MELIORATSIYA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR KISHLOK CHUJALIK MELIORATSIYASINING HOZIRGI AHVOLI HAMDA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI


MAVZU: MELIORATSIYA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR KISHLOK CHUJALIK MELIORATSIYASINING HOZIRGI AHVOLI HAMDA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI REJA: 1. Qishloq xo‘jalik melioratsiyasining ahamiyati. 2. Fanning qisqacha tarixi. 3 . Melioratsiya fanining maqsadi va vazifasi. 4. Melioratsiyaning turlari.
1. Qishloq xo‘jalik melioratsiyasining ahamiyati. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka yerishgandan keyin yer va suvga bo‘lgan munosabat tubdan isloh qilina boshlandi. Yer va suv manbalaridan oqi- lona, samarali foydalanish uchun mamlakatimizda qator qonunlar va qarorlar qabul qilindi. Vazirlar Maxkamasining “1993-1994 yillarda yangi yerlarni o‘zlashtirish va qadimdan sug‘oriladigan yerlarni ta’mirlashga doir shoshilinch choralar to‘g‘risida” gi qarori. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi “Suvdan foydalanish to‘g‘risi-da” (1993 y), “Yer solig‘i to‘g‘risida” (1993 yil 6 may), “O‘zbekiston Respublika- sining yer kodeksi” (1998 yil 30 aprelь), “Qishloq xo‘jaligi koopyerativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”, (1998 y.) “Fyermyer xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida” (1998 y.) qonunlari shular jumlasidandir. Ushbu qonun va qarorlar asosida qishloq xo‘jaligida tub islohatlar amalga oshirilmoqda. Respublikamizning umumiy yer maydoni 2018 yil 12-apreldagi ma’lumot bo‘yicha 44787,7 ming gektar, shundan sug‘oriladigan maydon 4 mil. 3 ming gektar yoki umumiy maydonning 9,3% ni tashkil qiladi. Sug‘oriladigan yerlardan olinadigan mahsulotlar umumiy qishloq xo‘jali- gidan olinadigan maxsulotlarning 95% ni tashkil etadi. SHuning uchun sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanish ularni unumdorligini oshirib borish, har bir gektar yerdan kafolatlangan yuqori sifatli arzon maxsulot olish muxim muommo bo‘lib qolmoqda. Bu muomalarni hal qilishda melioratsiya fanining ahamiyati juda katta. CHunki sug‘oriladigan yerlarning 55-60% sho‘r-langan va botqoqlangan, 50% yeroziyalangan 10-12% gipeli, korbonatli, tuproqlardan iborat. SHu bilan birga sug‘oriladigan yerlar tarkibida juda unumsiz kum va qumloq, toshloq, shagal tuproqlar xam keng tarqalgan. YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan yerlardan unimli foydalanish uchun melioratsiya tadbirlari zaruriy omillardir. 1.59-jadval
Jahonning taraqqiy etgan mamlakatlarida haydalma yerlarning samaradorligi 1 T/r Davlat nomi Haydalma yerlarning samaradorligi ( USD ) 1 gektar yer samarador-ligi (1 ga maydon qancha aholini boqish mumkinligi haqida) 1. Belьgiya 3750 12,5 2. Buyuk Britaniya 1725 8,0 3. AQSH 580 1,3 4. Nedyerlandiya 8900 16,5 5. Kanada 325 0,6 6. SHvetsiya 1175 3,0 7. Gyermaniya 2650 8,0 8. Fransiya 1450 3,0 9. SHv e sariya 11250 16,5 10. Avstraliya 140 0,4 11. Ispaniya 11250 2,0 12. YAponiya 11250 26,5 13. Portugaliya 1600 3,5 14. Isroil 2360 110,0 1.60-jadval Jahonda barcha sohalar bo‘yicha (agrar, sanoat va maishiy) bir odam uchun eng kam va eng ko‘p chuchuk suv bilan ta’minlangan mamlakatlar (qabul qilingan me’yor 1700 m 3 /yil) 2 t/r mamlakatlar Ta’minlangan suv hajmi m 3 /yil Eng kam ta’minlangan mamlakatlar 1 Geographyofrussia.com / ro-stran-mira-s . Исроил бўйича: www . israils . agroculture , www . export . govii . 2 www.cawataer.info.net/bk/water/lav/global.htm
1. Quvayt 11 2. Misr 43 3. Birlashgan arab amirliklari 58 4. Liviya 100 5. Saudiya Arabistoni 120 6. Iordaniya 20 7. YAman 205 8. Isroil 380 9. Tunis 450 10. Jazoir 480 Eng ko‘p ta’minlangan mamlakatlar 1. Islandiya 609000 2. Gveana 317000 3. Kongo 276000 4. Gabon 133000 5. Kanada 98000 6. Norvegiya 90000 2. Fanning qisqacha tarixi. Arxeologiya, paleoklimatilogiya va paleogeografiya tadqiqotlarining ma’lumotlariga qaraganda Markaziy Osiyo mintaqasida yeramizdan oldingi X-VIII ming yilliklarda qadimgi odamlar lalmikor dehqonchilikdan sug‘oriladigan dehqonchilikka o‘ta boshlagan. Dastlabki sug‘orish insho o tlari va sug‘oriladigan yerlar asosan tog‘ yon bag‘irlarida, kichik daryo qirg‘oqlarida va buloqlar atrofida tarqalgan. Yeramizdan oldingi V-IV ming yilliklarda nam iqlimning chekinishi va quruq iqlimning boshlanishi munosabati bilan qadimgi odamlarning bir qismi tog‘lardan vodiylarga va katta-katta (Zarafshon, Norin, Amudaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo va boshqalar) daryo sohillariga o‘rnashib kanallar, dambalar va suv omborlari bunyod etganlar va sug‘oriladigan maydonlarni kengaytirganlar.