logo

FRAZEOLOGIZMLARNING LINGVOMADANIY TAHLILI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

36.2998046875 KB
FRAZEOLOGIZMLARNING LINGVOMADANIY  TAHLILI
Reja:
1. Frazeologik birliklar haqida tushuncha
2. Frazeologizmlarning milliy-madaniy semantikasi   1. Frazeologik birliklar haqida tushuncha.   Tilning frazeologik fondi xalq
madaniyati   va   mentalitetining   qimmatli   ma’lumotlar   manbayi   sanaladi.
Frazeologizmlarda muayyan xalqning miflari, udumlari, rivoyatlari, taomillari, urf-
odatlari,   ma’naviyati,   axloqi   va   h.k.   haqidagi   tasavvurlari   mujassamlashgan
bo‘ladi. 
Mashhur   rus   tilshunosi   B.A.Larinning   ta’kidlashicha,   “Frazeologizmlar   har
doim  xalq dunyoqarashi,  jamiyat  tuzilishi  va o‘z davrining mafkurasini    bilvosita
aks ettiradi”.  
Frazeologizmlarning semantikasida xalq madaniyati rivojining uzoq jarayoni
aks etadi. Har bir tilning frazeologizmlarida xalq hayotiga mansub ijtimoiy-tarixiy
voqea-hodisalar, axloqiy va ma’naviy-madaniy me’yorlar, diniy tasavvurlar, milliy
an’ana va  urf-odatlar, madaniy  stereotiplar  va  arxetiplar   o‘z  aksini   topgan bo‘lib,
ular avloddan-avlodga uzatiladi.  
F. I. Buslayevga ko‘ra, frazeologizmlar o‘ziga xos kichik dunyo bo‘lib, ular
ajdodlar   tomonidan   avlodlarga   meros   qilib   qoldirilgan   axloqiy   qoidalar   va
haqqoniy   fikrlarni   o‘z   ichiga   olgan   qisqa,   hikmatli   ifodalardir.   Ular   millatning
o‘ziga   xos   ruhini   betakror   obrazlar   vositasida   ifodalaydigan   har   qanday   milliy
tilning jonidir 1
.  
V.A.   Maslova   frazeologizmlar   tahlil   qilib,   ular   haqida   quyidagi   gipotezani
ilgari suradi:
1.   Frazeologizmlarning   aksariyatida   aniqlanishi   lozim   bo‘lgan   milliy
madaniyatning “izi” mavjud.
2.   Frazeologik   birliklarning   ichki   shaklida   obyektiv   olamning   u   yoki   bu
hodisalarini   obrazli   tasavvuri   bo‘lgan   madaniy   informatsiya   saqlanadi   va   u
frazeologizmga madaniy-milliy bo‘yoq beradi.  
3. Madaniy-milliy o‘ziga xoslikni aniqlashda madaniy-milliy konnotatsiyani
ochish juda muhimdir 2
.
1
 
 Буслаев Ф. И. Русские пословицы и поговорки, собранные и объясненные. –М.: 1954. –С. 37. 
2
 Маслова В. А. Лингвокультурология:  Учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений. –М.: 
Издательский центр «Академия», 2001.  –С. 82. Olamning   lisoniy   manzarasini   yaratishda   frazelogizmlar   alohida   rol
o‘ynaydi.   Aniqrog‘i,   frazeologiya   olam   lisoniy   manzarasining   bo‘lagidir.
Frazeologik   birliklar   “xalq   hayotining   ko‘zgusi”dir.   Frazeologik   birliklarning
tabiati   til   egasining   bilimlari,   hayotiy   tajribasi   va   mazkur   tilda   so‘zlashuvchi
xalqning   madaniy-tarixiy   an’analari   bilan   chambarchas   bog‘liqdir.   Frazeologik
birliklarning semantikasi inson va uning faoliyatini tavsiflashga qaratiladi 3
. 
Frazeologik   birliklar   har   doim   subyektga   qaratilgan   bo‘ladi,   ya’ni   ular
olamni   tasvirlash   uchungina   emas,   balki   uni   talqin   qilish,   baholash   va   unga
subyektiv  munosabat   bildirish  uchun  yuzaga  keladi.  Frazeologizm   va  metaforalar
aynan mana shu jihati bilan boshqa atov birliklaridan ajralib turadi. 
Har   bir   xalq   vakili   o‘z   fikrini   obrazli   yoki   his-hayajonli   tarzda   ifoda   etish
maqsadida   barqaror   so‘z  birikmalari  yaratishda  o‘ziga  yaqin  yoki  tanish   narsa  va
hodisalar   nomlaridan   foydalanishga   harakat   qiladi.   Masalan,   “boshdan-oyoq”,
“to‘la-to‘kis”,   “butunlay”,   “tamomila”   tushunchalarining   obrazli   ifodasi   uchun
yunon tilida     От альф ы   до омеги     iborasi ishlatiladi. Mazkur iboraning ta’sirida
turk   tilida   A’dan  Z’ye   kadar   rus   tilida   От  А   до   Я   iboralari   paydo  bo‘lgan.  Yoki
yunon   tilida   “ibtido   va   intiho”,   “hayotning   boshi   va   oxiri”   ma’nosida   “Alfa   va
Omega”   iborasi   qo‘llaniladi.   Ayni   iboralarning   obrazliligi   mazkur   tillardagi
birinchi   va   oxirgi   harflarning   majoziy   qo‘llanilishi   –   bir-biriga   qarshi   qo‘yilishi
asosida vujudga kelgan. 
Lingvokulturologiya   fanining   asoschilaridan   biri,   Moskva   frazeologik
maktabining   rahbari   V.N.Teliyaning   yozishicha,   tilning   frazeologik   tarkibi
“lingvomadaniy   jamoa   milliy   o‘zligini   ko‘radigan   ko‘zgudir”.   Aynan
frazeologizmlar   til   egasining   dunyoni,   hodisalarni   o‘ziga   xos   ko‘rishini   namoyon
etadi 4
. Masalan, o‘zbek xalqining turmush tarzi ( bozor bahosi  “hamma qatori, hech
yon   bosmay”,   xirmon   ko‘tarmoq   “ekin-tikinni   yig‘ib,   hosil   me’yorini   hisob-kitob
qilmoq”),   milliy   kiyim-kechaklari   ( to‘n   kigizmoq   “qo‘shib-chatib,   pardozlab
3
 Фразеологический словарь русского литературного языка / Под ред. А. И.Федорова. –М., 1996; 
Образные средства русского языка / Под ред. В.Н.Телия. –М., 1995.
4
  Ko ‘ rsatilgan   bet .  gapirmoq”,   kavushini to‘g‘rilab qo‘ymoq   “haydab yubormoq”), yeguliklari ( xamir
uchidan patir  “katta ko‘p narsadan boshlang‘ich va kichik bir qism”) va h.k.
Ma’lumki,   xalq   madaniyati   va   mentalitetining   qimmatli   ma’lumotlar
manbayi   bo‘lgan   tilning   frazeologik   fondini   boyitishda   yozuvchilarning   o‘rni
beqiyosdir. O‘zbek milliy frazeologizmlarining boyishi va rivojlanishiga eng katta
hissa   qo‘shgan   yozuvchilardan   biri   A.Qahhordir.   Yozuvchining   xalq   iboralaridan
foydalanish   mahorati,   uning   frazeologik   novatorligi   qator   ilmiy   tadqiqotlarda
o‘rganilgan.   Chunki,   A.Qahhor   qo‘llagan   frazeologizmlarning   aksariyatida
madaniy-milliy   konnotatsiya   kuchli,   ularda   milliy   madaniyatning   ruhi,   “izi”
mavjud.   
   “Xalqning so‘z donoligini mukammal egallagan yozuvchi o‘z hikoyalarida
iboralardan muntazam va ifoda maqsadiga favqulodda muvofiq tarzda foydalanadi.
O‘zi ham yangi iboralar yaratadi, ammo bu yangi iboralar xalqning o‘zida mavjud
bo‘lgan   iboralarning   modeliga   asoslangan   bo‘ladi.   Shuning   uchun   yozuvchining
yangi   iborasini   o‘qiganda,   xalqning   o‘zidagi   tegishli   ibora   ham   esga   tushadi.
Aytish   mumkinki,   yozuvchchi   bitta   iborani   qo‘llaydi,   lekin   yozuvchi   maqsadi
uchun   bir   paytning   o‘zida   ikkita   ibora   “ishlaydi”.   Mana   bir   dalil:   “Eshakni
yashirsangiz,   hangrab   sharmanda   qiladi   (“Ikki   yorti   bir   butun”   hikoyasi).   Ayni
ibora   Qahhorniki,   bu   iborani   o‘qish   bilan   “Kasalni   yashirsang,   isitmasi   oshkor
qiladi”   degan   xalq   iborasi   esga   tushadi,   ya’ni   tekstda   implisit   ravishda   bu   ibora
ham   ishtirok   etadi,   uni   birinchi   ibora   ovozsiz   “chaqiradi”.   Bu   –   qahhorona
mahorat” 5
.
A.Qahhorning   xalq   iboralari   modeli   asosida   yaratgan   va   bizga   meros   qilib
qoldirgan ayrim iboralari bugungi kunda haqiqiy xalq iborasiga aylangan. O‘zbek
tilida   “tekinxo‘r”   ma’nosini   ifodalagan   tekin   tomoq   iborasi   mavjud.   “A.Qahhor
mana   shu   iboraning   strukturasi   va   tayanch   komponenti   tekin   so‘zi   asosida   yangi,
original   ibora   yaratadi:   tekin   quloq .   Bu   ibora   tamomila   yangi   tushunchani,   ya’ni
qarshiliksiz   quloq   soladigan,   toqat   bilan   tinglaydigan   odam”   tushunchasini
ifodalaydi:   Odamlarki   bor,   halol   mehnat   bilan   o‘zini   ko‘rsatgani   erinadi-yu,
5
  Миртожиев М., Маҳмудов Н. Тил ва маданият.  – Тошкент: “Ўзбекистон”, 1992.  –Б. 90. olamda   borligini   ma’lum   qilib   turish   uchun   ko‘proq   gapirishga   harakat   qiladi;
majlis-pajlisda   so‘z   tegib   qolsa,   foydali   biron   fikr   aytish   uchun   emas,   gapirish,
faqat gapirish uchun gapiradi. Jamiyatda o‘zi ko‘rinmay, faqat tovushi chiqadigan
bu xildagi odamlar, tekin quloq topilsa, bitta eski to‘ppi to‘g‘risida sakkiz soat suv
ichmasdan gapiradi  (Tanlangan asarlar, I t., 1957, 279-bet) 6
.       
2.   Frazeologizmlarning   milliy-madaniy   semantikasi.   Xalq   og‘zaki
ijodiyoti,   dostonlar,   turli-tu man   afsona   va   rivoyatlar   frazeologizmlarni
shakllantiradi,   ularga   sayqal   beradi,   ularni   xalq   mulkiga   aylantiradi.   Binobarin,
“Alpomish”,   “Go‘ro‘g‘li”,   “Rustamxon”,   “Kuntug‘mish”   kabi   ulkan   dostonlarda
o‘zbek xalqining ko‘hna va hamisha navqiron tili o‘zining butun imkoniyatlari va
go‘zalligi bilan “jilvalangan”. 
“Alpomish”   dostonidagi   betakror,   g‘oyatda   nozik   iboralarni   ko‘rib   lol
qolasiz.   Ana   shunday   iboralardan   biri   “gap   yetaklamoq”dir.   “Yurishimiz   qirqin
qizlar   bilmasin,   U   qurg‘urlar   gap   yetaklab   yurmasin,   El   ichida   malomat   so‘z
bo‘lmasin”.   Mazkur   iboraning   hozirgi   tilimizdagi   muqobili   bo‘lmish   “gap(ni)
ko‘tarib   yurmoq”   iborasida   gapning   bevosita   harakati   yo‘q,   u   go‘yo   oddiy   bir
narsa, uni faqat ko‘tarib yuradilar, xolos. “Gapni yetaklab yurmoq” iborasi shuning
uchun o‘tkir va o‘zg‘irki, unda gapning o‘zi bevosita yuradi, faol harakatga qodir,
faqat   uni   chirkin   maqsadlarga   xizmat   qildirish   uchun   qayoqqa   xohlashsa,   o‘sha
yoqqa   yetaklab   yuradilar,   bechora   gap   yetovdagi   molday   iznini   no‘xtachiga
tamoman   tutqazib   ketaveradi,   no‘xtachining   muddaosi   esa   gapning   ma’noyu
mantiq muvozanatini butunlay boshqa burchakka burib yuborishdan iborat. “Gap”
va   “yetaklamoq”   so‘zlaridan   tarkib   topgan   bu   ibora   ana   shunday   ma’no
nozikliklari, zakiy ishoralar bilan to‘yinib betakror bir ifoda sifatida she’rga, badiiy
mazmunga ko‘rk bergan” 7
.
Frazeologizmlarning muayyan guruhi xalqlarning urf-odatlari, an’analari va
irimlari ta’sirida shakllanadi.  Jumladan, o‘ zbek xalqida azaldan quloqtishlar odati
mavjud.   Quloqtishlar,   ya’ni   beshikketdi   odati   hozirgi   kunda   Surxondaryo
6
 Қўчқортоев И. Абдулла Қаҳҳорнинг фразеологик маҳорати.  Филол. фанлари  номзоди ...  дисс. –
Тошкент, 1965. -Б.96. 
7
 Маҳмудов Н. Тил.  –Тошкент: Ёзувчи, 1998. –Б. 30.  viloyatining   ayrim   tuman   va   qishloqlarida   saqlanib   qolgan.   Oilada   qiz   bola
tug‘ilib, chillasi chiqqandan keyin beshik to‘yi o‘tkaziladi.  Qarindosh urug‘, do‘st-
og‘aynilar   yangi   farzand   bilan   muborakbod   etgani   bu   oilaga   kelishadi.   Shunda
o‘g‘illik   birodarlardan   biri   niyat   qilib,   yetaklab   borgan   5-6   yashar   o‘g‘ilchasiga
chaqaloq qizchani tilaydi, so‘ratadi. Qizi bor oilaning   buvasi, buvisi, ota-onasi va
qarindosh-urug‘lari   rozilik   berishsa,   “quloqtishlar”   odati   o‘tkazilgan.   Boyagi
bolakay   beshikda   yotgan   qizaloqning   “qulog‘ini   tishlagan.   Qadim   zamonlarda
bunday   “qudachilik”   marosimi   qabilalar   o‘rtasidagi   urush-janjallarga   chek
qo‘ygan.   Tinch   qo‘shnichilikni   saqlab   qolgan 8
.   M azkur   odatni   ifodalovchi,   “qiz
bolani   go‘dakligidayoq   bo‘lajak   qaylig‘i   deb   belgilab   qo‘ymoq”   ma’nosida
qulog‘ini tishlamoq   iborasi   qo‘llaniladi:   Qizimni tilga olaverma, tug‘ilgan kunida
qulog‘ini   tishlagan   kuyovi   bor;   o‘g‘ling   kelib,   kuyov   bilan   oramiz   buzilay   deb
qoldi.
O‘ zbek   xalqining   nikohlash   marosimi,   unashtirish   odati   bilan   bog‘liq
iboralari   tarkibida   somatik   so‘zlar   faol   qatnashadi :     boshlarini   qovushtirmoq,
boshlarini   biriktirmoq,   boshlarini   qo‘shmoq   “kelin-kuyovqilmoq”;   boshini   ikkita
qilmoq   “uylantirmoq” ;   bir   yostiqqa   bosh   qo‘ymoq   “turmush   qurmoq”;   boshini
bog‘lamoq  “kelin qilib olishga shartlashib kelmoq” va h.k.
O‘zbek   oilasida   bola   tug‘ilishi   bilan   chilla   davriga   katta   e’tibor   beril adi .
Farzand   ko‘rgan   ayol   va   uning   chaqalog‘i   chilla   davrida   maxsus   sharoitda
saqlanib, turli ins-jinslar va kasalliklardan himoya qilin adi . An’anaga ko‘ra ona va
chaqaloq 40 kungacha uydan chiqmasligi, bolali uyga begona odam   kirmasligi   va
chillali uyda chiroq o‘chmasligi kerak. Chi lla an’anasi “tuqqaniga qirq kun bo‘ldi”
ma’nosidagi  chillasi chiqdi  iborasi bilan ifodalan adi:  Chillasi chiqishi bilan Hadya
ham alohida qizlar yacheykasi tuzishga boradi .    
Frazeologik   birliklar ning   tayanch   komponenti   sifatida   tarixiy   va   diniy-
mifologik   mashhur   shaxslar ning   nomlari   kelishi   mumkin :   Xo‘ja   ko‘rsinga
“shunchaki nomigagina”,   Musoning alamini Isodan olmoq   “aybdor chyetda qolib,
aybsiz kishiga qarshi ish tutmoq”,   Xizrni yo‘qlasam bo‘lar ekan   “kimnidir ko‘rish
8
 Сатторов М. Ўзбек удумлари. –T., 1993. –Б. 21-22. istagi   qo‘qisdan   ro‘yobga   chiqqanda   aytiladigan   ibora”.   Turk   tilida:   Bir   Köröğlü
bir   Ayvaz   “bola-chaqasi   yo‘q   er-xotin”,   Derdini   Marko   Paşa’ya   anlat   “dardini
eshitadigan hech kim yo‘q”.  
Turli   geografik   joy   nomlari   ham   frazeologik   birliklarning   tayanch
komponentlari vazifasida keladi. Masalan, o‘zbekcha frazeologik birliklar tarkibida
O‘zbekiston   hududida   joylashgan   shahar,   qishloq,   daryo   va   sahrolar   nomlari
uchraydi...   Frazeologik   birliklar   tarkibida   qo‘llanilgan   toponimlar   o‘zlari
jonlantiradigan   sifat   va   belgilar,   chunonchi,   uzoqlik,   saxiylik,   taqvodorlik   kabi
alomatlar  timsollari  sifatida namoyon  bo‘ladi:   B eva xotinga Buxorodan it  xuradi ,
onasini   Uchqo‘rg‘ondan   ko‘rsatmoq   frazeologik   birliklari   tarkibidagi   “Buxoro”,
“Uchqo‘rg‘on”,   до   Москвы   не   перевешаешь ,   кричать   во   всю   Ивановскую
frazeologizmlari   tarkibidagi   “Moskva”,   “Ivanovskaya”   O‘zbekiston   va   Rossiya
hududlarida joylashgan geografik nomlar bo‘lsa,   язык  до Киева доведет ,   tuxumi
Bag‘doddan   kelibdimi ?,     Do   in   Rome   as   the   Romans   do   nomlaridir 9
  yoki   “umid
qilgan,   kutgan   narsaning   tyeskarisi   bo‘lib   chiqdi”   ma’nosidagi   Göründü   Sıvas’ın
bağları ,   “bu   ish   hozircha   bo‘lgani   bilan   keyinchalik   orqasidan   g‘avg‘o   chiqadi”
ma’nosidagi   Karaman’ın   koyunu,   sonra   çıkar   oyunu     tarkibida   foydalanilgan
“Kiyev”,   “Bag‘dod”,   “Rome   (Rim)”,   “ Sıvas ”,   “Karaman”   shaharlari   rus,   o‘zbek,
ingliz   va   turk   xalqlari   uzoq   asrlar   davomida   munosabat-muloqotda   bo‘lib   kelgan
shahar nomlaridir.
O‘zbek   xalqi   kiyinish   madaniyati   nuqtayi   nazaridan   ham   dunyodagi
xalqlarning   oldingi   saflarida   turadi.   Bir   necha   ming   yillar   ilgari   ota-bobolarimiz
egniga   yaktak-lozim,   oyoqqa   kovush-maxsi,   etik,   boshga   shabpo‘sh,   do‘ppi,
telpak,   ustga   chopon,   to‘n   kiyib,   belga   belbog‘,   qars   boylashgan.   Shuning   uchun
ham   xalqimizda   erkak   kishilikni   ramziy   ifodalash   xususida   “belingda   belbog‘ing
bormi?” degan ibora qolgan. 
Har bir xalqning o‘ziga xos kiyim-kechak nomlari va realiyalari ham milliy
frazeologizmlarni   hosil   qilishda   asos   vazifasini   o‘taydi.   Masalan,   to‘nini   teskari
kiyib olmoq  “o‘chakishgan holda qasarlik qilmoq”,  do‘ppini osmonga otmoq  “juda
9
 Мусаев Қ. Таржима назарияси асослари. Дарслик. –Тошкент: Фан, 2005. – Б. 239. xursand bo‘lmoq”,  do‘ppi tor keldi  “iloj-imkonsiz og‘ir ahvolga tushmoq”,  bir-ikki
yaktakni   ortiqroq   yirtgan   “yoshi   kattaroq,   turmush   tajribasi   ko‘proq”   chorig‘ini
sudramoq   “zo‘rg‘a-zo‘rg‘a,   amal-taqal   qilib   yashamoq”,   paytavasiga   qurt   tushdi
“xotirjamligi   buzilib,   bir   yerda   tinch   tura   olmaslik”,   ko‘rpasiga   qarab   oyoq
uzatmoq   “imkoniyatini hisobga olib ish tutmoq”,   chovlisini solmoq   “aralashmoq”,
turk   tilida   Ali’nin   külâhını   Veli’ye   Veli’nin   külâhını   Ali’ye   giydirmek   “puli
bo‘lmagani   holda,   birovdan   olgan   pulni   boshqasiga,   boshqasidan   olganini   yana
boshqa birovga berib kun ko‘rmoq”,  Bir  don bir gömlek  “yarim yalang‘och holda”
iboralari shular jumlasidandir.  
O‘zbek   xalqi   turmushida   kundalik   hayotda   ishlatiladigan   uy-ro‘zg‘or
buyumlari   ham   muayyan   frazeologizmlarni   shakllantirganini   ko‘rish   mumkin:
ko‘rpasiga   qarab   oyoq   uzatmoq   “imkoniyatini   hisobga   olib   ish   tutmoq”:   Ha,
onang  ko‘rpasiga qarab oyoq uzatsin, uqdingmi? ;   chovlisini solmoq  “aralashmoq”:
Nigoraga   hayronman,   har   narsaga   o‘z   chovlisini   solavermay,   tinchgina   yursa
nima qilarkin.
  Iste’mol qilinadigan taom nomlari mavjud bo‘lgan frazeologik birliklar ham
ko‘p   hollarda   milliy   xususiyatga   ega   bo‘ladi:   osh   bermoq   “to‘y-marosim
munosabati   bilan   katta   qozonda   palov   damlatib,   ziyofat   o‘tkazmoq:   Xuddi   shu
o‘g‘il tug‘ilganda Pirimqul hoji qo‘y ham, ho‘kiz ham so‘ydirib, yurtga osh berdi  ;
tog‘ni tolqon qilmoq  “har qanday katta va og‘ir ishni ham bajarmoq”:  Undan keyin
charchamaguningcha   chopma,   ayni   qizishgan   vaqtingda,   g‘ayrating   kelib,   tog‘ni
tolqon qilaman deganingda dam ol, birpasgina dam ol!  
Turli madaniyatlarda iste’mol qilinadigan taom turlari haqida gap  ketganda,
birinchi   navbatda,   taom   tayyorlanadigan   mahsulotning   halol   yoki   haromligiga
e’tibor   qaratiladi.     Shuning   uchun   ham   muayyan   lingvomadaniy   birliklarning
obrazliligi joriy etilgan taqiq asosida yaratiladi. 
Taqiqlangan   mahsulot   nomi   esa   ifodaning   milliy   xususiyatini   tashkil   etadi.
Masalan,   baqa   go‘shti   fransuzlarning   eng   lazzatli   taomi   hisoblansa,   xitoyliklarda
bunday   fazilat   ilon   go‘shti   zimmasiga   tushadi.   Qadimda   ruslar   ot   go‘shtini
yemagan  bo‘lsalar,  haqiqiy  musulmon  cho‘chqa  go‘shtini  iste’mol  qilmaydi.  Mol go‘shti   dunyoning   deyarli   barcha   xalqlari   uchun   iste’molbop   bo‘lgani   holda,   uni
hindlar yemaydilar, chunki sigir ularning tasavvurida muqaddas sanaladi. Shuning
uchun   ham   L.   N.   Tolstoyning   “Urush   va   tinchlik”   romanida   Kutu zov   knyaz
Andreyga:   «И   французы...   верь   моему   слову,   будут   у   меня   лошадиное   мясо
есть ! — ВМ,   III,  171 //      Menga ishon, fransuzlarga ham ot go‘shti yegizamiz! -
UT,   III,   200   degan   ekan,   uning   nutqidagi   “Есть   лошадиное   мясо”   birligi
“jazolanmoq”   ma’nosini   anglatadiki,   mazkur   tushuncha   so‘zma-so‘z   o‘girish
natijasida   tarjimada   o‘z   aksini   topmagan.   O‘zbekcha   matnda   qo‘rqitish   ma’no
belgisi   yo‘qolgan,   chunki   ot   go‘shtining   iste’mol   qilinishiga   turk   xalqlarida   hech
qanday   taqiq   joriy   qilinmagan 10
.   Bu   o‘rinda   Turkiyadagi   turklarning   ot   go‘shtini
iste’mol qilmasliklarini ta’kidlash o‘rinli bo‘ladi.   
Ayrim   frazeologizmlar   tarkibida   keladigan   musiqaviy   asbob   nomlari   ham
iboralarga milliy ruh bag‘ishlaydi. Masalan,  o‘zbek tilida “ro‘yobga chiqishi  aniq
bo‘lmagan   narsa   haqida   hovliqmalik   bilan   vaqtidan   oldin   gapirmoq”   ma’nosida
to‘ydan   ilgari   nog‘ora   qoqmoq   frazemasi   qo‘llaniladi.   Yoki   rus   tilida   “birov ning
ko‘rsatmasi   bilan   biror   ish   qilmoq”   ma’nosining   obrazli   ifodasi   uchun   плясать
под   чью-либо   дудку   frazeologizmidan   foydalaniladi.   Uni   o‘zbek   tilida   birovning
nog‘o rasiga o‘ynamoq  shaklida berish mumkin.  
Frazeologizmlarning shakllanishida biron bir mahalliy hunarmandchilik yoki
sanoatning   ham   muayyan   ta’siri   kuzatiladi.   Jumladan,   Rossiyadagi   Tula   shahri
o‘zining samovarlari, ingliz shahri Nyukastl  esa  ko‘mir sanoati  bilan mashhurdir.
Bu kabi xususiyatlar     ездить в Тулу со своим само варом   yoki   to carry coals to
Newcastle  singari frazeologik birliklarni yuzaga chiqargan.
Har bir xalq atrofidagi borliqni o‘ziga xos o‘lchovlarda aks ettiradi. Shunga
ko‘ra,   o‘lchov   birliklarini   ifodalovchi   ayrim   hisob   so‘zlari   ham
frazeologizmlarning   ma’lum   guruhini   shakllantiradi:   “juda   qisqa,   juda   oz   vaqt
davom etadigan” ma’nosidagi  bir tutam  ( Bir tutam  qish kuni Gulnor uchun bitmas-
tugamas   uzoq   ko‘rindi),   “qittak,   ozgina”   ma’nosidagi   bir   chimdim   (Hazil-huzul,
bir   chimdim   suhbatdan   so‘ng   Mirhaydar   va   O‘ktam   paxta   dalasiga   yo‘l   oldilar),
10
 Мусаев Қ. Таржима назарияси асослари. Дарслик. –Тошкент: Фан, 2005. – Б. 243. “jindak, qittak, juda oz” ma’nosidagi   bir shingil   (Qani,  shunaqa bemaza  hazildan
bir shingil  ashula yaxshi), “juda yosh, deyarli go‘dak” ma’nosidagi  bir qarich  ( Bir
qarichligimdan   yetim   qolib,   amakining   xizmatida   o‘tib   ketganman)   va   h.k.   Turk
tilida   ham   quyidagi   frazeologizmlarni   kuzatish   mumkin:   Suat   daha   çok   genç   ve
aklı   bir   karış   havadadır   (o‘ylamasdan   xayoliga   kelganini   qiladigan);     Fakat   kral
hazretleri   bütün   gece   Feşafeş’i   kovalamaktan   dili   bir   karış   dışarda   soluyup
duruyor   (chopishdan,   yurishdan   yoki   chanqash   tufayli   juda   charchamoq);   Zaten
can ım   burnumda   bir   de   kapıyı   böyle   beş   karış   suratla   açarsan…   (xafa,   qovog‘i
solingan). 
Xullas,   frazeologizmlar   dunyo,   obyektiv   borliq   va   jamiyat   haqida   madaniy
informatsiya   tashuvchi   lingvomadaniy   birlik   hisoblanadi.   Shuning   uchun   ham
frazeologik  birliklar  o‘zida  xalq  mentaliteti  va  madaniyatini  saqlovchi  “hikmatlar
xazinasi” bo‘lib, ular avloddan avlodga meros qilib qoldiriladi.  
O’zbek   tilining   frazeologik   boyligi   haligacha   to‘liq   to‘planmagan.
Frazeologizmlar   lingvomadaniy   jihatdan   o‘rganilmagan.   Shuning   uchun
frazeologik   birliklarni   yig‘ish,   tasniflash,   lingvomadaniy   nuqtayi   nazardan   tadqiq
etish,   ularni   o‘zga   madaniyat   iboralari   bilan   qiyosiy   o‘rganish   bugungi     o‘zbek
tilshunosligining kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb masalalaridan biridir.  ADABIYOTLAR
1 . Usmanova Sh.  “Lingvokulturologiya” fanidan ma’ruza  kurslari .  – Toshkent: 
Universitet, 2014.
2 .  Алефиренко Н.Ф.  Лингвокультурология. Ценностно-смысловое  
пространство языка . У чебное пособие . –М.: Флинта , Наука, 2010.  
3 . Хроленко А. Т. Основы лингвокультурологии.  Учебное пособие.  – М. : 
Наука, 2009. 
4 . Арутюнова Н.Д. Метафора и дискурс // Теория метафоры. –М., 1990. 
5 . Арутюнова Н.Д. Язык и мир человека. –М., 1998. 
6 . Байбурин А. К. Ритуал в традиционной культуре. –СПб., 1993. 
7 . Бижева З.Х. Культурные концепты в кабардинском языке. –Нальчик, 1997.
8. .ВежбицкаяА. Язык. Культура. Познание. –М., 1996. 
9.  Воркачёв С.Г.  Лингвокультурология, языковая личность, концепт: 
становление антропоцентрической парадигмы в языкознании // 
Филологические наук. 2001. -№ 1. –С. 64-72.
1 0 . Воробьев В. В. Культурологическая парадигма русского языка. –М., 1994.
11.  Воробьев В.В.  Лингвокультурология: теория и методы. –М., 1997 .
1 2 . Гумбольдт В. О различии строения человеческих языков и его влиянии на
духовное развитие человечества// Избр. труды по языкознанию. –М., 1984. 
1 3 . Гумбольдт В. Язык и философия культуры. –М., 1985. 
1 4 . Гуревич   А.Я. Человек и культура: Индивидуальность в истории культуры.
–М., 1990. 
15. Де мьянков В.З. Понятие и концепт в художественном литературе и в 
научном языке // Вопросы филологии. –Москва, 2001. -№ 1. –С. 35-47. 
1 6.  Ибрагимова Р.С. Француз ва  ўзбек тилларида  АЁЛ  концептининг 
лингвокогнитив тадқиқи: Филол. фанлар номзоди... дис.автореф.  –Тошкент, 
2012.

FRAZEOLOGIZMLARNING LINGVOMADANIY TAHLILI Reja: 1. Frazeologik birliklar haqida tushuncha 2. Frazeologizmlarning milliy-madaniy semantikasi

1. Frazeologik birliklar haqida tushuncha. Tilning frazeologik fondi xalq madaniyati va mentalitetining qimmatli ma’lumotlar manbayi sanaladi. Frazeologizmlarda muayyan xalqning miflari, udumlari, rivoyatlari, taomillari, urf- odatlari, ma’naviyati, axloqi va h.k. haqidagi tasavvurlari mujassamlashgan bo‘ladi. Mashhur rus tilshunosi B.A.Larinning ta’kidlashicha, “Frazeologizmlar har doim xalq dunyoqarashi, jamiyat tuzilishi va o‘z davrining mafkurasini bilvosita aks ettiradi”. Frazeologizmlarning semantikasida xalq madaniyati rivojining uzoq jarayoni aks etadi. Har bir tilning frazeologizmlarida xalq hayotiga mansub ijtimoiy-tarixiy voqea-hodisalar, axloqiy va ma’naviy-madaniy me’yorlar, diniy tasavvurlar, milliy an’ana va urf-odatlar, madaniy stereotiplar va arxetiplar o‘z aksini topgan bo‘lib, ular avloddan-avlodga uzatiladi. F. I. Buslayevga ko‘ra, frazeologizmlar o‘ziga xos kichik dunyo bo‘lib, ular ajdodlar tomonidan avlodlarga meros qilib qoldirilgan axloqiy qoidalar va haqqoniy fikrlarni o‘z ichiga olgan qisqa, hikmatli ifodalardir. Ular millatning o‘ziga xos ruhini betakror obrazlar vositasida ifodalaydigan har qanday milliy tilning jonidir 1 . V.A. Maslova frazeologizmlar tahlil qilib, ular haqida quyidagi gipotezani ilgari suradi: 1. Frazeologizmlarning aksariyatida aniqlanishi lozim bo‘lgan milliy madaniyatning “izi” mavjud. 2. Frazeologik birliklarning ichki shaklida obyektiv olamning u yoki bu hodisalarini obrazli tasavvuri bo‘lgan madaniy informatsiya saqlanadi va u frazeologizmga madaniy-milliy bo‘yoq beradi. 3. Madaniy-milliy o‘ziga xoslikni aniqlashda madaniy-milliy konnotatsiyani ochish juda muhimdir 2 . 1 Буслаев Ф. И. Русские пословицы и поговорки, собранные и объясненные. –М.: 1954. –С. 37. 2 Маслова В. А. Лингвокультурология: Учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений. –М.: Издательский центр «Академия», 2001. –С. 82.

Olamning lisoniy manzarasini yaratishda frazelogizmlar alohida rol o‘ynaydi. Aniqrog‘i, frazeologiya olam lisoniy manzarasining bo‘lagidir. Frazeologik birliklar “xalq hayotining ko‘zgusi”dir. Frazeologik birliklarning tabiati til egasining bilimlari, hayotiy tajribasi va mazkur tilda so‘zlashuvchi xalqning madaniy-tarixiy an’analari bilan chambarchas bog‘liqdir. Frazeologik birliklarning semantikasi inson va uning faoliyatini tavsiflashga qaratiladi 3 . Frazeologik birliklar har doim subyektga qaratilgan bo‘ladi, ya’ni ular olamni tasvirlash uchungina emas, balki uni talqin qilish, baholash va unga subyektiv munosabat bildirish uchun yuzaga keladi. Frazeologizm va metaforalar aynan mana shu jihati bilan boshqa atov birliklaridan ajralib turadi. Har bir xalq vakili o‘z fikrini obrazli yoki his-hayajonli tarzda ifoda etish maqsadida barqaror so‘z birikmalari yaratishda o‘ziga yaqin yoki tanish narsa va hodisalar nomlaridan foydalanishga harakat qiladi. Masalan, “boshdan-oyoq”, “to‘la-to‘kis”, “butunlay”, “tamomila” tushunchalarining obrazli ifodasi uchun yunon tilida От альф ы до омеги iborasi ishlatiladi. Mazkur iboraning ta’sirida turk tilida A’dan Z’ye kadar rus tilida От А до Я iboralari paydo bo‘lgan. Yoki yunon tilida “ibtido va intiho”, “hayotning boshi va oxiri” ma’nosida “Alfa va Omega” iborasi qo‘llaniladi. Ayni iboralarning obrazliligi mazkur tillardagi birinchi va oxirgi harflarning majoziy qo‘llanilishi – bir-biriga qarshi qo‘yilishi asosida vujudga kelgan. Lingvokulturologiya fanining asoschilaridan biri, Moskva frazeologik maktabining rahbari V.N.Teliyaning yozishicha, tilning frazeologik tarkibi “lingvomadaniy jamoa milliy o‘zligini ko‘radigan ko‘zgudir”. Aynan frazeologizmlar til egasining dunyoni, hodisalarni o‘ziga xos ko‘rishini namoyon etadi 4 . Masalan, o‘zbek xalqining turmush tarzi ( bozor bahosi “hamma qatori, hech yon bosmay”, xirmon ko‘tarmoq “ekin-tikinni yig‘ib, hosil me’yorini hisob-kitob qilmoq”), milliy kiyim-kechaklari ( to‘n kigizmoq “qo‘shib-chatib, pardozlab 3 Фразеологический словарь русского литературного языка / Под ред. А. И.Федорова. –М., 1996; Образные средства русского языка / Под ред. В.Н.Телия. –М., 1995. 4 Ko ‘ rsatilgan bet .

gapirmoq”, kavushini to‘g‘rilab qo‘ymoq “haydab yubormoq”), yeguliklari ( xamir uchidan patir “katta ko‘p narsadan boshlang‘ich va kichik bir qism”) va h.k. Ma’lumki, xalq madaniyati va mentalitetining qimmatli ma’lumotlar manbayi bo‘lgan tilning frazeologik fondini boyitishda yozuvchilarning o‘rni beqiyosdir. O‘zbek milliy frazeologizmlarining boyishi va rivojlanishiga eng katta hissa qo‘shgan yozuvchilardan biri A.Qahhordir. Yozuvchining xalq iboralaridan foydalanish mahorati, uning frazeologik novatorligi qator ilmiy tadqiqotlarda o‘rganilgan. Chunki, A.Qahhor qo‘llagan frazeologizmlarning aksariyatida madaniy-milliy konnotatsiya kuchli, ularda milliy madaniyatning ruhi, “izi” mavjud. “Xalqning so‘z donoligini mukammal egallagan yozuvchi o‘z hikoyalarida iboralardan muntazam va ifoda maqsadiga favqulodda muvofiq tarzda foydalanadi. O‘zi ham yangi iboralar yaratadi, ammo bu yangi iboralar xalqning o‘zida mavjud bo‘lgan iboralarning modeliga asoslangan bo‘ladi. Shuning uchun yozuvchining yangi iborasini o‘qiganda, xalqning o‘zidagi tegishli ibora ham esga tushadi. Aytish mumkinki, yozuvchchi bitta iborani qo‘llaydi, lekin yozuvchi maqsadi uchun bir paytning o‘zida ikkita ibora “ishlaydi”. Mana bir dalil: “Eshakni yashirsangiz, hangrab sharmanda qiladi (“Ikki yorti bir butun” hikoyasi). Ayni ibora Qahhorniki, bu iborani o‘qish bilan “Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi” degan xalq iborasi esga tushadi, ya’ni tekstda implisit ravishda bu ibora ham ishtirok etadi, uni birinchi ibora ovozsiz “chaqiradi”. Bu – qahhorona mahorat” 5 . A.Qahhorning xalq iboralari modeli asosida yaratgan va bizga meros qilib qoldirgan ayrim iboralari bugungi kunda haqiqiy xalq iborasiga aylangan. O‘zbek tilida “tekinxo‘r” ma’nosini ifodalagan tekin tomoq iborasi mavjud. “A.Qahhor mana shu iboraning strukturasi va tayanch komponenti tekin so‘zi asosida yangi, original ibora yaratadi: tekin quloq . Bu ibora tamomila yangi tushunchani, ya’ni qarshiliksiz quloq soladigan, toqat bilan tinglaydigan odam” tushunchasini ifodalaydi: Odamlarki bor, halol mehnat bilan o‘zini ko‘rsatgani erinadi-yu, 5 Миртожиев М., Маҳмудов Н. Тил ва маданият. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 1992. –Б. 90.

olamda borligini ma’lum qilib turish uchun ko‘proq gapirishga harakat qiladi; majlis-pajlisda so‘z tegib qolsa, foydali biron fikr aytish uchun emas, gapirish, faqat gapirish uchun gapiradi. Jamiyatda o‘zi ko‘rinmay, faqat tovushi chiqadigan bu xildagi odamlar, tekin quloq topilsa, bitta eski to‘ppi to‘g‘risida sakkiz soat suv ichmasdan gapiradi (Tanlangan asarlar, I t., 1957, 279-bet) 6 . 2. Frazeologizmlarning milliy-madaniy semantikasi. Xalq og‘zaki ijodiyoti, dostonlar, turli-tu man afsona va rivoyatlar frazeologizmlarni shakllantiradi, ularga sayqal beradi, ularni xalq mulkiga aylantiradi. Binobarin, “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Rustamxon”, “Kuntug‘mish” kabi ulkan dostonlarda o‘zbek xalqining ko‘hna va hamisha navqiron tili o‘zining butun imkoniyatlari va go‘zalligi bilan “jilvalangan”. “Alpomish” dostonidagi betakror, g‘oyatda nozik iboralarni ko‘rib lol qolasiz. Ana shunday iboralardan biri “gap yetaklamoq”dir. “Yurishimiz qirqin qizlar bilmasin, U qurg‘urlar gap yetaklab yurmasin, El ichida malomat so‘z bo‘lmasin”. Mazkur iboraning hozirgi tilimizdagi muqobili bo‘lmish “gap(ni) ko‘tarib yurmoq” iborasida gapning bevosita harakati yo‘q, u go‘yo oddiy bir narsa, uni faqat ko‘tarib yuradilar, xolos. “Gapni yetaklab yurmoq” iborasi shuning uchun o‘tkir va o‘zg‘irki, unda gapning o‘zi bevosita yuradi, faol harakatga qodir, faqat uni chirkin maqsadlarga xizmat qildirish uchun qayoqqa xohlashsa, o‘sha yoqqa yetaklab yuradilar, bechora gap yetovdagi molday iznini no‘xtachiga tamoman tutqazib ketaveradi, no‘xtachining muddaosi esa gapning ma’noyu mantiq muvozanatini butunlay boshqa burchakka burib yuborishdan iborat. “Gap” va “yetaklamoq” so‘zlaridan tarkib topgan bu ibora ana shunday ma’no nozikliklari, zakiy ishoralar bilan to‘yinib betakror bir ifoda sifatida she’rga, badiiy mazmunga ko‘rk bergan” 7 . Frazeologizmlarning muayyan guruhi xalqlarning urf-odatlari, an’analari va irimlari ta’sirida shakllanadi. Jumladan, o‘ zbek xalqida azaldan quloqtishlar odati mavjud. Quloqtishlar, ya’ni beshikketdi odati hozirgi kunda Surxondaryo 6 Қўчқортоев И. Абдулла Қаҳҳорнинг фразеологик маҳорати. Филол. фанлари номзоди ... дисс. – Тошкент, 1965. -Б.96. 7 Маҳмудов Н. Тил. –Тошкент: Ёзувчи, 1998. –Б. 30.