logo

Mеtodik adabiyotlardan foydalangan holda tinish bеlgilarining ishlatilishi bilan tanishtiriladigan darslar, mashq matеriallari ustida ishlash.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

29.849609375 KB
M е todik   adabiyotlardan   foydalangan   holda   tinish   b е lgilarining
ishlatilishi bilan tanishtiriladigan darslar, mashq mat е riallari ustida ishlash.
Reja:
1.   Tinish bеlgilarining ishlatilishi bilan tanishtiriladigan darslarni tashkil etish.
2. Tinish bеlgilarini o’rgatishda sintaktik-punktuatsion tahlil.
3 .   Tinish   bеlgilarini   qo’llash   bilan   bog’liq   xatolar   va   ularni   tuzatishga   oid
ishlar.
Tinish bеlgilarining ishlatilishi bilan tanishtiriladigan darslarni  tashkil etish.
Boshlang’ich   ta’limda   ona   tili   o’qitishning   eng   muhim   va   eng   murakkab
vazifalaridan biri fikrni ifodalashda gap va unda qo’llaniladigan tinish belgilaridan
ongli foydalanish ko`nikmasini shakllantirish sanaladi. Maktabda bu vazifa asosan,
sintaksis elementlarini o’rgatish darslari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
O’zbek   tilida   jami   o’nga   yaqin   tinish   belgisi   mavjud   bo’lib,   ularni   nutqda
qo’llanish   qonun-qoidalarini   o’rganuvchi   bo’lim   “Punktuatsiya”   deb   yuritiladi.
Tinish   belgilarining   qo’llanilishini   belgilab   beradigan   qonun-qoidalar   ma’lum
prinsiplar   asosida   yaratilgan.   Nutqda   tinish   belgilarini   o’rinli   qo’llanilishida
quyidagi prinsiplarga amal qilinadi:
1) Intonatsion prinsip.
2) Logik-grammatik prinsip.
3) Sintaktik prinsip.
4) Stilistik prinsip.
5) Differensiatsiya (farqlash) prinsipi.
Punktuatsiyaning mazkur prinsiplari tinish belgilarini nutqda qo’llanilishining
ilmiy   asosi   sanaladi.   Har   bir   prinsip   tilning   fikriy   va   grammatik   vositalarini
hisobga   olish   asosida   tuziladi,   ya’ni   nutqning  fikriy   tomoniga  ta’sir   eta  oladigan,
ma’lum   grammatik   ahamiyatga   ega   bo’lgan   pauza   va   intonatsiyalargina   ma’lum
tinish   belgisi   bilan   ko’rsatiladi.   Jumladan,   har   bir   fikr   tugallangan   ohang   bilan
aytiladi va  predikativlikka ega bo’lgan sintaktik birlik – gap orqali ifoda etilishiga
ko’ra gap oxirida “nuqta” belgisi qo’yiladi.
Boshlang’ich   ta’limda   tinish   bеlgilarining   ishlatilishi   bilan   tanishtiriladigan
darslar,   asosan,   4-sinfda   tashkil   etiladi.   Bunda   ifodali   o’qish,   logik   urg’u   ustida
ishlash, sintaksis elementlari ustida ishlash, yozma mashqlar, yozma ishlar hamda
sintaktik-punktuatsion tahlillardan foydalangan holda tashkil etish mumkin.
Maktabda   punktuatsiya   o’qitishni   boshlang’ich   sinflardayoq   boshlanishining
o’ziga   xos   o’rni   va   ahamiyati   bor.   Kichik   yoshdagi   o’quvchilarga   ona   tili
o’qitishning   bosh   maqsadidan   kelib   chiqqan   holda   aytish   mumkinki,   ularning
og’zaki va yozma nutqini shakllantirish va rivojlantirishda, o’z fikrini boshqalarga to’g’ri   tushuntirish   va   boshqalarning   fikrini   to’g’ri   anglashda,   o’quvchilarda
orfoepik, orfografik hamda punktuatsion savodxonlikni oshirishda tinish belgilarini
o’rgatish   katta   ahamiyat   kasb   etadi.   Qolaversa,   ta’limning   ilk   bosqichida   olingan
har qanday bilim ta’limning keyingi bosqichlarida poydevor bo’lib xizmat qiladi. 
Umuman   olganda,   maktabda   punktuatsiya   elementlarini   o’qitishni   to’g’ri
yo’lga qo’yishning ta’limiy ahamiyati juda katta:
 tinish belgilari gapda ifodalangan fikrning mazmun-mohiyatini to’liq ochib
beradi;
 tinish belgisi matnni qismlarga bo’lib ko’rsatadi;
 tinish   belgisi   qo’llanilmagan   matn   mazmunini   noto’g’ri   izohlanishining
oldini oladi;
 o’quvchilarda   turli   janrdagi   asarlarni   ifodali   o’qish   texnikasi
rivojlantiriladi;
 o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqi o’sishiga ko’mak beradi;
 o’quvchilarni   ba’zi   (shakldosh)   so’zlarning   ma’nolarini   farqlashga
o’rgatadi;
 o’quvchilarning punktuatsion savodxonligini ta’minlaydi.
Boshlang’ich   sinflarda   to’rtta   tinish   belgi:   gap   oxirida   nuqta,   so’roq   belgisi,
undov   belgisi   hamda   uyushiq   bo’lakli   gaplarda   vergulning   ishlatilishi   haqidagi
qoidalar   o’rgatiladi.   Boshlang’ich   sinflarda   o’rgatiladigan   tinish   belgilari   kam
bo’lishiga qaramay, o’qituvchi har bir sinfda punktuastiya ustida muntazam ish olib
borishi   zarur,   chunki   tinish   belgilari   fikrni   aniq   va   tez   o’qib   olishga   hamda
o’zgalarga uqtirishga yordam  beradi”.
Kichik yoshdagi  o’quvchilarni tinish belgilari bilan   tanishtirishda o’qituvchi,
avvalo,   ularning   yozma   to’g’ri,   boshqalarga   tushunarli   qilib   fikr   ifodalash   uchun
muhim ekanini tushuntiradi.
Masalan, nuqtanining roli bilan elementar tarzda   tanishtirish uchun gaplarga
ajratilmagan yaxlit matndan foydalanish mumkin;  o`quvchilar bunday matnni o’qish
va mazmuniga tushunish qiyin ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Punktuastiya   semantik,   sintaktik     va   intonatsion     qoidaga   asoslanadi.   Bu   uch
asos  bir-biriga   o’zaro  ta’sir   etadi.  Xat   yozuvchi   tinish   belgisini   qo’yishda,   avvalo,
bayon etadigan fikrining  mazmuniga asoslanadi.
1-sinf o`quvchilariga savod o`rgatish davridayoq nuqta, so`roq  belgisi va undov
belgisi bilan amaliy tanishtiriladi. Bolalar hali «Alifbe» o’qimasa ham, rasmga qarab
gap   tuzadilar.     O’qituvchi   ularga   talaffuzda   bir   gap   boshqasidan   o’zaro   to’xtam
(pauza)   bilan   ajratilishini,   gapning   oxirida   ohang   pastlashib   tugallanishini
tushuntiradi.
Bolalar,   o’qituvchi   topshirig’iga   ko’ra,   4-5   gapdan   iborat   bo’lgan   kichik
matnni   qismlarga   ajratadilar   va   bunda   ular   o’rtasidagi   to’xtam   hikoya   mazmunini
yaxshi   tushunishga   yordam   berishiga   ishonch   hosil   qiladilar.   Ular   gapni   to’g’ri
talaffuz   qilishni   o’rgana   boshlaydilar.   Bu   gap   oxiriga   nuqta   qo’yilishi   bilan
tanishtirish  uchun mazmuniy va intonatsion  asos yaratadi. 
Bolalarni   gapni   o’qishga   oldindan   tayyorlash   uchun   grafik   sxemadan   ham
foydalanish   mumkin.   Masalan,   o’quvchilar   gap   tuzadilar,   undagi   so’zlarni
sanaydilar va  o’qituvchi rahbarligida chiziqcha bilan belgilaydilar:   1.Biz           ertakni   
sevamiz   (_______   ______  _______ .)   Yana   boshqa   gap  tuzib,  uni ham chiziqcha
bilan   belgilaydilar:   2.   Qovun   pishdi    .     (________       ______   .)   O’qituvchi   quyidagi
mazmunda   tushuntiradi:   Og’zaki   nutqda   bir   gapni   ikkinchisidan   pauza   bilan
ajratamiz:   (Har   bir   gap   talaffuz   qilinadi).   kitoblarda,   gazetalarda   gapning
tugaganini, ovozni  pasaytirish  va pauza qilish kerakligini ko’rsatish uchun alohida
belgi - nuqta ishlatiladi.
Bir   necha   darsdan   so’ng   o’quvchilar   gaplarni   o’qiy   boshlaydilar.   Ular
nuqta  pasaytirish, pauza qilishga belgi  ekanini tushunadilar. Kesma harflardan gap
tuzishda,   albatta,   nuqtali  kartochkadan  foydalaniladi.  O’quvchilar  gapni   yozganda,
o’qituvchi   nuqta   qo’yishni   eslatadi,   ishni   tekshiradi.   Gapning   oxiriga   nuqta
qo’yilmasa,   xato   hisoblanadi.   O’quvchilar   o’qituvchi   yordamida   nima   uchun   nuqta
qo’yish lozimligini tushuntiradilar.  Shunday yo’l bilan gapning oxiriga nuqta qo’yish
ko’nikmasi  shakllantiriladi. So’roq   va   undov   belgilari   bilan   ham   savod   o’rgatish   davrida   tanishtiriladi.
Bolalar   so’roq   mazmunini   bildirgan   gaplarni   o’qiydilar.   O’quvchilar   bunday
gaplarni ohangiga rioya qilgan  holda, ya’ni gapning oxirida ovozni ko’tarish bilan
o’qishga   o’rgatiladi.   Bunda   gapning   mazmuni   va   ohangi   so’roq   belgisini   qo’yishni
talab  etishi tushuntiriladi.
Undov   belgisini   qo’yishni   o’quvchilar   gapning   his-hayajon   ifodalashi   va
alohida ohangda o’qilishi bilan bog’laydilar.
O’quvchilar   2-   sinfda   «Gap»   bo`limi   mavzularini   o’rganish   jarayonida   nuqta,
so’roq va undov belgisi haqida nazariy tushunchalar oladilar.
3-sinfda   esa   tinish   belgilari   haqidagi   nazariy   tushunchalar
chuqurlashtiriladi.   Shu   vaqtdan   boshlab   ular   o’quvchilar   gap   oxiriga   tinish
belgilari   sintaktik   asosda   qo’yilishini anglay boshlaydilar.   «Darak gap» mavzusini
o’rganish   bilan   bog’liq   holda   nuqta   qo’yilishi,   «So’roq   gap»   mavzusi   bilan   bog’liq
holda so’roq belgisi   va «Undov gap» mavzusini o’rganish bilan bog’liq holda undov
belgisining   qo’yilish   shartlari   o’rgatiladi.   4-sinfda   tinish   bеlgilarining   ishlatilishiga
oid bilimlar yanada kengaytiriladi.
Tinish bеlgilarini o’rgatishda sintaktik-punktuatsion tahlil.
4- sinfda tinish bеlgilarining ishlatilishiga oid darslarda o’quvchilar e’tibori ikki
narsaga qaratiladi:
1) har xil mashq va topshiriqlar ustida ishlash orqali tinish belgi (nuqta, vergul,
tire, ikki nuqta)larining ishlatilishi bilan amaliy tanishtirish;
2) tinish bеlgilarini o’rgatishda sintaktik-punktuatsion tahlil o’tkazish.
1.   O’quvchilar   har   xil   mashq   va   topshiriqlar   ustida   ishlash   orqali   tinish   belgi
(nuqta,   vergul,   tire,   ikki   nuqta)larining   ishlatilishi   bilan   amaliy   tanishadilar.   Savod
o’rgatish   davridayoq   o’qituvchi   o’quvchilar   e’tiborini   nuqta,   vergul,   tire,   ikki
nuqtaning ishlatilishiga qaratadi, matnni o’shanda bu tinish belgilariga rioya qilishni
amaliy o’rgata boshlagan bo’lsa, 4-sinfda bunga yanada ko’proq ahamiyat  berilgan
holda   mashqlar   ustida   mustaqil   yondashuv   asosida   punktuatsion   belgilarni   ongli
ravishda   ishlatish   ko’nikmasi   shakllantiriladi.   Xususan,   so’zlarni   guruhlash mashqlarini   bajarganda,   o’qituvchi   tire   va   ikki   nuqtaning   qo’yilishi   bilan   amaliy
tanishtiradi.  O’qituvchi   aniq   misollar   bilan  sanab   ko’rsatilgan   so’zlardan   oldin   ikki
nuqta   qo’yilishini   har   bir   so’zning   vergul   bilan   ajratilishini   ko’rsatadi.   Bunda
o’quvchilar tinish belgining nomini aytadilar, o’qituvchi eslatmasa ham, ulardan asta-
sekin foydalana boshlaydilar. Matnni yozishdan oldin punktuastion xatoning ham oldi
olinadi.   Shunday   qilib,   o`qituvchi   o`quvchilarda   punktuatstion   ziyraklikni   o’stirib
boradi.
“Gapning   uyushiq   bo’laklari”   mavzusi   o’rganilganda   sanash   ohangi   bilan
bog’langan bo’laklarda  vergulning vazifasini, “Undalma” mavzusi   o’rganilganda
esa   vergulning   qo’llanish   o’rnini   aniqlashni   amaliy   o’rganadi.   O’qituvchi   ikki
gapni   o’qib   taqqoslash   bilan   nuqta   va   vergulda   ohangning   qanday   berilishini
ko’rsatadi. 
Masalan, 1)  Biz ona yurtimizni doim sevib ardoqlaymiz. 
     2) Rus, yapon, turk xalqi farzandlari ham o’z ona yurtini sevadi. 
Bunda   1-gapdan   har   qanday   gap   oxirida   ovoz   pasayib,   pauza   qilinishi   va
tugallangan   ohang   bilan   yakunlanishi,   2-gapdan   esa   rus,   yapon,   turk   so’zlaridan
so’ng ovoz bir oz pasayib, xabarning davom etishi anglashiladi.
Bundan   tashqari   bunday   mashqlar   asosida   o’quvchilar   uyushiq   bo’lakli   gap
tarkibidagi   uyushiq   bo’laklarning     ammo,   lekin,   biroq,   va     so’zlari   bilan
bog’langanda    vergulning ishlatilishini ham amaliy o’rganadilar. 
“Undalma”   mavzusi   o’rganilganda   undalmaning   gapdagi   o’rni   erkinligi   ya’ni
gap boshida, o’rtasida va oxirida kelishi va  har qanday o’rinda kelganda ham vergul
bilan   ajratib   yozilishi   bilan   amaliy   tanishadilar.   Masalan,   Bolalar ,   darsga
kechikmasdan kelinglar .   Bugun,   Maftuna , senga alohida topshiriq beraman .   Bugun
yomg’ir yog’adi,  shekilli .
2.   O’quvchilarga   punktuatsion   qoidalarni   to’la   singdirish,   ularni   tinish
belgilarini o’z o’rnida ongli ishlatishga o’rgatish   maqsadida   sintaktik-punktuastion
tahlil ,   tinish belgilarn   tushirib berilgan matnning tegishli tinish belgilarini qo’yish,
t a’ l i mi y   es l a t i sh   d i k t a nt i ,   b ay on   v a   i n sh od a   t i n i s h   belgilarining
ishlatilishini izohlash  kabi mashqlardan  foydalaniladi.  Sintaktik-punktuastion   tahlil    .   Bu   tipdagi   mashqlar   asosida   o’quvchilar
o’rganayotgan   har   bir   tinish   belgilarining   qo’yilish   sabablari   va   ularni   og’zaki
nutqda   ma’lum   intonatsiya   bilan   ajratish   ko’nikmasini   egallaydi.   Sintaktik-
punktuastion tahlilni quyidagi ko’rinishlarda o’tkazish mumkin:
 o’qituvchi   ma’lum   matnni   doskaga   diktovka   orqali   yozib,   undagi   tinish
belgilarini   o’quvchilarga   mustaqil   ravishda   punktuatsiya   qoidalariga   ko’ra
qo’yishni topshiradi;
 o’qituvchi ma’lum bir matn tarkibidagi gaplarni ketma-ket tinish belgilari
bilan  bog’liq  (intonatsiya,   pauza,   logik  urg’u   kabi)   qoidalarga  amal   qilgan   holda
og’zaki o’qiydi va o’quvchilardan har bir gapda qanday tinish belgilari qo’yilishini
aniqlashni topshiradi;
 o’qituvchi   doskaga   biror   matnni   to’liq,   ya’ni   tinish   belgilari   qo’yilgan
holda   yozadi   va   o’quvchilar   bilan   birgalikda   har   bir   tinish   belgisining   qo’yilish
sababi punktuatsion qoidalar asosida izohlanadi;
   Tinish   belgilari   tushirib   berilgan   matnning   tegishli   tinish   belgilarini   
qo’yish .   Mashqning   bu   turi   tinish   belgilarining   ishlatilishini   o’rgatishda   yaxshi
samara   beradi.   Bunday   mashqlarning   qulay   tomoni   shundaki,   bunda   maktab
darsligida   berilgan   o’quvchilarga   avvaldan   tanish   bo’lgan   matnlardan   va   yoki
o’qituvchi   tomonidan   tuzilgan   qisqa   matnlardan   ham   foydalanish   mumkin.
O’quvchilar   mazkur   matnni   to’liq   yozib   olib,   mazmunini   tushunib   yetganlaridan
keyingina kerakli tinish belgilarini qo’yadilar. Bu mashq o’quvchilarning mustaqil
faoliyatini   ta’minlshda,   tinish   belgilarining   qo’llanish   sabablarini   ongli
o’zlashtirishga yordam beradi.
 Yozma ishlar.     Nutqda tinish belgilarining to’g’ri va o’rinli ishlatilishiga oid
bilimlarni   mustahkamlashda   yozma   ishlarning   alohida   o’rni   bor.   Bunda
o’qituvchidan   ham   yozma   ishlarni   o’tkazishda   yetarli   darajada   malaka   va   katta
mehnat  talab etiladi. Avvalo yozma  ishlar  ikki  xil  ko’rinishda  o’tkazilishi  lozim:
1)  dars  jarayonida  mashqlar  sifatida;  2)  nazorat  ishi  sifatida. Shuningdek, yozma
ishlarning turi va shaklini o’quvchilarning yoshi, saviyasiga ko’ra, qolaversa, ona
tili DTS va dastur talabiga ko’ra to’g’ri tanlash zarur. Jumladan, 4-sinfda diktant (ta’limiy   va   nazorat   diktanti),   bayon   va   insho   (erkin   insho)   kabi   yozma   ish
turlaridan   foydalanish   mumkin.   Bir   necha   tinish   belgilarini   o’z   ichiga   olgan   har
qanday   matndan   foydalanish   tavsiya   etilmaydi,   o’quvchilar   uchun   ma’nosi
tushunarli   bo’lgan   yoki   tushunishi   qiyin   bo’lmagan   mavzu   tanlansa   maqsadga
muvofiq bo’ladi.
Yozma ishlarni o’tkazishda ikki vazifa amalga oshiriladi:
 Yozma ishni (masalan, diktantni) yozdirish;
 Yozma   ishni   punktuatsion   jihatdan   tahlil   qilish.   Bu   ishlarning   har   biriga
kamida bir soat vaqt ajratish lozim.
Ona   tili   darslarini   o’qish   darslari   bilan   bog’lash   sintaksis va punktuatsiya
elementlari ustida ishlashning metodik   shartlaridan   biri   hisoblanadi.   O’quvchilar
bu   darslarda   sintaksis  bo’yicha   bilimlariga  asoslangan   holda  ifodali  o’qish,   so’zni
aniq   ishlatish,   o’z   fikrlarini   grammatik   to’g’ri   shakllantirish   hamda   tinish
belgilaridan   o’rinli   foydalaishga   o’rganadilar.   Shunday   qilib,   boshlang’ich   sinf
o’quvchilarining   tinish   belgilarining   ishlatilishi   haqidagi   elementar   bilimlari
og’zaki va  yozma nutqda tinish belgilaridan ongli foydalanishni ta’minlaydi.
Tinish bеlgilarini qo’llash bilan bog’liq xatolar va ularni 
tuzatishga oid ishlar.
Uzluksiz   ta’limning   nafaqat   dastlabki   bosqichi   o’quvchilarida,   qolaversa,
yuqori   sinf   o’quvchi   (ba’zi   o’qituvchi)larida,   hatto   OTMda   tahsil   olayotgan
talabalarning   aksariyatida   ham   orfografik   xatolarga   nisbatan   punktuatsion
xatolarga   ko’p   yo’l   qo’yayotganining   guvohi   bo’lamiz.   Bunga   sabab   qilib
quyidagilarni ko’rsatib o’tishni joiz deb bildik:
  Ona tili dasturida punktuatsiya o’qitishga yetarlicha soat ajratilmagan;
   Maktab   darsliklarida   punktuatsiya   o’qitishga   oid   maxsus   mavzular   deyarli
yo’q;
   Boshlang’ich   sinflarda   tinish   belgilarini   o’rganishga   oid   mavzular   “tor”
doirada, ya’ni sintaksis mavzulari ichida qisman o’tiladi;    Boshlang’ich   sinf   o’qituvchi   (yoki   o’quvchi)lari   uchun   punktuatsiya
qoidalarini o’rgatuvchi maxsus qo’llanma yo’q;
   Ona tili darslari  davomida o’tkazilgan yozma ishlar tahlilida o’quvchilarni
punktuatsion xatolari ustida ishlashiga talab darajasida ahamiyat berilmaydi.
Maktabda   o’quvchilarning   punktuatsion   savodxonligi,   asosan,   ona   tili
darslarida   nazorat   ishlari,   turli   xil   shaklda   olingan   yozma   ish   (diktant,   bayon,
insho)lar   hamda   uyda,   sinfda   bajariladigan   mashqlar   orqali   tekshiriladi.
O’quvchilar   yo’l   qo’yadigan   punktuatsion   xatolarning   quyidagi   ko’rinishlari
uchraydi:
 Tinish   belgilarini   zaruriy   o’rinda   qo’ymaslik .   O’quvchilarning   aksariyati
bayon,   insho   yozganda   kerakli   tinish   belgisini   qo’ymaydi.   Buning   sababi
punktuatsion   qoidalarni   nazariy   bilsa-da,   mustaqil   ravishda   ishlatish   ko’nikmasi
yetarli darajada emas.
 Tinish   belgilarini   ishlatishda   izchillikning   yo’qligi.   O’quvchilar   turli
o’rinlarda qo’yilishi lozim bo’lgan bir tinish belgisini faqat bir-ikki o’rinda qo’yib,
qolgan o’rinlarida qo’ymasa, demak, bu ham punktuatsion xato hisoblanadi. Bunda
o’quvchi   o’zining   punktuatsiyion   belgilarni   ongli   ravishda   emas,   taxminlarga
tayanib ishlatganini isbotlaydi.
 Tinish   belgilarini   ortiqcha   qo’llash.   Agar   o’quvchilar   tinish   belgisini
qayerda,   nima   uchun   ishlatilishini   bilmasa,   istagan   tinish   belgisini   noo’rin
ortiqcha qo’llayveradi.
 Tinish   belgilarini   almashtirish .   Ma’lumki,   tinish   belgilarini   qo’llashda
intonatsiya,   ohang   birlamchi,   mazmun,   mantiq   ikkilamchi   sanaladi.   Matn
mazmunini   hisobga   olib   uning   ohangiga   e’tibor   qilmaslikning   oqibatida   tinish
belgilari  almashtirib yuboriladi. Masalan,  so’roq ohangi  yordamida hosil  qilingan
so’roq gaplar mazmunan darak gapga o’xshaydi. Bunda ohangni hisobga olmagan
o’quvchi   “ so’roq ”   belgisi   o’rniga   “ nuqta ”ni   ishlatib   punktuatsion   xatoga   yo’l
qo’yadi.
 Tinish   belgilarini   tushirib   qoldirish .   Agar   o’quvchi   zaruriy   tinish
belgilarini   matnning   bir-ikki   o’rnida   ishlatmasdan,   qolgan   o’rinlarda   to’g’ri qo’llasa-da, baribir xato hisoblanadi. Chunki boshlang’ich ta’limda tinish belgining
bor   yo’g’i   to’rt   turi   (nuqta,   vergul,   undov,   so’roq,   qisman   tire   va   ikki   nuqta)
o’rgatiladi, ularni yetarli darajada ishlatilish o’rni, sababi va maqsadini anglashi va
ongli ravishda qo’llay olishi shart.
O’quvchilarning   punktuatsion   xatolarini   aniqlabgina   qolmay,   ularni   bartaraf
etish   yo’llarini   ham   ko’rib   chiqish   kerak.   Jumladan,   o’quvchilarning   tinish
belgilarini   ishlatilishida   yo’l   qo’ygan   xatolari   ustida   ishlash   uchun   maxsus   tahlil,
izohlash,   analiz   darslarini   o’tkazish   mumkin.   Bunda   o’qituvchi   har   bir
o’quvchining individual xatolarini aniqlab, ularning har biri bilan birgalikda analiz
qilinadi,   ularning   o’zigagina   xos   maxsus   topshiriqlar   berib,   xatolarining   asl
mohiyati   tushuntiriladi.   Nazorat   ishida   yo’l   qo’ygan   xatolarini   o’zlari   topib,
aniqlab   izohlashi   natijasida   o’quvchilarda   punktuatsion   savodxonlik   yanada
mustahkamlanadi. Adabiy ot lar ro` y xat i.
1. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti.    –   T.: Yangiy o` l poligraf service,
201 7 .  – 14-79  b.
2. Uzviylashtirilgan o`quv dasturi.    –   T.:  Yangiy o` l poligraf service, 201 7 . –
14-79  b.
3. Qosimova   K.,   Matjonov   S.,   G`ulomova   X.,   Yo`ldosheva   Sh.,   Sariyev   Sh.
Ona tili o`qitish metodikasi.  –T.: Noshir, 2009.  –  163 b.
4. Matchanov S., G`ulomova X., Yo`ld a sheva Sh., A. Nisanbaeva. Ana
tilin oq ы tu  ә d і stemes і . – T .:  TDPU,  2013.  –    2 7 7   b .
5.   Raxmatullaeva   L.I.   Metodika   prepodavaniya   rodnogo   yazыka   rodnogo
yazыka.   – T.: Uchebnoe  posobie. Moliya Iktisod, 2007.
6.   Husanboeva.Q,   Shodiyev.F,   Hazratqulov.M.   Boshlang`ich   sinflarda
adabiyot o`qitish metodikasi. SamDU.2019.332 b.
7.   Ikromova   R.,   Gulomova   X.,   Yo’ldosheva.Sh.,   Shodmonqulova   D.
Ona tili (4-sinf uchun darslik).  – T.: “O’qituvchi”,, 2020. 
8.   Fuzailov  S.,   Xudoyberganova   M.,  Yo’ldosheva.Sh.   Ona   tili  (3-sinf
uchun darslik).  – T.: “O’qituvchi”,, 2019. 
9.   Qosimova   K.,   Fuzailov   S.,   Ne’matova   A.   Ona   tili   (2-sinf   uchun
darslik).   – T.: Cho’lpon nomidagi NMIU, 2018. 
10.   G’afforova.   T.,   Shodmonov   E.,   G’ulomova   X.   Ona   tili   (1-sinf
uchun darslik).  – T.: “Sharq”, 2019.

M е todik adabiyotlardan foydalangan holda tinish b е lgilarining ishlatilishi bilan tanishtiriladigan darslar, mashq mat е riallari ustida ishlash. Reja: 1. Tinish bеlgilarining ishlatilishi bilan tanishtiriladigan darslarni tashkil etish. 2. Tinish bеlgilarini o’rgatishda sintaktik-punktuatsion tahlil. 3 . Tinish bеlgilarini qo’llash bilan bog’liq xatolar va ularni tuzatishga oid ishlar. Tinish bеlgilarining ishlatilishi bilan tanishtiriladigan darslarni

tashkil etish. Boshlang’ich ta’limda ona tili o’qitishning eng muhim va eng murakkab vazifalaridan biri fikrni ifodalashda gap va unda qo’llaniladigan tinish belgilaridan ongli foydalanish ko`nikmasini shakllantirish sanaladi. Maktabda bu vazifa asosan, sintaksis elementlarini o’rgatish darslari bilan birgalikda amalga oshiriladi. O’zbek tilida jami o’nga yaqin tinish belgisi mavjud bo’lib, ularni nutqda qo’llanish qonun-qoidalarini o’rganuvchi bo’lim “Punktuatsiya” deb yuritiladi. Tinish belgilarining qo’llanilishini belgilab beradigan qonun-qoidalar ma’lum prinsiplar asosida yaratilgan. Nutqda tinish belgilarini o’rinli qo’llanilishida quyidagi prinsiplarga amal qilinadi: 1) Intonatsion prinsip. 2) Logik-grammatik prinsip. 3) Sintaktik prinsip. 4) Stilistik prinsip. 5) Differensiatsiya (farqlash) prinsipi. Punktuatsiyaning mazkur prinsiplari tinish belgilarini nutqda qo’llanilishining ilmiy asosi sanaladi. Har bir prinsip tilning fikriy va grammatik vositalarini hisobga olish asosida tuziladi, ya’ni nutqning fikriy tomoniga ta’sir eta oladigan, ma’lum grammatik ahamiyatga ega bo’lgan pauza va intonatsiyalargina ma’lum tinish belgisi bilan ko’rsatiladi. Jumladan, har bir fikr tugallangan ohang bilan aytiladi va predikativlikka ega bo’lgan sintaktik birlik – gap orqali ifoda etilishiga ko’ra gap oxirida “nuqta” belgisi qo’yiladi. Boshlang’ich ta’limda tinish bеlgilarining ishlatilishi bilan tanishtiriladigan darslar, asosan, 4-sinfda tashkil etiladi. Bunda ifodali o’qish, logik urg’u ustida ishlash, sintaksis elementlari ustida ishlash, yozma mashqlar, yozma ishlar hamda sintaktik-punktuatsion tahlillardan foydalangan holda tashkil etish mumkin. Maktabda punktuatsiya o’qitishni boshlang’ich sinflardayoq boshlanishining o’ziga xos o’rni va ahamiyati bor. Kichik yoshdagi o’quvchilarga ona tili o’qitishning bosh maqsadidan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, ularning og’zaki va yozma nutqini shakllantirish va rivojlantirishda, o’z fikrini boshqalarga

to’g’ri tushuntirish va boshqalarning fikrini to’g’ri anglashda, o’quvchilarda orfoepik, orfografik hamda punktuatsion savodxonlikni oshirishda tinish belgilarini o’rgatish katta ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, ta’limning ilk bosqichida olingan har qanday bilim ta’limning keyingi bosqichlarida poydevor bo’lib xizmat qiladi. Umuman olganda, maktabda punktuatsiya elementlarini o’qitishni to’g’ri yo’lga qo’yishning ta’limiy ahamiyati juda katta:  tinish belgilari gapda ifodalangan fikrning mazmun-mohiyatini to’liq ochib beradi;  tinish belgisi matnni qismlarga bo’lib ko’rsatadi;  tinish belgisi qo’llanilmagan matn mazmunini noto’g’ri izohlanishining oldini oladi;  o’quvchilarda turli janrdagi asarlarni ifodali o’qish texnikasi rivojlantiriladi;  o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqi o’sishiga ko’mak beradi;  o’quvchilarni ba’zi (shakldosh) so’zlarning ma’nolarini farqlashga o’rgatadi;  o’quvchilarning punktuatsion savodxonligini ta’minlaydi. Boshlang’ich sinflarda to’rtta tinish belgi: gap oxirida nuqta, so’roq belgisi, undov belgisi hamda uyushiq bo’lakli gaplarda vergulning ishlatilishi haqidagi qoidalar o’rgatiladi. Boshlang’ich sinflarda o’rgatiladigan tinish belgilari kam bo’lishiga qaramay, o’qituvchi har bir sinfda punktuastiya ustida muntazam ish olib borishi zarur, chunki tinish belgilari fikrni aniq va tez o’qib olishga hamda o’zgalarga uqtirishga yordam beradi”. Kichik yoshdagi o’quvchilarni tinish belgilari bilan tanishtirishda o’qituvchi, avvalo, ularning yozma to’g’ri, boshqalarga tushunarli qilib fikr ifodalash uchun muhim ekanini tushuntiradi. Masalan, nuqtanining roli bilan elementar tarzda tanishtirish uchun gaplarga ajratilmagan yaxlit matndan foydalanish mumkin; o`quvchilar bunday matnni o’qish va mazmuniga tushunish qiyin ekanligiga ishonch hosil qiladilar.

Punktuastiya semantik, sintaktik va intonatsion qoidaga asoslanadi. Bu uch asos bir-biriga o’zaro ta’sir etadi. Xat yozuvchi tinish belgisini qo’yishda, avvalo, bayon etadigan fikrining mazmuniga asoslanadi. 1-sinf o`quvchilariga savod o`rgatish davridayoq nuqta, so`roq belgisi va undov belgisi bilan amaliy tanishtiriladi. Bolalar hali «Alifbe» o’qimasa ham, rasmga qarab gap tuzadilar. O’qituvchi ularga talaffuzda bir gap boshqasidan o’zaro to’xtam (pauza) bilan ajratilishini, gapning oxirida ohang pastlashib tugallanishini tushuntiradi. Bolalar, o’qituvchi topshirig’iga ko’ra, 4-5 gapdan iborat bo’lgan kichik matnni qismlarga ajratadilar va bunda ular o’rtasidagi to’xtam hikoya mazmunini yaxshi tushunishga yordam berishiga ishonch hosil qiladilar. Ular gapni to’g’ri talaffuz qilishni o’rgana boshlaydilar. Bu gap oxiriga nuqta qo’yilishi bilan tanishtirish uchun mazmuniy va intonatsion asos yaratadi. Bolalarni gapni o’qishga oldindan tayyorlash uchun grafik sxemadan ham foydalanish mumkin. Masalan, o’quvchilar gap tuzadilar, undagi so’zlarni sanaydilar va o’qituvchi rahbarligida chiziqcha bilan belgilaydilar: 1.Biz ertakni sevamiz (_______ ______ _______ .) Yana boshqa gap tuzib, uni ham chiziqcha bilan belgilaydilar: 2. Qovun pishdi . (________ ______ .) O’qituvchi quyidagi mazmunda tushuntiradi: Og’zaki nutqda bir gapni ikkinchisidan pauza bilan ajratamiz: (Har bir gap talaffuz qilinadi). kitoblarda, gazetalarda gapning tugaganini, ovozni pasaytirish va pauza qilish kerakligini ko’rsatish uchun alohida belgi - nuqta ishlatiladi. Bir necha darsdan so’ng o’quvchilar gaplarni o’qiy boshlaydilar. Ular nuqta pasaytirish, pauza qilishga belgi ekanini tushunadilar. Kesma harflardan gap tuzishda, albatta, nuqtali kartochkadan foydalaniladi. O’quvchilar gapni yozganda, o’qituvchi nuqta qo’yishni eslatadi, ishni tekshiradi. Gapning oxiriga nuqta qo’yilmasa, xato hisoblanadi. O’quvchilar o’qituvchi yordamida nima uchun nuqta qo’yish lozimligini tushuntiradilar. Shunday yo’l bilan gapning oxiriga nuqta qo’yish ko’nikmasi shakllantiriladi.

So’roq va undov belgilari bilan ham savod o’rgatish davrida tanishtiriladi. Bolalar so’roq mazmunini bildirgan gaplarni o’qiydilar. O’quvchilar bunday gaplarni ohangiga rioya qilgan holda, ya’ni gapning oxirida ovozni ko’tarish bilan o’qishga o’rgatiladi. Bunda gapning mazmuni va ohangi so’roq belgisini qo’yishni talab etishi tushuntiriladi. Undov belgisini qo’yishni o’quvchilar gapning his-hayajon ifodalashi va alohida ohangda o’qilishi bilan bog’laydilar. O’quvchilar 2- sinfda «Gap» bo`limi mavzularini o’rganish jarayonida nuqta, so’roq va undov belgisi haqida nazariy tushunchalar oladilar. 3-sinfda esa tinish belgilari haqidagi nazariy tushunchalar chuqurlashtiriladi. Shu vaqtdan boshlab ular o’quvchilar gap oxiriga tinish belgilari sintaktik asosda qo’yilishini anglay boshlaydilar. «Darak gap» mavzusini o’rganish bilan bog’liq holda nuqta qo’yilishi, «So’roq gap» mavzusi bilan bog’liq holda so’roq belgisi va «Undov gap» mavzusini o’rganish bilan bog’liq holda undov belgisining qo’yilish shartlari o’rgatiladi. 4-sinfda tinish bеlgilarining ishlatilishiga oid bilimlar yanada kengaytiriladi. Tinish bеlgilarini o’rgatishda sintaktik-punktuatsion tahlil. 4- sinfda tinish bеlgilarining ishlatilishiga oid darslarda o’quvchilar e’tibori ikki narsaga qaratiladi: 1) har xil mashq va topshiriqlar ustida ishlash orqali tinish belgi (nuqta, vergul, tire, ikki nuqta)larining ishlatilishi bilan amaliy tanishtirish; 2) tinish bеlgilarini o’rgatishda sintaktik-punktuatsion tahlil o’tkazish. 1. O’quvchilar har xil mashq va topshiriqlar ustida ishlash orqali tinish belgi (nuqta, vergul, tire, ikki nuqta)larining ishlatilishi bilan amaliy tanishadilar. Savod o’rgatish davridayoq o’qituvchi o’quvchilar e’tiborini nuqta, vergul, tire, ikki nuqtaning ishlatilishiga qaratadi, matnni o’shanda bu tinish belgilariga rioya qilishni amaliy o’rgata boshlagan bo’lsa, 4-sinfda bunga yanada ko’proq ahamiyat berilgan holda mashqlar ustida mustaqil yondashuv asosida punktuatsion belgilarni ongli ravishda ishlatish ko’nikmasi shakllantiriladi. Xususan, so’zlarni guruhlash