Mafkuraviy tajovuz va axborot xavfsizligi.


Mafkuraviy tajovuz va axborot xavfsizligi. REJA : 1.Mafkuraviy tajovuz va unga qarshi milliy xavfsizlikni ta’minlash zarurati. 2.Mafkuraviy tadqiqning oshkora va yopiq harakteri. 3.Axborot xavfsizligining lokal va global ahamiyati.
1. Mafkuraviy tajovuz va unga qarshi milliy xavfsizlikni ta’minlash zarurati Mafkuraviy kurash – bu turli g‘oyaviy qarashlar, yondoshuvlar, xilma-xil maslak va maqsadlarga ega ijtimoiy sub’ektlar o‘rtasida yuzaga keladigan, qarama- qarshilikka asoslangan munosabatlar demakdir. U yangi, shakllanayotgan g‘oyalar bilan o‘z “vazifasini” bajarib bo‘lgan mafkura yoki uning qoldiqlari o‘rtasidagi munosabat shaklida ham sodir bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga,mafkuraviy kurash muayyan g‘oyalarni singdirish yoki himoya qilish jarayonini ham anglatadi. Mafkuraviy kurashni muxolif mafkuraviy qarashlarning har qanday ko‘rinishini yo‘q qilishga, g‘oyaviy plyuralizmni bartaraf qilishga qaratilgan harakatlar- mafkuraviy konfrontatsiyadan (fran.-qarama-qarshi qo‘yish) farqlash kerak. Mafkuraviy konfrontatsiya mafkuraviy befarqlik vaziyatining hosilasi hisoblanadi. Mafkuraviy befarqlik jamiyatidagi mavjud mafkuraviy buzilgan, ammo yangisi qaror topmagan vaziyatdagi g‘oyaviy o‘zgaruvchan holat hisoblanadi. Mafkuraviy konfronatsiya vayronkor harakterga ega bo‘ladi, unda dushman deb hisoblangan mafkurani yo‘qotishga alohtda e’tibor beriladi. Mafkuraviy kurash manbaini o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, bir-biridan farq qilkvchi turli g‘oyaviy qarashlar sohiblari, ularning manfaatlari o‘rtasidagi ziddiyatlar tashkil etadi. Mafkuraviy tajovuz – muayyan millat, jamiyat, davlatning tinchligi va barqarorligiga qarshi qaratilgan, siyosat va konstitutsion tuzumni zaiflashtirish va buzishga yo‘naltirilgan, fuqaro va jamiyat xavfsizligiga tahdid soluvchi g‘oyaviy- nazariy qarashlar va unga asoslangan amaliyot majmui, hisoblanadi. Mafkuraviy tajovuz yovuz kuchlar va har xil markazlar tomonidan biron bir mamlakatga nisbatan ichkaridan yoki tashqaridan turib bevosita amalga oshiriladigan g‘oyaviy buzg‘unchilikning bir shaklidir. Ular, o‘z jirkanch maqsadiga erishish uchun har qanday usullardan, odamlarning diniy, milliy hissiyotlari, hayotda mavjud bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklardan, shuningdek, zamonaviy texnika, telekommunikatsiya vositalaridan ustalik bilan foydalanishga harakat qiladi
Bugungi kunda mafkuraviy tajovuz, aholining ma’lum bir qatlamlari, ayniqsa, yoshlarning qarashlarini o‘zlariga ma’qul bo‘lgan yo‘nalishda o‘zgartirish, buzg‘unchi g‘oyalar, diniy ekstremizm, ahloqsizlik g‘oyalarini singdirish kabi g‘arazli maqsadlar tushuniladi. Milliy g‘oya o‘zining mazmun-mohiyati bilan ana shu kabi mafkuraviy tajovuzlarga qarshi tura oladigan kishilarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu borada barcha fuqarolarning ogohligi, faolligi, ezgu g‘oyalarga xizmat qilishga tayyorligi katta ahamiyat kasb etadi. Mafkuraviy tajovuzlikka qarshi milliy xavfsizlikni ta’minlashi zarur. Avvalo xavfsizlikning o‘zi nima? Milliy xavfsizlikchi? “Xavfsizlik” shaxs, jamiyat, davlat manfaatlarini uyg‘unlashtiruvchi, barqarorlik, tinchlik, bunyodkorlik, yaratuvchanlik omillarining majmuini ifoda etuvchi tushunchadir. Xavfsizlik bu-butun insoniyatning normal yashashi uchun xavf soladigan tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-madaniy ahamiyatga molik bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish tufayli ularning barqaror hayot kechirishini ta’minlash uchun yaratilgan xavfsiz shart-sharoitlarning muayyan tizimidir. Xavfsizlik – ustuvor darajada siyosat, geosiyosat makoniga nisbatan qo‘llaniladigan, tom ma’noda ma’naviyat, insonlararo hamjihatlik, o‘zaro muruvvatning ifodasi bo‘lgan tushuncha. Xavfsizlik global ma’naviylashuvning yaqqol ko‘rinishi sifatida ijtimoiy sohalarning barchasidan o‘rin olgan taqdirdagina, haqiqiy xavfsizlik muhiti vujudga kelganiga ishonch hosil qilish mumkin. XXI asrga kelib, xavfsizlikda ma’naviy jihatning o‘rni kuchayishiga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Oliy haqiqat sifatida insonning o‘zi ulug‘ burchini to‘laqonli his etish, millionlab yurtdoshlari, zamondoshlari taqdiri uchun javobgarlikni anglashi xavfsizlikka bo‘lgan talab bilan uyg‘unlashib bormoqda. Prezident Islom Karimovning “Hadsiz - hududsizlik” holatida xavfsizlikni global kontekstda idrok etish shartligi haqidagi fikri ayni haqiqatni anglatadi.
Milliy xavfsizlik – shaxs, jamiyat va davlatlarning hayotiy muhim manfaatlarini tashqi va ichki xavfdan qonun bilan kafolatlangan himoyasi. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 2-bo‘limida shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaatlari belgilangan. Ular milliy xavfsizlik ob’ektlaridir: inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari; jamiyat ma’naviy va moddiy qadriyatlari; konstitutsiyaviy tuzum, suverenitet, davlatning hududiy yaxlitligi. Milliy xavfsizlikka siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ekologik, axborot, ijtimoiy, texnologik va boshqa sohalarda maqsadli kompleks dasturlari asosida yagona davlat siyosatini amalga oshirish orqali erishiladi. Milliy xavfsizlik – bu mamlakat va uning hududida yashaydigan barcha insonlarning millati, irqi, jinsi, diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, turli salbiy ta’sirlardan, yovuz kuchlar va g‘oyalar xavf-xataridan himoyalanganligi darajasidan (Yaxshilikov J.Ya., N.E.Muhammadiyev. Milliy g‘oya va mafkura.T.: “Fan”, 2015.-155-bet). 1997 yil 29 avgustda “O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Unda davlatimizning milliy xavfsizlikni ta’minlash masalasiga doir rasmiy qarashlar o‘z ifodasini topgan. Konsepsiyada “milliy xavfsizlik”, “milliy manfaat”, “tahdid” singari tushunchalar mazmun-mohiyati ochib berilgan. Milliy-ma’naviy xavfsizlik – turli ma’naviy, ruhiy, ahloqiy va estetik tahdidlardan himoyalanganligi va milliy ma’naviyatining umummilliy taraqqiyotning tabiiy ehtiyoti va amaliyotiga aylanganlik salohiyatidir. G‘oyaviy- mafkuraviy xavfsizlik esa shaxs, millat, davlatning xilma-xil shakllarda namoyon bo‘ladigan g‘oyaviy-mafkuraviy tajovuzlar, turli mafkuraviy markazlarning buzg‘unchilik ta’siridan himoyalanganlik darajasini tavsiflovchi tushuncha hisoblanadi Madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat zarbaga uchrab, xalqning, mamlakatning ma’naviyati va ma’rifati barbod bo‘laversa, o‘z-o‘zidan e’tiqodsiz bo‘lib ketadi. Ma’naviyat va ma’rifatdan mahrum xalq milliy jihatdan o‘zini anglab ololmaydi,