She’r tahlili. Oda va qasida tahlili. Marsiya,elegiya,ta’rix, epitafiya janrlari tahlili.
She’r tahlili. Oda va qasida tahlili. Marsiya,elegiya,ta’rix, epitafiya janrlari tahlili. Reja: 1. She’r tarkibi 2. Oda va qasidaning yozilishi. 3. Marsiyaning yozilish sababi.
She’riyat dunyosini o‘rganish, shu dunyoning ijodkori – shoir shaxsidan boshlash maqsadlidir: Shoir kim? U qanaqa odam? Uning qismati – poeziyami? Milliyligi va umumbashariyligining sababi nimada?.. O‘nlab savollarga javob aytishni rus tanqidchisi V.G.Belinskiy mulohazalaridan boshlaymiz. U “Mixail Lermontov she’rlari”dayozadi: “Bu – zehnli, nozik – mijoz, hamisha faol, salgina tegib ketilsa ham o‘zidan uchqun sachratadigan, boshqalardan ortiqroq qayg‘uradigan, shodonroq lazzat oladigan, ehtirosliroq sevadigan, kuchliroq nafratlanadigan, qisqasi, chuqurroq his etadigan vujud, ruhning har ikki-ham turg‘un, ham harakatdagi holati oliy darajada taraqqiy qilgan naturadir. Shoir jismning tuzilishiga ko‘ryoq, boshqalarga qaraganda u yoki bu hadga borib qolishiga ko‘piroq moyil bo‘ladi va u hayotda boshqalardan balandroq yuksaklikka ko‘tarilib, iflosroq tubanlikka yiqilishi bemalol mumkin. Lekin uning qulashi ha boshqalarning qulashidan farq qiladi. Bu qklash pul, hokimiyat, imtiyozning yuholigi emas, balki hayotga bo‘lgan sabrsiz chanqoqlik samarasidir. hayotga tashnalik unda shu qadar ulug‘ki, u bir daqiqalik lazzatli ehtiros, bir lahzalik shirin tuyg‘u uchun o‘zining btun kelajagini, orzularini, qolgan umrini qurbon qilishga tayyor... U ijod etayotgan chog‘i=shoh, koinot huumdori, tabiat asrorining ishonchli mahrami, faqat ungagina o‘z ko‘rsin ochgan samo va yer, tabiat va inson ruhiyati sirlarining noziri. Lekin u asliga, odatdagi yer farzandi holiga qaytganda – odam. Ammo shunday odamki, u yaramas bo‘lishi mumkin, lekin hech qachon tuban bo‘la olmaydi, boshqalarga qaraganda tezroq odamgarchilikdan chiqishi mkmkin, lekin shu qadar tezlik bilan chinakam odamga aylanadi va makoni bo‘lishi samodan keladigan nidoga hamisha tayyor turadi...” 1 1 В.Г.Белинский. Адабий орзулар. Т., Ғ афур Ғ улом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1977, 107-бет.
Bu fikrlarni o‘qir ekasiz, Aristotelning “Poetikasidagi “poeziya – iste’dodli yoki majnunsifat kishining qismatidir. Iste’dodli odamlar ruhan juda ta’sirchan, majnunsifatlari esa jazavaga moyil bo‘ladilar”.(35-bet), -degan qaydlarini eslaysiz... Shoira halima Xudayberdieva: Mening Boru yo‘g‘im Umidga o‘tgan, Farqlay olmay goho, Yolg‘on, chinni man har bitta kesakdan Gavharlik kutgan Javohilik kutgan Jinniman... Deyishi – haqiqat; ana shu haqiqatning poetik ifodasidir. “Lekin shoir hamisha elning jigari bag‘ridan bunyod bo‘lgasi zurriyot, el xonadonining chirrog‘i, ertangi kunga yetuvchi sadosi bo‘ldi. Xalqning, davrning xotiroti bo‘lib dunyoga keldi. Shoirsiz yurt – bulbulsiz chaman, yulduzsiz osmon, mayoqsiz bandargoh. Shoir qaysi zamonda, qaysi yurtda yashamasin, birinchi galda o‘z qalbining halatini ayon etadi vaagar bu holat minglarni, millionlarning qalbiga esh bo‘lsa shoir nidosi umumxalq, umumbashariy nidoga aylanadi. Shoirni hamma zamonda qismat bo‘ldi” (E.Vohidov, “Shoiru she’ru shuur”, 76-bet). She’rning dunyosi – “butun olam, barcha ranglar, bo‘yoqlar, ohanglar, tabiat va hayotning barcha shakllari”dir, u bu narsalarning qay biri bilan oshna bo‘lsa, uning mohiyatiga kirsa-qalbida ehtiroslar, tuyg‘ular, orzular, fikrlar po‘rtanasi uyg‘onadi va ular jilolanib “bashar hayotining tepib turgan yuragi, uning hoki va joni, uning shu’lasi va quyoshi” (V.Belinskiy)ga aylanadi, go‘zalligi va birbutunligi bilan voqelikdan ko‘ra hayotiyroq, boyroq,
maftunkorroq bo‘lib barchani o‘ziga jalb qiladi. ha, “she’r – yuksak san’at, yurakdan aytiladigan so‘z, yurak otashi, fikrning guli, nafasi, yolqini” 2 . “She’riyat – shoir va o‘qituvchi o‘rtasidagi dil suhbati demakdir. Shoir uchun bu suhbat-yurakni borlig‘i bilan ochan, o‘quvchi uchun bu yurak zarblarini anglamaktir. She’rni anglamakning o‘zi ham iste’dod. Biz bu iste’dodning nomini nozonli deysiz, nozik fahmlik deymiz. Bu fazilatga yangilikning anglash va baho bera olish sifati qo‘shilganda u didga aylanadi. Didni esa yoshlikdan tarbiyalamoq, bilim va tuyg‘ular boyligi bilan kamolotga yetkazmoq kerak”(E.Vohidov, yuqoridagi asar, 131-bet) ekan, demak shoir bo‘lish uchun ham, she’rning anglovchi iste’dod egasi bo‘lmoq uchun ham, dastavval, she’riyatning qonun-qoidalarini, uning oddiy texnikasini bilish, uni chuqurroq o‘rganishni zaruratga aylantiradi. Qalbdagi tovlanishlarning insoniy qiyosini ravshanlashtirishda, musiqiyligini ta’minlashda, qismat tarixini – so‘z vositasida jonlashtirishda uchta asos muhim ahamiyat kasb etadi. Bular ritm (“Ritmika”), qofiya (“Ilmi qofiya” - “Fonika”), band (“Strofika”). RITM (grekcha teng o‘lchovlilik) borliqdagi barcha hodisa va holatlar tovlanishlarini ro‘yobga chiqaruvchi, ularni izchillik bilan bir me’yorda takrorlanishini ta’minlovchi asosdir. Shuning uchun ham insonning yurak urishida ham, qorning yog‘ishida ham, fasllar almashinuvida ham, raqqosaning o‘yinida ham, taralayotgan kuyda ham ritm (zarb) bor. Bu – dunyoning yaratilish qonuniyati. U adabiyotga ham daxldordir, faqat she’riyatda ayricha xususiyat kasb etadi: musiqiylikni yaratuvchi asosiy elementlardan biriga aylanadi va “she’riy nutqning bosh alomati” (I. Sultonov), uning maftunkorligini ta’minlovchi vosita, nutqni “ziynatli nutq”qa (Aristotel) aylantiruvchi sanaladi. 2 2 Ойбек. Адабиёт тў ғ рсида.Т., “ФАН”, 1985, 14-бет.
“She’riy nutq ritmga, ritm she’riy nutqqa muayyan shakl, yaxlitlilik hadya qiladi. Ritm she’riy nutqni, har qanday oddiy fikrni ham bir daraja yuqori ko‘taradi. Ritmdan so‘zga sehr, ta’kid, ko‘tarinkilik nasib bo‘ladi; ritmlilik fikr-ishonch, muhimlik ato etganday bo‘ladi; she’riy ritmli so‘z obro‘li so‘zdir, ritmli fikrni yodlash oson va esdan uzoq vaqtgacha chiqmaydi... Qolaversa, ritmdorlik kishiga zavq-shavq bag‘ishlaydi, nutqdagi hissiyot, emosionallikni orttiradi; ruhiy ehtiyojni qondiradi. Aristotel aytganidek, nutqqa zebu-ziynat taqdim qiladi, g‘oyaning kishiga singishiga ko‘maklashadi.” 1 She’riyatimizda ritmni yaratuvchi doimiy elementlar – bo‘g‘in, turoq, ritmik pauza, turkum va vazn sanaladi. Albatta, ritmni yaratishda qofiya ham, band ham ishtirok etadi, lekin ular faqat o‘lchov, metrikaga aloqador (jumladan, qofiya misralar oxirini eslatadi; erkin vaznda qat’iy tartibli band yo‘q) bo‘lmagani uchun ularni alohida o‘rganish va aytilgan ushbu mulohazani doimo esda tutish ma’quldir. Bo‘g‘in. Bir nafas bilan aytiladigan so‘z yoki so‘zning bo‘lagi – bo‘g‘indir. So‘zlar talaffuz qilinganda, chiqarilayotgan havo oqimi turli – tuman ohang kasb etib, bo‘g‘inlarni hosil qiladi. Bo‘g‘inni hosil qiluvchi narsa – nutq tovushidir. Nutq tovushlari unli va undoshga bo‘linganidek, undan hosil bo‘luvchi bo‘g‘inlar ikki xil bo‘ladi. Agar bo‘g‘inlarning oxiri unli bilan tugasa ( bo-la , ka-ri-ma kabi) ochiq bo‘g‘in, undosh bilan tugagan bo‘lsa ( mak-tab, non kabi)yopiq bo‘g‘in sanaladi. Bo‘g‘in – ritmni hosil qiluvchi eng kichik o‘lchov birligi sanaladi. U ritm yaratish uchun guruhlanadi, ayni paytda, ritm qaysi misrada bo‘g‘in soni ko‘p yoki kam ekanligini aniqlaydi. U ritm yaratish vazifasini yaratish uchun turoqlarga (aruzda ruknlarga ) uyushadi. Turoq. Bo‘g‘inlarning misralarda qat’iy tartibda guruhlanishi – turoqdir. 1 1 Уммат Тўйчиев. Ўзбек поэзиясида аруз системаси, Т., “Фан”, 1985, 212-бет (Бундан сўнг асарнинг номи ва са ҳ ифаларини қ айд қ иламиз).