logo

QISHLOQ XO‘JALIK EKINLARINI SUG‘ORISH REJIMI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

49.4130859375 KB
MAVZU:  QISHLOQ XO‘JALIK EKINLARINI SUG‘ORISH REJIMI
Reja:
1. Sug‘orish rejimini belgilovchi omillar.
2. Mavsumiy sug‘orish me’yori va umumiy suvga bo‘lgan ehtiyoj.
3. Sug‘orish me’yori va  uni hisoblash.
  1. Sug‘orish rejimini belgilovchi omillar .
1 .   Qishloq   xo‘jalik   ekinlarini   sug‘orish   rejimi   deb   ekinlarning   rivojlanish
fazalariga   ko‘ra  sug‘orish  sonini,  sug‘orish  va   mavsumiy  sug‘orish  me’yorlari   va
sug‘orish muddatlariniga aytiladi
Qishloq   xo‘jalik   ekinlarining   sug‘orish   tartiblari   iqlim   zonalari,   tuproq
sharoitlari,   sizot   suvlar   chuqurligi   va   ularning   minyerallashganlik   darajasi,
parvarish   qilinayotgan   ekin   turi   yoki   navining   biologik   xususiyatlari   bilan
aniqlanadi.
Ekinlarni   sug‘orish   tartibini   to‘g‘ri   belgilash   uchun   O‘zbekiston   hududi
quyidagi iqlim va gidrogeologik zonalarga bo‘lingan: 
SHimoliy   iqlim   zonasi   o‘z   ichiga   Qoraqalpoqiston,   Xorazm   viloyati,
Toshkent   va   Samarqand   viloyatlarining   shimoliy   tog‘   oldi   rayonlarini   oladi.   Bu
yerda   vegetatsiya   davri   200   kundan   oshmaydi,   yillik   o‘rtacha   harorat   12,5 0
C,
iyulda 25-26 0
S, aprelь-oktyabrda haroratlar yig‘indisi 3800-3900  0
S, bug‘lanish esa
1500 mm.
Markaziy   iqlim   zonasi   esa   o‘z   ichiga   Farg‘ona   vodiysi,   Toshkent   viloyati,
Sirdaryo,   Samarqand   viloyatlarini,   Buxoro,   Qashqadaryo   va   Surxondaryo
viloyatlarining   shimoliy   tumanlarini   o‘z   ichiga   oladi.   Bu   yerda   vegetatsiya   davri
200-220 kun, haroratlar yig‘indisi 4000-4200 0
S, yillik o‘rtacha harorat   12,5-13,5 0
S,
iyulda -26-30 0
S, bug‘lanish 1500-1700 mm.
Janubiy   iqlim   zonasida   Buxoro,   Qashqadaryo,   Surxondaryo   viloyatlari,
Turkmaniston va Tojikiston  R espublikalari joylashgan. Bu yerda vegetatsiya davri
240-260 kun, haroratlar yi g‘ indisi 4600-5000 0
S, yillik o‘rtacha harorat -14,5-15 0
S,
iyulda 32-33 0
S, bug‘lanish esa 1800-2000 mm.
Xar bir iqlim zonasi o‘z navbatida gidrogeologik rayonlarga bo‘lingandir. 
Birinchi   gidrogeologik   rayon   o‘z   ichiga   sizot   suvlari   3-4   m   chuqurlikda
joylashgan buz tuproqlarni oladi. Gidrogeologik koeffitsent (K) 1 ga teng.
Ikkinchi gidrogeologik rayon sizot suvlari 2-3 m chuqurlikda joylashgan och
tusli bo‘z va o‘tloqi tuproqlarni o‘z ichiga oladi. K-0,85.  Uchinchi gidrogeologik rayon esa sizot suvlari 1-2 m chukurlikda joylashgan
o‘tloqi tuproqlarni o‘z ichiga olib, bu yerda K-0,60.
To‘rtinchi   gidrogeologik   rayonda   sizot   suvlari   1   m   gacha   chuqurlikda
joylashgan   bo‘lib,   ularga   o‘tloqi   botqoq   va   botqoq   tuproqlar   misol   bo‘ladi.
K-0,40.
SHimoliy   iqlim   zonasida   g‘o‘zani   1-2-0   yoki   1-3-0   sxemada   3-4   marta
sug‘orish   kifoya   qilsa,   markaziy   iqlim   zonasida   2-3-0   yoki   2-4-1   sxemada  
5-7   marta,   janubiy   iqlim   zonasida   esa   1-5-1   yoki   2-6-1   sxemada   7-9   marta
sug‘orish kifoyadir.
G‘o‘zani   sug‘orish   soni   gidrogeologik   rayonlarga   ham   bog‘liq   bo‘lib,
IV   gidrogeologik   rayonda   3-4   marta   sug‘orilsa,   I   rayonda   sug‘orish   soni   bir
muncha ko‘paytiriladi.
Qishloq xo‘jalik ekinlarini suvga bulgan talab qo‘ydagicha aniqlanadi:
E  =  U x Ku x Z x K x i
bu yerda: U-rejalashtirilgan hosildorlik,ss/ga;
Ku-suvga bo‘lgan talab koeffitsienti, m 3
/ga;
K-gidrogeologik koeffitsent (1-0,4);
Z-zonallik koeffitsienti (shimoliy-0,85; markaziy 1,0; va janubiy zonada -1,15).
i- tuproqning unimdorlik koeffitsienti .
Umumiy   suvga   bo‘lgan   talabning   65-70%   ini   o‘simlik   transpiratsiyaga
sarflaydi va 30-35 % i bug‘lanishga sarflanadi.
G‘o‘za   gullashgacha   umumiy   ehtiyojini   20-25   %   ini   sarflasa,   gullash-meva
tuplash fazasida 55-65% va pishish davrida 15-20% ini talab qiladi.
Cug‘orishni   rejalashtirish.   Sug‘orishni   rejalashtirish   suvning   tuproq
xususiyatlari   va   hosil   talabi   bo‘yicha   kyerakli   miqdori   bilan   aniqlanadi.
Sug‘orishni   rejalashtirish   nafaqat   sug‘orish   soni   va   muddati,   balki   o‘simliklar
ehtiyojini qondirish uchun zarur bo‘ladigan suv me’yorini bildiradi.  Sug‘orishni   rejalashtirish   ekinlarning   suvga   bo‘lgan   talablaridan   kelib
chiqib   sug‘orish   uchun   zarur   bo‘lgan   suvning   ilmiy   tadqiqot   usullari   asosida
taqsimlash va nazorat qilish mumkin. Turli xil tuproq iqlim sharoitida ekinlarning
suvga bo‘lgan ehtiyoji yuqori hosil olish uchun suv miqdori ma’lum vaqt birligida
va   ma’lum   maydon   birligi   bilan   belgilanadi.   Agar   sug‘orishning   qo‘lay
imkoniyatini ta’minsa, qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligi o‘z-o‘zidan oshadi. 
Sug‘orishni   rejalashtirish   har   yili   ko‘p   marta   takrorlanadigan   va   necha
marta sug‘orish kyerakligi haqida qaror qabul qilinadi.
Ikkala   mezon   ham   hosilning   miqdori   va   sifatiga   ta’sir   qiladi.   Bu   sug‘orish
me’yorining   qanday   va   qancha   vaqt   davomida   byerilishini   ko‘rsatadi.   Ortiqcha
sug‘orish natijasida quyidagi zararli holatlar kuzatilishi mumkin:
• ortiqcha suvning ildiz qatlamidan pastga o‘tkazib yuborishi.
• bu o‘g‘itlar tarkibidagi oziq moddalarini yuvilishiga olib keladi.
• bu sizot suvlarini kutarilish va shurlanishga   olib keladi.
• buning natijasida tuproq ayeratsiyasi yomonlashadi .
• oxir oqibat hosilni yo‘qotilishiga olib keladi.
SHuningdek,   sug‘orishni   rejalashtirish   uning   ahamiyati   va   muhimligi   bilan
tabiiy muhit bilan bog‘liq ravishda qo‘llaniladigan ishlarga bog‘liq.
Injenyerlar   uchun -   sug‘orishni   rejalashtirish   muhim   hisoblanib,   katta
maydonlarga   kyerakli   suv   miqdori   yoki   suvni   daryo   yoki   kanalning   boshidan   to
oxirigacha sug‘orishga kyerakli miqdori. 
Tuproqshunoslar uchun  - sug‘orish tuproqning fizik va kimyoviy xossalariga
salbiy   ta’sir   ko‘rsatmasligi   uchun   dalani   ortiqcha   sug‘orilmaslik   yoki   suv   bilan
bostirib sug‘orilmasligi muhim hisoblanadi.
Agronomlar   uchun   –   bu   juda   muhim,   quruq   iqlim   sharoitida   optimal
normada   suvdan   foydalangan   holatda,   normal   sharoitda   va   hosilni   saqlagan
holatda suv birligiga nisbatan yuqori hosil olishga yerishish zarur.
A. Muhim
Hosilni   sug‘orish   talabiga   bog‘liq   ravishda   qancha   miqdorda   kyerak
bo‘ladigan suv miqdori quyidagicha topiladi. Sug‘orish   me’yori   (IR)   =   ekinning   suv   talabi   (CWR)   –   foydali   yog‘inlar
miqdori (YERF). 
IR=WR – YER  mm/kun yoki mm/oy.
Agar o‘simlikning suvga talabi aniq hosil uchun 6 mm/ kun bo‘lsa, bu shuni
bildiradiki, hosil uchun har kuni 6 mm suv byerishimiz kyerak. Bu juda ko‘p vaqt
va   mehnat   talab   qiladi.   Buning   uchun   hosil   olishda   talab   qilinadigan   suvni   bir
qancha oraliqda va ma’lum miqdorda rejalashtirish kyerak. 
Masalan,   6   mm/kun   talab   etiladigan   suvni,   tuproq   tipi   va   iqlim   sharoitiga
qarab har 6 kunda 24 mmdan yoki har 5 kunda 30 mm dan rejalashtirish mumkin.
Bunda biz sug‘orish oraliqlarida suvni etishmay qolmasliklari uchun juda ehtiyot
bo‘lishimiz kyerak. 1
B. Amaliy ahamiyati
Sug‘orishni rejalashtir-ishda biror bir fyermyer xo‘jaligida yoki biror dalada
sug‘orishni samarali rejalash-tirish uchun qo‘yidagi mezon (omillar) larni bilishni
taqoza etadi  
Ekin omillari  
• Qurg‘oqchilikka chidamliligi 
• ekinning kritik fazasi 
• ildizning chuqurligi
• hosil (ekin)ning iqtisodiy qiymati
Suv etkazib byerish tizimi
•   sug‘orish   kanali   yoki   sug‘orish   rezurvari   (umumiy   foydalaniladigan
sug‘orish resurslari mavjudligi).
• YAxshi sug‘orish (fyermyerning qarori yakuniy hisoblanadi)
Tuproq tipi
qumli   –   kam   miqdorda   qisqa   sug‘orish   oralig‘ida   sug‘orish   (tez-tez   kam
me’yorda sug‘orish)
• loyli tuproqlar- katta miqdorda, uzoq sug‘orish oralig‘ida sug‘orish (katta
me’yorda kam sug‘orish)
1
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Somasundaram E.  A textbook of  Agronomy 2010. р. 38 6. SHo‘rlanish   xavfi -   qulay   tuz   balansini   ta’minlash   uchun   o‘simlikning   suv
iste’molidan ortiqcha sug‘orish natijasida suvning osti qatlamdagi sizot suvlariga
yuvilishi   va   kapilyarlar   qo‘shilishi   orqali   tuzning   chuqur   qatlam-lardan   yuzaga
ko‘tar-ilishi kuzatilishi mumkin.
Sug‘orish usullari - sug‘orish usullari, o‘z navbatida katta normada va uzoq
vaqt   sug‘orish   davomiyligi   natijasida   namla-nuvchi   qatlam   orqali   suvni
infiltratsiyasiga   olib   keladi.   Pushta   usulida   sug‘orishda   tuproq(maydon)   yuzasi
kamroq   namlanishi   (yuvilish)   va   kam   normada   suv   miqdori   va   qisqa   intyervalda
sug‘orish natijasida infiltratsiya kamayadi.
YOmg‘irlatib   va  tomchilab  sug‘orish   usullari  kam   suv  va   ko‘proq   sug‘orish
oralig‘i (chastotasi) talab qiladi.
Sug‘orish   oralig‘i   (intyervali)-   sug‘orish   oralig‘i   muddati   har   doim   ham
suv(nam)ni   iqtisod   qilmaydi.   Sug‘orish   oralig‘i   agroiqlim   sharoitlariga   bog‘liq
bo‘ladi.
Suvni tejab foydalanish  – ekin tomonidan o‘zlashtiriladigan suv foydalanishi
jihat-idan   samaradorligi   tyermini   bilan   baholanadi.   Bu   suvdan   foydalanish
samaradorligi quyidgaicha klasifikatsiyalanishi mumkin:
• Ekinni suvdan foydalanish samaradorligi 
• Dalaning suvdan foyda - lanish samaradorligi
 • Fiziologik suvdan foyda - lanish samaradorligi
 • Sug‘orish loyihalarini samaradorligi
( I ) ekinni suvdan foyda-lanish samaradorligi  (CWUE)   – bu ekin hosildorligi
(Y)   koefitsentini,   ekinni   evapotra-spiratsiya   (ET)   uchun   sarflagan   suv   miqdoriga
nisbati bilan aniqlanadi . 2
CWUE= Y/ET, kg/mm/ha
( II )  dalaning   suvdan   foydalanish   samaradorligi  (FWUE) –  bu   ekin   jami   hosili
(Y) ni   dalagi   qo‘llanilgan   jami   suv  (WR) nisbati   bilan   ifodalanadi . 
FWUE= Y/WR, kg/mm/ga
2
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Somasundaram E.  A textbook of  Agronomy 2010. р. 38 6 -387 ; 397. ( III ) fiziologik suvdan foydalanish samaradorligi  (PWUE) -  fiziologik suvdan
foydalanish   samaradorligini   hisoblashda     traspiratsiyada   bir   birlik   suv   hisobiga
yutilgan SO
2  miqdori bilan aniqlanadi.
PWUE = fotosintez tezligi/transpiratsiya koeffitsenti
(IV)   sug‘orish   loyihalari   samaradorligi   -   dunyo   bo‘ylab   ko‘plab   sug‘orish
loyihalari  umumiy samaradorlikka  nisbatan 20-40 % samaradorlik  bilan faoliyat
ko‘rsatmoqda.     SHunga   ko‘ra,   sug‘orishni   bosh   loyihasida   suvdan   samarali
foydalanish   uchun,   suvni   iloji   boricha   ko‘proq   o‘simlik   evapotoraspiratsiyasida
foydalanishiga qaratish lozim. Ko‘p joylardan sug‘orishdan samarali foydalanish,
o‘rtacha suvdan  foydalanishni oshirib,  suvning yuvilishi  va tuproq sho‘rlanishini
kamayishiga   olib   keldi.   Suvdan   foydalanish   samarador-ltginingn   kamayishi   turli
xil davrlarda ro‘y byerishi mumkin. Ularning ayrim sabablari quyidagicha:
• Loyihani tashkiliy tomonining yaxshi ishlanmaganligi.
•   xo‘jalik   sug‘orish   tizimining   noto‘g‘ri     tuzilishi   yoki   etarlicha   tashkil
qilinmaganligi.
• texnik xizmat ko‘rsatishning yo‘qligi.
 • tizimni noto‘g‘ri boshqarilishi.
Odatda sug‘orish tizimi qo‘yidagilardan tashkil topgan
• bosh sug‘orish kanal
• asosiy kanallar
• dala tarmoqlari
• fyermyer xo‘jaligi (dala) 3
A.   Suvdan   foydalanish   samaradorligi   (Ea)-   sug‘orishning   maqsadi
evapotraspiratsiya   zaxirasi   uchun   ekin   ildiz   zonasini   nam   bilan   to‘yintirishdir.
Ekinning   suv   iste’mol   talabi   Doorenbos   i   Pruitt
(1977)   bo‘yicha,   ya’ni   «sug‘orishning   ekinlar   tomonidan   evapotraspiratsiyada
yerkin   holda   foydalana   oladigan   namlanish   chuqurligida   bo‘lishi,   tuproqning
muhofaza   qilgan  holda   suvni   ko‘proq   dalalar ga   qo‘llash,   tuproq   sharoitlari,   shu
3
 Chandrasekaran B., Annadurai K., Somasundaram E.  A textbook of  Agronomy 2010. р. 39 8. jumladan tuproq, suv va hosildorlikni hisobga olgan holda atrof muhit sharoitida
to‘liq   ishlab   chiqarish   salohiyatidan   foydalanishdir».   Kam   miqdordagi   suv   bilan
o‘simlik   ildiz   zonasini     dala   nam   sig‘imigacha   namlanishi   samarali   sug‘orish
deyiladi.   Agar,   boshqa   tomondan,   qo‘llanilgan   suv   miqdori,   talab   etiladigan   suv
miqdoridan ko‘p bo‘lsa, su g‘ orish samaradorligi  juda past  bo‘ladi. Misol uchun,
sug‘orish   jadvali   bo‘yicha   o‘simlik   ildiz   zonasini   dala   nam   sig‘imi   bo‘yicha
namlanishi   uchun   9   sm   suv   talab   qilinadigan   bo‘lsa.   Uning   o‘rniga   12   sm   suv
byerilsa, unda suvdan foydalanish samaradorligi quyidagicha bo‘ladi:
9/12 CH 100 = 75%
Foydalanish   samaradorligi   =   Ea=      tuproqning   dala   nam   sig‘imi   darajasigacha   kyerak   
bo‘ladigan suv
dala maydoniga qo‘llanilgan suv miqdori x100
foydalanish samaradorligini pasaytiruvchi asosiy omillar:
• sug‘orish tizimini noto‘g‘ri loyihalashtirish  va  qurish.
• texnik xizmat ko‘rsatish tizimidan kam foydalanish. 
•   fyermyerlarning   ekinlarning   suv   talabi   b o‘ yicha   etarli   bilimga   ega
bo‘lmasliklari.
Foydalanish samaradorligi tuproq tiplari va sug‘orish usullari bo‘yicha farq
qiladi. Ba’zi kuzatishlar bo‘yicha quyidagicha samaradorlik aniqlangan:
Engil tuproqlarda- 55%
O‘rta tuproqlarda - 70%
Og‘ir tuproqlarad -60%
Izchil (gradientli) chegaralangan sug‘orish - 53%
Havzali (liman li ) sug‘orishda- 58%
Pushtali sug‘orish - 57%
YOmg‘irlatib sug‘orish- 67%
Tomchilatib sug‘orish- 80%
SHoli etishtirishda samaradorlik 32% ni tashkil etadi.
B.  Suvni e tkazib byerish (trasportirovka) samaradorligi (Ec) E= dala boshigacha etkazib byerilgan suv miqdori/sug‘orish loyihasida bosh
sug‘orish kanalidan byeriladigan suv miqdori.
Trasportirovkada suvni yo‘qolishiga sabab bo‘ladigan asosiy omil boshqaruv
tizimi jihatlari hisoblanadi, shuningdek, kanalda etkazib byerishdagi yo‘qotishlar,
ya’ni   kanallardan   sizib   ketishi   yoki   filtiratsiyalanish   kabi   fizik   omillar   sabab
bo‘ladi.
Kuzatishlar   natijasida   turli   xil   etkazib   byerish   samaradorligi   quyidagicha
bo‘lgan:
- Suv oqimini doimiy o‘zgarishsiz bir xilda etkazib byerilish- 90%
-   Hech   qanday   sezilarli   o‘zgarishsiz   rotatsion   etkazib   byerish-   80   %,  
70-300 ga maydonda.
-   7000   ga   dan   ko‘p   maydon   va   10000   gektardan   kam   maydonga   loyiha
asosida   samaradorlik   va   kommunikatsiyani   hisobga   olmagan   holda   etkazib
byerilganda– 65%-70% 4
S. Loyiha samaradorligi (Yer)
Ep=   ekin to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalaniladigan suv
sug‘orish bosh tarmog‘idan ajratiladigan suv
Umumiy loyiha samaradorligi  sug‘orish  tarmoqlaridagai  barcha  qismlar  va
jarayonlarini,   ya’ni   suvning     bosh   kanaldan   to   ekinga   etib   borguncha   bo‘lgan
oraliqdagi barcha qismlarini o‘z ichiga oladi.
Suvni   etkazib   byerish   tizimlarini   yaxshilash   va   xo‘jalik   sug‘orish
samaradorligini oshirish uchun fyermyerlarinng tajribasi va ular tomonidan yangi
samarali   sug‘orish   ishlarini   amalga   oshirishiga   bog‘liqdir.   Loyiha
samaradorligini quyidagilar asosida oshirish mumkin:
•   kanallarda   filьtratsiyani   oldini   olish   uchun   maxsus   qoplamlar   o‘rnatish,
kanal tozaligi va tekisligini ta’minlash.
•   kanallar   va   oqovalarga   texnik   xizmat   ko‘rsatish,   ayniqsa   kanallarga
tashlanadigan fyermalar oqovasini nazorat qilish.
4
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Somasundaram E.  A textbook of  Agronomy 2010. р.  399. • birlik maydonga to‘g‘ri keladigan mavjud suv miqdorini cheklash orqali suv
tanqisligini  kamaytirish.
•   fyermyerlar   darajasida   qulay   suv   bilan   ta’minlash   tizimi   ishonchliligini
ta’minlash.   Fyermyerlar   o‘zlariga   qachon   va   qancha   miqdorda   suv   kyerakligi
haqidagi hisoblarni bilishlari kyerak.
•   suvdan   foydalanish   samaradorligini   oshirish   maqsadida   dehqonchilik
tizimsini loyihalashtirish lozim.
•   oqimni   doimiyligini   saqlab   turish   uchun,   bo‘limlarda   to‘g‘ri   tizimni
o‘rnatish.
• havzalar darajasi, dalaning chegara va konturlari, yerni  umumiy tekislash
ishlari   kabi   qurilish   ishlarini   rag‘batlantirish   orqali   loyiha   tizimni
samaradorligini oshirish. 5
2. Mavsumiy sug‘orish me’yori va umumiy suvga bo‘lgan ehtiyoj.
Mavsumiy   sug‘orish   me’yori   bu   1   ga   maydonga   1   mavsum   davomida
byeriladigan suv miqdoridir. U quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
Mn = E- 10aR - (Wn - Wk) - Wg, m 3
/ga.
bu yerda: E- jami suvga bo‘lgan talab, m 3
/ga; R - yog‘in miqdori, mm; 10-mm
ni   m 3
/ga   ga   aylantiruvchi   ko‘paytiruvchi;   a-yog‘in   suvlaridan   foydalanish
koeffitsenti   (shimoliy   va   markaziy   iqlim   zonasi   -0,8-0,9;   janubiy
0,4-0,6);   Wn   va   Wk-vegetatsiya   boshidagi   va   oxiridagi   tuproqning   nam   zaxirasi,
m 3
/ga; Wg-sizot suvlaridan o‘simlik foydlana-digan miqdor, m 3
/ga. 
Mavsumiy   sug‘orish   me’yori   iqlim   zonalari   va   sug‘orish   usullariga   ham
bog‘liqdir.
Turli qishloq xo‘jalik ekinlarining suvga bo‘lgan umumiy talabi
1. SHolining  mavsumiy suvga bo‘lgan talabi 1100-1250 mm.
- Kunlik talab   6-10 mm
- O‘rtacha o‘suv davrida 80 % suv talab qiladi
5
 Chandrasekaran B., Annadurai K., Somasundaram E.  A textbook of  Agronomy 2010. р.   399-400 . - Qolgan  20 % suv yerni tayyorlash davrida sarflanadi.
2. Araxs – 500-550 mm
- dastlabki  35 kunda suvni  juda kam talab qiladi, keyinchalik suvga bo‘lgan
talabi ortib boradi.
3. Tariq– 350 mm
4. Makkajuxori 500-600 mm
Suvga bo‘lgan talabi 3-4 barg paydo bo‘lgan kundan oshib boradi.
5. G‘o‘za 55-600 mm
Sutkalik suv sarfi -3 mm dan 10 mm gacha
Suvdan samarali foydala-nish tuproq sharoitiga va sug‘orish usuliga bog‘liq
bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik ekinlari  engil tuproqlarda – 55 %
o‘rta tuproqlarda – 70 %
og‘ir tuproqlarda – 60 % suvdan foydalanadi. 6
3. Sug‘orish me’yori va  uni hisoblash.
Bir   gektar   yerga   bir   marta   sug‘orishda   byeriladigan   suv   miqdori   sug‘orish
me’yori   deyiladi.   Sug‘orish   me’yorini   to‘g‘ri   belgilash   uchun   tuproqni   nam
sig‘imini   sug‘orishdan   oldingi   tuproqning   yo‘l   qo‘yiladigan   quyi   namligini,
hisobiy   qatlam   qalinligi   va   tuproqning   xajmiy   massasini   bilish   zarurdir   va
shuningdek suvni sug‘orish vaqtida bug‘lanishga sarflanishini bilish kyerak.
Sug‘orish me’yori quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
m = (A - B) x h = k , m 3
/ga.
bu yerda: A- Tuproqning nam sig‘imi, xajmga nisbatan % ;
V-sug‘orishdan oldingi tuproqning namligi, xajmga nisbatan %;
h-hisobiy qatlam qalinligi, m;
k-sug‘orish vaqtida suvni bug‘lashiga yo‘qolishi (5-10%).
Hisobiy qatlam qalinligi g‘o‘za uchun quyidagichadir: gullashgacha 50-70 sm,
gullash-meva to‘plash davrida -70-100 sm va pishish davrida 100 sm.
Sug‘orish   me’yori   iqlim   zonalariga,   tuproq-gidrogeologik   sharoitlarga
bog‘liqdir.   Masalan,   engil   tuproqlarda   u   700-800   m 3
/ga   ni   tashkil   qilsa,   og‘ir
6
 Chandrasekaran B., Annadurai K., Somasundaram E.  A textbook of  Agronomy 2010. р. 402. tuproqlarda 1000-1200 m 3
/ga ga etadi. Engil tuproqlarda ekinlarni oz normada tez-
tez   sug‘orish   kyerak   bo‘lsa,   og‘ir   tuproqlarda,   katta   normada   kamroq   sug‘orish
kyerak.   SHo‘rlangan   yerlarda   esa   sug‘orish   me’yori   20-25%   ga,   mavsumiy
sug‘orish me’yori 25-30% ga ko‘paytiriladi.
SHakamr qamishni suvga bo‘lgan talabini kamaytirish yo‘llari:
- ko‘chatni 30 sm chuqurlikda ekish;
- sug‘orishni   0,75;     0,50   /W/   CPE   –   kamaytirish   va   eng   kup     suvga   talab
bo‘lgan fazasida  sug‘orish davomiyligini 8-9 kundan 13-15 kungacha uzaytirish;
- mulchalash – 10 sm gacha qalinlikda
- “Kaloin   sprey”   ning   2-3   %   li   yeritmasini   qo‘llash   (tranpyeratsiyani
kamaytiradi);
- egat oralatib sug‘orish;
- qurg‘oqchilik ta’siriga chidamli navlarni ekish;
- 0.5 % kaliy xlorni gullashda sepish;
- yomg‘irlatib sug‘orish usulini qo‘llash;
- namlik etishmasligi oldi-ni olish
- ekishdan keyingi sug‘orini  kechiktirish;
- ekishdan keyin 5 kuni sug‘orish;
- ekishdan keyin 20, 35 kunlar sug‘orish;
- fyermyerlarga  suvni qadriga etishni o‘rgatish. 7
Hindistonda ekinlarni suvga bo‘lgan talabini aniqlash formulasi:
WR=IR+YER+S
Bunda :
IR –  sug‘orish uchun talab qilinadigan suv
YER – yog‘ingarchilikdan foyda-laniladigan suv miqdori
S – sizot suvlaridan foydalaniladigan suv miqdori
Suv balansini aniqlash formulasi:
(P+I+GW)-(ET+R+D)
P  –  osadki
7
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Somasundaram E.  A textbook of  Agronomy 2010. р.  403 . I  –  orashenie
GW  –  sizot suv ishtiroki
ET  –  evotrajenyer
R – Rutf  notyers
D – Yer osti chu ы urligiga sarflanishi
∆W – Tuproq namligini o‘zga-rishi quyidagicha ifodalaydi:
P=ET+O+D+∆W
Bu yerda:
P - precipition
ET- evo transpyeratsiya
O – yer yuzasi oqimlari
D – zovurlar oqimi
∆W – tupiroq namligini o‘zgarishi.
Bir galgi sug‘orish me’yorini aniqlash formulasi:
D=(FC-Mbi)*Ai*Di*n
Bu yerda:
FC – tuproqning nam sig‘imi, %
Mbi – sug‘orish oldidan tuproqning namligi, %
Ai – tuproq zichligi,  g/sm 3
Di – namlash chuqurligi, sm
n – tuproq qatlamlari soni. 8
1.66-jadval
Qishloq xo‘jalik ekinlarini suvga bo‘lgan talabi klassifikatsiyasi
Suvga bo‘lgan talabi Suv miqdori, mm Ekin turlari
Kam talabchan 300-450 Kungaboqar, tariq, 
masxar
O‘rta talabchan 450-650 Makkajo‘xori, sorga, 
bug‘doy, araxs
Kuchli talabchan 600-1000 G‘o‘za va ko‘p yillik 
8
 Chandrasekaran B., Annadurai K., Somasundaram E.  A textbook of  Agronomy 2010. р. 358. o‘simliklar
O‘ta kuchli talabchan 1000-2250 SHoli, shakar qamish, 
banan, plantatsiya ekinlar
Sug‘orish muddatlarini belgilash usullari
Qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish muddatlarini to‘g‘ri tanlash o‘simliklar
hosildorligini   yuqori   bo‘lishini   ta’minlanovchi   asosiy   omillardan   bo‘lib
hisoblanadi. Sug‘orish muddatlarini aniqlashni bir necha usullari mavjud:
-   o‘simliklarning   fiziologik   belgilari   (barglarning   so‘rish   kuchi,   xujayra
shirasini konsentratsiyasiga ko‘ra) belgilash;
-   o‘simliklarning   tashqi   belgilari   (barg   plastinkasining   rangi,   barglarni
so‘lishi,   g‘o‘za   gullari   ochilishining   uzun   yoki   qisqa   bo‘lishi,   asosiy   poyaning
o‘sish jadalligiga qarab belgilash):
- tuproq namligiga qarab belgilash.
1. Tuproqdagi namning kamayishi yoki ortishiga qarab o‘simlik barglarining
so‘rish   kuchi   o‘zgaradi.   Uning   miqdorlari   bargning   yaruslarda   joylashgan   o‘rni,
shamol,   havo   namligi,   soyalanishi   va   boshqa   omillarga   bog‘liqdir.   Navbatdagi
sug‘orishlarning muddatlari g‘o‘zani 1 – rivojlanish davrida so‘rish kuchini 11-12
atm   gacha   etganda,   2-davrida   13-14   atm.   Va
3-davrida   15-16   atm.   ga   etganda   belgilanadi.   SHo‘rlangan   yerlarda   esa   uning
miqdori   2   atm.   gacha   ko‘paytiriladi.   O‘simlik   barglari   so‘rish   kuchini   aniqlash
uchun   barglar   kunning   eng   issiq   vaqtida   (soat   13   dan   15   gacha)   olinadi
(8-10   barg)   va   u   ma’lum   miqdordagi   qand   yeritmasining   so‘rish   kuchi   bilan
taqqoslanadi.
Sug‘orish   muddatlarini   aniqlashning   yanada   soddaroq   usuli   -   bu   xujayra
shirasining   konsentratsiyasiga   ko‘ra   aniqlashdir.   Tuproqda   namning   kamayishi
o‘simlik   tomonidan   undan   foydalanish   darajasini   pasaytiradi   va   natijada
xujayralarda   suv   kamayib,   uning   shira   konsentratsiyasi   ortib   ketadi.   Xujayra
shirasining   konsentratsiyasini   aniqlash   uchun   soat   13-15   larda   uchastkaning
diagonali bo‘yicha uch xil joydan 6 ta o‘simlik tanlanib, ularning uchidan pastki 3- 4   -   barg   yulib   olinadi   va   alyuminiy   stakanlarga   solinib,   bir   necha   tomchi   toluol
tomiziladi   va   20   minutdan   keyin   ular   sharbati   siqib   olinib,   qo‘l   rafraktometri
yordamida   uning   konsentratsiyasi   aniqlanadi.   G‘o‘za   gullashi   arafasida   hujayra
shirasi   konsentratsiyasining   8%   ga   etishi   o‘simlikni   suvga   chanqaganligini
ko‘rsatadi,   gullash-meva   to‘plash   davrida   esa   bu   ko‘rsatgich   10%   ni   pishish
davrida 12 % ni- tashkil qiladi. Bunday darajadagi konsentratsiyalar tuproqda 65-
70% nam borligini bildiradi.
2.   Qishloq   xo‘jaligida   o‘simlik   tashqi   belgilariga   ko‘ra   sug‘orish
muddatlarini   aniqlash   keng   qo‘llanilmoqda.   Masalan,   tuproqda   nam   kam   bo‘lsa,
o‘simlik   barglari   to‘q   yashil   rangda   bo‘ladi,   agar   ko‘p   bo‘lsa   och-yashil   rangda
bo‘ladi.   SHu   sababdan   g‘o‘za   gullashi-meva   to‘plashi   davrigacha   barglar   rangini
to‘q yashil rangga o‘tishi sug‘orish muddati etilganligidan darak byeradi. Lekin, bu
usulda   gullash   meva   to‘plash   davrida   sug‘orish   muddatini   belgilash   mumkin
bo‘lmay qoladi.
Ekinlar gullagunga qadar navbatdagi sug‘orish muddatini barglarning so‘liy
boshlashiga   xam   qarab   aniqlash   mumkin.   Buning   uchun   yertalab   (soat
7-8 larda) va kun isigan paytda (soat 14-15 larda) tekshirib ko‘rish lozim. Buning
uchun   8-10   ga   uchastkaning   8-10   joyidan   o‘rta   bo‘yli   g‘o‘za   tuplaridagi
3-4-barglari   olinib,   ular   buklanganda   qisirlamasdan   sinsa,   o‘simlik   so‘liy
boshlagan   bo‘ladi.   Agar   20%   barg   so‘liy   boshlasa,   sug‘orish   muddati   etilgan
bo‘ladi.
G‘o‘zaning   gullash-meva   to‘plash   davrida   uning   gullari   ora-lig‘iga   qarab
sug‘orish muddatlarini belgilash mumkin. Masalan, 1 -gul g‘o‘zada 8-9 yon shox
paydo bo‘lganda eng pastkisida paydo bo‘ladi. Tuproqda namlik etarli bo‘lsa o‘suv
shoxlari tezroq o‘sadi va o‘sish nuqtasi bilan eng yuqorigi gul orasi uzayadi. Agar
namlik kam bo‘lsa, bu oraliq qisqaradi va gul go‘yo o‘suv nuqtasiga yaqinlashadi,
Agar   g‘o‘za   normal   xolatda   sug‘orilsa   va   parvarish   qilinsa,   yuqoridan   8-8,5   -
shoxda   iyulь   oyi   o‘rtalarida   gul   paydo   bo‘ladi   va   iyulь   oxiri   va   avgust   oyi
boshlarida   7-7,5   va   avgust   oyi   oxirida   5-5,5   -shoxda   paydo   bo‘ladi.   Gullarning
yuqoriga ko‘tarilishi esa o‘simlik chanqagan-ligidan darak byeradi. Buning uchun har uchastkada 300-400 tup g‘o‘za ko‘zdan kechiriladi va 15-30% o‘simlikda gul
paydo bo‘lgach, sug‘orish muddati etilgan hisoblanadi.
Sug‘orish muddatlarini asosiy poyaning o‘sish sur’atiga qarab ham aniqlash
mumkin.   Markaziy   iqlim   zonasida   108   -   F,   S   -   4727,   T   -   1   va
T- 2 navlarida shonalash davrida 1 kunlik o‘sish 0,3-0.5 sm, umumiy balandlik esa
14 - 18 sm bo‘ladi. Gullash davrida esa bu ko‘rsatgichlar 0,8-1,5 sm va 42-50 sm
bo‘ladi va 14-16 simpodialь shoxlar paydo bo‘lganda - 0,8 - 1.3 sm va 80-90 sm
bo‘lishi kyerak. Kunlik o‘sishni kamayishi uning chanqaganligini bildiradi.
Sug‘orish muddatlarini tuproq namligiga qarab xam aniqlash mumkin. Engil
tuproqlarda uning miqdori 10-12 %, o‘rtacha mexanik tarkibli tuproqlarda 18-20 %
va   og‘ir   tuproqlarda   25-27%,   bo‘ladi.   Ekinlar   uchun   optimalь   namlik   tuproqning
nam   sig‘imiga   nisbatan   60-80%   dan   past   bo‘lmagan   miqdorda   bo‘ladi.   Tuproq
namligini aniqlash uchun tuproq namunalari g‘o‘za rivojlanishining 1-fazasida 50
sm, 2-fazasida 70-100 sm va 3-fazasida 100 sm dan olinadi va u har xil usullarda
aniqlanadi.
Birinchi   usul   -   tuproq   namunasini   shkafda   quritish   usulidir.   Buning   uchun
tuproq   namunasi   6   soat   davomida   105 0
S   da   quritiladi   va   uning   namligi   quyidagi
formula bilan aniqlanadi:
W = (a - b) x 100 / (a - v) , %.
bu yerda:  a - nam tuproqli stakan og‘irligi, g;
b - quruq tuproqli stakan og‘irligi, g;
v - bo‘sh stakan og‘irligi, g.
Tuproqni   spirtda   kuydirib   namligini   aniqlash   mumkin.   Buning   uchun   10   g
tuproqqa 4 g spirt quyib u yoqiladi. Bu ish 2-3 marta takrorlanib, so‘ngra yuqori -
dagi formula bilan namligi aniqlanadi.
500   vattli   infraqizil   nur   tarqatuvchi   elektr   lampasidan   foydalanib   tuproqni
quritish  mumkin. Bunda  bo‘z  tuproqlar  7  minut, gumus  ko‘p bo‘lgan tuproqlar   3
minut quritiladi.
Tuproq   namligini   aniqlash   uchun   Kabaev   usulida   chinni   idishga   3   ml   suv
solinib, unga tuproq solina boshlanadi va tayoqcha bilan aralashtiriladi. Keyin loy tayyorlanib   sharchalar   yasaladi.   Bunda   parchalar   tashqarisida   darzlar   paydo
bo‘lguncha   tuproq   qo‘shib   boriladi.   So‘ngra   uning   diametri   o‘lchanib,   quyidagi
jadval   ma’lumotlari   yordamida   tuproq   namligi   dala   nam   sig‘imiga   nisbatan
aniqlanadi.                              
  1.67  - jadval.
Kabaev klassifikatsiyasi
SHarcha
diametri, mm Namlik, % SHarcha
diametri, mm Namlik, %
30 48,80 37 72.71
31 53,39 38 74,80
32 57,81 39 76,69
33 61,,53 40 78,40
34 64,83 41 79,94
35 67,75 42 81,31
36 70,37 Foydalanilgan adabiyotlar:
1.   Chandrasekaran   B.,   Annadurai   K.,   Somasundaram   E.   A   textbook   of
Agronomy. New Delhi. 2010. New a ge Intyernational (p) Limited, Publi-shyers.
                        2 .   Crop   Rotation   on   Organic   Farms:   A   Planning   Manual,   NRAES   177
Charles L. Mohlyer and Sue Ellen Johnson, editors Published by NRAES, July 2009.
3.   Azimboev   S.A.   Dehqonchilik,   tuproqshunoslik   va   agrokimyo   asoslari.
(Darslik). T. Iqtisodiyot-moliya 2006. – 180 b.
4. Mo‘minov K., Azimboev A., Sanaqulov A., Byerdiboev E., Kenjaev YU
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan. (O‘quv qo‘llanma) – T.: “Turon-iqbol”,
2014. – 240 b.
5.   Artukmetov   Z.A.,   SHyeraliev   X.SH.   Ekinlarni   sug‘orish   asoslari.
(Darslik). T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 2007.-312 b. 
6. Norkulov U., SHyeraliev X. Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi. (Darslik). T.:
ToshDAU tahr.-nashr. bo‘limi, 2003. – 214 b.
7. To‘xtashev B., Azimboev S., Qarabaeva T., Byerdiboev E., Nurmatov B.
Qishloq   xo‘jalik   melioratsiyasi   va   yer   tuzish   fanidan   amaliy   va   tajribaviy
mashg‘ulotlar.   (O‘quv   qo‘llanma).   -   T.:   “ToshDAU   nashr-tahririyat   bo‘limi”,
2012. – 187 bet.

MAVZU: QISHLOQ XO‘JALIK EKINLARINI SUG‘ORISH REJIMI Reja: 1. Sug‘orish rejimini belgilovchi omillar. 2. Mavsumiy sug‘orish me’yori va umumiy suvga bo‘lgan ehtiyoj. 3. Sug‘orish me’yori va uni hisoblash.

1. Sug‘orish rejimini belgilovchi omillar . 1 . Qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish rejimi deb ekinlarning rivojlanish fazalariga ko‘ra sug‘orish sonini, sug‘orish va mavsumiy sug‘orish me’yorlari va sug‘orish muddatlariniga aytiladi Qishloq xo‘jalik ekinlarining sug‘orish tartiblari iqlim zonalari, tuproq sharoitlari, sizot suvlar chuqurligi va ularning minyerallashganlik darajasi, parvarish qilinayotgan ekin turi yoki navining biologik xususiyatlari bilan aniqlanadi. Ekinlarni sug‘orish tartibini to‘g‘ri belgilash uchun O‘zbekiston hududi quyidagi iqlim va gidrogeologik zonalarga bo‘lingan: SHimoliy iqlim zonasi o‘z ichiga Qoraqalpoqiston, Xorazm viloyati, Toshkent va Samarqand viloyatlarining shimoliy tog‘ oldi rayonlarini oladi. Bu yerda vegetatsiya davri 200 kundan oshmaydi, yillik o‘rtacha harorat 12,5 0 C, iyulda 25-26 0 S, aprelь-oktyabrda haroratlar yig‘indisi 3800-3900 0 S, bug‘lanish esa 1500 mm. Markaziy iqlim zonasi esa o‘z ichiga Farg‘ona vodiysi, Toshkent viloyati, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarini, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining shimoliy tumanlarini o‘z ichiga oladi. Bu yerda vegetatsiya davri 200-220 kun, haroratlar yig‘indisi 4000-4200 0 S, yillik o‘rtacha harorat 12,5-13,5 0 S, iyulda -26-30 0 S, bug‘lanish 1500-1700 mm. Janubiy iqlim zonasida Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari, Turkmaniston va Tojikiston R espublikalari joylashgan. Bu yerda vegetatsiya davri 240-260 kun, haroratlar yi g‘ indisi 4600-5000 0 S, yillik o‘rtacha harorat -14,5-15 0 S, iyulda 32-33 0 S, bug‘lanish esa 1800-2000 mm. Xar bir iqlim zonasi o‘z navbatida gidrogeologik rayonlarga bo‘lingandir. Birinchi gidrogeologik rayon o‘z ichiga sizot suvlari 3-4 m chuqurlikda joylashgan buz tuproqlarni oladi. Gidrogeologik koeffitsent (K) 1 ga teng. Ikkinchi gidrogeologik rayon sizot suvlari 2-3 m chuqurlikda joylashgan och tusli bo‘z va o‘tloqi tuproqlarni o‘z ichiga oladi. K-0,85.

Uchinchi gidrogeologik rayon esa sizot suvlari 1-2 m chukurlikda joylashgan o‘tloqi tuproqlarni o‘z ichiga olib, bu yerda K-0,60. To‘rtinchi gidrogeologik rayonda sizot suvlari 1 m gacha chuqurlikda joylashgan bo‘lib, ularga o‘tloqi botqoq va botqoq tuproqlar misol bo‘ladi. K-0,40. SHimoliy iqlim zonasida g‘o‘zani 1-2-0 yoki 1-3-0 sxemada 3-4 marta sug‘orish kifoya qilsa, markaziy iqlim zonasida 2-3-0 yoki 2-4-1 sxemada 5-7 marta, janubiy iqlim zonasida esa 1-5-1 yoki 2-6-1 sxemada 7-9 marta sug‘orish kifoyadir. G‘o‘zani sug‘orish soni gidrogeologik rayonlarga ham bog‘liq bo‘lib, IV gidrogeologik rayonda 3-4 marta sug‘orilsa, I rayonda sug‘orish soni bir muncha ko‘paytiriladi. Qishloq xo‘jalik ekinlarini suvga bulgan talab qo‘ydagicha aniqlanadi: E = U x Ku x Z x K x i bu yerda: U-rejalashtirilgan hosildorlik,ss/ga; Ku-suvga bo‘lgan talab koeffitsienti, m 3 /ga; K-gidrogeologik koeffitsent (1-0,4); Z-zonallik koeffitsienti (shimoliy-0,85; markaziy 1,0; va janubiy zonada -1,15). i- tuproqning unimdorlik koeffitsienti . Umumiy suvga bo‘lgan talabning 65-70% ini o‘simlik transpiratsiyaga sarflaydi va 30-35 % i bug‘lanishga sarflanadi. G‘o‘za gullashgacha umumiy ehtiyojini 20-25 % ini sarflasa, gullash-meva tuplash fazasida 55-65% va pishish davrida 15-20% ini talab qiladi. Cug‘orishni rejalashtirish. Sug‘orishni rejalashtirish suvning tuproq xususiyatlari va hosil talabi bo‘yicha kyerakli miqdori bilan aniqlanadi. Sug‘orishni rejalashtirish nafaqat sug‘orish soni va muddati, balki o‘simliklar ehtiyojini qondirish uchun zarur bo‘ladigan suv me’yorini bildiradi.

Sug‘orishni rejalashtirish ekinlarning suvga bo‘lgan talablaridan kelib chiqib sug‘orish uchun zarur bo‘lgan suvning ilmiy tadqiqot usullari asosida taqsimlash va nazorat qilish mumkin. Turli xil tuproq iqlim sharoitida ekinlarning suvga bo‘lgan ehtiyoji yuqori hosil olish uchun suv miqdori ma’lum vaqt birligida va ma’lum maydon birligi bilan belgilanadi. Agar sug‘orishning qo‘lay imkoniyatini ta’minsa, qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligi o‘z-o‘zidan oshadi. Sug‘orishni rejalashtirish har yili ko‘p marta takrorlanadigan va necha marta sug‘orish kyerakligi haqida qaror qabul qilinadi. Ikkala mezon ham hosilning miqdori va sifatiga ta’sir qiladi. Bu sug‘orish me’yorining qanday va qancha vaqt davomida byerilishini ko‘rsatadi. Ortiqcha sug‘orish natijasida quyidagi zararli holatlar kuzatilishi mumkin: • ortiqcha suvning ildiz qatlamidan pastga o‘tkazib yuborishi. • bu o‘g‘itlar tarkibidagi oziq moddalarini yuvilishiga olib keladi. • bu sizot suvlarini kutarilish va shurlanishga olib keladi. • buning natijasida tuproq ayeratsiyasi yomonlashadi . • oxir oqibat hosilni yo‘qotilishiga olib keladi. SHuningdek, sug‘orishni rejalashtirish uning ahamiyati va muhimligi bilan tabiiy muhit bilan bog‘liq ravishda qo‘llaniladigan ishlarga bog‘liq. Injenyerlar uchun - sug‘orishni rejalashtirish muhim hisoblanib, katta maydonlarga kyerakli suv miqdori yoki suvni daryo yoki kanalning boshidan to oxirigacha sug‘orishga kyerakli miqdori. Tuproqshunoslar uchun - sug‘orish tuproqning fizik va kimyoviy xossalariga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun dalani ortiqcha sug‘orilmaslik yoki suv bilan bostirib sug‘orilmasligi muhim hisoblanadi. Agronomlar uchun – bu juda muhim, quruq iqlim sharoitida optimal normada suvdan foydalangan holatda, normal sharoitda va hosilni saqlagan holatda suv birligiga nisbatan yuqori hosil olishga yerishish zarur. A. Muhim Hosilni sug‘orish talabiga bog‘liq ravishda qancha miqdorda kyerak bo‘ladigan suv miqdori quyidagicha topiladi.

Sug‘orish me’yori (IR) = ekinning suv talabi (CWR) – foydali yog‘inlar miqdori (YERF). IR=WR – YER mm/kun yoki mm/oy. Agar o‘simlikning suvga talabi aniq hosil uchun 6 mm/ kun bo‘lsa, bu shuni bildiradiki, hosil uchun har kuni 6 mm suv byerishimiz kyerak. Bu juda ko‘p vaqt va mehnat talab qiladi. Buning uchun hosil olishda talab qilinadigan suvni bir qancha oraliqda va ma’lum miqdorda rejalashtirish kyerak. Masalan, 6 mm/kun talab etiladigan suvni, tuproq tipi va iqlim sharoitiga qarab har 6 kunda 24 mmdan yoki har 5 kunda 30 mm dan rejalashtirish mumkin. Bunda biz sug‘orish oraliqlarida suvni etishmay qolmasliklari uchun juda ehtiyot bo‘lishimiz kyerak. 1 B. Amaliy ahamiyati Sug‘orishni rejalashtir-ishda biror bir fyermyer xo‘jaligida yoki biror dalada sug‘orishni samarali rejalash-tirish uchun qo‘yidagi mezon (omillar) larni bilishni taqoza etadi Ekin omillari • Qurg‘oqchilikka chidamliligi • ekinning kritik fazasi • ildizning chuqurligi • hosil (ekin)ning iqtisodiy qiymati Suv etkazib byerish tizimi • sug‘orish kanali yoki sug‘orish rezurvari (umumiy foydalaniladigan sug‘orish resurslari mavjudligi). • YAxshi sug‘orish (fyermyerning qarori yakuniy hisoblanadi) Tuproq tipi qumli – kam miqdorda qisqa sug‘orish oralig‘ida sug‘orish (tez-tez kam me’yorda sug‘orish) • loyli tuproqlar- katta miqdorda, uzoq sug‘orish oralig‘ida sug‘orish (katta me’yorda kam sug‘orish) 1 Chandrasekaran B., Annadurai K., Somasundaram E. A textbook of Agronomy 2010. р. 38 6.