logo

Yordamchi so‘zlarning pragmalingvistik tahlili

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

149 KB
    Mavzu:  Yordamchi so‘zlarning pragmalingvistik tahlili
                                                    Reja:
Kirish.
Asosiy qism :        
I. Ko ‘ makchilarda pressuppozitsion xususiyatlar
II. Bog‘lovchilar   nutqda qo‘llanishining umumiy masalalari.
III. Yuklamalarning nutqda qo‘llanishining umumiy masalalari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.                                   Kirish
Zamonaviy   tilshunoslikda   “Pragmalingvistika”   mustahkam   o‘rin   egallayotgan
tilshunoslikning   eng   dolzarb   yo‘nalishlaridan   biri   hisoblanadi.   Tilshunoslik   empirik
tahlilni   bilishning   boshqa   g‘oyalari   va   amallari   bilan   boyitishga   uzoq   tayyorgarlik
ko‘rdi.   XX   asr   davrda   empirizm,   fenomenologiya,   konstruktivizm   kabi   falsafiy
g‘oyalarni   o‘zida   jamlagan   metodologiyaga   asoslangan   lisoniy   tahlil   yo‘nalishlari
yuzaga keldi. Ana shunday yo‘nalishlardan biri, albatta, pragmalingvistikadir. 
Til vositalarining pragmalingvistik tabiatini tahlil qilish tilshunoslikning e’tiborga
molik   masalalaridan   biridir.   Shu   boisdan   keyingi   yillar   o‘zbek   tilshunosligida
lingvopragmatik   tahlil   asosidagi   bir   qator   tadqiqotlar   maydonga   keldi.   Sh.Safarov
“Pragmalingvistika”   asarida   “Pragmatika   nisbatan   yangi   soha   hisoblanib,   unda   tilning
undan   foydalanuvchilariga   bo‘lgan   munosabati   o‘rganiladi.   Muloqot   jarayonida
so‘zlovchi   o‘z   fikrini   bayon   qilishda   uning   oldida   ma’lum   maqsad   turadi.   Bu   maqsad
so‘zlovchini   tinglovchi   tushunish,   anglashidan   iboratdir.   Lison   qanchlik   ijtimoiy,
so‘zlovchi   va   tinglovchi   uchun   umumiy,   majburiy   bo‘lsa,   nutq   ham   ular   uchun
shunchalik umumiy, majburiy va ijtimoiydir” 1
, -deb takidlaydi.
Pragmatikani   o‘zbek   tilshunosligidagi   o‘rni,   uning   lingvistik   sathning   boshqa
sohalari bilan aloqasi borasida ko‘pgina tilshunos olimlarimiz fikr bildirib o‘tishgan. 
Bu   soha   bilan   maxsus   shug‘ullangan   olim   Sh.   Safarovning   bu   masalaga
bag‘ishlangan   maxsus   monografiyasida   jahonning   pragmatik   tadqiqotlar   bilan
shug‘ullangan ko‘plab tilshunoslarning  qarashlari  tahlil qilingan. Olim pragmalingvistik
tadqiqotlarni   ikkiga:   tor   va   keng   yondashuvlarga   ajratib,   bu   masalaga   oid   yoki   unga
bog‘liq   qarashlarni   keng   va   chuqur   mushohada   asosida   tahlil   qilib,   bir-birini   inkor
qilayotgan   yoki   biri   ikkinchisiga   ,,soya”   tashlayotgan   ta’riflarni   bir   umumiy   g‘oya
atrofida   birlashtirib,   pragmalingvistik   tadqiq   metodologiyasining   dialektik   asosi   yoki
tayanch   nuqtasi   vazifasini   faoliyat   tamoyili   yoki   umuman   faoliyat   falsafasi   o‘tashi
1
  Safarov Sh. Pragmalingvistika, - T., O’zME nashriyoti, 2008- yil, 65- bet  lozimligini   uqtiradi   va   pragmalingvistikaga   shunday   ta’rif   beradi:   ,,   2
  …p ragmatika
tilshunoslikning   alohida   sohasi   bo‘lib,   uning   tadqiqot   doirasida   muloqot   jarayonida
lisoniy   birliklarni   tanlab   olish,   ularni   qo‘llash   hamda   ushbu   qo‘llanishdagi   birliklarning
muloqot   ishtirikchilariga   ta’siri   masalalari   o‘rganiladi.   Ushbu   qoidalar   kommunikatsiya
shart-sharoitlariga   nisbatan,   keng   ma’nodagi   kontekst   sifatida   o‘rganiladi.   Lisoniy
hodisalarning   bu   yo‘sindagi   tahlili   ularning   qo‘llanishidagi   u   yoki   bu   muhitda   mavjud
bo‘lgan to‘siqlar, chegaralanishlarni ham   aniqlashga imkon beradi. Lingvistik tahlilning
asosiy   g‘oyasi   ham   lisonning   tabiatini   uning   amaliy   faoliyatida   qo‘llanishiga   nisbatan
yoki   boshqacha   aytganda,   bajarayotgan   vazifasi   doirasida   aniqlashdir.   Aynan   vazifa
(funksiya)   tushunchasi   lison   tahliliga   pragmalingvistik   yondashuvning   poydevoridir”. 3
Darhaqiqat,   yordamchi   so‘zlarning   (ko‘makchi ,   bog‘lovchi,   yuklama)   semantikasidagi
asosiy   semani   ,,vazifa”   belgisi   tashkil   etadi.   Ular   lug‘aviy   ma’no   anglatmasdan   nutqda
voqelangan vaqtda, kommunikatsiya jarayonida matn bilan bog‘liq rang- barang xususiy
ma’nolarni   voqelantirish   vazifasini   bajaradi.   Ana   shu   nuqtayi   nazardan,   tadqiqotimiz
obyekti   bo‘lgan   yordamchi   so‘zlarning   muhim   tomonlarini   yoritishda   lingvopragmatik
yondashuvning ham alohida ahamiyati xususida to‘xtalamiz. 
Nutqiy   akt,   predikativ   bo‘lmagan   so‘zlar,   kontekst,   nutqiy   vaziyat,   so‘zlovchi
shaxsi   kabi   tushunchalar   lingvistik   pragmatikaning   markaziy   tushunchalaridir.   Bu
tushuncha   matn   tarkibidagi   yordamchi   so‘zlar   pragmatikasi   tadqiqi   uchun   ham   muhim
ahamiyat kasb etadi. Aslida yordamchi so‘zlar gap yoki jumla tarkibidagi so‘zlarni yoki
sodda   gaplarni   hamda   ular   orasidagi   turli   xil   munosabatlarni   ifodalovchi   yoki   ularga
qo‘shimcha   ma’no   beruvchi   grammatik   vositalar   hisoblansada,   matn   talabiga   ko‘ra
xilma-xil pragmatik, hosila ma’nolari ham kasb etishi mumkin. 
Pragmatik   tilshunoslik   tadqiqotchilari   prof.   A.   Nurmonov   va   M.   Hakimov   gap
semantikasining   mazmuniy   yo‘nalishi   bilan   bog‘liq   muammolarni   ko‘rsatish   jarayonida
mantiqiy semantikaning yirik vakili B. Rassel so‘zlarni indikativ va indikativ bo‘lmagan
so‘zlarga   ajratishini   aytishadi.   Ya’ni   obyektiv   borliqdagi   ma’lum   narsa-hodisalarni,
2
      Safarov Sh. Pragmalingvistika, - T., O’zME nashriyoti, 2008- yil, 70- bet 
3
    Safarov Sh. Pragmalingvistika, - T., O’zME nashriyoti, 2008- yil,  belgi-xususiyatlarni,   harakat-   hodisalarni   nomlash   xususiyatiga   ega   bo‘lgan   so‘zlarni
indikativ   ,,ishora   qiluvchi”   so‘zlar,   bunday   xususiyatga   ega   bo‘lmagan   so‘zlarni   esa
indikativ   bo‘lmagan   so‘zlar   deb   hisoblashadi   va   gap   semantikasi   bilan   shug‘ullanuvchi
tilshunoslar   gap   tarkibida   ana   shunday   indikativ   bo‘lmagan   so‘zlar   kelganda   ancha
qiyinchilikka duch kelishlarini aytishadi. 4
 
Bu   gap   semantikasi   bilan   bog‘liq   qanday   qiyinchilik   ekanligini   olimlar   shunday
izohlashadi:   ,,gap   tarkibidagi   deskriptiv   so‘zlarni   (induktiv   so‘zlarni)   konkret   nutq
vaziyati   bilan   bog‘lamasa   ham,   qaysi   denotativ   (atash)   ma’noda   ekanligini,   obyektiv
borliqdagi   nimani   nomlab   kelayotganligini   aniqlash   imkoniyati   bo‘lsa,   deskriptiv
bo‘lmagan   so‘zlarni   bunday   aniqlash   mumkin   emas.   Bunday   so‘zlar   obyektiv   narsa   va
hodisalar,   belgi   va   xususiyatlar,   harakat   va   holatlarni   to‘g‘ridan   to‘g‘ri   nomlanmagani
tufayli,   ular   muayyan   vaziyat   bilan   bog‘lanmasa,   nimaga   ishora   qilayotgani
noma’lumligicha qolishi ma’lum bo’ldi. Bu shuni ko‘rsatadiki, gap semantikasini shu gap
tarkibida   qo‘llanilayotgan   so‘zlarning   faqat   obyektiv   borliqqa   munosabatini   aniqlash
bilangina   to‘la   izohlash   mumkin   emas   ekan.   Bunga   gapning   nutq   jaroyoniga,   nutq
vaziyatiga   ega   bo‘lgan   munosabatini   aniqlashni   qo‘shish   zaruriyati   ham   mavjud.   Ana
shunday amaliy  ehtiyoj  bilan lingvistik  semantika bag‘ridan lingvistik  pragmatika  o‘sib
chiqdi”. 5
  B. Rassel nazarda tutgan induktiv bo‘lmagan so‘zlar yoki A. Nurmonov va M.
Hakimovlar   aytgan   deskriptiv   bo‘lmagan   so‘zlar   sirasiga   birinchi   navbatda   yordamchi
so‘zlar   kiradi.   Bu   so‘zlarning   ma’no   –   mohiyati   esa   muayyan   nutq   vaziyatiga   bog‘liq
holda ma’lum matn ichida ochiladi. Binobarin, so‘zlovchining ichki niyati bilan bog‘liq
maqsadini   ifodalashda   yoki   uning   obyektiv   borliqqa   va   o‘z   nutqiga   qo‘shimcha
munosabat   bildirishiga   yordamchi   so‘zlarning   alohida   ahamiyati   bor.   Yordamchi
so‘zlarning   so‘zlovchi   niyatini   yuzaga   chiqarish   jarayonidagi   xizmatlari
lingvopragmatikaning   morfopragmatik   va   sintaksopragmatik   deb   nomlanuvchi
yo‘nalishlarida o‘rganiladi. 
4
    Nurmonov A,   Hakimov M .Lingvistik pragmatikaning nazariy shakllanishi // O ‘ zbek tili va adabiyoti, 2001, 4-
son, 55-bet 
5
   Nurmonov A. . Hakimov M. Ko‘rsatilgan asar, 55-bet                    Ko ‘ makchilarda pressuppozitsion xususiyatlar
Ma’lumki,   yordamchi   so‘zlar   (ko‘makchi,   bog‘lovchi,   yuklamalar)   morfologik
vositalar   hisoblangani   uchun   ular   morfopragmatikaning   o‘rganish   obyekti   hisoblansa,
muayyan matniy jumlalarni shakllantirishga yordam berishi yoki unga qo‘shimcha ma’no
berishi   bilan   sintaksopragmatikada   ham   alohida   o‘rin   tutadi.   Shu   nuqtayi   nazardan,   bu
turkum   so‘zlar   anglatgan   relyatsion   ma’no   –   pragmatizatsiyaning   asosi   sifatida
baholanib,   turli   pragmatik   munosabatlar   ushbu   so‘zlarning   ma’noviy   bazalarida
rivojlanadi. 
Demak,   lisoniy   tabiatiga   ko‘ra   morfopragmatikaga   xos   sanalsada,   ularning
to‘g‘ridan-   to‘g‘ri   nutq   jarayonida   so‘zlovchi   illokutiv   niyatini   ro‘yobga   chiqarishga
xizmat qilishi orqali sintaksopragmatikaga oid munosabatlarni yuzaga keltirishi ularning
funksional   xususiyatiga   bog‘lanadi.   ,,   Sintaksopragmatik   talqin   ham   sintaktik
elementlarning so‘zlovchining o‘zi ifoda etayotgan fikriga munosabati bilan belgilanadi.
Jumladan,   xabar   mazmunida   qo‘shimcha   axborot   ko‘rinishlari   aniqlik,   gumon,   yashirin
kabi   pragmatik   mazmunning   sintaktik   vositalar   yordamida   ifodalanishi
sintaksopragmatik   talqin   deb   yuritiladi.   Masalan,   maktabga   ketdi   bilan   maktab   tomon
ketdi jumlasining mazmuni keskin farqlanadi.” 6
 
Darhaqiqat,   bu   jumladagi   M.   Hakimov   nazarda   tutgan   farqlanish   nimada
ko‘rinadi?   E’tibor   qaratadigan   bo‘lsak,   bu   o‘rinda   maktab,   ketdi   birliklari   o‘z   joyida,
ularda   farqlanish,   asosiy   differensiatsiya   morfopragmatik   birliklar   –ga   kelishik
qo‘shimchasi   va   tomon   ko‘makchisi   o‘rtasida   sodir   bo‘lmoqda.   ,,Maktabga   ketdi”   –
jumlasida aniq xabar bor, ikkilanish yo’q, tamom kimdir maktabga ketgan – xabar aniq.
Ko‘makchi bilan shakllangan jumlada esa quyidagi mazmunlar kuzatiladi:
                                   
              
6
 Hakimov M. O‘zbek tilida matnning pragmatik talqini: filol. fan. doktori. diss. avtoref. Toshkent , 2001. 27- bet                                                               ehtimollik ( maktabga ketgandir) 
                            
                                                         gumon ( balki boshqa tomonga ketgandir ) 
Maktab tomon                                 faraz ( maktab tomonga ketgan bo‘lsa kerak ) 
ketdi                                                 ikkilanish ( balki yo‘lini o‘zgartirgandir ) 
                                                          noaniqlik ( qayoqqa ketdi ) 
Umuman   bu   jumla   kimnidir   aniq   maktabga   ketgani   xususida   ma’lumot   bera
olmaydi, ya’ni xabar ikkilanish, tusmollikka asoslanadi. Ana shu ma’nolarga ko‘ra jumla
farqlanadi.   Bu   farqlanish   esa,   yuqorida   ta’kidlaganimizdek,   morfopragmatik   birliklar
zimmasiga tushsada, sintaksopragmatik jarayonni yuzaga keltiradi. 
Presuppozitsiyaga   ishora   qiluvchi   vositalarning   semantik   tahlili   hozirgi   davr
tilshunosligining   dolzarb   mavzusi   hisoblanadi.   Uning   uchun   hozirgi   kunda   har   bir   so‘z
turkumlari, har bir kategoriyani presuppozitsion tahlil etish kuchaydi. Til kategoriyalarini
presuppozitsion   tahlil   etish   kuchaydi.   Til   kategoriyalarini   presuppozitsion   tahlil   etish
tilshunoslikning yangi qirralarini ochib beradi. Ularning shu kungacha ko‘rinmay kelgan
turli   tomonlarini   yana   ham   ochib   beradi.   Chunki,   S.   D.   Kastnelson
aytganiday: ,,Grammatikani katta qismi suv ostiga yashiringan muz tog‘i bilan qiyoslash
mumkin.   Hali   grammatikaning,   ayniqsa,   sintaksisning   mazmuniy   uzvlari   ,,   suv   ostida
yashirinib” turibdi. Bu  uzvlarni  so‘z,  gap  doirasidan   chiqmaydigan ilmiy  tadqiqot   bilan
ochib   bo‘lmaydi.   Shuning   uchun   gapni   turli   qirralari   bilan   bog‘liq   bo‘lgan,   sistema
sifatida talqin etish zarur. Sistema elementlarining birortasi ham chetda qolmasligi kerak.
Chunki   gap   ichida   leksik   ma’noga   ega   bo’lmagan   so‘zlar   borki,   ularning   ma’nolarini
pragmatik   jihatdan   tahlil   etilmasa,   mavhum   bo‘lib   qoladi.   Ana   shunday   so‘zlarni
pragmatikasini   presuppozitsiyasiz   tushunib   bo‘lmaydi. 7
  Umuman,   tildagi   barcha
kategoriyalarni   presuppozitsion   tahlil   etish   tilshunos   uchun   juda   ko‘p   narsa   beradi.
Tilning ,,suv ostida yashiringan” qismlarini ochishda qo‘l keladi 8
. 
Presuppozitsiyaga   yo‘l   ochuvchi   lingvistik   vositalar   ichida   yordamchi   so‘zlar
alohida   ahamiyatga   ega.   Ular   gap   ichida   o‘ziga   xos   mantiqiy   ma’nolar   anglatib,   o‘zi
7
 Канцельсон С .Д. Типология языка и речевое мышление.-Л .,1972.стр.83.
8
  Rahimov U. O‘zbek tilida yuklamalar presuppozitsiyasi: Filol. Fan. Nomz. …dis. Avtoref. Samarqand, 1994. ishtirok   etgan   gapning   mazmuniy   tuzilishini   murakkablashtiradi   hamda   turli   ma’nodagi
presuppozitsiyalarga ishora qiladi. 
Tashqari   ko‘makchisi   doimo   chiqish   kelishigidagi   ot   va   otlashgan   so‘zlar   bilan
birga   keladi   va   to‘ldiruvchi   funksiyasida   qo‘llanilib,   o‘zi   alohida   propozitsiyani
ifodalaydi.   Shuning   uchun   ham   –dan   tashqari   konstruktsiyasi   sodda   gap   semantik
tuzilishini   murakkablashtiradi.   Bu   konstruksiya   qatnashgan   sodda   gap   doimo   ikki
propozitsiyani   ifodalaydi.   Masalan,   Qishlog ‘ imizda   paxtachilikdan   tashqari,   boshqa
qishloq xo ‘ jalik mahsulotlariga ham katta e’tibor berilmoqda  gapida ikki propozitsiya: 1)
paxtachilikka   katta   e’tibor   berilayotganligi;   2)   boshqa   qishloq   xo‘jalik   mahsulotlariga
(makkajo‘xori,   sholi   va   boshqa   narsalarga)   e’tibor   berilayotganligi   mavjud.   Ikkinchi
propozitsiya   birinchi   propozitsiyaga   qo‘shilmoqda.   Ikki   propozitsiya   o‘rtasida
konyunktiv   munosabat   mavjud.   Birinchi   propozitsiya   to‘ldiruvchi   funksiyasidagi
paxtachilikdan   tashqari   konstruktsiyasi   orqali,   ikkinchi   propozitsiya   esa   gap
konstuyentlari   ifodalangan.   Konstuyent   tarkibidagi   ham   yuklamasi   konstuyentlar
ifodalatotgan presuppozitsiyadan tashqari, yana boshqa propozitsiyani ham mavjudligiga
ishora   qiladi.   Solishtiring:   Qishlog ‘ imizda   boshqa   qishloq   xo ‘ jalik   mahsulotlariga   ham
katta   e’tibor   berilmoqda   konstruksiyasida   ham   ikki   propozitsiya:   1)   boshqa   qishloq
xo‘jalik mahsulotlariga katta e’tibor berilayotganligi; 2) asosiy e’tibor berilayotgan yana
boshqa   qandaydir   qishloq   xo‘jalik   mahsulotining   borligi.   Ikkinchi   propozitsiya
presuppozitsiya orqali anglashiladi. Bu ham yuklamasining presuppozitsiyasidir. Demak,
Qishlog ‘ imizda   paxtachilikdan   tashqari,   boshqa   qishloq   xo ‘ jalik   mahsulotlariga   ham
katta e’tibor berilmoqda   gapi bilan   qishlog ‘ imizda qishloq xo’jalik mahsulotlariga ham
katta e’tibor berilmoqda  gapi o‘rtasida propozitiv tuzilish nuqtayi nazaridan hech qanday
farq   yo‘q.   Ular   o‘rtasidagi   farq   faqat   birinchi   propozitsiyaning   aniq   –   noaniqligidadir.
Tarkibida propozitsiyani reallashtiruvchisi   –dan tashqari   konstruksiyasi mavjud bo‘lgan
gapda birinchi propozitsiya aniq, ikkinchi tipdagi gapda esa noaniq bo‘ladi. Solishtiring: 
Birinchi gap propozitiv                                          Ikkinchi gap propozitiv 
strukturasi                                                                      strukturasi 
Presup.: 1)  paxtachilikka katta                                     Presup.:  Qandaydir qishloq 
e’tibor berilmoqda                                                              xojalik mahsulotlariga                                                                                                       e'tibor berilmoqda 
Eksplitsit propozitsiya: 2)  Boshqa                            Eksplitsit propozitsiya:  Boshqa 
qishloq xo ‘ jalik maxsulotlariga                                  qishloq xo ‘ jalik mahsulotlariga 
ham e’tibor berilmoqda.                                                    ham e’tibor berilmoqda. 
Demak,   propozitsiyalar   o‘rtasida   konyunktiv   munosabat   mavjud   bo‘lgan
yuqoridagi tipdagi gaplar birinchi propozitsiyaning reallashtiruvchisa (signali) bo‘lgan   –
dan   tashqari   konstrutsiyasining   ifodalanish   –ifodalanmasligiga   ko‘ra   o‘zaro   aniqlik   –
noaniqlik   differensial   belgisi   asosida   oppozitsiyaga   kirishadi:   -dan   tashqari
konstruktsiyasi birinchi propozitsiyaning zid a’zosini doimo aniqlashtiradi. 
Zidlik   munosabatli   propozitsiyalarni   ifodalovchi   yuqoridagi   tipdagi   gaplarda
murakkab   hukm   mavjud   bo‘lib,   gap   predikatining   formasi   qanday   bo‘lishidan   qat’iy
nazar, ularning biri inkor, ikkinchisi tasdiq xarakterga ega bo‘ladi. 
Solishtiring:   Sizdan   boshqa   hamma   kelishdi   (Asqad   Muxtor)   gapida   ikki
propozitsiya:   1)   hamma   kelishdi;   2)   siz   kelmadingiz   propozitsiyalari   mavjud   bo‘lib,
ikkinchisi implitsit ifodaga ega. Bunday sodda gaplarda ikki propozitsiya o‘rtasida zidlik
munosabati mavjud bo‘lishi bilan birga umum va qism munosabati ham mavjud bo‘ladi:  -
dan   tashqari   (boshqa,   bo‘lak,   o‘zga)   konstruksiyasi   orqali   ifodalangan   propozitsiya
qismni, ikkinchi propozitsiya esa umum ma’nosini bildiradi. Qism umumga zid qo‘yiladi
va undan istisno qilinadi. Bunday ma’nolarni zid a’zolar ham ko‘rsatib turadi. Umumni
ifodalovchi   konstruktsiya   tarkibida   umumlashtiruvchi   tasdiq   yoki   inkor   xarakterdagi
hamma   –   hech   kim,   hamma   narsa   –   hech   narsa,   hamma   yer   –   hech   qayer   singari
olmoshlar   qismni   ifodalovchi,   -dan   tashqari   konstruktsiyasida   esa   chiqish   kelishigidagi
to‘ldiruvchi vazifasida mazmunan yuqoridagi olmoshlar bilan bir sinfga kiruvchi, uning
turi (qismi) bo‘lgan so‘zlar keladi.  Masalan yuqoridagi gapda siz bilan hamma o‘zaro zid
qo‘vilgan     siz   hammadan   istisno   qilingan.   Siz   bilan   hamma   so‘zlari   shaxs   ifodalash
jihatidan bir sinfga oid so‘zlardir. Siz hammaning bir qismi, shuning tarkibiga kiradi.
Ko‘makchilar   substansial   qiymatining   pragmatik   xoslanishi.   O‘zbek
tilshunosligida ko‘makchili qurilmalarning ayrim pragmatik ma’nolari borasida bir necha
maqola   e’lon   qilingan,   maxsus   monografik   tadqiqot   yaratilgan.   Bu   tadqiqotlarning
yuzaga   kelishiga   sabab   ko‘makchilarning   nutqiy   vaziyatda   turli-tuman   pragmatik vazifalarni   bajarishidir.   Ko‘makchilar   o‘zlari   ishtirok   etgan   sodda   gaplar   semantik
tuzilishni   murakkablashtiradi   va   pragmatik   mo‘ljallarga   ishora   qiladi.   U.Rahimov   ham
ko‘makchilarni   pragmatik   maqsadga   yo‘l   ochuvchi   lingvistik   vositalar   qatorida   beradi:
“Yordamchi   so‘zlar   ichida   yuklama   va   ko‘makchilar   pragmatik   botiniy   ma’no
ifodalashda   eng   sermahsul   vositalardan   hisoblanadi.   Chunki   yuklama   va   ko‘makchilar
nutqning   mazmun   va   formal   jihatdan   shakllanishida   juda   muhim   vazifalar   bajaradi.
Shuning uchun gapning semantik strukturasida o‘zi sintaktik bog‘lanib kelgan so‘z bilan
birgalikda alohida pragmatik botiniy ma’no anglatib implitsit pragmatik botiniy ma’noga
vosita bo‘la oladi.” 9
O‘zbek   tilshunosligida   ko‘makchilarning   pragmatik   xususiyatlari,   ularning   gap
tarkibida   tagma’no   va   maqsadlarga   ishora   qilishi   masalasi   Z.Burxonov   tomonidan
maxsus   o‘rganilgan,   u   ko‘makchilarning   pragmatik   vazifalarini   ular   bilan   bir   umumiy
sistemani hosil qiluvchi vazifadosh kelishiklar bilan qiyoslagan. Z.Burxonov tadqiqotida
ko‘makchilar va ularga vazifadosh kelishiklar ishtirok etgan sodda gaplarning mazmuniy
murakkablashuvi   qonuniyatlari   ochib   berilgan.   Ko‘makchilar   va   ularga   vazifadosh
kelishiklarning   pragmatik   xususiyatlarini   tekshirish   asosida   ular   ishtirokida   tuzilgan
gaplarda   yashirin   ifodalanuvchi   propozitsiyalar   aniqlanib,   nutqda   amal   qilishining
substansial sabablari ko‘rsatilgan. 
Ko‘makchi   ishora   qiladigan   pragmatik   ifodalanadigan   tagma’no   –   uning   yashirin
ifoda   xususiyatidir.   Ya’ni   u   o‘zi   ishtirok   etgan   gap   strukturasida   grammatik   ma’nosiga
bog‘liq holda pragmatik tagma’noni shakllantiradi. Bu o‘rinda pragmatik tagma’noga oid
mazmunni   uning   qaysi   kelishikdagi   so‘zga   birikishi   emas,   balki   ko‘makchili
konstruksiya,   yana   ham   aniqroq   qilib   aytadigan   bo‘lsak,   ko‘makchining   o‘zi   yuzaga
keltiradi. Shu nuqtayi nazardan, ko‘makchining gap semantik strukturasidagi implitsit va
eksplitsit axborot ifodalashi xususida yoki soddaroq qilib aytganda, aynan ko‘makchilar
pragmatik   botiniy   ma’nosi   sifatida   baholash   joiz.   Ko‘makchili   qurilmalar   anglatadigan
pragmatik botiniy ma’no sintaktik strukturada namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, ko‘plab ilmiy
adabiyotlarda,   darsliklarda   ko‘makchilar   morfologik   talabga   ko‘ra   ikkiga:   sof   va
vazifadosh   ko‘makchilarga   ajratilgan   holda   o‘rganilib   kelinmoqda.   Ammo   bu   bo‘linish
9
Раҳимов У. Ўзбек тилида юкламалар пресуппозицияси: Филол.ф.н...дисс., Самарқанд, 1994. pragmatik   botiniy   ma’no   hodisasini   aniqlashda   hech   qanday   ahamiyat   kasb   etmaydi.
E’tibor qaratadigan bo‘lsak, Z.Burxonov ham bir nechta sof ko‘makchilarning pragmatik
tagma’noga oid holatini tahlil qilish bilan birga  pragmatik botiniy ma’no ifodalashda faol
bo‘lgan   (ba’zi   sof   ko‘makchilardan   ham)   ko‘ra,   tortib,   qarab,   qaraganda,   boshlab,
o‘rniga, o‘rnida, keyin, avval, ilgari, oldin, burun   kabi vazifadosh ko‘makchilarni tahlil
doirasiga tortgan.     
Tilimizda   pragmatik   botiniy   ma’noga   ishora   qilib,   gapda   pragmatik   vazifa
bajaruvchilar sifatida Z.Burxonov quyidagi ko‘makchilarni ko‘rsatgan:  bilan, uchun, kabi
(singari,   yanglig‘,   o‘xshab),   orqali,   sababli   (tufayli),   boshqa   (tashqari,   o‘zga,   bo‘lak),
qadar   dovur,   misli   (misoli,   misol),   o‘rniga,   o‘rnida,   qarshi,   binoan,   yarasha,   muvofiq,
bo‘yicha   (bo‘yincha),   asosan,   nari   (nariga),   keyin   (so‘ng),   avval   (ilgari,   oldin,   burun),
beri   (buyon),   qarab,   qaraganda,   boshlab,   ko‘ra,   nisbatan,   tortib. 10
  U   mazkur
ko‘makchilarning   o‘zi   birikib   kelgan   uzv   bilan   birgalikda   pragmatik   botiniy   ma’no
shakllantirishini   keng   aspektda   tahlil   qilgan.   Tadqiqotchi   ko‘makchili   qurilmalar
qatnashgan gaplarning qurilish qolipini ifodalashda R.Sayfullayeva va M.Abuzalovaning
qarashlariga tayangan.   
Umuman,   bu   boradagi   tadqiqotlarni   kuzatishlarimizga   tayangan   holda   ayta
olamizki, ko‘makchilar turli mazmundagi pragmatik botiniy ma’nolarni shakllantirishiga
ko‘ra ikkiga ajraladi: 
1. Pragmatik botiniy ma’no ifodalashda faol bo‘lgan ko‘makchilar
2. Pragmatik botiniy ma’no ifodalashda passiv bo‘lgan ko‘makchilar. 
Z.Burxonov tahlil doirasiga tortgan barcha ko‘makchilar ( qadar, qarab  ko‘makchilaridan
tashqari)   faol   pragmatik   botiniy   ma’no   ifodalovchi   ko‘makchilar   sanaladi.   Demak,
pragmatik   botiniy   ma’no   ifodalashda   ko‘makchi   sof   bo‘ladimi,   vazifadosh   bo‘ladimi,
uning   ahamiyati   yo‘q.   Muhimi,   o‘zi   qatnashgan   gap   semantik   strukturasini
murakkablashtirib,   turli   mazmundagi   pragmatik   botiniy   ma’noni   yuzaga   keltirishi
inobatga   olinadi.   Ko‘makchilar   o‘zlari   ishtirok   etgan   gapni   semantik   jihatdan
murakkablashtirib,   o‘zi   ifodalayotgan   grammatik   ma’no   asosida   hokim   uzv
10
  Бурхонов З. Ўзбек тилида кўмакчилар ва уларга вазифадош келишиклар прагматикаси: Филол.ф.н...дисс.
Тошкент, 2008. – Б 10. semantikasiga   daxldor   pragmatik   botiniy   ma’noga   ishora   qiladi.   Shuning   uchun
ko‘makchilarni   pragmatik   botiniy   ma’no   signalizatori   sifatida,   uni   yuzaga   keltiruvchi
ishora   vositasi   sifatida   baholaymiz.   Ko‘makchilar   nutqiy   vaziyat   va   matn   bilan   bog‘liq
holda   turli   pragmatik   xususiyatlarini   namoyon   qilib,   gapning   semantik   strukturasidan
anglashiluvchi yashirin hukmni yuzaga chiqaruvchi vosita hisoblanadi .  
Bog‘lovchilar   nutqiy   qo‘llanishining   umumiy   masalalari .   O‘zbek   tilida
vositalarning   ko‘pligi   va   rivojlanganligi   nutqda   qo‘llanishning   chegaralanishi   va
ixtisoslashishga   imkoniyat   beradi.Vositalarning   tarixiy   yodgorliklarda   ishlatilishi
masalasi   ham   fanimizda,   asosan,   grammatik   tavsiflarda   o‘rganilayotgan   davrda
vositalarning   turlari   va   asosiy   vazifalarini   ko‘rsatish   bilan   chegaralanadi,   stilistik-
pragmatik   vazifalar   tavsifi   maxsus   qo‘yilmaydi.Jumladan,   “Hozirgi   zamon   o‘zbek   tili”
darsligida   -da   yuklamasi   vosita   sifatida   izohlangan.   Shuningdek,   fanimizda   ko‘p
yillardan beri na… na… yordamchisi goh vositalar turkumida, goh yuklamalar turkumida
o‘rganib kelinmoqda.  Savol tug‘iladi: biror vosita bir vaqtning o‘zida ikki so‘z turkumiga
tegishli   bo‘lishi   mumkinmi?   Bunday   baholash   o‘sha   so‘zlar   substansial   mohiyati
ochilmaganligidan   dalolat   beradi.   Keyingi   yillarda   na...na...   yordamchisining   yuklama
ekanligi tilshunosligimizda o‘z isbotini topdi. Bu  kabi yuklamalar ikkilamchi (yondosh)
vazifa   asosida   ba’zan   vositaga   ko‘chib,   unga   xos   vazifani   bajara   oladi,   lekin   ba’zan
ikkilamchi   vazifasi   birlamchi   vazifasiga   qaraganda   faollashib   ketishiga   qaramay,   uni
boshqa   turkumga   ko‘chganligi   yoki   omonimik   holat   yuzaga   kelganligi   haqida   xulosa
chiqarishga asos  bo‘lolmaydi. Bunday holatlar  ma’lum turkum so‘zlarning konversiyasi
doirasida baholanishi zarur.
Bog‘lovchilar   substansial   qiymatining   pragmatik   xoslanishi .   Biriktiruvchi
vositalar gapning uyushiq bo‘laklarini, qo‘shma gap tarkibidagi ayrim sodda gaplarni bir-
biri bilan munosabatga kiritish jarayonida o‘z substansial xususiyatlarini namoyish etadi.
Garchi   ular   bir   umumiy   ma’no   doirasida   birlashsalar-da,   alohida   pragmatik   xoslangan
ma’no nozikliklarini anglatishiga ko‘ra o‘zaro farqlanadilar. 
O‘zbek   adabiy   tilida   biriktiruvchi   vositalardan   eng   faol   qo‘llanadigani   va
vositasidir.   O‘TILda   va   vositasi   “teng   huquqli   gap   bo‘laklari   va   gaplarni   bog‘lash” substansial   qiymatiga   egaligi   aytilgan. 11
  Ushbu   vositaga   matnda   ko‘pgina   yordamchi
vositalar,   jumladan   hamda   vositasi ,   bilan   ko‘makchisi   va   -u(-yu),-da,   ham   yuklamalari
pragmatik qiymatdosh bo‘lib kela oladi. Garchi nutqda ularning biri ikkinchisi bilan o‘rin
almashishi   mumkin   bo‘lsa-da,   ular   substansial pragmatik   xossalari   jihatidan   farqlanadi:˗
- Kutilmagan   paytda   deraza   sharaqlab   ochilib   ketdi-yu   naq   dasturxon   o‘rtasiga   quchoq
sig‘mas qamg‘oq shiftdan tushganday kelib tushdi.(Sh.Bo‘tayev).
Va ,   -u/-yu   vositalarining   substansial   umumiyligi   va   pragmatik   o‘ziga   xosligi.
Gaplarni o‘zaro bog‘lashda ular bir xil grammatik vazifani bajarishi mumkin, ammo ular
bog‘lagan birliklar o‘rtasidagi uzviylikda farq bo‘ladi. Masalan:   Ahmad keldi  va ketdi –
Ahmad   keldiyu   ketdi   gaplarini   solishtirib   ko‘raylik.   Birinchi   holatda   harakatlararo
tenglikdan   tashqari,   ularning   bajarilishi   vaqt   nuqtayi   nazaridan   chegaralanmagan,
aytaylik,   kecha   kelib,   bugun   ketgan   bo‘lishi   mumkin.   Harakatning   bajarilishi   haqidagi
axborot ham betaraflik xarakterida – Ahmadning kelganligi haqida shunchaki ma’lumot
berilmoqda,   xolos.   Ikkinchi   holatda   ham   harakatlar   o‘rtasidagi   tenglikni   inkor   etib
bo‘lmaydi,   ammo   ularning   bajarilishi   vaqt   nuqtayi   nazaridan   chegaralangan   –   harakat
qisqa   muddatda   bajarilgan,   tezlikda   kelib,   tezlikda   ketilgan.   Bu   harakatning   xususiyati
sifatida   ularning   subs t ansial   farqlarini   anglatadi.   Bu   farq   pragmatik   vaziyat   talabi   bilan
o‘ziga   xoslik   kasb   etadi.     Shu   bilan   birga   keldiyu   ketdi   da   nutq   muallifining   subyektiv
munosabati   ham   mavjud,   ya’ni   so‘zlovchi   Ahmadning   harakatiga   befarq   emas,   uning
bajarilishini   aniq   ifodalashga   intilish   bor.   Binobarin,   va,   bilan,   –u/   -yu   substansial
mushtarakligi muayyan stilistik noziklik va farqlarga ega.
va↔ -u/-yu  substansial mohiyatining uyg‘unligida   va  ning kitobiy,  -u/-yu  ning esa
so‘zlashuv  uslubida  faolligini   ham   qayd etib  o‘tish  zarur. Shuning bilan  birga,   -u/-yu da
ma’lum darajada yuklamalik pragmatik xususiyati  mavjudligini  va shu asosda  -da -u/-yu
yuklamalariga   birmuncha   yaqinlashishni   ham   eslatib   o‘tish   joiz:   Keyin   Xudoning
yo‘rig‘i-da ,sunbulami boshqa oymi  xoxlagan paytida to‘alonini yuboradi  deb dillariga
taskin berishdi.
11
Ўзбек тилининг изоҳли луғати, I жилд. – Тошкент: ЎзМЭ, 2006. -Б.430.   Tilimizda   va   bilan   –da   substansial   mushtarakligi   ham   xos   bo‘lib,   bunda   va
vositasida to‘xtam, ta’kid bo‘yog‘i, ikkinchi holatda esa, harakat uzluksizligi, bajarilgan
harakatning   oniyligiga   ishora   mavjud:   Bor-e,   menga   nima,   dedim-da,   chappa   burilib
yotib oldim   (T.Murod) -   Bor-e, menga nima, dedim va chappa burilib yotib oldim   kabi.
Bu   yordamchi   vositalar   o‘rtasidagi   substansial   uyg‘unlikni   hamisha   ham   ma’qullab
bo‘lmaydi,   ayrim   hollarda   esa   u   nazmiy   talablar   bilan   ham   bog‘liq   bo‘ladi:   Bag‘rimga
nuringni to‘yib bosmasdan / Mag‘ribda qizarding va bo‘lding ado  (U.Azim) -  Mag‘ribda
qizarding-da,   bo‘lding   ado   qiyosi   uslubiy-pragmatik   jihatdan   to‘g‘ri   kelmaydi.   Garchi
har ikki misra 11 bo‘g‘indan iborat bo‘lsa-da, ikkinchi holatda turoqlar tartibi o‘zgarib,
birinchi   misra   6+5   bo‘lgani   holda,   ikkinchi   misra   esa   7+4   shakliga   tushib   qoladi,
binobarin, she’riyatning asosiy talabi bo‘lgan ohangdorlikka putur yetadi.
Shuningdek,  va  nutqda vositalashgan  bilan  ko‘makchisi bilan pragmatik xoslangan
substansial  mushtaraklik munosabatida bo‘lishi mumkin:   Hamon oftob charaqlab turar,
chakalakzor tutun va olovga burkangan edi  (O‘.Hoshimov) - tutun bilan olovga kabi.  Har
ikki gapning mazmuni bir xil, ammo ifodada pragmatik farqlar mavjud. Birinchi holatda
sanash bo‘yog‘i, ikkinchi holatda sanash   bilan birga ta’kidlash bo‘yog‘i ustunlik qiladi.
Shu ma’noda ular bir xil pragmatik qiymatga ega bo‘lolmaydi.
Ham   yuklamasi   ham   vositaga   ko‘chganda   va   bilan   o‘rin   almashishi   mumkin:
Ahmad   keldi   va   ketdi   -   Ahmad   keldi   ham   ketdi.   Har   ikki   gapda   bir   xil   mazmun
anglashilayotganini   e’tirof   etgan   holda,   ikkinchi   holatdagi   qo‘llanishni     pragmatik
jihatdan ma’qul deb bo‘lmaydi. Shuning uchun ham gapni   Ahmad keldi ham, ketdi ham
deb   qo‘llash   mumkin   bo‘lgani   holda   o‘zbek   nutqida   Ahmad   keldi   ham   ketdi   tarzida
deyarli qo‘llanilmaydi.
Hamda   kitobiy   xarakterda   bo‘lib,   rasmiy,   ilmiy,   publitsistik   uslublarda   faol
qo‘llaniladi.   So‘zlashuv   uslubida   esa   bunday   emas.   U   uyushgan   bo‘laklarning   oxirgi
qismida kelganda bo‘laklararo tenglikni ko‘rsatish bilan birga, oxirgi bo‘lakni ajratadi va
ta’kidlaydi.Mana   shu   jihatlari   bilan   o‘ziga   qiymatdosh   bo‘lgan   boshqa   yordamchi
vositalardan farqlanadi. Zidlov vositalari matnda turli-tuman uslubiy va pragmatik xususiyatlarini namoyon
etadi. Masalan,  ammo,  biroq  vositalari  nisbatan   kitobiy,  lekin esa   uslubiy  va pragmatik
betaraf, neytral. Bundan tashqari, ammo yordamchisi bir ma’nosida vosita bo‘lib, lekin,
biroq   vositalariga   qiymatdosh   bo‘lsa,   ikkinchi   ma’nosida   yuklamadir. 12
  Darhaqiqat,
ammo ning asosiy substansial qiymatdoshlari lekin va biroq vositalaridir: Jahllari yomon
edi...   Ammo   “u   yoq”dagi   gaplarni   hech   gapirmasdilar!   (O‘.Hoshimov)     -   Lekin   “u
yoq”dagi gaplarni hech gapirmasdilar! Biroq “u yoq”dagi gaplarni hech gapirmasdilar!
Qiyoslanayotgan   vositalar   stilistik   jihatdan   bir   doirada   –   kitobiylik   ruhida   bo‘lganligi
bois, ular ma’no nozikliklaridagi farqlar deyarli sezilmaydi. Shuningdek, ammo, lekin va
-ku   substansial   uyg‘unlikdan   tashqari   ularning   yonma-yon   kelish   holatlari   ham
uchraydi.Buning ostida zidlanishning  meyordan baland darajada ekanligini ta’kidlashdek
pragmatik mazmunni ifodalash maqsadi yotadi.
Zidlov   vositalar   ba’zan   gapning   boshida   keladi:   Pastak   non   do‘konining
derazasida   chiroq   bor.   Qizg‘ish   nur   tushib   turibdi.   Ammo   non   mashinasi   ko‘rinmaydi
(O‘.Hoshimov).   Imlo   nuqtayi   nazardan   bu   holatni   ijobiy   baholab   bo‘lmaydi.
Sh.Rahmatullayev   buning   sababini   qo‘shma   gap   shakllarning   birinchi   qismi   tugal
to‘xtam  bilan aytilishida, deb izohlaydi. 13
  Vositaning bu tarzda qo‘llanishida prozaik va
uslubiy   matnlar   o‘zaro   farqlanishi   ma’lum   bo‘ladi.   Boshqacha   aytganda,   poeziyada   bu
kabi   holatlarni   tez-tez   uchratish   mumkin:   Dunyo   degan   shundayin   anglab   bo‘lmas   sir
ekan / Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan… (A.Oripov).   Ammo   va  lekin  qo‘llanilgan
matnda   ba’zan     qo‘shma   gap   qismlarini   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   zidlamasdan,   fikrni   ravon
ifodalash   uchun   ham   xizmat   qilishi   mumkin.   Bunday   holda   zidlash,   qarama-qarshi
qo‘yish   ma’nolari   kuchsizlanadi   va   ifodada   oniy   pauza   vujudga   keladi,   oldingi   fikrga
qisqacha   yakun   yasaladi   va   navbatdagi   fikr   beriladi.   Bunday   ifoda   uslubiy-pragmatik
jihatdan   ham   maqsadga   muvofiqdir   va   u   ham   fikrni   ravon   ifodalashning   bir   usulidir.
Urush odamning diydasini qotirib yuboradi deyishadi. Bo‘lsa bordir. Ammo kelib-kelib,
farishtadek beozor yigitning o‘lishi.. . (O‘.Hoshimov)
12
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. I жилд. -Б.79.
13
Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o’zbek tili – T.: Universitet, 2006. - В .397. Biroq   ning gap boshida kelishi ko‘p uchraydi va pragmatik xoslangan ma’no kasb
etadi, ya’ni birinchi gapdagi ma’noni chuqur anglash va his qilish uchun nuqta qo‘yilib,
o‘quvchining   diqqati   jalb   qilinadi.   Keyin   uning   hukmiga   ikkinchi   gapning   mazmuni
havola   qilinib,   gaplar   zidlov   vositasi   orqali   bog‘lanadi.   O‘quvchi   gaplardagi   mazmunni
umumlashtirish   orqali   ularning   qarama-qarshi   mazmunini   ongida   sintezlaydi   va   shu
jarayonda   zidlov   vositasining   vazifasi   boshqa   holatlaridan   (asosan   gap   ichida   kelgan
holatlardan) yiriklashgani seziladi. Aslida birinchi gap oxirida nuqta yoki vergul qo‘yish,
ikkinchi gapning bosh harf yoki kichik harf bilan boshlanishi ifoda mohiyatini va   biroq
ning pragmatik qiymatini o‘zgartirmaydi:  To‘g‘ri, bobosi - eshon, ya’ni dushman, otasi -
yapon   razvedkasi   agenti,   u   ham   dushman.   Biroq,   Qurbonoy   dushman   emas.   Unsur
bo‘lsayam ongsiz, tasodifiy unsur.  ( O‘.Hoshimov ).  Biroq  yordamida yuzaga chiqayotgan
zidlanish bo‘yog‘i har ikki holatda ham anglashilaveradi. Zidlovchi vositalar doirasidagi
ammo,   lekin,   biroq,   -u/-yu,   -ku   singari   vositalar   bir   substansial   qiymatdoshik   uyasiga
birlashadi. Bu uyaga   shunga qaramasdan   birikmasini  ham kiritish mumkin. Substansial
qiymatdoshik   munosabatga   kirishish   jarayonida   ular   ikki   qutbga   –   kitobiy   va   jonli   til
uslublariga   ajraladi.   Ammo,   lekin,   biroq,   shunga   qaramasdan   kabilar   qutbning   birinchi
qismidan, -u/-yu, -ku esa ikkinchi qismidan joy oladi. Nutqda bu semantik yaqinliklarga
tayanilgan   o‘zaro   almashinib   qo‘llanishlarda   yana   boshqa   stilistik   xususiyatlar   ham
namoyon bo‘ladi.
Balki  vositasi gapda ikki vazifada – vositalik va kirish (modal) so‘z bo‘lib keladi. 14
Ayrim manbalarda   balki   funksional vositasining balki modal so‘zidan farqlash lozimligi
uqtirilgan. 15
U zidlov vositalari bilan bir guruhda qarab kelinayotgan bo‘lsa-da, semantik-
pragmatik   jihatdan   ammo,   lekin,   biroq   vositalaridan   farq   qiladi,   ular   bilan   erkin
substansial   qiymatdoshik   munosabatga   kirisha   olmaydi.   Bu   yordamchi   so‘zning
grammatik   tabiatini   A.Hojiyev   quyidagicha   ifodalagan:   “Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida
balki   so‘zi   gumon   mazmunli   gaplarda,   shuningdek,   zid   mazmunli   komponentlarga   ega
gaplarda   ana   shu   ma’nolarni   (gumon,   qarama-qarshilik   ma’nolarini)   ta’kidlash   uchun
qo‘llanadi va ta’kid yuklamasi hisoblanadi. Zid mazmunli gaplardagi   balki   so‘zini ba’zi
14
Ўзбек   тилининг   изоҳли   луғати . I  жилд . - Б .149. 
15
Турсунов У .  в а   бошқ .  Кўрсатилган асар - Б .110. hollarda   tushirib   qoldirish   mumkin   bo‘lmasa-da,   lekin   shunda   ham   u   sof   vosita
bo‘lmaydi,  balki  vosita funksiyasini ham bajarayotgan yuklama hisoblanadi”. 16
 Olimning
ushbu   mulohazasi   ayrim   yuklamalarning   bog‘lovchi   vosita   vazifasini   bajarishi
mumkinligi,   birining   vazifasini   ikkinchisi   bajara   olish   xususiyati   barcha   yordamchi
so‘zlarga   xos   ekanligi   to‘g‘risidagi   qarashlarning   davomi   bo‘lish   bilan   birga,   balki
so‘zining ham vosita vazifasini bajaruvchilardan biri ekanligini ta’kidlaydi. Chunki  balki
bog‘lovchi   vazifasini   bajarib   kelgan   sintaktik   butunliklarda   bog‘lashdan   tashqari,
ta’kidlash bo‘yog‘i ham, subyektiv baho munosabati ham sezilib turadi. 
Bog‘lovchilar  tahlil  asosida  biz yana shunday xulosaga kela olamizki, bu tizimda
o‘zgarishlar   tilimizning   boshqa   tizimchalaridan   ko‘ra     ancha   yorqin   va   keskin   va   bu
turkiy tillar sintaksisida qo‘shma gaplarning o‘ziga xos taraqqiyot  xususiyati bilan uzviy
bog‘langan va bu tizim faol taraqqiyotda ekanligidan dalolat beradi. Bu tizim tarkibidan
mustaqil   so‘zlarning   grammatizatsiyasi   asosida     yangi-yangi   birliklarning   o‘rin   olishi
buning   yorqin   dalilidir.   Shuning   uchun   ma’lum   davrdan   keyin   tilimizda   va   nutqimizda
vosita   vositalarning   moddiy   ko‘rinish   va   turlarini,   funksional-stilistik   qiymati   va
pragmatik   ahamiyatini   o‘rganishga   qaytish   yangi-yangi   ilmiy   natijalarni,   o‘tgan   qisqa
davr   ichida   tilimizda   bu   sohada   yuz   bergan   o‘zgarishlarni   aniq   tavsiflash   imkoniyatini
beradi. Darhaqiqat, vositalar tizimi tilimizda tez rivojlanib borayotgan bo‘g‘indir. O‘zbek
tilida   vositalarning   mushtarakligi   va   farqlanishi   masalasining   tadqiqi   o‘zbek   tilida   bu
jarayon grammatik kategoriya va shakllarda sintaktik va semantik tomonlarning dialektik
birligi   umumiy   taraqqiyot   qonuni   -   sintaktik   umumiylik   (o‘xshashlik)ning   semantik
farqlanish,  semantik  umumiylikning (o‘xshashlikning)  sintaktik  farqlanishga   intilishi  va
ixtisoslashishi   asosida   bormoqda.   Vositalar   tizimida   semantik   tomon   nafaqat   o‘ta
umumiy   tabiatli   (chunonchi   sabab,   maqsad,   zamon,   makon,   shart,   munosabat,   uzluksiz
birin-ketinlik,   uzilgan   birin-ketinlik,   oniylik,   o‘qilgan-o‘qilmaganlik,   kutilgan-
kutilmaganlik…v.h.)   ma’lum   bir   informativ   ma’noni,   balki   uslubiy,   sohaviy   va
pragmatik   qiymatni   ham   o‘z   ichiga   oladi.   Tilimizda   mushtaraklik   asosida   vosita
vositalarning ixtisoslashishi ham, asosan, shu semantik tomon doirasida yuz bermoqda .
16
ҲожиевА .  Ҳозирги   ўзбек   адабий   тили   боғловчилари   ҳақида   мулоҳазалар . –Б.53  Yuklamalar nutqiy qo‘llanishining umumiy masalalari.   Yordamchi  so‘zlarning
umumiy   funksional   belgisi   “bog‘lash”dir.   Shu   belgi   asosida   ko‘makchi,   bog‘lovchi,
yuklamalar   so‘z   va   gaplarni   bir-biriga   bog‘lash   uchun   xizmat     qiladi.   Ammo   bu   vazifa
bog‘lovchi va ko‘makchilar uchun o‘zgarmas, barqaror sanaladi. Yuklamalarning o‘ziga
xos   xususiyati   shundaki,   ular   so‘z   yoki   gaplarga   so‘roq,   ta’kid,   kuchaytiruv,   ayirish-
chegaralash,   o‘xshatish   kabi   qo‘shimcha   ma’nolarni   beradi   va   funksional   “bog‘lash”
belgisiga nisbatan beqaror, o‘zgaruvchan sanaladi, ya’ni “bog‘lash” belgisi bo‘lishi ham,
bo‘lmasligi ham mumkin. Chunonchi,   na-na   yordamchisi teng bog‘lovchilarning bir turi
sifatida inkor bog‘lovchisi sanalib kelgan. Ba’zan uni inkor bog‘lovchisi deb atash bilan
birga,   yuklamalik   xususiyatiga   ham   egaligi   ko‘rsatiladi.   Haqiqatan   ham,   bu   yordamchi
ham  bog‘lovchilik, ham   yuklamalik vazifasini  bajaradi.  Bog‘lovchi  vazifasida  kelganda
ayrim teng huquqli bo‘lak (komponent)larga inkor ma’nosini berib, ularni bog‘laydi :   Na
so‘zlarida ma’no bor, na ishlarida hayo.  (Oybek). Bu yordamchi so‘z yuklama vazifasini
bajarib,   mazmunidan   inkor   anglashilgan   gaplar   tarkibida   keladi   va   inkor   ma’nosini
ko‘rsatadi:  Raisning erkatoy o‘g‘li na o‘qiydi, na biror joyda ishlaydi. 17
Zafaron   yuzlarida
qotib   qolgan   allaqanday   mash ’ umifodalar   na   o ‘ liknikiga   , na   tiriknikiga   o ‘ xshardi .
( Sh . Bo ‘ tayev )
Go‘yo   so‘zi   o‘xshatish   yoki   chog‘ishtirish   mazmunli   sodda   va     qo‘shma   gaplar
tarkibida   ishtirok   etadi.   Sodda   gaplardagi   vazifasiga   ko‘ra   ko‘proq   yuklamalarga   yaqin
turadi :   Tursunoy   go‘yo   qalbi   bilan   ashulaga   jo‘r   bo‘lar   edi.   (A.Muxtor.)   Kampirning
yuzida   go‘yo   kulgiga   o‘xshagan   bir   narsa   aks   etdi.   (A.Qahhor.)   Go‘yo   yordamchisi
qo‘shma gaplarda sodda gap qismlarini biriktiruvchi grammatik vositalarning biri sifatida
xizmat   qiladi,   ya’ni   qo‘shma   gapdagi   vazifasiga   ko‘ra   sodda   gapdagi   vazifasidan   farqli
o‘laroq,   u   faqat   yuklamagina   emas,   balki     bog‘lovchi-yuklama   sanaladi:   Ertaga   nikoh
bo‘ladi, go‘yo men uning xotini . (Oybek.)   Shunday baqirdiki, go‘yo butun xona larzaga
kelgandek bo‘ldi.  (A.Qahhor.)   Aytdimi, qiladi, Qo‘ydi-da, chiqdi  gaplarida ham   –mi, -da
qo‘shimchasimon   yuklamalarning   bog‘lovchilik   xususiyatini   kuzatish   mumkin.   Demak,
17
Sayfullayeva R., Mengliyev B., Qurbonova M. va boshq. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.   Toshkent: F˗ an va 
texnologiya , 2009.   B.310.	
˗ yuklamalarning   qo‘shma   gap   tarkibiy   qismlarini   o‘zaro   bog‘lash   vazifasi   keng
uchraydigan hodisa ekan va bu tilshunosligimizda ma’lum darajada o‘rganilgan. 18
Ko‘pgina   yordamchi   so‘zlarning   qo‘shimchasimon   ko‘rinishlari   ham   mavjud,   bu
yuklamalarga   ham   xos:   ham,   -am   /-yam;   uchun,   -chun;   -u,   -yu;   bilan,   -ila,   -la   shular
jumlasidandir. Yuklamalar shakliy jihatdan uch xil ko‘rinishga ega: 
1. Qo‘shimchasimon yuklamalar:  -mi, -chi, -a, -ya… . 
2. Sof  yuklamalar:  xuddi, faqat, axir …. 
3. Nisbiy yuklamalar:  yolg‘iz, ba’zan, tanho, bir… . 
Yuklamalar vazifaviy jihatdan quyidagi ma’no turlariga bo‘linadi:
So‘roq yuklamalari: -mi, -chi, -a, -ya, nahotki.  Bu yuklamalar turli so‘z turkumlariga
qo‘shilib,   so‘roq   ma’nosini   bildiradi.   Ba’zan   so‘roq   ma’nosidan   tashqari   taajjublanish,
hayratlanish ma’nolarini ham ifodalaydi. 
-mi   affiks   yuklamasi   o‘zidan   oldingi   so‘zga     qo‘shib   yoziladi,   -chi,   -a,   -ya
yuklamalari esa o‘zidan oldingi  so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: 1.   Kiyganingiz
ipakmidi,   kimxobmidi,   Sevganingiz   bizlardan   ham   ortiqmidi?   2.   Opang-chi?   Sen-chi?
Men-a? Meni-ya? 2. Nahotki shu gaplarga ishongan bo‘lsangiz.  
Ayirish-chegaralash yuklamalari:  faqat, faqatgina, -gina (-kina,- qina).
Niso   achaning   yodida   Tapponni   qanday   asrab   qolganligigina   qoldi   ,xolos.
(Sh.Bo‘tayev)
Bu   yuklamalar   ayrim   narsa   va   hodisalarni   boshqalardan   ajratish,   harakatni
chegaralash   uchun     qo‘llaniladi.   -gina   affiks   yuklamasi   o‘zidan   oldingi   so‘zga     qo‘shib
yoziladi:   To‘yga   Sheraligina   kelmadi,   xolos.   O‘ktam   indamadi,   faqat   yuragida
to‘lqinlangan   mehr   bilan   onasiga   tikildi.   Faqat   yuklamasining   o‘rnida   yolg‘iz   so‘zini
ham     qo‘llash   mumkin.   Sifat   so‘z   turkumiga   oid   bu   so‘z   nisbiy   yuklama   hisoblanadi:
Sobir, yolg‘iz senga suyandim (Sobir, faqat senga suyandim). 
18
Sayfullayeva R., Mengliyev B., Qurbonova M. va boshq. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.   Toshkent: Fan va ˗
texnologiya, 2009.   B.311.	
˗ Ta’kid   yuklamalari:   -ku,   -da,   -u,   -yu.   Gapda   ifodalangan   biror   voqeani   ta’kidlash
uchun  qo‘llaniladi:  Sobir-ku keldi, Mahmud kelmadi-da!
Kuchaytiruv yuklamalari:  axir, hatto, hattoki, -oq (-yoq) . 
-oq,   (-yoq)   affiks   yuklamasi   o‘zidan   oldingi   so‘zga   qo‘shib   yoziladi.   Harakatning
birin-ketin   tezlik   bilan   davom   qilishini,   boshlanish   paytini,   ta’kidlashni   ko‘rsatadi:
Gullarni   ko‘riboq   ko‘ngli   yorishdi.   Axir,   hatto,   hattoki   yuklamalari   ham   fikrni   kuchli
ta’kidlash, avvalgi voqeani eslatishni ifodalaydi :  Axir do‘stimsan-ku!
O‘xshatish-qiyoslash yuklamalari:   xuddi, naq, go‘yo, go‘yoki. Bahorda bu bog‘lar
go‘yoki   kelindek   yasanadi.   (Chirildoqlarning   mayin   musiqasi   hamma   yoqni   to‘ldirgan,
go‘yo kechaning o‘zi kuylaydi  kabi gaplarda yuklama-bog‘lovchi vazifasini bajaradi.) 
Inkor yuklamasi:  na . Takror holda ishlatilib inkor ma’nosini ifodalaydi:
Na ko‘kning fonari o‘chmasdan , 
Na yulduz sayr etib ko‘chmasdan . (U.)
Yordamchi so‘zlar – ko‘makchi, bog‘lovchi va yuklamalar tilimizni, uning cheksiz
imkoniyatlarini   yana   ham   boyroq,   ifodalarimizni   yana   ham   aniqroq   va   go‘zalroq
qilishning vositalaridandir. 
Yuklamalar   substansial   qiymatining   uslubiy pragmatik   xoslanishi˗ .
Yuklamalar boshqa yordamchi so‘zlarga nisbatan pragmatik qiymatining yuqoriligi bilan
xarakterlanadi.   Xususan,   unda   shaxsiy   munosabatning   nutqiy   vaziyatdan   kelib   chiqqan
holda   ifodalanishi   pragmatik   xoslanishning   asosini   tashkil   qiladi.   Masalan ,   -   dir
yuklamasi quyidagi lisoniy  vositalarga qo‘shilganda gumon ma’nosini voqelantiradi va u
so‘zlashuv,   badiiy   uslubga   xosligi,   o‘z   lisoniy   imkoniyatlarini   voqelantirishi   uchun   ana
shunday pragmatik qulay vaziyat bo‘lishini taqozo qiladi. Bunda uslub turi, u aks ettirgan
nutqiy   vaziyat   pragmatik   muhitni   tashkil   qiladi.   Shu   bilan   birga,   so‘zlovchining   o‘zi
ifodalayotgan   voqelikka   munosabati   ham   ushbu   pragmatik   vaziyatga   hamkorlik   qiladi.
Ulardan ayrimlarini ko‘rib o‘tamiz: 
1) so‘roq olmoshlariga : kimdir, nimadir, qaysidir, qandaydir, qachondir, negadir,
qayeridir, qayoqqadir kabi;  2)  kesim vazifasida kelgan ot, sifat, son, olmosh, sifatdosh shakllariga : - Bilmadim,
qizidir (N.Aminov). E, u qarib ketgandir – o‘shandayoq sendan to‘rt-besh yosh katta edi
(E.A’zam); 
3)   bor, yo‘q modal so‘zlariga : - Kecha Shahnozaning oldiga borib keldik. Isitmasi
qirqdan tushmayapti. Sizning ham qizingiz bordir, axir! (O‘.Hoshimov); 
4)   emas   to‘liqsiz   fe’liga :   Fikr-qarashlari   ham   o‘shanga   moslanib   qolgani   uchun
faqatgina o‘zi aybdor emasdir, axir! (E.A’zam); 
5)   -dir   gumon   yuklamali   so‘roq   olmoshlari,   otlar   ko‘makchilar   bilan   yoki   har   xil
grammatik   (son,   daraja,   egalik,   kelishik   v.h.)   shakllarida   kelishi   mumkin.   Bunda
ko‘makchilar va grammatik ko‘rsatkichlari -dir yuklamasidan oldin keladi. Chunonchi : 
a)   bilan   ko‘makchili   bo‘lak :   Qomati   nimasi   bilandir   tarvuzga   o‘xshab   ketadigan
militsioner paydo bo‘ldi (O‘.Hoshimov); 
b)   uchun   ko‘makchili   bo‘lak :   Ne   uchundir   lovullar   ko‘zi,   /   Titroq   ichra   qoladi
o‘g‘lon (U.Azim); 
v)   qaratqich   kelishigi   -ning   bilan   shakllangan   bo‘lak :   ...   Shahnoza   kimningdir
muzdek kafti peshonasiga tekkanini sezib seskanib ko‘zini ochdi (O‘.Hoshimov); 
g)   tushum   kelishigi   -ni   bilan   shakllangan   bo‘lak ka :   Nimanidir   anglagandek
bo‘ldim (O‘.Hoshimov); 
d)   chiqish   kelishigi   -dan   bilan   shakllangan   bo‘lak :   Bu   makondagi   yagona
mehribonlari   Tolya   Vasyuk   qay   go‘rdandir   kavlashtirgan   eski   bir   asbobni   bilagiga
bog‘lab o‘lchab ko‘rilgan edi, qon bosimi o‘lar darajaga tushib ketibdi (E.A’zam); 
ye)   o‘rin-payt   kelishigi   -da   bilan   shakllangan   bo‘lak :   Shiftning   qayeridir   «qirs»
etdi, qayerdadir kaltakesak chirqilladi, Turobjonning qulog‘i jing‘illadi (A.Qahhor); 
j)  jo‘nalish kelishigi –ga bilan shakllangan bo‘lak : Aftidan, uning bu kabi kori badi
kimgadir kerak (E.A’zam);  z)   egalik   qo‘shimchalari   bilan   shakllangan   bo‘lak :   Nimasidir   hindiylarga   tortib
ketadigan,   sochlari   oq   aralash   qaddiraso   bir   kishi   ko‘zoynagini   yiltillatib   tepasida
jilmayib turibdi (E.A’zam); 
-dir   yuklamasi   gumon   ma’nosini   shakllantirishda   alla-   morfemasi   bilan   yaqin
pragmatik yaqinlikni yuzaga keltiradi. Masalan : 
1)  kimdir – allakim : - Tush! - dedi kimdir baqirib. - Tush bu yoqqa! (O‘.Hoshimov)
- Tush! - dedi allakim baqirib; 
2)   qandaydir – allaqanday :   Bu oqsoqol spekulyant emas, - dedi qandaydir asabiy
ohangda     (O‘.Hoshimov)     -   Bu   oqsoqol   spekulyant   emas,   -   dedi   allaqanday   asabiy
ohangda; 
3)   nimasinidir   –   allanimasini :   Qiziq,   nimasinidir   oyimga   o‘xshatdim...
(O‘.Hoshimov) - Qiziq, allanimasini oyimga o‘xshatdim... 
4)  nechundir – allanechun :  Nazira nechundir qizarib, yelka qisdi (O‘.Hoshimov) -
Nazira allanechun qizarib, yelka qisdi; 
5)   nimasi   bilandir   -   allanimasi   bilan:   “Chavandoz”   nimasi   bilandir   Don-Kixotga
o‘xshab   ketadi   (O‘.Hoshimov)   -   “Chavandoz”   allanimasi   bilan   Don-Kixotga   o‘xshab
ketadi; 
6)   nimalardir – allanimalar:   Chol nimalardir deb hazil qiladi, u bo‘lsa qiqir-qiqir
kuladi. (E.A’zam) - Chol allanimalar deb hazil qiladi. 
7)     nimasidir   –   allanimasi :   Ko‘zga   issiqdek,   rostdan   ham   nimasidir   tanish
(E.A’zam) - rostdan ham allanimasi tanish; 
8)   nechukdir   -   allanechuk :   Uning   xurragi   ham   nechukdir   adabiyroq   edi
(A.Qahhor) - Uning xurragi ham allanechuk adabiyroq edi; 
9)   qaysidir   –   allaqaysi :   Qaysidir   bayram   arafasida   Farhod   Ramazon   restoranda
o‘tadigan bir anjumanga taklif qilinadi (E.A’zam) - Allaqaysi bayram arafasida Farhod
Ramazon restoranda o‘tadigan bir anjumanga taklif qilinadi;  10)   qayoqqadir   –   allaqayoqqa :     –   Ko‘rmadim,   –   deb   qo‘ydi   Farhod   o‘ychanlik
bilan, – qayoqqadir ketgan ekan (E.A’zam) – allaqayoqqa ketgan ekan; 
11)   qayoqdandir   -   qayoqdandir :   Qayoqdandir   oyoq   ostidan   hamshaharu
hamkasblari   Igor   Semashenkov   chiqib   qoldi   (E.A’zam)   -   Allaqayoqdan   oyoq   ostidan
hamshaharu hamkasblari Igor Semashenkov chiqib qoldi; 
12)   qachonlardir – allaqachonlar : Fransuz avangardlari qachonlardir o‘tib ketgan
(T.Murod) - Fransuz avangardlari allaqachonlar o‘tib ketgan; 
13)   qayerlargadir   –   allaqayerlarga :   Xayollari   qayerlargadir   ketdi...   (T.Murod)   -
Xayollari allaqayerlarga ketdi... 
14)   nenidir   –   allaneni :   Bag‘ringga   olgin!   /   Lablaring   nenidir   shivirlar   shodon
(U.Azim) - Lablaring allaneni shivirlar shodon.  
Bulardan   tashqari,   -dir   yuklamasi   jumla   tarkibida   bir   so‘zini   ayrim   so‘roq
olmoshlari bilan birgalikda keltirish orqali yasalgan gumon ma’noli qurilmalar bilan ham
mushtaraklik hosil qiladi: Masalan:
1)   bir   nima   –   nimadir :     Tuproqqa   dum   tushib   yotgan   bolalar   bir   nimalarni
gaplashib   qiyqirib   kulishar,   har   kulganida   zavqlanib,   tovonini   urishtirib   qo‘yardi
( O‘.Hoshimov )   -   Tuproqqa   dum   tushib   yotgan   bolalar   nimalarnidir   gaplashib   qiyqirib
kulishar…; 
2) bir qancha – qanchadir :  Lekin uning bir qancha shartlari bo‘lib, bularning eng
birinchisi   Muhayyoga   sovchi   yuborilishi   ekan   ( A.Qahhor )   -   Lekin   uning   qanchadir
shartlari bo‘lib, bularning eng birinchisi Muhayyoga sovchi yuborilishi ekan; 
3)  bir nechta- nechtadir : Hayal o‘tmay bir nechta chiroq paydo bo‘ldi ( A.Qahhor ) -
Hayal o‘tmay nechtadir chiroq paydo bo‘ldi .
Umuman,   - dir   yuklamasi   gumon   ma’nosini   ifodalashda   yaxlitlik   hosil   qiladigan
alla- unsuri bilan hosil qilingan sintetik, [bir + so‘roq olmoshi = ….]   qolipining gumon
ma’noli   analitik   hosilalari   orasida   farq   shundaki,     alla-   tarkibli   substansial   birliklar
pragmatik   jihatdan   ko‘pincha   so‘zlashuv   nutqiga,   [bir   +   so‘roq   olmoshi   =   ….]   qolipli substansial   qolip   hosilalari   esa   badiiy   va     ilmiy   pragmatik   vaziyatiga   xosligi   bilan
xarakterlanadi. 
Mohiyatan   –   dir   kesimlik   qo‘shimchasi   bilan   shaklan   omonimlik,   mazmunan
antonimlik     hosil   qiluvchi   –dir   yuklamasi   esa   pragmatik   jihatdan   betarafdir.   Mana
shunday   bir-biriga   zid   munosabat   bu   qo‘shimchaning   nutqda   pragmatik   xoslanishini
keltirib   chiqaradi   va   pragmatik   umumiylikka   ega   bo‘lgan   bu   shakllarning   qo‘llanishiga
keng yo‘l ochadi. Shuning uchun bu yuklama, xususan, kesim mavqe y ida nisbatan kam
qo‘llaniladi. Bu uning lisoniy imkoniyatlari bilan bog‘liq ravishda yuz beradi.
Demak,   kim,   nima,   qaysi,   qanday,   qachon,   nega,   qayeri,   qayoqqa   kabi   so‘roq
olmoshlari, kesim vazifasida kelgan   ot, sifat, son, olmosh, sifatdosh shakllari, bor, yo‘q
modal so‘zlari, emas to‘liqsiz fe’li kabilar  dir yuklamasining leksik hamkorlari sanaladi˗ .
Boshqacha   aytganda,   ushbu   yuklamaning   lisoniy   imkoniyatlarini   namoyon   qilishda
mazkur   leksik   hodisalar   voqelantiruvchi   asosiy   lisoniy   “kuch”   hisoblanadi,   lekin
so‘zlashuv,   badiiy   va   ilmiy   pragmatik   vaziyatlari   nolisoniy   “quvvatlovchi”   sifatida
yuzaga chiqadi. 
O‘zbek tilshunosligida yaratilgan ilmiy adabiyotlarda na... na yordamchisi dastlab
inkor bog‘lovchisi sifatida izohlandi va ancha munozaralarga sabab bo‘ldi. Biroq keyingi
yillaridagi darsliklarda bu yordamchi inkor yuklamasi deb ko‘rsatila boshlandi. Bu bahs-
munozarali fikrlarga R.Rasulov tadqiqoti bilan bir hisobda chek qo‘yildi. Tadqiqotchi bu
yordamchi   birlikning   uyushgan   bo‘laklar   va   qo‘shma   gap   tarkibida   kelishini   atroflicha
tahlil   etib,   bunday   qo‘llanilishlarda   bog‘lash   vazifasini   maxsus   bog‘lovchi   vositalar
amalga   oshirishi,   na...   na   yordamchisi     esa   ta’kidli   inkorni   ifodalashga   xizmat   qilishini
yorqin   misollarda   ko‘rsatdi,   uning     ham….   ham     va   boshqa   yordamchi   vositalar   bilan
paradigmatik   aloqalarini   tavsifladi.   Keyinchalik   bu   fikrni   akademik   A.Hojiyev   ham
ma’qulladi. Nazarimizda, bu tadqiqotlardan keyin na... na yordamchisining yuklamaligini
inkor   qilishga   asos   qolmadi.   Faqat   shuni   ta’kidlash   kerakki,   bu   yordamchi   so‘zning
birlamchi substansial vazifasi   yuklamalik bo‘lsa, ikkilamchi vazifasi bog‘lashga xizmat
qilishidir. Inkor   ma’nosini   ifodalashiga   ko‘ra   na..,   na   yuklamasi   ayrim   grammatik   vositalar
bilan   ma’nodoshlikni   yuzaga   keltiradi.   Masalan:   yo‘q   so‘zi   bilan:   Bularda   na   kasbiga
mehr   bor,   na   e’tiqod!   (O‘.Hoshimov);   ham   ….ham…     yo‘q   bilan.   Chunonchi:   1.   Na
kechasi tinchlik bor, na kunduzi.  (O‘.Hoshimov). 2.  Kechasi ham, tinchlik   yo‘q, kunduzi
ham .
Mana   shu   ikki   gapning   o‘zi   bu   vositaning   tabiatan   inkor   yuklamasi   ekanligini
namoyon etadi – 1-gapda inkor ikkinchi gapdagidan ko‘ra kuchli, ta’kidli, «yuklamali»,
lekin:     3.   Na   kechasi   tinchlik   bor.   4.   Kechasi   ham,   tinchlik     yo‘q   kabi   gaplarni   o‘zaro
qiyoslasak   boshqa bir hodisaning guvohi bo‘lamiz. 4-gap   presuppozitiv ishora asosida
pragmatik   jihatdan   bu   gapdan   oldin   kunduzlari   tinchlik   bo‘lmaganligi   haqida   bahs
borganligiga   ishora   qiladi,   mustaqil   fikr   anglata   oladi.   3-gap   esa   mohiyatan
tugallanmagan.   Ham   juft,   ham   yakka   qo‘llanila   oladigan     ham   yuklamasidan   farqli
ravishda  na…na…  faqat juft qo‘llaniladi.
na...   na… inkor   yuklamasi   kesimning   bo‘lishsiz   shakli   bilan   ham   mushtaraklik
bo‘lganda   shu   bandda   keltirilgan   1-   va   2-gaplar   orasidagi   farq     voqelanadi.   Yuklamali
inkor   bo‘lishsiz   kesim   shaklli   inkordan   ko‘ra   kuchli,   ta’sirli   bo‘ladi,   yuklama   o‘z
yuklamaligini ko‘rsatadi: …so‘ngra murod hosil  bo‘lmay – na biror ma’nili gap eshitib,
na   bir   narsaga   erishib,   chayqala-chayqala   shaharga   qaytgan. (E.A’zam)     …so‘ngra
murod hosil bo‘lmay –   biror ma’nili gap eshitmay, hech   narsaga erishmay, chayqala-
chayqala shaharga qaytgan  kabi . 
S h e’riy diskursda ba’zan emotsional ta’sirchanlikni kuchaytirish uchun  na.., na ga
-da  yuklamasi qabatlantirilgan holda qo‘llaniladi. Masalan:   Na-da do‘zax olovi yamlar, /
Na-da   eshik   ochadi   behisht   (U.Azim).   Bunday   qo‘llanilishda   inkor   ma’nosi   yana   ham
kuchayadi.
Bundan xulosa qilish mumkinki, yuklamali inkor oddiy bo‘lishsiz shaklli inkordan
ko‘ra ancha kuchli va ta’kidlidir.
Na   yuklamasining   lisoniy   imkoniyatini   voqelantiruvchi   lisoniy   vosita   morfologik
omil,   ya’ni   bo‘lishlilik/tasdiq   shaklidir.   Zero,   na   shakli   ishtirok   etgan   qurilma,   albatta, bo‘lishli   shaklda   kelishi   shart.   Lekin   ba’zan   nutqda   bo‘lishsiz   shakl   bilan   keltirilib,
bo‘lishsizlikni kuchaytirish uchun qo‘llanilishi ham uchrab turadi:
Na xotin, na farzand ko‘rmagan,
                                                                                                               Xulosa
Har   bir   so‘z   turkumi   uchun   umumiy   bo‘lgan   sintaktik   va   semantik
tomonidagi   o‘xshashlik   asosida   nutqiy   muloqotda   hosil   bo‘ladigan   rang-barang
mushtarakliklarda   o‘zaro   almashinuvchi   (birliklar)   orasida   pragmatik   ma’no
asosida   ixtisoslashishga   intilish   juda   kuchli.   Dialektikaning   shakl   va   mazmun
mutanosibligining lisoniy tizimda voqelanishi  bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan bunday
intilish   til   uchun   umumiy   taraqqiyot   qonunlaridan   biri   bo‘lib,   uning   ta’siri,
xususan,   milliy   istiqloldan   keyin   o‘zbek   tili   davlat   tili   maqomini   olgach,   uning
qo‘llanilish   doirasining   keskin   kengayishi,   unda   xilma-xil   uslub   va   muloqot
turlarining shakllanishi va rivojlanishi bilan sezilarli bo‘ldi. Shuning uchun rasmiy
va   ilmiy   uslubning   oralig‘ida   turgan,   mohiyatan   milliy   istiqloldan   keyin
shakllangan   davlatchilik,   qonunchilik   sohalari   pragmatikasida   yordamchi
so‘zlarning   (ayniqsa,   ko‘makchi   va   bog‘lovchilarning)   va   yordamchi   so‘zli
qurilmalarning   ko‘plab   ixtisoslashishini   ko‘ramiz     -   soha   yangi   va   o‘ziga   mos
vositalarini   kundan-kunga   oshirib   bormoqda.   Shu   asosda   mushtaraklik
munosabatlarida   turgan   yordamchi   so‘zlar   orasida   pragmatik   qiymat     (jumladan,
uslubiy xoslanish)  asosida farqlanish yaqqol sezilib turgan va taraqqiyotga zamin
bo‘layotgan hodisalardan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Safarov Sh. Pragmalingvistika, - T., O’zME nashriyoti, 2008- yil, 70- bet .
2. Nurmonov   A,     Hakimov   M   .Lingvistik   pragmatikaning   nazariy   shakllanishi   //
O ‘ zbek tili va adabiyoti, 2001, 4-son, 55-bet 
3. Hakimov   M.   O’zbek   tilida   matnning   pragmatik   talqini:   filol.   fan.   doktori.   diss.
avtoref. Toshkent , 2001. 27- bet  
4. Бурхонов   З.   Ўзбек   тилида   кўмакчилар   ва   уларга   вазифадош   келишиклар
прагматикаси: Филол.ф.н...дисс. Тошкент, 2008. – Б 10.
5. Раҳимов   У.   Ўзбек   тилида   юкламалар   пресуппозицияси:   Филол.ф.н...дисс.,
Самарқанд, 1994
6. Ўзбек тилининг изоҳли луғати, I жилд. – Тошкент: ЎзМЭ, 2006. -Б.430.
7. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o’zbek tili – T.: Universitet, 2006. - В .397  
8. ҲожиевА .   Ҳозирги   ўзбек   адабий   тили   боғловчилари   ҳақида   мулоҳазалар.   –
Б.53 
9.   Sayfullayeva  R., Mengliyev  B., Qurbonova M.  va boshq. Hozirgi  o‘zbek  adabiy
tili.   Toshkent: F˗ an va texnologiya , 2009.   B.310.	˗
10. Yo‘ldosheva   S.Matnning   pragmasemantik   tadqiqi//Tilshunoslikdagi   zamonaviy
yo’nalishlar:muammo va yechimlar, konf.material.2020,39-bet.
11. Пардаев А. Ўзбек тили ёрдамчи сўз туркумларининг лисоний тизимдаги ўрни
ва лингвопрагматик таҳлили. – Тошкент, 2013.

Mavzu: Yordamchi so‘zlarning pragmalingvistik tahlili Reja: Kirish. Asosiy qism : I. Ko ‘ makchilarda pressuppozitsion xususiyatlar II. Bog‘lovchilar nutqda qo‘llanishining umumiy masalalari. III. Yuklamalarning nutqda qo‘llanishining umumiy masalalari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish Zamonaviy tilshunoslikda “Pragmalingvistika” mustahkam o‘rin egallayotgan tilshunoslikning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Tilshunoslik empirik tahlilni bilishning boshqa g‘oyalari va amallari bilan boyitishga uzoq tayyorgarlik ko‘rdi. XX asr davrda empirizm, fenomenologiya, konstruktivizm kabi falsafiy g‘oyalarni o‘zida jamlagan metodologiyaga asoslangan lisoniy tahlil yo‘nalishlari yuzaga keldi. Ana shunday yo‘nalishlardan biri, albatta, pragmalingvistikadir. Til vositalarining pragmalingvistik tabiatini tahlil qilish tilshunoslikning e’tiborga molik masalalaridan biridir. Shu boisdan keyingi yillar o‘zbek tilshunosligida lingvopragmatik tahlil asosidagi bir qator tadqiqotlar maydonga keldi. Sh.Safarov “Pragmalingvistika” asarida “Pragmatika nisbatan yangi soha hisoblanib, unda tilning undan foydalanuvchilariga bo‘lgan munosabati o‘rganiladi. Muloqot jarayonida so‘zlovchi o‘z fikrini bayon qilishda uning oldida ma’lum maqsad turadi. Bu maqsad so‘zlovchini tinglovchi tushunish, anglashidan iboratdir. Lison qanchlik ijtimoiy, so‘zlovchi va tinglovchi uchun umumiy, majburiy bo‘lsa, nutq ham ular uchun shunchalik umumiy, majburiy va ijtimoiydir” 1 , -deb takidlaydi. Pragmatikani o‘zbek tilshunosligidagi o‘rni, uning lingvistik sathning boshqa sohalari bilan aloqasi borasida ko‘pgina tilshunos olimlarimiz fikr bildirib o‘tishgan. Bu soha bilan maxsus shug‘ullangan olim Sh. Safarovning bu masalaga bag‘ishlangan maxsus monografiyasida jahonning pragmatik tadqiqotlar bilan shug‘ullangan ko‘plab tilshunoslarning qarashlari tahlil qilingan. Olim pragmalingvistik tadqiqotlarni ikkiga: tor va keng yondashuvlarga ajratib, bu masalaga oid yoki unga bog‘liq qarashlarni keng va chuqur mushohada asosida tahlil qilib, bir-birini inkor qilayotgan yoki biri ikkinchisiga ,,soya” tashlayotgan ta’riflarni bir umumiy g‘oya atrofida birlashtirib, pragmalingvistik tadqiq metodologiyasining dialektik asosi yoki tayanch nuqtasi vazifasini faoliyat tamoyili yoki umuman faoliyat falsafasi o‘tashi 1 Safarov Sh. Pragmalingvistika, - T., O’zME nashriyoti, 2008- yil, 65- bet

lozimligini uqtiradi va pragmalingvistikaga shunday ta’rif beradi: ,, 2 …p ragmatika tilshunoslikning alohida sohasi bo‘lib, uning tadqiqot doirasida muloqot jarayonida lisoniy birliklarni tanlab olish, ularni qo‘llash hamda ushbu qo‘llanishdagi birliklarning muloqot ishtirikchilariga ta’siri masalalari o‘rganiladi. Ushbu qoidalar kommunikatsiya shart-sharoitlariga nisbatan, keng ma’nodagi kontekst sifatida o‘rganiladi. Lisoniy hodisalarning bu yo‘sindagi tahlili ularning qo‘llanishidagi u yoki bu muhitda mavjud bo‘lgan to‘siqlar, chegaralanishlarni ham aniqlashga imkon beradi. Lingvistik tahlilning asosiy g‘oyasi ham lisonning tabiatini uning amaliy faoliyatida qo‘llanishiga nisbatan yoki boshqacha aytganda, bajarayotgan vazifasi doirasida aniqlashdir. Aynan vazifa (funksiya) tushunchasi lison tahliliga pragmalingvistik yondashuvning poydevoridir”. 3 Darhaqiqat, yordamchi so‘zlarning (ko‘makchi , bog‘lovchi, yuklama) semantikasidagi asosiy semani ,,vazifa” belgisi tashkil etadi. Ular lug‘aviy ma’no anglatmasdan nutqda voqelangan vaqtda, kommunikatsiya jarayonida matn bilan bog‘liq rang- barang xususiy ma’nolarni voqelantirish vazifasini bajaradi. Ana shu nuqtayi nazardan, tadqiqotimiz obyekti bo‘lgan yordamchi so‘zlarning muhim tomonlarini yoritishda lingvopragmatik yondashuvning ham alohida ahamiyati xususida to‘xtalamiz. Nutqiy akt, predikativ bo‘lmagan so‘zlar, kontekst, nutqiy vaziyat, so‘zlovchi shaxsi kabi tushunchalar lingvistik pragmatikaning markaziy tushunchalaridir. Bu tushuncha matn tarkibidagi yordamchi so‘zlar pragmatikasi tadqiqi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Aslida yordamchi so‘zlar gap yoki jumla tarkibidagi so‘zlarni yoki sodda gaplarni hamda ular orasidagi turli xil munosabatlarni ifodalovchi yoki ularga qo‘shimcha ma’no beruvchi grammatik vositalar hisoblansada, matn talabiga ko‘ra xilma-xil pragmatik, hosila ma’nolari ham kasb etishi mumkin. Pragmatik tilshunoslik tadqiqotchilari prof. A. Nurmonov va M. Hakimov gap semantikasining mazmuniy yo‘nalishi bilan bog‘liq muammolarni ko‘rsatish jarayonida mantiqiy semantikaning yirik vakili B. Rassel so‘zlarni indikativ va indikativ bo‘lmagan so‘zlarga ajratishini aytishadi. Ya’ni obyektiv borliqdagi ma’lum narsa-hodisalarni, 2 Safarov Sh. Pragmalingvistika, - T., O’zME nashriyoti, 2008- yil, 70- bet 3 Safarov Sh. Pragmalingvistika, - T., O’zME nashriyoti, 2008- yil,

belgi-xususiyatlarni, harakat- hodisalarni nomlash xususiyatiga ega bo‘lgan so‘zlarni indikativ ,,ishora qiluvchi” so‘zlar, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlarni esa indikativ bo‘lmagan so‘zlar deb hisoblashadi va gap semantikasi bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslar gap tarkibida ana shunday indikativ bo‘lmagan so‘zlar kelganda ancha qiyinchilikka duch kelishlarini aytishadi. 4 Bu gap semantikasi bilan bog‘liq qanday qiyinchilik ekanligini olimlar shunday izohlashadi: ,,gap tarkibidagi deskriptiv so‘zlarni (induktiv so‘zlarni) konkret nutq vaziyati bilan bog‘lamasa ham, qaysi denotativ (atash) ma’noda ekanligini, obyektiv borliqdagi nimani nomlab kelayotganligini aniqlash imkoniyati bo‘lsa, deskriptiv bo‘lmagan so‘zlarni bunday aniqlash mumkin emas. Bunday so‘zlar obyektiv narsa va hodisalar, belgi va xususiyatlar, harakat va holatlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri nomlanmagani tufayli, ular muayyan vaziyat bilan bog‘lanmasa, nimaga ishora qilayotgani noma’lumligicha qolishi ma’lum bo’ldi. Bu shuni ko‘rsatadiki, gap semantikasini shu gap tarkibida qo‘llanilayotgan so‘zlarning faqat obyektiv borliqqa munosabatini aniqlash bilangina to‘la izohlash mumkin emas ekan. Bunga gapning nutq jaroyoniga, nutq vaziyatiga ega bo‘lgan munosabatini aniqlashni qo‘shish zaruriyati ham mavjud. Ana shunday amaliy ehtiyoj bilan lingvistik semantika bag‘ridan lingvistik pragmatika o‘sib chiqdi”. 5 B. Rassel nazarda tutgan induktiv bo‘lmagan so‘zlar yoki A. Nurmonov va M. Hakimovlar aytgan deskriptiv bo‘lmagan so‘zlar sirasiga birinchi navbatda yordamchi so‘zlar kiradi. Bu so‘zlarning ma’no – mohiyati esa muayyan nutq vaziyatiga bog‘liq holda ma’lum matn ichida ochiladi. Binobarin, so‘zlovchining ichki niyati bilan bog‘liq maqsadini ifodalashda yoki uning obyektiv borliqqa va o‘z nutqiga qo‘shimcha munosabat bildirishiga yordamchi so‘zlarning alohida ahamiyati bor. Yordamchi so‘zlarning so‘zlovchi niyatini yuzaga chiqarish jarayonidagi xizmatlari lingvopragmatikaning morfopragmatik va sintaksopragmatik deb nomlanuvchi yo‘nalishlarida o‘rganiladi. 4 Nurmonov A, Hakimov M .Lingvistik pragmatikaning nazariy shakllanishi // O ‘ zbek tili va adabiyoti, 2001, 4- son, 55-bet 5 Nurmonov A. . Hakimov M. Ko‘rsatilgan asar, 55-bet

Ko ‘ makchilarda pressuppozitsion xususiyatlar Ma’lumki, yordamchi so‘zlar (ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklamalar) morfologik vositalar hisoblangani uchun ular morfopragmatikaning o‘rganish obyekti hisoblansa, muayyan matniy jumlalarni shakllantirishga yordam berishi yoki unga qo‘shimcha ma’no berishi bilan sintaksopragmatikada ham alohida o‘rin tutadi. Shu nuqtayi nazardan, bu turkum so‘zlar anglatgan relyatsion ma’no – pragmatizatsiyaning asosi sifatida baholanib, turli pragmatik munosabatlar ushbu so‘zlarning ma’noviy bazalarida rivojlanadi. Demak, lisoniy tabiatiga ko‘ra morfopragmatikaga xos sanalsada, ularning to‘g‘ridan- to‘g‘ri nutq jarayonida so‘zlovchi illokutiv niyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilishi orqali sintaksopragmatikaga oid munosabatlarni yuzaga keltirishi ularning funksional xususiyatiga bog‘lanadi. ,, Sintaksopragmatik talqin ham sintaktik elementlarning so‘zlovchining o‘zi ifoda etayotgan fikriga munosabati bilan belgilanadi. Jumladan, xabar mazmunida qo‘shimcha axborot ko‘rinishlari aniqlik, gumon, yashirin kabi pragmatik mazmunning sintaktik vositalar yordamida ifodalanishi sintaksopragmatik talqin deb yuritiladi. Masalan, maktabga ketdi bilan maktab tomon ketdi jumlasining mazmuni keskin farqlanadi.” 6 Darhaqiqat, bu jumladagi M. Hakimov nazarda tutgan farqlanish nimada ko‘rinadi? E’tibor qaratadigan bo‘lsak, bu o‘rinda maktab, ketdi birliklari o‘z joyida, ularda farqlanish, asosiy differensiatsiya morfopragmatik birliklar –ga kelishik qo‘shimchasi va tomon ko‘makchisi o‘rtasida sodir bo‘lmoqda. ,,Maktabga ketdi” – jumlasida aniq xabar bor, ikkilanish yo’q, tamom kimdir maktabga ketgan – xabar aniq. Ko‘makchi bilan shakllangan jumlada esa quyidagi mazmunlar kuzatiladi: 6 Hakimov M. O‘zbek tilida matnning pragmatik talqini: filol. fan. doktori. diss. avtoref. Toshkent , 2001. 27- bet