logo

MARKAZIY ASAB TIZIMINING UMUMIY FIZIOLOGIYASI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

178.3388671875 KB
MARKAZIY ASAB TIZIMINING UMUMIY FIZIOLOGIYASI
Reja:
1. Asab tizimining funksiyalari;
2. Asab tolasining xossalari;
3. Asablarning reflektor faoliyati;
4. Reflekslarning turlari;
5. Reflektor yoy;
6. Asab markazlari; markaziy tormozlanish;
7. Asab tizimining uyg‘unlantiruvchi faoliyati. 1. Asab tizimining funksiyalari
Asab tizimi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1.   Asab   tizimi   odam   organizmida   barcha   hujayra,   to’qima,   a’zolari   va
funksional tizimlarining ishini boshqaradi, tartibga soladi va ularning bir-biri bilan
o’zaro   bog’lanishini   ta’minlaydi.   I.P.Pavlov   asab   tizimining   bu   funksiyasini   quyi
funksiyasi   deb   atagan.   Bu   vazifani   orqa   miya   va   bosh   miyaning   quyi   qismlarida
(uzunchoq, o’rta, oraliq miya va miyachada) joylashgan asab markazlari bajaradi.
2.   Asab   tizimi   organizmni   tashqi   muhit   bilan   bog’laydi,   muhit   sharoitiga
moslashuvini   ta’minlaydi.   Tashqi   muhit   ta’sirida,   atrofdagi   boshqa   odamlar   bilan
munosabati   natijasida   odamda   paydo   bo’lgan   fikrlash,   fikrni   bayon   etish,   bilim
olish, hunar o’rganish va ularni esda saqlash kabi yuksak insoniy xususiyatlar ham
asab tizimining ana shu ikkinchi funksiyasiga kiradi. I.P.Pavlov asab tizimining bu
funksiyasini oliy asab faoliyati deb atagan. Asab tizimining bu funksiyasini uning
yuqori qismida (bosh miya yarim sharlar po’stlog’ida) joylashgan asab markazlari
bajaradi.
3.   Bosh   miya   yarim   sharlar   po’stlog’i   ruhiy   faoliyatning   asosiy   a’zosi
hisoblanadi.   Asab   impulslarni   bosh   miya   yarim   sharlar   po’stlog’i   neyronlariga
yetib   borishi   natijasida   hissiyot   to’yg’usi   hosil   bo’ladi,   qaysiki   odamda   ong   va
tafakkur jarayonlarning asosi hisoblanadi.
2. Asab tolasining xossalari
Asab   tolasi,   har   bir   tirik   to’qima   singari,   qo’zg’alish   va   ta’sirotni   o’tkazish
xususiyatiga   ega.   Agar   mushak   bilan   birlashgan   asabning   biror   joyi   elektr   toki
bilan   ta’sirlanadigan   bo’lsa,   asab   qo’zg’alib,   qo’zg’alinishni   mushakga   o’tkazadi
va natijada mushak qisqaradi. 
Asab tolasining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat.
1.   Asab tolasi qo’zg’alishni o’tkazish uchun butun bo’lishi kerak.   Asabni
kesish   va   yoki   uni   qattiq   bog’lash   natijasida   asabdan   qo’zg’alish   o’tmay   qoladi.
Asabning butunlili buzilgandagina emas, uning funksiyasi  buzilgan vaqtda ham u qo’zg’alishni   o’tkazmay   qo’yishi   mumkin.   Masalan,   asab   sovutilganda   yoki
istilganda, zahrlanganda  va qon bilan yaxshi ta’min etilmaganda ham qo’zg’alish
o’tmay qoladi. 
Demak,   asabdan   qo’zg’alish   o’tishi   uchun   u   buzilmagan,   shikastlanmagan,
ya’ni butun bo’lishi kerak.  Bu - asabning fiziologik butunligi qonuni deyiladi.
2.   Ikki   tomonlama   o’tkazish   qonuni.   Asab   tolasi   qo’zg’alishni   ikki
tomonlama-markazdan   periferiyaga   (atrofga)   va   periferiyadan   markazga   o’tkaza
oladi.   Asab   tolasi   markazga   intiluvchi   yo   markazdan   qochuvchi   tola   bo’lishidan
qat’i   nazar   unga   ta’sir   etilsa   qo’zg’alish   ikki   tomonga   tarqatib   ketadi.   Asab
tolasining   bu   xossasini   atoqli   rus   olimi   R.I.Babuxin   (1877)   birinchi   bo’lib   kashf
etgan. 
3.   Ajratib   o’tkazish   qonuni.   Periferik   asab   tizimi   ko’pgina   ayrim   asab
tolalaridan   iborat;   bu   tolalar   hammasi   bir   asab   ustunida   boradi.   Asab   ustunidan
xilma-xil   asab   tolalari,   ya’ni   markazga   intiluvchi   va   markazdan   qochuvchi   asab
tolalari   baravar   o’tishi   mumkin.   Ammo   bir   asab   tolasidan   o’tadigan   qo’zg’alish
qushni  asab tolalariga o’tmaydi. Qo’zg’alish asab tolasidan yakka, ajralgan holda
o’tganligi   tufayli   odam   juda   nozik   ayrim   harakatlarni   bajara   oladi.   Masalan,
rassomning   suratlar   chizishiga,   musiqachining   murakkab   musiqa   asarlarini   ijro
etishiga,   jarrohning   eng   nozik   jarohlik   qilishiga   sabab   shuki,   har   bir   tola   asab
impulsni mushakka ajratib o’tkazadi va shunday qilib  markaziy asab tizimi  mushak
harakatlarini   uyg’unlashtira   oladi.   Qo’zg’alish   boshqa   tolalarga   o’ta   olganda   edi,
ayrim   mushak   qisqarishi   mumkin   bo’lmagan   edi,   har   bir   qo’zg’alishda   xilma-xil
mushaklar tartibsiz qisqargan bo’lar edi.
Markaziy   asab   tizimi   neyronlarning   yig’indisidir.   Uni   ko’ndalang   kesishda
rangi   bir-biridan   farq   qiladigan   ikki   qavatni   ko’rish   mumkin:   bu   qavatlardan   biri
kulrang, ikkinchisi  esa oq bo’ladi. Bu ikki  modda rangiga qarab   kulrang modda
va oq modda   deb ataladi. Kulrang modda asab hujayralarining tana (soma) sidan
va oq modda asab o’siqlaridan akson va dendritlardan tashkil topgan. 3. Asablarning reflektor faoliyati
Markaziy   asab   tizimi   faoliyatining   asosiy   va   o’ziga   xos   belgisi   reflekslarni
yuzaga   chiqarishdir.   I.P.Pavlov   bu   haqda   quyidagilarni   yozgan   edi:   «Murakkab
organizm   hayotida   refleks   eng   muhim   va   eng   ko’p   uchraydigan   asab
hodisasidir. Organizm qismlarining doimiy,   to’g’ri va aniq o’zaro nisbati va
butun   organizmning   tevarak-atrofidagi   sharoitga   munosabati   refleks
yordamida qaror topadi».
«Refleks» terminini fiziologiyada birinchi marta fransiyalik olim Rene Dekart
ishlatgan.   Refleks   –   tashqi   yoki   ichki   muhit   o’zgarganda   reseptorlarning
ta’sirlanishiga   javoban   organizmning   markaziy   asab   tizimi   yordamida
ko’rsatadigan   qonuniy   reaksiyasidir.   Reflekslar   orqali   organizmning   biror
faoliyati   yuzaga   chiqadi,   yoki   to’xtatiladi:   mushaklarning   qisqarishi   yoki
bo’shashuvi,   bezlar   sekresiyasi   yoki   sekresiyaning   to’xtatishi,   tomirlarning
torayishi yoki kengayishi va hokazo.
Organizm reflektor faoliyati tufayli tashqi muhitning yoki o’z ichki holatining
turli o’zgarishlariga tez reaksiya ko’rsata oladi va shu o’zgarishlarga tez moslasha
oladi.   Markaziy   asab   tizimi   reflektor   faoliyatining   ahamiyati   I.M.Sechenov   va
I.P.Pavlovning klassik asarlarida to’liq ochib berilgan I.M.Sechenov 1862 yildayoq
«Bosh miya reflekslari» degan shoh asarida: «Ongli va ongsiz hayotining hamma
faoliyatlari kelib chiqish usuli jihatidan reflekslardir»-degan edi.
4. Reflekslarning turlari.
Reflekslar   yoki   reflektor   faoliyati   juda   xilma-xilligi     bilan   farq   qiladi.
Reflekslarni bir qancha belgilariga qarab turli guruhlarga ajratish mumkin.
1) Reflekslar organizmga   biologik  ahamiyati jihatdan ovqat, mudofaa, jinsiy,
vaziyat va fazoda tanani harakatlantirish reflekslariga bo’linadi.  2)   Reseptorlarga   qayerda   joylashganiga   qarab,   reflekslar:   eksteroreseptiv
(ya’ni tana sirtidagi reseptorlarning ta’sirlanishidan kelib chiqadigan),  vissero  yoki
intero reseptiv  (ichki a’zolar va tomirlardagi reseptorlarning ta’sirlanishidan kelib
chiqadigan),   proprioreseptiv   (skelet   mushaklari,   bo’g’imlar,   paylardagi
reseptorlarning ta’sirlanishidan  kelib chiqadigan) reflekslarga bo’linadi.
3)   Reflekslar   yuzaga   chiqishi   uchun   miyaning   qaysi   bo’limlari   zarurligiga
qarab ham tasnif qilinadi. Reflekslar shu jihatdan  spinal  (orqa miya neyronlarining
ishtirokida   kelib   chiqadigan),   bulbar   (uzunchoq   miyaning   ishtirokida),
mezensefal  (o’rta miya ishtirokida),  diensefal   (oraliq miya ishtirokida) va kortikal
(bosh   miya   yarim   sharlari   po’stlog’idagi   neyronlar   ishtiroki   bilan)   yuzaga
chiqadigan reflekslarga bo’linadi.
4)  Reflekslar   ularda   qaysi  a’zolarning  ishtirok  etishiga,  javob  reaksiyasining
xarakteriga qarab ham ajratiladi. Masalan, refleks  harakatlantiruvchi , yoki  motor
(bunda   mushaklar   ijrochi   a’zo   hisoblanadi),   sekretor   (bezlar   sekresiyasi   bilan
tugaydigan),   tomir   harakatlantiruvchi   (qon   tomirlarining   torayishida   yoki
kengayishida   namoyon   bo’ladigan)   reflekslarga   bo’linadi.   Bu   tasnif   bir   qadar
oddiy     reflekslarga     to’g’ri   keladi,   zero   markaziy   asab   tizimining   oliy
bo’limlaridagi neyronlar ishtirokida yuzaga chiqadigan murakkab reflekslarda esa
odatda turli ijrochi a’zolar reflektor reaksiyaga tortiladi.
5)   Butun   organizmning   barcha   reflektor   faoliyati   shartsiz   va   shartli
reflekslarga bo’linadi. Shartsiz reflekslar-organizmning irsiyat yo’li bilan o’tadigan
tug’ma   reaksiyalaridir.   Shartli   reflekslar   esa,   organizmning   individual   taraqqiyot
jarayonida, «turmush tajribasi» asosida paydo bo’ladilar.
Odam   oyoq   kaftining   terisiga   ta’sir   etilganda     oyoq   panjasi   va   barmoqlari
refleks yo’li bilan bukiladi -  oyoq kaftining refleksi  deb shuni aytiladi. 
Mushak payiga bolg’acha yengilgina urilganda mushakning cho’zilishi uning
reflektor   qisqarishiga   sabab   bo’ladi.   Bu   pay-mushak   proprioreseptiv   refleksidir.
Jumladan,   tizza   refleksi   (son   turt   boshli   mushakning   payiga   tizza   ko’zining
pastidan   urilganda   oyoqning   tizzadan   keskin   yozilishi)   va   Axill   refleksi   (Axill payiga urilganda boldir mushakning keskin qisqarishi) shunday reflekslarga kiradi
(12.4.1-rasm).
12.4.1-rasm. Chapda – ikki va uch neyrondan tuzilgan reflektor yoylar tasviri. O’ngda – tizza
refleksining tasviri. Paydagi asab oxirlaridan orqa miyaga va orqa miyadan boldirning
yozuvchi mushagiga qo’zg’alish o’tadigan yo’l strelkalar bilan ko’rsatilgan. Markazdan
qochuvchi neyronlar qizil rangda, mushak va paydan boshlanib markazga intiluvchi
neyronlar qora rangda, teridan boshlanib markazga intiluvchi neyronlar yashil rangda qilib
ko’rsatilgan.
Asab tizimi umuman ikki qismdan iborat:  periferik  va  markaziy asab  tizimi.
Periferik   asab   tizimiga   orqa   miyadan   chiqadigan   31   juft   sezuvchi,
harakatlantiruvchi   asab   tolalari,   bosh   miyadan   chiqadigan   12   juft   asablar   hamda
umurtqa pog’onasi atrofida va ichki a’zolarda joylashgan asab tugunchalari kiradi.
Markaziy asab tizimiga  orqa va bosh miya kiradi (12.4.2-rasm)
Markaziy   asab   tizimining   segmentar,   ya’ni   quyi   qismiga   orqa   miya   va   bosh
miyaning pastki qismlari – uzunchoq miya, Varoliy ko’prigi, o’rta va oraliq miya
hamda miyacha kiradi. Markaziy asab tizimining yuqori segment usti qismiga bosh
miya yarim sharlari va ularning po’stlog’i kiradi. Bajaradigan funksiyasiga ko’ra, asab tizimi ikki qismga bo’linadi: 1) somatik
asab tizimi  odam tanasining sezgi a’zolari va skelet mushaklari ishini boshqaradi.
2)   Vegetativ   asab   tizimi   ichki   a’zolar   (nafas   olish,   qon   aylanish,   ovqat   hazm
qilish, ayrish va h.z.) hamda ichki sekresiya bezlari ishini boshqaradi.
12.4.2-rasm. Asab tizimining umumiy tasviri: 1-bosh miya; 2-orqa miya; 3-orqa miyadan
chiqqan asab tolalari.
5. Reflektor yoy
Har qanday refleksning yuazaga chiqishida impulslarning reseptordan ijrochi
(ishlovchi) a’zoga o’tadigan yo’li o’sha zanjirlardan hosil bo’ladi. Bu yo’l reflektor
yoy deb ataladi (12.5.1-rasm).   
Reflektor yoyga quyidagilar kiradi: 1) ta’sirotlarni qabul qiluvchi reseptorlar;
2)   afferent   asab   tolalari;   3)   markaziy   asab   tizimida   joylashgan   oraliq   neyronlar
(sinapslar); 4) efferent asab tolalari; 5)ijrochi (effektor) a’zo.
Agar refleksni yuzaga chiqaradigan reflektor yoyi bir sinapsdan tashkil topgan
bo’lsa, - monosinaptik reflektor yoy deb ataladi. Organizmdagi ko’p reflekslarining yuzaga   chiqishida   ikkita   yoki   bir   nechta   sinapslar   ishtirok   etadi,   shuning   uchun
bunday reflektor yoylar ko’p neyronli yo polisinaptik yoylar deb ataladi.
Odam   tanasi   ta’sirlanganda   muayyan   refleks   kelib   chiqadigan   sohasi
(masalan,   tananing   bir   qismi)   refleksogen   mintaqa   yoki   refleksning   reseptiv
maydoni deb ataladi.
Odam   embrionida   dastlabki   reflektor   reaksiyalar   ona   qornidagi   hayot   3-
oyining   ikkinchi   yarmida   aniqlanadi.   Avvalo   bosh   refleksogen   mintaqalarning,
so’ngra   qo’l   va   tana   refleksogen   mintaqalarining,   eng   keyin   oyoq   refleksogen
mintaqalarining ta’sirlanishiga javoban reflektor harakatlar ro’y beradi.
12.5.1-rasm. Asabning tuzilishi (I), reflektor yoy (II) va odam asab tizimi tuzilishining
umumiy ko’rinishi (III). 1-qon tomirlari; 2-asab tolalari; 3-teri; 4-neyronlar (asab
hujayralari); 5-orqa miya; 6-mushak; 7-bosh miya; 8-orqa miya; 9-asablar .
6. Asab markazlari
Muayyan   refleksni   yuazaga   chiqarish   yoki   muayyan   funksiyani   boshqarish
uchun   zarur   neyronlar   yig’indisi   asab   markazi   deb   ataladi.   Asab   markazlarning
joylanishi   bosh   miya   yoki   orqa   miyaning  turli   qismlariga   ta’sir   etish,   cheklangan bir   qismini   yemirish,   olib   tashlash   (ekstirpasiya)   yoki   qirqib   quyish   tajribalari
asosida aniqlanadi.
Agar   asab   tolasida   impulslar   ikki   tomonga   o’tkazilishi   mumkin   bo’lsa,
markaziy   asab   tizimida   qo’zg’alish   faqat   bir   tomonga   tarqalishi,   ya’ni   reseptor
neyrondan  oraliq   neyronlar   orqali    effektor   neyronga   o’tkazilishi   mumkin.   Bu
hodisa   asab   markazlarida   qo’zg’alishning   bir   tomonlama   o’tkazilish   qonuni   deb
ataladi.
Qo’zg’alish jarayoni asab  tolalaridagiga nisbatan asab  markazlarida sekinroq
o’tkaziladi.   Refleks   vaqtining ,   ya’ni   reseptor   ta’sirlangan   paytdan   boshlab   javob
reaksiyasi   yuzaga   chiqquncha   o’tadigan   vaqtning   nisbiy   uzunligi   shu   bilan
izohlanadi.   Bu   vaqtni   refleksning   latent   (yashirin)   davri   deb   ham   yuritishadi.
Latent davr davomida quyidagi jarayonlar ro’y beradi: reseptorlar qo’zg’aladi (A),
qo’zg’alish   markazga   intiluvchi   asab   tolalari   orqali   asab   markazlariga   o’tkaziladi
(B), qo’zg’alish markaziy asab  tizimining ichida bir  xil  neyronlardan ikkinchi  xil
neyronlarga   o’tkaziladi   (V),   qo’zg’alish   markaziy   asab   tizimidan   markazdan
qochuvchi   (efferent)   neyronlarga   o’tkaziladi   (G),   qo’zg’alish   asabdan   ishlovchi
a’zoga   (effektorga)   o’tkaziladi   (D).   Shunday   qilib,   refleks   vaqti   (R)   shu   barcha
jarayonlar uzunligining yig’indi ifodasidan iborat: R=A+B+V+G+D.
Asab   markazi   ichida   qo’zg’alishning   afferent   neyrondan     efferent   neyronga
o’tkaziladigan   vaqti   (V)   refleksning   chin,   yoki   markaziy   vaqti   deb   ataladi.   Bu
vaqtni aniqlash uchun yuqorida aytilgan boshqa  barcha jarayonlarga sarf qilingan
vaqtni   reflekning   umumiy   vaqtidan   chiqarib   tashlash   zarur:   V=P-(A+B+G+D).
Masalan, odam tizza refleksining vaqti hammadan kamroq; u atigi 0,0196-0,0238
soniyani   tashkil   etadi.   Bu   reaksiyalarning   markaziy   vaqti   0,003   soniyaga   teng.
Ko’zga   ravshan   yorug’lik   tushganda   paydo   bo’ladigan   ko’z   yumish   refleksning
vaqti uzunroq, u 0,05-0,2 soniyani tashkil etadi. 
Qo’zg’alishni   sinaps   orqali   o’tishi   quyidagi   3   asosiy   jarayondan   iborat:   1)
asab   oxiriga   akson   orqali   kelgan   impulsga   javoban   mediator   ishlab   chiqaradi;   2)
mediator   sinaps   yorig’i   orqali   postsinaptik   membranaga   diffuziyalanib   o’tadi;   3)
shu   mediator   ta’sirida   qo’zg’atuvchi   postsinaptik   potensial   vujudga   keladi.   Asab oxiriga   impuls   kelgan   paytdan   boshlab,   to   qo’zg’atuvchi   postsinaptik   potensial
kelib   chiqa   boshlanguncha   taxminan   0,5   msoniya   vaqt   o’tadi.   Asab   oxiridan
mediator ajralib chiqishi va postsinaptik membranaga diffuziyalanib o’tishi uchun
shuncha vaqt kerak. Bu vaqt sinapsda kechikish deb ataladi.
Qo’shg’alishlarning qo’shilishi (summasiyasi) asab markazlarining o’ziga xos
xususiyati   bo’lib,   uni   I.M.Sechenov   1863   yilda   birinchi   marta   tasvir   etgan.
Qo’zg’alishlarning   qo’shilishi   shunda   ko’rinadiki,   periferik   reseptorlarning   yoki
afferent   asablarning   ikkita   yoki   bir   nechta   ta’siroti   qo’shilganda   refleksni   yuzaga
chiqaradi,  holbuki   shu  ta’sirotlardan    har  biri   alohida-alohida   reflektor  reaksiyani
yuzaga chiqarishga kamlik qiladi.
Qo’shilishning   ikki   turi:   ketma-ket   (vaqtdagi)   va   masofa   (fazodagi)   da
qo’shilish bor.
1)   Asab   markaziga   bir   xil   afferent   asab   tolalari   orqali   kalta   vaqt   oralig’ida
ketma-ket   keluvchi   qo’zg’alishlarning   o’zaro   ta’siri   ketma-ket   qo’shilish   deb
ataladi.  
2)   Bir   reseptiv   maydonga   kiradigan   turli   reseptorlarga   ikkita   yoki   bir   necha
ta’sirot   bir   vaqtda   ta’sir   etsa,   qo’zg’alishlar   masofada   qo’shiladi.   Masalan,   itda
qashinish   refleksining   reseptiv   maydoni   doirasida   terining   bir-biridan   10   sm
uzoqdagi   ikki   qismi   past   kuch   bilan   bir   vaqtda   ta’sirlansa   bu   refleks   yuzaga
chiqishi   mumkin.   Aksincha,   shunday   ta’sirotning   har   biri   alohida   qo’llanilganda
qashinish   refleksini   yuzaga   chiqarmaydi,   bir   vaqtda   qo’llanilganda   esa,   reflektor
reaksiya ro’y beradi.
Asab markazlari o’ziga keluvchi impulslar ritmini o’zgartira oladi. Bu jarayon
transformasiya   yoki   qo’zg’alish   ritmining   o’zgarishi   deb   ataladi.     Afferent   asab
yakka     ta’sirga     javoban,   asab   markazlarni   ishlovchi   a’zoga   efferent   asab   tolalari
orqali   muayyan   ritm   bilan   ketma-ket   boruvchi   bir   qancha   impulslarni   yuboradi.
Boshqa   so’z   bilan   aytganda,   miltiqdan   bitta   o’q   otilganiga   asab   markazlari
pulemyotdan o’qqa tutish bilan javob qaytaradi.
Markaziy   tormozlanish   hodisasini   I.M.Sechenov   1862   yilda   kashf   etgan.
Uning   asosiy   tajribasi   quyidagicha   edi   (12.6.1-rasm).   Boqa   bosh   miyasi   ko’ruv do’mboqlari sohasidan tilinib, katta yarim sharlari olib tashlanadi. Shundan so’ng
baqaning   keyingi   oyoqlarini   sulfat   kislota   eritmasiga   botirib,  shu   oyoqlarni   tortib
olish refleksining vaqti o’lchanadi (Tyurk usuli). Ko’ruv dumboqlarining qirqilgan
joyiga   osh   tuzi   kristali   qo’yilsa,   yoki   miyaning   shu   sohasiga   kuchsiz   elektr   toki
bilan   ta’sir   etilsa,   refleks   vaqti   keskin   darajada   uzayib   ketadi.   Shu   dalillarga
asoslanib,   I.M.Sechenov   baqa   bosh   miyasining   talamus   sohasida   orqa   miya
reflekslarini tormozlovchi asab markazlari bor, degan yuksak xulosaga keldi.
Tormozlanish hodisasi  markaziy asab tizimidagi  barcha bo’limlar  faoliyatida
muhim   rol   o’ynashini   ingliz   olimi   Ch.S.Sherrington   va   rus   olimlari
N.Ye.Vvedenskiy   va   A.A.Uxtomskiy   hamda   amerika   olimlari   Jordj   Ekkls   va
D.Purpura ko’rsatib berishdi.
12.6.1-rasm. Baqaning bosh miyasi (I.M.Sechenov tomonidan tormozlovchi markazlarni
topgani rasmda ko’rsatilgan).  Bu tajriba fiziologiyada «markaziy tormozlanish» yoki
«Sechenov tormozlanishi» nomi bilan shuhrat qozongan. 1-hidlash asabi; 2-hidlash piyoz
boshchasi; 3-bosh miya yarim sharlari; 4-ko’ruv dumboqchasi (talamus); 5-bosh miyaning
kesilish chizig’i; 6-ikki teppachalik; 7-miyacha; 8-uzunchoq miya.
Asab   markazi   juda   tez   charchashligi   bilan   asab   tolasidan   farq   qiladi.
Ma’lumki,   asab   tolasi   deyarli   charchamaydi.   Markazga   intiluvchi   asabning   bir
qadar   uzoq   ta’sirlanishi   tufayli   reflektor   jarayon   sekin-asta   susayadi,   keyinchalik
esa   tamomila   to’xtaydi.   N.Ye.Vvedenskiy   markazga   intiluvchi   asabni   ta’sirlab, ta’sirot boshlanganidan 10-40 soniya keyin refleks jarayonining susayganligini  va
tamomila to’xtab qolganligini ko’rgan. Ayni vaqtda u markazga intiluvchi qo’shni
asabni   ta’sirlab,   refleks   paydo   bo’lishini   kuzatgan.   Bu   kuzatish   xuddi   markaziy
asab tizimining charchashini ko’rsatdi. Markazga intiluvchi asabni ta’sirlab, refleks
yo’qotilsa, so’ngra markazdan qochuvchi  asab ta’sirlansa,  mushak qisqarish bilan
javob   beradi.   Bu   tajriba   charchashning   xuddi   markaziy   asab   tizimida
boshlanganligidan guvohlik beradi.
Reflektor jarayonlari   ularni   yuzaga   chiqargan   ta’sirot   to’xtashi   bilan   bir
vaqtda tamom bo’lmay, orada bir muncha vaqt o’tadi. Bu hodisa  reflektor ta’sirot
qoldig’i  deb ataladi. Ta’sirot qancha kuchli bo’lib, reseptorlarga qancha uzoq ta’sir
etgan bo’lsa, reflektor ta’sirot qoldig’i o’shancha uzun bo’ladi.
7. Asab tizimining o‘yg‘unlashtiruvchi faoliyati
Mehnat   jarayonida   qiladigan   juda   nozik   harakatlari   faqat   markaziy   asab
tizimining  uyg’unlashtiruvchi  (koordinasiya  qiluvchi)  faoliyati   tufayligina  yuzaga
chiqishi mumkin.
Reflektor   yeyni   ko’zdan   kechirganimizda   ikki   neyronli   va   uch   neyronli   yoy
sxemasi bilan tanishdik. Butun  organizmda ham qo’zg’algan asab hujayrasi qaysi
neyronga   bog’langan   bo’lsa,   qo’zg’alish   o’sha   neyronga   o’tadi   va   shunday   qilib,
xuddi   zanjirdan   yurgandek   mushakga   yetib   boradi   deb   o’ylasa,   bular   edi.
Xaqiqatda har bir reflektor reaksiya markaziy asab tizimining g’oyatda murakkab
reaksiyasi   hisoblanadi.   Xar   bir   ayrim   paytda   organizmga   ko’p   va   xilma-xil
ta’sirotlar   kelib   turadi.   Markaziy   asab   tizimining   uyg’unlantiruvchi   ahamiyati
shundan   iborat:   organizm   bu   ta’sirotlarga   javoban   shu   xildagi   refleksni   yuzaga
chiqaradiki, bu refleks muayyan paytda organizmning u yashab turgan sharoit bilan
muvozanatga   kelishini   ta’minlaydi.   Ana   shu   javob   reaksiyalari   vaqtida   butun
organizmdagi     ayrim  a’zolar   yoki   a’zo   tizimlari  bir-biri   bilan   bog’langan  qismlar
sifatida baravar va ketma-ket birgalashib ishlaydi.
Shunday   qilib,   uyg’unlik   mushak   harakatlarining   aniq   bajarilishini
ta’minlaydi,   turli   tashqi   vaziyatlarga   moslashgan   reflektor   reaksiyalarini   yuzaga chiqaradi,   bu   reflektor   reaksiyalar   harakatlantiruvchi,   sekretor,   tomir   va   boshqa
komponentlardan tarkib topadi.
Organizmning   harakat   qilishdek   uyg’unlashgan   faoliyati   shuncha   bog’liqki,
organizm   biror   ta’sirotga   javoban   ham   mushaklarini   yoki   qanday   bo’lmasin
mushaklarni   emas,   balki   qat’iyan   ma’lum   mushaklar   guruxini   qisqartiradi.
Organizm shu tariqa harakat qilganda yurak-tomir tizimi, nafas a’zolari va boshqa
tizimlarning   faoliyati   o’zgaradi.   Anna   shu   jarayonlarning   hammasi   harakat
reaksiyasini yuzaga chiqarish uchun eng yangi sharoit tug’diradi.
Murakkab   ravishda   uyg’unlashgan   harakatning   yuzaga   chiqishida   po’stloq
ostidagi tuzilmalar (orqa miya, uzunchoq miya, miyacha va u kabilar) gina emas,
balki bosh miya po’stlog’i ham qatnashadi. Masalan, jismoniy mehnat jarayonida
qilinadigan harakatlarni yoki sportchi qiladigan harakatlarni uyg’unlashtirishda va
shunga   o’xshashlarda   bosh   miya   po’stlog’ining   shartli   reflektor   faoliyati   ayniqsa
katta   ahamitga   egadir   (12.7.1-rasm).   Gap   shundaki,   harakatlarning   juda   ko’p
shakllari shartli reflektor harakatlardan iborat, harakatlarning kichik bir guruxigina
nasldan qolgan, ya’ni shartsiz reflektor harakatdan iboratdir.
Markaziy   asab   tizimida   qo’zg’alish   va   tormozlanish   jarayonlari   uzluksiz
ravishda   bir-biriga   ta’sir   etib   turadi,   shunga   ko’ra   g’oyatda   murakkab,   uyg’un
harakatlar refleks yo’li bilan yuzaga chiqadi.
Har qanday bo’g’im ikki guruh mushaklar borligi tufayli harakatlana oladi. Bu
mushaklar   bo’g’imdan   oshib   o’tgan   bo’ladi   va   qisqarganda   harakatni   yuzaga
chiqaradi. Bu juft mushaklar yordami bilan   faqat bukiladigan va yoziladigan eng
oddiy   bo’g’imni   olaylik.   Shu   mushaklardan   biri     qisqarib,   bo’g’imni   bukadi,
ikkinchisi qisqarib yozadi. 12.7.1-rasm. Sportchi nozik harakatlarining markaziy va periferik asab tizimlari tamonidan
uyg’unlantirilishi .
Qo’l-oyoq   bukilganda   bukuvchi   mushak   qisqarib,   ayni   vaqtda   yozuvchi
mushakni   tortib   cho’zadi,   deb   o’ylasa   bo’lar   edi.   Ammo   yozuvchi   mushakning
payi   suyakdan   ajratib   qo’yilsa,   yozuvchi   mushakning   baribir   bo’shashishi
tekshirishlarda   ma’lum   bo’lgan.   Bu   tajriba   markaziy   asab   tizimining   turli
funksiyalarini o’taydigan mushaklar (bu misolda bukuvchi va yozuvchi mushaklar)
bilan bog’langan qismlarida qo’zg’alish jarayoni ham, tormozlanish jarayoni ham
yuz   beradi,   degan   g’oyani   tasdiqladi.   Qo’l-oyoq   bukilganda   yozuvchi   mushaklar
markazida qo’zg’alish kelib chiqadi, lekin shu bilan bir vaqtda yozuvchi mushaklar
markazida tormozlanish jarayoni ro’y beradi. 
Bir qo’l yoki oyoqdagi mushaklarning markazlari o’rtasidagina emas, qarama-
qarshi ikki qo’l-oyoqdagi mushaklarning markazlari o’rtasida ham muayyan o’zaro
munosabatlar   bor.   Odam   yurganda   goh   bir   oyog’i,   goh   ikkinchi   oyog’i   bukiladi:
ayni   vaqtda   bir   tizza   bukilib,   ikkinchi   tizza   esa   yozilgan   deyaylik,   shunga   ko’ra,
chap   oyoqni   bukuvchi   mushaklarining   markazi   qo’zg’alish   holatida   bo’ladi, yozuvchi   mushaklarning   markazi   esa   tormozlangan   bo’ladi.   Qarama-qarshi
tomonda   teskari   hodisa   ko’riladi;   o’ng   oyoqni   yozuvchi   mushaklarning   markazi
qo’zg’alib, bukuvchi mushaklarning markazi tormozlangan bo’ladi .
Taniqli   rus   olimi,   akademik   A.A.Uxtomskiy   asab   markazlarining   asosiy   ish
tamoyili- dominanta   haqida   ko’pdan-ko’p   tadqiqotlar   o’tkazgan.   Uning   fikricha,
organizm   yashaydigan   tabiiy   sharoitda   asab   tizimining   yaxlit   bir   butun   bo’lib
ishlashi   uchun   dominant,   ya’ni   ustun   qo’zg’alish   o’choqlarining   borligi
xarakterlidir, bu qo’zg’alish o’choqlari  boshqa hamma asab markazlarining ishini
o’zgartiradi va go’yo o’ziga bo’ysindiradi.
A.A.Uxtomskiyning   ma’lumotlariga   ko’ra,   dominant   qo’zg’alish   o’chog’i
quyidagi   asosiy   xossalarga   ega:   1)   haddan   oshgan   qo’zg’aluvchanlik;   2)
qo’zg’alishning   turg’unligi;   3)   qo’zg’alishlarni   qo’shish   qobiliyati;   4)   inersiya,
ya’ni rag’bat tamom bo’lgach qo’zg’alishni uzoq ushlab turish qobiliyati. 
Ustun   turuvchi   hukmron   qo’zg’alish   o’chog’i   boshqa   markazlarga   keluvchi
qo’zg’alish to’lqinlarini o’ziga jalb qilib, shular hisobiga kuchaya oladi. Bu paytda
boshqa   markazlarda   tormozlanish   jarayoni   boshlanadi.   Shunga   ko’ra   markaziy
asab   tizimida   ustun   turuvchi   qo’zg’alish   o’chog’i   bo’lganda   integrativ   (sintetik)
faoliyat   o’zgaradi.   Markaziy   asab   tizimiga   keluvchi   qo’zg’alish   hamisha   o’zi
vujuduga   keltiradigan   javob   reaksiyasini   yuzaga   chiqarmay,   dominantaga   xos
bo’lgan   javob   reaksiyasini   yuzaga   chiqaradi.   Masalan,   hayvon   ovqat   yutish
harakatlarini   qilib   turganida   bosh   miya   po’stlog’idagi   harakatlantiruvchi
mintaqaning   ayrim   nutqtalari   ta’sirlansa,   tegishli   mushaklar   qisqarmay,   ovqat
yutish   harakatlari   kuchayadi.   Shuni   alohida   qayd   qilib   o’tish   zarurki,   shartli
reflekslar hosil qilinishida vaqtincha aloqa dominant asosida hosil bo’ladi. Adabiyot
1. Almatov K.T., Allamurodov SH. Odam fiziologiyasi. – T., 2004.
2. Qodirov U.Z. Odam fiziologiyasi. – T., 2004.
3. Nuritdinov E.N. Odam fizologiyasi. Toshkent, «Aloqachi», 2005, 505 b.
4. Solodkov A.S., Sologub E.B. Fiziologiya cheloveka (ob щ aya sportivnaya,
vozrastnaya): - Moskva, «Sport», 2015, 610 s.
5. Toshmuxamedova M.I., Hamraqulov A.Q. Fiziologiyadan mustaqil ishlar.
O‘quv uslubiy qo‘llanmayu T., 2005.
6. Tkachenko B.I. Osnov ы  fiziologii cheloveka. S.P. 1994.
7.   Txorevskiy   V.I.   Fiziologiya   cheloveka.   M.:   Fizkultura,   obrazovanie   i
nauka. 2001.
8. Aganyans E.K. i dr., Fiziologiya cheloveka. M.: Sovetskiy sport, 2005.
9. Stuart Y. Fox. Human physiolohical. WKB and Oxford. – England., 1993.

MARKAZIY ASAB TIZIMINING UMUMIY FIZIOLOGIYASI Reja: 1. Asab tizimining funksiyalari; 2. Asab tolasining xossalari; 3. Asablarning reflektor faoliyati; 4. Reflekslarning turlari; 5. Reflektor yoy; 6. Asab markazlari; markaziy tormozlanish; 7. Asab tizimining uyg‘unlantiruvchi faoliyati.

1. Asab tizimining funksiyalari Asab tizimi quyidagi funksiyalarni bajaradi: 1. Asab tizimi odam organizmida barcha hujayra, to’qima, a’zolari va funksional tizimlarining ishini boshqaradi, tartibga soladi va ularning bir-biri bilan o’zaro bog’lanishini ta’minlaydi. I.P.Pavlov asab tizimining bu funksiyasini quyi funksiyasi deb atagan. Bu vazifani orqa miya va bosh miyaning quyi qismlarida (uzunchoq, o’rta, oraliq miya va miyachada) joylashgan asab markazlari bajaradi. 2. Asab tizimi organizmni tashqi muhit bilan bog’laydi, muhit sharoitiga moslashuvini ta’minlaydi. Tashqi muhit ta’sirida, atrofdagi boshqa odamlar bilan munosabati natijasida odamda paydo bo’lgan fikrlash, fikrni bayon etish, bilim olish, hunar o’rganish va ularni esda saqlash kabi yuksak insoniy xususiyatlar ham asab tizimining ana shu ikkinchi funksiyasiga kiradi. I.P.Pavlov asab tizimining bu funksiyasini oliy asab faoliyati deb atagan. Asab tizimining bu funksiyasini uning yuqori qismida (bosh miya yarim sharlar po’stlog’ida) joylashgan asab markazlari bajaradi. 3. Bosh miya yarim sharlar po’stlog’i ruhiy faoliyatning asosiy a’zosi hisoblanadi. Asab impulslarni bosh miya yarim sharlar po’stlog’i neyronlariga yetib borishi natijasida hissiyot to’yg’usi hosil bo’ladi, qaysiki odamda ong va tafakkur jarayonlarning asosi hisoblanadi. 2. Asab tolasining xossalari Asab tolasi, har bir tirik to’qima singari, qo’zg’alish va ta’sirotni o’tkazish xususiyatiga ega. Agar mushak bilan birlashgan asabning biror joyi elektr toki bilan ta’sirlanadigan bo’lsa, asab qo’zg’alib, qo’zg’alinishni mushakga o’tkazadi va natijada mushak qisqaradi. Asab tolasining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat. 1. Asab tolasi qo’zg’alishni o’tkazish uchun butun bo’lishi kerak. Asabni kesish va yoki uni qattiq bog’lash natijasida asabdan qo’zg’alish o’tmay qoladi. Asabning butunlili buzilgandagina emas, uning funksiyasi buzilgan vaqtda ham u

qo’zg’alishni o’tkazmay qo’yishi mumkin. Masalan, asab sovutilganda yoki istilganda, zahrlanganda va qon bilan yaxshi ta’min etilmaganda ham qo’zg’alish o’tmay qoladi. Demak, asabdan qo’zg’alish o’tishi uchun u buzilmagan, shikastlanmagan, ya’ni butun bo’lishi kerak. Bu - asabning fiziologik butunligi qonuni deyiladi. 2. Ikki tomonlama o’tkazish qonuni. Asab tolasi qo’zg’alishni ikki tomonlama-markazdan periferiyaga (atrofga) va periferiyadan markazga o’tkaza oladi. Asab tolasi markazga intiluvchi yo markazdan qochuvchi tola bo’lishidan qat’i nazar unga ta’sir etilsa qo’zg’alish ikki tomonga tarqatib ketadi. Asab tolasining bu xossasini atoqli rus olimi R.I.Babuxin (1877) birinchi bo’lib kashf etgan. 3. Ajratib o’tkazish qonuni. Periferik asab tizimi ko’pgina ayrim asab tolalaridan iborat; bu tolalar hammasi bir asab ustunida boradi. Asab ustunidan xilma-xil asab tolalari, ya’ni markazga intiluvchi va markazdan qochuvchi asab tolalari baravar o’tishi mumkin. Ammo bir asab tolasidan o’tadigan qo’zg’alish qushni asab tolalariga o’tmaydi. Qo’zg’alish asab tolasidan yakka, ajralgan holda o’tganligi tufayli odam juda nozik ayrim harakatlarni bajara oladi. Masalan, rassomning suratlar chizishiga, musiqachining murakkab musiqa asarlarini ijro etishiga, jarrohning eng nozik jarohlik qilishiga sabab shuki, har bir tola asab impulsni mushakka ajratib o’tkazadi va shunday qilib markaziy asab tizimi mushak harakatlarini uyg’unlashtira oladi. Qo’zg’alish boshqa tolalarga o’ta olganda edi, ayrim mushak qisqarishi mumkin bo’lmagan edi, har bir qo’zg’alishda xilma-xil mushaklar tartibsiz qisqargan bo’lar edi. Markaziy asab tizimi neyronlarning yig’indisidir. Uni ko’ndalang kesishda rangi bir-biridan farq qiladigan ikki qavatni ko’rish mumkin: bu qavatlardan biri kulrang, ikkinchisi esa oq bo’ladi. Bu ikki modda rangiga qarab kulrang modda va oq modda deb ataladi. Kulrang modda asab hujayralarining tana (soma) sidan va oq modda asab o’siqlaridan akson va dendritlardan tashkil topgan.

3. Asablarning reflektor faoliyati Markaziy asab tizimi faoliyatining asosiy va o’ziga xos belgisi reflekslarni yuzaga chiqarishdir. I.P.Pavlov bu haqda quyidagilarni yozgan edi: «Murakkab organizm hayotida refleks eng muhim va eng ko’p uchraydigan asab hodisasidir. Organizm qismlarining doimiy, to’g’ri va aniq o’zaro nisbati va butun organizmning tevarak-atrofidagi sharoitga munosabati refleks yordamida qaror topadi». «Refleks» terminini fiziologiyada birinchi marta fransiyalik olim Rene Dekart ishlatgan. Refleks – tashqi yoki ichki muhit o’zgarganda reseptorlarning ta’sirlanishiga javoban organizmning markaziy asab tizimi yordamida ko’rsatadigan qonuniy reaksiyasidir. Reflekslar orqali organizmning biror faoliyati yuzaga chiqadi, yoki to’xtatiladi: mushaklarning qisqarishi yoki bo’shashuvi, bezlar sekresiyasi yoki sekresiyaning to’xtatishi, tomirlarning torayishi yoki kengayishi va hokazo. Organizm reflektor faoliyati tufayli tashqi muhitning yoki o’z ichki holatining turli o’zgarishlariga tez reaksiya ko’rsata oladi va shu o’zgarishlarga tez moslasha oladi. Markaziy asab tizimi reflektor faoliyatining ahamiyati I.M.Sechenov va I.P.Pavlovning klassik asarlarida to’liq ochib berilgan I.M.Sechenov 1862 yildayoq «Bosh miya reflekslari» degan shoh asarida: «Ongli va ongsiz hayotining hamma faoliyatlari kelib chiqish usuli jihatidan reflekslardir»-degan edi. 4. Reflekslarning turlari. Reflekslar yoki reflektor faoliyati juda xilma-xilligi bilan farq qiladi. Reflekslarni bir qancha belgilariga qarab turli guruhlarga ajratish mumkin. 1) Reflekslar organizmga biologik ahamiyati jihatdan ovqat, mudofaa, jinsiy, vaziyat va fazoda tanani harakatlantirish reflekslariga bo’linadi.

2) Reseptorlarga qayerda joylashganiga qarab, reflekslar: eksteroreseptiv (ya’ni tana sirtidagi reseptorlarning ta’sirlanishidan kelib chiqadigan), vissero yoki intero reseptiv (ichki a’zolar va tomirlardagi reseptorlarning ta’sirlanishidan kelib chiqadigan), proprioreseptiv (skelet mushaklari, bo’g’imlar, paylardagi reseptorlarning ta’sirlanishidan kelib chiqadigan) reflekslarga bo’linadi. 3) Reflekslar yuzaga chiqishi uchun miyaning qaysi bo’limlari zarurligiga qarab ham tasnif qilinadi. Reflekslar shu jihatdan spinal (orqa miya neyronlarining ishtirokida kelib chiqadigan), bulbar (uzunchoq miyaning ishtirokida), mezensefal (o’rta miya ishtirokida), diensefal (oraliq miya ishtirokida) va kortikal (bosh miya yarim sharlari po’stlog’idagi neyronlar ishtiroki bilan) yuzaga chiqadigan reflekslarga bo’linadi. 4) Reflekslar ularda qaysi a’zolarning ishtirok etishiga, javob reaksiyasining xarakteriga qarab ham ajratiladi. Masalan, refleks harakatlantiruvchi , yoki motor (bunda mushaklar ijrochi a’zo hisoblanadi), sekretor (bezlar sekresiyasi bilan tugaydigan), tomir harakatlantiruvchi (qon tomirlarining torayishida yoki kengayishida namoyon bo’ladigan) reflekslarga bo’linadi. Bu tasnif bir qadar oddiy reflekslarga to’g’ri keladi, zero markaziy asab tizimining oliy bo’limlaridagi neyronlar ishtirokida yuzaga chiqadigan murakkab reflekslarda esa odatda turli ijrochi a’zolar reflektor reaksiyaga tortiladi. 5) Butun organizmning barcha reflektor faoliyati shartsiz va shartli reflekslarga bo’linadi. Shartsiz reflekslar-organizmning irsiyat yo’li bilan o’tadigan tug’ma reaksiyalaridir. Shartli reflekslar esa, organizmning individual taraqqiyot jarayonida, «turmush tajribasi» asosida paydo bo’ladilar. Odam oyoq kaftining terisiga ta’sir etilganda oyoq panjasi va barmoqlari refleks yo’li bilan bukiladi - oyoq kaftining refleksi deb shuni aytiladi. Mushak payiga bolg’acha yengilgina urilganda mushakning cho’zilishi uning reflektor qisqarishiga sabab bo’ladi. Bu pay-mushak proprioreseptiv refleksidir. Jumladan, tizza refleksi (son turt boshli mushakning payiga tizza ko’zining pastidan urilganda oyoqning tizzadan keskin yozilishi) va Axill refleksi (Axill