logo

O‘SIMLIKLARNING SUV REJIMI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

39.54296875 KB
O‘SIMLIKLARNING SUV REJIMI
1.Suvning o‘simlik hayotidagi ahamiyati. 
2.Transpiratsiya va uning ahamiyati. 
3. O‘simliklarning suvga bo‘lgan umumiy ehtiyoji. 
4. O‘simliklarning suv iste’mol qilish dinamikasi. 
5.Tuproq namligiga bog‘liq holda o‘simlik organlarining o‘sish.   1. Suvning o‘simlik hayotidagi ahamiyati
Suv   o‘simliklar   hayotida   birinchi   darajali   ahamiyatga   ega.   Akademik
A.N.Karpinskiy   suvga   «jonli   qon»   deb   qaradi,   ya’ni   suv   hayot   yo‘q   joyda   uni
yaratadi.   Vaholanki,   tirik   organizmdagi   biron-bir   hujayrani   suvsiz   tasavvur   etish
qiyin.   Masalan,   makkajo‘xori,   boshoqli   don   ekinlari   va   pomidor   tarkibida   suv
tegishlicha 70, 87 va 95%ni tashkil etadi.ssitoplazmaning   75–85% suvdan iborat.
Suv   o‘simlik   tanasida   kimyoviy   birikkan   –   konstitutsion,   yerigan   organik
moddalar   va   makromolekulalarni   o‘rab   turuvchi   –   gidratatsion,   vakuolani
to‘ldiruvchi   –   rezyerv,   hujayralar   orasi   va   o‘tkazuvchi   to‘qimalarda   transport
vositasini   bajaruvchi   –   intyerstitsial ь   shakllarida   uchraydi   (Larxyer   V.,   1978).
Ularning barchasi o‘simlik organizmida ma’lum bir rolni o‘ynaydi.
Suv   o‘simlik   hayotidagi   barcha   jarayonlarda   –   fiziologik,   kimyoviy   va
biokimyoviy   –   bevosita   ishtirok   etadi.   Suv   molekulasidagi   kislorod   va   vodorod
organik   moddalar   sintezida   «qurilish   matyeriali»   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Suvni
barglar  orqali   bug‘lanishi   –   transpiratsiya   natijasida  o‘simlik  tanasining   harorati
boshqariladi. Bunda o‘simlik to‘qimalarining harorati 5–7   o
S gacha pasayadi. Suv
o‘simliklar  hayotida mexanik vazifani ham  bajaradi: suv bilan to‘yingan o‘simlik
turgor holatida, aks holda – plazmoliz (so‘ligan) holatda bo‘ladi.
Hujayralarning   suvsizlanishi   oqsillar   va   o‘simlik   to‘qimalarining   butun
biologik kompleksini qayta shakllanishiga olib keladi.
Suv   tuproqdagi   oziq   moddalarning   yerishi,   o‘simlik   tanasiga   so‘rilishi   va
harakatlanishida   katta   rolь   o‘ynaydi.   O‘simlik   suv   bilan   etarli   darajada
to‘yingandagina   unda   kechadigan   barcha   hayotiy   jarayonlar   uchun   mo‘‘tadil
sharoit  yaratilgan bo‘ladi, aksincha,  suv  bilan etarlicha  ta’minlanmaslik  oqibatida
ushbu jarayonlar izdan chiqib, o‘simlik organizmini qarishiga sabab bo‘ladi. Suvni
me’yoridan   ortiqcha   bo‘lishi   esa   o‘suv   davrini   uzayishi   va   reproduktiv   fazalarni
o‘tishini kechikishiga olib keladi.
2. Transpiratsiya va uning ahamiyati
O‘simlik   tuproqdan   olgan   suvning   atigi   0,15–0,20%   nigina   o‘zlashtiradi   va
qolgan   qismini   bargi   va   boshqa   yer   ustki   organlari   orqali   bug‘lanish   – transpiratsiya ga   sarflaydi.   Transpiratsiya   o‘simlik   hayotida   muhim   ahamiyatga
ega: u tufayli o‘simlik ildizi suv va unda yerigan moddalarni o‘simlikning yer ustki
organlariga   etkazib   byeradi,   minyeral   moddalar   o‘zlashtirilishini   ta’minlaydi,
suvning bug‘lanishi o‘simlik tanasi haroratini rostlaydi. 
Barg   haroratining   35   o
S   dan   ortishi   unda   kechadigan   fiziologik   jarayonlar
uchun   noqulay   hisoblanadi.   Sug‘orish   hisobiga   tuproq   namligini   oshishi
o‘simliklar tomonidan suvni o‘zlashtirilishini va oqibatda transpiratsiya jarayonini
kuchayishiga hamda o‘simlik barglari haroratini pasayishiga olib keladi.
O‘simliklar  turi va navlari-ning biologik xususiyatlari, tuproq-gidrogeologik,
iqlim   sharoitlari,   qo‘llanilayotgan   agrotexnik   tadbirlar   ta’sirida   transpiratsiya
jadalligi   turlicha   bo‘ladi.   1   g   quruq   moddaning   shakllanishi   uchun   sarflanadigan
suv   birligi   transpiratsiya   koeffitsienti   deyiladi.   Makkajo‘xori   va   oq   jo‘xorining
transpiratsiya   koeffitsienti   nisbatan   kichik,   bedada   –   446 – 1068,   g‘o‘zada   –   280 –
640,   sholida
250 – 810 birlikni tashkil etadi ( 24 - jadval).
Havoning   yuqori   harorati   va   nisbiy   namligining   kamayishi,   yorug‘likni
etarlicha bo‘lmasligi, kuchli, ayniqsa, issiq shamollar transpiratsiya koeffitsientini
ortishiga olib keladi. Sug‘orish ta’sirida havoning yerga yaqin qatlamining nisbiy
namligi   ortib,   transpiratsiya   jadalligi   sezilarli   darajada   kamayadi.   Lekin   tuproq
namligining yuqori bo‘lishi transpiratsiya koeffitsientini oshishiga sabab bo‘ladi.
3. O‘simliklarning suvga bo‘lgan umumiy ehtiyoji
Sug‘oriladigan   dalalardan   suv   o‘simliklar   transpiratsiyasi   va   tuproq   sathidan
bo‘ladigan bug‘lanishga sarflanadi – ularning yig‘indisi umumiy bug‘lanish (ayrim
manbalarda   evapotranspiratsiya   yoki   suvga   bo‘lgan   umumiy   ehtiyoj )   deb
yuritiladi.
Dehqonchilik uchun bu ko‘rsatkich g‘oyat muhim ahamiyatga ega, chunki  u
o‘simlik va tuproqning suv rejimi bo‘yicha amaldagi holatni aks ettiradi. Umumiy
ehtiyojni ta’minlovchi manbalar bo‘lib suvning tuproqdagi tabiiy zaxirasi, yog‘in,
sug‘orish   suvi,   sizot   suvlar   hisoblanadi.   Suvga   bo‘lgan   umumiy   ehtiyoj   miqdori
(m 3
/ga yoki  mm  hisobidagi  suv  qatlami  qalinligi)  tuproq namligi, o‘simliklarning fiziologik   xususiyatlari,   meteorologik   sharoit   va   agrotexnika   darajasiga   bog‘liq
holda o‘zgarib turadi.
24 - jadval
Ayrim ekinlarning transpiratsiya koeffitsientlari
Ekinlar Transpiratsiya
koeffitsienti Ekinlar Transpiratsiya
koeffitsienti
G‘o‘za 280–640 Kartoshka 167–636
Beda 446–1068 Bug‘doy 231–557
Kanop 450–700 Arpa 258–774
SHoli 250–810 Suli 332–766
Makkajo‘xor i 233–386 Qovun, tarvuz 600–884
Oq jo‘xori 240–437 Butgulli sabzavot
ekinlari 539–743
Qand
lavlagi 262–397
A.N.Kostyakov   (1951)   uslubi   bo‘yicha   suvga   bo‘lgan   umumiy   ehtiyoj   (E,
m 3
/ga) quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi:
E = U∙Ku,
bu   yerda:   U   –   rejalashtirilgan   hosil,ss/ga;   Ku   –   suvga   bo‘lgan   ehtiyoj
koeffitsienti, m 3
/s. 
V.E.Yeremenko   (1956)   qurg‘oqchil   mintaqada   sizot   suvlar,   tuproq
unumdorligi   va   atmosfyera   yog‘inlariga   bog‘liq   holda   g‘o‘zani   suvga   bo‘lgan
umumiy ehtiyoji (E, m 3
/ga)ni quyidagicha  aniqlashni taklif etdi:
E = U ∙ Ku ∙ K ∙ i ∙ 3,
bu yerda: U – rejalashtirilgan paxta hosili, ss/ga;  Ku – sizot suvlar chuqurda
yotgan   sharoitda   suvga   bo‘lgan   ehtiyoj   koeffitsienti,   m 3
/s;
K   –   gidrogeologik   koeffitsient   (0,4–1);   i   –   syerunum     tuproqlar   uchun   tuzatish
koeffitsienti   (0,90–0,92);   3   –   mintaqaviy   koeffitsient   (shimoliy   iqlim   mintaqasi
uchun 0,80–0,85, markaziy mintaqa – 1,0 va janubiy mintaqa – 1,15).   Yerdan foydalanish sharoitlari va hosildorlik miqdoriga ko‘ra g‘o‘zani suvga
bo‘lgan ehtiyoj koeffitsienti turlicha bo‘ladi (25- jadval).
4. O‘simliklarning suv iste’mol qilish dinamikasi.
Atoqli   rus   olimi   P.I.Brounov   o‘simliklarning   suv   rejimini   o‘rganib,   ularning
suvga   munosabati   bo‘yicha   shunday   davrlarni   aniqladiki,   qaysiki   bu   davrlarda
tuproqda   yuzaga   keladigan   suv   taqchilligi   o‘simlik   hosildorligini   keskin   kamayib
ketishiga   olib   keladi.   Hosil   organlarining   shakllanish   fazalari   boshlariga   to‘g‘ri
keluvchi bu davrni u o‘simliklarning  suvga munosabati bo‘yichakritik davr i deb
atadi.
O‘suv   davrida   o‘simliklarning   o‘sishi   va   rivojlanishi   turlicha   bo‘lganligidan
ularning   suvga   bo‘lgan   ehtiyoji   ham   ma’lum   miqdorlarda   farq   qiladi:   o‘sib
rivojlanishning dastlabki fazalarida nisbatan kam, meva tugish va meva organlarini
kuchli o‘sishi davrida eng ko‘p hamda o‘suv davrining oxirlarida nisbatan kamroq
miqdorlarda suv talab etadi.
25- jadval  
Iqlim zonalari va hosildorlikka bog‘liq holda g‘o‘zani suvga
bo‘lganehtiyoj koeffitsienti,  m 3
/ga (Yeremenko V.E., 1956)
Agrotexnik
sharoitlar Iqlim
zonalari Hosildorlik,ss/ga
20 gacha 20–30 30–40 40–50 50–60
Qadimdan
paxta   ekib
ke l inayotgan
yerlar Janubiy 280–322 240–
300 200–240 175–200 155–175
Markaziy 243–280 209–
261 174–209 152–174 135–152
SHimoliy 206–238 179–
222 148–178 129–148 115–129
Bedadan
so‘ng   1   va
2-   yillari Janubiy 258-296 221–
276 184–221 161–184 143–161
Markaziy 224–258 192– 160–192 140–160 124–140 paxta   e ki -
layotgan
dala 240
SHimoliy 189–219 136–
204 136–164 119–136 106–119
Suvni iste’mol qilish miqdoriga ko‘ra g‘o‘za rivojlanishda quyidagi uch davr
ajratib   ko‘rsatiladi:   unib   chiqqandan   gullashgacha,   gullash   meva   to‘plash   va
pishish   davrlari.   Unib   chiqqandan   gullashgacha   bo‘lgan   davr   iyunь   oyining   oxiri
va   iyulь   oyining   boshlarigacha   davom   etib,   O‘zbekistonning   sizot   suvlari   chuqur
joylashgan   bo‘z   tuproqlari   sharoitida   g‘o‘za   ushbu   davrda   umumiy   ehtiyojining
20–25%ni sarflaydi. 
Gullash   meva   to‘plash   davri   iyuldan   15–20   avgustgacha   davom   etadi   va   bu
davrda   g‘o‘za   umumiy   ehtiyojining   55–65%ni   sarflaydi.   Ushbu   davrda   g‘o‘za
kuchli o‘sib, hosil organlari ko‘p miqdorda to‘planadi va bu esa o‘z navbatida suv
sarfini   ko‘payishiga   olib   keladi.   SHu   sababdan   mazkur   davr   g‘o‘zani   suvga
munosabati bo‘yicha kritik davr hisoblanadi.
O‘suv   davrining   oxiri   –   pishish   davrida   vegetativ   massa   va   genyerativ
organlarning   shakllanish   sur’ati   kamayadi.   Bu   davrda   umumiy   ehtiyojning
15–20%gina sarflanadi.
Makkajo‘xori o‘simligining suvga munosabati bo‘yicha sulton chiqarguncha,
undan donning sut-mum pishish  fazasigacha va pishish davrlari farqlanadi.
Ayrim   ekinlar,   masalan,   bodring,   karam   va   boshqa   sabzavot   ekinlarining
suvga munosabati bo‘yicha kritik davrlarni ajratish qiyin, chunki ular butun o‘suv
davri davomida tuproqda yuqori darajadagi namlik bo‘lishini talab etishadi.
O‘sib rivojlanish fazalari bo‘yicha g‘o‘zaning sutkalik o‘rtacha suv sarfi ham
turlichadir:   shonalash   fazasida   18–20   m 3
/ga ∙ sut.   suv   sarflansa,   gullash   fazasining
boshlarida – 35–40, qiyg‘os gullash – 50–55,  h osil to‘plash fazasining boshlarida –
75–80,   h osil   to‘plash   –   85–90,   ko‘saklar   ochilishining   boshlarida   –   45–50   va
qiyg‘os   ochilish   davrida   25–30   m 3
/ga ∙ sut.   suv   sarflanadi.   Paxta   dalasidan
bo‘ladigan   sutkalik   suv   sarfi   qo‘llanilayotgan   sug‘orish   rejimiga   bog‘liq   h olda
o‘zgarib   turadi.   26-   jadval   ma’lumotlaridan   ko‘rinib   turibdiki,   suvga   bo‘lgan ehtiyoj  g‘ o‘zaning gullash va meva to‘plash fazalarida eng yuqori miqdorni tashkil
etadi.  Sug‘orish    sonining   ortishi   bilan   tuproq  namligi   ko‘payib,   o‘sib   rivojlanish
yaxshilanadi va buning natijasida suv sarfi ko‘payadi.
26- jadval
Mirzacho‘lning yangi o‘zlashtirilgan yerlarida paxta dalasidan bo‘ladigan
sutkalik o‘rtacha suv sarfi  ( Lev V.T., Nabixo‘jaev S. S., 1974–1975), m 3
/ga
Sug‘orish
sxemasi Rivojlanish fazalari
shonalash Gullash meva to‘plash pishish
1-3-1 30,6 43,2 65,1 18,6
1-4-1 37,5 54,0 68,3 37,9
1-5-1 43,8 73,8 82,2 39,1
1-6-1 43,0 74,6 79,4 35,0
5. Tuproq namligiga bog‘liq holda o‘simlik organlarining o‘sish tavsifi
  O‘simliklarning   o‘sib   rivojlanishi   ularni   sug‘orish   rejimi   va   shunga   ko‘ra
tuproq   namligiga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri   bog‘liqdir.  O‘simliklarning  tuproq  yeritmasini
o‘zlashtirish   ko‘lami   uning   ildiz   tizimini   rivojlanganlik   darajasiga,   ildizning
faolligiga bog‘liqdir. Beda va lavlagining ildizlari 3–5 m, bug‘doy va makkajo‘xori
–  2  m,  tariq  va  no‘xatning  ildizlari   1  m.  gacha   chuqurlikka  etib  boradi.  Piyoz  va
karamning   ildizlari   tuproqning   ustki   qatlamida   joylashadi.   Popuk   ildizlilarning
deyarli   to‘liq   ildiz   massasi,   o‘q   ildizlilarning   asosiy   ildiz   massasi   (90%gacha)
tuproqning 0–50 sm. li qatlamda joylashadi.
YUqorida   ta’kidlanganidek,   o‘sib   rivojlanishning   dastlabki   fazalarida   yer
ustki   organlariga   nisbatan   o‘simlik   ildizi   jadal   rivojlanadi.   G‘o‘zaning   shonalash
fazasi   oxirlariga   kelib   u   to‘liq   rivojlanib   bo‘ladi   va   shu   paytdan   boshlab
o‘simlikning yer ustki organlari jadal o‘sa boshlaydi. Tuproq   namligi   ildiz   tizimining   rivojlanishi,   uni   tuproq   qatlamlarida
joylashishini   belgilaydi:   sug‘orishlar   arafasidagi   tuproq   namligi   yuqori   bo‘lsa
asosiy ildiz massasi tuproqning eng ustki qatlamida joylashadi, namlik kam bo‘lsa
tuproqning ustki qatlamini qurib ketishi tufayli o‘simlik ildizi unumdor bo‘lmagan
chuqur qatlamlarga namlik axtarib, o‘sib bora boshlaydi. 
O‘simlik   yer   ustki   organlari   va   ildiz   tizimining   o‘sib   rivojlanishi   hamda
tuproqning   namlik   darajasi   o‘rtasida   ma’lum   bir   qonuniyatga   bo‘ysunuvchi
bog‘liqlik   mavjud.   Sug‘orish   sonining   ko‘paytirilishi   va   buning   natijasida   tuproq
namligining   yuqori   bo‘lishi   o‘simlik   yer   ustki   organlarini   jadal   o‘sishi     g‘ovlab
ketishi va ildiz tizimining kuchli rivojlanmasligiga olib kelsa, ekinni kam sug‘orish
tuproq   namligining   kam   bo‘lishi   va   ildiz   tizimini   chuqur   qatlamlarga   tarqalishi
щamda yer ustki organlarini yaxshi o‘smasligiga olib keladi.
O‘simlik ildiz tizimining o‘sishiga gidrogeologik sharoitlar – sizot suvlarning
joylashish   chuqurligi   ham   kuchli   ta’sir   etadi:   sizot   suvlari   yer   yuzasiga   yaqin
joylashgan (0,8–1,2 m) yerlarda shonalash fazasida kanop o‘simligining ildizi 50–
60   sm,   chuqur   joylashgan   (2,2–2   m)   yerlarda   esa  
120–135   sm.   gacha   etib   borishi   aniqlangan.   Sizot   suvlari   yer   yuzasiga   qanchalik
yaqin   joylashsa,   o‘simlik   bu   suvlardan   shunchalik   ko‘p   foydalanadi,   shuningdek,
bir   marta  sug‘orilgan variantda  kanop o‘simligining ildizi   170 sm.  ga,  ikki  marta
sug‘orilganda   –   145,  uch   marta   sug‘orilganda  –   140  va   to‘rt   marta   sug‘orilganda
135 sm chuqurlikka etib borishi aniqlangan (Lev V.T., 1981). Foydalanilgan adabiyotlar:
1.   Chandrasekaran   B.,   Annadurai   K.,   Somasundaram   E.   A   textbook   of
Agronomy. New Delhi. 2010. New a ge Intyernational (p) Limited, Publi-shyers.
                        2 .   Crop   Rotation   on   Organic   Farms:   A   Planning   Manual,   NRAES   177
Charles L. Mohlyer and Sue Ellen Johnson, editors Published by NRAES, July 2009.
3.   Azimboev   S.A.   Dehqonchilik,   tuproqshunoslik   va   agrokimyo   asoslari.
(Darslik). T. Iqtisodiyot-moliya 2006. – 180 b.
4. Mo‘minov K., Azimboev A., Sanaqulov A., Byerdiboev E., Kenjaev YU
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan. (O‘quv qo‘llanma) – T.: “Turon-iqbol”,
2014. – 240 b.
5.   Artukmetov   Z.A.,   SHyeraliev   X.SH.   Ekinlarni   sug‘orish   asoslari.
(Darslik). T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 2007.-312 b. 
6. Norkulov U., SHyeraliev X. Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi. (Darslik). T.:
ToshDAU tahr.-nashr. bo‘limi, 2003. – 214 b.
7. To‘xtashev B., Azimboev S., Qarabaeva T., Byerdiboev E., Nurmatov B.
Qishloq   xo‘jalik   melioratsiyasi   va   yer   tuzish   fanidan   amaliy   va   tajribaviy
mashg‘ulotlar.   (O‘quv   qo‘llanma).   -   T.:   “ToshDAU   nashr-tahririyat   bo‘limi”,
2012. – 187 bet.

O‘SIMLIKLARNING SUV REJIMI 1.Suvning o‘simlik hayotidagi ahamiyati. 2.Transpiratsiya va uning ahamiyati. 3. O‘simliklarning suvga bo‘lgan umumiy ehtiyoji. 4. O‘simliklarning suv iste’mol qilish dinamikasi. 5.Tuproq namligiga bog‘liq holda o‘simlik organlarining o‘sish.

1. Suvning o‘simlik hayotidagi ahamiyati Suv o‘simliklar hayotida birinchi darajali ahamiyatga ega. Akademik A.N.Karpinskiy suvga «jonli qon» deb qaradi, ya’ni suv hayot yo‘q joyda uni yaratadi. Vaholanki, tirik organizmdagi biron-bir hujayrani suvsiz tasavvur etish qiyin. Masalan, makkajo‘xori, boshoqli don ekinlari va pomidor tarkibida suv tegishlicha 70, 87 va 95%ni tashkil etadi.ssitoplazmaning 75–85% suvdan iborat. Suv o‘simlik tanasida kimyoviy birikkan – konstitutsion, yerigan organik moddalar va makromolekulalarni o‘rab turuvchi – gidratatsion, vakuolani to‘ldiruvchi – rezyerv, hujayralar orasi va o‘tkazuvchi to‘qimalarda transport vositasini bajaruvchi – intyerstitsial ь shakllarida uchraydi (Larxyer V., 1978). Ularning barchasi o‘simlik organizmida ma’lum bir rolni o‘ynaydi. Suv o‘simlik hayotidagi barcha jarayonlarda – fiziologik, kimyoviy va biokimyoviy – bevosita ishtirok etadi. Suv molekulasidagi kislorod va vodorod organik moddalar sintezida «qurilish matyeriali» bo‘lib xizmat qiladi. Suvni barglar orqali bug‘lanishi – transpiratsiya natijasida o‘simlik tanasining harorati boshqariladi. Bunda o‘simlik to‘qimalarining harorati 5–7 o S gacha pasayadi. Suv o‘simliklar hayotida mexanik vazifani ham bajaradi: suv bilan to‘yingan o‘simlik turgor holatida, aks holda – plazmoliz (so‘ligan) holatda bo‘ladi. Hujayralarning suvsizlanishi oqsillar va o‘simlik to‘qimalarining butun biologik kompleksini qayta shakllanishiga olib keladi. Suv tuproqdagi oziq moddalarning yerishi, o‘simlik tanasiga so‘rilishi va harakatlanishida katta rolь o‘ynaydi. O‘simlik suv bilan etarli darajada to‘yingandagina unda kechadigan barcha hayotiy jarayonlar uchun mo‘‘tadil sharoit yaratilgan bo‘ladi, aksincha, suv bilan etarlicha ta’minlanmaslik oqibatida ushbu jarayonlar izdan chiqib, o‘simlik organizmini qarishiga sabab bo‘ladi. Suvni me’yoridan ortiqcha bo‘lishi esa o‘suv davrini uzayishi va reproduktiv fazalarni o‘tishini kechikishiga olib keladi. 2. Transpiratsiya va uning ahamiyati O‘simlik tuproqdan olgan suvning atigi 0,15–0,20% nigina o‘zlashtiradi va qolgan qismini bargi va boshqa yer ustki organlari orqali bug‘lanish –

transpiratsiya ga sarflaydi. Transpiratsiya o‘simlik hayotida muhim ahamiyatga ega: u tufayli o‘simlik ildizi suv va unda yerigan moddalarni o‘simlikning yer ustki organlariga etkazib byeradi, minyeral moddalar o‘zlashtirilishini ta’minlaydi, suvning bug‘lanishi o‘simlik tanasi haroratini rostlaydi. Barg haroratining 35 o S dan ortishi unda kechadigan fiziologik jarayonlar uchun noqulay hisoblanadi. Sug‘orish hisobiga tuproq namligini oshishi o‘simliklar tomonidan suvni o‘zlashtirilishini va oqibatda transpiratsiya jarayonini kuchayishiga hamda o‘simlik barglari haroratini pasayishiga olib keladi. O‘simliklar turi va navlari-ning biologik xususiyatlari, tuproq-gidrogeologik, iqlim sharoitlari, qo‘llanilayotgan agrotexnik tadbirlar ta’sirida transpiratsiya jadalligi turlicha bo‘ladi. 1 g quruq moddaning shakllanishi uchun sarflanadigan suv birligi transpiratsiya koeffitsienti deyiladi. Makkajo‘xori va oq jo‘xorining transpiratsiya koeffitsienti nisbatan kichik, bedada – 446 – 1068, g‘o‘zada – 280 – 640, sholida 250 – 810 birlikni tashkil etadi ( 24 - jadval). Havoning yuqori harorati va nisbiy namligining kamayishi, yorug‘likni etarlicha bo‘lmasligi, kuchli, ayniqsa, issiq shamollar transpiratsiya koeffitsientini ortishiga olib keladi. Sug‘orish ta’sirida havoning yerga yaqin qatlamining nisbiy namligi ortib, transpiratsiya jadalligi sezilarli darajada kamayadi. Lekin tuproq namligining yuqori bo‘lishi transpiratsiya koeffitsientini oshishiga sabab bo‘ladi. 3. O‘simliklarning suvga bo‘lgan umumiy ehtiyoji Sug‘oriladigan dalalardan suv o‘simliklar transpiratsiyasi va tuproq sathidan bo‘ladigan bug‘lanishga sarflanadi – ularning yig‘indisi umumiy bug‘lanish (ayrim manbalarda evapotranspiratsiya yoki suvga bo‘lgan umumiy ehtiyoj ) deb yuritiladi. Dehqonchilik uchun bu ko‘rsatkich g‘oyat muhim ahamiyatga ega, chunki u o‘simlik va tuproqning suv rejimi bo‘yicha amaldagi holatni aks ettiradi. Umumiy ehtiyojni ta’minlovchi manbalar bo‘lib suvning tuproqdagi tabiiy zaxirasi, yog‘in, sug‘orish suvi, sizot suvlar hisoblanadi. Suvga bo‘lgan umumiy ehtiyoj miqdori (m 3 /ga yoki mm hisobidagi suv qatlami qalinligi) tuproq namligi, o‘simliklarning

fiziologik xususiyatlari, meteorologik sharoit va agrotexnika darajasiga bog‘liq holda o‘zgarib turadi. 24 - jadval Ayrim ekinlarning transpiratsiya koeffitsientlari Ekinlar Transpiratsiya koeffitsienti Ekinlar Transpiratsiya koeffitsienti G‘o‘za 280–640 Kartoshka 167–636 Beda 446–1068 Bug‘doy 231–557 Kanop 450–700 Arpa 258–774 SHoli 250–810 Suli 332–766 Makkajo‘xor i 233–386 Qovun, tarvuz 600–884 Oq jo‘xori 240–437 Butgulli sabzavot ekinlari 539–743 Qand lavlagi 262–397 A.N.Kostyakov (1951) uslubi bo‘yicha suvga bo‘lgan umumiy ehtiyoj (E, m 3 /ga) quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi: E = U∙Ku, bu yerda: U – rejalashtirilgan hosil,ss/ga; Ku – suvga bo‘lgan ehtiyoj koeffitsienti, m 3 /s. V.E.Yeremenko (1956) qurg‘oqchil mintaqada sizot suvlar, tuproq unumdorligi va atmosfyera yog‘inlariga bog‘liq holda g‘o‘zani suvga bo‘lgan umumiy ehtiyoji (E, m 3 /ga)ni quyidagicha aniqlashni taklif etdi: E = U ∙ Ku ∙ K ∙ i ∙ 3, bu yerda: U – rejalashtirilgan paxta hosili, ss/ga; Ku – sizot suvlar chuqurda yotgan sharoitda suvga bo‘lgan ehtiyoj koeffitsienti, m 3 /s; K – gidrogeologik koeffitsient (0,4–1); i – syerunum tuproqlar uchun tuzatish koeffitsienti (0,90–0,92); 3 – mintaqaviy koeffitsient (shimoliy iqlim mintaqasi uchun 0,80–0,85, markaziy mintaqa – 1,0 va janubiy mintaqa – 1,15).

Yerdan foydalanish sharoitlari va hosildorlik miqdoriga ko‘ra g‘o‘zani suvga bo‘lgan ehtiyoj koeffitsienti turlicha bo‘ladi (25- jadval). 4. O‘simliklarning suv iste’mol qilish dinamikasi. Atoqli rus olimi P.I.Brounov o‘simliklarning suv rejimini o‘rganib, ularning suvga munosabati bo‘yicha shunday davrlarni aniqladiki, qaysiki bu davrlarda tuproqda yuzaga keladigan suv taqchilligi o‘simlik hosildorligini keskin kamayib ketishiga olib keladi. Hosil organlarining shakllanish fazalari boshlariga to‘g‘ri keluvchi bu davrni u o‘simliklarning suvga munosabati bo‘yichakritik davr i deb atadi. O‘suv davrida o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi turlicha bo‘lganligidan ularning suvga bo‘lgan ehtiyoji ham ma’lum miqdorlarda farq qiladi: o‘sib rivojlanishning dastlabki fazalarida nisbatan kam, meva tugish va meva organlarini kuchli o‘sishi davrida eng ko‘p hamda o‘suv davrining oxirlarida nisbatan kamroq miqdorlarda suv talab etadi. 25- jadval Iqlim zonalari va hosildorlikka bog‘liq holda g‘o‘zani suvga bo‘lganehtiyoj koeffitsienti, m 3 /ga (Yeremenko V.E., 1956) Agrotexnik sharoitlar Iqlim zonalari Hosildorlik,ss/ga 20 gacha 20–30 30–40 40–50 50–60 Qadimdan paxta ekib ke l inayotgan yerlar Janubiy 280–322 240– 300 200–240 175–200 155–175 Markaziy 243–280 209– 261 174–209 152–174 135–152 SHimoliy 206–238 179– 222 148–178 129–148 115–129 Bedadan so‘ng 1 va 2- yillari Janubiy 258-296 221– 276 184–221 161–184 143–161 Markaziy 224–258 192– 160–192 140–160 124–140