logo

MULОQОT JАRАYONINI BОSHQАRISH USLUBLАRI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

27.0810546875 KB
MULОQОT JАRАYONINI BОSHQАRISH USLUBLАRI.  
Reja:
1. Аvtоritаr uslubdаgi mulоqоt. 
2. Libеrаl   uslubning   o‘qituvchi   fаоliyatidа   nаmоyon   bo‘lish
хususiyatlаri.
3. O‘qituvchining   dеmоkrаtik   uslubdаgi   mulоqоti   –   o‘quvchilаr   fikrigа
tаyanish, ushbu fikrlаrni mа`qullаsh shаkli.
4. Ilmiy   pеdаgоgik   аdаbiyotlаrdа   bеrilgаn   mulоqоt   turlаri   (do‘stоnа
mulоqоt,   qo‘rquv   аsоsigа   qurilgаn   mulоqоt,   hаzil-mutоyibаgа   аsоslаngаn
mulоqоt vа bоshqаlаr) hаqidа. Mulоqоt jаrаyonini bоshqаrish uslublаri
Pedagog va psixolog olimlarning ko‘p yillik ilmiy izlanishlari, kuzatishlari va
ilmiy tajribalariga asoslangan holda o‘qituvchilarning rahbar sifatida sinf jamoasini
boshqarishida qo‘llaydigan muloqot uslublari quyidagicha tavsiflanadi: 
1. Avtoritar uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchilar. 
2. Demokratik uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchilar. 
3. Liberal uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchilar. 
Avtoritar   uslub da   faoliyat   olib   boradigan   o‘qituvchi   ish   faoliyati   va
xarakterida quyidagi xususiyatlar mujassamlashgan bo‘ladi: 
-  o‘zi yakka holda guruh faoliyatining yo‘nalishlarini belgilaydi; 
-  o‘zi o‘quvchilarga ko‘rsatmalar va buyruqlar beradi; 
-  ta’lim-tarbiyaviy jarayonga javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi; 
-  o‘quvchilarning unga so‘zsiz bo‘ysunishini da’vo qiladi; 
-  qattiq intizom asosida ish olib boradi; 
-  topshiriqlarning to‘liq bajarilishini talab qiladi; 
-  gap qaytargan, fikr bildirgan o‘quvchini yoqtirmaydi; 
-  aytgan tashakkuri ham buyruqdek chiqadi, so‘zlari qattiq va qo‘pol; 
-  o‘quvchilarga biror muammoni to‘liq tushuntirmasdan talab qiladi. 
Avtoritar   uslublarda   pedagogik   faoliyat   olib   boruvchi   o‘qituvchi   “Mening
aytganim   aytgan,   deganim   degan”   shaklidagi   prins   ip   asosida   pedagogik   faoliyat
olib   boradi.   U   sinf   jamoasi   bilan   muloqotga   kirishishda   quyidagi   uslublarni
qo‘llaydi:   buyruq,   ko‘rsatma   berish,   qattiqqo‘llik   bilan   ishlash,   tarbiyaviy   jazo
turlarini tez-tez qo‘llash. O‘qituvchi  o‘quvchilar bilan muloqot jarayoniga qo‘pol,
dag‘al,   do‘q-po‘pisa,   majbur   etish,   qo‘rqitish,   cho‘chitish   orqali   kirishadi.   Ushbu
uslub   o‘qituvchi   asab   tizimini   doimiy   taranglashib   yurishiga   sabab   bo‘lib,   uning
sog‘ligiga   putur   etkazishi   mumkin.   Natijada   o‘qituvchi   tez   charchaydi.   Avtoritar
usulning   ijobiy   tomonlari   ham   bor:   ya’ni,   ular   faqat   favqulodda   vaziyatlar
jarayonida   ishlatilishi   (yong‘inda,   suv   toshqinida,   aholini   evakuatsiya   qilishda)
mumkin.   O‘qituvchi   muloqotining   ushbu   uslubda   boshqarilishi   sinf   jamoasini
tarqoqlikka, hamjihatlikning buzilishiga olib keladi.  Demokratik uslub  asosida faoliyat olib boradigan o‘qituvchining bosh shiori
o‘quvchilarda   mustaqil   va   erkin   fikr   yuritish   ko‘nikmalarini   va   ongli   intizomni
hosil qilishdan iborat. O‘qituvchining muloqoti barcha demokratik talablar asosida
quriladi.   Zero,   «Demokratik   jamiyatda   bolalar,   umuman   har   bir   inson   erkin
fikrlaydigan   etib   tarbiyalanadi»1.   Ushbu   uslubni   mukammal   egallagan   o‘qituvchi
o‘z pedagogik faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlarni mujassamlashtiradi: 
1 Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. – Toshkent, O‘zbekiston, 2000. – 97-
bet. 
-   pedagogik   faoliyatda   sinf   jamoasining   fikr   mulohazalariga   tayanib   ta’lim-
tarbiyaviy ishlarni tashkil etadi; 
-   sinf   jamoasining   tashabbusini   ma’qullaydi,   rivojlantiradi,   o‘quv-chilarning
erkin fikr bildirishlariga imkoniyat yaratadi; 
-   muloqot   jarayonida   o‘quvchilar   fikr-mulohazalarini   inobatga   olib,
pedagogik faoliyatida qo‘llaydi; 
-   muloqotga kirishishning asosiy shakllari: iltimos, maslahat berish, samimiy
muomala. 
Demokratik   uslubda   muloqotni   tashkil   etuvchi   o‘qituvchi   hozirgi   zamon
talablariga,   ta’lim   sohasida   olib   borilayotgan   islohotlardan   kutilayotgan
maqsadlarga javob bera oladi. O‘qituvchining vazifasi  barkamol  inson tarbiyasini
davlat siyosatining ustuvor sohasi deb bilgan holda, yuksak ongli, mustaqil fikrlay
oladigan,   xulq-atvori   bilan   tengdoshlariga   namuna   bo‘ladigan   bilimli,   ma’rifatli,
aql-zakovatli,   yuksak   ma’naviyatli   o‘quvchilarni   tarbiyalash   uchun   qizg‘in
pedagogik  faoliyat   olib borishi  lozim.  Muloqot   jarayonida  o‘quvchilarning  jamoa
bo‘lib   birlashishlari,   ularda   o‘zaro   yordam   tuyg‘usini   o‘stirishga   xizmat   qilishi
kerak. Samarali demokratik tarbiyaviy jarayon, sinf jamoasi a’zolarining qobiliyat
va   iste’dodlarini   yuzaga   chiqaradi,   o‘quvchining   jamoada   har   tomonlama
rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar paydo qiladi. O‘quvchilar bilan muloqotning
erkin   demokratik   asosda   tashkil   etilishi   sinfning   ahil   jamoa   bo‘lib   birlashib,
tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlarga erishishiga zamin yaratadi.
Yaxshi uyushgan jamoada har bir o‘quvchining fikri ulkan tarbiyaviy kuchga ega.  Liberal   uslub   asosida   faoliyat   olib   boruvchi   o‘qituvchi   xususiyatlariga
sho‘rolar   zamonidan   qolgan   ta’lim-tarbiya   tizimiga   xos   mafkuraviy   qarashlar
mujassamlashgan.   O‘qituvchining   pedagogik   faoliyati   va   xarakterida   quyidagi
xususiyatlar mavjud: 
-  tashabbussiz, eski qolipda pedagogik faoliyat olib boradi; 
-  sinf jamoasining tarbiyaviy faoliyatiga aslo aralashmaydi; 
-  ta’lim-tarbiyaga oid muammolarga yuzaki qarab chiqadi; 
-  o‘z mustaqil fikriga ega emas, javobgarlikdan o‘zini olib qochadi; 
-  o‘quvchilarga berilgan topshiriqlarning natijalari bilan qiziqmaydi; 
-  o‘quvchilar kelajagiga, taqdiriga e’tiborsiz, beg‘am qaraydi; 
-  o‘z pedagogik faoliyatiga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘ladi. 
Biroq,   yillar   o‘tib,   zamonlar   o‘zgargan   sari,   XXI   asrda   jamiyatning   ijtimoiy
talablaridan   kelib   chiqib,   o‘qituvchining   xulq–atvori,   pedagogik   va   psixologik
bilimlar   saviyasi,   o‘z   kasbiy   faoliyatiga   nisbatan   muno-sabati,   pedagogik   va
axborot   informatsion   texnologiyalarini   puxta   o‘z-lashtirish   saviyasi   ham
o‘zgarmoqda. Shu sababli, o‘qituvchilar o‘z bilim va tafakkurlari nuqtai nazaridan
kelib   chiqib,   sinf   jamoasini   bosh-qarishning   turli   shakl   va   metodlarini   amalda
qo‘llamoqdalar.   Sinf   jamo-asining   har   qanday   boshqaruv   uslubi   o‘qituvchi
muloqoti   asosida   tashkil   etiladi.   Muloqotdan   kutilayotgan   natija,   tarbiya   asosida
o‘quvchining ongini va tafakkurini boyitish va o‘zgartirishdir. 
3.   O‘qituvchining   o‘quvchilar   bilan   muloqotni   tashkil   etish   usullari   va
muloqotda tarbiyaviy jarayon tamoyillari
O‘qituvchining   o‘quvchilar   bilan   muloqoti   samarali   bo‘lishi   uchun
suhbatdoshni   o‘ziga   moyil   qilib   olish   zarur.   O‘zaro   moyillikka   erishish   uchun
amalda   qo‘llanilib   kelinadigan   bir   qator   murakkab   bo‘lmagan   pedagogik   ta’sir
etuvchi   usullardan   foydalaniladi.   Ularning   eng   muhim-lari   o‘quvchi   ishonchini
qozonish hamda ta’sir etish va ma’qullash  usullaridir. 
Iishonchini   qozonish   usuli   o‘quvchilar   bilan   muloqot   asosida   ta’sir
ko‘rsatishning   yuqori   samara   beradigan   usulidir.   U   o‘quvchi   ongiga   qaratilgan bo‘lib, idrok qilish orqali o‘quvchilar ishonchini qozonishni va ularning roziligini
nazarda   tutadi.   Ishonchini   qozonish   dalillash,   isbotlash   orqali   olib   boriladi.
Ishonchini   qozonish   usuli   muloqot   dasturi   sifatida   darsdan   tashqari   jarayonlarda,
o‘quvchi bilan yakka holda suhbatlarda, ma’naviy-tarbiyaviy soatlarda qo‘llaniladi.
Ishonchini   qozonish   usuli   yordamida   o‘qituvchi   o‘quvchilarning   dunyoqarashini
shakllantiradi, ularda o‘z-o‘zini tarbiyalashga nisbatan javobgarlik hissini oshiradi.
Ishonchini qozonish usuli nafaqat o‘qituvchi bilan muloqot jara-yonida, balki
ta’lim-tarbiyaviy   faoliyatdan   tashqari   holatlarda   ham   o‘quvchiga   ta’sir   qiladi.
O‘quvchi   ishonchini   qozonish   ijobiy   yoki   salbiy   natijalar   paydo   qilishi   ham
mumkin.   O‘qituvchi   ishontirish   bilan   o‘quvchida   ijobiy   hislatlarni   uyg‘otishi
uchun tarbiyaviy metodlarni o‘z o‘rnida qo‘llashi shart. Tarbiya jarayonida har bir
o‘quvchining   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   hisobga   olishi   zarur.   Chunki   bir   xil
yoshdagi o‘quv-chilar psixik jihatdan turli xarakterga ega bo‘lishi mumkin. O‘quv-
chilarning   qobiliyat   va   iqtidorlari,   qiziqishlari,   irodaviy   hislatlari   har   xil   bo‘lgani
uchun   bir   o‘quvchiga   nisbatan   foydali   bo‘lgan   ishonchini   qozo-   nish   usuli,
boshqasiga   zararli   bo‘lishi   mumkin.   Shuning   uchun   har   bir   o‘quvchining
ruhiyatini, psixologiyasini, ichki dunyosini o‘qituvchi mun-tazam o‘rganib borishi,
o‘quvchilarning   o‘ziga   xos   xususiyatlarini,   tarbiyalanuvchi   temperamentining
umumiy tiplarini o‘rganish meto-dikasini bilish lozim. Masalan, ko‘rish va eshitish
qobiliyati,   faolligi,   tez   anglashi,   sust   fikr   yuritishi,   hovliqma   yoki   vazminligi,
sergap   yoki   kamgapligi,   serg‘ayrat   yoki   g‘ayratsizligi,   yalqov   yoki   tirishqoqligi,
pala-partish   va   chala   ishlaydigan,   yoki   ishga   tez   kirishib   ketishi   kabilar   nerv
faoliyati tizimiga bog‘liq bo‘lib, o‘qituvchi o‘quvchilar ishonchini qozonishi uchun
ularni bilishi va zarur bo‘lgan xulosalarni ishlab chiqishi shart. 
O‘quvchilar   ishonchini   qozonishning   yana   bir   muhim   xususiyati
o‘quvchilarni   shaxs   sifatida   rivojlanishida   o‘z-o‘zini   tarbiyalashidir.   O‘z-o‘zini
tarbiyalash   o‘quvchining   o‘zini   o‘zi   idora   qilishi,   o‘zida   erkinlikni,   ijtimoiy
mavqeini,   tashabbuskorlik   va   mustaqillikni   shakllantirishdir.   O‘quvchining
yashirin   qobiliyatlari   o‘z-o‘ziga   ishonch   orqali   yuzaga   chiqadi.   O‘quvchi   uchun
o‘z-o‘zini   baholash   qiyin   jarayon.   O‘quvchi   ta’lim - tarbiya   berayotgan o‘qituvchilarga ishonch bilan ergashib, o‘ziga nisbatan ishonch ruhida tarbiyalanar
ekan,   unda   avvalo,   mustahkam   iroda   shakllanadi,   o‘z   burchini   to‘g‘ri   tushunadi,
bilish   va   o‘rganishga   qiziqishi   kuchayadi,   o‘z-o‘zini   har   tomonlama
takomillashtirishga   intiladi,   o‘ziga   atrof-muhitdagi   o‘rtoqlari   ko‘zi   bilan   xolisona
baho  beradi,   o‘ziga   ishonadi   va   unda  qoniqish   hissi   paydo  bo‘ladi.  Xarakteridagi
salbiy   odatlarni,   zararli   sifatlarni   tez   anglab,   ularni   yo‘qotish   va   bartaraf   etishga
intiladi. 
Ta’sir   etish   va   ma’qullash   usuli   muloqotning   umumiy   jarayonidir.   Ikki
suhbatdoshning   bir-birlariga   ta’sir   ko‘rsatishlari,   tarbiyaviy   maq-sadni
ma’qullattirish vositasi sifatida o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ushbu usul
vositasida   o‘qituvchi   o‘quvchi   ruhiyatiga   va   xulq-atvoriga   tarbiyaviy   maqsadni
ko‘zlab   sezilarsiz   ravishda   psixologik   ta’sir   ko‘rsatadi.   O‘quvchi   psixikasida
nazoratsiz   kiradi.   Ushbu   usul,   muloqot   jarayonida   o‘qituvchi   o‘quvchilarda
axloqiy-irodaviy   hislatlarni   faol   takomillashtiradi.   O‘qituvchi   xushmuomalaligi,
muosharat odobining cheksiz qudrati bilan o‘quvchilar psixikasining anglanmagan
qirralariga pedagogik ta’sir etadi, o‘qituvchi va o‘quvchining yaqindan muloqotda
bo‘lishini, bir-birlariga ishonchini, topshiriqlarni ma’qullab vaqtida bajarish uchun
javobgarlik hissini shakllantiradi. 
O‘qituvchi   o‘quvchilar   jamoasi   bilan   pedagogik   muloqotni   har   to-monlama
mukammal   tashkil   etish   va   ko‘zlangan   maqsadga   erishishi   uchun   tarbiyaviy
jarayonning   jamiyat   talablariga   mos   keluvchi   yetakchi   tamoyil laridan   o‘rinli
foydalanishi lozim: 
1.   Tarbiyaviy   maqsadni   amalga   oshirishda   demokratik   yondashuv.
Muloqot jarayonida o‘qituvchi o‘quvchini ijtimoiy qadriyat deb tan olishi, har bir
bola, o‘smir va o‘spirinning betakror va o‘ziga xos xususiyatlarini hurmat qilishi,
uning ijtimoiy xulqi va erkinligini e’zozlashi  lozim. Zero, ta’limni isloh qilishdan
asosiy maqsad, tarbiyada demokratiyaning ustunligi, tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va
qiziqishlardan   yuqori   qo‘yish,   tarbiyachi   va   tarbiyalanuvchining   bir-birlariga
o‘zaro   ishonchi,   hamkorlik   asosida   pedagogik   munosabat   mohiyatini   ijobiy
tomonga   yo‘naltirish   demakdir.   Muloqotni   demokratik   uslubda   tashkil   etishdan maqsad, ta’lim-tarbiyani insonparvarlashtirish, pedagogik faoliyat markazida inson
shaxsi   turganini   unutmaslik,   insonga   nisbatan   bebaho   boylik   sifatida   munosabat
tuyg‘ularini o‘quvchilarda ham shakllantirish vazifasi bajariladi. 
2.   O‘quvchilar   bilan   do‘stona   munosabat.   Aslida   muloqotdan   maqsad
o‘quvchilar   bilan   do‘stona   munosabatni   ro‘yobga   chiqarishdir.   O‘quvchi   shaxsini
hurmat qilish o‘qituvchining insonparvarlik tuyg‘u-laridan kelib chiqadi. O‘quvchi
shaxsini hurmat qilish, ularga cheksiz mehr-muhabbat ko‘rsatish va ularga ishonish
shart.   Bolalarga   nisbatan   hurmat   tuyg‘usi   ularning   kuchiga   kuch   qo‘shadi,   o‘z
imkoniyatlariga   ishonch   tuyg‘usini   shakllantiradi,   tarbiyaning   samaradorligini
oshiradi.   O‘quvchi   shaxsini   hurmat   qilish   va   munosabatni   adolatli   talabchanlik
mezonlari   asosida   qurishdir.   Do‘stona   muloqot   o‘qituvchi   bilan   o‘quvchi
o‘rtasidagi   bilimlarni   puxta   o‘zlashtirilishini   ta’minlaydi   va   mukammal   shaxsiy
fazilatlarni  tarkib toptirishga xizmat  qiladi. Pedagogik jarayonda sodir  bo‘ladigan
muomala   odobi   o‘qituvchilarning   axloqiy   madaniyati,   tarbiyalanganlik   darajasida
aks   etadi.   O‘qituvchining   o‘ziga   va   o‘z   kas-biga,   o‘quvchilarga   bo‘lgan
munosabati uning muloqotida yaqqol namoyon bo‘lishi mumkin. 
O‘z faoliyatini endigina boshlagan o‘qituvchilar ayniqsa, har bir o‘quvchining
kelajagiga umid bilan qarashlari, unga individual yonda-shishga harakat qilishlari,
tarbiyaviy jazolash usullarini tartibsiz qo‘lla-masliklari, o‘quvchilar jamoasi oldiga
istiqbolli   tarbiyaviy   maqsadlarni   qo‘yishga   intilishlari   lozim.   Yosh   o‘qituvchilar
ma’lum   bir   pedagogik   mahorat   sirlarini   egallashga   intilmasalar,   o‘z   fanidan
bilimlari   sayoz   bo‘lsa,   shaxslararo   munosabatlarga   ijodiy   yondashmasalar,
kommu-nikativ   qobiliyatini   takomillashtirib   bormasalar,   o‘quvchilar   uni   asta   -
sekin tan olmay qo‘yishadi. Natijada o‘qituvchi va o‘quvchilar mulo-qotida tuzatib
bo‘lmas xatoliklar paydo bo‘lishi mumkin. 
3. Muloqotni ijtimoiy hayot qonuniyatlari bilan bog‘lab olib borish.  Yosh
avlodning   o‘sib   ulg‘ayishi   va   shakllanishiga   hayot,   ijtimoiy   muhit   qonuniyatlari
ham   muntazam   ta’sir   etadi.   Muhit   ijtimoiy   omil-larning   eng   muhim   xususiyati
bo‘lib,   u   shaxsga   ijobiy   yoki   salbiy   ta’sir   ko‘rsatishi   mumkin.   Muhit   deganda,
shaxsning   tarbiyalanib,   shaklla-nishiga   ta’sir   etuvchi   tashqi   olam   voqealari, hodisalar   majmui   tushu-niladi.   Muhit   tushunchasi   o‘zida   geografik-hududiy,
ijtimoiy va mikro-muhit xususiyatlarini ifodalaydi. Ayniqsa, oila, maktab, do‘stlar
davrasi,   tengqurlar   kabilarni   o‘z   ichiga   oladigan   mikromuhit   shaxsni   tarbiyalash
jarayoniga   muhim   ta’sir   etishi   pedagog   va   psixolog   olimlar   tomonidan   e’tirof
etilgan.   Oila   muhiti   o‘quvchining   tarbiyasi   va   barkamol   inson   sifatida
shakllanishida o‘ziga xos muhim tarbiyaviy ta’sirga ega. Shuning uchun o‘qituvchi
muloqotni tashkil etishda ota-onalar, mahalla faollari, o‘quvchilar jamoasi faollari,
uchastka   nozirlari   bilan   doimiy   aloqada   bo‘lib,   ular   bilan   birgalikda   faoliyat   olib
borishi   kerak.   Muloqotda   ijtimoiy   hayot   qonuniyatlarini   hisobga   olish,
o‘quvchilarni   maqsadli   tarbiyalashda   muvaffaqiyatlarga   erishish   uchun   zamin
yaratadi. 
4.   Muloqotni   tashkil   etishda   mehnat   faoliyatining   o‘rni.   Ta’lim
muassasalarida   o‘quvchi   mehnat   faoliyati   bilan   o‘z   qobiliyati   va   iste’-dodini
namoyon   qiladi.   Mehnat   –   yosh   avlodni   yuksak   ongli,   mustaqil   fikrlay   oladigan,
xulq-atvorini   namoyon   qiluvchi,   kasbiy   qobiliyatlarini   uyg‘otuvchi,   tarbiyaviy
jarayonning   eng   qadimiy   va   sinalgan   vositasidir.   O‘quv   mehnati   va   ijtimoiy
foydali mehnat o‘quvchi shaxsiga ijobiy ta’sir etadi, bu ikki faoliyat birligi bolani
jismonan   chiniqtiradi   va   faollashtiradi,   xulq   mukammalligini   ta’minlaydi,
tashabbuskor   va   izla-nuvchan   qilib   shakllantiradi.   Shunday   ekan,   o‘qituvchi
o‘quvchilar   bilan   muloqotni   ularning  mehnatsevarligiga   yoki   dangasaligiga   qarab
belgilasa   ham   bo‘ladi.   Ta’lim   muassasalarida   bolalarni   ilk   yoshidan   boshlab
mehnatsevarlik ruhida, mehnatga muhabbat va mehnat qiluvchilarga hurmat ruhida
tarbiyalashda o‘zaro muloqotning o‘rni cheksiz. Ta’lim muassasalarida o‘qishning
o‘zi   ham   mehnatdir.   Muloqotdan   maqsad,   ta’lim-tarbiyaviy   faoliyatda
muvaffaqiyatlarga   erishish   uchun   u   mehnat   tarbiyasi   bilan   aloqadorlikda   olib
borilishi lozim. 
5.   Qo‘rquv   va   hayajonga   asoslangan   muloqot   uslubi.   Bunday   muloqot
uslubiga odatda yosh, tajribasiz o‘qituvchilar tushib qolishi mumkin. Ushbu uslub
asosida boshlangan muloqot, ko‘pincha, o‘quv-chilarni tez-tez ogohlantirish, ularni
qattiqqo‘llik bilan tarbiyalashga harakat qilish, o‘qituvchi yoqtirmagan o‘quvchilar xatti-harakatini   ta’qiq-lash   vaziyatida   olib   boriladi.   O‘quvchilar   faolligi,
tashabbuskorligi   inkor   etiladi.   Natijada   o‘qituvchi   bilan   o‘quvchilar   orasida   ko‘z
ilg‘amas qarama-qarshiliklar paydo bo‘ladi. 
Muloqot   jarayonidagi   ushbu   qarama-qarshiliklar   o‘quvchilarda   o‘z
tushunchalariga   muvofiq   paydo   bo‘lgan   dastlabki   sifatlar   bilan   o‘qituv-chining
o‘quvchilarga   qo‘yadigan   talablari   va   ularni   bajarish   imkoni-yatlari   o‘rtasida
ziddiyatlarning   kelib   chiqishidan   paydo   bo‘ladi.   Ba’zan   o‘quvchining   ongi   bilan
xulqi   bir-biriga   muvofiq   kelmasligidan,   yoki   o‘qituvchining   o‘quvchilar   yosh
xususiyatlarini, fe’l-atvori, xarakteri, qiziqishlari, jismoniy, ruhiy hamda fiziologik
jihatdan   sog‘lomligini   bil-masliklari   oqibatida   ziddiyatlar   kelib   chiqadi.   Muloqot
jarayonidagi   ush-bu   ziddiyatlarni   bartaraf   etishda   asosan   o‘qituvchining   o‘zi
qizg‘in fao-liyat olib borishi, ustoz o‘qituvchilar tajribalaridan foydalanishi, lozim
bo‘lganda, tortinmasdan ulardan yordam so‘rashi maqsadga muvofiqdir. 
O‘quvchilar   ta’lim-tarbiya   jarayonida   milliy   va   umuminsoniy   qadri-yatlarni,
axloqiy   normalarni   o‘zlashtiradilar.   O‘quvchi   eng   yaxshi   insoniy   fazilatlarni,
axloq - odobni,   muloqot   madaniyatini   asosan   o‘qituvchi   timsolida   anglab   olishini
unutmaslik   kerak.   O‘quvchilar   jamoasida   o‘qituvchilar   bilan   o‘zaro   munosabatlar
insonparvarlik   tamoyillariga   asoslanadi.   Ular   odatda   ikki   xil   bo‘lib   biri   rasmiy,
ikkinchisi norasmiy muomala deyiladi. 
Rasmiy   muomala   munosabatlari   O‘zbekiston   Respublikasining   Qonunlari,
direktiv hujjatlariga asoslanadi. 
Norasmiy   muomala   pedagogik   etika   va   estetikaning   qonuniyatlariga   va
o‘qituvchi   odobiga   asoslanadi   va   jamoaning   har   bir   a’zosi   tomonidan   ixtiyoriy
ravishda   bajariladi.   Muloqot   odobi   psixologik   qonuniyatlar,   odob   normalari   va
qoidalari, talablari hamda o‘qituvchilar jamoasining fikri asosida boshqariladi. 
4.   O‘qituvchining   muloqot   asosida   sinf   jamoasini   boshqarish   usullari
Ijtimoiy   munosabatlar   ko‘lamining   kengayishi   o‘qituvchidan   o‘sib   kelayotgan
yosh   avlodni   o‘ta   murakkab   xususiyatga   ega   munosabatlar   jarayonida   har
tomonlama   chuqur   bilimga   ega,   barkamol   inson   qilib   tar-biyalash   vazifasini
qo‘ymoqda.   Psixologik,   intellektual   va   fiziologik   jihatdan   sog‘lom   muhitda mukammal   tarbiyalangan   inson   hayotiy   qara-ma-qarshiliklar,   xususan   turli
buzg‘unchi   g‘oyalar   ta’siriga   tushib   qolish,   nosog‘lom   turmush   kechirish   va
noqonuniy   xatti-harakatlarni   sodir   etishdan   o‘zini   saqlab   qola   oladi.   Shuningdek,
shaxsning   aqliy   salohi-yatga   egaligi   jamiyat   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishini
ta’minlovchi asosiy omildir.  FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Asosiy adabiyotlar:
1. Хоliqоv А. Pеdаgоgik mаhоrаt (darslik). -T., 2011.
2. Аzizхodjаеvа   N.N.   Pеdаgоgik   texnologiya   va   pеdаgоgik   mаhоrаt   (o‘quv
qo‘llanma)   .  –T., 2006.
3. Зиёмухаммедов   Б.   Педагогик   махорат   асослари.   (ўқув   қўлланма).     -Т.,
2009.
4. Боубекова   Г.Д.,   Холикова   Г.Т.,   Магзумова   Г.   Педагогичес k ое
мостерство. Учебное пособия. Т.: 2002 
Qo‘shimchа аdаbiyotlаr
1. Ibragimov   X.,   Yoldoshev   U.   va   boshqalar   Pеdаgоgik   psixologiya   (o‘quv
qo‘llanma)    .  -T., 2007. 
2. Оchilоv Mаllа.  Muаllim qаlb mе`mоri. – T., 2000. 
3. Pirmuhаmmеdоvа   M. Pеdаgоgik mаhоrаt аsоslаri.-T.: 2001. 
4. Kаrimоvа V. “Mustаqil fikrlаsh” mеtоdik qo‘llаnmа. -T.: - 2000 y. 
5. Hаmdаmоvа   M.   Yoshlаrning   intеllеktuаl   sаlоhiyatini   rivоjlаntirish
mехаnizmining pеdаgоgik-psiхоlоgik аsоslаri (uslubiy tаvsiyalаr), 2007. 
6. Tоlipоv   O‘.Q.,   Usmоnbоеvа   M.   Pеdаgоgik   tехnоlоgiyalаrning   tаtbiqiy
аsоslаri.-T.. 2006. 
7. Hоdiеv   B.Y.,   Bоltаbаеv   M.R.   “Оliy   o‘quv   yurtidаgi   tаrbiyaviy   ishlаrgа
psiхоlоgik yondаshuvlаr”. -T.: 2009.

MULОQОT JАRАYONINI BОSHQАRISH USLUBLАRI. Reja: 1. Аvtоritаr uslubdаgi mulоqоt. 2. Libеrаl uslubning o‘qituvchi fаоliyatidа nаmоyon bo‘lish хususiyatlаri. 3. O‘qituvchining dеmоkrаtik uslubdаgi mulоqоti – o‘quvchilаr fikrigа tаyanish, ushbu fikrlаrni mа`qullаsh shаkli. 4. Ilmiy pеdаgоgik аdаbiyotlаrdа bеrilgаn mulоqоt turlаri (do‘stоnа mulоqоt, qo‘rquv аsоsigа qurilgаn mulоqоt, hаzil-mutоyibаgа аsоslаngаn mulоqоt vа bоshqаlаr) hаqidа.

Mulоqоt jаrаyonini bоshqаrish uslublаri Pedagog va psixolog olimlarning ko‘p yillik ilmiy izlanishlari, kuzatishlari va ilmiy tajribalariga asoslangan holda o‘qituvchilarning rahbar sifatida sinf jamoasini boshqarishida qo‘llaydigan muloqot uslublari quyidagicha tavsiflanadi: 1. Avtoritar uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchilar. 2. Demokratik uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchilar. 3. Liberal uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchilar. Avtoritar uslub da faoliyat olib boradigan o‘qituvchi ish faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlar mujassamlashgan bo‘ladi: - o‘zi yakka holda guruh faoliyatining yo‘nalishlarini belgilaydi; - o‘zi o‘quvchilarga ko‘rsatmalar va buyruqlar beradi; - ta’lim-tarbiyaviy jarayonga javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi; - o‘quvchilarning unga so‘zsiz bo‘ysunishini da’vo qiladi; - qattiq intizom asosida ish olib boradi; - topshiriqlarning to‘liq bajarilishini talab qiladi; - gap qaytargan, fikr bildirgan o‘quvchini yoqtirmaydi; - aytgan tashakkuri ham buyruqdek chiqadi, so‘zlari qattiq va qo‘pol; - o‘quvchilarga biror muammoni to‘liq tushuntirmasdan talab qiladi. Avtoritar uslublarda pedagogik faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi “Mening aytganim aytgan, deganim degan” shaklidagi prins ip asosida pedagogik faoliyat olib boradi. U sinf jamoasi bilan muloqotga kirishishda quyidagi uslublarni qo‘llaydi: buyruq, ko‘rsatma berish, qattiqqo‘llik bilan ishlash, tarbiyaviy jazo turlarini tez-tez qo‘llash. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot jarayoniga qo‘pol, dag‘al, do‘q-po‘pisa, majbur etish, qo‘rqitish, cho‘chitish orqali kirishadi. Ushbu uslub o‘qituvchi asab tizimini doimiy taranglashib yurishiga sabab bo‘lib, uning sog‘ligiga putur etkazishi mumkin. Natijada o‘qituvchi tez charchaydi. Avtoritar usulning ijobiy tomonlari ham bor: ya’ni, ular faqat favqulodda vaziyatlar jarayonida ishlatilishi (yong‘inda, suv toshqinida, aholini evakuatsiya qilishda) mumkin. O‘qituvchi muloqotining ushbu uslubda boshqarilishi sinf jamoasini tarqoqlikka, hamjihatlikning buzilishiga olib keladi.

Demokratik uslub asosida faoliyat olib boradigan o‘qituvchining bosh shiori o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikr yuritish ko‘nikmalarini va ongli intizomni hosil qilishdan iborat. O‘qituvchining muloqoti barcha demokratik talablar asosida quriladi. Zero, «Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi»1. Ushbu uslubni mukammal egallagan o‘qituvchi o‘z pedagogik faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlarni mujassamlashtiradi: 1 Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. – Toshkent, O‘zbekiston, 2000. – 97- bet. - pedagogik faoliyatda sinf jamoasining fikr mulohazalariga tayanib ta’lim- tarbiyaviy ishlarni tashkil etadi; - sinf jamoasining tashabbusini ma’qullaydi, rivojlantiradi, o‘quv-chilarning erkin fikr bildirishlariga imkoniyat yaratadi; - muloqot jarayonida o‘quvchilar fikr-mulohazalarini inobatga olib, pedagogik faoliyatida qo‘llaydi; - muloqotga kirishishning asosiy shakllari: iltimos, maslahat berish, samimiy muomala. Demokratik uslubda muloqotni tashkil etuvchi o‘qituvchi hozirgi zamon talablariga, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlardan kutilayotgan maqsadlarga javob bera oladi. O‘qituvchining vazifasi barkamol inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb bilgan holda, yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan tengdoshlariga namuna bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli, aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli o‘quvchilarni tarbiyalash uchun qizg‘in pedagogik faoliyat olib borishi lozim. Muloqot jarayonida o‘quvchilarning jamoa bo‘lib birlashishlari, ularda o‘zaro yordam tuyg‘usini o‘stirishga xizmat qilishi kerak. Samarali demokratik tarbiyaviy jarayon, sinf jamoasi a’zolarining qobiliyat va iste’dodlarini yuzaga chiqaradi, o‘quvchining jamoada har tomonlama rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar paydo qiladi. O‘quvchilar bilan muloqotning erkin demokratik asosda tashkil etilishi sinfning ahil jamoa bo‘lib birlashib, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlarga erishishiga zamin yaratadi. Yaxshi uyushgan jamoada har bir o‘quvchining fikri ulkan tarbiyaviy kuchga ega.

Liberal uslub asosida faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi xususiyatlariga sho‘rolar zamonidan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlar mujassamlashgan. O‘qituvchining pedagogik faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlar mavjud: - tashabbussiz, eski qolipda pedagogik faoliyat olib boradi; - sinf jamoasining tarbiyaviy faoliyatiga aslo aralashmaydi; - ta’lim-tarbiyaga oid muammolarga yuzaki qarab chiqadi; - o‘z mustaqil fikriga ega emas, javobgarlikdan o‘zini olib qochadi; - o‘quvchilarga berilgan topshiriqlarning natijalari bilan qiziqmaydi; - o‘quvchilar kelajagiga, taqdiriga e’tiborsiz, beg‘am qaraydi; - o‘z pedagogik faoliyatiga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘ladi. Biroq, yillar o‘tib, zamonlar o‘zgargan sari, XXI asrda jamiyatning ijtimoiy talablaridan kelib chiqib, o‘qituvchining xulq–atvori, pedagogik va psixologik bilimlar saviyasi, o‘z kasbiy faoliyatiga nisbatan muno-sabati, pedagogik va axborot informatsion texnologiyalarini puxta o‘z-lashtirish saviyasi ham o‘zgarmoqda. Shu sababli, o‘qituvchilar o‘z bilim va tafakkurlari nuqtai nazaridan kelib chiqib, sinf jamoasini bosh-qarishning turli shakl va metodlarini amalda qo‘llamoqdalar. Sinf jamo-asining har qanday boshqaruv uslubi o‘qituvchi muloqoti asosida tashkil etiladi. Muloqotdan kutilayotgan natija, tarbiya asosida o‘quvchining ongini va tafakkurini boyitish va o‘zgartirishdir. 3. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqotni tashkil etish usullari va muloqotda tarbiyaviy jarayon tamoyillari O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti samarali bo‘lishi uchun suhbatdoshni o‘ziga moyil qilib olish zarur. O‘zaro moyillikka erishish uchun amalda qo‘llanilib kelinadigan bir qator murakkab bo‘lmagan pedagogik ta’sir etuvchi usullardan foydalaniladi. Ularning eng muhim-lari o‘quvchi ishonchini qozonish hamda ta’sir etish va ma’qullash usullaridir. Iishonchini qozonish usuli o‘quvchilar bilan muloqot asosida ta’sir ko‘rsatishning yuqori samara beradigan usulidir. U o‘quvchi ongiga qaratilgan

bo‘lib, idrok qilish orqali o‘quvchilar ishonchini qozonishni va ularning roziligini nazarda tutadi. Ishonchini qozonish dalillash, isbotlash orqali olib boriladi. Ishonchini qozonish usuli muloqot dasturi sifatida darsdan tashqari jarayonlarda, o‘quvchi bilan yakka holda suhbatlarda, ma’naviy-tarbiyaviy soatlarda qo‘llaniladi. Ishonchini qozonish usuli yordamida o‘qituvchi o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantiradi, ularda o‘z-o‘zini tarbiyalashga nisbatan javobgarlik hissini oshiradi. Ishonchini qozonish usuli nafaqat o‘qituvchi bilan muloqot jara-yonida, balki ta’lim-tarbiyaviy faoliyatdan tashqari holatlarda ham o‘quvchiga ta’sir qiladi. O‘quvchi ishonchini qozonish ijobiy yoki salbiy natijalar paydo qilishi ham mumkin. O‘qituvchi ishontirish bilan o‘quvchida ijobiy hislatlarni uyg‘otishi uchun tarbiyaviy metodlarni o‘z o‘rnida qo‘llashi shart. Tarbiya jarayonida har bir o‘quvchining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi zarur. Chunki bir xil yoshdagi o‘quv-chilar psixik jihatdan turli xarakterga ega bo‘lishi mumkin. O‘quv- chilarning qobiliyat va iqtidorlari, qiziqishlari, irodaviy hislatlari har xil bo‘lgani uchun bir o‘quvchiga nisbatan foydali bo‘lgan ishonchini qozo- nish usuli, boshqasiga zararli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun har bir o‘quvchining ruhiyatini, psixologiyasini, ichki dunyosini o‘qituvchi mun-tazam o‘rganib borishi, o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini, tarbiyalanuvchi temperamentining umumiy tiplarini o‘rganish meto-dikasini bilish lozim. Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglashi, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimiga bog‘liq bo‘lib, o‘qituvchi o‘quvchilar ishonchini qozonishi uchun ularni bilishi va zarur bo‘lgan xulosalarni ishlab chiqishi shart. O‘quvchilar ishonchini qozonishning yana bir muhim xususiyati o‘quvchilarni shaxs sifatida rivojlanishida o‘z-o‘zini tarbiyalashidir. O‘z-o‘zini tarbiyalash o‘quvchining o‘zini o‘zi idora qilishi, o‘zida erkinlikni, ijtimoiy mavqeini, tashabbuskorlik va mustaqillikni shakllantirishdir. O‘quvchining yashirin qobiliyatlari o‘z-o‘ziga ishonch orqali yuzaga chiqadi. O‘quvchi uchun o‘z-o‘zini baholash qiyin jarayon. O‘quvchi ta’lim - tarbiya berayotgan