TUPROQLAR YEROZIYASI, SEL OQIMI, ULARNI OLDINI OLISH VA QARSHI KURASH TADBIRLARI.
MAVZU: TUPROQLAR YEROZIYASI, SEL OQIMI, ULARNI OLDINI OLISH VA QARSHI KURASH TADBIRLARI. Reja: 1. Suv yeroziyasi uni oldini olish va qarshi kurash choralari. 2. SHamol yeroziyasi, uni oldini olish va qarshi kurash choralari. 3. Irrigatsiya yeroziyasi, uni oldini olish va qarshi kurash choralari. 4 . Sel oqimini paydo bo‘lishi va keltiradigan zararlari. 5 . Sel oqimini oldini olish va qarshi kurash choralari. 6 . Sel oqimiga qarshi kurash ishda gidrotexnik tadbir lar.
1. Suv yeroziyasi uni oldini olish va qarshi kurash choralari. Suv yoki shamol xarakati ta’sirida tuproq qatlamining emirilishiga tuproq yeroziyasi deyiladi. Yeroziya 3 ga bo‘linadi, suv, shamol va irrigatsiya yeroziyasi. Suv yeroziyasi asosan tog‘ va tog‘ oldi, hamda adir mintaqalarda tarqalgan bo‘lib, u bahor oylarida bo‘ladigan qattiq jala natijasida vujudga keladi. SHamol yeroziyasi tekislik mintaqasida tarqalgan bo‘lib, kuchli shamol ta’sirida yuz byeradi. Irrigatsiya yeroziyasi esa sug‘oriladigan yerlarda bo‘lib, u qishloq xo‘jalik ekinlarini noto‘g‘ri sug‘orish ya’ni sug‘orish me’yorini oshirish, sug‘orish texnikasi va texnalogiyasiga rioya qilmaslik oqibatida yuz byeradi. Yeroziya joyning nishabligiga, nishablikning uzunligiga, ekspozitsiyasiga tuproqning mexanik tarkibiga, suv-fizik xossalariga, unumdorligiga, o‘simliklar qoplamiga va joyning iqlim sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Tuproq yeroziyasi yerning nishabligi, janubiy, janubiy-g‘arb, janubiy-sharq ekspozitsiyalarda tez vujudga keladi chunki bu yerlar quyosh ta’sirida tez qiziydi, namligi tez bug‘lanadi va shu tufayli o‘simliklar qoplami ham kam bo‘ladi. Tuproq yeroziyasi bahor oylarida bo‘ladigan yomg‘irlarning tezligiga (mm/soat), davomiyligiga va miqdoriga (mm) bog‘liq bo‘ladi. SHuningdek tuproqning mexanik tarkibiga ham bog‘liq bo‘ladi, qum va qumloq engil tarkibli suvni yaxshi o‘tkazadigan tuproqlarda yeroziya sust kechadi, aksincha mexanik tarkibi og‘ir, strukturasiz tuproqlarda yeroziya tezlashadi. O‘simliklar qoplami chimli turli butazorlarda va o‘rmon daraxtlardan tuzilgan yerlarda yeroziya kuzatilmaydi. Jala yoki qor va muzliklarni jadal yerishi natijasida paydo bo‘lgan suv tuproqqa ikki xil ta’sir ko‘rsatadi: 1-yalab ketadi, 2-yuvib ketadi. Yeroziya natijasida tuproqda quyidagi yuvilishlar kuzatiladi: tekis yuvish, ariqchalar hosil qilib yuvish, jarlar hosil qilib yuvish. Tuproqni yalab va oqizib yuvib ketish jarayonida tuproq kuchsiz, o‘rtacha va kuchli yeroziyalanadi. Tuproqni oqizib kelishi bo‘yicha xam 3 xilga: kuchsiz, o‘rtacha va kuchli oqizib kelish guruhlariga bo‘linadi.
Yeroziya natijasida bir yil davomida 3-10 t/ga cha ba’zan bundan ham ko‘p tuproq yuviladi. Tuproqni tarkibida gumus, azot, fosfor, kaliy va boshqa oziqa moddalari yuvilib ular unimsiz holatga tushib qoladi, natijada qishloq xo‘jalik ekinlarini hosildorligi kamayadi. Suv yeroziyasini oldini olish va qarshi kurashda quydagi tadbirlar qo‘llaniladi. 1. Agro-o‘rmon melioratsiyasi (ixota daraxtzorlari barpo qilish). 2. Agromeliorativ tadbirlar (yerga to‘ g‘ ri ishlov byerish, chorv a mollarini tar t ib bilan boqish, ximoya almashlab ekishni joriy qilish). 3. Gidrotexnik tadbirlar (tyerrassalar, loyqa va tosh to‘sar inshoatlar suvni qochirish tarmoqlarini qurish), jarliklar - ni h imoya qilish inshoatlarini barpo qilish. 2. SHamol yeroziyasi, uni oldini olish va qarshi kurash choralari. SHamol yeroziyasi O‘zbekistonning tekislik qismida cho‘l va saxro mintaqalarida tarqalgan. SHamol ta’siri keng front bo‘ylab n o mayon bo‘ladi va tuproqning ustki chirindili va oziqa moddalariga boy unumdor qatlamiga uchirib ketadi. SHu bilan birga shamol ta’sirida ekilgan urug‘lar xam o‘chiriladi yoki usti ochilib unib chiqishga yaroqsiz bo‘lib qoladi, o‘suv davrida esa barg va poyalarini shikastlaydi gullash jarayoniga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. SHamol yeroziyasi ko‘proq engil tarkibli tuproqlarda kuzatil a di. SHamol yeroziyasi shamolning tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Agar shamol tezligi 4-5 m/sek bo‘lganda kuchsiz, 5-15 m/c bo‘lganda o‘rtacha, 15 m/c dan ko‘p bo‘lganda kuchli yeroziya hisoblanadi. SHamol yeroziyasini oldini olish va qarshi kurashish uchun quyidagi tadbirlar majmuasi qo‘llaniladi. 1. Agro-o‘rmon melioratsiya tadbirlari (ixota daraxtlari barpo qilish). 2. Agromeliorativ tadbirlar (tuproqni ximoya kilish almashlab ekish tizimlarini joriy qilish, ximoya ekinlarini tanlash va ularni polosalar bo‘ylab joylash, chirindi qatlami ko‘milib ketgan yerlarda chuqur shudgorlash, yerni a g‘ darib shudgor qili n masdan faqat yumshatish va xokazo).
3. Irrigatsiya yeroziyasi, uni oldini olish va qarshi kurash choralari. Irrigatsiya yeroziyasi O‘zbekistonning su g‘ oriladigan yerlarida keng tarqalgan . Bu yeroziya turida sug‘orish uchun byerilgan suv tuproqni yuvib chirindi, oziqa moddalari miqdorini kamaytiradi, tuproqning suv-fizik xossalarini yomonlashtiradi, mikroorganizmlar faoliyati buziladi. SHu tufayli ekinlar hosili kamayadi ularning sifati buziladi. Irrigatsiya yeroziyasini oldini olish va qarshi kurashda asosan ilmiy asoslangan sug‘orish texnikasi va texnologiyasini qo‘llash zarurdir. Bunda eng muxim tadbir yerning nishabligi bo‘yicha egat uzunligi va egatga byeriladigan suv miqdorini to‘g‘ri tanlashdir. 4 . Sel oqimini paydo bo‘lishi va keltiradigan zararlari. Tog‘, tog‘ oldi va adir mintaqalarida kuchli jala quyish yoki qorlarni jadal yerishi natijasida qisqa muddatda katta tezlik bilan loy, qum, tosh aralash holda vujudga kelgan suv oqimiga sel deyiladi. O‘zbekistonda sel oqimi Farg‘ona vodiysida, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlaridagi tog‘liklarda keng tarqalgan. Buxoro, Xorazm va Qoraqalpog‘iston h ududlarida sel oqimi deyarlik kuzatilmaydi. Bu yerlarda yiliga bahor oylarida 2-5 martagacha sel oqimi vujudga keladi, ularning oqish davomiyli-gi 2-3 soatdan 10-12 soatgacha davom etadi. YUqorida keltirilgan viloyatlar 4 ta seldor h ududga bo‘linadi: 1. Farg‘ona vodiysi; 2. O‘rta Sirdryo havzasi; 3. Zarafshon havzasi; 4. Janubi g‘ arbiy O‘zbekiston. Farg‘ona vodiysiga Oloy, Turkiston, CHotqol va qurama tizmalarida paydo bo‘lgan sellar kiradi. O‘rta Sirdaryo o‘lkasi CHirchiq, Ohangaron havzalarida, Turkiston va Nurota tog‘larining shimoliy yon bag‘rilarida hosil bo‘lgan sellarni o‘z ichiga oladi. Zarafshon havzasi Nurota tog‘larining janubiy, Zarafshon tizmasining
shimoliy yon bag‘rilaridan tashkil topadi. Janubi- g‘ arbiy O‘zbekiston h uddiga Qashqadaryo, SHyerobod va Surxondaryo havzalari kiradi. Sel oqimining hosil bo‘lish omillari Sel asosan tog‘, tog‘ oldi hamda adir mintaqalarida vujudga keladi. O‘zbekiston tog‘lari o‘rta Osiyodagi Tyanьshanь va Oloy tizmalarining davomidir. 1.96-jadval O‘zbekistonning seldor hududlari Seldor hududlar Jilg‘a va soylar soni 1870-1990 yillarda bo‘lgan sellar soni Eng ko‘p seldor soylar Farg‘on vodiysi 270 1491 Poshshoota, G‘ovasoy, SHohimardon, CHortoqsoy O‘rta Sirdaryo - 660 CHirchiq, Ohangaron daryolari, Kattasoy, Suluqotasoy, Tomchisoy, Zominsoy, Sangzor, Forashsoy Zarafshon 4200 966 Urgutsoy, Omonqo‘tonsoy, Oltinsoy, Maydonsoy, Tosmachisoy Janubiy g‘arbiy O‘zbekiston 5300 470 G‘uzordaryo, SHyeroboddaryo, To‘palangdaryo, Langarsoy, Boysunsoy Tyanьshanь tizmasiga: Korgintog‘, Ugam, Pskom, Sandalash. CHotqol Qurama tog‘lari kirib, ularning o‘rtacha dengiz sathidan balandligi 2500-3000 m.