MATN TILSHUNOSLIGIDA KOGNITIV VA PRAGMALINGVISTIK IMKONIYATLARDAN FOYDALANISH
MATN TILSHUNOSLIGIDA KOGNITIV VA PRAGMALINGVISTIK IMKONIYATLARDAN FOYDALANISH. Reja: 1. Matn tilshunosligida kognitiv tilshunoslikning aloqasi. 2. Konsept, ssenariy, skript, freym, geshtalt kabi kognitiv hodisalarning matn tarkibida namoyon bo‘lish xususiyatlari. 3. Matnni o‘rganishning kommunikativ-pragmatik yo‘nalishi haqida tushuncha. 4. Deyksis va nutqiy muloqot mazmunining matnda ifodalanishi. 5. Diskursning tushunishi va uning matn tarkibidagi o‘rni. 1
“Lingvistika” (o‘zbek tili) ixtisosligi bo‘yi c ha ta’lim olayotgan magistrlarga 2000-yilda “Matn tilshunosligi” fani kiritilgan edi. Shundan keyin bu fandan ma’ruzalar matni va uslubiy qo‘llanma tuzib nashr etildi 1 . Bu ishlarda “Nutqda tilning qo‘llanilishi va matn tilshunosligi”, “Matn tilshunosligining o‘rganilish tarixi”, “O‘zbek tilshunosligida matn va uni o‘rganish muammolari”, “Matn va uning komponentlari”, “Matn komponentlarining pog‘onali munosabati”, “Matn va nutq derivatsiyasi”, “Mikro va makromatn munosabati”, “Matn va nutq derivatsiyasi”, “Matn tilshunosligi va dialog muammosi”, “Matn strukturasining sintagmalarga bo‘linishi” kabi mavzularni o‘rganish ko‘zda tutilgan. Lekin hozirgi kunga kelib, matn tilshunosligining tadqiqot doirasi yanada kengaydi. Shunga ko‘ra Shu fan bo‘yi c ha ishlab c hiqilgan namunaviy o‘quv dasturi tarkibiga matnning kognitiv tilshunosligi bilan munosabati hamda matn va pragmalingvistika muammolarini o‘rganishni ham kiritish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Bu o‘rinda dastlab kognitiv tilshunoslikning predmeti va vazifalari, “Kognitiv tilshunoslik” tushunchasining mohiyati va uning matn tilshunosligi bilan aloqadorligi muammosi o‘rganilishi lozim. Shundan keyin kognitologiyaning tayanch nuqtasi va matn turlari, kognitiv fonologiya va uning matnni o‘rganishdagi o‘rni haqida ma’lumot berish yaxShi samara beradi. XX asrdan boshlab nazariy tilshunoslikda til tizimi va lisoniy faoliyat tadqiqiga butunlay yangicha yondashuvlar talab etila boshladi. Ayni s hu davrda tilshunoslik fanining turg‘unla s hgan yoki an’anaviy uslub va xulosalari keskin taraqqiy etayotgan intellektual axborot texnologiyalari amaliyotida yuzaga kelayotgan savollarga javob bera olmasligi ma’lum 1 Турниёзов Н. Матн лингвистикаси. Маърузалар матни. – Самарқанд: СамДЧТИ нашри, 2004. – 86 б.; Турниёзов Н., Йўлдошев Б. Матн тилшунослиги. Услубий қўлланма. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2006. – 96 б. 2
bo‘ldi. Jumladan til tizimini va nutqiy faoliyat mahsuli bo‘lgan matn qurilishini Shu patgacha filologik nuqtai nazardan tahlil qilib kelayotgan bu fan doirasi endilikda idrok etish, bilish, tushunish, tahlil qilishi faoliyatlariga oid tushuncha va kategoriyalar bilan kengaydi. Natijada, tilshunoslikning matiq, pisixologiya, bilish nazariyasi kabi kognitiv fan sohalari bilan hamkorlikka ehtiyoji yanada kuchaydi. Til tizimi va lisoniy faoliyatni har tomonlama tadqiq qilishi, ularga xos hodisalarning belgi-xususiyatlarini batafsil yoritish uchun tilshunoslikning turli sohalarini biriktiradigan, ularning baricha uchun bir xilda tayanch nuqtasi xizmatini o‘taydigan umumlashgan tahlil tizimini topish lozimligi Boduen de Kurtene, E.Sapir kabi olimlar tomonidan bir necha bor ta’kidlangan 2 . Samarqandlik olim Shahriyor Safarofning yozishicha, keyingi davrlarda tilshunoslar bunday tayanchni kognitologiya (tlotincha “ cognitive science ”* – tafakkur haidagi fan)dan topganday bo‘lmoqda. So‘zsiz, lingvistik tahlil – kognitiv tahlilning bir turi, uning ma’lum bir ko‘rinishida namoyon bo‘lishidir. Tilshunoslik, pisixologiya, sotsiologiya, madaniyatShunoslik kabi sohalar hamkorligi kognitiv faolliyat asosida voqelanuvChi hodisadir. Kognativ tilshunoslikning asosiy vazifasi inson ongida kesadigan mental jarayonlarni lisoniy faoliyat bilan bog‘liq holda o‘rganishdir. Kognitiv tilshunoslik ham insonning bilish faoliyati fanlari tarkibiga kiradi*. Negaki, lisoniy bilimsiz voqeni bilish, kechayotgan voqea- hodisalar haqidagi axborotni aks ettiruvchi mantiqiy strukturalarni lisoniy ifodalashning imkoni yo‘q. Voqelikning lisoniy bilish nazariyasiga tayangan 2 Сафаров Ш. Когнитив тилшунослик. – Жиззах: “Сангзор” нашриёти, 2006. – 91 б. *Когнитив атамасининг мазмуни инглизча“ cognitive ”-билишга оид сўзи билан ҳам боғлиқ. Лекин билишни фаҳмлаш, тушуниш каби ҳаракат-одат хусусиятлари билан ҳам боғлашади. Бундай хусусият қайтариқ ҳаракат-одат натижасида юзага келган фаҳлаш, тушуниш ҳайвонларда ҳам қисман бўлсада бор. Шу боис, билиш ҳақида гап кетганда, фақатгина лотинча “ cogniti оп”,яъни “ақл, тафаккур ҳодисасини тасаввур қилиш билан чекланмасдан, балки“ cogitatorium ” – тафаккур фаолияти шахсини ҳамда бу фаолият билан боғлиқ бўлган барча турдаги номентал (ижтимоий, маданий, лисоний) ҳодисаларни ҳам ҳисобга олиш керак (Ш.С.). 3
holda xulosa qilishi mumkinki, grammatik birliklarnig mazmuniy asosi qandaydir tashqi hodisalar, xususiyatlardan tashkil topmasdan, balki insonning tashqi dunyo bilan munosabati zaminida yuzaga keladigan kognitiv jarayon, holatlarning aks topishidan iboratdir. Umuman, kognitologiya mustaqil fan bo‘lib, s hakllanishi 1956 yildan boshlangan. Kognitologiya va kognitiv tilshunoslik sohasi haqida filologiya fanlar doktori, SamDCHI professori Shahriyor Safarovning ilmiy-tadqiqotlarida batafsil ma’lumotlar berilgan. Olimning “Kognitiv tilshunoslik” risolasida “Konseptning lisoniy jarayoni”, kognitologiya tadqiqotlarda talqin etilgan “ssenariy”, “skrip”, “freym”, “geshtalt” kabi muhim masalalar haqida ham fikr-mulohazalar bayon qilingan 3 . Ta`kidlash joizki, konsept masalasida Evropa va rus tilshunosligida ma’lum darajada maxsus tadqiqotlar va fikrlar mavjud bo‘lsa-da, o‘zbek tilshunosligida “konsept” sohasida qarashilar endigina yuzaga kelmoqda . Ushbu sohada so‘nggi yillarda, mustaqillik davrlarida ba’zi ishlar yuzaga keldi. Ularda konsept atamasining ma’nosi har xil izohlanishidan konsept mohiyatining ko‘p qirrali ekanligidan dalolat beradi. Biz ushbu majmuamizda asosan rus olimlari V.I. Karasik, S.G, Vorka c hevlarning va o‘zbek olimlaridan O‘.Q, Y u supov, A.A. Abuazizov, A.E, Mamatov, Sh. Safarov, D.U.A s hurova, M.Djusupov kabi olimlarning fikr-muloxazalaridan foydalandik. Ushbu olimlarning fikrlaridan quyidagi xulosaga keldik. Konsept ko‘p sathli mental tuzilma sifatida inson tomonidan dunyoni o‘zlaShtirish natijalarini jamlaydi. Idrok qilishiga asoslangan borliq konseptualizatsiyasi yuzaga kelish s hakli nomayon bo‘ladi, tushunchaning paydo bo‘lishiga olib keladi. Konseptning mazmuni bir umumiy ma’no bilan birlashgan leksik birliklar orqali ifoda qilinadi va leksik-semantik birliklar yig‘indisini ifodalashda “kurtak”, “maydon”, “guruh”, “soyabon”, “doyra” 3 Сафаров Ш. Когнитив тилшунослик. – Жиззах: “Сангзор” нашриёти, 2006.-91 б. 4
kabi atamalar keng tilga olinadi. Bu atamalar mohiyati bo‘yi c ha bir-biri bilan bevosita semantik jixatdan bog‘liqdir. Samarqandlik tilshunos olim Shahriyor Safarovning “Kognativ tilshunoslik” risolasida yozillishicha mental tuzilma – konseptning lisoniy belgiga o‘tish jarayoni qanday kechishi masalasi bahsli mavzu sifatida qaraladi. Olimning bo`yicha, dastlabki o‘rinda konseptning lisoniy modiylaShuvi ong va til tizimi o‘rtasidagi hamkorlikning mahsuli ekanligini unutmaslik kerak. Konsept Shakllanishining boshlang‘ih nuqtasi voqelik bo‘lagi (predmet) haqidagi tasavvur – obrazning yuzaga kelishidir. Bu obraz oddiy sxema yoki s hakl bo‘lib qolmasdan, balki mazmunli hodisadir. Boshqacha aytganda, sub’ekt obrazning oddiy shakli ni ko‘rmaydi yoki uning mazmunini idrok qilmaydi, u mazmunli obrazni idrok etadi. Xuddi s hu mazmunli obraz lisoniy belgiga aylanadi va bu belg ma’nosining o‘zagini tashkil etadi. Lekin voqelik – ong – lisoniy belgi o‘rtasidagi bunda uzviylikni oddiy takrorlaSh ko‘rinishida talqin etmaslik kerak. Chunki ong voqelikni lisoniy belgi vositasida oddiygina aks ettirmaydi, balki sub’ekt uchun muhim bo‘lgan belgi-xususiyatlarni ajratadi hamda ular asosida idrok etilayotgan ob’ekt (predmet-hodisa)ning namunaviy modelini yaratadi. Ongning bu turdagi analitik – tahliliy faoliyati amalga oShishida lisoniy belgilarning roli alohida e’tiborga loyiq. Konseptning hosil bo‘lishi va uning lisoniy voqelanishida umumiylik (umumlashtirish) xususiyati alohida rol o‘ynaydi. Bunda nomlanadigan predmet – voqelikning alohida, yaqqol ko‘zga tashlanadigan va seziladigan belgisi avval farqlanadi, keyin esa ushbu belgining butun bir guruh uchun umumiyligi e’tiborga olinadi. Masalan, inson his-tuyg‘ulari tushunchasi bilan bog‘liq konseptida lingvosemantik xususiyatlarini olib qaraylik. Bu konsept doirasida “mehr-muhabbat, baxt, do‘stlik, yurak (qalb) kabi inson his- 5