TUPROQNING ISSIQLIK REJIMI VA UNI BOSHQARISH USULLARI
MAVZU. T U P R O Q N I N G I S S I Q L I K R E J I M I V A U N I B O S H Q A R I S H U S U L L A R I Reja: 1. Issiqlikning o‘simliklar va mikroorganizmlar hayotidagi ahamiyati. 2. Tuproqning issiqlik xossalari. 3. Tuproqning issiqlik rejimini yaxshilash tadbirlari.
1. Issiqlikning o‘simliklar va mikroorganizmlar hayotidagi ahamiyati O‘simliklarning urug‘dan unib chiqishi, me’yorda o‘sib rivoj l a ni sh i va t u pr o qd ag i t ur l i m i kr oor ga ni zm l a r ni ng ha yo t i be vo sita tuproqdagi issiqlikka bog‘liq. Amalda atmosfyera va tuproq harorati bilan xaraktyerlanadigan issiqlik, faqat o‘simliklarning hayotiga ta’sir etib qolmay, balki unda sodir bo‘ladigan barcha fiziologik jarayonlarning namoyon bo‘lishida va ularning o‘sishi hamda rivojlanishida ham asosiy rolь o‘ynaydi. O‘simliklar hayotining dastlabki davrida tuproq harorati xal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lsa, maysalar chiqqandan keyin esa havo harorati ustunlik qila boshlaydi. Ma’lumki, o‘simliklar urug‘ining unishi maysalari me’yorda o‘sishi va rivojlanishi hamda organik moddalar sintezlanishi uchun ham issiqlik zarur. Binobarin, urug‘lar muayyan haroratda unadi, agar harorat muayyan, ya’ni urug‘ning unib chiqishi uchun etarli bo‘lsa minimal , o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay bo‘lsa, optimal , agar undan yuqori bo‘lsa, maksimal harorat deyiladi. Maksimal harorat o‘simliklarning me’yorda o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. Har bir o‘simlik urug‘ining unib chiqishi uchun zarur harorat, ya’ni minimal harorat bilan o‘rtacha sutkalik harorat orasidagi farq foydali (effektiv) harorat deyiladi. Har xil o‘simliklar urug‘ining unishi, o‘sishi va rivojlanishida ularning minimal optimal va maksimal haroratga munosabati turlicha bo‘ladi (1.18-jadval). Ekinlarni ekish muddatini aniqlashda urug‘larning unib chiqishi uchun zarur minimal haroratni bilish, o‘simliklar vegetatsiyasi davridagi biologik minimal, optimal va maksimal haroratlarni bilish ularning me’yorda o‘sishi va rivojlanishini boshqarishda muxim ko‘rsatkich hisoblanadi. 1.18-jadval
O‘simliklarning haroratga munosabati. O‘simliklar Harorat darajasi (0 0 ) minimal optimal maksimal Beda, sebarga 0-1 28-30 35-37 Arpa, bug‘doy, suli javdar, ko‘k no‘xat 1-4 22-26 28-32 No‘xat, maxsar, lavlagi, lyupin 3-4 25-30 32-34 Kungaboqar, kartoshka 6-10 26-30 34-36 Makkajo‘hori, tariq, sudano‘t, soya 6-8 31-34 40-46 Loviya, oq jo‘xori, kanakunjo‘t kanop 10-12 32-36 44-46 G‘o‘za, sholi, qovoq, yeryong‘oq 10-14 32-35 40-44 Qovun,tarvuz, bodring 10-14 31-36 40-44 O‘simliklar turiga qarab, harorat sharoitiga turlicha munosabatda bo‘ladi. Masalan, ulardan ba’zilari yuqori haroratda (g‘o‘za, suli, makkajo‘xori va boshqalar) me’yorda o‘sib rivojlansa, boshqalari (bahorgi don ekinlari) nisbatan pastroq haroratni talab etadi. Kuzgi don ekinlari qishni engil o‘tkazadi, bahorgilari esa qishki past haroratda nobud bo‘ladi. Ekinlarda fotosintez jarayoni havo harorati 0°dan yuqori bo‘lganda boshlanadi. Ko‘pchilik madaniy o‘simliklarda fotosintez uchun minimal harorat 0°-50, optimal harorat 20-35 0 dir. Haroratning bundan yuqori bo‘lishi fotosintez intensivligini susaytiradi 40-45° da esa u butunlay to‘xtaydi. O‘simliklarning nafas olishi fotosintez uchun zarur haroratdan nisbatan ancha past haroratda (10° da) ham davom etavyeradi. Masalan, daraxtlar kurtagi 20-30° da ham nafas olavyeradi. Havo haroratining ko‘tarilishi bilan o‘simliklarning nafas olish intensivligi ortib boradi va 35-40° da maksimum darajaga etadi. Harorat 50 ga etganda va undan ko‘tarilganda o‘simliklarning nafas olishi butunlay to‘xtaydi. SHuning uchun ko‘pchilik o‘simliklarda organik moddalar hosil bo‘lishi va to‘planishi uchun 20-40° harorat eng qulay hisoblanadi. O‘simliklarning issiqlikka bo‘lgan talabi. O‘simliklar ontogonez rivojlanishi davrida muayyan turdagi havo haroratiga moslashadi va talabchan
bo‘ladi. Bir turdagi o‘simliklar o‘ta issiq haroratda me’yorda o‘sib rivojlansa, ikkinchi turdagi o‘simliklar bir muncha past haroratga moslashuvchan bo‘ladi. Ana shu talabdan kelib chiqib barcha turdagi o‘simliklar issiqlikga bo‘lgan talabiga ko‘ra ikki guruhga: mo‘‘tadil iqlim poyasida o‘sadigan o‘simliklar va janubiy kengliklarda o‘sadigan o‘simliklarga bo‘linadi. Birinchi guruhga mansub o‘simliklar (arpa, suli, bug‘doy, javdar, ko‘k no‘xat, beda va boshqalar) ning urug‘i o‘rtacha harorat 1-50 bo‘lganda unib chiqadi, 10-120 da gullaydi va etiladi. Bu o‘simliklar sovuqqa chidamli bo‘lib maysasi 5- 10° da ham hayot faoliyatini davom ettiravyeradi. SHuning uchun bu o‘simliklarning urug‘i yerta bahorda fevralning oxiri va martning boshlarida ekiladi. Kuzgi ekinlar sovuqda ancha chidamli bo‘ladi. Masalan, beda qor tagida - 40 0 ga, qor bo‘lmaganda esa -30 0 sovuqqa chidaydi. Issiqsevar o‘simliklar (g‘o‘za, makkajo‘xori, oqjo‘xori, sholi, qovun, tarvuz va boshqalar) ning urug‘i 10-12° da unib chiqadi, 15-20°da gullaydi. SHunga ko‘ra, ularning urug‘i kech martning oxiri va aprelning boshlarida ekiladi. Bu o‘simliklar orasida g‘o‘za o‘ta issiqsevar bilan ajralib turadi, chigit tuproq harorati 10-12° bo‘lganda unsa ham, maysasi 16°da yer betiga chiqadi. Uning me’yorda o‘sishi va rivojlanishi uchun harorat 25-30°dan past bo‘lmasligi shart, aks holda g‘o‘zaning rivojlanishi susayadi. YUqorida aytilganidek, havo va tuproq harorati o‘simliklar barcha rivojlanish fazalarining kechish sur’atiga katta ta’sir etadi. Masalan, g‘o‘za gullashidan to ko‘sagi pishgungacha o‘rta xisobda 60 kun o‘tadi. Havo harorati birmuncha yuqori bo‘lganda, bu muddat 55 kungacha qisqaradi, aksincha, past bo‘lsa 65-70 kungacha cho‘ziladi. G‘o‘za meva tugishi davrida harorat 35-36° bo‘lsa, ko‘sak, chigit va tolalarning etilishi tezlashadi. Harorat 40° va undan oshganda g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishi sustlashadi. Makkajo‘hori va oqjo‘xori maysalari 2-0°da, g‘o‘za 0° da nobud bo‘ladi. O‘simliklarning issiq-sovuqqa chidamliligi ular hayotining hamma davrlarida
ham bir xil emas. Odatda, yosh o‘simliklar etuk o‘simliklarga qaraganda sovuqqa ancha chidamsiz bo‘ladi. Harorat asta-sekin pasaya borishining ham ahamiyati katta. Kuzda havo birdaniga sovib ketsa, qishlovga tayyorlanib ulgurmagan o‘simliklar qattik zararlanadi, agar havo sekin-asta sovisa, ularning sovuqka chidamliligi ortadi. O‘simliklar uchun minimal va maksimal haroratdan tashqari, ularning bo‘tan vegetatsiya davomida oladigan foydali haroratlar yig‘indisi ham muhim rolь o‘ynaydi. Agar foydali haroratlar yig‘indisi etarli bo‘lmasa, o‘sim-liklarning mevasi kuzgi sovuq, tushguncha pishib ulgurmaydi va hokazo. O‘zbekistonda o‘stiriladigan g‘o‘za navlariga qarab ularning vegetatsiya davri va issiqlikka talabi turlicha bo‘ladi. Masalan, Qoraqalpog‘istonda ekiladigan yertapishar nav g‘o‘zaning vegetatsiya davri 125-135 kun davom etadi. CHigit unib chiqishi uchun 84°, g‘o‘za shonalashi uchun 400°, gullashi uchun 415°, ko‘saklar ochilishi uchun 660°, jami 1560° foydali harorat zarur. Kechpishar g‘o‘za navlarining vegetatsiya davri 150-160 kun, chigit unib chiqishi uchun. 84°, g‘o‘za shonalashi uchun 4150, gullashi uchun 700°, ko‘saklari ochilishi uchun 720-800°; jami 1770-2000° foydali harorat kyerak. O‘simliklarning vegetatsiya davridagi, ayniqsa, iyulь va avgust oylaridagi eng yuqori kritik harorat ularning o‘sishiga, rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi, ya’ni o‘simliklarda oziq moddalarning harakati sekinlashadi hamda havoning nisbiy namligi juda pasayib ketganligi sababli o‘simliklar transpiratsiyaga sarflagan suvni ildizi orqali tuproqdan o‘zlashtirishga ulgurolmaydi. Natijada g‘o‘zada hosil elementlari to‘kilib ketib, hosildorlik pasayishiga sabab bo‘ladi. O‘simliklarga faqat yuqori harorat emas, balki past harorat ham salbiy ta’sir etadi. Masalan, ko‘pchilik o‘simliklarda bahorgi past haroratda sintezlash faoliyati kamayib, oqsil almashinishi susayadi. O‘simliklar rivojlanish fazalariga qarab haroratning pasayishiga turlicha munosabatda bo‘ladi. Barcha madaniy o‘simliklar urug‘i ungan vaqtda past haroratga chidamli bo‘ladi. Keyinchalik, ya’ni unib chiqqandan keyingi davrdan esa sovuqqa chidamliligi kamaya boradi.