OLAM VA YER HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR


OLAM VA YE R HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR Reja: 1. Olamning tuzilishi. 2. Quyosh sistemasining paydo bo‘lishi. 3. Olamning kelajak taqdiri. 4. Yerning paydo bo‘lishi . 5. Yer taraqqiyotini bosqichlari
Olamning tuzilishi. Eramizdan avvalgi uzoq o‘tmishda odamlar Olam deganda o‘zlarini o‘rab turgan muhitni tushunishgan va o‘zlari yashagan joyni esa Olamning markazi deb tasavvur etganlar. Qadimgi Xitoy, Xindiston, Vavilon va Misr olimlari dunyoning (olamning) markazi Yer deb faraz qilishgan. Olam tuzilishining «geotsentrik sistema» sini (yunoncha ge-yer) qadimgi yunon mutafakkiri Ptolemey (eramizning avval 1 asri) asoslab berdi. Bu g‘oyaga ko‘ra Quyosh, sayyoralar va boshqa barcha osmon jismlari murakkab orbita bo‘ylab Yer atrofida aylanadi. Bu g‘oya XVI asrga qadar hukmron bo‘lib keldi. Buyuk polyak astronomi N.Kopernik 1543 yilda Olam tuzilishining «geliotsentrik sistema» sini (yunoncha helix-Quyosh) asoslab berdi. Shubhasiz, bu olamni bilish borasidagi eng katta yutuqlardan biri edi. Mohiyati: Yer va boshqa sayyoralar Quyosh atrofida o‘zlarining orbitalari bo‘ylab aylanadi. Fan-texnika taraqqiyoti Kopernik g‘oyasini isbotlash bilan birga, Quyosh sistemasi Samon yo‘li galaktikasining chekkaroq qismida aylanishini, Samon yo‘li esa taxminan 150 mlrd Quyosh singari yulduzlardan tashkil topganligini, Olamda galaktikalarning juda ko‘pligi isbotlandi. Demak, Olamning Markazi yashash joydan Yerga, Yerdan Quyoshga, Quyoshdan galaktikamiz Samon yo‘liga ko‘chdi. Olimlarning fikricha Olamning haqiqiy markazi «Katta portlash» sodir bo‘lgan faraziy nuqtadir. Olam - bizni o‘rab turgan borliq. Olam - sanog‘i yo‘q yulduzlar dunyosidan iborat bo‘lgan cheksiz makondir. Olamdagi barcha koinot jismlari turlicha sistemalarga guruhlashgan. Olam metagalaktikalar guruhidan, metagalaktikalar galaktikalar guruhidan, galaktikalar guruhi esa yulduzlar guruhidan, yulduzlar esa sayyoralar guruhidan, o‘z navbatida sayyoralar yo‘ldoshlardan tashkil topadi. Masalan, Bizning Samon yo‘li galaktikamiz 150 mlrd Quyosh singari yulduzlardan, Quyosh 9 ta sayyoradan, Yer bitta Oy, Yupiter 16-ta yo‘ldoshdashdan tashkil topgan. Shuningdek, Olam asteroidlar, kometalar, meteorit, kosmik chang, gaz, muz zarrachalaridan iborat. Olam qanday paydo bo‘lgan.
Bu savolga qadimdan qiziqib kelganlar va to‘g‘ri javob topishga uringanlar. Olamning paydo bo‘lishi haqidagi ilmiy g‘oyaga 1929 yilda amerikalik astronom E.Xabbl zamin yaratdi. U kuzatilayotgan barcha galaktikalarning umumiy yorug‘lik spektr chizig‘i qizil (ya’ni uzun to‘lqinli ) nur tomon siljishini kashf etdi. Xabbl bu hodisani Dopler effekti deb atadi. Mohiyati: galaktikalar bizdan qanchalar uzoqda joylashgan bo‘lsa, ular shunchalar katta tezlikda bizdan yiroqlashadi. Buni shishirilayotgan sharchadagi nuqtalarning bir-biridan uzoqlashish tezligiga qiyoslash mumkin. Ushbu kashfiyoti uchun Xabbl Nobel mukofatiga sazovor bo‘ldi. Xabbl qonuni V=Hr formula bilan ifodalanadi. Bu yerda V-galaktikalarning uzoqlashishi tezligi, N-Xabbl doimiyligi, r-galaktikalar orolig‘idagi masofa. Xabbl doimiysiga ko‘ra har bir megaparsek (1megapar sek=3260000 yorug‘lik yil uzoqlik) da galak-tikalarning uzoqlashuvi 55 yoki 75 km/s ga ortib borar ekan. Xabbl qonuni Olamning kengayib boryotganidan dalolat beradi. Gallaktikalarning bir-biridan (deyarli yorug‘lik tezligida) «qochishi» Olamning «Katta portlash» oqibatida paydo bo‘lgan degan g‘oyaga asos bo‘ldi. Hisob kitoblar Olamning yoshi taxminan 18 mlrd yil ekanligini ko‘rsatdi. Yadro fizikasi juda kichik nuqtada had-hudsiz energiya to‘planishi va portlab ketishi mumkinligini isbotlay oladi. Demak, Olam «Katta portlash» mahsulidir. Olamning kelajak taqdiri. Bu masala to‘g‘risida juda ko‘plab fikr-mulohazalar aytilgan. Katta portlash ta’sirida Olam kengayib borar ekan Butun Olam tortilish qonuniga ko‘ra jismlar tezligi sekinlashishi, so‘ngra to‘xtashi va kengayshi siqilish bilan almashinishi kerak. Olamning taqdiri neytrino (ya’ni vodorod atomlari-barion-proton va neytron)lar zichligi bilan Olamning kritik zichligi nisbatlariga bog‘liq ekan. Neytrinoning zichligi 1 m 3 da 5-10 ta vodorod atomi uchraydi demakdir. Bu galaktikalar makonidagi o‘rtacha zichlik (10 -30 -10 -31 g/sm 3 ) bilan teng ekanligini ko‘rsatadi. Xulosa shuki: birinchidan, agar neytrononing zichligi Olamning kritik
zichligidan kichik bo‘lsa Olamning kengayishi cheklanmagan va zichligi ham cheksiz bo‘ladi; ikkinchidan, agar neytrinoning zichligi kritik zichlikdan katta bo‘lsa, u holda ertami kechmi kengayish siqilish bilan almashinadi. Bu holat Olamning taqdirining ochiq va yopiq modelini asoslab beradi. Bundan tashqari Olamning pulslanuvchi va «muttasil holat» modellari ham mavjud. Xullos «Katta portlash» mahsuli bo‘lmish zarrachalar harakatdagi materiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib, osmon jismlarining tarkib topishiga olib kelgan. Quyosh sistemasining paydo bo‘lishi. Quyosh sistemasining paydo bo‘lishi haqidagi g‘oyalarni ko‘pgina olimlar aytishgan. Ularning ayrimlari hozirgi tadqiqot ishlarining natijasi bilan isbotlangan bo‘lsa, boshqalari asossiz ekanligi ma’lkm bo‘ldi. Ma’ruzamiz davomida shularning ayrimlari haqida ma’lumot beramiz. R.Dekart ta’limoti . Quyosh sistemasining paydo bo‘lishi haqida haqiqatga yaqin ta’limotni birinchilardan bo‘lib 1644 yilda fransuz faylasufi R.Dekart ishlab chiqdi. Uning fikricha gaz va changlardan iborat bo‘lgan bulutlarning quyuqli harakati natijasida uning markazida Quyosh, atroflarida sayyoralar yo‘ldoshlari bilan hosil bo‘lgan. Kant - Laplas ta’limoti . Taxminan yuz yildan so‘ng (1755 yilda) nemis faylasufi I.Kant, keyinchalik (1796 yilda) fransuz astronomi P.S.Laplas aylanayotgan tumanliklarning dinamikasini Nyuton mexanikasiga tadbiq etdilar. Ular yaratgan g‘oya bir-biriga juda yaqin bo‘lganligi uchun Kant-Laplas ta’limoti deb nom oldi. Ularning fikricha Quyosh va uning sayyoralari yagona gazsimon tumanlikdan tarkib topgan. Jumladan, dastlab o‘z tortilish kuchi ta’sirida siqilayotgan bulutlar tezroq aylanib diskni eslatuvchi yasmiq shakliga ega bo‘ladi. Ma’lum bosqichda markazdan qochma kuchning ortishi bilan disk chetidan birin- ketin xalqalar ajralib chiqadi. Keyinchalik har bir xalqaning yig‘indisidan sayyoralar va ularning yo‘ldoshlari, diskning markazida esa Quyosh tarkib topadi. Hozirgi paytda Dekart-Kant-Laplas ta’limoti Quyosh sistemasining paydo bo‘lishini eng to‘g‘ri isbotlovchi ta’limot tariqasida tan olingan.