QISHLOQ XO‘JALIK EKINLARINI EKISH USULLARI.
QISHLOQ XO‘JALIK EKINLARINI EKISH USULLARI. Reja: 1. Qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish 2. Qishloq xo‘jalik ekinlarini ekishga qo‘yilgan talablar. 3. Qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish usullari. 4. Qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish me’yori, muddatlari va chuqurligi.
1. Qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish Pushta va egat: Qiyalik bo‘yicha egatlar kengligi 30-45 sm va chuqurligi 15-20 sm qilib olinadi. Yog‘in jadalligi katta bo‘lgan sharoitda suvning ko‘l bo‘lib turib qolmasligi uchun egatlarga suvni yo‘naltirish xavfsiz hisob-lanadi. YOg‘in jadalligi kam bo‘lganda ular suvni yig‘ib olib, o‘zida saqlaydi. Ushbu metoddan o‘rtacha chuqur qatlamli qora tuproqlar va qoramtir-qizil tuproqlar sharoitida foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Undan g‘o‘za, makkajo‘xori, qalampir, pomidor kabi keng qatorlab ekiladigan ekinlarni etishtirishda foydalanish qulay. Lekin, ushbu metod mayda qizil tuproqlar, sayoz qatlamli qora tuproqlar va qumli, shag‘alli tuproqlar sharoitida foydalanish uchun yaroqsiz hisoblanadi. U shuningdek, yoppasiga ekilgan yoki 30 sm kenglikda tor qatorlab ekilgan ekinlar uchun yaroqsiz hisoblanadi. CHunki, egatlarni olish ekishdan oldin yoki ekish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Ushbu holatda egatlar olish egat va pushtalar shakllan-tirishning yuqorida qayd etilgan tizimining takomillashtirilgani hisoblanadi, qayerdaki pushtalar egatlar yo‘nalishi bo‘ylab har 2-3 m. da o‘zaro birlashtirilgan. Pushtalarning yana bir o‘ziga xos modifikatsiyasi – bu pushta olishning tasodifiy turi bo‘lib, uzuq-uzuq egatlar kengligi 20-25 sm, uzunligi 45-60 sm va chuqurligi 15 sm bo‘lib, ular ekin ekilgan do‘ngliklar orasida o‘toq qilish jarayonida shakllantiriladi. Pushta va egatlarning o‘ziga xos yana bir modifikatsiyasi bo‘lib tekis dalaga ekinni liniyalab ekish va qishloq xo‘jalik ekinlari qatorlari oraligida egatlar olish hisoblanadi. Oraligi keng bo‘lgan egatlar (BBF): Bu yerda dala chuqurligi 15 sm, kengligi 1,5 m va uzunligi joyning relьefiga qulay bo‘lgan egatlar bilan bo‘lingan holda shakllantiriladi. Donli ekinlar ma’lum masofalarda olingan qatorlarga ekiladi. Bu usul og‘ir qora tuproqlar va qoramtir-qizil tuproqlar sharoitida qo‘llanishga qulay hisoblanadi. Egatlar gradienti 0,6% ni tashkil etadi. Oralig‘i keng bo‘lgan egatlar boshqa metodlarga qaraganda qator afzalliklarga ega. U o‘ziga keng yoki tor qator oraligida etishtiriladigan ekinlarni parvarishlashda qo‘llanishga qulaydir.
U individualь kadrirov ka qilish va i ntyerkroping tizimi uchun yaroqli hisoblanadi. Egatlar yog‘ingarchilik mav-sumi boshi va yomg‘irli mavsumning ancha kechki bosqichlarida yer usti suv oqimini xavfsiz boshqarishga xizmat qiladi. Ekishni seyalkalar yordamida amalga oshirishga imkon byeradi . U traktorga o‘rnatilgan qurollar yoki ish hayvonlari yordamida shakllantirilishi mumkin . Oraligi keng bo‘lgan egatlar olish ekish bilan bir vaqtda amalga oshirilishi mumkin va bu bilan u yog‘ing suvlar tushishi va ekish muddatlari orasidagi kechi-kishni qisqartirishga olib keladi. Ekin ekilmaydigan egatlar – Ekish bilan bir vaqtda yoki bevosita ekishdan keyin chuqurligi 20 sm bo‘lgan chuqur egatlar har 6-8 ekin qatori oralatib olinadi. Egatda hech qanday hosil etishtirilmaydi. Egat va ekish yo‘nalishi qiyalik bo‘yicha olinadi. Egatlar qora va qizil tuproqlar sharoitlarida yog‘och omochlar yordamida olinishi mumkin. 1 2. Qishloq xo‘jalik ekinlarini ekishga qo‘yilgan talablar. Dehqonchilikda o‘ta muhim agrotexnik tadbir bu qisqa muddatda va sifatli qilib ekin (urug‘lik matyerialini) ekish. YUqori agrotexnik talablar asosida ekin ekish va to‘liq gektarlarga ega bo‘lish ekin ekishga qo‘yilgan vazifalar ichida o‘ta muhimi hisoblanadi. Respublika dehqonchiligiga xorijning yangi texnika va texnologiyalari kirib kelayotgan bir paytda ekin ekishga qo‘yilgan talablar tubdan o‘zgardi, desak yanglishmaymiz. Endilikda qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish aniq tuproq va iqlim sharoitidan kelib chiqib, qisqa muddatlarda yuqori agrotexnik talablar darajasida amalga oshirishdek muhim vazifa turibdi. O‘tgan asrning 70-80 yillaridek ekin ekishni 30-35 kunlab cho‘zmasdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab byerilgan, qisqa muddatlarda (10-15 kun ichida) ekish ishlarini yakuniga etqazish muhim agrotexnik tadbir qilib belgilangan. SHu talabdan kelib chiqib, alohida olingan fyermyer xo‘jaliklari, 1 Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010. 230 - 236 бетлар.
agrofirma-lar, tumanlar, viloyatlar hududlaridagi tuproq iqlim sharoitlaridan va boshqa tashkiliy ishlardan kelib chiqib aniq ekish grafiklari ishlab chiqqanlar va ekin ekishni shu grafik asosida tashkil etishdek muhim vazifalar ular zimmasida turibdi. Ekin ekish usuli qo‘yilayotgan talablar jadallashgan dehqonchilik tizimida ilmiy-texnika rivojlanishi asosida doim o‘zgarib boradi. Ekish usullarinnng o‘zgartirilishi samarali bo‘lishi bilan bir qatorda ekinlarning optimal ko‘chat qalinligini ta’minlashi zarur. G‘o‘za ekish usuliga va boshqa sharoitga ko‘ra gektariga 85-120 ming, boshoq-li don ekinlari- arpa-bug‘doy bir kvadrat metrda 400-500 ta poya, makkajo‘xori don uchun 45-60 ming dona ko‘chat bo‘lsa, yuqori hosil olinadi. Maysalarning to‘liq unib chiqishi va keyinchalik ularning o‘sishi, rivojlanishi hamda yuqori hosil olish ekish usuli, muddati, me’yori urug‘likning yaroqligiga hamda yerni ekishga tayyorlashga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. 3. Qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish usullari. Ekishning optimalь chuqurligi: Agar urug‘ tuproq yuzasi yoki uncha chuqur bo‘lmagan yuza qatlamga tashlansa tuproqqa ozgina yog‘in tushishi bilan una boshlaydi, so‘ngra esa tuproq yuza qatlamining qurishi natijasida qiynalib o‘sadi va qurib qoladi. Tuproq qatlamida etarlicha namlik bo‘lgan chuqurlikka ekish yerta va qiyg‘os ko‘chatlar olishga imkon byeradi. Urug‘ni optimal ekish chuqurligi urug‘ning o‘lchami, olinadigan hosil, ildiz tukchalarning o‘sish darajasiga bog‘liq holda tanlanadi. Tariq va mayda tariq uchun 2-3 sm, sorgo va kungaboqar uchun 3-5 sm, g‘o‘za va makkajo‘hori uchun 5 sm, shuningdek koriandr uchun 7 sm hisoblanadi. Ekish usuli : ko‘chat qalinligini belgilovchi asosiy omillardan biri ekish usulidir . Qurg‘oqchil tumanlarda urug‘ni tuproqning nam etarlicha bo‘lgan qatlamiga ekish uning me’yorda unib chiqishi va etuk nihollar olishda muhim ahamiyatga ega. SHu sabadan quruq tuproqqa ekishdan ko‘ra bevosita yomg‘irdan keyin ekish lozim. Bundan tashqari urug‘ni kyerakli chuqurlikka, yuza ham emas, haddan tashqari chuqur ham emas, ekish kyerak. Kyerakli ko‘chat
qalinligini ta’minlash qatordagi o‘simliklar orasidagi masofani to‘g‘ri tanlashga ham bog‘liq. Qo‘chat qalinligi, o‘simlikni ekish sxemasi va ekish chuqurligi ekish usuliga bevosita bog‘liqdir. Qurg‘oqchil tumanlarda qabul qilingan ekish usuli, odatda, seyalkada ekish usulidir. Ko‘chat usulida ekish ayrim ekinlarni (g‘o‘za, tamaki va b.) etishtirishda qo‘llanilishi mumkin. Har bir ekish usuli o‘ziga xos afzallik va kamchiliklarga ega. Ekish usulini tanlashda urug‘ning o‘lchami, ekish vaqtidagi tuproq holati, ekinlarni etishtirish tizim, hosilning cho‘g‘i, ekish chuqurligi, enyergiya manbai, ekishning narxi va boshqalar hisobga olinadi. 2 Xorijning ilg‘or texnologiyalarini dehqonchilikka kirib kelishi va zamonaviy dehqonchilik tizimini shakllanishi jarayonida har bir tup o‘simlikning me’yorda o‘sish va rivojlanishi uchun muayyan ozuqa maydonining ahamiyati o‘ta muhimdir. O‘simlik o‘ziga xos yashil fabrika hisoblanadi. Ko‘chatning me’yorda o‘sish va rivojlanishi uchun etarlik miqdorda ozuqa muhitini yaratib byerilganda so‘ng undan kutilgan natijaga yerishiladi. Qachonki o‘simlikning ildiz tizimini yaxshi o‘sib rivojlanishi uchun etarlik ozuqa maydon yaratilar ekan o‘nda o‘simlik o‘sadi va rivojlanadi. Har gektar ekinzordan kutulgan hosilni olish eng avvolo mavjud o‘simliklar soni bilan belgilanadi. Bugungi fyermyer xo‘jaliklari oldida turgan o‘ta muhim vazifalardan biri ham to‘liq gektar hosil qilishdir. Qachonki fyermyer to‘liq ko‘chat qalinligiga yerishar ekan, ko‘chatni parvarishlashdagi keyingi agrotexnik jarayonlar o‘z natijasini byerib yuqori hosil olish asosini yaratiladi. Bekorga dehqonlarimiz to‘liq gektar yarim hosil deb aytishmagan. Mavjud o‘simliklar sonini to‘g‘ri ta’minlash eng avvolo ekish usullarini to‘g‘ri tanlanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Dehqonchilikda ekish usullarini to‘g‘ri tanlash hisobiga to‘liq gektar hosil qilish asosi yaratiladi. Urug‘lik va ko‘chatni to‘g‘ri, tekis ekilishida qo‘yilgan agrotexnik talablar o‘ta muhim bo‘lib, ular: -dalaning hamma qismida bir xil tekislikni ta’minlanishi; -diametri 2-3 sm.dan katta bo‘lgan kesakchalarning bo‘lmasligi; 2 Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010. 230 - 236 бетлар.