logo

LATEX DASTURIDA ANIQ TABIIY VA GUMANITAR FANLARGA OID HUJJAT YARATISH

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1249.453125 KB
LATEX DASTURIDA ANIQ TABIIY VA GUMANITAR FANLARGA OID
HUJJAT YARATISH
Reja
1.  LaTeX dasturi haqida umumiy ma’lumot
2.  LaTexning asosiy buyruqlari
3.  LaTex dasturida hujjatni yaratish va formatlash asoslari
4.  LaTex dasturida matematik formulalardan foydalanish
  181   1. LaTeX dasturi haqida umumiy ma’lumot
LaTeX   —   bu   ko‘p   foydalanuvchilar   va   nashriyotlar   tomonidan
foydalaniladigan   eng   ommalashgan   Tex   hujjatlarni   belgilash   tilining
modifikatsiyasidir.   U   yordamida   maqolalarni   yoki   ilmiy   ishlarni   terish   va
tayyorlashning   ko‘p   tomonlarini   avtomatlashtirish   mumkin.   Nafaqat   bo‘lim   va
sahifalarni nomerlash kabi sodda tomonlar, balki formulalarni, jadvallar, tasvirlar,
kesishadigan havolalarni qo‘yish ham qo‘llab-quvvatlanadi.
Ushbu   mustaqil   ishda   LaTex   dasturining   imkoniyatlarini   ko‘rib   chiqiladi,
shuningdek   dasturning   bir   necha   imkoniyatlariga   misol   keltirilgan.   Boshlovchilar
uchun eng sodda deb hisoblanadigan ish LaTeXila muharriri asosida bajariladi.
LaTeX   muharrirlari   odatdagi   muharrirlarga   nisbatan   formatlashning
kuchliroq   vositalarini   taqdim   etadilar.   Shu   bilan   birga   matnni   yozish   jarayoni
soddaligicha qoladi.
LaTeX o‘ziga ko‘p formula, turli tildagi elementlar, kesishishgan havola va
tsitatalar,   indekslar,   bibliografiyalarni   olishi   mumkin   bo‘lgan   kitob,   ilmiy
ma’ruzalar   kabi   eng   tarqalgan   materillarni   formatlash   protsedurasini
soddalashtirish   uchun   mo‘ljallangan.   Albatta,   barcha   bu   narsalarni   LibreOfficeda
qilish   mumkin,   lekin   LaTexilada   ularni   bajarish   oson,   natija   esa   sifatliroq
ko‘rinadi.
Latexila   —   bu   GTKda   yozilgan   Gnome   qobiq   uchun   matnlik   LaTeX
muharriridir, shuning uchun, uni faqat Linuxda foydalanish mumkin. GTK (ilgari
GIMP ToolKit, keyin GTK+) grafik foydalanuvchi interfeyslarini (GUI – Grapgic
User   Interface)   yaratish   uchun   bepul   va   ochiq   manbali   platformalararo   vidjetlar
to plamidir. Windows uchun  ixtiyoriy boshqa muharrirni  olish mumkin, umumanʻ
LaTexning sintaksisi barcha joyda bir xildir. Ubuntuda muharrirni o‘rnatish uchun
birgina sudo apt install latexila latexila-data texlive-lang-cyrillic buyruqni bajarish
yetarli, chunki u rasmiy repozitoriylarda bor.
  182   Texlive-lang-cyrillic   paketi   kirillitsani   me’yorida   qo‘llab-quvvatlash   uchun
zarur. Sistema 400 megabaytga yaqin paketni yuklab oladi va o‘rnatilib bo‘lgandan
so‘ng, dastur asosiy menyuda paydo bo‘ladi:
2. LaTexning asosiy buyruqlari
Dastur   bilan   ishlashga   o‘tishdan   avval,   LaTeXning   sintaksisi   va   asosiy
ko‘rsatmalarini ko‘rib chiqish zarur. Qutida LaTex dasturining ko‘p ishlatiladigan
buyruqlari keltirilgan. Buyruqlarning umumiy sintaksisi quyidagicha:
\buyruq nomi[1-parametr, 2-parametr]{1-argument}{2-argument}
  183   Ko‘rsatmaning   nomi   registrga   sezgir   va   u   albatta   og‘ma   chiziq   bilan
boshlanishi lozim. Ba’zi buyruqlarga parametrlar uzatiladi, ular ish xususiyatlarini
sozlaydilar, figurali qavslarda esa argumentlar uzatiladi, bular buyruq ishlaydigan
ma’lumotlardir. Endi buyruqlarni ko‘rib chiqamiz:
\documentclass   —   hujjat   sinfini   (maqola,   kitob,   hisobot   va   hokazo);
tavsiflaydi;
\begin —hujjat yoki blok boshini ko‘rsatadi
\end — hujjat yoki blok oxiri
\usepackage — joriy hujjatga LaTeX buyruqlar paketini yuklaydi
(kodlash, shrift va boshqalarni sozlashga zarur)
\maketitle — nomli va boshqalar bilan titul varaqni yaratadi
\tableofcontents — maqola yoki kitobning mazmuni
\chapter — bobni yaratadi
\section — bo‘limni yaratadi
\subsection — bo‘limostini yaratadi
\bfseries — quyuq matn
\textit — kursiv
\title — hujjat sarlavhasi
\author — hujjat mualifi? 
\date — hujjatni yaratish sanasi.
LaTexning boshqa buyruqlarini internetdan olish mumkin.
3. LaTex dasturida hujjatni yaratish va formatlash asoslari
Dastlab   LaTeX   ning   yangi   faylini   yaratish   lozim.   Buning   uchun   “Fayl”
menyusini   ochib,   “New”   tanlanadi.   Ochilgan   muloqat   oynasida   hujjat   qolipini
tanlash kerak bo‘ladi.
  184   So‘ngra   title   va   author   maydoniga   kitob   nomi   va   muallif   ismini   kiritiladi,
shuningdek shu erda titul varoqda aks etib turadigan sanani kiritish mumkin:
Bularning hammasi  juda g‘alati  tuyulishi  mumkin, chunki  LaTexda  ishlash
jarayoni ilmiy maqola yozishga emas, balki ko‘proq dasturlashga o‘xshab ketadi.
LaTeXning   har   bir   hujjati   aniq   tuzulishga   ega,   boshida   akslantirishlarni
sozlashlar, zarur paketlarni importlash, so‘ngra esa, hujjat tanasidagi matnning o‘zi
keladi. Quyidagi satrlar asosiy parametrlarni initsializatsiyalaydilar:
  185   \documentclass[a4paper,11pt]{book} 
\usepackage{amsmath,amsthm,amssymb} 
\usepackage[T1,T2A]{fontenc} 
\usepackage[utf8]{inputenc} 
\usepackage[english,russian]{babel}
\title{Mening yangi kitobim} 
\author{Noma’lum muallif}
Birinchi   satrda   documentclass   ko‘rsatma   yordamida   qog‘oz   o‘lchami   -
a4paper va LaTeX shriftining o‘lchami – 11 band beriladi. 
\userpackage   ko‘rsatmalar,   shriflarni   yuklash,   kodlashni   qo‘llab-quvvatlash
va shriftning sifati uchun foydalaniladigan LaTexning avval o‘rnatilgan paketlarini
yuklaydi. Amsmath, amsthm, amssymb paketlar kirillitsani ishlashi uchun, fontenc
paketi   shriftlarni   kodlashni   yuklaydi,   T1   lotin   alifbosi   va   T2A   kirillitsa   uchun.
Inputenc   paketi   UTF-8   kodlashni   yuklaydi,   babel   paketi   esa,   tillarni   qo‘llab-
quvvatlashni yuklaydi.
\maketitle satri LaTeXning titul sahifasini yaratadi, keyingi \tableofcontents
satr   esa,   LaTeX   mazmunini   yaratadi.   Keyingi   \chapter   direktiva,   o‘zingizga
yoqqan   nom   bilan   yangi   bobni   yaratish   imkoniyatini   beradi.   Bu   ko‘rsatmadan
  186   so‘ng, bob matni yoziladi va yangi \chapter ko‘rsatma uchraganda bob tugaydi. Bu
yangi bob mazmunga ikkinchi bob sifatida avtomatik qo‘shiladi. 
Boblarni   \section   va   \subsection   ko‘rsatmalar   orqali   yanada   kichikroq
qismlarga ajratish mumkin. Barcha bo‘limlar avtomatik holda mazmunga kiritiladi.
Qanday tuzulish hosil bo‘lganligini ko‘rish uchun, chap ustunda  “ Символ ы ”
o‘rnida   “Структура”   tanlanadi,   o‘sha   uskuna   orqali   hujjatga   joylashtiriladigan
ixtiyoriy jadval va tasvirlarni nazorat qilish mumkin: 
Ko‘p   kishilar   kitob   boshiga   jadval   va   tasvirlarning   ro‘yxatini   qo‘yishni
istaydilar.   Buni   amalga   oshirish   uchun   oddiygina   quyidagi   buyruqlarni   qo‘shish
lozim:
\listoffigures   va   \listoftables   -   Hujjatdagi   oxirgi   buyruq   kitobni   tugashini
ko‘rsatadi. Har bir ochilgan begin har doim end buyruq bilan tugashi kerak.
  187   LaTex   —   bu   muharrirga   bog‘liq   bo‘lmagan   buyruqlar   yordamida   hujjatlar
yaratish uchun sistema, xolos. Lekin, Latexila ba’zi narsalarni sodda va tez amalga
oshirish va LaTeX ni foydalanishni soddalashtirishga yordam beradigan bir necha
qo‘shimcha   uskunalarni   taqdim   etadi.   Masalan,   muharrir   terish   mobaynida
avtomatik tugatish funktsiyasini qullabkuvvatlaydi.
Dasturga   “Tools”   menyu   orqali   sozlash   mumkin   bo‘lgan   gspell   asosida
orfografiyani tekshirish uchun integrallashgan sistema o‘rnatilgan. 
  188   Bundan   tashqari,   uskunalar   paneliga   ko‘pgina   zarur   amallarni   bajarish
tugmalari   chiqarilgan.   Bu   erda   boblar,bo‘limlar,   kesishadigan   havolalar   qo‘shish,
stillarni   sozlash,   markirlangan   ro‘yxat   va   matematik   funktsiyalarni   yaratish
mumkin.   Ba’zan   qo‘lda   buyruqni   yozishga   qaraganda   bitta   tugmani   bosish
afzalroqdir.   Shuningdek,   ko‘pgina   buyruqlarni   “LaTeX”   menyusida   topish
mumkin. 
4. LaTex dasturida matematik formulalardan foydalanish
Matematik   formulalarni   yaratish   uchun   simvolarning   yon   paneli   bilan
birgalikda   uskunalar   panelini   foydalanish   mumkin.Buning   uchun,   yon   paneldan
«Simvolы»   bandi,   so‘ngra   zarur   simvollarning,  masalan   grekcha   yoki   operatorlar
kategoriya(toifa)si tanlanadi.
Haqiqatan   ham,   simvollarning   ushbu   paneli   yordamida   osongina   turli
formulalar   yaratish   mumkin.   Formulani   yaratish   uchun   matnli   ifodalarni
foydalanish yoki uskunalar panelida summa tugmasini bosish mumkin.
Tugmani   bosish   kursor   holatiga   zarur   ko‘rsatma   qo‘yadi.   Bundan   keyin
klaviaturadan yoki yon paneldan zarur simvollarni kiritish qoladi. Masalan, kasrlar,
bo‘luvchi   va   maxrajning   qiymatini   uzatish   zarur   bo‘lgan   frac{}{}   ko‘rsatma
yordamida bajariladi:
E=\frac{m_1v^2}{2}$
  189   Oddiy matematik ifodalarni $$ ga olish kerak.
Faylni   saqlash   uchun,   utilitlar   so‘zsiz   *.tex   formatni   foydalanadi.
Keyinchalik   uni   LaTeXning   ixtiyoriy   muharririda   ochishingiz   va   ishni   davom
etirishingiz   mumkin.   Faylni   saqlash   uchun   “File”   menyu   tanlanadi   va   “ Save ”
tanlanadi:
  190   Lekin,   agar   nima   hosil   bo‘lganligini   ko‘rmoqchi   bo‘lsangiz   va   hujjatni
boshqa   muharrirda   ochish   imkoniyatiga   ega   bo‘lmoqchi   bo‘lsangiz,   u   holda
LaTeXni   qandaydir   o‘qiladigan   formatga   masalan,   PDFga   to‘plash   zarur   bo‘ladi.
Buni LaTeXila amalga oshirishi mumkin. Buning uchun, “ Собрать ”ni ochish va u
yerda   “LaTex   ->   PDF”   ni   yoki   boshqa   formatni   tanlash   yetarli.   To‘plash
tugagandan keyin tayyor hujjat ochiladi:
Shunday   qilib,   ushbu   darsda   LaTex   va   LaTeXila   muharriridan   qanday
foydalanishni   ko‘rib  chiqdik.  Bular  hujjatni   qanday  tayyorlash   asoslaridan  iborat.
  191   Lekin zarurat bo‘lganda unda hujjat yaratishning yanada mukammalroq jihatlarini
ko‘rib chiqish mumkin.
Adabiyotlar
1.   М.   Гуссенс,   Ф.Миттельбах,   А.Самарин.   “Путеводитель   по   пакету
LaTex  и его расширению  LaTex 2 e ”
2. И. Котельников, П. Чеботаев. “ЛАТЕХ 2е по-русски”
3. С.М.Львовский. “Набор и верстка в системе  LaTex ”
  192

LATEX DASTURIDA ANIQ TABIIY VA GUMANITAR FANLARGA OID HUJJAT YARATISH Reja 1. LaTeX dasturi haqida umumiy ma’lumot 2. LaTexning asosiy buyruqlari 3. LaTex dasturida hujjatni yaratish va formatlash asoslari 4. LaTex dasturida matematik formulalardan foydalanish 181

1. LaTeX dasturi haqida umumiy ma’lumot LaTeX — bu ko‘p foydalanuvchilar va nashriyotlar tomonidan foydalaniladigan eng ommalashgan Tex hujjatlarni belgilash tilining modifikatsiyasidir. U yordamida maqolalarni yoki ilmiy ishlarni terish va tayyorlashning ko‘p tomonlarini avtomatlashtirish mumkin. Nafaqat bo‘lim va sahifalarni nomerlash kabi sodda tomonlar, balki formulalarni, jadvallar, tasvirlar, kesishadigan havolalarni qo‘yish ham qo‘llab-quvvatlanadi. Ushbu mustaqil ishda LaTex dasturining imkoniyatlarini ko‘rib chiqiladi, shuningdek dasturning bir necha imkoniyatlariga misol keltirilgan. Boshlovchilar uchun eng sodda deb hisoblanadigan ish LaTeXila muharriri asosida bajariladi. LaTeX muharrirlari odatdagi muharrirlarga nisbatan formatlashning kuchliroq vositalarini taqdim etadilar. Shu bilan birga matnni yozish jarayoni soddaligicha qoladi. LaTeX o‘ziga ko‘p formula, turli tildagi elementlar, kesishishgan havola va tsitatalar, indekslar, bibliografiyalarni olishi mumkin bo‘lgan kitob, ilmiy ma’ruzalar kabi eng tarqalgan materillarni formatlash protsedurasini soddalashtirish uchun mo‘ljallangan. Albatta, barcha bu narsalarni LibreOfficeda qilish mumkin, lekin LaTexilada ularni bajarish oson, natija esa sifatliroq ko‘rinadi. Latexila — bu GTKda yozilgan Gnome qobiq uchun matnlik LaTeX muharriridir, shuning uchun, uni faqat Linuxda foydalanish mumkin. GTK (ilgari GIMP ToolKit, keyin GTK+) grafik foydalanuvchi interfeyslarini (GUI – Grapgic User Interface) yaratish uchun bepul va ochiq manbali platformalararo vidjetlar to plamidir. Windows uchun ixtiyoriy boshqa muharrirni olish mumkin, umumanʻ LaTexning sintaksisi barcha joyda bir xildir. Ubuntuda muharrirni o‘rnatish uchun birgina sudo apt install latexila latexila-data texlive-lang-cyrillic buyruqni bajarish yetarli, chunki u rasmiy repozitoriylarda bor. 182

Texlive-lang-cyrillic paketi kirillitsani me’yorida qo‘llab-quvvatlash uchun zarur. Sistema 400 megabaytga yaqin paketni yuklab oladi va o‘rnatilib bo‘lgandan so‘ng, dastur asosiy menyuda paydo bo‘ladi: 2. LaTexning asosiy buyruqlari Dastur bilan ishlashga o‘tishdan avval, LaTeXning sintaksisi va asosiy ko‘rsatmalarini ko‘rib chiqish zarur. Qutida LaTex dasturining ko‘p ishlatiladigan buyruqlari keltirilgan. Buyruqlarning umumiy sintaksisi quyidagicha: \buyruq nomi[1-parametr, 2-parametr]{1-argument}{2-argument} 183

Ko‘rsatmaning nomi registrga sezgir va u albatta og‘ma chiziq bilan boshlanishi lozim. Ba’zi buyruqlarga parametrlar uzatiladi, ular ish xususiyatlarini sozlaydilar, figurali qavslarda esa argumentlar uzatiladi, bular buyruq ishlaydigan ma’lumotlardir. Endi buyruqlarni ko‘rib chiqamiz: \documentclass — hujjat sinfini (maqola, kitob, hisobot va hokazo); tavsiflaydi; \begin —hujjat yoki blok boshini ko‘rsatadi \end — hujjat yoki blok oxiri \usepackage — joriy hujjatga LaTeX buyruqlar paketini yuklaydi (kodlash, shrift va boshqalarni sozlashga zarur) \maketitle — nomli va boshqalar bilan titul varaqni yaratadi \tableofcontents — maqola yoki kitobning mazmuni \chapter — bobni yaratadi \section — bo‘limni yaratadi \subsection — bo‘limostini yaratadi \bfseries — quyuq matn \textit — kursiv \title — hujjat sarlavhasi \author — hujjat mualifi? \date — hujjatni yaratish sanasi. LaTexning boshqa buyruqlarini internetdan olish mumkin. 3. LaTex dasturida hujjatni yaratish va formatlash asoslari Dastlab LaTeX ning yangi faylini yaratish lozim. Buning uchun “Fayl” menyusini ochib, “New” tanlanadi. Ochilgan muloqat oynasida hujjat qolipini tanlash kerak bo‘ladi. 184

So‘ngra title va author maydoniga kitob nomi va muallif ismini kiritiladi, shuningdek shu erda titul varoqda aks etib turadigan sanani kiritish mumkin: Bularning hammasi juda g‘alati tuyulishi mumkin, chunki LaTexda ishlash jarayoni ilmiy maqola yozishga emas, balki ko‘proq dasturlashga o‘xshab ketadi. LaTeXning har bir hujjati aniq tuzulishga ega, boshida akslantirishlarni sozlashlar, zarur paketlarni importlash, so‘ngra esa, hujjat tanasidagi matnning o‘zi keladi. Quyidagi satrlar asosiy parametrlarni initsializatsiyalaydilar: 185