Milliy-ma’naviy,g’oyaviy-mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlash har xil mafkuraviy tahdid,xavf-xatar va tajoauzlarning oldini olish vositasi
Milliy-ma’naviy,g’oyaviy-mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlash har xil mafkuraviy tahdid,xavf-xatar va tajoauzlarning oldini olish vositasi Reja. 1. Xavfsizlik tushunchasi, uning turlari va shakllari. 2. Mafkuraviy xavf-xatarning yuzaga kelish sabablari, holatlari va sharoitlari. 3. Axborot xuruji tushunchasi. Axborot xurujiga qarshi kurashda axborot xavfsizligini ta’minlash zarurati. 4. Axborot tushunchasi, uning tur va shakllari. Axbort xavfsizligi tushunchasi va uni ta’minlash muammolari.
“ Mafkuraviy kurash tushunchasi va uning mohiyat-mazmuni. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi davrida ro‘y berayotgan mafkuraviy jarayonlar inson ongi, qalbi xilma-xil usullarda olib boriladigan g‘oyaviy targ‘ibot va tashviqotning asosiy ob’ekti hamda maqsadiga aylanganini ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek , “Bugungi kunda insoniyat qo‘lida mavjud bo‘lgan qurol-yarog‘lar Er kurrasini bir necha bor yakson qilishga etadi. Buni hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin hozirgi zamondagi eng katta xavf – insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi. Bu achchiq haqiqatni hech qachon unutmaslik lozim” 1 . Masalaning mohiyatini tushunish uchun g‘oya va ong munosabatiga daxldor bo‘lgan quyidagi holatlarga e’tibor berish zarur. Muayyan g‘oya inson tomonidan qabul qilinmasligi yoki u shaxs ongida faqat muayyan axborot sifatida saqlanib qolishi mumkin. Birinchi holatda g‘oya inson ongida hech qanday iz qoldirmasa , ikkinchisida g‘oya shaxs uchun ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Inson ongi va qalbi uchun kurash, degan fikrda g‘oya va ong munosabati sharqona falsafiy tafakkur asosida ifodalab berilgan. G‘oya faqatgina inson ongi orqali uning qalbini egallagan, inson ma’naviy-ruhiy holatining uzviy qismiga aylangandagina harakatga da’vat etuvchi, rag‘batlantiruvchi kuchga, faoliyat uchun qo‘llanmaga aylanadi. SHuning uchun ham bugungi kunda ushbu tamoyil mafkuraviy kurashning o‘zagini tashkil etmoqda. Mafkuraviy kurash – bu turli g‘oyaviy qarashlar, yondashuvlar, xilma-xil maslak va maqsadlarga ega ijtimoiy sub’ektlar o‘rtasida yuzaga keladigan, qarama- qarshilikka asoslangan munosabatlar demakdir. U yangi, shakllanayotgan g‘oyalar bilan o‘z “vazifasini” bajarib bo‘lgan mafkura yoki uning qoldiqlari o‘rtasidagi munosabat shaklida ham sodir bo‘lishi mumkin. SHu bilan birga, mafkuraviy kurash muayyan g‘oyalarni singdirish yoki himoya qilish jarayonini ham anglatadi. 1 Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси – халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир // Унинг ўзи. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. Т.8. –Т.: Ўзбекистон, 2000. –Б.491.
Mafkuraviy kurashni muxolif mafkuraviy qarashlarning har qanday ko‘rinishini yo‘q qilishga, g‘oyaviy plyuralizmni bartaraf qilishga qaratilgan harakatlar – mafkuraviy konfrontatsiyadan (fran. – qarama-qarshi qo‘yish) farqlash kerak. Mafkuraviy konfrontatsiya aksariyat hollarda g‘oyaviy sohada mutlaq ustuvor bo‘lib kelgan qarashlar tizimi barbod bo‘lgan, kishilar ko‘p yillar davomida shakllanib kelgan hayotiy mo‘ljallarini yo‘qotib qo‘ygan, sodda qilib aytganda, mafkuraviy beqarorlik vaziyatining hosilasi hisoblanadi 2 . Bunday beqarorlik holati keskin ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, xususan, bir tuzumdan boshqasiga o‘tish davri, muayyan hollarda tashqi ta’sir, masalan, xalqaro maydonda yakkalanib qolish yoki harbiy harakatlar, o‘zaro urushlarda engilish oqibatida yuzaga kelgan ijtimoiy- siyosiy vaziyat natijasi ham bo‘lishi mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, mafkuraviy beqarorlik jamiyatdagi mavjud mafkuraviy muvozanat buzilgan, ammo yangisi qaror topmagan vaziyatdagi g‘oyaviy o‘zgaruvchan holat hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyoti bunday hollarda g‘oyaviy antagonizmga asoslanadigan mafkuraviy konfrontatsiya yuzaga kelishi uchun real shart-sharoit paydo bo‘lishini ko‘rsatadi. Bunday antagonizm muayyan jamiyat (davlat) doirasidagi hamda mamlakatlararo darajadagi ziddiyatlarning keskin xarakter kasb etishining in’ikosi hisoblanadi. Mafkuraviy konfrontatsiya vayronkor xarakterga ega bo‘ladi, unda dushman deb hisoblangan mafkura (lar)ni yo‘qotishga alohida e’tibor beriladi. Bunday paytda o‘z davriga nisbatan yashovchan, kishilar ruhiyati, orzu-umidlari bilan bog‘liq mayllarni to‘g‘ri va aniq ifodalagan mafkura g‘olib bo‘ladi. Bunday mafkura mohiyatan hamma vaqt ham progressiv xarakterga ega bo‘lmasligi mumkin. Fashistlar Germaniyasida natsional sotsializm, sho‘rolar davrida bolshevizmning muxolif g‘oyaviy qarashlar, ularning sohiblari va tarafdorlarini yo‘q qilish yo‘lida olib borgan g‘ayriinsoniy harakatlari buning isboti bo‘la oladi. O‘zgacha g‘oyaviy qarashlar va yondashuvlarga ashaddiy dushmanlik ko‘zi bilan qaraladigan, jamiyat taraqqiyotining yagona va eng oqil yo‘lini ko‘rsatishga da’vo qiladigan hamda kishilarda g‘oyaviy indifferentlik ruhiyatining qaror topishiga 2 Очилдиев А. Глобаллашув ва мафкуравий жараёнлар. –Т.: “Муҳаррир” нашриёти, 2009. –Б.15–16.
xizmat qiladigan mafkura yakkahokimligi sharoitida mafkuraviy kurash haqida gapirish mumkin emas. Mafkuraviy kurash manbaini o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, bir-biridan farqlanuvchi turli g‘oyaviy qarashlar sohiblari, ularning manfaatlari o‘rtasidagi ziddiyatlar tashkil etadi. Ammo, mafkuraviy kurash sodir bo‘lishi uchun turli ijtimoiy sub’ektlar mavjudligining o‘zi etarli emas. Bunday kurash ularning manfaatlari bir-biridan farqlanuvchi g‘oyaviy shakl kasb etgan, mafkuraviy plyuralizm real voqelikka aylangandagina, sodda qilib aytganda, mafkuraviy ziddiyat mavjud bo‘lgandagina real xarakter kasb etadi. SHundagina mafkuraviy jarayonlar jamiyat rivojlanishini ta’minlashning zaruriy sharti sifatida o‘zligini namoyon qiladi. Kishilar, ijtimoiy guruhlarning bir-biridan farqlanuvchi ehtiyoj va manfaatlarini ro‘yobga chiqarish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida sotsial struktura-dagi o‘rnidan qat’i nazar, jamiyat a’zolari uchun ijtimoiy taraqqiyotning optimal yo‘llarini oydinlashtirishga xizmat qiladi. Ayni paytda, bu jarayon yangidan-yangi g‘oyalarning paydo bo‘lishiga, mafkuraviy qarashlardagi ijobiy va salbiy jihatlarning oshkor bo‘lishiga zamin yaratadi, muayyan mafkuraviy qoida, tamoyillarning qayta ko‘rib chiqilishi, kun tartibidan olib tashlanishi hamda mavjud ijtimoiy qatlamlar ehtiyoj va manfaatlari, orzu-umidlari va intilishlariga hamohang bo‘lgan qarashlarning yanada rivojlanishiga yo‘l ochadi. Mazkur holatlar biron-bir jamiyat yoki davlat yangilanayotganida, bir bosqichdan boshqasiga o‘tayotganida yaqqol namoyon bo‘ladi. Mafkuraviy kurashning asosiy yo‘nalishlari . Hozirgi kunda mafkuraviy kurash quyidagicha yo‘nalishlarga ega bo‘lishi mumkin: – o‘z umrini o‘tab bo‘lgan, yangi zamon talablariga javob bera olmay qolgan mafkura, g‘oyalar tizimi yoki g‘oyaviy-mafkuraviy tamoyillarga qarshi faoliyat; – muayyan millat, jamiyat va davlat uchun begona hamda yot bo‘lgan, chetdan turib, turli maqsadlarda, xilma-xil vositalar orqali joriy etishga harakat qilinayotgan g‘oya va mafkuralarga nisbatan amalga oshiriladigan harakat, chora- tadbirlar majmui;
– asl maqsadlari xalq va jamiyatning umumiy manfaatlari-ga zid bo‘lib qolgan ichki kuchlar, konservativ sub’ektlarga xos g‘oya va mafkuraviy qarashlarga qarshi kurash; – yangi jamiyat va yangi davlat barpo etish, hayotda tub o‘zga-rish va islohotlarni amalga oshirishga xizmat qiladigan g‘oyalar hamda mafkuraviy tizim shakllanishi uchun olib boriladigan faoliyat va boshqalar. Zamon va davr nuqtai nazaridan uzoq muddatni qamrab olishi, istiqbolni anglash bilan bog‘liqligi hamda dialektik xarakteri bilan ajralib turadigan mafkuraviy kurash muayyan mamlakat yoki jamiyatning manfaatlari va imkoniyatlari bilan belgilanadigan ehtiyojlar va intilishlar in’ikosi sifatida namoyon bo‘ladi. Qanday holda bo‘lmasin, g‘oyaviy kurash hamisha amalga oshiriladigan harakat natijalari, unga erishish yo‘llarining belgilab olinishini bildiradigan faoliyat sifatida muayyan maqsadlarda amalga oshiriladi. Ularni ro‘yobga chiqarishda xilma-xil usul va vositalardan foydalaniladi. Jumladan, bunda tashkiliy omil – targ‘ibot va tashviqot infrastrukturasining rivojlanganlik darajasi u yoki bu tarzda g‘oyaviy ta’sirni ro‘yobga chiqarishda o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. SHu bilan birga, texnika va texnologiyalar ham bugungi kunda g‘oyaviy maqsadlarni amalga oshirishda tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Integratsiya jarayonlari chuqurlashib borayotgan, mamlakatlar va mintaqalar bir-biri bilan tobora mustahkam bog‘lanib borayotgan bugungi kunda milliy, diniy va demografik omillar mafkuraviy maqsadlarni amalga oshirishning manbai sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bulardan tashqari mintaqada gegemonlikka da’vogar bo‘lgan mamlakat borligini asoslash, ta’bir jomz bo‘lsa, shunday davlat obrazini yaratish yo‘lida ham jiddiy harakatlar qilinmoqda. Bunday obrazlarning yaratilishi Er yuzining turli nuqtalarida nizoli vaziyatlarni, millatlararo va davlatlararo munosabatlarda tangliklarni yuzaga keltirgan. Hozirda ham bunday “obrazlarning” yaratilishi mamlakatlarning iqtisodiy, ma’naviy-intellektual salohiyati jamiyat taraqqiyotini ta’minlash o‘rniga ana shu “obraz” ta’sirining oldini olishga yo‘naltirilmoqda. Natijada asosiy maqsadga – muayyan davlatni zaiflashtirish orqali o‘z “ittifoqchisiga” aylantirishga