logo

Mafkuraviy faoliyat – milliy g’oyani amalga oshirish vositasi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

39.87890625 KB
    Mafkuraviy faoliyat – milliy g’oyani amalga oshirish vositasi
Reja.
1.   «Mafkuraviy faoliyat» tushunchasi, uning mazmun-mohiyati va namoyon
bo’lish xususiyatlari
 2. Milliy istiqlol mafkurasining bosh g’oyasini xalq qalbi va ongiga singdirish
– mafkuraviy faoliyat yuritishning ustuvor yo’nalishi «Mafkuraviy   faoliyat»   tushunchasi,   uning   mazmun-mohiyati   va   namoyon
bo’lish xususiyatlari
Jamiyatda yashovchi turli xil millat, elat, xalq, irq, diniy e’tiqod, ijtimoiy tabaqa,
sinf,   partiya   kabi     uyushma,   birlashma,   tashkilot,   jamoalarga   mansub   bo’lgan
odamlar  orasida, ularning shaxsiy hamda umumiy manfaatlarini ifodavlovchi g’oya
va   mafkuralar   tizimini   yaratish,   ularni   hayotga   tadbiq   etish     mafkuraviy   faoliyat
orqali amalga oshiriladi. Al-xusis,mafkuraviy faoliyatsiz   hyech bir jamiyat yashay
olmaydi, bu siz yashab kelayotgan jamiyatni tarixda ham, bugungi kunda ham hyech
kim uchratgan emas. 
      Jamiyatda   kimlarning   aql-idroki,tashabbusi,ilmiy-amaliy   izlanishlari   orqali
yaratilgan fikr,g’oya,mafkura   o’z-o’zidan tarqalib, kishilar   ongiga avtomatik tarzda
singib   boravermaydi.   Demak,muayyan   g’oyaviy   ta moyillar   va   ta’limotlar   ishlab
chiqilishining   o’zi   ularning   kishilar   faoliyatini   belgilab   beruvchi,   unga   ta’sir
ko’rsatuvchi   ijtimoiy   hodisaga   aylanishi   uchun   yetarli   emas.   Buning   uchun   ular
kishilar   orasida   tarqalishi,   odamlar   ana   shu   g’oyalar   ruhida   tarbiyalanishi   lozim.
Aks   holda,   har   qanday   g’oya   va   mafkura   qancha lik   to’g’ri,   jozibador   bo’lmasin,
muayyan hodisa sifatida tarix  sahifasida qolib ketaveradi. Ayni paytda, har qanday
g’oya va   qarashlar tarqalishi uchun, eng avvalo, ular ishlab chiqilishi   bilan birga,
targ’ib   va   tashviq   etilishi   zarur.   Mafkuraviy   faoliyat   esa   hamisha   shakllangan
g’oyaviy   qarashlar,   baholar   va   maq sadlar   tizimini   odamlarga   yetkazish,   ularning
ongiga singdirish  borasidagi ishlarni amalga oshirish jarayonini anglatadi.
Shu   ma’noda,   mafkuraviy   faoliyat   bu     biron-bir   g’oyani   amalga   oshirish,   uni
aholi ongi va qalbiga singdirish,  muayyan g’oyaviy qarashlar tizimini shakllantirish,
uning   amali yotini   ta’minlash,   yot   va   begona   mafkuralarga   qarshi   kurash   bi lan
bog’liq   chora-tadbirlar   majmuidan   iborat   bo’lib,   u   g’oyaviy   qarashlar   –   bilimlar,
baholar,   maqsadlarni   shakl lantirish   hamda   ularni   tarqatish,   g’oyaviy   tarbiyani
amalga   oshi rish,   mafkuraviy   profilaktika   va   immunitetni   shakllantirish   jarayonini
ham o’z ichiga qamrab oladi. 
Mafkuraviy   faoliyat   jarayonining   namoyon   bo’lish   xususiyatlariga   quyidagilar
kiradi: 1.   Mafkuraviy   faoliyat   jarayoning   keng   ommani   ezgu   g’oyalar   aso sida
tarbiyalash,   ularning   umumiy   siyosiy   va   ma’naviy   saviyasi ni   yuksaltirish,   ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirish, bo’sh   vaqtlarini samarali o’tkazishga ko’mak beruvchi
tadbirlarni   amal ga   oshirishga   qaratilganligi   uning   eng   muhim   xususiyatlaridan   biri
sanaladi. 
2.   Mafkuraviy   faoliyat     keng   ma’noda   o’quv   muassasalari,   ta’lim-tarbiya
maskanlari,   klublar,   axborot-resurs   markazlari,   madaniyat   va   istirohat   bog’lari
faoliyatini   ham   muayyan   darajada   qamrab   olishi   bilan   o’zgacha   xususiyat   kasb
etadi.   Bunda   muzey,   kinoteatr,   teatr   va   boshqa   madaniy-ma’rifiy   muassasa lar,
shuningdek, OAV (gazeta-jurnallar, Internet, radio, TV)   muhim o’rin tutadi. 
3.   Mafkuraviy   faoliyat   mafkuraviy   ishlar   muassasalarining   keng   tarmog’ining
tashkil   etilishi,   ularning   o’sishi   va   takomillashu vi   bilan   unga   rahbarlik   qilish
jarayonining   ham   mukammallashib   borishi,   rahbarlik   qilish   san’atining   yangi
qirralarini   topishga   bo’lgan   ehtiyojning   kuchayib   borishi   bilan   ham   ayricha
xususiyatga   ega   bo’ladi.   O’zbekiston   Respub likasi   Prezidentining   2006   yil   25
avgustdagi  «Milliy g’oya tar g’iboti   va  ma’naviy-ma’rifiy   ishlar   samaradorligini
oshirish   to’g’risida»gi   qaroriga   binoan   Respublika   Ma’naviyat   va   ma’ri- fat
kengashi   faoliyati   hamda   tarkibiy   tuzilishi   qayta   ko’rib   chiqildi.   Respublika
Ma’naviyat   va   ma’rifat   kengashining   il miy-amaliy   yo’nalishda   faoliyat   olib
boradigan   va   davlat   byud jeti   hisobidan   moliyalashtiriladigan   "Milliy   g’oya   va
mafkura   ilmiy-amaliy   markazi"   tashkil   etildi.   Respublika   Ma’naviyat   va
ma’rifat   kengashinmng   amaliy   targ’ibot   yo’nalishida   faoliyat   olib   boradigan
Respublika   Ma’naviyat   targ’ibot   markazi   shakl lantirildi.   Barcha   viloyatlarda
hokimlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha yordamchilari   faoliyati yo’lga
qo’yildi.   Res publikamizdagi   mahalla   oqsoqollari   va   fuqarolar   yig’inlari
raislarining   ma’naviy-ma’rifiy   ishlar   bo’yicha   maslahatchila ri   tizimi
shakllantirildi.
   
4.   Mafkura viy   faoliyatning   navbatdagi   muhim   xususiyatlaridan   biri,uning
hamisha   konkret   tarixiy   mazmunga,   maqsad-muddao ga   ega   bo’lganligi   bilan ifodalanadi.   Bu,   eng   avvalo,   inson   bilimlari,   shu   jumladan,   mafkuraning
mazmun-mohiyati   haqidagi   bilimlarning   rivojlanganlik   darajasi   bilan
belgilanadi.  Mafkura tizimidagi  bilim lar   to’g’ri   yoki   noto’g’ri,   progressiv   yoki
reaksion mazmunga ega   bo’lishi   mumkin.  Mazkur   bilimlar  o’z  navbatida  ular
asosida   shakllanadigan   baholarning   to’g’ri   yoki   noto’g’riligiga   zamin   yara tadi.
Shakllanadigan   baholarda   esa   real   yoki   kutilayotgan   hodisa,   jarayonlarga
mavjud   ehtiyojlar,   manfaatlardan   kelib   chiqib,   o’ziga   xos   munosabat
ifodalanadi.   Bilimlar   qanchalik   chuqur   bo’lsa,   hosil   qilingan   baholarga   ishonch
shunchalik   yuqori   bo’ladi.   Shu   ma’noda,   baholar   –   qadriyatlar   kishilarda
ishonch, e’tiqodning  shakllanishiga xizmat  qiladi. Ba’zida erishilgan bilimlar,
ularga asoslangan baholarning mutlaq to’g’riligiga ishonch dogma tizmga aylanib
ketishini, bu mafkuraviy turg’unlikni yuzaga kel tirishini ham unutmaslik zarur.
 5.  Mafkuraviy faoliyatning yana bir ajoyib xususiyati g’oyaviy qarashlar doirasida
belgilab   olingan   maqsadlarni   bayon   etishda   istiqbolga,   ertangi   kunga   ishonch
tuyg’usini shakllantirishni  ko’zlashi bilan belgilanadi. 
6.   Mafkuraviy   faoliyat   g’oyaviy   qarashlarni   tarqatish   va   unga   mos
tarbiyani   amalga   oshirishni   ifodalash   xususiyatiga   ham   ega   bo’lib,
mafkuraviy   qarashlarni   tarqatish   tizimi,   mexanizmlari,   usul   va   vositalari
doimo   takomillashib   borishni   taqozo   etadi.   "Odamzod   baxti   uchun   hamma
narsadan   voz   kechishga   o’rgatadigan   ezgu   g’oyalarni   kishilarga   singdirish
buyuk   san’atdir",   deb   yozgan   edi   fransuz   yozuvchisi   Stendal.   Shu   nuqtai
nazardan   qaraganda,   mafkuraviy   faoliyat   g’oyaviy   tarbiyani   o’zga- ruvchan
voqyelik   va   ijtimoiy   guruhlarga   xos   xususiyatlarni   hisobga   olgan   holda   doimiy
takomillashtirib borishni anglatadi.
7.   Mafkuraviy   faoliyatni   tashkil   etishda   tex nika   va   texnologiyalar,   targ’ibot
va   tashviqot   olib   borish   usul larining   rivojlanganlik   darajasi   ham   o’ziga   xos
ahamiyat   kasb   etadi.   Hozirgi   davr da   OAV   mafkuraviy   faoliyatni   amalga
oshirishning muhim bo’g’i ni hisoblanadi. Yaqin istiqbolda texnika va texnologiya
rivoji   odamlar   ongiga   ta’sir   o’tkazish,   ya’ni   mafkuraviy   faoliyatni   tashkil
etishning   yangidan-yangi   mexanizmlarini   topishiga   olib   keladi,   shu   asosda mafkura viy   faoliyatni   ilmiy   asosda   tashkil   etish   ishlarini   muntazam   ravishda
takomillashtirib borishga keng yo’l ochib beradi.
8.   M afkuraviy   faoliyat   o’zining   mohiyat-mazmuniga   ko’ra   o’zgaruvchan
xususiyatga   ham   egadir.   Mafkuraviy   faoliyat   stixiyali   tarzda   kechmaydi,balki
ongli,tizimli   va   tadrijiy   tarzda,biron   bir   aniq   maqsadni   ko’zlab,   mavjud
mafkuraviy vaziyatdan kelib chiqqan holda olib boriladi. 
Hozirgi   kunda   mafkuraviy   faoliyat   olib   borishdan   maqsad   milliy   istiqlol
mafkurasining   g’oyalarini   xalq   qalbi   va   ongiga   singdirish   ishlarini   tashkil
etishdan iborat.
Milliy istiqlol mafkurasining bosh g’oyasini xalq qalbi va ongiga singdirish –
mafkuraviy faoliyat yuritishning ustuvor yo’nalishi
                Milliy   istiqlol   mafkurasining   bosh   g’oyasi–ozod   va   obod   Vatan,   erkin   va
farovon hayot barpo etishdir. Bunda asosiy o’rin ozodlik g’oyasiga beriladi.
    2. 1. Ozod  Vatan g’oyasi.    Bugungi kunda   o’zbek     xalqining tarixiy makon
va zamonda bir million yilllik o’rni borligi   tarixiy haqiqat sifatida ko’pchillik  ilm
ahliga  ma’lum. Bu xalqning davlatchiligi tarixi  esa 3 ming yildan ortiqroq vaqtni
o’z   ichiga   qamrab   oladi.   Ular   ana   shu   tarixiy   davr   ichida     juda   ko’plab   baxtli   va
baxtsiz   onlarni,   ya’ni   taraqqiyot   va   inqiroz,   barqarorlik   va   beqarorlik,   g’alaba   va
mag’lubiyat,   hukmronlik   va   tobelik,   saxovatpeshalik   va   mutelik,   sadoqat   va
xiyonat kabi hayotning totli va achchiq damlarini boshdan kechirganlar. Ayniqsa,
ular   o’z   hayotlarining     200   yilini   ahamoniylar,   180   yilini   grek-makedoniyaliklar,
200   yilini   arab   xalifaligi,   150   yilini   mo’g’il   bosqinchilari,130   yilini   rus   va   sovet
istilochilari,ya’ni   jami   bo’lib  800   yilini   o’zgalar   qo’lida   qullik,  qaramlik,  tobelik,
mustamlakachilik   sharoitida   o’tkazishga     majbur   bo’lganliklari   sababli     ozod
Vatanda   erkin   yashashning   nima   ekanligini   o’zgalardan     ko’ra   yaxshiroq
anglaydilar.   Shu   tufayli   «ozod   Vatan»   tushunchasi   o’zbek   xalqi   milliy
mafkurasining bosh g’oyasiga aylangan.  
«Ozod»   so’zi   fors   tilidan   o’zbek   tiliga   kirib   kelgan   bo’lib   lug’aviy   jihatdan
«erkin,   hur;   asoratdan   qutulgan;   g’am-tashvishdan   xoli;   oliyjanob;   saxovatli»
degan ma’nolarni bildirgan holda kishilarning kundalik hayotida: 1) o’z erki, haq-huquqi o’z qo’lida bo’lgan,ozodlikka erishgan; erkin, hur; 
2) qullikdan ozod etilgan, erkinlikka chiqqan, asoratdan qutilgan;
3)   o’z   holiga,   mayliga   qo’yilgan,   bo’shatib   yuborilgan,   hyech   qanday
majburiyat bilan bog’lanmagan; bo’sh;
4)   tik,   tikka,   ko’krakni   kerib   yuradigan   odam,   elat,   millat,   xalq   ma’nosini
anglatish   uchun   ishlatiladi 1
.   Shundan   ham   ko’rinib   turibdiki,   ozodlik     shunchalik
oddiy   so’z   emas,   balki     o’zida     chuqur   falsafiy   ma’noni   aks   ettirgan     g’oyaviy
ahamiyatga molik bo’lgan tushunchadir.
Ozodlik tushunchasining falsafiy mazmundagi g’oyaviy tabiati:
birinchidan,   har   bir   inson,   elat,   millat,   xalq   va   davlatning   o’z   haq-huquqlarini
himoya qilishida ;
  ikkinchidan ,   ularning   o’z   erkini   qo’lga   kiritib   erkin   va   farovon   yashashga
intilishida;      
  uchinchidan,   hayotiy   adolatni   qaror   toptirib   tenglar   ichida   teng   bo’lib,   tikka,
ko’krak kerib yurishga intilishi sari qilayotgan xatta-harakatlarida;  
to’rtinchidan , kelgusi avlodlarga ozod va obod Vatan qoldirish maqsadida olib
borayotgan     mashaqqatli,   ayni   vaqtda   sharafli     ishlarni   amalga   oshirish   uchun
qanchalik   darajada   safarbarlik   vazifasini     uddalayotganligida     yaqqol     namoyon
bo’ladi.   Shunga   ko’ra   ozodlik   tushunchasiga   g’oya   sifatida   quyidagicha   falsafiy
ta’rif berish mumkin.
        Ozodlik     bu   mutelik   va   tobelikning       har   qanday   ko’rinishlarini   inkor   etgan
holda,  har bir inson, elat, millat, xalq va davlatlarni qullik va qaramlik balosidan
qutilib  o’z  erkini   qo’lga  kiritish,  haq-huquqlarini  himoya  qilish,  hayotiy adolatni
qaror toptirib tenglar ichida teng bo’lib,erkin va farovon yashash uchun  kurashga
chorlaydigan,   ularni   shu   yo’lda   birlashtiradigan   va   safarbar   qiladigan
bunyodkor ijtimoiy-siyosiy g’oyadir .  
     Insoniyat  tarixidan shu narsa ma’lumki, har bir  inson, elat, millat, xalq o’ziga
tegishli   bo’lgan   ona-Vatanida,   davlatida   ozod   va   erkin   yashaydi.   Ona-Vatandan
1
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати.Ж.3. – Т.,2007.– Б.95. tashqaridagi ozodlik haqiqiy ozodlik emas, balki unga o’zgalar  tomonidan in’om
etilgan  erkinlikdir.
          Shuning   uchun   har   bir   aqli   rosa   inson   hamisha   o’z   ona-Vatanining   ozodligi
uchun   kurashib   kelgan.   Shu   sababli   ozodlik   g’oyasi     insoniyat   tarixining   azaliy
yo’ldoshi,   o’tmishdan   hozirga   qadar   o’z   ahamiyatini   saqlab   kelayotgan   ezgu
qadri yat hisoblanadi.  
          Ozodlik   g’oyasining   mazmun-mohiyatini   bir   necha   yo’nalishda   talqin   va
tahlil qilish mumkin. U  ijtimoiy ma’noda  – jamiyat  hayotining qandayligi va qay
tarzda tashkil  etilganini,   siyosiy   ma’noda   —  mustaqil  va  emin-erkin  yashashni,
iqtisodiy   ma’noda   —   mulk   va   moddiy   boyliklarga   barchaning   teng   ega   bo’lish
imkoni yatini,   ma’naviy   ma’noda   —   inson   va   jamiyatning   turli   tazyiq lardan
xolisligi, fikr, e’tiqod va so’z erkinligini anglatadi.
     Ozodlik g’oyasini umuminsoniy, milliy va shaxsiy nuqtai nazarlardan ham talqin
qilish  mumkin.   Umuminsoniy  jihatdan,   bu g’oya   butun   Yer   yuzida   taraqqiyot   va
erkinlik   uchun   kurashayotgan   kishilar ning   muzaffar   bayrog’i,   demokratik
jamiyat   va   davlatlar   hayoti ning   ustuvor   tamoyillaridan   birini   ifodalaydi.   Milliy
jihat dan,   u   har   bir   millat   va   xalqning   o’z   mustaqil   tarakqiyot   yo’li,   o’z   taqdirini
o’zi   belgalay   olishi,   milliy   davlatchiligiga   ega   bo’li shini   anglatadi.   Shaxsiy
darajada     ozodlik   -   inson   haq-huquklarining   ro’yobga   chiqishi,   uning   ijtimoiy-
ma’naviy jihatdan erkinligini bildi radi.
            Faylasuf   olim   Q.N.   Nazarov   yozganidek:«Ozodlik   g’oyasining   qudrati
shundaki,   u   odamlarning   o’zaro   munosabatlari,   mamla katlar   va   davlatlararo
munosabatlarni me’yor-mezonga soladi,  turli kamsitishlar yoki ortiqcha ta’zim-
tavozega   chek   qo’yadi» 2
.   Yuqorida   keltirilgan   fikrlardan   kelib   chiqqan   holda
«ozod Vatan» g’oyasini quyidagicha ta’riflash mumkin.
          Ozod  Vatan  –  o’z   taqdirini  o’zi  mustaqil  hal  etish   huquqini   to’la  ro’yobga
chiqara   olgan   millatning   yashash   makoni   bo’lib,jahon   hamjamiyatida   o’z
o’rniga,nufuziga   va   mavqyeiga   ega   bo’lgan   mamlakatdir . 3
  Shuning   uchun
ham:«Milliy   istiqlol   mafkurasining   bosh   g’oyasida   ozodlik   tushunchasining
2
  Қаранг:  Назаров Қ.Н. Ғоялар фалсафаси.– Т., 2011. – Б.80.
3
  Қаранг:  Миллий ғоя ва раҳбар масъулияти. – Т., 2007. – Б.255.  ustuvor   va   yetakchi   o’rinda   turishi   Vatan   mustaqilligi   barcha   orzu-
intilishlarimiz,   amaliy   faoliyatimiz   va   yorug’   kelajagimizning   asosi   ekanidan
dalolat beradi» 4
. 
      2. 2.   Obod   Vatan   g’oyasi.   Inson   barcha   tirik   mavjudodlardan   farqli   o’laroq,
o’zining   yashayotgan   maskanni   obod   qilishga   harakat   qilib   kelgan.   Shu   tufayli
jahon sivilizasiyasining obodlikni tarannum etuvchi o’choqlari yaratilgan. Obod
yashash   uchun   kurash   insoniyatning   azaliy   orzu-umidi   bo’lib,   u   hayot
sinovlaridan   o’tgandan   so’ng   eng   ilg’or   ijtimoiy-siyosiy   bunyodkor   g’oyalar
safidan   joy   olgan.   Huddi,   shu   ma’noda     I.A.Karimov   aytganidek:   «O’zbekning
fe’l-atvori barchaga ayon. U yerni, tabiatni sevadi. Do’ppisida suv tashib bo’lsa
ham,   daraxt     ko’kartiradi.   O’zbek   tom   ma’noda   bunyodkordir» 5
,   –   degan   edi.
O’zining yashayotgan joyini obod qiligan holda kun kechirish   har bir o’zbekning
qon-qoniga singib ketgan fazilatdir. Shu tufayli   obod   Vatan   tushunchasi  har bir
o’zbek bolasi  va uning oilasi uchun muqaddas g’oya  hisoblanadi.
      «Obod»   so’zi   forscha   bo’lib,   o’zbek   tilidagi   lug’aviy   ma’nosi   «odam
yashaydigan,   ishlov   berilgan,   gullab   yashnayotgan»   degan   ma’nolarni   anglatgan
holda   kishilarning   kundalik   turmushida:1)   ko’rkam   binolar,chiroyli
ko’chalar,bog’u     rog’lar   bilan   go’zallik   kasb   etgan,   gullab-yashnagan
o’lka,mamlakat;  2) yaxshi  qarov,parvarish bilan yetiltirilgan bog’lar, paxta, g’alla
kabi   ekin   maydonlari;   3)   xalq     ko’p   yig’iladigan,   gavjum   va   serfayz   joylar   4)
odamlari xursand, shod degan ma’nolarni ifodalash uchun  ishlatiladi 6
.
        O’zbek   xalqi   mustaqillikka   erishgandan   so’ng   yurtboshimiz   I.A.Karimov
obod   Vatan   g’oyasini   nazariy   va   amaliy   jihatdan   yoritib   berar   ekan,uning
tushunchasi ma’no-mazmuni, tarixiy ildizi haqida quyidagi fikrlarni bildiradi.
            «   Barchamizga   yaxshi   ayonki,   har   qaysi   inson, millati, tili va dinidan qat’i
nazar,   bu   dunyoga   baxtli   yashash   uchun   keladi.   Bunday   yuksak   orzuga
yetishning   sharti   va garovi bo’lgan omillar ko’p.   Lekin  ular orasida hayotimizga
4
  Қаранг:  Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. – Т.:Ўзбекистон,2001.- Б.51.
5
 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ//  Унинг ўзи. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз.Т.7. – Т.: Ўзбекистон,1999.–
Б.142 –143.
6
  Ўзбек тилининг изоҳли луғати.Ж.3. – Т.,2007.– Б.74.
  ma’no- mazmun beradigan, uni yanada yorug’ va fayzli  qiladigan bir omil borki,
u  ham bo’lsa, odamning o’z uyi, o’z yurtini har t omonlama go’zal  va obod qilib,
shundan o’zi mamnun bo’lib, rozi bo’lib yashashi ida yaqqol namoyon bo’ladi. 
            Shuni   ta’kidlash   kerakki,obod   degan   so’zning   ma’nosini   biz   juda   keng   va
chuqur   tushunamiz.   Obod   deganda,   xalqimiz,   millatimiz   nafaqat   ko’rkam   va
chiroyli,   shu   bilan   birga,   tinch   va   osoyishtalik,   o’zaro   mehr-oqibat,   ahllik,
fayz-baraka   hukmron   bo’lgan   joylarni,   doimo   pok   niyat   va   sog’lom   intilish
bilan yashash tasavvur qiladi.
       Mustaq illik yillarida ”Obodlik ko’ngi ldan boshlanadi" degan chuqur mazmunli
ibora   el-yurtimiz   o’rtasida   keng   tarqalib,   odamlarimizni   bunyodkorlik     tuyg’usi
bilan yashashga da’vat etib kelayotg ani ham bu fikrni tasdiklaydi.  |
        Bunday   mulohaza   va   fikrlarni   umumlash rib,   o’zbekona   aytadigan   bo’lsak,
barcha mizni   harakat   va   intilishlarimiz   negiz ida   avvalambor   yurtimiz,   Vatanimizni
har   tomonlama   obod   qilish,   inson   erkin   nafas   oladigan,   tinch   va   farovon
yashaydigan   hayot   barpo   etish   g’oyasi     mujassam   ekanini,   o’ylaymanki,
hammamiz   yaxshi tushunamiz. 
          Ana   shunday   orzu-niyatlar   bilan   kundalik   hayotimizni   to’ldirish,   ularni
hayoti mizning   maqsadiga   aylantirish,shund ay   g’oya   va   intilishni   amalga   oshi-
uchun davlatimiz va jamiyatimizning  barcha kuch va imkoniyatlarini saf arbar etish,
hyech shubhasiz, bugungi kunda  muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi» 7
.
Yuqorida     bildirilgan fikrlardan  kelib chiqqan  holda  obod Vatan  tushunchasiga
quyidagicha falsafiy ta’rif berish mumkin.
Obod   Vatan   bu     inson   har   tomonlama   erkin   nafas   olib   tinch   va   farovon
yashaydigan, xavfsizligi har tomonlama ta’minlangan, osoyishtalik va barqarorlik,
samarali ijod va yaratuvchanlik, o’zaro mehr oqibat, ahllik, fayz-baraka,  jismoniy
va ma’naviy poklik hukmron bo’lgan hududdir.  
       2. 3. Erkin va farovon hayot barpo etish g’oyasi.     Insoniyatning   rivojlanish
tarixida   mehnatkash xalq hal qiluvchi vazifalardan   birini   o’tab kelgan. Chunki,
ular   har   qanday   mamlakat   fuqarolarining   eng   zaruriy   oziq-ovqat   mahsulotlari,
7
 Каримов И.А. Инсон манфаати,ҳуқуқ ва эркинликларини таъминлаш,ҳаётимизнинг янада эркин ва обод бўлишига эришиш – бизнинг
бош мақсадимиз // Халқ сўзи, 2013 йил 8 декабрь. kiyim-kechaklarga   bo’lgan   ehtiyojini   qondirishning   moddiy   manbasini   yaratish
bilan   shug’ullanganlar.   Shuning   uchun   ham   aqli   zukko   davlat   arboblari
mehnatkash   xalqning   turmushini     yaxshilash   borasida   qayg’urganlar.   Sohibqiron
Amir   Temur     obod   qilish   masalasida:   «Xarob   bo’lib   yotgan   yerlar   egasiz
bo’lsa,xolisa tarafdan obod qilinsin. Agar egasi bo’lsa-yu,lekin obod qilishga qurbi
yetmasa,unga turli asboblar va kerakli narsalar bersinlar,toki o’z yerini obod qilib
olsin. Katta-kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid,madrasa va xonaqohlar
bino   qilsinlar,faqiru   miskinlarga   langarxona   (yo’lovchilar   qo’nib   o’tadigan   yer;
miskin va yetim-yesirga taom beriladigan joy; g’aribxona) solsinlar, kasallar uchun
shifoxona   qurdirsinlar   va   ularda   ishlash   uchun   tabiblar   tayinlasinlar» 8
,-degan
topshiriqlarni   bergan   va   uning   ijro   etilishini   qattiq   nazorat   ostiga   olgan.
Ajdodlarimizning     bunday   olijanob    ishlari     milliy   g’oyamizning  bosh   maqsadini
mamlakatimizda     amalga     oshirishning     mustahkam     tarixiy     ildizga   ega
ekanligidan dalolat beradi.
        Masalan,   Sobiq     SSSR   davrida     O’zbekiston     qishloqlarida   yashovchi   aholi
quloqlashtirish,   kollektivlashtirish,   sovxozlashtirish,   agrarsanoat   asosida
yiriklashtirish  kabi bir qator  tajriba-sinov maydoniga aylantirildi. Natijada, paxta
tolasi va qoraqo’lning 90 foizi,tabiiy junning 71 foizi respublikadan arzimas baho
bilan chetga olib ketilaverdi 9
. Shu tariqa bu yerda paxta yakkahokimligi o’rnatildi.
Qishloqda   yashayotgan   240   ming   nafar   oila   yersiz   bo’lib,   daromad   topishdan
mahrum edi. Vaziyatning bunday shaklda yomonlashib borishi  qishloq aholisining
vitaminlarga boy ovqatlar  yemasdan  turli  xil  kasalliklarga chalinishiga olib keldi.
Kommunistlar   va’da   qilgan   yerdagi   jannatiy   hayot   –   kommunistik   obod   turmush
o’zining sarob ekanligini ko’rsatdi.
       O’zbek    xalqi    mustaqillikka erishgach  o’z oldiga moddiy va ma’naviy ishlab
chiqarishning   barcha   sohalarida     yirik   islohotlarni   amalga   oshirib   mamlakatimiz
fuqarolari   uchun erkin va farovon hayot  barpo etishni  bosh maqsad qilib qo’ydi.
Bu   maqsadni   amalga   oshirishda     yurtboshimiz   I.A.Karimov   tomonidan:   «
Barchamizning   ildizimiz,tomirimiz   avvalambor   qishloq   zaminiga   borib   taqaladi.
8
  Темур тузуклари.-Т. Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти,1996.- Б.124-125.
9
  Каримов И.А.  Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида.-Т.:Ўзбекистон,2011.-Б.240. Ona   Vatan   degan   ulug’   va   muqaddas   tushuncha   odamzod   uchun   guyoki   qishloq
timsolidan     boshlanadi.   Yurtimizning   yanada   obod,   xalqimiz   hayotining   yanada
farovon   bo’lishi   va   oldimizda   turgan   yuksak   vazifalarning   bajarilishi,   hyech
shubhasiz, qishloqlarimizning taqdiri va kelajagi bilan bog’liqdir. Qishloq taraqqiy
topsa,yurtimiz   obod,   hayotimiz   yanada   farovon   bo’ladi» 10
,-   deb     aytgan     so’zlari
metodologik asos  bo’lib xizmat qiladi.
              Mamlakatimizda   erkin   va   farovon   hayot   barpo   etish   nimalarni   anglatadi?
Erkin   deganda,   odatda   kishilarning   har   qanday   to’siq,   g’ov,   monelik   va   shu
kabilardan xoli bo’lgan holda   qiynalmay, qisilmay, ochiq-oydin, bemalol yurish-
turishi, yashashi tushuniladi. Hayot ( arabcha – yashash,mavjud bo’lish,tiriklik ) bu
insonlarning   tug’ilgandan   o’lgunga   qadar   bo’lgan   tiriklik,   mavjudlik,   yashash
holati   hisoblanadi.   Farovon   yoki   farovonlik   ( forscha   –   mo’l,   juda   ko’p,   ortiq,
ziyoda )   esa   odamlarning   har   jihatdan   ta’minlanganlik,   hamma   narsasi   mo’l-ko’l,
to’q, serfayz   baxtiyor holatini anglatadi.  Yuqorida keltirilgan «erkin», «farovon»,
«hayot»   so’zlarining   ma’nosidan   kelib   chiqqan   holda     erkin   va   farovon   hayot
tushunchasiga quyidagicha falsafiy ta’rif berish mumkin.
        Erkin va farovon hayot deb mamlakat aholisining   hayotiy zaruriyatlarini
anglab   yetgan   holda   hyech   qanday   qarshiliklarsiz,   to’siqlarsiz,   ochiq-oydin,
qiynalmasdan   o’z   qobilyatlarini   har   tomonlama   namoyon   qilishlari   orqali
hamma   narsaning   to’kin-sochin,   mo’l-qo’lchiligini   ta’minlashga   erishishi
natijasida go’zal turmush, osuda, serfayz  hayot  kechirishiga aytiladi.
        Bunday   hayotga   erishish   uchun   uning   moddiy   va   ma’naviy   omillarini   bilish,
ularning rivojlanish qonuniyatlarini falsafiy jihatdan o’rganish zarur. 
      Masalan,   qishloqda     erkin   va   farovon  hayot–obod   turmushni   bunyod   etishning
moddiy omillariga quyidagilar kiradi:
- tabiat  omili: tuproq, suv, o’simlik va hayvonot olami,dashtu-dalalar;
- ishlab   chiqarish   omili:paxtachilik,g’allachilik,   sholikorlik,   mevachilik,
polizchilik, sabzavotchilik,chorvachilik va boshqalar;
10
  Каримов   И.А .   Ватанимизнинг   босқичма-босқич   ва   барқарор     ривожланишини   таъминлаш-бизнинг   олий   мақсадимиз.Т.17.-
Т.:Ўзбекистон,2009.- Б.61,62,65. - ishlab   chiqaruvchi   kuch   va   vositalar   omili:   qishloq   xo’jaligi   texnikalari,
mahsulotlarga   qayta   ishlov   beruvchi   qurilmalar,malakali   ishchi   kuchlari–
dehqonlar,chorvadorlar va boshqa kerakli mutaxassislar;
- zamonaviy   turar   joylar:odamlarning   uy,shaxsiy   ehtiyojlar   uchun   ajratilgan
tomorqa yer va chorva mollari.
    Qishloqda   erkin   va   farovon   hayot–obod   turmushni   bunyod   etishning   ma’naviy
omillariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- tabiatni   muhofaza   qilishga   qaratilgan   bilim   va   harakatlar,ya’ni     ekologik
ong,huquq va madaniyat;
- ishlab   chiqarish   omilini   rivojlantirish,ya’ni   paxtachilik,   g’allachilik,
chorvachilik   va   boshqalardan   mo’l   hosil   olishga   qaratilgan       bilimlar
(agranomiya, zooveternariya, tuproqshunoslik va sh.k.) va to’plangan amaliy
tajribalar;
- ishlab   chiqaruvchi   kuch   va   vositalarni   takomillashtirishga   yo’naltirilgan
iqtisodiy va texnikaviy bilim hamda tajribalar;
- zamonaviy turar joylarni go’zallashtirishga qaratilgan  me’moriy ilmlar;
- bolalar   bog’chasi,maktab,o’quv   markazlari,madaniyat   saroylari,sport
inshootlari;
- aholi   o’rtasida   azaldan   davom   etib   kelayotgan   urf-odatlar,an’ana   va
marosimlar,qadriyat darajasiga ko’tarilgan boshqa ma’naviy ish-harakatlar.
    Umuman olganda erkin va farovon hayot–obod turmushni bunyod etishning ana
shu   ikki   omili   o’rtasida   dialektik   qonuniyat   mavjuddir.   Bu   haqda   I.A.Karimov:
«...insonga   xos   orzu–intilishlarni   ro’yobga   chiqarish,uning   ongli   hayot   kechirishi
uchun   zarur   bo’lgan   moddiy   va   ma’naviy   olamni   bamisoli   parvoz   qilayotgan
qushning ikki qanotiga qiyoslasak, o’ylaymanki, o’rinli bo’ladi. Qachonki ana shu
ikki   muhim   omil   o’zaro   uyg’unlashsa,tom   ma’nodagi   qo’sh   qanotga
aylansa,shundagina   inson,davlat   va   jamiyat   hayotida   o’sish-o’zgarish,yuksalish
sodir   bo’ladi» 11
,-   degan   edi.   Demak,   erkin   va   farovon   hayot–obod   turmushni
11
  Каримов И.А . Юксак маънавият – енгилмас куч.-Т.:«Маънавият»,2008.-Б.67. bunyod   etish   masalasi   undagi   moddiy   va   ma’naviy   omillar   qanchalik   darajada
uyg’unlashtirgan holda rivojlantirib borishimizga  bog’liqdir.
Xulosa     tarzida   shuni   aytish   mumkinki,   ozod   va   obod   Vatan,   erkin   va   farovon
hayot g’oyasi:  bi rinchidan,  ota-bobolarimizdan meros bo’lib qolgan, kin dik qonimiz
to’kilgan   muqaddas   zaminning   daxlsizligi ni,   xavfsizligini   ta’minlash;   ikkinchidan,
ma’naviy- ruhiy   jihatdan   milliy   o’zligimizni   anglash   va   uning   ifo dasi   bo’lgan
qadriyatlarni saqlash, boyitish va avlodlarga   meros  qoldirish;   uchinchidan,   erksevar
xalqimizning   as riy   orzu-umidlari   bo’lgan   mustaqillikni   mustahkamlash ga   barchani
safarbar   qilish;   to’rtinchidan,   har   bir  kishi ning farovonligi  davlat, millat  farovonligi
asosi   ekan ligini   anglagan   holda   tashabbuskorlik,   tadbirkorlik   bilan   fidokorona
mehnat   qilishga   asoslanadi.   Beshinchi dan ,   bu   g’oya   kelajakka   qaratilgan   bo’lib,
xalqni   uyushti rish,   safarbar   qilish   vazifasini   bajaradi.   Oltinchidan,   bu   g’oyada
mamlakatimizda   yashayotgan   barcha   millat   vakilla rining   pirovard   maqsadlari
ifodalangan   bo’lib,   u   ki shilarni   kelajakka   chorlovchi   ulug’vor   va   jozibali   shior
tarzida namoyon bo’ladi.
Bu   g’oyani   xalqimiz   ongiga,   qalbiga   chuqur   singdirish   mustaqillikni
mustahkamlash,   buyuk   kelajak   qurish   va   O’zbekistonni   ilg’or   davlatlar   qatoriga
qo’shilish jarayo nining muhim omili  hisoblanadi.
2.4. Ozod va obod Vatan,erkin va farovon hayot barpo etish g’oyasini amalga
oshirishning   ustuvor   yo’nalishlari.   I.A.Karimov     mamlakatimizda   ozod   va   obod
Vatan,erkin   va   farovon   hayot   barpo   etish   g’oyasini   amalga   oshirishning   ustuvor
yo’nalishlarini  quyidagicha belgilab bergan:
«...Birinchidan ,   O’zbekistonimizda   tinch lik-osoyishtalik   va   xavfsizlikni,
fuqarolar   va   millatlararo   ahillik   va   hamjihatlikni   ko’z   qorachig’idek   saqlash   va
mustahkamlash   bundan   buyon   ham   eng   muhim,   hal   qiluvchi   vazifamiz   bo’lib
qolishi darkor.
Albatta,   bu   masala   bo’yicha   mas’ul   bo’lgan   tegishli   idoralar   bor,   kuch-qud-
ratimiz ham yetarli. Lekin qachon yurt   tinch va obod bo’ladi? Qachonki har qaysi
uyda,   har   qaysi   mahallada   yashayotgan   odam   tinchlik   va   osudalikning   qadriga yetib, uni mustahkamlashni, uni himoya lashni  o’zining burchi, deb bilsa, tinch lik
uchun kurashsagina bu maqsadga eri shish mumkin.
Ikkinchidan,   obod   hayot   degan   tushuncha   azal-azaldan   xalqimizning   ongu
tafak kurida   avvalambor   farovonlik,   to’kinchilik,   mo’l-ko’lchilik,   qut-baraka,
bozorlarda   arzonchilik   ma’nosini   o’zida   mu jassam   etib   keladi,   Shuning   uchun
ham   bugungi   kunda   xalq   farovonligi   tushunchasi   Vatan   ravnaqi   va   yurt
tinchligi   degan,biz   uchun   eng   aziz   va   muqaddas   bo’lgan   qadriyatlar   bilan
birgalikda milliy g’oyamizning asosiy mazmun-mohiyatini tashkil etmoqda.
  Bu   g’oyani   amalga   oshirishda   aholi   farovonligi,uning   real   daromadlarini
oshirish   bandlik   masalasini   yechish,   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik,
fer merlik   harakatini   yanada   rivojlanti rish,   davlat   tomonidan   beriladigan   aniq
manzilli   ijtimoiy   yordam   tizi mini   takomillashtirish   kabi   vazifa lar   e’tiborimiz
markazida bo’lishi lo zim.
Bir   so’z   bilan   aytganda,   xalqimiz ning   "Mehnatdan   kelsa   boylik   -   tur- mush
bo’lar chiroylik" degan maqoli za mirida   mujassam   bo’lgan   haqiqatni   hayotimiz
tarziga aylantirish yo’lida   katta-katta ishlarni  amalga oshirishimiz zarur.
Uchinchidan,  obod turmushning yana bir  muhim sharti - bu inson salomatligi ni
mustahkamlash bilan bog’liq ekani ni barchamiz yaxshi tushunamiz.
Haqiqatan ham, odamlarimiz qachon, qayerda bo’lmasin, duoga qo’l ochar ekan,
avvalo, "Tani sog’lik,tinchlik-xotirjamlik bo’lsin,yurtimiz obod bo’lsin”, deb niyat
qilishi bejiz emas ,albatta.
Shu bois xalqimizning   salomatligi ni himoyalash, buning uchun sog’liqni saq lash
tizimini   eng   zamonaviy   davolash   vositalari,   texnika   va   texnologiyalar   bilan
ta’minlash,   profilaktika,   ya’ni   kasalliklarning   oldini   olish   ishlari ni   yanada
kuchaytirish,   bu   sohada   fido korona   mehnat   qilayotgan   tibbiyot   xo dimlarining
mashaqqatli va mas’ul yatli mehnatini moddiy va ma’naviy   rag’batlantirish masalalari
biz uchun  doimiy vazifa bo’lib qoladi,
To’rtinchidan,  xalqimizning hayot si fati va darajasini yuksaltirish, ju|  ladan, yangi
uy-joylar,   zamonaviy   yo’l   va   kommunikasiya   tarmoklarini   barpo   etish,   aholi
punktlarini   toza   ichimlik   suvi   bilan   ta’minlash,   kommunal   xiz   mat   sohasidagi muammolarni   yechish   kabi   dolzarb   masalalar   bo’yicha   ham     aniq   chora-tadbirlar
belgilanishi  kerak.
Beshinchidan,   biz   turmushimizni   yana da   obod   qilish   vazifasini   oldimiz   qo’yar
ekanmiz,   bir   haqiqatni   chuqur   ang lab   olishimiz   zarur.   Ya’ni,   hayotimizni     obod
qilishning muhim sharti – bu av valo mahallani obod qilish demakdi.
Shu   borada   mahalla   idorasining,   ma hallada   yashaydigan   aholimizning   o’zini   o’zi
boshqarish   tizimini,   kerak   bo’lsa   ijtimoiy   himoyalash   tizimini   yanada
ta komillashtirish, mahallaning ijtimo iy-iqtisodiy hayotimizdagi o’rni va ta  sirini yanada
kuchaytirish,   unga   yangi     huquq   va   vakolatlar   berish   bo’yicha   ham   keng
jamoatchilik ishtirokida amaliy  takliflar ishlab chiqish maqsadga mu  vofikdir.
    Oltinchidan,   hayotimizni  yanada sog’ lom  va obod qilish, avvalo ayol  zoti ning
jamiyatimizdagi   o’rni   va   nufuzini,   ijtimoiy   faolligini   yanada   oshi rish,   xotin-
qizlarning turli jabha  yo’nalishlarda qilayotgan ishlarini mu nosib baholash, har qaysi
xonadon,   uy bekasi  bo’lmish opa-singiplarimiz ning   og’irini   yengil   qilish   asnosida
turmushimizni   farovon   etish   bilan     uz viy   va   chambarchas   bog’likdir.   Ana   shu
haqiqatni   amalda   qaror   toptirish   uchun   bizning   hali   qiladigan   ko’p   ishlar miz
borligini unutmasligimizni istardim» Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati
1.     Mirziyoyev   SH.M.   Milliy   taraqqiyot     yo’limizni   qat’iyat   bilan   davom   ettirib,
yangi bosqichga ko’taramiz. 1-jild, Toshkent,”O’zbekiston”, 2017 yil.
2.   Mirziyoyev   SH.M.   Erkin   va   farovon   demokratik   O’zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O’zbekiston”, 2017 yil.
3.   Mirziyoyev   SH.M.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   SHavkat
Mirziyoyevning   Oliy   Majlisga   murojaatnomasi.   “Xalq   so’zi”   gazetasi,   2017   yil,
23-dekabr, 2-bet.
4.  Mirziyoyev SH.M. Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni
yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir. “Xalq so’zi” gazetasi, 2017
yil, 8-dekabr, 1-3 betlar. 
5.   Mirziyoyev   SH.M.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “O’zbekiston
Respublikasini  yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi
farmoni. Toshkent, “Adolat”, 2018 yil.
6.     Mirziyoyev   SH.M.     Buyuk   kelajagimizni   mard   va   oliyjanob   xalqimiz   bilan
birga quramiz. T., O’zbekiston, 2017 yil.
7.     Mirziyoyev SH.M.   Qonun ustuvorligi   va inson manfaatlarini ta’minlash yurt
taraqqiyoti va xalq  farovonligining garovi. T., O’zbekiston, 2017 yil.
8.   Karimov I.A. Asarlar to’plami. 1-23 jildlar. -T.:“O’zbekiston”, 1996-2015 y.y.
9.   Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.:“Ma’naviyat”, 2008.
10. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. –T.:“O’zbekiston”, 2010. 
11.Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.:“O’zbekiston”,
2011.

Mafkuraviy faoliyat – milliy g’oyani amalga oshirish vositasi Reja. 1. «Mafkuraviy faoliyat» tushunchasi, uning mazmun-mohiyati va namoyon bo’lish xususiyatlari 2. Milliy istiqlol mafkurasining bosh g’oyasini xalq qalbi va ongiga singdirish – mafkuraviy faoliyat yuritishning ustuvor yo’nalishi

«Mafkuraviy faoliyat» tushunchasi, uning mazmun-mohiyati va namoyon bo’lish xususiyatlari Jamiyatda yashovchi turli xil millat, elat, xalq, irq, diniy e’tiqod, ijtimoiy tabaqa, sinf, partiya kabi uyushma, birlashma, tashkilot, jamoalarga mansub bo’lgan odamlar orasida, ularning shaxsiy hamda umumiy manfaatlarini ifodavlovchi g’oya va mafkuralar tizimini yaratish, ularni hayotga tadbiq etish mafkuraviy faoliyat orqali amalga oshiriladi. Al-xusis,mafkuraviy faoliyatsiz hyech bir jamiyat yashay olmaydi, bu siz yashab kelayotgan jamiyatni tarixda ham, bugungi kunda ham hyech kim uchratgan emas. Jamiyatda kimlarning aql-idroki,tashabbusi,ilmiy-amaliy izlanishlari orqali yaratilgan fikr,g’oya,mafkura o’z-o’zidan tarqalib, kishilar ongiga avtomatik tarzda singib boravermaydi. Demak,muayyan g’oyaviy ta moyillar va ta’limotlar ishlab chiqilishining o’zi ularning kishilar faoliyatini belgilab beruvchi, unga ta’sir ko’rsatuvchi ijtimoiy hodisaga aylanishi uchun yetarli emas. Buning uchun ular kishilar orasida tarqalishi, odamlar ana shu g’oyalar ruhida tarbiyalanishi lozim. Aks holda, har qanday g’oya va mafkura qancha lik to’g’ri, jozibador bo’lmasin, muayyan hodisa sifatida tarix sahifasida qolib ketaveradi. Ayni paytda, har qanday g’oya va qarashlar tarqalishi uchun, eng avvalo, ular ishlab chiqilishi bilan birga, targ’ib va tashviq etilishi zarur. Mafkuraviy faoliyat esa hamisha shakllangan g’oyaviy qarashlar, baholar va maq sadlar tizimini odamlarga yetkazish, ularning ongiga singdirish borasidagi ishlarni amalga oshirish jarayonini anglatadi. Shu ma’noda, mafkuraviy faoliyat bu biron-bir g’oyani amalga oshirish, uni aholi ongi va qalbiga singdirish, muayyan g’oyaviy qarashlar tizimini shakllantirish, uning amali yotini ta’minlash, yot va begona mafkuralarga qarshi kurash bi lan bog’liq chora-tadbirlar majmuidan iborat bo’lib, u g’oyaviy qarashlar – bilimlar, baholar, maqsadlarni shakl lantirish hamda ularni tarqatish, g’oyaviy tarbiyani amalga oshi rish, mafkuraviy profilaktika va immunitetni shakllantirish jarayonini ham o’z ichiga qamrab oladi. Mafkuraviy faoliyat jarayonining namoyon bo’lish xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

1. Mafkuraviy faoliyat jarayoning keng ommani ezgu g’oyalar aso sida tarbiyalash, ularning umumiy siyosiy va ma’naviy saviyasi ni yuksaltirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazishga ko’mak beruvchi tadbirlarni amal ga oshirishga qaratilganligi uning eng muhim xususiyatlaridan biri sanaladi. 2. Mafkuraviy faoliyat keng ma’noda o’quv muassasalari, ta’lim-tarbiya maskanlari, klublar, axborot-resurs markazlari, madaniyat va istirohat bog’lari faoliyatini ham muayyan darajada qamrab olishi bilan o’zgacha xususiyat kasb etadi. Bunda muzey, kinoteatr, teatr va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasa lar, shuningdek, OAV (gazeta-jurnallar, Internet, radio, TV) muhim o’rin tutadi. 3. Mafkuraviy faoliyat mafkuraviy ishlar muassasalarining keng tarmog’ining tashkil etilishi, ularning o’sishi va takomillashu vi bilan unga rahbarlik qilish jarayonining ham mukammallashib borishi, rahbarlik qilish san’atining yangi qirralarini topishga bo’lgan ehtiyojning kuchayib borishi bilan ham ayricha xususiyatga ega bo’ladi. O’zbekiston Respub likasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi «Milliy g’oya tar g’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida»gi qaroriga binoan Respublika Ma’naviyat va ma’ri- fat kengashi faoliyati hamda tarkibiy tuzilishi qayta ko’rib chiqildi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining il miy-amaliy yo’nalishda faoliyat olib boradigan va davlat byud jeti hisobidan moliyalashtiriladigan "Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi" tashkil etildi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashinmng amaliy targ’ibot yo’nalishida faoliyat olib boradigan Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi shakl lantirildi. Barcha viloyatlarda hokimlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha yordamchilari faoliyati yo’lga qo’yildi. Res publikamizdagi mahalla oqsoqollari va fuqarolar yig’inlari raislarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha maslahatchila ri tizimi shakllantirildi. 4. Mafkura viy faoliyatning navbatdagi muhim xususiyatlaridan biri,uning hamisha konkret tarixiy mazmunga, maqsad-muddao ga ega bo’lganligi bilan

ifodalanadi. Bu, eng avvalo, inson bilimlari, shu jumladan, mafkuraning mazmun-mohiyati haqidagi bilimlarning rivojlanganlik darajasi bilan belgilanadi. Mafkura tizimidagi bilim lar to’g’ri yoki noto’g’ri, progressiv yoki reaksion mazmunga ega bo’lishi mumkin. Mazkur bilimlar o’z navbatida ular asosida shakllanadigan baholarning to’g’ri yoki noto’g’riligiga zamin yara tadi. Shakllanadigan baholarda esa real yoki kutilayotgan hodisa, jarayonlarga mavjud ehtiyojlar, manfaatlardan kelib chiqib, o’ziga xos munosabat ifodalanadi. Bilimlar qanchalik chuqur bo’lsa, hosil qilingan baholarga ishonch shunchalik yuqori bo’ladi. Shu ma’noda, baholar – qadriyatlar kishilarda ishonch, e’tiqodning shakllanishiga xizmat qiladi. Ba’zida erishilgan bilimlar, ularga asoslangan baholarning mutlaq to’g’riligiga ishonch dogma tizmga aylanib ketishini, bu mafkuraviy turg’unlikni yuzaga kel tirishini ham unutmaslik zarur. 5. Mafkuraviy faoliyatning yana bir ajoyib xususiyati g’oyaviy qarashlar doirasida belgilab olingan maqsadlarni bayon etishda istiqbolga, ertangi kunga ishonch tuyg’usini shakllantirishni ko’zlashi bilan belgilanadi. 6. Mafkuraviy faoliyat g’oyaviy qarashlarni tarqatish va unga mos tarbiyani amalga oshirishni ifodalash xususiyatiga ham ega bo’lib, mafkuraviy qarashlarni tarqatish tizimi, mexanizmlari, usul va vositalari doimo takomillashib borishni taqozo etadi. "Odamzod baxti uchun hamma narsadan voz kechishga o’rgatadigan ezgu g’oyalarni kishilarga singdirish buyuk san’atdir", deb yozgan edi fransuz yozuvchisi Stendal. Shu nuqtai nazardan qaraganda, mafkuraviy faoliyat g’oyaviy tarbiyani o’zga- ruvchan voqyelik va ijtimoiy guruhlarga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda doimiy takomillashtirib borishni anglatadi. 7. Mafkuraviy faoliyatni tashkil etishda tex nika va texnologiyalar, targ’ibot va tashviqot olib borish usul larining rivojlanganlik darajasi ham o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Hozirgi davr da OAV mafkuraviy faoliyatni amalga oshirishning muhim bo’g’i ni hisoblanadi. Yaqin istiqbolda texnika va texnologiya rivoji odamlar ongiga ta’sir o’tkazish, ya’ni mafkuraviy faoliyatni tashkil etishning yangidan-yangi mexanizmlarini topishiga olib keladi, shu asosda

mafkura viy faoliyatni ilmiy asosda tashkil etish ishlarini muntazam ravishda takomillashtirib borishga keng yo’l ochib beradi. 8. M afkuraviy faoliyat o’zining mohiyat-mazmuniga ko’ra o’zgaruvchan xususiyatga ham egadir. Mafkuraviy faoliyat stixiyali tarzda kechmaydi,balki ongli,tizimli va tadrijiy tarzda,biron bir aniq maqsadni ko’zlab, mavjud mafkuraviy vaziyatdan kelib chiqqan holda olib boriladi. Hozirgi kunda mafkuraviy faoliyat olib borishdan maqsad milliy istiqlol mafkurasining g’oyalarini xalq qalbi va ongiga singdirish ishlarini tashkil etishdan iborat. Milliy istiqlol mafkurasining bosh g’oyasini xalq qalbi va ongiga singdirish – mafkuraviy faoliyat yuritishning ustuvor yo’nalishi Milliy istiqlol mafkurasining bosh g’oyasi–ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Bunda asosiy o’rin ozodlik g’oyasiga beriladi. 2. 1. Ozod Vatan g’oyasi. Bugungi kunda o’zbek xalqining tarixiy makon va zamonda bir million yilllik o’rni borligi tarixiy haqiqat sifatida ko’pchillik ilm ahliga ma’lum. Bu xalqning davlatchiligi tarixi esa 3 ming yildan ortiqroq vaqtni o’z ichiga qamrab oladi. Ular ana shu tarixiy davr ichida juda ko’plab baxtli va baxtsiz onlarni, ya’ni taraqqiyot va inqiroz, barqarorlik va beqarorlik, g’alaba va mag’lubiyat, hukmronlik va tobelik, saxovatpeshalik va mutelik, sadoqat va xiyonat kabi hayotning totli va achchiq damlarini boshdan kechirganlar. Ayniqsa, ular o’z hayotlarining 200 yilini ahamoniylar, 180 yilini grek-makedoniyaliklar, 200 yilini arab xalifaligi, 150 yilini mo’g’il bosqinchilari,130 yilini rus va sovet istilochilari,ya’ni jami bo’lib 800 yilini o’zgalar qo’lida qullik, qaramlik, tobelik, mustamlakachilik sharoitida o’tkazishga majbur bo’lganliklari sababli ozod Vatanda erkin yashashning nima ekanligini o’zgalardan ko’ra yaxshiroq anglaydilar. Shu tufayli «ozod Vatan» tushunchasi o’zbek xalqi milliy mafkurasining bosh g’oyasiga aylangan. «Ozod» so’zi fors tilidan o’zbek tiliga kirib kelgan bo’lib lug’aviy jihatdan «erkin, hur; asoratdan qutulgan; g’am-tashvishdan xoli; oliyjanob; saxovatli» degan ma’nolarni bildirgan holda kishilarning kundalik hayotida: