossalarining ta’siri.
1. Tuproqdagi oziq elementlari va ularni o‘simlik hayotidagi ahamiyati Oziq moddalar va suv tuproq unumdorligining asosiy elementlari hisoblanadi. O‘simliklarning bu elementlarga talabchanligi ekinlarning turiga, naviga, hosildorligiga bog‘liq. O‘simliklarning bu sohadagi talabini qondirish dehqonchilikdagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. O‘simliklar oziq moddalarni tuproqdan, atmosfyeradan, gidrosfyeradan va yorug‘lik, issiqlikni esa fazodan oladi. O‘simliklar hayotida oziqlanish eng muhim omillardan hisoblanadi. Oziqlanish -har qanday tirik organizmning, shu jumladan, o‘simliklarning ham o‘sish va rivojlanish asosidir. O‘simliklar qancha me’yorda oziqlansa, shuncha yaxshi o‘sadi va rivojlanadi. Barcha o‘simliklarning me’yorda o‘sishi va rivojlanishi uchun yorug‘lik, issiqlik, suv va havo qancha zarur bo‘lsa, oziq moddalar ham shuncha zarurdir. Ulardan birining o‘rnini ikkinchisi bosa olmaydi. Fyermyer xo‘jaliklari o‘lchami almashlab ekishni boshqarish va qoplama ekinlarni boshqarish o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Organik fyermyerlar tuproq unumdorligini saqlash maqsadida qoplama ekinlarni ekishmoqda va tuproq organik tarkibini oshirmoqda va tuproqning fizik xususiyatlarin yaxshilamoqda. Qoplama ekinlar begona o‘tlar kamayishi va foydali xasharotlar faoliyatini ta’minlab byerishi mumkin. Mutaxasis fyermyerlar har bir imkoniyatda o‘zlarining dalalarida qoplama ekinlarni joriy etmoqda ba’zan bu imkoniyatlar qisqa muddatli ekinlardan keyin yoki to‘liq yozgi o‘simliklar orasida, oy o‘rtalarida amalga oshirilmoqda. Birqancha mutaxasis fyermyerlar to‘liq yil davomida qoplama ekinlarni ekishmoqda. Katta fyermyer xo‘jaliklari tez-tez almashlab ekishni amalga oshiradi. Bu esa o‘z tarkibida ko‘p yillik qoplama ekinlarni yoki em-xashak o‘simliklarni oladi. Kichik o‘lchamdagi fyermyer xo‘jaligi shunga amin bo‘lishdiki qoplama ekinlarni ekish o‘simliklar oilalarining izchilligining amalga oshirish foydali ekanligini ko‘rsatdi . 1 1 Crop Rotation on Organic Farms: A Planning Manual, NRAES 177 Charles L. Mohler and Sue Ellen Johnson, editors Published by NRAES, July 2009
O‘simliklar tarkibida azot, fosfor, kaliy, kalьsiy, magniy, temir kabi elementlar anchagina (0,01 % gacha) bo‘ladi, ular makroelementlar, oz miqdorda (0,01 -0,001 %) bor, mis, rux, marganets, kobalьt, molibden kabi elementlar uchraydi, ular mikroelementlar deb ataladi. Ba’zi o‘simliklardagina oz miqdorda stronsiy,sseziy, rubidiy kabi elementlar bor, ular ulьtramikro-elementlar deyiladi. O‘simliklar tarkibida 70 dan ortiq kimyoviy element topilgan. O‘simliklarni kimyoviy analiz qilish tufayli umumiy og‘irligining taxminan 45% uglyerod, 42% kislorod, 6,5% vodo-rod, 5% kul va boshqa elementlarga to‘g‘ri kelishi aniqlangan. Tuproqda zarur oziq elementlardan birortasi etishmasa, o‘simliklar me’yorda o‘sib rivojlanmaydi. Oziq moddalarni o‘zlashtirish miqdori ekinlarning turiga, naviga, hosiliga va ular o‘sayotgan sharoitga bog‘liq (1.19-jadval). Jadval ma’lumotlaridan deyarli barcha ekinlar azot elementiga talabchan ekanligi ko‘rinib turibdi, chunki u o‘simliklarning o‘sishini ta’minlaydi. G‘o‘za azot, fosfor va kaliyga nihoyatda talabchan o‘simlik. Masalan, 1 t paxta etishtirish uchun taxminan 56 kg azot, 23 kg fosfor va 53 kg kaliy talab qilinadi. Kungaboqar azot va fosforga qaraganda kaliyni ko‘proq o‘zlashtiradi. 1 t kungaboqar hosili uchun tuproqdan 228 kaliy, 50 kg azot va 27 kg fosfor sarflanadi. Ildizmevalar va tugunakmevalar ham fosfor va azotga qaraganda kaliyga ko‘proq talabchan. Masalan, 1 t kartoshka etishtirish uchun 8 kg kaliy, 2 kg fosfor va 6,2 kg azot; 1 t soya hosili uchun 71 kg azot, 16 kg fosfor va 18 kg kaliy zarur. Vegetatsiya davrida o‘simliklar tuproqdan qancha miqdorda oziq moddalar o‘zlashtirishi ularning rivojlanish fazalariga va o‘sish sharoitiga qarab turlicha bo‘ladi. Ekinlarning hosildorligi ortib borishi bilan tuproqdan sarflanadigan oziq moddalarning miqdori ham ortib boradi. Masalan, gektaridan 14,1ss hosil olinganda, har gektar yerdan o‘rtacha 45,6 kg azot, 14,3 kg fosfor, 40,3ss hosil etishtirilganda esa 182,6 kg azot va 55,4
kg fosfor hamda boshqa elementlar chiqib ketadi. SHuning uchun yerlarga solinadigan o‘g‘itlarning me’yori belgilanayotganda etishtirilayotgan hosil miqdorini ham nazarda to‘tish tuproq unumdorligini bir me’yorda saqlashda katta ahamiyatga ega. 1.19-jadval Ekinlarning turiga qarab 1 t hosil bilan birga chiqib ketadigan minyeral o‘g‘itlar (kg) Ekinlar azot fosfor kaliy G‘o‘za 56 23 53 Kuzgi bug‘doy 37 13 23 Arpa 29 11 20 Bahorgi bug‘doy 47 12 18 Suli 33 14 29 Makkajo‘hori (don uchun) 34 12 37 Javdar 34 14 26 SHoli 21 8 26 Tariq 33 10 34 Ko‘k no‘xat 66 15 40 Zig‘ir 80 40 70 Qand lavlagi 5,9 1,8 7,5 Kartoshka 6,2 2,0 8 Kungaboqar 50 27 228 Tamaki 24 7 51 Soya 71 16 18 Makkajo‘hori (silos uchun) 2,4 0,9 3,6 Poliz ekinlar 5,5 1,6 5 Ildiz mevalar 2,7 1,9 4,8 CHoy bargi (quritilganda) 50 7 23 Odatda, oziq elementlarining umumiy miqdori har gektar yerda bir necha tonna atrofida bo‘ladi. Masalan, qadimdan (100 yildan ortiq) sug‘orib dehqonchilik
qilinayotgan bir gektar tipik bo‘z tuproqli yerning haydalma (0-28 sm) qatlamida o‘rtacha 59,1 chirindi, 4 t azot, 8 t fosfor va undan keyingi (28-100 sm) qatlamda esa yuqoridagilarga muvofiq 73,5, 4,97 va 16 t oziq elementlari bo‘lar ekan. O‘simliklar rivojlanishi uchun tuproqni yaxshilash tamoyillari quyidagilardan iborat: Azotga boyitadigan o‘simliklar bilan loviyali ekinlar: Kam azot ajratadigan ekinlar ekish bu loviya ekilgandan keyin 2 yoki 3- yilda joriy yil uchun yillik ekinlar ekish. Bir biriga yaqin bir xil o‘simliklar ekilmasligi tuproqni boyitadigan ekinlar ekish uzoq muddatli ko‘p yillik ekinlardan foydalanish qoldig‘i tuproqda ko‘p qoladigan ekinlarni ekish . 2 Tuproqda oziq elementlarining umumiy miqdori qancha ko‘p bo‘lmasin, u ishlab chiqarish sharoitida o‘simliklarning oziq moddalarga bo‘lgan talabini etarli darajada qondira olmaydi. SHuning uchun ekinlardan mo‘l hosil etishtirishda yerga minyeral o‘g‘itlar solinadi (1.20- jadval). Jadval ma’lumotlaridan, tuproqda oziq moddalarning umumiy miqdori ko‘p bo‘lishidan kat’i nazar, gektariga 80 kg azot solinganda paxta xosili 24,2%, gektariga 150 kg solinganda esa 32,3 % ko‘payganligi ko‘rinib turibdi. 1.20-jadval Azotning g‘o‘za o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri. Azotning yillik me’yori (ga/kg) Azot solish muddati 3-4 ta chinbarg chiqarganda SHonala- ganda gullaganda Paxta hosili (ga) Olingan ko‘shimcha hosil (ga/s) 0 - - - 35,5 - 80 - 40 40 44,1 8,6 150 50 50 50 47,0 11,5 2 Crop Rotation on Organic Farms: A Planning Manual, NRAES 177 Charles L. Mohler and Sue Ellen Johnson, editors Published by NRAES, July 2009.