Milliy g’oyani rivojlantirishning institusional tizimi
Milliy g’oyani rivojlantirishning institusional tizimi REJA: 1. “Mafkuraviy tarbiya” tushunchasi, uning mazmuni va namoyon bo’lish xususiyatlari. 2. " Mafkuraviy tarbiyaning yo’nalishlari va ijtimoiy funksiyalari. . 3. Ta’lim-tarbiya tizimida milliy g’oyani rivojlantirish imkoniyatlari. 4. Milliy g’oyani rivojlantirishda ommaviy va siyosiy tashkilotlarning ahamiyati.
Mafkuraviy tarbiya – inson, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat dunyoqarashini shakllantirishga, ularni muayyan maqsadlarni ifodalaydigan g’oyaviy bilimlar bilan qurollantirishga yo’naltirilgan jarayon. Har qanday mafkuraviy tarbiyaning maqsadi- jamiyatning har bir a’zosi va ular timsoli da har bir ijtimoiy qatlam, guruhning tarbiyaviy darajasini ta’minlashdir. Bu pirovard natijada o’sha jamiyat rivojiga turtki beruvchi ilg’or g’oyalarning harbir fuqaro tomonidan ongli ravishda o’zlashtirilishini, unnig tafakkur va fikrlash tarziga aylantirilishini ta’minlaydi. Shu ma’noda, milliy istiqlol mafkurasi O’zbekistonda yashab, ijod qilayotgan har bir fuqaro ongi va shuurida asriy milliy qadriyatlarimiz,xalqimizningbugungi va kelgusidagimanfaatlarini ifodalovchi eng sog’lom g’oyalar va fikrlartarzidao’z ifodasini topishi lozim. Bu jihat mafkuraviy tarbiyaning bosh xussuiyatlaridan biridir. Jamiyatdagi har bir ijtimoiy kuch yoki aholi qatlamlari o’z manfaat va maqsad intilishlarini ifoda etuvchi g’oyalar tizimini yaratgach, boshqa guruhlarni ham o’z g’oyalar ta’siriga tortishga, o’z tarafdorlari safini kengaytirishga harakat qiladi. G’oyalar adolatli va haqqoniy bo’lib, ko’pchilikning talabehtiyojlariga mos kelsa,bu sohadagi tarbiya vositalari ta’sirchan, tarbiyachilar esa faol vafidoiybo’lsa, ko’zlangan maqsadga erishiladi. Jamiyat,xalq xali o’z manfaatlarini anglabetmagan, o’z mafkurasini shakllantirib, maqsadlari sari safarbarbo’lmagan hollardabegona vazararlig’oyalar ta’siriga tushishehtimoli ortib boradi. Buesag’oyaviy tarbiyani yo’lga qo’yish, sog’lom mafkura tamoyillariniaholi qalbivaongiga muttasil singdirishnidolzarb vazifaga aylantiradi. O’zbekiston sharoitida Mafkuraviy tarbiyaning asosiy vazifasi - Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo’lidagiasriy orzu istaklari, maqsadlarini, milliy istiqlol mafkurasining mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish, va ayniqsa, yoshlar ongigasingdirishdan iboratdir. Mafkuraviy tarbiya jamiyatda, avvalombor, oila, maktabgachayoshdagibolalar muassasalari,
maktablar, lisey,kollejlar, oliy o’quv yurtlari, ommaviy axborpot vositalari,jamoat tashkilotlarining birgalikdagifaoliyatini taqazo qiladi. Uzluksiz ta’lim tizimi mafkuraviy tarbiyani olib boruvchi asosiy bo’g’indir, zero mafkuraviy maqsadlarni kishilar, ayniqsa yoshlar ongiga singdirishvazifasi, asosan ta’lim tizimi orqaliamalga oshiriladi. Mafkuraviy tizim – mafkuraviy ishlarniboshqarish,jamiyatning turli ijtimoiy institutlari: oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy ta’lim maktablari, o’rta maxsus vaoliy o’quv yurtlari, mehnatjamoalari, mahalla kengashlari,jamoat tashkilotlari, madaniy ma’rifiy uyushmalartarbiyaviy imkoniyatlarini muvofiqlatirish, tartibga solish, ularni yagona maqsad tomon yo’naltirish omilari ( ish vaqti va ishdan keyingibo’sh vaqt) va vositalari (fan, adabiyot, san’at, matbuot,radio, tv., kino, musiqa va h.k.), uslublari (tushuntirish, ishontirish, majbur qilish) vausullarinnig ( alohida,jamoaviy, ommaviy) yaxlit bir butun uyushmasi.Shuningdek, mafkuraviytizim mafkuraviy ta’sir yo’nalishlari (aqliy, axloqiy, huquqiy)va uning asosiy sohalari (mehnat, jismoniy, estetik, ekologik, jinsiy vah.k.) ham o’ziga qamrab oladi.Mafkuraviy tizim bir butun yaxlit uyushmabo’lib, doimiy o’zgarib turadi. Ushbu tizim samaradorligiga mafkuraviy ta’sir jarayonining uzluksizligi, tabaqalashganligiga, kompleks yondoshuvga bog’liq. Mafkuraviy ishlar ta’sirchanligi, hozirjavobligini oshirishdaaholi turli tabaqalarining o’ziga xos milliy, psixologik, regional, kasb kor, yoshlik xususiyatlarini inobatga olish ham muhim ahamiyatga ega. Mafkuraviy ta’sir - Mafkuraviyjarayonninng eng muhim strukturaviy komponentlaridan biridir. Mafkuraviy ta’sir ikki asosiy – to’g’ri,bevosita va o’zaro aloqadorlikka asoslangan bilvosita shakllar yordamida amalga oshiriladi.Mafkuraviy ta’sir samaradorligi mafkuraviy ta’sir obyekti va subyektiga bog’liqbo’ladi. Chunonchi, mafkuraviy ta’sir samaradorligimafkraviy ta’sir o’tkazilishilozimbo’lgan kishilarning (obyekt) ma’lumot darajasi, madaniy saviyasiga bog’liq bo’lsa, o’z navbatida mafkuraviy ta’sir o’tkazayotgan idoralar, tarbiyaviy muassasalar, targ’ibot va
tashviqotchilar(subyekt) amalga oshirayotgan mafkuraviy tadbirlar mazmuni va shakliga, mafkura xodimlarining professional mahoratiga bog’liqbo’ladi.Mafkuraviy ta’sir o’tkazilishilozimbo’lgan kishilarningma’lumot darajasi, madaniy, axloqiy,huquqiy, siyosiy saviyasi qanchabaland bo’lsa, mafkuraviy ta’sir samaradorligi shunchayuqoribo’ladi. O’z navbatida, mafkuraviy ta’sir samaradorligi uning obyekti bilan subyekti orasidagi o’zaro aloqadorlik mexanizmining mustahkamligigabog’liq. Bunday o’zaro aloqadorlik mexanizmining mazmunida bir- biriga o’rgatish, bir- biridan o’rganish, bir- biriga utoz, bir- biriga shogird prinsipi yotmog’i darkor. Bunday holatdahar bir kishiMafkuraviy ta’sir dorirasiga tushadi va o’sha ta’sir asosida faoliyat ko’rsataboshlaydi. Insonga g’oyaviy ta’sir ko’rsatish omillari : (vaqt omili, ish vaqti, bo’sh vaqt) G’oyaviy ta’sir yo’nalishlari : aqliy, axloqiy,mehnat, estetik,jismoniy G’oyaviy ta’sir shakllari : individual, jamoaviy, ommaviy G’oyaviy ta’sir uslublari : tushuntirish, ishontirish. Milliy g’oyani amalga oshiruvchi subyektlar: oila, mahalla, jamiyat, OAV, Armiya , demokratik harakatlar. Mafkuraviy jarayonlarni muvofiqlashtirish: G’oyaviy ta’sir; ma’naviy,ma’rifiy, g’oyaviy tarbiya; Sosial institutlarning mafkuraviy tarbiya subyektlari: Mafkkuraviy ta’sir tamoyillari; uzluksizlik, tizimlilik, kompleks yondoshuv, ta’sirchanlik, hozirjavoblik, konkretlik. Oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, uzviy ta’lim maktablari, o’rta maxsus va OO’Yulari, mehnatjamoalari, jamoat tashkilotlari, madaniy ma’rifiy uyushm alar. Milliy g’oyani amalga oshirishda uzluksiz ta’lim tizimi va turlari: Maktabgacha ta’lim, umummiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb hunar ta’limi, Oliy ta’lim, Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim.
Tarbiya nima? Agar «tarbiya» tushunchasining tub ma’nosiga e’tibor beradigan bo’lsak, bu - insonning o’zi va o’z xulqi haqidagi tasavvurining to’g’ri va xolis bo’lishini ta’minlovchi murakkab jarayondir. Ya’ni, tarbiyalangan odam tarbiyasiz odamdan shunisi bilan farq qiladiki, birinchisi u o’zining kim ekanini anglaydi, o’zini afsuski, o’z amallari nafaqat o’zgalarga, xattoki, o’ziga ham ziyon, befoyda, bema’ni ekanini bilmaydi. Shundan kelib chiqib, har qanday tarbiyaning bosh mezoni tarbiyalanuvchida o’zi va o’z fazilatlari haqida to’g’ri tasavvurlarni shakllantirishdan iborat deyish mumkin. Har bir davrning o’ziga xos tarbiyaviy usul va vositalari bo’ladi. Q adim zamonlardan tarbiya yosh avlodning keksa avlod tajribalarini o’zlashtirish shakllaridan biri sifatida qarab kelgan. Tarbiya asosan mehnat faoliyati (ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik va shu kabi) jarayonida, turli urf-odatlar, marosimlar o’tkazish vaqtida amalga oshirilgan. U asosan jismonan baquvvat bo’lishga qaratilgan. Psixolog D. Elkonin bolalar o’yini tarixini tahlil qalib, taraqqiyotning ma’lum davriga qadar umuman bolalar o’yini kategoriyasining o’zi bo’lmaganini isbot qilgan. Lekin o’sha paytlarda kattalarning bolalarga ta’siri bevosita bo’lib, tarbiya jarayoni hozirgidan farqli sharoitlarda kechgan. Mehnat faoliyatining ko’pqirrali bo’lgani va murakkablashib borishi bois kattalar bilan bolalar o’rtasidagi munosabatlarda ro’y bergan o’zgarishlar tufayli o’ziga xos bolalar jamiyati paydo bo’lgan va bu jamiyat a’zolari kattalar tajribasini o’zlashtirishning turli-tuman yo’llarini topib, o’z hayoti va faoliyatini takomillashtirib borgan. Bu birinchi navbatda kasb-hunar turlarning ko’payishi va takomillashib borishi bilan ham bog’liq bo’lgan. G’ oyaviy tarbiyaning mohiyati . Shaxs tarbiyasining muhim yo’nalishi – bu g’oyaviy tarbiyadir. Bu – inson ongi va tushunchalari tizimida hayot haqidagi falsafiy, siyosiy, huquqiy, diniy, estetik, axloqiy, badiiy, kasbiy qarashlarni maqsadli shakllantirish jarayonidir. Har qanday tarbiya jarayoni oxir-oqibat, o’z maqsad va mohiyatiga ko’ra g’oyaviy tarbiyadir. Chunki oilani olamizmi, bolalar bog’chasinimi, mahalla, maktab, kollej, lisey, universitet yoki akademiyani olamizmi hammasida beriladigan ta’lim va tarbiya jarayonlari talaba yoki